Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK:619:636.31:636.083.6:591.111:636.082.11
TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA URCHITILUVCHI QORAKO'L QO'YLARI QONINING BIOKIMYOVIY KO'RSATKICHLARI
Jiyanmuradova Sh.X. - tayanch doktorant. Klichov Z.S. - q.x.f.f.d. (PhD) ilmiy rahbar. Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlari fasillar kesimida qiyosiy tahlillar asosida o'rganilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Endemik, metabolik, immun, fiziologik, laktatsiya, umumiy oqsil, albumin, globulin, kaltsiy, fosfor.
Аннотация. В данной статье излагаются данные о том, что биохимические показатели крови каракульских овец, разводимых в различных экологических зонах, изучались на основе сравнительного анализа в разрезе сезонов.
Ключевые слова: Эндемический, метаболический, иммунный, физиологический, лактационный, общий белок, альбумин, глобулин, кальций, фосфор.
Mavzuning dolzarbligi. Qorako'l qo'ylari o'zgaruvchan iqlim sharoitiga va yaylovdagi ozuqaning kamligiga yuqori moslashuvchanlikga ega. Hayvonlar tanasining fiziologik holati o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular nafaqat irsiyat balki metabolizm, atrof-muhit omillari, homiladorlik, laktatsiya davri organizmning morfofiziologik tizimlarining shakllanishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi [2; 4; 7; 9].
Cho'l va yarim cho'l hududlarida tashqi muhitning, ya'ni turli ekologik sharoitning ta'sirida qorako'l qo'ylarining genotipi ma'lum darajadagi fenotipik va genetik o'zgarishlarga uchraydi. Ushbu o'zgaruvchanlikning har bir ekologik hudud uchun optimal chegaralari qo'ylar belgilarining genetik turg'unligini aniqlash imkonini beradi. [1; 3].
Hayvonlar organizmida qon bir qator hayotiy vazifalarni bajaradi. Shuningdek qon nafas olish va ovqat hazm qilish kabi barcha jarayonlar qonning bevosita ishtirokida sodir bo'lishini ta'kidlash kerak. Qon tarkibini o'rganish hayvonlarning fiziologik holatini va ularning iqlim sharoitiga moslashish qobiliyatini, ayniqsa endemik hududlarda eng muhim tavsiflovchi ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi [5; 6; 8].
Tadqiqotlar obyekti va uslubiyatlari. Tajribalarimiz Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ hamda Navoiy viloyati Konimex tumanidagi "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaliklarida boqilayotgan qorako'l qo'ylarida olib borildi. Tajribalari uchun har ikki xo'jalikdan 5 boshdan qo'ylar "o'xshash juftliklar" asosida tanlab olindi. Tajriba davomida qo'ylar qonning biokimyoviy ko'rsatkichlari BIOBASE BK6190 gematologik analizatori hamda
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
yarim avtomat MINDRAY BA-88A analizatori yordamida aniqlandi. Tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash Ye.K.Merkureva [10] usuli bilan amalga oshirildi.
Natijalar va ularning tahlili. Tekshirishlar tahlili bo'yicha turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlarida yil fasillari bo'yicha sezilari farqlar borligini kuzatish mumkin (1-jadval).
Bahor faslida "Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 68,1±0,74 g/l, albumin 35,8±0,55 %, globulin 32,3±0,62 %, kaltsiy 8,96±0,28 mg%, fosfor 4,41±0,10 mg% ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 67,0±0,78 g/l, albumin 35,2±0,71 %, globulin 31,8±0,57 %, kaltsiy 8,96±0,28 mg%, fosfor 4,23±0,09 mg% ni tashkil etdi.
Yoz faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 70,2±0,59 g/l, albumin 35,8±0,55 %, globulin 34,4±0,44 %, kaltsiy 9,76±0,35 mg%, fosfor 4,98±0,11 mg% ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 69,8±0,54 g/l, albumin 35,6±0,57 %, globulin 34,2±0,49 %, kaltsiy 9,29±0,32 mg%, fosfor 4,67±0,10 mg% ni tashkil etdi.
1-jadval
Turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlai'i. (n=5)
Gurnhlar Ko'rsatkichlar
Umumiy oqsil g/l Albumin % Globulin % Globulin fraktsiyalari % a | ß | y Kaltsiy, mg % Fosfor, mg %
Bahor faslida
"Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ 68,1±0,74 35,8±0,55 32,3±0,62 9,4±0,31 7,1±0,38 15,8±0,49 8,96±0,28 4,41±0,10
"Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ 67,Q±0,78 35,2±0,71 31,8±0,57 9,3±0,34 6,9±0,31 15,6±0,41 8,48±0,36 4,23±0,09
Yoz faslida
"Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ 70,2±0,59 35,8±0,55 34,4±0,44 10,3±0,29 7,2±0,36 16,9±0,42 9,76±0,35 4,98±0,11
"Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ 69,8±0,54 35,6±0,57 34,2±0,49 10,1±0,26 7,3±0,32 16,8±0,40 9,29±0,32 4,67±0,10
Kuz faslida
"Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ 71,6±0,50 36,9±0,34 34,7±0,37 10,4±0,34 7,4±0,29 16,9±0,37 10,23±0,32 5,11±0,09
"Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ 70,9±0,44 36,3±0,35 34,6±0,40 9,8±0,27 6,7±0,34 18,1±0,35 10,06±0,34 5,02±0,11
Qish faslida
"Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ 67,7±0,48 34,5±0,37 33,2±0,43 9,7±0,35 7,1±0,28 16,4±0,36 7,93±0,22 4,12±0,12
"Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ 66,9±0,49 34,3±0,29 32,6±0,39 9,4±0,36 6,6±0,29 16,6±0,31 7,87±0,21 4,07^0,11
Eslatma: P<0,5
Kuz faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 71,6±0,50 g/l, albumin 36,9±0,34 %, globulin 34,7±0,37 %, kaltsiy 10,23±0,32 mg%, fosfor 5,11±0,09 mg% ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 70,9±0,44 g/l, albumin 36,3±0,35 %, globulin 34,6±0,40 %, kaltsiy 10,06±0,34 mg%, fosfor 5,02±0,11 mg% ni tashkil etdi.
Qish faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 67,7±0,48 g/l, albumin 34,5±0,37 %, globulin 33,2±0,43 %, kaltsiy 7,93±0,22 mg%, fosfor 4,12±0,12 mg% ni tashkil
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida umumiy oqsil 66,9±0,49 g/l, albumin 34,3±0,29 %, globulin 32,6±0,39 %, kaltsiy 7,87±0,21 mg%, fosfor 4,07±0,11 mg% ni tashkil etganligi aniqlandi.
1-Rasm. Qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlaridagi o'zaro farq fasillar kesimida (%).
Olingan natejalarni fasillar kesimida guruhlararo tahlil qilganimizda "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlari "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlariga nisbatan ustunlikga ega ekanligini ko'rsatdi. Bahor faslida umumiy oqsil 1,6 %, albumin 1,7 %, globulin 1,6 %, kaltsiy 5,7 %, fosfor 4,2 ga, yoz faslida umumiy oqsil 0,6 %, albumin 0,6 %, globulin 0,6 %, kaltsiy 5,4 %, fosfor 6,4 ga, kuz faslida umumiy oqsil 0,99 %, albumin 1,6 %, globulin 0,3 %, kaltsiy 1,9 %, fosfor 1,9 ga, qish faslida umumiy oqsil 1,19 %, albumin 0,6 %, globulin 1,8 %, kaltsiy 1,2 %, fosfor % 1,2 ga yuqori ekanligi aniqlandi.
Xulosa. Turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qonining biokimyoviy ko'rsatkichlari fasillar kesimida tahlil qilinganida qorako'l qo'ylari qon ko'rsatkichlari fiziologik me'yorlar darajasida ekanligi aniqlandi. Biroq adir sharoitida urchitilayotgan qorako'l qo'ylari qonida, cho'l sharoitida urchitilayotgan qorako'l qo'ylari qonidagi umumiy oqsil, albumin, globulin, kaltsiy, fosfor miqdorlariga nisbatan barcha fasillarda yuqori ekanligi aniqlandi.
FAYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Газиев А., Фазилов У.Т., Юсупов С.Ю., Маматов Б.С. Эколого-корреляционная связь признаков каракульских овец. "Qorako'lchilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarda ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish va qayta
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
ishlashning ilmiy - amaliy asoslari" mavzusidagi respublika imly - amaliy anjumani materiallar to'plami. Buxoro, "Durdona" nashriyoti, 2019 yil, 17-22 bet.
2. Герилович В.В., Забелина М.В., Скрынников А.П., Бабочкин П.С. Влияние различных факторов на жизнеспособность овец и коз. // Овцы, козы, шерстяное дело. - 2016. - № 4. - С. 12-16.
3. Герилович, В.В. Забелина М.В., Скрынников А.П., Бабочкин П.С. Влияние различных факторов на жизнеспособность овец и коз. // Овцы, козы, шерстяное дело. - 2016. - № 4. - С. 12-16.
4. Жилякова В.С. Селекция каракульских овец типа Бухарский сур. Афтореферат дисс. на соиск. уч. степ. док.с/х наук. Фрунзе, 1975, 33 с.
5. Забелина М.В., Новичков А.С., Григорашкина Е.И. К вопросу обоснованных биохимических показателях, их роли в организме овец и коз. // Овцы, козы, шерстяное дело. - 2014. - № 3. - С. 12-14.
6. Закиров М.Д, Юсупов. С.Ю. "Биология Каракульской овцы" Тошкент 1988 г, 265 стр.
7. Затеев Д.В. Гематологические показатели крови и естественная резистентность баранчиков кавказской породы разных климатических зон / Д.В. Затеев // Овцы, козы, шерстяное дело. - 2017. - №. 2. - С. 43-45.
8. Кулиев Г.К. Морфо - биологические закономерности роста и развитая овец (азербайджанский горний меринос, базах и их помеси I и П поколений) в отгонно-горных условиях Азербайджанской ССР. Автореф. дис. канд. биол. наук. - Баку, 1965.- 24 с.
9. Муратова В.В. Гематологические показатели и естественная резистентность молодняка овец эдильбаевской породы различной живой массы / В.В. Муратова // Аграрный научный журнал. - 2019. - №. 10. - С. 83-86.
10. Юнкеров В.И. Математико-статистическая обработка данных медицинских исследований. // учеб. пособие - СПб.: ВМедА, 2002. - С. 274.