Научная статья на тему 'QORAMOLCHILIK FERMALARINI LEYKOZ INFEKSIYАSIDAN SOG‘LOMLASHTIRISH MUAMMOLARI'

QORAMOLCHILIK FERMALARINI LEYKOZ INFEKSIYАSIDAN SOG‘LOMLASHTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Salimov X.S, Bo‘taev M. Q.

Respublikamizning iqtisodiyoti birinchi navbatda agrar sohani va uning muhim tarmog‘i hisoblangan chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan. Ichki bozorni chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda ushbu sohada yetishtiriladigan sut, go‘sht va teri mahsulotlari muhim o‘rin tutadi. Qoramollarning mahsuldorligini oshirish, ulardan ko‘proq va sifatli mahsulot olish uchun hayvonlarning zotini yaxshilash bilan birga markaziy muammolardan biri infektsion kasalliklardan kelayotgan iqtisodiy zararni kamaytirish hisoblanadi. Keyingi yillarda chorvachilikni yurgizishning yangi shakllari vujudga kelib, ilgarigi katta-katta sut-tovar fermalari o‘rniga ayrim vazirliklarning sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik korxonalari va xususiy fermer chorvachilik xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. Bu yangi xo‘jalik yuritish sharoitida leykoz kasalligi epizotoologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va fermerlarga o‘z vaqtida shu kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar berish hozirgi zamonning talabi hisoblanadi. Ushbu kasallik bo‘yicha mamlakatimiz miqyosida haqiqiy epizootik holatni bilmasdan turib leykoz kasalligiga qarshi samarali kurash olib borib bo‘lmaydi. Qoramollar orasida leykoz infeksiyasini har xil shaklli xo‘jalik-larda o‘rganish va ushbu infeksiya bilan zararlangan xujaliklarni o‘z vaqtida sog‘lomlashtirish, fermalarda ushbu kasallikning tarqalib ketishini oldini oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLCHILIK FERMALARINI LEYKOZ INFEKSIYАSIDAN SOG‘LOMLASHTIRISH MUAMMOLARI»

UDK 619:616.006.447-097.3:636.22.2:578

QORAMOLCHILIK FERMALARINI LEYKOZ INFEKSIYASIDAN SOG'LOMLASHTIRISH MUAMMOLARI

Salimov X.S. Bo'taev M.Q.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Respublikamizning iqtisodiyoti birinchi navbatda agrar sohani va uning muhim tarmog'i hisoblangan chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan. Ichki bozorni chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlashda ushbu sohada yetishtiriladigan sut, go'sht va teri mahsulotlari muhim o'rin tutadi. Qoramollarning mahsuldorligini oshirish, ulardan ko'proq va sifatli mahsulot olish uchun hayvonlarning zotini yaxshilash bilan birga markaziy muammolardan biri infektsion kasalliklardan kelayotgan iqtisodiy zararni kamaytirish hisoblanadi. Keyingi yillarda chorvachilikni yurgizishning yangi shakllari vujudga kelib, ilgarigi katta-katta sut-tovar fermalari o'rniga ayrim vazirliklarning sut va go'sht yo'nalishidagi qoramolchilik korxonalari va xususiy fermer chorvachilik xo'jaliklari paydo bo'ldi. Bu yangi xo'jalik yuritish sharoitida leykoz kasalligi epizotoologiyasining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish va fermerlarga o'z vaqtida shu kasallikka qarshi kurash bo'yicha tavsiyalar berish hozirgi zamonning talabi hisoblanadi. Ushbu kasallik bo'yicha mamlakatimiz miqyosida haqiqiy epizootik holatni bilmasdan turib leykoz kasalligiga qarshi samarali kurash olib borib bo'lmaydi. Qoramollar orasida leykoz infeksiyasini har xil shaklli xo'jalik-larda o'rganish va ushbu infeksiya bilan zararlangan xujaliklarni o'z vaqtida sog'lomlashtirish, fermalarda ushbu kasallikning tarqalib ketishini oldini oladi.

Qoramollarning leykoz kasalligi o'sma tabiatli surunkali o'tuvchi, infektsion virus kasallik bo'lib, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar to'qimalarida to'la shakllanmagan qon hujayralarning (limfoblast prolimfotsit, yosh limfotsitlar va b.) haddan tashqari ko'payib ketishi va ularning periferik qonda aniqlanishi hamda organizmning qon ishlab chiqaruvchi a'zolar to'qimalarida o'smalar paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi (V.P.Shishkov va muallif., 1983; L.G.Burba va muallif. 1983; X.S.Salimov, 1986, 1988, 1996, 2016; 2019, 2021, 2022; A.V.Busol va muallif., 1987; M.I.Gulyukin, N.V. Zamaraeva, 1999; M.I.Gulyukin va boshq., 2015, 2016).

Qoramollarning leykoz kasalligi xalq xo'jaligiga katta iqtisodiy ziyon keltiradi. Ayniqsa, zotli qoramolchilik xo'jaliklarida kasallangan hayvonlarni nobud bo'lishi, majburan so'yilishi, mahsuldorligining pasayishi, ichki a'zolarda o'smalarni paydo bo'lishi natijasida so'yilgan hayvon go'sht mahsulot va ichki a'zolarni yo'q qilib tashlanishi, sog'ib olingan sutlarini boqimdagi mollarga qaynatib berilishi, xo'jalikda naslli seleksiya ishlarini to'xtashi, sut va buzoq olishni keskin pasayishi, zotli buqacha va g'unojinlarni boshqa fermalarga sotilmasligi tufayli iqtisodiy ziyon juda katta bo'ladi.

Bizning ko'p yillik olib borgan tadqiqotlarimiz natijalaridan va shu soha bo'yicha nashr qilingan adabiyot ma'lumotlaridan ma'lumki, leykoz bilan

kasallangan qoramol organizmida gematologik, ayniqsa, klinik va patologoanatomik o'zgarishlardan ancha oldin hayvon qon zardobida leykoz virusiga qarshi presipitat hosil qiluvchi va komplement bog'lovchi antitelolar paydo bo'ladi. Leykoz kasalligiga qarshi kurash tadbirlarining asosini kasallikni rivojlanishidan bir muncha oldin, kasallikning yashirin davrida, qaysikim organizmda morfologik o'zgarishlar namoyon bo'lmasdan, faqat leykoz virusi bilan zararlanganligini- leykoz infeksiyasini aniqlash tashkil qiladi.

Qoramollarning leykoz infeksiyasini serologik yo'l bilan diagnostika qilishish evaziga leykoz infeksiyasiiga qarshi kurash olib borish eng zamonaviy va iqtisodiy samara beruvchi usuldir. Ushbu usul bilan hayvonlarni leykoz virusi bilan zararlanganligini aniqlash evaziga xo'jalikni infeksiyadan sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega.

Qoramollar orasida leykoz infeksiyasini serologik usul orqali aniqlash uchun immunologik reaktsiyalar: agarli gelda immunodiffuziya (IDR) yoki immunoferment tahlil (IFT) vositasida amalga oshiriladi. Biz tadqiqotlarimizda leykoz infeksiyasini aniqlash uchun immunoferment tahlil reaksiyasidan foydalandik.

Bilvosita immunoferment tahlil reaktsiyasi planshet lunkasiga joylashtirilgan leykoz virusi antigeni bilan qoramol qon zardobida unga qarshi shakllangan antelolarni uchrashishi natijasida hosil bo'lgan antigen-antitelo kompleksini aniqlashga asoslangan. Ushbu kompleks peroksidazali qoramol IgG ga qarshi monoklonal antitelolar kon'yugati bilan aniqlanadi. Inkubatsiya davrida lunkadagi peroksidaza uning ustiga quyilgan tetrametilbenzidin (TMB) eritmasi bilan qo'shilishi oqibatida eritma rangi sarg'ayadi. Bo'yalish intensivligi qoramol qon zardobida virus antigeniga qarshi shakllangan maxsus antitelolar darajasiga to'g'ri proporsional bo'ladi.

Qoramollar orasida leykoz infektsiyasini aniqlash uchun Jizzax, Toshkent Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlari fermer xo'jaliklarida IFT reaksiyasi yordamida dastlab serologik tekshirishlar o'tkazildi. Serologik tekshirishlar natijasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani "Begzod naslli chorva" f/x da leykoz infektsiyasiga ijobiy natija bergan golshtinfriz zotli 5 bosh bug'oz sigirlardan 5 bosh va Do'stlik tumanining "Mirishkor" f/x da simmental zotli 2 bosh bug'oz sigirdan 2 bosh, Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Holjuma Cho'liev" f/xdan aberdin-angus zotli 9 bosh sigirlardan 8 bosh, Qarshi tumani "Fayzobod nasl chorva" f/x da golshtinfriz zotli 5 bosh sigirdan 4 bosh, Chiroqchi tumani "Mamatkarim" f/x da golshtinfriz zotli 3 bosh sigirlardan 3 bosh, Yakkabog' tumani "Adiba" f/x da golshtinfriz, simmental zotli 16 bosh sigirlardan 13 bosh, Nishon tumani "Qarshi sopol quvurlari" MChJ f/x da golshtinfriz, simmental zotli 6 bosh sigirlarning 5 bosh, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani "Fayzli Nodirbek" f/x da golshtinfriz zotli 4 bosh sigirlardan 4 bosh, Jarqo'rg'on tumani "Azim Surxon" f/x da simmental zotli 1 bosh sigirdan 1 bosh, Bandixon tumani "Oybek" f/x da golshtinfriz zotli 2 bosh sigirdan 2 bosh buzoqlar olingan. Yuqorida ta'kidlangan fermer xo'jaliklarda leykoz infeksiyasi aniqlangan sigirlardan olingan buzoqlarga birinchi navbatda aynan o'sha xo'jaliklardagi sog'lom sigirlarning sutini berish tashkillashtirildi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

O'tgan yilgi serologik tekshirishlarda leykoz infektsiyasi bo'yicha ijobiy natija bergan sigirlardan tug'ilgan yuqorida nomlari keltirilgan fermer xo'jaliklardagi buzoqlarga sog'lom sigirlar sutini berish asosida ushbu buzoqlarda leykoz infektsiyasi bo'yicha manfiy natija, ushbu infektsiya bo'yicha sog'lom buzoq olishga erishildi. Buzoqlar 6 oydan katta bo'lganda serologik tekshirish o'tkazildi va serologik tekshirish natijasiga qarab sog'lom guruhga qo'shildi. Serologik ijobiy natija olingan sigir va buqalarni xo'jalik ehtiyojiga qarab podadan eliminatsiya (chiqarish) qilish asosida fermani sog'lomlashtirish ishlari olib borildi.

6 oylikdan katta qoramollarda serologik tekshirishlarda leykoz virusiga qarshi antitelolar yoki leykoz virusiga qarshi maxsus antitelolar yordamida immunologik reaktsiyalarda leykoz virusi antigeni aniqlansa, ammo ularda gematologik, klinik va patomorfologik o'zgarishlar qayd qilinmasa, ular leykoz virusi bilan zararlangan hisoblanib, podadan ajratilib, xo'jalik ehtiyojiga qarab semirtirilishi va go'shtga so'yilishi zarurligi bo'yicha tavsiyalar berildi.

Leykoz infektsiyasi aniqlangan fermalarda xizmat qiluvchi veterinariya vrachining ruxsatisiz har xil guruhdagi mollarni aralashtirish, tug'ruqxonada sog'lom va virus tashuvchi sigirlarni birga saqlash, ularning qonidan davolash maqsadlarida foydalanish taqiqlandi, har xil zooveterinariya (qon olish, emlash, davolash, axtalash, birka taqish) tadbirlari o'tkazishda aseptika va antiseptika qoidalariga qattiq rioya qilish zarurligi bo'yicha tavsiyalar berildi va ular xo'jalikda faoliyat yuritadigan veterinar mutaxassisi tomonidan nazorat etildi.

Leykoz infektsiyasi qayd qilingan nosog'lom qoramolchilik fermer xo'jaliklarida sog'lom buzoq olish tadqiqotlari bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mita va viloyatlar veterinariya boshqarmalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Respublikaning Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi nosog'lom xo'jaliklarni sog'lomlashtirish tadbirlari o'tkazildi. Respublikaning Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida leykoz virusiga ijobiy natija bergan qoramollar xarakati quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval. Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari xo'jaliklarida leykoz

infektsiyasiga ijobiy natija bergan qoramollar xarakati

T/r Viloyat nomi Tuman nomi Xo'jalik nomi Qoramollar soni (bosh) Go'shtga so'yil.soni Qolgan qoram. soni (bosh)

Jami Teksh Sero+

1. Qashqadaryo Yakkabog' "Adiba" f/x 72 20 16 4 12

2. Qashqadaryo Shaxrisabz Alp Komil Kesh" f/x 56 16 3 1 2

3. Jizzax Paxtakor "Bekzod nasl chorva" f/x 524 20 2 1 1

4. Jizzax Do'stlik Mirishkor f/x 68 50 2 1 1

5. Toshkent Yangi yo'l "Do'stlik-1" f/x 127 10 3 2 1

6. Toshkent Zangiota "Toshkent Agro Sanoat" 768 100 25 11 14

Jadval ma'lumotlaridan ma'lum bo'lmoqdaki, Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumani "Alp Komil Kesh", Yakkabog' tumanining "Adiba" f/x, Jizzax viloyati Pahtakor tum. "Bekzod nasl chorva", Do'stlik tum. "Mirishkor", Toshkent

viloyatining Zangiota tum. "Toshkent Agro Sanoat", Yangiyo'l tum. "Do'stlik" fermer xo'jaliklarida leykoz infektsiyasi bo'yicha nazoratda bo'lgan jami 1615 bosh qoramollar klinik ko'rikdan o'tkazildi.

Jadvalda keltirilgan xo'jaliklardan jami tanlov asosida 216 bosh sigirlar leykoz infektsiyasiga IFT reaktsiyasida tekshirilgan va undan 51 boshida leykoz virusiga qarshi antitelolar aniqlangan edi. Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumaninidagi leykoz infektsiyasi aniqlangan "Adiba" fermer xo'jaligida 16 bosh sigirdan 4 bosh, Shaxrisabz tumanining "Alp Komil Kesh" fermer xo'jaligidan 3 bosh sigirdan 1 bosh, Jizzax viloyati Pahtakor tumanining. "Bekzod nasl chorva" fermer xo'jaligidan 2 bosh sigirdan 1 bosh, Do'stlik tumanining" Mirishkor" fermer xo'jaligidan 2 bosh sigirdan 1 bosh, Toshkent viloyatining Zangiota tumaninidagi "Toshkent Agro Sanoat" fermer xo'jaligidan 25 bosh sigirdan 11 bosh, Yangiyo'l tumanining "Do'stlik" fermer xo'jaligida nazoratda bo'lgan leykoz kasalligi bo'yicha serologik tekshirishda ijobiy natija bergan 3 bosh sigirdan 2 bosh xo'jalk ehtiyoji uchun go'shtga so'yilgan. Hozirgi kunda nazoratda turgan 6 ta fermer xo'jaliklardan 4 tasida 1 boshdan leykoz infektsiyasi aniqlangan sigirlar qolgan xolos.

Leykoz infektsiyasi bo'yicha nosog'lom qoramol fermalarini ushbu kasallikdan sog'lomlashtirish tadbirlari biz tomonimizdan tayyorlangan va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan «Qoramollar leykoz kasalligiga qarshi kurashish tadbirlari haqida Yo'riqnoma» asosida amalga oshirildi. Leykoz infektsiyasi aniqlangan fermalarda xizmat qiluvchi veterinariya vrachining ruxsatisiz har xil guruhdagi mollarni aralashtirish, tug'ruqxonada sog'lom va virus tashuvchi sigirlarni birga saqlash, ularning qonidan davolash maqsadlarida foydalanish taqiqlandi, har xil zooveterinariya (qon olish, emlash, davolash, axtalash, birka taqish) tadbirlari o'tkazishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish bo'yicha tavsiyalar berildi hamda ular xo'jalikda faoliyat yuritadigan veterinar mutaxassisi tomonidan nazorat etilishi belgilandi.

Leykoz infektsiyasi aniqlangan qoramollar qanchalik tezlik bilan xo'jalik ehtiyoji uchun go'shtga topshirilsa, shunchalik guruhdagi leykoz virusi tashuvchilar soni kamayadi va guruhni sog'lomlashtirish tezlashadi. Ushbu guruhdagi qoramollar yiliga 2 marta gematologik tekshirildi. "Leykoz kaliti" bo'yicha yoki leykozga xos klinik belgilar namoyon bo'lgan kasal sigirlar 15 kun ichida go'shtga topshirilishi «Qoramollar leykoz kasalligiga qarshi kurashish tadbirlari haqidagi Yo'riqnomada ko'zda tutilgan. Shuningdek, "Yo'riqnoma"da seropozitiv (virus tashuvchi) sigirlar suti 850C da 10 daqiqa pasterizatsiya qilinib, iste'molga chiqarilishi, ammo pasterizatsiya qilinmagan ushbu sutni sog'lom buzoqlarga berish taqiqlanishi belgilangan. Tekshirish natijasida ularda seronegativ natija qayd qilinsa, yana 12 - 18 oyliklarida va qochirishdan oldin serologik tekshirilishi, agar shu tekshirishlarda seronegativ natija qayd qilinsa, ular sog'lom guruhga o'tkazilishi, agar ularda seropozitiv (ijobiy) natija qayd qilinsa, darhol bo'rdoqichilikka boqilayotgan guruhga yuborish tavsiya etildi. Ular keyinchalik go'shtga so'yilishi tashkillashtiriladi. Yuqorida ta'kidlangan yo'llar bilan fermani sog'lomlashtirishga erishiladi.

Shunday qilib, leykoz infektsiyasi bo'yicha ijobiy natija bergan sigirlardan

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

tug'ilgan buzoqlarga sog'lom sigirlar sutini berish va infektsiya aniqlangan qoramollarni xo'jalik ehtiyoji asosida go'shtga so'yish orqali fermer xo'jaliklar bosqichma - bosqich sog'lomlashtirilishi iqtisodiy samarali usul hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.

2. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., & Абдухакимов, Ш. & Мавланов, С.(2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.

3. Газнакулов, T. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, A. X., Давлатов, P. Б., Абдухакимов, H. I., & Мавланов, C. (2023). XC Салимов. MK

Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.

4. Элмуродов, Б., Салимов, Х., Давлатов, Р., Камбаров, А., & Тоиров, Ж. (2014). Защитим молодняк и цыплят от колисептицемии. in Library, 4(4).

5. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., & Исматова, Р. А. & Улугмуродов, АД (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения, 378-382.

6. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. In Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения (pp. 378-382).

7. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Орипов, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Абдуалимов, С. (2018). Правовая охрана объектов интеллектуальной обственности в нии ветеринарии. in Library, 18(2), 27-29.

8. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Гафуров, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Орипов, А. (2019). Правовая охрана объектов интеллектуальной собственности в нии ветеринарии. in Library, 19(4), 228-232.

9. Давлатов, Р. Б., Насимов, Ш. Н., Ниёзов, Х. Б., Жабборов, Ш. А., Худжамшукуров, Ш. А., & Сафаров, Х. А. (2019). Парранда касалликларини профилактикаси ва даволаш буйича ТАВСИЯЛАР. Тошкент-2019, 21-26.

10. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Худжамшукуров, А. Н. (2018). Парранда касалликлари" укув кулланма Самарканд.

11. Давлетов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Тоиров, Ж. Э. (2019). ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ КОЛИБАКТЕРИОЗА ПТИЦ К АНТИБИОТИКАМ.

In СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК (pp. 39-44).

12. Butaeva, I. М., Salimov, H. S., & Davlatov, R. B. (2020). On The Diagnosis Of Mixed Bacterial Infections Of Birds. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(9s), 2308-2315.

13. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Тоиров, Ж. Э. (2018). ВОПРОСЫ ЭПИЗООТОЛОГИИ ЭШЕРИХИОЗА ПТИЦ В УЗБЕКИСТАНЕ.

In Современное состояние, традиции и инновационные технологии в развитии АПК (pp. 67-73).

14. Ниязов, Ф. А., Давлатов, Р. Б., & Дурдиев, Ш. К. (2007). Особенности ассоциированного течения эймериоза и колибактериоза птиц. In Болезни птиц в промышленном птицеводстве. Современное состояние проблемы и стратегия борьбы. Матер. научно-произв. конф (pp. 324-327).

15. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Худжамшукуров, А. Н. (2018). Паррандалар касалликлари. Уцув цулланма, Самарцанд-2018,10.

16. Уракова, Р. М., Салимов, Х. С., Салимов, И. Х., & Джураев, О. А. (2021). Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота овец. Academic research in educational sciences, 2(6), 912-917.

17. Salimov, X. S., Qambarov, A. A., & Salimov, I. X. Epizootologiya va infeksion kasalliklar" darslik 2021 yil. F. Nasimov nashriyoti.

18. Незаметдинова, К. А., Салимов, Х. С., & Бутаев, М. К. (1990). О факторах неспецифической резистентности здоровых и инфицированных вирусом лейкоза коров различных пород. Сельскохозяйственная биология, 4, 160.

19. Kh, K. S. (2021). Biology, Ecology, Morphology And Epizootological Characteristics Of Sheep Moniesis. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 3(03), 8-14.

20. Salimov, X. S., Qambarov, A. A., & Salimov, I. X. Epizootologiya va infeksion kasalliklar. Darslik Toshkent-2020 yil.

21. Салимов, Х. С. (2022). НЬЮКАСЛ КАСАЛИГИГА ^АРШИ ЭМЛАШГА ИШЛАТИЛАЁТГАН ВАКЦИНАЛАРНИ БИОЛОГИК ФАОЛЛИГИНИ ТЕКШИРИШ НАТИЖАЛАРИ Газнакулов Т^. ВЕТЕРИНАРИЯ ФАНИНИНГ ИСТИ^БОЛЛАРИ ВА УНИНГ ОЗИ^-ОВ^АТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ УРНИ 1-цисм, 253.

22. Khatamov, A. K., & Salimov, H. S. Results of a Study to Determine the Lethal Doses (Ld100 and Ld50) of S. Typhimurium in Experiments on Laying Chickens. International Journal on Integrated Education, 4(1), 164-168.

23. Salimov, I., Salimova, D., Salimov, H., Xudjamshukurov, A., & Qambarov, A. (2024). Specific prevention of emphysematous carbuncle of cattle and sheep. In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01036). EDP Sciences.

24. Газнакулов, Т., Салимов, Х., & Шапулатова, З. (2022). Результаты исследования активности биопрепаратов вакцин, используемых для вакцинации против болезни ньюкасла. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(1), 253-257.

25. Davlatov, R. B., Salimov, X. S., & Xudjamshukurov, A. N. (2018). Parranda kasalliklari, O 'quv qo 'llanma. Samarqand:"Zarafshon.

26. Менглиев, А., & Салимов, Х. С. (2004). Мониторинг распространения и предотвращение особо опасных болезней животных: сб. материалов конф. Самарканд, 26-27. 09, (2004), 107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.