KO'KO'T (POTERIUMPOLYGAMUM WALDSTET. KIT.) O'SIMLIGINING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGIGA TASHQI MUHIT
OMILLARINING TA'SIRI
Go'zal Asrorovna Suvonova
Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti katta
o'qituvchisi
Ushbu maqolada o'tloqzorlarga yovvoyi holda uchraydigan tuproq unumdorligini, mikroflorasini, meliorativ holati yaxshilashga imkon beradigan va yer ustki biomassasi esa chorva mollari uchun qo'shimcha biologik faol moddalar zahirasi hisoblangan noan'anaviy yem xashak Ko'ko't (Poterium polygamum Waldst et. Kit.) o'simligini laboratoriya sharoitida unuvchanligiga tashqi muhit omillarining ta'sirini o'rganish borasida olib borilgan tadqiqot natijasida olingan ma'lumotlar bayon etilgan
Kalit so'zlar: Assortiment, yem-xashak, oziqabopligi, unuvchanligi, tashqi muhit, sharoit, o'simlik, sug'orish, biologik xilma-xillik, tuxumsimon, ovalsimon, gullari, urug'lari, kimyoviy, dukkakdoshlar, ko'ko't, chorvachilik noan'anaviy o'simlik, madaniylashtirish, tuproq meliorativ holati, oziqabop ekin, patogen mikroflora.
This article describes the beginning of a study aimed at carrying out a theoretical and practical study of the cultivation of non-traditional plants - Poterium (Poterium polygamum Waldst et al. Kit.), Study of the biological basis of cultivation and the development of technological elements.
Keywords: Assortment, feed, germination, external environment, conditions, vegetation, irrigation, biodiversity, ovoid, oval, flowers, seeds, chemicals, legumes, animal husbandry, non-traditional plant growing, land reclamation, nutrient crops, pathogenic microflora.
Elnura Iskandarovna Xamdamova
TDAU Samarqand filiali dotsenti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Kirish. Respublikamiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik bo'lib, u keyingi vaqtlarda birmuncha «oqsoqlikka» duch kelmoqda. Bu tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy omillaridan biri faqatgina mustahkam yem-xashak zahirasini yaratish bo'lib qolmay, balki uning assortimentini yuqori hosilli ko'p yillik to'yimli oziqabop ekinlar bilan ham boyitish muhim ahamiyatga egadir.
Aniqlanishicha, chorva mollari mahsuldorligi va mahsulotning sifat darajasi ularning oziqasiga bog'liq, ya'ni bir turdagi o'simlik bilan oziqlanuvchi mollarning mahsuloti (bu o'tning qanchalik boy oziqaga ega bo'lishiga qaramasdan) ko'paymaydi. Shuning uchun oziqa aralashmasi turli o'simliklardan tashkil topishi lozim.
Bu muammoni hal etish uchun boy bo'lgan oziqabop o'simliklar tarkibini saqlab qolish, ko'paytirish va oziqaviy qimmatli yem-xashak o'simliklari bilan boyitish lozim. I.O.Ibragimov (1992), M.M.Maxmudov (1978), K.I.Isakov (1975), O.X.Xasanov va boshqalar (1970, 1974, 1977, 1979, 1981), D.K.Saidov va boshqalar (1980), GL - CRSP (2002), ICARDA (1999, 2000, 2002, 2003), B.Suresh va A. Tashmatov (2000) tomonidan keltirilgan ma'lumotlar asosida o'tloqlarni tubdan o'zgartirish to'g'risida ma'lum bir tizim ishlab chiqilgan[4-5].
Lekin shunga qaramasdan xalq xo'jaligi uchun muhim bo'lgan bu muammoni muayyan sharoitni hisobga olgan holda turli fitomeliorantlarni ilmiy nuqtai nazardan o'rganib hal etish talab etiladi. Bundan tashqari, hamma vaqt ham yaylov o'tloqzorlaridan biz kutgan natijalarni ola olmasligimiz mumkin, chunki ba'zan yog'ingarchilik juda kam bo'ladigan yillarda ko'pgina o'simliklar yaxshi o'smaydi. Shu sababli, imkon bor joylarda sun'iy sug'orishni tashkillashtirish hamda yem-xashak o'simliklarini sug'oriladigan yerlarda o'stirib mo'l hosil olishning yo'llarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu esa bugungi kunda sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida muhim muammo bo'lib hisoblanadi [1-3, 6-8].
O'tloqzorlarga yangi o'simliklar kiritilishi tuproq unumdorligini shakllantiruvchi mikroflorani tubdan o'zgartirib, biologik xilma-xillikni kengaytiradi. Buning natijasida tuproKdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari faollashadi va o'z navbatida patogen mikroflora vakillari ham kamayadi. [4-5]
Ushbu noan'anaviy o'simliklar meliorativ holati og'ir, tashlandiq va adir xududlarda ekilganda tuproq strukturasini yaxshilaydi, shuningdek qo'shimcha yer resurslarini ishlab chiqarishga kiritishga imkon beradi va yer ustki biomassasi esa chorva mollari uchun qo'shimcha biologik faol moddalar zahirasi bo'lib hisoblanadi. Umuman olganda, noan'anaviy o'simliklar ziroati bugungi kunda shakllanayotgan fermer xo'jaliklarida
October 5-6
303
tadbiq etilishi lozim. Maqsad - amaldagi almashlab ekish tizimiga raqobat izlash bo'lib qolmay, balki uni yanada takomillashtirib samarasini oshirishdir. Noan'anaviy o'simliklarni madaniylashtirish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish respublikada mavjud bo'lgan yem-xashak ekinlari assortimentini boyitibgina qolmay, chorvachiligimizni jadal rivojlantirishga imkon beradi. [4-5,7]
Ana shunday to'yimli oziqabop o'simliklardan biri - Ko'ko't (Poterium polygamum Waldst et. kit.) hisoblanadi.
Ko'ko't (Poterium polygamum Waldst et. Kit.) Rosaceae - Ra'noguldoshlar oilasining Poterium turkumiga mansub bo'lgan ko'p yillik, poyasi tik o'suvchi silindrsimon, shoxlangan, poyasining pastki qismi, silliq yoki siyrak tukchali barglar bilan qoplangan, balandligi 40-80 sm bo'lib, uchi boshcha ko'rinishdagi to'pgul bilan tugaydi. Ildiz poyasi kuchli taraqqiy etgan, yog'ochlangan. Barglarida barg yaprog'i 1-1,5 sm uzunlikda, shakli tuxumsimon yoki ovalsimon, ostki qismi yuraksimon yoki tumtoqlashgan, yumaloq, nim yashil yoki och yashil rangda bo'ladi. Gullari gul bandida joylashgan boshchasimon to'pgul, sharsimon yoki ko'pincha ellipsimon ko'rinishda bo'lib, uzunligi 2,5 sm gacha boradi. Urug'larining uzunligi 4,5 mm, en i 2,5 mm bo'lib, g'adir-budir, ko'rinishi tuxumsimon, to'q malla rangda esparset urug'lariga o'xshash bo'ladi. 1000 dona urug'ining vazni 9-9,5 g. O'simlik may, iyun oylarida gullab, iyul oyida urug' hosil qiladi[4-5].
Foydalanilgan materiallar va usullar. Biz (2020-2021) va boshqa olimlar ko'ko't o'zining har tomonlama foydali; asal beruvchi, tuproq meliorativ holatini yaxshilovchi, qimmatbaho oziqabop o'simlik bo'lib, ko'p miqdorda ko'k massa berishdan tashqari hayvonlar organizmiga fiziologik jihatdan ham ijobiy ta'sir etishni takidlaydilar. Eng muhimi hali boshqa o'simliklar vegetatsiyasini boshlamasdanoq 20-30 sm balandlikdagi yashil barglarga ega bo'ladi. Asosiysi qish faslida qorning tagida 10-12 daraja sovuqda ham yashil holatini saqlab qola oladi[4-5].
Ko'ko't urug'ining laboratoriya sharoitida unib chiqishini bizlar tomonimizdan o'rganilganda, urug'ning unib chiqish chegarasi +5-35oS ni tashkil etadi. Biroq uning qulay unib chiqish harorati 20-25oS hisoblanib, ikkinchi kunidan urug' unib chiqa boshladi va olti kunda 100% unib chiqadi. Ko'ko't urug'i iyul oyida yig'ib olinganda 100% unuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, bu xususiyatni 4-5 yilgacha saqlanganligi aniqlangan [4-5].
Olingan natijalar va ularning ma'nosi. Laboratoriya sharoitida Ko'ko't o'simligiga tashqi muhit omillarining biologik xususiyatlarini
o'rganish uchun bir qator tajribalar olib bordik.
October 5-6
Ko'ko't urug'ining unib chiqishi laboratoriya sharoitida turli haroratda (+5, +10, +15, +20, +25, +30 0S) o'rganildi. Ularning unib chiqishi +5 darajada, urug' ekilgandan so'ng to'rtinchi kuni kuzatildi. Shunisi qiziqarliki, shu kunda boshqa haroratlardagiga nisbatan kam miqdorda ya'ni 13 donagina urug' undi va yetti kundan keyin bu ko'rsatkich 89% ga yetdi. +10, +15, +35 daraja haroratlarda urug'lar tajriba boshlanishining ikkinchi kunidayoq unib chig'a boshladi, lekin unish muddati 9-10 kungacha davom etdi. Ko'ko't urug'ining unib chiqishi uchun eng optimal harorat +20, +25 daraja bo'lib, bu haroratlarda tajribaning ikkinchi kuni urug' unib chiqa boshladi va olti kunda u 95-100 % ga yetdi. Unib chiqish jadalligi ham ana shu haroratlarda yuqori bo'lib 45-52 % ni tashkil etdi. O'tkazilgan tajriba natijalarining isbotlashicha, ko'ko't urug'i juda keng diapozonli haroratda unib chiqishga moslashgan (+5 dan 35 gacha).
Ko'ko't urug'larining unib chiqishi uchun minimal harorat +5 daraja, optimal harorat +20-25 daraja va maksimal harorat esa +35 daraja hisoblanadi. Bu xususiyatga ekologik nuqtai nazardan e'tibor qilinsa, ko'ko'tni erta bahor, kech kuz va qish fasllarida ham o'suvchi o'simliklar guruhiga kiritish mumkin.
Ko'pgina yovvoyi holda o'sadigan ikki pallalilar sinfiga mansub o'simliklardan farq qilib ko'ko't urug'larining unib chiqish foizi juda yuqori, ya'ni 87-100 % ga teng.
Bundan tashqari, biz urug'larning ma'lum bir vaqtda suv o'zlashtirish xususiyatlarini ham o'rgandik. Chunki, urug'larning suvni o'zlashtirish va yo'qotishi to'g'risidagi ma'lumotlar, yovvoyi holda o'sadigan foydali o'simliklarni o'rganishda ba'zi filogenetik muammolarni, taksonomik xarakterdagi masalalarni kompleks (yaxlit holda) o'rganishda muhim ko'rsatkichlardan bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumki, quruq (quritilgan) urug'larda bog'langan suvlar bo'lib, ular moddalar almashinuvida ishtirok etmaydi, shuning uchun urug'lar unib chiqishdan oldin ma'lum miqdordagi suvni o'zlashtirish lozim.
Chunki, bu suv murtak va endosperm hujayralaridagi fermentlarni aktivlashtiradi va bo'lib o'tadigan kimyoviy jarayonlar uchun muhit yaratadi. Urug' unayotgan muhitda suv miqdori yetarli bo'lsada, hamma o'simliklar urug'lari bir xilda unib chiqmaydi. Chunki, ba'zi o'simliklar urug'ida qalin po'st bo'lganligi sababli ular suvni o'zlashtirishi qiyin kechadi yoki suv umuman o'tmaydi. Bunday urug'lar po'sti tabiiy yoki sun'iy jarohatlanishi kerak, ana shundagina suv po'stidan ichkariga o'tadi.
Urug' po'stining bunday tuzilishini, ya'ni suv o'tkazmasligi, urug' po'sti to'qimasidagi polisad (panjarasimon)
hujayralarni kutikulyar qavat o'rab turganligi sababli suvni shimib
October 5-6
olmaydi, urug' po'stida pektin moddasi bo'lib, bu modda bo'kish yoki bo'rtib ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi. Uchinchidan, urug' po'sti tarkibidagi lipid suv o'tishiga to'sqinlik qiladi [6-8]
Biz bu tajribamizda ko'ko't urug'ining optimal haroratda (+23 +24 oS) unib chiqishi uchun qancha miqdorda suv o'zlashtirish mumkinligini o'rgandik. Tajriba 3 takroriyda o'tkazildi. Bu esa urug'larning unib chiqishi uchun zarur bo'lgan suv shimish miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Ko'ko'tning urug'i 13 soat mobaynida suvni shimib, dastlabki birinchi va ikkinchi soatlarida ko'p miqdordagi (22-42 %) hamda 5-8 soatlarda (13-13,5 % farq) suvni o'zlashtiradi. Qolgan vaqtlarda har 1 soatda o'zlashtirilgan suv miqdori bir-biridan uncha katta farq qilmadi.
Ko'ko't urug'ining o'zlashtirgan suv va undagi oqsil miqdorini hisobga olsak, bu xususiyati bilan tarkibida oqsil ko'p bo'lgan dukkakdoshlar vakillariga yaqin turadi. Buni V.Krokker va L.Barton (1950) o'z tajribalarida aniqlaganlar. Ular har bir urug'ning suvni o'zlashtirish miqdori hamda bo'rtish jarayonining o'simliklar navlariga bog'liq degan fikrga keladilar [1-3, 6-8]
Xulosa. Ko'ko't urug'ining laboratoriya sharoitida unib chiqish chegarasi +5-35oS ni tashkil etadi. Biroq uning qulay unib chiqish harorati 20-25oS hisoblanib, ikkinchi kunidan urug' unib chiqa boshladi va olti kunda 100% unib chiqadi. Ko'ko't urug'i 13 soat mobaynida suv o'zlashtiradi, 22-42% suvni birinchi va ikkinchi soatlarida o'zlashtiriladi. Shu bilan birga urug'lar suvni tez, ya'ni 6 soat mobaynida yo' qotish xususiyatiga ham ega bo'lib, eng ko'p miqdordagi suvni (18-20%) 3-4 soatda sarflab bo'ladi.
REFERENCES
1. Нормуродов Х.Н. Перспективность использования нетрадиционных кормовых растений для укрепления кормовой базы каракулеводства. // Проблемы пастбищного животноводства и экологии пустынь: Материалы международной научно-практической конференции - Самарканд, 2000. 118-
2. Нормуродов Х.Н., Хамдамова Э.И. Биология цветения черноголовника многобрачного. // Ж. Проблемы биологии и медицины Самаркандский филиал АН.Р.Уз - №4. 2007. - Б. 80-82.
3. Normurodov X.N. Yangi noan'anaviy yem-xashak o'simliklarini madaniylashtirish masalalariga doir. // Biologiya
120 б.
October 5-6
va ekologiyaning hozirgi zamon muommolari: Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. - Samarqand, 1999. 5-6 b.
4. E.Xamdamova, G.Suvonova, E.Isoqova. Yem-xashak zahirasini yaratishda noan'anaviy o'simliklardan foydalanish // «Agro ilm>>. №1.2020. -56-58 b
5. E.I.Xamdamova, G.A.Suvonova. Ko'ko't (Poterium polygamum waldst. et. kit.) noan'anaviy yem xashak zahirasi. International scientific-practical conference on "Current issues of bio economics and digitalization in the sustainabledevelopment of regions"April 27-28, 2022 Samarkand branch of the Tashkent State University of Economics, in cooperation with Samarkand branch of the Tashkent State Agrarian University.
6. E.I.Xamdamova. Ko'ko't o'simligini ekish muddati va me'yori// O'zbekiston qishloq xo'jaligi. Jurnal. Toshkent, 2006. № 4.-B.22
7. E.I.Xamdamova. Ko'ko't yangi qimmatbaho oziqabop o'simlik// J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. Toshkent, 2002. №1.-B.37-39
8. Ю.Н. Зубарев, М.А. Нечунаев, М.В. Заболотнова Особенности прохождения фенологических фаз развития черноголовника многобрачного Poterium Polygamum Waldst. et Kit. в агрометеорологических условиях Среднего Предуралья. Известия Оренбургского государственного аграрного университета. 2021. № 1.
October 5-6