DORIVOR O'SIMLIKLARNING BIOEKOLOGIK XOSSALARI 1Abdurahimova M.A., 2Mirkomilova Gulirano, 3Akramova Gulnora, 4Akbaraliyeva Jamila
1FarDU o'qituvchisi 2,3,4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210784
Annotatsiya. O'zbekiston hududining tuproq, iqlim, o'simlik tarkibi hisobga olingan holda, bir nechta tabiiy provinsiyalar rayonlashtirilgan. Ularga: Turon, Ustyurt, Farg'ona va boshqa tabiiy provinsiyalarni misol keltirish mumkin.
Kalit so'zlar: dorivor o'simliklar, iqlim, yovvoyi tur va turkum, flora, yem-xashak, adir.
Аннотация. C учетом почвенного, климатического, растительного состава территории Узбекистана районировано несколько природных провинций. Примером могут служить: Туранская, устюртская, Ферганская и другие природные провинции.
Ключевые слова: лекарственные растения, климат, дикий вид и род, флора, корма,
Адир.
Abstract. Several natural provinces are zoned, taking into account the soil, climate, plant composition of the territory of Uzbekistan. Examples include: Turon, Ustyurt, Fergana and other natural provinces.
Keywords: medicinal plants, climate, wild species and category, flora, forage, adir.
O'zbekistonning nabotot olami bir muncha xilma-xil va turlarga boy hisoblanadi. O'zbekiston hududida 145 oilaga kiradigan 1228 turkum va 3700 turga yaqin yovvoyi o'simlik uchraydi. 12 oila - qoqio'tdoshlar (570 turga yaqin), burchoqdoshlar (440), bug'doydoshlar (200), karamdoshlar (200), ziradoshlar (200) , yalpizdoshlar (190), sho'radoshlar (180), loladoshlar (150160), torondoshlar (150-160), chinniguldoshlar (130), kampirchopondoshlar (130), ra'noguldoshlar (100) turga boy, katta oilalar hisoblanadi. Ana shu 12 oilalar respublika florasining 75% ini tashkil etadi.
O'zbekiston florasi foydali o'simliklarga juda boy, masalan, yovvoyi o'simliklardan 90% em-xashak bo'lib xizmat qiladi, juda ko'pchiligi muhim dorivor, efir moyli va ziravor o'simliklar hisoblanadi.
O'zbekistonda relefining murakkabligi tufayli o'simliklar ham turli-tuman. Qumli cho'llarda - selin, juzg'un, saksovul, iloq, quyonsuyak, cherkez singari o'simliklar, gipsli cho'llarda - buyurg'un, shuvoqning bir necha turi, boyalich, qo'ng'irbosh, tuyapaypoq kabi o'simliklar o'sadi. Sho'rxok va tog' etaklaridagi gilli cho'llarida asosan, qorasaksovul, yulg'un, yantoq, shuvoq o'sadi.
Tog' etaklari uch qismga bo'linadi: 1). Cho'llar yoki tog' oldi tekisliklari. 2). Past adirlar. 3). Baland adirlar.
Shulardan cho'llar yoki tog' oldi tekisliklari (300-600m. balandliklar orasi) tog'lardan emirilib tushgan jinslardan tarkib topgan. Bunday erlarda qo'ng'irbosh, rang, shuvoq va boshqa efemerlar o'sadi. Kuzgi efemerlar namgarchilikka qarab kuzda va qish boshida ko'karib chiqadi. Ular yanvar-fevral oylaridayoq chorva mollari uchun ozuqa bo'ladi. Sernam yillari bu erlardan ko'plab pichan tayyorlash mumkin.
Past adirlarda (600-800m.) yuqorida aytilgan tog' oldi tekisliklari o'simliklaridan tashqari, chorva mollari uchun qishda yaxshi oziq bo'ladigan karrak, oqquray, shirach, chayir, qatron va boshqa o'simliklar o'sadi. Ular orasida ayniqsa, efemerlar ko'p. Bu yerlar asosan bahorda, shuningdek, yil bo'yi o'tloqzor yaylov hisoblanadi.
Baland adirlar (8000-1200m.) xilma-xil o'tlar: bug'doyiq, taktak, tog'arpa, andiz, gulxayri, qo'ziquloq, shuvoq ko'p o'sadigan quruq dashtdan iborat. Toshloq tuproqli erlarda butalardan olcha, bodomcha, tuyasingren, daryo vodiylarida: terak, tol o'sadi. Baland adirlardan yil bo'yi yaylov sifatida va bog'dorchilikda foydalaniladi.
Tog' yonbag'irlarining dengiz satxidan 1200-1800 m. baland bo'lgan qismida daraxtlardan archaning bir nechta turi, zarang, tog'olcha, yovvoyi olma, kamxastak, yong'oq, do'lana, butalardan: shilvi, tobulg'i, irg'ay, namatak, zirk, o'tlardan: beda, betaga, mavrak, kiyiko't, ermon, andiz o'sadi.
Tog' yonbag'irlarining 1800-2700m. balandlikdagi qismi betaga dashtidan iborat bo'lib, boshqa o'tlardan yana sariqbosh, qo'ng'iroqgul, so'xta, arpabosh, daraxtlardan archa ko'p o'sadi. 2700m dan yuqorida er bag'irlab o'sadigan archalar betaga, alp o'tloq o'simliklari, so'ngra qiziltikan, tog'chitir kabi yostiqsimon kserofitlar uchraydi. O'zbekiston maydonining 5,7% o'rmon tashkil qiladi. Tog' o'rmonlarini 200 ming gektari archazorlar. Bir gektar archazor 18 mln.m3 havoni tozalaydi va O2 bilan boyitadi.
O'zbekiston florasining tarkibi
O'zbekiston florasini o'rganish, inventarizatsiya qilish uchun manbai sifatida birinchi navbatda 1940-1963 yillarda chop etilgan 6 jildlik «O'zbekiston florasi» hisoblanadi. Hozirgi kunda bu monografiya talabga u qadar to'liq javob bermaydi, deb aytish mumkin. Sababi, bu monografiya tuzilgan davrlarda hozirgi Toshkent viloyatining florasi eng boy, tog'liq Bo'stonliq tumani Qozog'iston Respublikasiga taaluqli bo'lgan va bu er o'simliklari flora tarkibiga kirmay qolgan. Qolaversa, mazkur monografiyaning chiqqaniga 60-80 yil bo'ldi. Bu orada Respublikaning kam o'rganilgan hududlaridan florist-sistematik olimlar tomonidan qator yangi o'simlik turlari topilgan.
O'tgan asrning 80-yillarida yozib tugatilgan 10 jildli «O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi» ma'lumotlar bo'yicha hozirda Respublikamiz hududida 4250 o'simlik turi mavjud bo'lib, ular 1228 turkum va 145 t oilaga taaluqli hisoblanadi.
O'zbekiston o'simlik qoplamida akademik A.L.Taxtadjyan (1987y.) tizimi bo'yicha 145 oila ishtirok etadi, 1228 turkum va 3700 turlar o'simlik qoplamini tashkil etadi.
Mazkur jadvaldan ko'rinib turibdiki Respublika hududida eng etakchi oilalar murakkabguldoshlar, dukkakdoshlar, g'alladoshlar va hokazo - jami 17 ta oila shulardan 1-12 gacha bo'lgan oilalar eng muhim va dunyo bo'yicha keng tarqalgan hisoblanadi.
Turkumlar ichida eng etakchilari astragal Astragalus 224 tur, Cosusinia-136 ta, qandim-Calligonum-74 hisoblanadi.
Yuqorida aytganimizdek, O'zbekiston o'simlik qoplamida A.L.Taxtadjyan tizimi bo'yicha 145 oila ishtirok etib, bular tarkibida madaniy xolda ekiladigan 500 ga yaqin o'simliklar bor. O'zbekiston o'simlik qoplamida edifikatorlar soni jihatidan ham murakkabguldoshlar oilasi ustunlik qiladi.
O'zbekiston florasining taxlili
Agar O'zbekiston florasida turkumlar va ularning turlarini taqsimlanishini tahlil qilinadigan bo'lsa, eng yirik turkumlar:
1. Astragalus -224 tur kiradi.
2. Cousinia (kuziniya) -136 tur.
3. Calligonium (qandim) -74 tur.
4. Allium (piyoz) -68 tur.
5. Salsola (sho'radoshlar) -49 tur.
Bu turkum vakillari - o'simlik qoplamida dominant yoki uning tuzilishida faol ishtirok etuvchi turlar hisoblanadi.
O'zbekiston florasida endemizm u qadar yuqori darajada emas - 4000 atrofidagi turlardan taxminan 390 tasi yoki 9,2% endem hisoblanadi.
O'rta Osiyodagi 7000 ga yaqin turlardan 3336 tur yoki 46% endem hisoblanadi. Endemlarning ko'pchiligi murakkabguldoshlar (70 tur), soyabonguldoshlar (34 tur), labguldoshlar (35 tur) va boshqa oilalarga to'g'ri keladi.
Respublika florasini balandlik mintaqalari bo'ylab taqsimoti quyidagicha - jami 3737 turdan cho'lda - 1100 ta, adirda - 1330 ta, tog' hududida - 1523 ta va yaylovda - 555 tur bor. Ko'rinib turibdiki eng ko'p turlar tog' hududlarda uchraydi, eng kami yaylovlarda. O'zbekistonning cho'l hududlarida birinchi navbatda sho'radoshlar, so'ng g'alladoshlar, murakkabguldoshlar va torondoshlar oilasi vakillari ko'p uchraydi. Adirlarda dukkakdoshlar, g'alladoshlar va soyabonguldoshlar oila vakillari ko'proq uchraydi. Tog' hududlarida asosan murakkabguldoshlar, dukkakdoshlar, labguldoshlar, ra'noguldoshlar va g'alladoshlar oilasi vakillari uchraydi.
Yuqoridagidan ko'rinib turibdiki floraning sistematik tarkibi va ularni tik mintaqalar bo'ylab taqsimlanishi ma'lum darajada Respublika hududida iqlimni, geomorfologiyani va ekologik omillarning turlicha ekanligini ko'rsatadi.
O'simlik qoplamini to'liq va rang-barang bo'lishi uchun iqlim va boshqa ekologik omillardan tashqari o'simliklarning hayotiy shakllari, har bir hududning tuproq hususiyatlari, geomorfologiyasi kabi fitotsenozga bevosita
ta'sir etuvchi va uni qanday ko'rinishda ekanligini belgilovchi omillar muhim hisoblanadi.
O'simlik qoplamini tuzilishida mu'im ko'rsatkich hisoblanuvchi o'simliklarning hayotiy shakllari yoki bioekomorfalari haqida dunyo bo'yicha keng tarqalgan Raunkier tizimi bo'lib, unda o'simliklar fanerofitlar (daraxtlar), xamefitlar (butalar), gemikriptofitlar (chala butalar), kriptofitlar (o't o'simliklar) va terofitlarga (bir yillik o'tlar) bo'linadi.
O'simliklarni hayotiy shakllarini tizimlash bo'yicha rus olimlaridan I.G.Serebryakov (1948-1968y) va uning o'quvchilari ham bir muncha ishlar olib borib, o'simliklarning hayotiy shakl yoki bioekomorfalarga aniqlik va to'ldirishlar kiritishgan. O'zbekiston florasini bioekomorfalar bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, quyidagi 4 bo'lim, 6 tip va qator guruxlarga ajraladi.
1. Bo'lim. Daraxt o'simliklar - 3 tipga bo'linadi, tip-1 daraxtlar, tip-2 butalar, tip-3 butachalar.
2. Bo'lim. Chalabuta o'simliklar 4 tipga kiradi.
3. Bo'lim. Quruqlikda o'suvchi o't o'simliklar eng katta guruh.
Masalan: Birgina polikarpik o't o'simliklar 14 guruhga ajraladi. YUqorida aytganimizdek hayotiy shakllardan tashqari fitotsenozni shakllanishida substrat, tuproq omillari ham muhim ahamiyatga ega, ma'lumki tekislik cho'l hududlarida qumlik, gipsli, sho'r va boshqa yashash joylarini (substratini) ajratish mumkin. Tog' va adir hududlarida shimoliy va janubiy qiyaliklarni, toshliq qoyalar, buloq va soylarga yaqin joylardagi namliklarni ajratish mumkin. Mana shu ekologiya va geomorfologiya xilma-xilligi o'simlik qoplamida fitotsenozga o'z taosirini ko'rsatadi. O'zbekiston florasini biomorfalar, balandlik mintaqalari va yashash joylari substrat bo'yicha taxlili 2-3 jadvalda keltirilgan. Jadval amaliy mashg'ulotlarda taxlil qilinadi.
O'zbekiston o'simlik qoplamini mintaqalar bo'yicha taqsimlanishi
Ma'lumki har qanday tabiiy mintaqa shuningdek balandlik mintaqalari ma'lum bir belgilar majmuasi (o'simlik qoplami, zootsenoz, tuproq, iqlim va hokazolar) bilan bir-biridan farqlanishi kerak va alohida bir geografik terminlar bilan nomlanishi kerak. Alohida bir belgiga, aytaylik o'simlik dunyosiga qarab, floristik okrug, oblast, geobotanik rayonlarga ajraladi. Balandlik mintaqalari bo'yicha ajralgan cho'l, adir, tog', yaylovlar yuqorida ko'rsatilgan ko'p belgilarni hisobga olgan xolda ajralgan. Ular iqlim, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi belgilari va hokazolar.
O'rta Osiyo hududida «dasht» mintaqasi yuqorida aytilganidek ta'rif bo'yicha uchramaydi, sababi O'rta Osiyo jumladan, O'zbekistonni ko'p qismini ishg'ol qilgan bepoyon tekisliklarda qalin o't o'simliklari qoplami bilan birgalikda hatto daraxtlar, o'rmonzorlar ham uchraydi. Masalan, saksovulzorlar, turang'izorlar, shuningdek bu yerlarda havo xarorati yozda bir muncha yuqori. O'simliklar shu issiq qurg'oqchil sharoitga yaxshi moslashgan.
Qator g'arb olimlari ishida bizning Turon tekisliklariga nisbatan «Pustinya»-«sahro» atamasi qo'llaniladi. Lekin «sahro» tushunchasi bizning yuqorida aytilgan Turon tekisliklariga u qadar to'g'ri kelmaydi.
Shu nuqtai nazardan ham O'rta Osiyo tekisliklarini «sahro» atamasi bilan nomlash to'g'ri kelmaydi. A.Shrenk, P.Semyonov kabi olimlar O'rta Osiyo tekisliklari o'simlik qoplamini o'rganib «dasht» termini bilan atashgan. Bu tushuncha unchalik ham to'g'ri emas. A.V.Gurskiy o'zining ishida «haqiqiy sahro xuddi Rossiya hududidagi haqiqiy dasht kabi Saudiya Arabistonida, Mesopotamiyada, Amerikada (Kaliforniyada), Afrikada (Kalaxarada) uchratish mumkin» deydi. Taniqli tuproqshunos olim S.Neustruev (1915) yozishicha O'rta Osiyo tekislik hududining iqlimi, qumlari, yer osti chuchuk suvlari, o'simlik qoplami haqiqiy sahro - Arabiston va Saxaro sahrolaridan tubdan farq qiladi.
Darxaqiqat, Nishon va Kerki, Buxoro va Navoiy atroflaridagi tekisliklarda shuvoq, cherkez, izen va boshqa muxim yem-xashak o'simliklari shu qadar qalin formatsiyalar hosil qiladiki, shuningdek bu yerlardagi yuzlab kv.km. maydonlardagi daraxt va butazorlardan tashkil topgan o'rmon o'simlik qoplamlari butun yoz davomida qorako'l qo'ylari, yirik shoxli qoramollar uchun o'tloq hisoblanadi.
Hozirda tik balandlik mintaqalari - cho'l, adir, tog', yaylov tushunchalari birgina geobotanikada qo'llanilmay, balkim, ekologiya, geografiya, iqlimshunoslik, tuproqshunoslik va boshqa sohalarda ham keng foydalanilmoqda.
O'zbekiston hududidagi tabiiy mintaqalar
Cho'l mintaqasi: O'zbekiston tekislik qismini egallab turgan qurg'oqchil cho'l poyasi Respublika hududida 61,16%ni tashkil qiladi. Bunga dengiz satxidan 500-600 metr balandlikdagi maydon kiradi. Bunday mintaqalar O'zbekistonning g'arbiy qismidagi Qizilqum cho'lining ancha qismi Amudaryo deltasining o'ng sohili Qarshi, Surhon, Yozyovon cho'llari. Bu cho'llarda asosan kserofil-qurg'oqchil o'simliklar o'sadi. Tuprog'i uch xil bo'ladi: 1. Sho'rxok (tuzli, taqirli, nam). 2. Qumli (sof qum, qumloqsoy, uchib yuruvchi qumlar va to'plangan qum uyumli tuproq). 3. Gipsli (mayda SaSo3li tuproq). Baozan soz tuproqli 4 tipdagi cho'llar ham uchraydi. Cho'lda harorat yozda 40-45*S ga etadi. Havoning nisbiy namligi kam bo'ladi. Yozda yog'ingarchilik butunlay bo'lmaydi, yilning boshqa fasllarida ham o'ziga xos xususiyatlar bo'ladi. Qish juda sovuq bo'ladi. Yog'ingarchilik erta bahorda va kech kuzda kuzatiladi. Yillik namlik 120-200 mm.
Cho'l atroflarida katta tog'lar va suv inshoatlari yo'q, quruq, issiq, havo oqimi esib turadi. Shunday sharoitdagi O'zbekiston cho'llari halqimiz uchun chorva mollari boqishda keng foydalaniladi.
Cho'l poyasi O'rta Osiyoning katta qismini ishg'ol etuvchi Turon pasttekisligini ishg'ol etadi. Cho'l o'zining iqlimi, tekisligi, o'simlik va tuproqning xilma-xil bo'lishiga sababli ham 2 qismga ajraladi:
1. Pastki cho'lga. 2. Yuqori cho'lga.
Cho'l landshafti yuqorida aytilganidek har xil bo'lganligi sababli ham bu erning o'simlik qoplami bir necha xil tiplarga ajraladi. Q.Z.Zokirov va o'g'li P.Q.Zokirovlar klassifikatsiyasi bo'yicha cho'l hududida quyidagi ko'katlar tipini ko'rishimiz mumkin.
Masalan: 1. Sho'r yoki galofita-Halorhyta edafotipi. 2. Qum-Rsammorhyta edafotipi. 3. Gipsli-Gursorhyta edafotipi. 4. Taqir-Takirorhyta edafotipi. 5. To'qay edafotipi-Rotamorhyta va boshqalar. Jami 18 ta edafotip ajratilgan.
Bulardan sho'r edafotip ko'proq pastki cho'l hududlarida uchrab, bu tuproq sho'rligi yuqori bo'lgan joylar uchun xosdir. Bunday sho'rlangan joylardagi senozlarda o'simliklar ko'pincha etdor, poya, barglarda tuz miqdori ko'p "sukkulet o'simlik" hisoblanadi. Ular chorva uchun kuchli sovuq va yog'ingarchilikdan keyin kech kuz va qishda ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Bu edafotipni tashkil qiluvchi edifikator- dominant o'simliklar: 1. Holostachis. 2. Salicornia. 3. Climocortera. 4. Atrirlex. 5. Salsola turlari hisoblanadi. Qora saksovul- Holaxylon rersica turlarini uchratish mumkin.
Adir mintaqasi: O'zbekiston hududining dengiz satxidan 5GG-12GG-14GG metr baland joylari adir mintaqasiga kiradi. Respublikaning barcha tog' etaklari, shuningdek, Farg'ona vodiysining - Chimyon, Avval, Arsif, Chortoq, Pop va boshqa hududlari - adirliklar hisoblanadi.
Adirning belgisi - relpef notekis, bo'ztuproq, o'simlik qoplamida rang va qo'ng'irbosh tashkil qiladi. O'rtacha yillik xarorat 12-13*C, yozda esa 35-4G*C ni tashkil etadi. Yog'ingarchiliklar qishda va bahorda kuzatiladi.
Adir zonasi tuproq, relpef, iqlim, o'simlik qoplamiga qarab ikkiga, pastki va yuqorigi adirga bo'linadi.
1. Pastki adir - dengiz satxidan 5GG-800 metr balandlikda joylashgan bo'lib, tuprog'i och va tiniq bo'z tuproq. Relpefi tekis, asosan qirliklardan iborat.
O'simliklari asosan efemeroidlar - qo'ng'irbosh-Roa, mayin shuvoq-Artemisia, etmak-Acantoryllum, qo'ypechak-Convolvuius, qo'ziquloq-Rhlomis, isfarak-Delfinium, oqquray-Rsoralea, karrak-Cousinia, lolaqizg'aldoq-Raraver va boshqalar.
2. Yuqori adir dengiz sahidan 9GG-12GG metr balandlikda joylashgan, toshloq tuproqli, chala buta va buta o'simliklari ko'pligi bilan ajralib turadi. Efemer- efemeroid o'simliklar kam. Asosiy o'simliklari - Bodomcha-Amygdalus, Izenp-Kochia, Teresken-Eurotia, Oqshuvoq-Artemisia, Ravoch-Rheum, Gazako't-Gentiana, Andiz-Inula, Qatron-Crambe, Gulxayri-Althaea, Shirach-Eremurus, Bug'doyiq-Elytriga va boshqalar.
Tog' mintaqasi: dengiz sathidan 1200-2800 metr balandlikdagi maydonlarni o'z ichiga oladi. Namlik nisbatan ko'p, yilning 3 fasli (yozdan tashqari) yog'ingarchilik bilan o'tadi. O'simliklarning vegetatsiya davri bahor, yoz va kuzga to'g'ri keladi. Xo'jalik iqtisodiy nuqtai nazaridan tog' mintaqasi muxim ahamiyatga ega, u chorva mollari uchun o'tloqzor, daraxt va o'simlik qoplami odamlar uchun meva (yong'oq), qurilish materiali, yoqilg'i manbai hisoblanadi. Dominant o'simliklari: tog'shuvoq-Artemisia tennisecta, tog'piyoz-Allium rskemense.
Tog' mintaqasi ham tabiiy sharoiti bo'yicha 2 ta kichik poyas yoki zonalarga bo'linadi.
1. Pastki tog' - bu 12GG-21GG metr dengiz sathidan balandlikdagi zona, yuqori adir bilan bevosita chegaradosh hisoblanadi, o'simlik qoplami ko'proq efemer, efemeroidlar, daraxt,
butalar, archalar bo'lishi kerak edi, lekin insonning uzoq yillik faoliyati natijasida yo'qolib ketgan, yog'ingarchilik miqdori adirga qaraganda ko'proq yillik miqdori 1200-2000 metrgacha etadi.
2. Yuqori tog' - bu 2100-2800 metrgacha bo'ladi. Bu zonada daraxt, butalar yaxshi taraqqiy etgan. Yuqori tog'da qoyalar, tog' yon bag'irliklar, buloqlar va boshqalar ko'p, relpefi notekis. Buning natijasida tuproq ham xilma-xil. O'simlik turlari ham ko'p bo'ladi, quyosh radiatsiyasi ham kuchliroq. SHu sababli ham kserofil o'simliklar yaxshi rivojlangan, muhim va keng tarqalgan. Edifikator Hisoblanuvchi ko'p yillik o't o'simliklardan g'alladoshlarga mansub bug'doyiq ko'p uchraydi. Buta o'simliklardan zirklar, shilvi, irg'ay, archa, yong'oq, olma va boshqalar. Bular tog'dagi o'simliklarning asosiy formatsiyalarini hosil qiladi. Ularning ko'pchiligi edifikator hisoblanadi. Yuqori tog' zonasi pastki tog'dan o'rmonning bo'lishi bilan farq qiladi. Masalan, archazorlar, yong'oqzorlar.
Yaylov mintaqasi: bu daraxt, buta o'simlik qoplami bo'lmagan tog'ning eng yuqori tekis mintaqasidir. Yaylov evro'pa ilmiy adabiyotlarida "subalppiya" - "sub alppiyskiy" yoki "alppiyskiy poyas" deb yuritilayotgan tog'ning yuqori qismi hisoblanib, O'rta Osiyo halqlari tilida "yaylov" deb yuritiladi.
U dengiz sathidan. 2700-2800 metr va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonlar bo'lib, tuprog'i qo'ng'ir, dasht tuproqlariga o'xshab ketadi. Toshlik va mayda shag'allik substratlar ham bor. Asosan muzliklar, ko'p joylari qor qatlmlaridan iborat. Yaylovlarni pastki chegarasi yuqori tog' butalari bilan ajralib turadi. Bu erlarda namlik yuqori, faqat avgust, sentyabrda yog'ingarchilik bo'lmaydi. U erdagi o'simliklarning vegetatsiya davri faqat yozda kuzatiladi. Yaylov yoz vaqtida chorva mollari uchun yaxshi o'tloq maydoni bo'lib hisoblanadi. Masalan, qorako'l qo'ylar uchun cho'l qanchalik o'tloqzor hisoblansa, hisor qo'ylari va echkilar uchun o'tloqzor yaxshi yaylov hisoblanadi.
Yaylov shuningdek yilqichilik uchun asos hisoblanadi. Madaniy ekinlar ekish uchun yaylovda sharoit yo'q. Yaylov ham nisbatan shartli ikkiga - pastki yaylov 2700 dan 2800 metr va yuqori yaylov 3000-3200 metr va undan yuqori bo'ladi.
Mezofil o'simliklar formatsiyalari shuningdek past bo'yli pakana - "karlik" shaklidagi butalardan-archa turlari, shilvi, irg'ay, namatak hamda yostiqsimon ko'rinishdagi oqqayin turlari uchraydi. Yuqori yaylovda dasht va o'rmon - dasht o'simlik qoplamiga xos bo'lgan betaga, kobreziya va boshqalar qalin, gilamdek qoplam hosil qiladi. Yaylovda chimli botqoq o'simliklari - "saz ko'katlar tipi" tez-tez uchraydi. Alppinistlar uchun ramziy hisoblangan murakkabguldoshlar oilasiga taaluqli edelpveys (Leontopodium), shuningdek, o'rik archa, chetan, yorongul, sug'uro't pastki yaylovda uchrasa, navro'zgul, arpao't va to'ng'izsirtlar yuqori yaylov o'simliklari hisoblanadi.
REFERENCES
1. Sobirov R.R.,Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.
2. Mamanov.N., Hojeboyeva.A., Yo'ldoshev.S., Falsafa.-T.:Sharq, 2005. 3.Sobirov R.R.,
3. Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.
4. Polatova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J. Yangi va eng yangi davr Sharq falasafasi. -T .:TDSHI, 2013.
5. Bobojonova D., M.Abdurasulov. "Abadiyat farzandlari". 2009. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti. 2009.
6. Irisov.A., Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Tanlangan asarlar. II tom. Toshkent. 1965.
7. Polatova D.,Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J.Yangi va eng yangi davr Shar
8. Международный научный журнал№4(100), часть
9. «Научный импульс» Ноябрь, 2021695Mavrak окябрь, 2021
10. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.
11. Abdurahimova M. et al. HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 100-104.
12. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - C. 197201.
13. Abdurahimova M., Mamadaliyeva D., Siddiqova G. DORIVOR O 'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - C. 185-188.
14. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL PLANT ESHINACEA PURPUREA AND ITS USAGE IN FOLK MEDICINE //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - C. 197-201.
15. Abdurahimova, M. A., & Muratova, R. T. (2023). ERMAK VA NA'MATAK O 'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINI O 'RGATISH ORQALI TALABALARNING XALQ TABOBATIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH PEDAGOG, 6(12), 42-46.