Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TABIATIDAGI NOYOB GULLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR'

O‘ZBEKISTON TABIATIDAGI NOYOB GULLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
13473
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologiya / ekologiya / flora / yovvoyi / botanika / Al-Xorazmiy / Beruniy / Nodira / Dante / London / nav / Ugam / Piskom / Chotqol / Qurama / Fargʻona / Biology / ecology / flora / wild / botany / Al-Khorazmi / Beruni / Nadira / Dante / London / variety / Ugam / Piskom / Chotkal / Kurama / Fergana.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Raxmonov, Rashid Raximovich, Husenov, Behruz Qobil O‘g‘li, Yo‘ldosheva, Sevinch G‘olib Qizi, Abdurahimova, Aziza Abdurahmon Qizi

Maqolada O‘zbekiston tabiatidagi ayrim noyob gular haqida ma`lumotlar keltirilgan. Bunda o‘simliklarning Respublikamizda uchraydigan turlari, biologiyasi, ekologik xususiyatlari batafsil berilgan. Hozirgi kunda bu o‘simlik turlarini uchrash arealining qisqarib borishi natijasida ularni muhofaza qilish lozimli haqida soz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFORMATION ABOUT UNIQUE FLOWERS IN THE NATURE OF UZBEKISTAN

The article contains information about some rare flowers in the nature of Uzbekistan. The species of plants found in our republic, their biology, ecological characteristics are given in detail. Given the time, due to the reduction in the areas of meetings of these plant species, they speak of the need for their protection.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TABIATIDAGI NOYOB GULLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

O'ZBEKISTON TABIATIDAGI NOYOB GULLAR HAQIDA

MA'LUMOTLAR

Raxmonov Rashid Raximovich

Buxoro davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Husenov Behruz Qobil o'g'li Buxoro davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Yo'ldosheva Sevinch G'olib qizi Buxoro davlat pedagogika institute Biologiya ta'lim yo'nalishi 1 bosqich talabasi Abdurahimova Aziza Abdurahmon qizi Buxoro davlat pedagogika instituti Biologiya ta'lim yo'nalishi 1 bosqich talabasi

Maqolada O'zbekiston tabiatidagi ayrim noyob gular haqida malumotlar keltirilgan. Bunda o 'simliklarning Respublikamizda uchraydigan turlari, biologiyasi, ekologik xususiyatlari batafsil berilgan. Hozirgi kunda bu o 'simlik turlarini uchrash arealining qisqarib borishi natijasida ularni muhofaza qilish lozimli haqida soz boradi.

Kalit so'zlar: biologiya, ekologiya, flora, yovvoyi, botanika, Al-Xorazmiy, Beruniy, Nodira, Dante, London, nav, Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama, Farg'ona

В статье содержится информация о некоторых редких цветках в природе Узбекистана. Подробно даны виды растений, встречающихся в нашей республике, их биология, экологическая характеристика. Данние времия в связи с сокращением ареалов встреч этих видов растений говорят о необходимости их охраны.

Ключевые слова: Биология, экология, флора, дикая, ботаника, Аль-Хоразми, Беруни, Надира, Данте, Лондон, сорть, Угам, Писком, Чоткал, Курама, Фергана.

The article contains information about some rare flowers in the nature of Uzbekistan. The species of plants found in our republic, their biology, ecological characteristics are given in detail. Given the time, due to the reduction in the areas of meetings of these plant species, they speak of the need for their protection.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Key words: Biology, ecology, flora, wild, botany, Al-Khorazmi, Beruni, Nadira, Dante, London, variety, Ugam, Piskom, Chotkal, Kurama, Fergana.

Xushmanzara o'simliklarga, shu jumladan gullarga zavq bilan boqmagan, ulardan lazzatlanmagan kishi yo'q desak mubolag'a bo'lmaydi. Gullarga bo'lgan muhabbat, shaydolik barcha xalqlar qatori o'zbek xalqining ham qon - qoniga singib ketgan. Kishilarimiz gullarni shunchalik yaxshi ko'rganlaridan ilk bahorda uni ko'zlariga surtib omonlik qilishadi, farzandlariga mehr bilan "Lola", "Gullola", "Gunafsha", "Navro'z", "Ra'no", "Gulira'no", "Sunbula" deb nom qo'yishadi. Eng yaqin kishilariga do'stlik, mehr, sadoqat ramzi sifatida gul taqdim etadilar.

Ilk bahordan boshlab to kech kuzgacha istirohat bog'larini, xiyobonlarni, skverlarni va kishilar madaniy hordiq chiqaradigan boshqa oromgohlarni son-sanoqsiz gullar bezaydi. Xech shubhasiz bu gullar zaminida yovvoyi gullar yotadi. Agar yovvoyi gullar bo'lmaganda edi, u holda biz bunchalik rang - barang gullarga ega bo'lmagan bo'lar edik. Shu munosabat bilan O'zbekiston o'zining yovvoyi gullari bilan mag'rurlansa arziydi. Ular tabiiy holda o'sishiga qaramay o'zlarining nafis va rang - barangligi bilan kishilarni asrlar osha rom etib kelmoqda.

Yovvoyi floramiz uzoq o'tmishdan ekma o'simliklarimizning, shu jumladan gullarning birdan - bir manbai bo'lib qoldi. O'zbekistonda yovvoyi xushmanzara o'simliklarning juda ko'p turlari mavjud. Masalan, lola, sallagul, shirach va boshqlar. Bular MDH emas, hatto chet ellardagi gulchilik sohalarida ham zo'r qiziqish tug'dirmoqda. Xususan, ularga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Bu o'simliklar erta bahorda gullashi bilan boshqa gullardan ajralib turadi. O'zbekiston tabiiy xushmanzara o'simliklarga naqadar boy bo'lishiga qaramay ular yetarli darajada o'rganilgan emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonning xushmanzara o'simliklari hayoti, formalari va o'sish sharoitiga ko'ra juda xilma - xildir. Bular orasida jazirama cho'ldan tortib qorli yaylovlarga qadar ko'tariladigan daraxt, buta, ko'p yillik va bir yillik o'tlar bor. Barcha yovvoyi gullar gullash muddatiga qarab 3 ta guruhga bo'linadi: bahorgi, yozgi va kuzgi. O'zbekistonda piyozdoshlar, safsarguldoshlar, ayiqtovondoshlar, gazako'tdoshlar, chuchmomadoshlar, ra'nodoshlar kabi oilalar o'zlarining ajoyib vakillari bilan ko'pchilikka manzur bo'lib kelmoqda. Bulardan azaldan respublikamizning faqat ayrim hududlaridagina uchraydigan yoki oldinlari keng tarqalib, so'ng ko'p xarid qilinishi tufayli maydonlari nihoyatda qisqarib ketgan fan va qishloq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan o'simliklar kiradi.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Lolalar. Lola (Tulipa) ni bahor malikasi, gullar sarasi deyishadi. Lola haqida qancha gapirsak ham ozlik qiladi. Erta bahorda qir va adirlarda qizil alvon yopib dillarni xushnut qiluvchi o'simlik ana shu loladir. Lola bir necha asrlardan beri kishilarni o'ziga shaydo qilib kelmoqda. Lolalar piyozdoshlarga mansub ko'p yillik o'tlardir. Lolalar yer kurrasining ko'pgina joylarida o'sadi. Yer yuzida ularning 140 dan ortiq turlari tarqalgan. MDH da yovvoyi lolalarning 83 turi bo'lib, ulardan 63 turi O'rta Osiyoda, qolganlari esa Qirim va Kavkazda uchraydi. O'rta Osiyo lolalarning aksariyat qismi O'zbekistonda, uning adir va tog'larida uchraydi. O'zbekiston fanlar akademiyasining Botanika bog'ida yetishtirilayotgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Nodira, Dante, London kabi jahonga mashhur lola navlari zaminida yovvoyi lolalar yotadi. Yovvoyi lola turlari tufayli biz yuzlab ekma lola navlarini yetishtirishga muyassar

O'zbekistonda lolalarning 25 turi o'sadi. Nafislikda tengi yo'q bu gullarni diyorimizning har bir burchagida-kimsasiz cho'llarida, adir va qirlarda, tog' va yaylovlarda uchratish mumkin. Saxiy tabiat ko'ksidan o'rin olgan lolalar yakka-yakka holda yoki to'p - to'p bo'lib hamda bir necha gektar maydonlarni ishg'ol qilib o'sadi. Ular qumoq, soz, chag'al toshli va toshli tuproqlarda ko'zni qamashtiruvchi lolazorlar hosil qiladi. Xa, lolalar ko'p va rang - barang, bular orasidan birortasini saralab olish qiyin. Lolalar asosan qizil, och qizil, to'q qizil, sarg'ish, oqish, targ'il va boshqa ranglarda bo'ladi.

Qizil lolalar. Xalq orasida asosan ikki tur - Tulipa Greygii va Tulipa Fosteriana qizil lola deb yuritiladi. Bu o'simliklar gullarining yirik va nafisligi hamda bo'yining balandligi jihatidan O'zbekistondagi barcha qizil lolalardan ustun turadi. Ayrim berahm savdogarlar tabiat bag'ridan yulib olib, bozorlarda pullaydigan qizil lolalar ham ana shularning o'zi. Bu ikki turning bo'yi 35-40 sm ga yetadi. Piyozi tuxumsimon, yirik, diametri 2,5 - 3 sm, usti to'q qo'ng'ir po'st bilan qoplangan. Poyasi 3 - 4 bargli, barglari yirik, eni 3 - 15 sm. O'simlikning eng chiroyli qismi uning gulidir. Tojbrglari 6 ta, qizil ranglarda, uzunligi odatda 3 - 7sm bo'lib, ba'zan yaxshi sharoitda o'sganlariniki hatto 15 sm ga yetadi. Tojbarglarning o'rtasida joylashgan turli rangdagi changchi va urug'chilar ham o'simlik chiroyiga chiroy qo'shib turadi. Qizil lolalar aprel va may oylarining boshlarida ochiladi. Gullash davri ikki haftacha davom etadi. Urug'lari may oyining oxiri va iyun oylarida yetiladi.

Qizil lolaning Tulipa Greygi nomli turi faqat G'arbiy Tyanshan tog' tizmalarida tarqalgan. Tog'ning mayda zarra tuproqli va mayda chag'al toshli o'rta qismlari lola uchun eng qulay joy hisoblanadi. Ikkinchi qizil lola -Tulipa Fosteriana esa Samarqand hududida mayda chag'al toshli tog' yon bag'irlarida toshlarning oralarida,

bo'ldik.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

qoyalarning yoriqlarida tarqalgan. Jahonda mashhur bu lolalarning diyorimizda o'sishi g'oyat zavqlidir.

Targ'il lolalar. Targ'il lolalarga gulqo'rg'onining tashqi doirasidagi tojbarglari targ'il, yani o'rta qismi qizg'ish ikki cheti sariq yoki oq rangli lolalar kiradi. Targ'il lolalar fanda Tulipa Kaufmaniana, Tulipa Dubia kabi nomlar bilan yuritiladigan anchagina turlarni o'z ichiga oladi. Mazkur lolalar qizil lolalarga qaraganda ancha ertaroq ochiladi va qizil lolalar singari tabiatga ziynat baxsh etadi. Targ'il lolalar bilan yaqindan tanish bo'lmagan kishilarga ular go'yoki qizil lolalar bilan bir turga mansubdek ko'rinadi. Aslida esa ko'pgina morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Targ'il lolalar orasida Tulipa Kaufmaniana nomli tur ko'pgina o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan afzal turadi. Uning piyozi 1,5 - 4 sm, tuxumsimon, usti qoramtir - qo'ng'ir yoki qizg'ish qo'ng'ir rangli mustahkam qobiq bilan o'ralgan. Poyasi 20 - 30, bazan esa 50 smga yetadi. Barglari 2,3 dona, pastkilari cho'ziq yoki ellipsimon, eni 2 - 13 sm, yuqoridagilari ancha ensiz va nisbatan kichik. Tojbarglarining rangi bir xil emas, tashqi doiradagilarining o'rtasi qizil, chetlari sarg'ish yoki oqish, nashtarsimon, uzunligi 8 sm ga yetadi. Ichki doiradagilariniki odatda sarg'ish va qisqaroq bo'ladi. Tabiatda oq gullarni tez - tez uchratish mumkin. Mazkur tur boshqa o'ziga yaqin turlar bilan chatishib duragaylar hosil qiladi. Targ'il lola bahorning erta yoki kech kelishiga qarab aprel - may oylarida ochiladi. Qori uzoqroq saqlanib turadigan tog'larda u qor ketishiga qarab iyun hatto iyul oylarining boshlarida ham gullaydi. Mevasi ko'sakcha shaklida, eni 1,5 - 2 sm, bo'yi 3 - 6 sm, iyun - iyul oylarida yetiladi. Targ'il lola qizil lolaga qaraganda anchagina yuqoriroq zonada o'sadi. Uni dengiz sathidan 2500 - 3000 m balandlikdagi joylarda ham uchratish mumkin. Toshli va chag'al toshli qiyaliklar o'simlik uchun eng qulay joy hisoblanadi. Bu targ'il lola fanga faqat G'arbiy Tyanshan tog' sistemalari (Korjantog',Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama, Farg'ona, Qoratog') da malum.

Tabiatda targ'il lola uncha katta bo'lmagan maydonlarni ishg'ol qilib o'sadi. Ko'pincha u to'p - to'p bo'lib uchraydi. Targ'il lolani madaniylashtirish borasida MDHda va chet ellarda ancha ishlar qilinmoqda. Natijada o'simlikning yangi sharoitda tezda moslashuvi aniqlandi. Bu hol undan yangidan yangi ekma lola navlari yetishtirish imkonini berdi. Ularni saralash va chatishtirish yo'li bilan xushnut etuvchi yangi ko'pgina navlar yetishtirildi. Chet ellarda yaqin 25 - 30 yil mobaynida ekma targ'il lolalardan 84 ta yangi nav lolalar yetishtirildi. Targ'il lola qizil lola singari urug'idan hamda piyozidan ko'paytiriladi. Urug'idan o'stirilgan lola 3 - 4 yili gullaydi. Piyozi ekilganda u tezroq gulga kiradi. Uning piyozini gullagan paytida va gulini to'kkanidan so'ng qazib olish mumkin. Piyozlarni qazib olish ancha ogir. Chunki ular 30 - 40, hatto 50 sm chuqurlikda joylashgan bo'ladi. Qazib olingan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

piyozlar biroz quritiladi va ekilguncha quruq qum solingan qopchalarda saqlanadi. Piyozlar tabiatdan olib kelingandan so'ng qanday chuqurlikdan qazib olingan bo'lsa shunday chuqurlikda ekiladi. Shunday qilingandagina u kelasi yilida gulga kiradi. Agar u yuzaroq ekilsa 1 - 2 yil gullamasligi mumkin. Har bir kitobxonni hech shubhasiz hozir qizil va targ'il lolalar qanday holatda, tabiatda uning zapaslari ko'pmi, ularni muhofaza qilish masalasi qanday yo'lga qo'yilgan, degan savollar qiziqtiradi. Ammo shuni afsus bilan qayd qilish kerakki, respublikamizda lola zapaslari yil sayin tobora kamayib bormoqda. Bir vaqtlar respublikamizning adir va tog'laridan keng o'rin olgan lolazorlarni endilikda yaqin oradan izlab topolmaysiz.

Lolalarni gullagan paytida barglari bilan sug'urib olish yaramaydi. Bargidan ajralgan lola yuragidan ajralgan inson kabi halok bo'ladi. Lola barglari orqali o'ziga kerakli moddalarni tayyorlab, kelgusi yilgi hayoti uchun zamin tayyorlaydi. Ayni gullagan paytida barglarini yo'qotgan, tuproq orasidagi piyoz tashqi muhitdan ajraydi va chirib ketadi.

Tabiatga sayohat qilishga borganda lolalarning nobud bo'lishiga yo'l qo'yilmasa, lola terganda tupida kamida1 - 2 ta barg qoldirib uzilsa, kelasi yili shu tupdan yana lola ochiladi.

Morinalar. Morinalar O'rta Osiyo ga xos ko'p yillik xushmanzara o'simliklar turkumi. O'zbekistonda bu turkumga taalluqli 2 ta tur o'sadi. Ulardan biri Morina Kokanika asosan G'arbiy Tyanshanda va Pomir - Oloyda, Morina Lemaniana Surxandaryo (Pomir-Oloyda)hududida tarqalgan.Mazkur turlar chiroyliligi jihatidan bir biridan qolishmaydi.Lekin gullarining rangi,barglarining tuzilishi kabi belgilari bilan ajralib turadi.

Morina kokanika nomli tur 60 - 80 (100) sm balandlikdagi oddiy va bezchali tuklar bilan qoplangan ko'p yillik o't. Barglari qalin, chetlari asosan tekis, yopirma barglari teskari nashtarsimon, uzunligi 30 - 35 sm, eni 2 - 2,5 sm. Poyadagilari 3 tadan halqa hosil qilib o'rnashgan, guloldi barglari ham 3 tadan bo'lib poyaning yuqori qismida joylashgan. O'simlikning guli o'ziga xos tuzilgan. Shuning uchun ham u kishi diqqatini jalb etadi. Gullar uzun to'pguldagi guloldi barglarning qo'ltig'ida g'u j- g'uj bo'lib o'rnashgan. Toji yirik, u 3,5 sm uzunlikdagi naycha, 12 mm keladigan pushti rangli ikki bo'lakli ustki va 3 bo'lakli ostki lablardan tashkil topgan. Toj orasidan changchilar ham ko'rinib turadi. Umuman yakka olingan toj tashqi tomondan gulga qo'ngan chiroyli hasharotni eslatadi. Morinaning guli juda chiroyli. Uni birinchi bor ko'rgan kishi beixtiyor ekma gul deydi va unda bu gul unutilmaydigan darajada taassurot qoldiradi. Bu o'simlikning eng ajoyib xususiyati shundaki, u birdaniga gullamaydi, dastlab to'pgulning pastki qismidagi g'unchalar ochiladi, so'ng sekin asta yuqoridagilari gullay boshlaydi. Shuning uchun ham

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'simliklarning gullash davri bir necha kun davom etadi. U iyul oyida qiyg'os gulga kiradi. Mevalari esa avgust oyida yetiladi. Morina kokanika tabiatda kichik - kichik maydonlarda to'p - to'p bo'lib o'sadi. Tog'larning dengiz sathidan 1500 - 2000 metr balandlikdagi chag'al toshli, mayda toshli hamda mayda zarra tuproqli yonbag'irlari o'simlik uchun eng qulay joy hisoblanadi.

Shu narsani alohida qayd qilish kerakki, bu o'simlik O'rta Osiyoda shu jumladan O'zbekistonda juda kam tarqalgan, uni Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tog'li tumanlarida uchratish mumkin. Shuning uchun ham uning tor doiradagi tabiiy landshaftlarini muhofaza qilishga jiddiy e'tibor bermog'imiz lozim. Bunday ajoyib o'simlik nega ko'plab madaniylashtirilmaydi, degan savol tug'iladi. Morina kokanikani ekib o'stirish ancha og'ir bo'lganligi tufayli uni tezda madaniylashtirib bo'lmadi. Lekin botaniklarimiz gulchilarimiz o'simlikning tabiatini chuqur ^'rganib, uni madaniylashtirish ustida qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. Hozigi paytda u MDHning ayrim botanika bog'larida tabiiysidan ham afzalroq o'stirilmoqda. Tabiiy holda o'sib gullab turgan Morina kokanikaga ko'zi tushgan tabiatshunoslar uni ekma sharoitda o'stirishga qiziqadi va darhol uni qazib olishga kirishadi. Afsuski, bu urinish behuda ketadi. Ehtiyotlik bilan ildizi chuqur kavlab olingan o'simlik boshqa yerga ekilganda tezda yoki oradan biroz vaqt o'tgandan so'ng qurib qoladi. Umuman bu o'simlik boshqa joyga ko'chirib o'tkazishni yoqtirmaydi. Morina kokanika urug'idan ko'payadi. Urug'ining unib chiqishini tezlashtirish uchun uni nam qumga aralashtirib ishlov beriladi - stratifikatsiya qilinadi. Fan yutuqlari hamda mavjud malumotlar Morina kokanikani urug'idan gulzorlarga (gul pushtalarga) ekib foydalanish mumkinligini ko'rsatmoqda.

Ko'zagul. Yoz oylarida ochiladigan O'rta Osiyo shu jumladan O'zbekistonda juda kam tarqalgan bu o'simlik uzoq o'tmishdan olimlarni va gul shinavandalarini g'oyat qiziqtirib keladi. Ko'zagul (Ostrovskiya-magniyfika) qo'ng'iroqguldoshlarga mansub 1 - 1,5 m balandlikdagi tubsiz ko'p yillik o't. Poyasi baquvvat ichi g'ovak. Barglari to'rttadan halqa shaklida joylashgan, tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, chetlari tishsimon qirqilgan. O'simlikning eng jozibador qismi uning gullaridir. Gullar poyaning yuqori qismida bir - ikki - uchtadan yo'g'on gulbandlarda o'rnashib piramida shaklidagi to'pgulni hosil qiladi. Kosachasi 5 sm uzunlikdagi 5 - 7 - 9 tagacha bo'lingan qalami nashtarsimon kosachabarglardan tashkil topgan. Toji juda nafis, ko'zasimon, uzunligi 8 - 10 sm, yuqori qismi o'tkir uchli 5 - 8 - 9 bo'lakka ajralgan, havorang, och havorang, bazan oqishlari ham bo'ladi. Changchilari 5 - 9 ta, tojidan ikki barobar qisqa, lekin changdoni changchi ipidan uch marta uzun. Urug'i ko'p, ancha yirik, uzunligi 2 - 3 mm keladi. Ko'zagul iyun - iyul oylarida gullab meva beradi. U asosan tog'larda daraxt va qoyalarning soyalarida o'sadi. O'simlik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'zining go'zalligi bilan O'rta Osiyo xalqlariga azaldan ma'lum. Hatto kishilar uni ekma o'simlikka aylantirish ustida ham ish olib borganlar. Shunga qaramay, u fan uchun ko'p vaqt nomalum bo'lgan. Doktor Albert Regel uni birinchi marta Tojikistonning Darvoza tog'idan terib kelib, keyin 1884 - yili fanga kiritgan. yerlarida ham borligini ko'rsatdi. N.B. Pavlovning aytishicha , ko'zagul 19-asrning 90-yillarida ekib o'stirilgan. B.A. Fedchenko Shveytsariyada bo'lganida gulchi Mishelnikida barq urib o'sib turgan nihollarni ko'rishga muyassar bo'lgan. Ammo bularning hammasi unutilib yuborilgan. Ayni vaqtda bu gul Tojikistondagi va Qozog'istondagi botanika bog'larida o'stirilmoqda. Xozir ko'zagul tabiatda juda ham kam saqlanib qolgan. 1955-yil Ugam daryosining yuqori qismidagi yaylovlarning birida uning kichik maydonda saqlanib qolganligi aniqlangan. Ko'zagulni uchratgan kishilarni uni saqlab qolishga ko'maklashishga chaqiramiz.

Gazako't. Gazako't (Gensiana) hamda yer bahosi deb yuritiladigan bu o'simlik o'zining 2 fazilati: xushmanzaraligi va shifobaxsh xususiyatlari bilan o'lkamizdagi eng foydali o'simliklar singari qadrlanadi. O'zbekistonda o'sadigan gazako'tdoshlarga mansub fanda Gensiana deb yuritiladigan turkumga kiruvchi 7 turning ko'pchiligini xalq orasida gazako't deb yuritiladi. Ular respublikaning deyarli barcha tog'li tumanlarida tarqalgan. Gazako'tlarga eng boy joy Samarqand viloyati hisoblanadi. Gazako'tlar tog' va yaylovlarga xos o'simlik.

Gazako'tlar foydali o'simlik sifatida salmoqli o'rinni egallaydi. MDHning boshqa respublikalarida tarqalgan gazako'tlardagi xususiyatlar haqida ham ko'pgina ma'lumotlar mavjud. Quyida gazako'tlarni O'zbekistonda keng tarqalgan bitta turi haqida fikr yuritiladi.

Gazako't (gensiana oliviyeri) 10 - 40 sm hatto undan ham baland bo'lib o'sadigan ildizpoyali ko'p yillik o't. Poyalari bir nechta silliq ildiz bo'g'iziga yaqin qismi eski yopirma barg qoldiqlari bilan yopilgan. Barglari bo'linmagan, tuksiz, qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning uchida qisqa gulbandda 3 - 6 tadan joylashgan. O'simlikning diqqatga sazovor qismi uning gulidir. Poya uchida soyabon hosil qilib o'rnashgan gullarining tuzilishi juda ajoyib. Odatda to'pgulning markaziy qismidagi gul birinchi bo'lib ochiladi, qolganlari esa navbat bilan bir necha kun davomida ochiladi. Bu davrda gazako't o'sayotgan joy ko'k - binafsha, ko'k yoki och ko'k rangli manzara hosil qiladi. Tojlari turlicha kattalikda. Yaxshi o'sgan o'simlik tojining uzunligi bazan 5 smga yetadi. Kosachasi yupqa, uzunligi 10 - 13 mm yani tojdan 2 - 3 marta qisqa. Gazako't bahorda gullaydigan o'simlik bo'lishiga qaramay sharoitga qarab may oyining oxiri va iyun oylarida ham gullaydi. Tog'ning yuqori qismidagi salqin yerlarda tarqalgan gazako'tlar hatto iyul oylarida ham ochiladi. Urug'i o'simlik tarqalgan joyga qarab iyun - iyul oylarida yetiladi. Ko'sagi cho'ziq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

urug'lari ko'p va mayda. Gazako't O'zbekistonning adir va tog'laridagi shag'alli sernam, salqin yerlarda tarqalgan. Mazkur o'simlik boshqa gazako'tlardan bir qator foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalq tabobatida gazako'tdan ko'pgina kasalliklarni davolashda foydalanib kelingan. Gullab turgan o'simlikning qaynatmasidan bezgak, oshqozon va ichak kasalliklari, tish og'rig'i hamda ayrim qon ketish kasalliklarini davolashda, quyuqroq qaynatmadan yaralarni tuzatishda va shishlarni qaytarishda keng foydalanilgan. O'simlikning ildizini zirkning ildiziga qo'shib qaynatib hosil bo'lgan sharbatni sanchiq, ko'krak og'rig'i hamda badan sirqirog'ini qoldirish uchun ishlatiladi. Hozir gazako't ilmiy meditsinaga ham jalb etilmoqda. So'nggi yillardagi tadqiqotlar uning tarkibida bir qator foydali moddalar borligini ko'rsatdi.

Sallagul. Ayiqtovondoshlarga mansub bu o'simlik mazkur oilaning boshqa xushmanzara turlari kabi xalqimizda o'zining yirik va nafis gullari bilan azaldan manzur bo'lib kelmoqda. Ayrim yerlarda, masalan, Toshkent viloyatining tog'li tumanlarida sallagulni arg'ivongul deb ham atashadi. Biz sallagulni seleksionerlar tomonidan yaratilgan navlari haqida so'z yuritmoqchi emasmiz. Ko'pchilikni shu jumladan biz botaniklarni uning tabiiy holda o'sayotgan nihollari ko'proq tashvishga solmoqda. O'zbekistonda sallagulning bitta madaniy (Xitoy sallaguli) va bitta yovvoyi (fanda Peonia Intermedia deyiladigan) turi tarqalgan. Sallagul (gap yovvoyi sallagul haqida ketadi) ko'p yillik, 25 - 80 sm uzunlikdagi tuksiz yashil yoki och qizg'ish rangli o't. Birglari yirik, bitta uzun bandda qisqa bandchali bir nechtaga bo'lingan bargchalar o'rnashgan. Bard bo'laklari nashtarsimon qalami, shuning uchun ham u gulga o'zgacha ko'rk berib turadi. Bu barglarsiz quruq gulni tasavvur etish qiyin. O'simlikning ildizi juda ajoyib, u tashqi tomondan urchuqni eslatadi, bir tupda bir nechtagacha bo'ladi. Ular g'uj - g'uj bo'lib joylashadi. Uni kartoshkaning ildiziga o'xshatish mumkin. Gullari ikki jinsli, yirik 6 - 12 sm kenglikdagi, to'q qizil rangli, gulqo'rg'oni murakkab, tojbarglari 3 - 8 ta. Sallagul iyun - iyul oylarida ochilib, iyul - avgust oylarida meva beradi. Sallagul tog' o'simligi, u dengiz sathidan 1500 - 2500sm balandlikdagi mayda chag'irtoshli ochiq yerlarda, ba'zan daraxt va butalar orasida o'sadi. O'zbekistonda sallagul Toshkent viloyatining tog'larida, yani G'arbiy Tyanshan tog' tizmalarida tarqalgan. Uning respublikamizning boshqa viloyatlaridagi tog'larda uchrashi bizga ma'lum emas. O'rta Osiyoda u Torbog'atoy, Jung'ur - olatog'i, Tyanshan va Pomir - Oloy tog' tizmalari bo'ylab tarqalgan. Shuningdek bu G'arbiy Sibir va Jung'oriyada ham uchraydi. So'nggi yillarda sallagul tarqalgan tabiiy maydon ayrim sabablarga ko'ra qisqarib ketdi. Bunga asosan gul shinavandalari, sayohatga chiquvchilar va ekspeditsiyaga boruvchi shaxslar sababchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bo'lmoqda. Sallagulni muhofaza qilishning asosiy yo'li uning yer ustki va yer ostki qismlariga tegmaslikdan iborat.

Chinnigul. O'zining ajoyib navlari bilan oromgohlarimizga ko'rk baxsh etib kelayotgan o'simliklardan biri chinnigul (Diantus) turkumidir. O'zbekistonda uning 2 ta madaniy va 11ta yovvoyi turi o'sadi. Biz quyida faqat Toshkent viloyatida (Angren daryosining yuqori oqimida) o'sadigan, ayniqsa guli bilan boshqa turlardan bitta fanda Diantus Xolseri deb yuritiladigan yovvoyi turi haqida to'xtalib o'tamiz. U ko'p yillik, tuksiz, bo'yi 30 - 40 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari qalami, nashtarsimon eni 3 - 5 mm. Gullari bittadan shoxchalarning uchida joylashgan. Kosachasi silindrsimon, uzunligi 2 - 2,5 sm eni 5 mm, och binafsha rangli. Tojbarglarning kengaygan uchki qismi mayda bo'laklarga ajralgan. Bu bo'lakchalar o'simlikka ajoyib jozibador husn baxsh etadi. Ko'sagi silindrsimon. Yovvoyi chinnigul may - iyun oylarida gullab urug'laydi. Tabiatda bu o'simlik O'zbekistonning yuqorida qayd etilgan joylarida o'sadi. O'rta Osiyoda esa Jung'ar Olatog'i, Tyanshan, Sharqiy Pomir kabi tog'larda tarqalgan.

Jumagullar. Piyozdoshlarga taalluqli turlarning aksariyat qismini xushmanzara o'simliklar tashkil etadi. Bu oilaning ajoyib vakillaridan biri jumagullardir. O'zbekistonda jumagullarning ikkita (Fritillariya Olgae va F.Ferganenzis) yovvoyi turi o'sadi. Afsuski ular tabiatdan keng o'rin olgan emas. Birinchi tur Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi (Pomir Oloy ) tog'larda qoya va daraxtlarning soyalarida tarqalgan. Ikkinchi tur esa biz uchun faqat Farg'ona viloyati (Shohimardon tog'lari) da o'sishi ma'lum. Ularning piyozlarni sharsimon, eni 1 - 3 sm. Ikkala tur ham ko'p yillik o't, poyasi 20- 70 sm. Barglari tuksiz, pastkilari qarama - qarshi yoki halqa hosil qilib o'rnashgan, yuqoridagilari qarama - qarshi yoki ketma - ket joylashgan, shakli qalami nashtarsimon yoki qalami, guloldi barglari ikkitadan yoki uchtadan joylashgan, uchlari buralgan. Gullari yoyiq shingillarda 1-3-8 tadan joylashgan, doimo pastga qarab osilib turadi. Gulqo'rg'onlari qo'ng'iroqsimon oltita tutashmagan gulqo'rg'on bo'laklaridan hosil bo'lgan, rangi har xil. Ko'sagi qisqa bandchali, eni 2 sm, oltita qanotchasi bor. Jumagullar aprelning oxiridan may oyigacha gullab, may -iyun oylarida urug'laydi.

Isfarak. Xalq orasida ko'proq Delfinum Semibarbatum nomli turga isfarak deyiladi.Biz tariflamoqchi bo'lgan turimizni (Delfinum knorringgianum) ham boshqa nomi bo'lmaganligi sababli isfarak deb ataladi. Xushmanzaralikda Delfinum turkumining ekma turlaridan qolishmaydigan bu turi ilmiy manbalarda faqat Qirg'iziston territoriyasi uchun keltirilgan xolos. O'zbekistonda isfarakning borligi so'nggi yillarda ma'lum bo'ldi. Sirdaryo viloyati Pedagogika institutining dotsenti P. Xolqo'ziyev uni birinchi bo'lib, O'zbekiston territoriyasidan yig'ib keldi va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

arealining kengayishiga sabab bo'ldi. Isfarak ko'p yillik, bo'yi 35 - 45 sm balandlikdagi o'simlik. Barglari asosan o'simlikning pastki qismida joylashgan, panjasimon besh bo'lakka ajralgan, bo'laklari teskari tuxumsimon. Poyasining yuqori qismi sershox, har bir shox uchida 2 - 4 tadan uzun (5 - 7 sm) bandli gullar joylashgan. Gulyonbargchalari qalami, uzunligi 4 mm. Gullari boshqa qayd qilingan gullardan tojbarglarining tuzilishi va o'ziga xos chiroyi bilan ajralib turadi. Tojbarglari 5 ta, ulardan bittasining (tepadagisining) ostki tomoni uzayib pix hosil qiladi. Pixi silindrsimon, uzunligi 2 - 2,5 sm, yog'onligi 2,5 mm. Changchilari ko'p. Mevasi bargaklardan tashkil topgan. O'simlik hozircha faqat Oloy tog' tizmasida o'sadi, shuning uchun uning tabiiy nihollarini saqlab qolishga jiddiy e'tibor berish lozim. Agar u tabiatdan keng o'rin olsa biz shundagina to'liq foydalangan bo'lamiz.

Xulosa qilib aytganda O'zbekiston tabiatida manzarali, dorivor, bo'yoq beradigan kabi foydali o'simliklarga boy. Ammo ko'pgina o'simliklarning arealini qisqarisi, meyyoridan ortiqcha terib olish natijasida noyob va kamyob o'simliklar qatoridan joy olishiga sabab bo'lmoqda. Tabiatda o'simliklani asrab avaylash orqali biologik xilma xillikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFEREFNCES)

1. Raxmonov, R. R., Rayimov, A. R., Torayev, M. M., & Sharifova, S. S. Q. (2022). RAMSAR ROYXATIGA KIRITILGAN SUV BOTQOQLIK HUDUDLARINING BIOXILMA-XILLIKNI SAQLASHDAGI O'RNI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 10-22.

2. Рахимов, Ж. Р., Хусенов, Б. К. У., Ганиева, М. О., & Хайитова, Ш. Ж. (2022). ЗАРАФШОН ДАРЁСИ КУЙИ ОКИМИ БАЛИКЛАРИ БИОЛОГИЯСИ, ЭКОЛОГИЯСИ ВА АХАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 928-943.

3. Raimov, A. R., & Rakhmonov, R. R. (2019). Distribution and number of Common myna Acridotheres tristis (Linnaeus, 1766) in different habitats of the Kyzylkum region. Природа Внутренней Азии. Nature of Inner Asia, (2), 60-64.

4. Бакаев, С. Б., Холбоев, Ф. Р., & Рахмонов, Р. Р. (2017). Дополнение к списку гнездящихся птиц города Бухары. Русский орнитологический журнал, 26(1389), 61-65.

5. Rakhimovich, R. R., & Rustamovich, R. A. (2019). Structure and distribution of animals in the Bukhara region. European science review, 2(1-2), 34-36.

6. Rayimov, A. R., & Rakhmonov, R. R. (2019). The role of Acridotheres Tristis in Biotic Connection. International Journal of Virology and Molecular Biology, 8(1),

1-3.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

7. Rayimov, A. R., & Rakhmonov, R. R. (2019). The distribution and number of Acridotherestristis in different habitats in the Kyzylkum. Nature of inner asia, 2(11),

8. Rakhmonov, R. R., & Rayimov, A. R. (2019). Ecological positions of hunting species in Bukhara region. International Journal of Genetic Engineering, 7(1), 15-18.

9. Akmalovna, A. C. (2022). SOG'LOM AVLOD QOLDIRISH-BUYUK KELAJAK POYDEVORI. Uzbek Scholar Journal, 5, 177-181.

10. Aminjonova, C. A. (2022). Sog'lom ona va bola-baxtli kelajak asosi. Scientific progress, 3(1), 874-880.

11. Akmalovna, A. C. (2022, March). BIOLOGICAL PROPERTIES OF SOYBEAN. In E Conference Zone (pp. 90-94).

12. Rakhmonov, R. R., & Raimov, A. R. (2019). STRUCTURE AND DISTRIBUTION OF HUNTING ANIMALS IN BUKHARA. Природа Внутренней Азии. Nature of Inner Asia, (2), 65-68.

13. Rayimov, A., Rakhmonov, R., Nuriddinova, G., & Sanoqulov, R. (2021). BUKHARA REGION AND ITS RELATED TERRITORIES'SPECIES OF REPTILES PART AND NUMBERS'IN SPRING (AYOKOGITMA, KANDIM, AYOKGUJRUMLI, KIZILKUM STATE NATURE RESERVE). Universum: химия и биология, (5-2), 62-65.

14. Avaz, R., Rashid, R., Gulroy, N., & Ramizjon, S. (2021). BUKHARA REGION AND ITS RELATED TERRITORIES'SPECIES OF REPTILES PART AND NUMBERS'IN SPRING (AYOKOGITMA, KANDIM, AYOKGUJRUMLI, KIZILKUM STATE NATURE RESERVE). Universum: химия и биология, (5-2 (83)), 62-65.

15. Akmalovna, A. C., & Ismatovna, B. B. (2022). YURAK XASTALIKLARIDA QO'LLANILADIGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR. Uzbek Scholar Journal, 10, 309-314.

16. Aminjonova, C. A. (2021). METHODOLOGY AND PROBLEMS OF TEACHING THE SUBJECT "BIOLOGY" IN MEDICAL UNIVERSITIES. Смоленский медицинский альманах, (1), 15-18.

17. AMINJONOVA, C. (2021). PROBLEMS AND METHODS OF TEACHING THE SUBJECT "BIOLOGY". ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

18. Aminjonovich, A. A., & Akmalovna, A. C. (2021, March). METHODS OF TEACHING THE SUBJECT "BIOLOGY" IN MEDICAL UNIVERSITIES. In Euro-Asia Conferences (Vol. 3, No. 1, pp. 38-40).

60-64.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

19. Ergashovich, K. A., & Akmalovna, A. C. (2022). Soybean Cultivation Technology and Basics of Land Preparation for Planting. Eurasian Journal of Research, Development and Innovation, 7, 8-13.

20. Akmalovna, A. C., & Olimovna, A. G. (2020). METHODOLOGY AND PROBLEMS OF TEACHING THE SUBJECT" BIOLOGY" IN MEDICAL UNIVERSITIES AND SECONDARY EDUCATIONAL SCHOOLS. Eurasian Medical Journal, (2), 6-8.

21. Kholboev, F. R., Rakhmonov, R. R., & Rayimov, A. R. (2019). The role of adaptive reactions of starling synantropization. In Региональные проблемы экологии и охраны животного мира (pp. 167-169).

22. Rustamovich, R. A., & Rakhimovich, R. R. (2019). The distribution and number of Acridotheres tristis in different habitats in the Kyzylkum region. European science review, 2(1-2), 37-39.

23. Rakhmonov, R. R., Naimovich, Z. A., & Khudoikulova, N. I. (2021). Possibilities of Introduction of Hunting Tourism in Hunting Farms of Bukhara Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 24(1), 253-

24. Rustamovich, R. A., Rakhimovich, R. R., Gulroy, N., & Ramizjon, S. (2021). Around territories of dengizkul, kora-kir and zamonbobo lakes' species of reptiles part and numbers' in spring. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 800-804.

25. Асроров, А. А., & Аминжонова, Ч. А. (2021). Оценка Состояния Когнитивных Нарушений У Пациентов Перенесших Инсульт В Практике Семейного Врача. Central Asian journal of medical and natural sciences, 397-401.

26. Aminjonova, C. A. (2022). TALABALAR O'QUV FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TA'LIM INNOVATSIYALARIDAN VA METODLARIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 3(3), 447-453.

27. Асроров, А. А., & Аминжонова, Ч. А. (2021). ОИЛАВИЙ ШИФОКОР АМАЛИЁТИДА ИНСУЛЬТ УТКАЗГАН БЕМОРЛАРДА КОГНИТИВ БУЗИЛИШЛАР ХОЛАТИНИ БАДОЛАШ. ЖУРНАЛ НЕВРОЛОГИИ И НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 1).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

28. Hayitov, I. Y., Sharopova, M. A., & Rakhimovich, R. R. (2022). Biology and Healing Properties of Pirus Communis L. Types Introduced at Kashkadarya Scientific Experimental Station. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 3(3), 170-176.

29. Rustamovich, R. A., Rakhimovich, R. R., & Kenjayevana, N. H. (2021). Taxonomic Analysis of Hunting Milk Markers in Uzbekistan. Middle European

256.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Scientific Bulletin, 13.

30. Amanovna, S. M., Rakhmonov, R. R., & Naimovich, Z. A. (2021). Lagerstroemia indica l. high potential medicinal plant in introduction conditions of kashkadarya. Middle European Scientific Bulletin, 8.

31. BUKHARA, I. (2019). STRUCTURE AND DISTRIBUTION OF HUNTING ANIMALS. Nature, (2), 65-68.

32. Asrorov, A. A. (2022). Yangi, sog'lom va buyuk ma'rifatli jamiyatni yaratishda yoshlaming o'rni. Scientific progress, 3(1), 868-873.

33. HUNTING, T. D. O., & REGION, A. I. B. (2020). RR Rakhmonov, PhD, Bukhara State Medical Institute, Bukhara OI Jabborova, PhD, Bukhara State Medical Institute, Bukhara MM Turawev, PhD, Bukhara State University, Bukhara. ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИАХБОРОТНОМАСИ, 9.

34. Avaz, R., Rashid, R., Hikoyat, N., & Moxinur, R. (2021). DATA ON THE DISTRIBUTION AND ECOLOGY OF SANDSTONE LEPUS CAPENSIS IN BUKHARA REGION. Universum: химия и биология, (7-2 (85)), 4-8.

35. Shukurova, I. B., Rakhmonov, R. R., Ganieva, M. A., & Hayitova, S. (2022). "ЖАЙРОН" ЭКОЛОГИК МАРКАЗИДАГИ ДАЙВОНЛАР БИОЛОГИЯСИ ЭКОЛОГИЯСИ ВА УЛАРНИ МУДОФАЗА КИЛИШДАГИ УРНИ. Miasto Przyszlosci, 24, 312-317.

36. Аминжонова, Ч. А., & Мавлянова, Д. А. (2020). МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА "БИОЛОГИЯ" В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ. In МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ И ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В ПСИХОЛОГИИ И ПЕДАГОГИКЕ (pp. 811).

37. Рахимов, Ж. Р., Рахмонов, Р. Р., Райимов, А. Р., & Бакаева, Ш. Б. (2022). БУХОРО ВИЛОЯТИ СУВ ДАВЗАЛАРИДА ИНТРОДУКЦИЯ КДЯИНГАН УТХУР БАЛИКЛАРНИНГ БИОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. BARQARORLIK VA YETAKCHITADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 2(6), 23-28.

38. Kholboev, F. R., Rakhmonov, R. R., & Raimov, A. R. (2019). EVALUATION OF THE INFLUENCE OF АNTHROPOGENIC FACTORS ON THE TYPES OF ANIMALS IN BUKHARA REGION. In Региональные проблемы экологии и охраны животного мира (pp. 214-216).

39. Akmalovna, A. C. (2022). TALABALARDA TABIIY-ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 109-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.