Научная статья на тему 'EKTOPARAZITLAR BILAN ZARARLANGAN QORAMOLLAR QON KO‘RSATKICHLARI'

EKTOPARAZITLAR BILAN ZARARLANGAN QORAMOLLAR QON KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Fauna / ektoparazit / kana / parazit / «Bionur medservis» / gemoglabin / eritrotsit / leykotsit / glyukoza / qon analizi / fermer xo ‘jalik.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Kamalova A.I., Mavlanov S.I., Ismoilov A.Sh.

Ushbu maqolada Qoraqalpoqiston Respublikasi ayrim tumanlari fermer xo‘jaliklaridagi qoramollarda ektoparazitlar parazitlik qilishi natijasida qon ko‘rsatkichlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKTOPARAZITLAR BILAN ZARARLANGAN QORAMOLLAR QON KO‘RSATKICHLARI»

UDK 619:636.576. 895.

EKTOPARAZITLAR BILAN ZARARLANGAN QORAMOLLAR QON

KO'RSATKICHLARI

Kamalova A.I. - assistent., v.f.f.d. (PhD). Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.

Mavlanov S.I. - v.f.d., professor. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.

Ismoilov A.Sh. - kichik ilmiy xodim. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpoqiston Respublikasi ayrim tumanlari fermer xo'jaliklaridagi qoramollarda ektoparazitlar parazitlik qilishi natijasida qon ko'rsatkichlarida bo'ladigan o'zgarishlar o'rganilgan.

Kalit so'zlar. Fauna, ektoparazit, kana, parazit, «Bionur medservis», gemoglabin, eritrotsit, leykotsit, glyukoza, qon analizi, fermer xo 'jalik.

Аннотация. В данной статье изучены изменения показателей крови, вызванные эктопаразитами у крупного рогатого скота в хозяйствах некоторых районов Республики Каракалпакстан.

Ключевые слова. Фауна, эктопаразит, клещ, паразит, «Бионур медсервис», гемоглобин, эритроцит, лейкоцит, глюкоза, анализ крови, ферма.

Annotation. This article examines changes in blood parameters caused by ectoparasites in cattle on farms in some regions of the Republic of Karakalpakstan

Key words. Fauna, ectoparasite, tick, parasite, Bionur Medservice, hemoglobin, erythrocyte, leukocyte, glucose, blood test, farm.

Kirish. Bugungi kunda dunyoning ko'pchilik davlatlarida parazitar hamda transmissiv kasalliklar keng tarqalgan bo'lib, u chorvachilikka katta iqtisodiy zarar yetkazib kelmoqda. Hozirda ushbu kasalliklarga qarshi kurash va boshqa kasalliklarning spesifik (Vector) tarqatuvchilari bo'lgan qon so'ruvchi kanalarga qarshi kurashish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Qon so'ruvchi kanalar qon so'rish bilan birga hayvonning terisini jarohatlab 85% teri xomashyosini ishlab chiqarishga yaroqsiz holatga keltiradi, bundan tashqari yoppasiga hayvonlarga tashlanganida har bir bosh sog'in sigirning sut mahsuldorligi 18-20%, tana vazni 12 foizgacha kamayadi.

Zoofil hasharotlar va kanalar ekto- va endoparazitlar sifatida hayvonlar, parrandalar hamda odamlar tanasida parazitlik qilib parazitoz (entomoz va akaroz) kasalliklarni keltirib chiqaradi va chorvachilik iqtisodiga sezilarli darajada zarar keltiradi. Hayvonlarning sut, go'sht, tuxum, jun va par mahsuldorligi pasayadi, sifati buziladi, yosh mollar va parrandalar (buzoq, qo'zi, uloq, jo'ja) tengqurlariga nisbatan o'sish hamda rivojlanishdan orqada qoladi va nobud bo'ladi.

Shunday ekan, ektoparazitlar parazitlik qilishi natijasida qorammolllar qon ko'rsatkichlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotlar maqsadi. Qoraqalpoqiston Respublikasi Nukus tumanidagi "Dami-ata" qoramolchilik fermer xo'jaligidagi qoramollar ektoparazitlar parazitlik

qilishi natijasida qoni tarkibida morfologik va biokimyoviy o'zgarishlarni o'rganishdan iborat.

Tadqiqotlar natijalari. Ilmiy tadqiqot ishlari Qoraqalpoqiston Respublikasi Nukus tumanidagi "Dami-ata" qoramolchilik fermer xo'jaligidagi qoramollarda olib borildi. Ilmiy tadqiqotlar davomida ektoparazitlar bilan zararlangan qormollar qonining tarkibida bo'ladigan morfologik va biokimyoviy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida Nukus tumanidagi "Dami-ata" qoramolchilik fermer xo'jaligidagi ektoparazitlardan (kanalardan) holi bo'lgan 1 va 2 yoshdagi buqa va g'unajinlar, jami 10 bosh qoramollar tajriba uchun tanlab olindi.

Tadqiqot ishlarini boshlashdan oldin tajriba uchun ajratilgan barcha qoramollarning fiziologik holati va klinik belgilari vizual usulda o'rganib chiqildi. Bunda tajribadagi qoramollarning ko'rinishi yaxshi, fiziologik sog'lomligi, ularning tanasida ektoparazitlar bor yoki yo'qligi ham o'rganilib, ektoparazitlardan tozaligi aniqlandi. Ularda qashinish va ortiqcha bezovtalanish holatlari qayd qilinmadi.

Tajriba uchun tanlangan 10 bosh qoramollarning 8 boshini alohida ajratib, ularning har birini chot sohasiga 10 nusxadan boshqa hayvonlardan terib kelingan kanalar joylashtirildi. 2 bosh qoramollar esa nazorat sifatida kuzatuvda qoldirildi. O'rganishdan oldin va o'rganish davomida tajribadagi mollarni oziqlantirish ratsioniga hech qanday o'zgartirishlar kiritilmadi.

Kuzatuvning 2-kuniga kelib tajribadagi kanalar joylashtirilgan 8 bosh qoramollarning deyarli barchasida bezovtalanish, devor va oxurlarga qashinish, tez-tez orqa oyoqlarini ko'tarib tushirish belgilari kuzatila boshladi. Nazoratdagi 2 bosh qoramollar holatida hech qanday ortiqcha o'zgarishlar kuzatilmadi.

Tajribadagi 8 bosh qoramollardan kana joylashtirilgandan 72 soatdan keyin ularning qon tarkibida bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganish uchun qon olinib Nukus shahridagi «Ata-ana» meditsina markaziga yuborildi.

Nukus shahridagi «Ata-ana» meditsina markazidagi qon tahlilini 18 ta ko'rsatkichlari bo'yicha o'rganish natijalariga qarab ta'kidlash mumkinki, hayvonlarga ektoparazitlarning (kanalar) hujumi ta'sirida ular qonining morfologik va biokimyoviy tarkibida bir qator patologik o'zgarishlar yuzaga kelishi aniqlandi.

90-140

■ Normada ■ Tekshirish natijasi

1-rasm. Ektoparazitlar bilan zararlangan qoramollarning qon

ko'rsatkichlari

Natijada ektoparazitlar bilan zararlangan qoramollarning qon ko'rsatkichlari tahlil qilinib, qondagi asosiy o'zgarishlar, yani gemoglobin miqdori meyorga nisbatan

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

16,7 foizgacha, eritrotsitlar miqdorini 20,0 foizgacha kamayishi, eozonofillar miqdorini me'yorga nisbatan 15,0 foizgacha, limfotsitlar miqdorining esa 12,0 foizgacha oshishi aniqlangan. (1-rasm).

Shuningdek, ektoparazitlar (kanalar) bilan zararlangan sog'in sigirlar qonining biokimyoviy ko'rsatkichlarini o'rganish maqsadida, Toyloq tumanidagi aholi xonadonlaridagi ektoparazitlar bilan zararlangan 5 bosh sigirlardan qon namunalari olinib Samarqand viloyatidagi «Bionur medservis» tashkilotiga yuborildi.

«Bionur medservis» tashkilotida ektoparazitlar bilan zararlangan qon namunalari o'rganilib tahlil qilinganda, ektoparazitlar bilan zararlangan hayvonlar qoni tarkibida albumin miqdorining me'yordagi 34-48 l/moldan 19,42 l/molga; glyukoza miqdorining me'yordagi 3,3-6,1 l/moldan 2,61 l/molga; umumiy xolesterin miqdorining me'yordagi 3,6-5,2 l/moldan 2,29 l/molga; siydik kislotasi miqdorining me'yordagi 143-416 l/moldan 12,2 l/molga pasayganligi aniqlandi.

Shunday qilib ta'kidlash mumkinki, ektoparazitlar bilan zararlangan qoramollar qonining tarkibida bir nechta hayotiy zarur moddalar miqdorining kamayishi kuzatilishi aniqlandi.

Xulosa. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ektoparazitlar bilan zararlangan qoramollarning qon ko'rsatkichlari tahlil qilinib, qondagi asosiy o'zgarishlar, yani gemoglobin miqdori meyorga nisbatan 16,7 foizgacha, eritrotsitlar miqdorini 20,0 foizgacha kamayishi, eozonofillar miqdorini me'yorga nisbatan 15,0 foizgacha, limfotsitlar miqdorining esa 12,0 foizgacha oshishi aniqlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Sh, I. A., Boltaev, D. M., & Saifiddinov, B. F. (2022). Ecogenesis of ectoparasites of agricultural animals. Eurasian Med Res Period, 6, 165-167.

2. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltaev, D. M., Kamalova,

A. I., & Djalolov, A. A. (2022). Fauna and phenoecology of zooparazites. Annals of forest research Scopus journal, 65(1), 854-863.

3. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltayev, D. M., Kamalova, A. I., & Djalolov, A. A. (2023). Ecogenesis of ECTO and Endoparasites in Animals. Journal of Survey in Fisheries Sciences, 10(3S), 2238-2245.

4. Pulatov, F. S., Sh, I. A., Rakhimov, M. Y., Abdullaeva, D. O., Sayfiddinov,

B. F., & Ruzimurodov, A. R. Fauna and ecology of zooparasites in zoobiocenoses. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, 32(2).

5. Пулатов, Ф., Рахимов, М., Исмоилов, А., Болтаев, Д., Камалова, А., & Джалолов, А. (2022). Фауна и феноэкология зоопаразитов. in Library, 22(4), 855863.

6. Рахимов, М., Камалова, А., & Мавлонов, С. (2023). Изучение заболевания иксодидозом крупного рогатого скота в экспериментальных экспериментах. in Library, 3(3), 18-21.

6. Ainura, K. (2023, November). DISTRIBUTION OF ECTOPARASITES IN LIVESTOCK FARMS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN. In Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium) (Vol. 1, pp. 193-194).

7. Ainura, K. (2023). STUDY OF THE DISEASES IXODIDOSIS IN EXPERIMENTAL EXPERIMENTS. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(28), 190-196.

8. Мавланов, С., & Камалова, А. (2023). КОРАМОЛЛАРНИ ИКСОДИДОЗ КАСАЛЛИГИНИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛ ТАЖРИБАЛАРДА УРГАНИШ. Science and innovation., 2(Special Issue 8), 1755-1761.

9. Мавланов, С., Камалова, А., & Маматкулов, У. (2022). Экология энтомофагов. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 267-271.

10. Иргашев, У. К., Холов, Ш., Камалова, А. И., & Мавланов, С. И. (2021). Меры борьбы против эктопаразитов.

11. Мавланов, С., Камалова, А., Пулотов, Ф., & Исмоилов, А. (2024). Исследование остатка «АЛЬФА-ШАКТИ» 10% ЭК в коровьем молоке. in Library, 2(2), 201-205.

12. Рахимов, М., Исмоилов, А., Шеркулов, А., & Камалова, А. (2024). Фауна и сезонная динамика симбионтов на пастбищах. in Library, 2(2), 30-33.

13. Kamalova, A. I. (2024). THE SIGNIFICANCE OF ECHINOCOCCOSIS IN VETERINARY MEDICINE AND HUMAN LIFE. Creative Commons Attribution 4.0 International License., 1(5), 90-95.

14. Камалова, А. И., Мавланов, С. И., Пулотов, Ф. С., & Исмоилов, А. Ш. (2024). ^Р^^АКЛ" 10% EC ПРЕПАРАТИНИНГ КОРАМОЛЛАР СУТИ ТАРКИБИДАГИ КОЛДИЕИНИ УРГАНИШ. Ustozlar uchun, 1(1), 201-205.

15. Исмоилов, А., & Мавланов, С. (2023). Экология синбовиловых мух. in Library, 3(3), 408-411.

16. Пулотов, Ф., & Исмоилов, А. (2021). Фауна зоопаразитов. in Library, 21(1), 187-189.

17. Рахимов, М. (2016). Пестициды-видовое разнообразие. in Library, 16(1), 3408-3409.

18. Исмоилов, А., & Исаев, З. (2021). Распространение синбовильных и зоофильных насекомых в антропогенных биоценозах. in Library, 21(4), 1-8.

19. Исмоилов, А. (2018). Экология насекомых рода Fannia R.-D. в экотопах. in Library, 18(2), 31-32.

20. Исмоилов, А. (2017). Разнообразие и фенология зоофильных насекомых в условиях животноводческих ферм. in Library, 17(1), 18-19.

21. Исмоилов, А. (2016). Экология зоофильных насекомых. in Library, 16(1), 26-27.

22. Исмоилов, А. (2016). Зоофильные насекомые в биоценозах. in Library, 16(3), 1044-1045.

23. Shuhratovich, I. A. FAUNA OF SINDBOVIL FLIES AND THE EFFECT OF THE DRUG AGAINST THEM.

24. Мирзаев, Б., Хакимов, Б., & Исмоилов, А. (2024). Результаты ветеринарного радиомониторинга в Избосканском районе Андижанской области. in Library, 2(2), 195-200.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24

UDK: 616:576.88:575.1

QASHQADARYO VILOYATINING AYRIM HUDUDLARIDA OT GELMINTOZLARINI TARQALISHI

Ulashov I.A. -V.f.f.d.katta ilmiy xodim Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti

Annotatsiya Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining ayrim tumankaridagi aholi otlarida gelmintlarni tarqalish darajasi o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: Gelmint, gelmintoz, strangilyatoz, strongiloidoz, Trichonema spp., gelmintoovoskopiya, fyulleborn ketma-ket yuvish.

Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xujalik hayvonlarida invazion kasalliklarning tarqalishi, mavsumiy kechishi hayvon organizmidagi patologik o'zgarishlar, kasalliklarni davolash va oldini olish bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ot va boshqa toq tuyoqli hayvonlar orasida keng tarqalgan gelmintoz kasalliklarga to'g'ri tashxis qo'yish, ularni bartaraf etish borasida olib borilgan tadqiqotlarga katta etibor qaratilmoqda. Otlarda 100 ga yaqin gelmint turlari bo'lib, o'tgan asrning 70-80 yillarida Rossiyada 79 tur gelmint turlari qayd qilingan bo'lsa, O'zbekistonda 53 tur gelmintlar parazitlik qilishi aniqlangan.Ot gelmintozlarini turli geografik iqlim mintaqalarda va bioekologik sharoitda tarqalishini aniqlash, kasallikni oldini olishda zamonaviy davolash, tashxis qo'yish va oldini olish borasidagi izlanishlarga alohida etibor qaratish zarur. Shundan kelib chiqqan holda gelmintoz kasalliklar qo'zg'atuvchilarining tarqalishi, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi ilmiy asoslangan chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoning organilganlik darajasi. Respublikamizning turli geografik iqlim mintaqalarida toq tuyoqli hayvonlarning gelmintlari va ular sababli yuzaga keladigan kasalliklar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, jumladan Sirdaryo,Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlarida ot gelmintlarining faunasi va ularning tarqalish darajasi bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar M.A.Sultonov, Ya.Safaev va S.Dadaevlar tomonidan o'rganilgan, lekin ot gelmintlari va gelmintozlari bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borilmagan. Shuningdek, dunyo miqyosida ot gelmintlari biologiyasi va ular chaqiradigan kasalliklar, gelmintozlarni tarqalishi, mavsumiy o'zgarishi va oldini olish borasida E.T.Lyons, J.R.Pereira, T. R.Klei, D.Traversa, J.Euzeby, J.D.Dunsmore, P.B.Ochirov, V.I.Kolesnikov, А.M.Bittirov, L.A.Bundina, L.M.Kokolovalar tomonidan ilmiy jihatdan asoslangan natijalar olingan.Ammo oxirgi yillarda ot gelmintozlari bo'yicha tadqiqotlar olib borilmagan.

Tadqiqotning maqsadi. Otlarning asosiy gelmintozlarining tarqalish darajasini va mavsumiy dinamikasini aniqlash va ularga qarshi davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.

Tadqiqot materiallari va usullarilar. Tadqiqot ishlari Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shaxrisabz tumanlaridagi aholi otlarida tekshirish ishlari olib

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.