Научная статья на тему 'YAYLOV YERLARINING HISOBINI YURITISH VA YAYLOV YERLARINI DEGRADATSIYAGA UCHRASH SABABLARI'

YAYLOV YERLARINING HISOBINI YURITISH VA YAYLOV YERLARINI DEGRADATSIYAGA UCHRASH SABABLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
460
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer / degradatsiya / yaylov / yer hisobi / sabab / resurs / turlar / tiplar. / Land / degradation / pasture / land accounting / cause / resource / species / types.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Tursinoy Gafurjanovna Yuldasheva

Mamlakatimizda yer-suv manbalarining chegaralanganligi, aholi sonining ortib borishi va go’sht va go’sht mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojning tobora ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa mavjud yaylovlardan yuqori hosil olish hamda samarali va oqilona foydalanish bugungi kunda eng asosiy vazifa hisoblanadi]. Yaylovlarda yilning barcha mavsumlarida chorva mollari uchun oziqa topiladi. Shu bois, yaylov tiplarining deyarli barchasi yil bo’yi foydalanish uchun yaroqlidir. Respublikamiz hududlarida yaylovlarning holati, o’sadigan o’simlik turlari, yaylov guruhlari, yaylov tiplari, mavjud quduqlar ularning holatlari to’g’risida to’liq ma’lumotar berilgan. Mavzu yuzasidan tavsiya va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REASONS FOR KEEPING RECORDS OF PASTURE LANDS AND DEGRADING PASTURE LANDS

The limited availability of land and water resources in our country is the reason for the growing population and the growing need for meat and meat products. This is the main task today to obtain a high yield of existing pastures, as well as to use them efficiently and rationally. In pastures, food for livestock is found in all seasons of the year. Therefore, almost all types of pasture are suitable for year-round use. The state of pastures in the regions of our republic, growing plant species, pasture groups, pasture types, existing wells are fully informed about their condition. On the topic are given recommendations and suggestions.

Текст научной работы на тему «YAYLOV YERLARINING HISOBINI YURITISH VA YAYLOV YERLARINI DEGRADATSIYAGA UCHRASH SABABLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

YAYLOV YERLARINING HISOBINI YURITISH VA YAYLOV YERLARINI DEGRADATSIYAGA UCHRASH SABABLARI

Tursinoy Gafurjanovna Yuldasheva

''Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti''

Milliy tadqiqot universiteti

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda yer-suv manbalarining chegaralanganligi, aholi sonining ortib borishi va go'sht va go'sht mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojning tobora ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mavjud yaylovlardan yuqori hosil olish hamda samarali va oqilona foydalanish bugungi kunda eng asosiy vazifa hisoblanadi]. Yaylovlarda yilning barcha mavsumlarida chorva mollari uchun oziqa topiladi. Shu bois, yaylov tiplarining deyarli barchasi yil bo'yi foydalanish uchun yaroqlidir. Respublikamiz hududlarida yaylovlarning holati, o'sadigan o'simlik turlari, yaylov guruhlari, yaylov tiplari, mavjud quduqlar ularning holatlari to'g'risida to'liq ma'lumotar berilgan. Mavzu yuzasidan tavsiya va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Yer, degradatsiya, yaylov, yer hisobi, sabab, resurs, turlar, tiplar.

REASONS FOR KEEPING RECORDS OF PASTURE LANDS AND DEGRADING PASTURE LANDS

ABSTRACT

The limited availability of land and water resources in our country is the reason for the growing population and the growing need for meat and meat products. This is the main task today to obtain a high yield of existing pastures, as well as to use them efficiently and rationally. In pastures, food for livestock is found in all seasons of the year. Therefore, almost all types of pasture are suitable for year-round use. The state of pastures in the regions of our republic, growing plant species, pasture groups, pasture types, existing wells are fully informed about their condition. On the topic are given recommendations and suggestions.

Key words: Land, degradation, pasture, land accounting, cause, resource, species, types.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini hatlovdan o'tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobatanik tadqiqotlarni o'tkazish tartibini yanada

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

takomillashtirish chora-tadbirlari " to'g'risida 2018-yil 23-apreldagi 299-son qaroriga 3-ilova "Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o'tkazish tartibi to'g'risida" nizomi qabul qilindi [1]. Bundan ko'rinib turibtiki, mamlakatimizda yaylov yerlarini rivojlantirish uchun yetarli qonunlar va imkoniyatlar mavjud. Nizomda yaylov o'simliklari bilan qoplanganlik darajasini aniqlash, geobotanik ishlarini tashkil qilish, yaylovlarning tip va guruhlari chegaralari, maydonlari, hosildorligi yaylovlardan mavsumiy foydalanish hududlari aks ettirilgab xarita tuzish aks etgan. Buning uchun yaylovlarni yaxshilash va ulardan samarali foydalanish, yaylovlarni boshqarish mexanizmini ishlab chiqish, almashlab ekishda zagon usulini qo'llash, qurg'oqchilikka chidamli yaylov o'simliklarining urug'chiligini tashkil etishning ilmiy-innovatsion jihatlarini takomillashtirish va samarali usullarini ishlab chiqish zarur. Yaylovlar hosildorligi va ozuqa sifati yillar va ba'zida yil mavsumlari bo'ylab ham keskin o'zagarib turadi [2]. Masalan, yaylovlardagi ozuqa miqdori qish mavsumiga kelib 2,5 marotaba kamayadi. Ozuqa tarkibidagi protein miqdori 15% dan - 5% gacha, oqsil miqdori esa 15% dan - 4% gacha kamayib ketadi. 100 kg yaylov ozuqasi tarkibida bahorda 70-80 ozuqa birligi mavjud bo'lsa, qish mavsumida bu ko'rsatkich 17-18 % dan ortmaydi.

Respublikamizda yaylovlarni saqlash va yaxshilash muammolari ekologik muammolar ichida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Buning oqibati, ularning yomonlashishi yoki to'liq tanazzulga uchrashi jiddiy ekologik muammoga - hududning cho'llanishiga olib kelishi mumkin. Yaylov resurslarini oqilona o'zlashtirish va ulardan foydalanish borasida olimlar va sanoat xodimlari oldiga jiddiy vazifalarni qo'ymoqda. Chunki hozirgi kungacha degradatsiyaga uchragan yer maydonlari 8 360 ming gektarni tashkil qilmoqda. Bu esa mamlakatimizdagi jiddiy muommolaridan biri va bu yaylovlarning katta qismidan tabiiy yem-xashak resursi sifatida foydalanilganligi uchun chorvachilikni rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Ko'plab tadqiqotlar va dala ishlari tajribasi yaylovlar degradatsiyasi moummosi va uning sabablari tushunchasining chuqur o'rganilishiga yordam berdi. Asosiy muammo- qishloqlar va suv manbalaridan 4km radiusdagi yaylovlarning degradatsiyasidir. Degradatsiya bu-o'simliklar o'zgarishi tufayli yaylovlar mahsuldorligining uzoq muddatli pasayishidir. Ozuqaviy o'simliklarning miqdori kamayib, ozuqaga yaramaydigan o'simliklar miqdori va o'simliklar qoplami bo'lmagan yaylov maydonlari soni ortadi.

Cho'l va adir yaylovlari respublikamiz yaylov fondining asosiy qismini tashkil etib, unda chorva mollari yil davomida boqilishi, biroq ularning hosildorligi o'ta past (1,5-3,5 s/ga), yillar va yil mavsumlari bo'ylab keskin o'zgaruvchan. Yaylovlardan foydalanish talablariga amal qilmaslik oqibatida yaylov maydonlari turli darajada inqirozga uchrashi natijada cho'l va adir yaylovlarida bioxilma- xillikning keskin

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

kamayishiga, yaylov hosildorligining pasayishiga va ozuqa sifatining yomonlashuviga olib kelgan va haliyam davom etmoqda. Yaylovlardan noto'g'ri foydalanish natijasida ularning mahsuldorligining keyingi 25-30 yil ichida bosqichma-bosqich pasayishiga olib keldi. O'rtacha pasayish darajasi 70-75% ga yetadi. Yovvoyi o'tlar va zaharli o'simliklar ko'paydi.

Tog'li yaylovlarda esa vaziyat boshqacha ya'ni quyi zonalarning yaylovlariga qaraganda kamroq chidamli va shuning uchun chorva mollarining kontsentratsiyasi bilan ko'proq tartibga solinadi. Mintaqada boshqaruvni rejalashtirishda ushbu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bu sohada chorva mollarining kontsentratsiyasini faol ravishda tartibga solish zarur, chunki bu yaylovlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi.

1-jadval

Yaylovlar (mintaqasi, guruhi, tipi va turlari) bo'yicha ma'lumot

1. Mintaqalar Yuqori cho'l

Pastki cho'l

2. Yaylov guruhlari Qumlardagi butasimon yaylovlar guruhi

Gipsli cho'llarda yarim butali va butali yaylovlar

guruhi

Taqir va sho'rxok tuproqlarda sho'rao'tli yaylovlar

guruhi

3. Yaylov tiplari Saksovulli

Cherkezli

Shuvoqli

Boyalish

Yulg'unli

Keyreukli

4. Yaylov turlari Singrenli selenli iloqli saksovulli

Singrenli saksovulli

Singrenli qandimli efemerli cherkezli

Singrenli juzg'unli efemerli cherkezli

Singrenli oq boyalishli cherkezli

Qandimli singrenli cherkezli

Partakli cherkezli

Kereukli shuvoqli efemerlar bilan

Oq boyalishli shuvoqli iloqli va efemerlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Oq saksovulli keyreukli oq boyalishli shuvoqli singrenli efemerlar bilan

Singrenli shuvoqli

Singrenli shuvoqli oq boyalishli efemerlar bilan

Singrenli kereukli oq boyalishli

Juzg'unli singrenli keyreukli oq boyalishli

Singrenli keyreukli sho'rao'tlar bilan

Oq boyalishli efemerli keyreukli

Singrenli oq boyalishli keyreukli

Qamishli yulg'unli

Yantokli sho'rao'tli yulgunli

Yantoqli yulg'unli

Yantokli qamishli yulgunli

Barxanli qumlar

Tepaliklar

Respublikamiz hududida yaylovlar degradatsiyasining bir necha sabablari ko'rsatish mumkin:

1. Chorva mollarini haddan ortiq o'tlatish.

2. Yaylov yerlari aniq chegaralarining mavjud emasligi

3. Degradatsiyaga uchragan yaylov yerlariga shamol, suv, tuproq ta'sirini o'rganib chiqilmaganligi.

4. Yerdan foydalanuvchilarga degradatsiyaga uchragan yaylov yerlarini yaxshilash mehanizmi yoki rag'batlantirishlarning yo'qligi.

5. Uzoq va kam foydalaniladigan yaylovlarga boradigan dala yo'llarini yomonligi [3-5].

Xulosa va takliflar.

Bu muammolarni oldini olish va bartaraf qilish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

1) Xo'jalik yaylovlarida chorva mollarining haddan tashqari ko'p boqilishini oldini olish maqsadida o'simliklar kompleksidan kelib chiqqan holda foydalanishni yoki tartibli almashlab boqish tizimini joriy qilish;

2) Uzoq va kam foydalaniladigan yaylovlarga boradigan dala yo'llarini yaxshilash yoki yangi yo'llar ochish;

3) Inqirozga uchragan yaylovlarni tiklash maqsadida, ozuqabop o'simliklarni birlamchi urug'chilik maydonlarini tashkil etish;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

4) Degradatsiyaga uchragan maydonlarni aniqlab mazkur hududda yaylov o'simliklarini boyitish, o'tloqlarda kam iste'mol qilinadigan o'tlarni ozuqa jihatidan qimmatliroq bo'lgan esparset, astragal, izen, teresken, shuvoq kabi o'simliklar bilan almashtirish tadbirlarini o'tkazish lozim;

5)fermer xo'jaliklari va yaylovdan foydalanuvchilar kooperativlari tomonidan ma'lum hududlarni sim to'siqlar bilan o'rash, bunda yaylov urug'chiligi tashkil etiladi hamda qishloqga zaxira sifatida pichanzorlar hosil bo'ladi;

6) Chorva mollarini yaylovlarda teng taqsimlash, chorva bosh sonini oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik;

7) Yaylovlarda tuproq va shamol eroziya tufayli o'simlik qoplami kamayishining oldini olish uchun eroziyaga qarshi ixota daraxtzorlarini tashkil qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini hatlovdan o'tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobatanik tadqiqotlarni o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari " to'g'risida 2018-yil 23-apreldagi 299-son qaroriga 3-ilova "Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o'tkazish tartibi to'g'risida" nizomi

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "Yaylovlarda chorva molarini o'tlatishda eng ko'p qo'yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori 2019-yil 19-avgustdagi 689-son.

3. Boboqulov N., Rabbimov A. Cho'l yaylovlari hosildorligini oshirish - dolzarb masala// O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali, 2015

4. Sh, F. (2020). Xudoyberdiyev Yaylovlardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish. Fan, muhandislik va texnologiya sohasida ilg'or tadqiqotlar xalqaro jurnali

5. Internet ma'lumotlari: http://google.co.uz; http://www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.