Научная статья на тему 'TURKISTONDA SANOAT KORXONALARINING VUJUDGA KELISHI VA FAOLIYATI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR'

TURKISTONDA SANOAT KORXONALARINING VUJUDGA KELISHI VA FAOLIYATI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya / Turkiston / sanoat / to`qimachilik / yog`-moy sanoati / Amerika navi / manifaktura / termiy yo`l / ipak / tadbirkorlar. / Russia / Turkestan / industry / textile / oil industry / American type / manufacture / thermal road / silk / entrepreneurs.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ahadov, Abdivohid Abdihomid Oʻgʻli

Mazkur maqolada Sovet mustabid tuzumi o`lkada sanoat korxonalari qurish va bu sanoat korxonalarini markaz uchun ishlashini ta`minlash borasidagi chora tadbirlari xususida amalga oshirgan ishlari xususan, paxta ekiladigan yerlarni ko`paytirish va paxtaga dastlabki ishlov beruvchi sanoat korxonalarini qurish va markazdagi to`quvchilik fabrikalari uchun xomashyo yetkazib beruvchi bazaga aylantirilganligi haqida bilib olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME CONSIDERATIONS ON THE ESTABLISHMENT AND ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES IN TURKISTAN

In this article, the measures taken by the Soviet regime to build industrial enterprises in the country and to ensure the operation of these industrial enterprises for the center, in particular, the increase of cotton cultivation areas and the construction of industrial enterprises that pre-process cotton and textile factories in the center we will learn that it has been turned into a raw material supplier base.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA SANOAT KORXONALARINING VUJUDGA KELISHI VA FAOLIYATI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TURKISTONDA SANOAT KORXONALARINING VUJUDGA KELISHI VA FAOLIYATI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Ahadov Abdivohid Abdihomid o'g'li,

Nizomiy nomidagi TDPU "Iijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi"

yo'nalishi 2-kurs magistri ahadovabdivohid448@gmail .com (77) 702 75 76

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Sovet mustabid tuzumi olkada sanoat korxonalari qurish va bu sanoat korxonalarini markaz uchun ishlashini ta^minlash borasidagi chora tadbirlari xususida amalga oshirgan ishlari xususan, paxta ekiladigan yerlarni ko^paytirish va paxtaga dastlabki ishlov beruvchi sanoat korxonalarini qurish va markazdagi to^quvchilik fabrikalari uchun xomashyo yetkazib beruvchi bazaga aylantirilganligi haqida bilib olamiz.

Kalit so'zlar: Rossiya, Turkiston, sanoat, to^qimachilik, yog^-moy sanoati, Amerika navi, manifaktura, termiyyol, ipak, tadbirkorlar.

SOME CONSIDERATIONS ON THE ESTABLISHMENT AND ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES IN TURKISTAN

Ahadov Abdivohid Abdihomid ugli,

TSPU named after Nizomiy, "Methodology of teaching social and humanitarian

sciences", 2st year master ahadovabdivohid448@gmail .com (77) 702 75 76

ABSTRACT

In this article, the measures taken by the Soviet regime to build industrial enterprises in the country and to ensure the operation of these industrial enterprises for the center, in particular, the increase of cotton cultivation areas and the construction of industrial enterprises that pre-process cotton and textile factories in the center we will learn that it has been turned into a raw material supplier base.

Key words: Russia, Turkestan, industry, textile, oil industry, American type, manufacture, thermal road, silk, entrepreneurs.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО СОЗДАНИЮ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ В ТУРКЕСТАН

Ахадова Абдивохид Абдихомид угли,

ТДПУ им. Низоми, «Методика преподавания социальных и гуманитарных наук», магистратура 2-го курса ahadovabdivohid448@gmail.com (77) 702 75 76

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются меры, принятые советской властью по строительству промышленных предприятий в стране и обеспечению работы этих промышленных предприятий для центра, в частности, увеличение площадей выращивания хлопка и строительство промышленных предприятий, осуществляющих предварительную переработку хлопка. хлопчатобумажные и текстильные фабрики в центре, мы узнаем, что он превратился в базу поставщиков сырья.

Ключевые слова: Россия, Туркестан, промышленность, текстильная, нефтяная промышленность, американский тип, мануфактура, тепловая дорога, шелк, предприниматели.

KIRISH

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan O'rta Osiyo hududlarida yashovchi xalqlarnin iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida keskin o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatining asosiy maqsadi Turkiston o'lkasi boyliklarini talash, uni paxta monopoliyasiga aylantirish va Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozor tashkil etishdan iborat edi.

METODLAR

Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rossiya hukumati Turkiston o'lkasini bosib olgan yerlarida shu siyosatni zudlik bilan amalga oshira boshladi, Ayniqsa bu sanoat sohasida yaqqol ko'zga tashlandi. Chor hukumati Turkiston o'lkasiga kirib kelgan rus va chet el sanoatchilarini har tomonlama qollab quvvatladi[1].

Bu davrda o'lkaga Rossiya va Yevropaning ko'pgina mamlakatlaridan yangi ishlab chiqarish texnalogiyalari kirib kelishi kengaydi. Ko'plab bank va sanoat bo'limlari ish boshladi. Bu o'zgarishlar olkada paxtachilik, ko'nchilik, xomashyoga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

dastlabki ishlov berish, yog'-moy sanoati kabi soahalarning rivojlanishiga tasir ko'rsatdi. Bu davrda ayniqsa, boshqa sohalarga qaraganda sanoatning paxta xomashyosiga dastlabki ishlov berishga mo'ljallangan sohasi rivojlandi. Bu siyosat o'lkadagi boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarining kamayishiga olib keldi va natijada xalqning bu mahsulotlarga bo' lgan talabini kuchaytirdi.

Rossiya imperiyasi uchun Turkiston paxatasiga erishish, uni qo'lga kiritish azal-azaldan orzu bo'lgan, chunki Turkiston paxtasi Amerika paxtasiga qaraganda 2 yoki 3 barobar arzon edi.

Chor Rossiyasi dastlabki yillardanoq paxtadan yaxshi daromad ola boshladi. Shuning uchun ham ular paxta masalasiga juda kata etibor bergan. Hatto rus matbuotida: " Turkiston olkasining tugamaydigan boyligi bu paxta va ipak bo'lib, ular hozir yaxshi rivojlanmagan bo'lsada, aql-idrok bilan ish tutilsa Rossiyaning fabrikalari paxta va ipak bilan taminlanadi" deb bejiz aytilmagan edi[2].

Rossiya imperiyasining Turkistondagi siyosatining bosh rejasi paxtachilikning rivojlantirishga qaratildi. Turkistonni Rossiyaning to'qimachilik sanoati uchun paxta yetishtirib beruvchi asosiy hududga aylantirmoqchi edi. Farg'ona, Sirdaryo va Samarqand hududlari paxta yetishtiruvchi asosiy hududga aylandi. 1884-yildan olkamizda yangi paxta navi ( Amerika navi) yetishtirila boshlandi. Bu olkada paxta yetishtirish samaradorligini yanada yuqori bo'lishiga sabab bo'ldi.

Rossiya manfaatlari uchun zarur bo'lgan paxta yetishtirishning kengayib borishi, olkada xomashyoga dastlabki qayta ishlov beruvchi sohalarni vujudga keltirishni taqozo qildi. Shu boisdan ham bu yerda paxtani qayta ishlash bilan bog'liq korxonalar tashkil etildi. 1900- yilga kelib, Turkistonda xomashyoni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan korxonalar soni 170 tadan oshib ketdi[3].

Chor Rossiyasi olkada paxtachilik sohasini rivojlantirish uchun mablag'larni ayamadi, paxtachilikka bo'lgan ehtiyojning ortishi natijasida paxtachillika o'lka aholisining bor kuchi jalb qilingan, bu esa dehqonlarning moddiy Ahvolini yomonlashishiga xizmat qilgan.

Paxta maydonlarining kengayib borishi don, g'alla, ayniqsa, oziqovqat mahsulotlari masalasi va ta'minotida ham qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Bu vaziyatdan foydalangan rus ma'murlari chetdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga ham narxlarni o'zlari belgilay boshladilar. G'alla va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish kamayib, ularning bozordagi narxlari muttasil ko'tarilib bordi. Masalan, 1890-yilning boshlarida bug'doy unining bahosi 5 marta oshdi[4].

Turkiston o'lkasidagi paxta xomashyosi Rossiya o'lkasidagi tadbirkorlarni etiborini tortdi va ular asta-sekinlik bilan bu olkada oz zavodlarini qura boshladilar.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Birinchi paxta tozalash zavodi 1879-yilda Toshkentda S.I.Nazarov tomonida barpo etildi. Keyinchalik S.I.Laxtin va M.I. Nikiforov va boshqa sanoatchilarning ham zavodlari ham ishga tushdi. Ular orasida Yu. Davidov va Katta Yaroslav manifaktura savdo-sanoat shirkatining paxta tozalash zavodlari eng katta sanoat korxonalari hisoblanadi. Shuni takidlash joizki paxta tozalash zavodlarining bazilari paxta hosili bo'lmaganligi sababi muntazam faoliyat ko'rsatmagan[5].

Chunki osha vaqtda qurilgan zavodlar faqat paxta tozalashga ixtisoslashtirilganligidan paxta yig'im-terimi tugashi bilan oz faoliyatini keyingi paxta yig'imigacha yakunlagan. Ammo vaqt o'tishi bilan bu zavodlarda paxtaga dastlabki ishlov berish ishlari ham amalga oshirish boshlangan.

Turkistondda paxta yetishtirish va uni Moskvaga tashib ketish kuchli markazlashgan organ orqali amalga oshirildi. Turkistonning XXMK ning Paxta bo'limi o'zining butun e'tiborini paxta ishlab chiqarishni markazlashtirishga qaratdi, bo'lim amalda oliy organ sifatida 1920-yilgacha bu sohani boshqardi[6].

Turkistonda paxta sanoatini sanoatini rivojlantirish va markazni yetarlicha paxta xom-ashyosi bilan taminlash maqsadida qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Chor Rossiyasi davrida Orta Osiyodagi Avtonom Respublikalar orasida Ozbekiston SSR o'lkadagi iqtisodiy munosabatlarni birlashtiruvchi rolni o'ynadi. Chunki bu davrda turli xil ko'p tarmoqli sanoat korxonalarining qurilganligi, temir yo'l leniyalarining yetib kelganligi va neft va ko'mir konlarining mavjudligi va bular orasida eng asosiysi shuki, dastlabki paxtaga ishlov beruvchi sanoat korxonalarining mavjudligi va bu hududning paxta yetishtirshga ixtisoslashtirilganligidir. Turkiston hududida yetishtirilgan paxta hom-ashyosining deyarli barchasi markazdagi markazdagi yengil sanoat korxonalari uchun tayyor mahsulot sifatida junatilar edi.

Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, 1920-yili Turkistondan Markazdagi to'qimachilik korxonalariga 8.565 vagonda 4.283.000 pud paxta tolasi jo'natildi. Bundan tashqari 1919-yilda Rossiyaga 3.150.000 pud, 1920-yilda esa 2.728.000 pud xom paxta ham jo'natilgan[7].

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Rossiyaning Turkiston o'lkasida mustamlakachilikka asoslangan boshqarish usuli joriy etilgach, bir qator iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu avvalo o'lka xalq xo'jaligining asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashgan tarmoqlarida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa qishloq xojligi sohasida katta o'zgarishlar amalga oshirildi, yerlarning katta qismiga paxta yetishtirila boshlandi,

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

dehqonlarning bor kuch va etibori majburiy ravishda cho'l yerlarni o'zlashtirish va paxta yetishtirishni ko'paytirishga qaratildi.

Bundan tashqari O'rta Osiyo temir yo'llarining qurilishi Turkiston paxtasi va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini Rossiyaning Markaziy rayonlariga tashib ketish imkoniyatini ancha kengaytirdi. Bu yerda yetishtirilgan paxtaning tovarlik xususiyati ko'proq bir tomonlama xarakterga ega bo'lib, savdogarlar paxta tolasini asosan chetga chiqarishga harakat qildilar. Chunki, asosiy kozlangan maqsad markazdagi to' qimachilik korxonalarini boyitish edi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Jannat Ismoilava. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning "Yangi shahar " qismi tarixi. T.: Fan va texnalogiya. 2004,1-qism.

2. Jannat Ismoilava. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning "Yangi shahar " qismi tarixi. T.: Fan va texnalogiya. 2004, 2-qism.

3. R.E. Xoliqova. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Oquv qo'llanma. T.: Fan va texnalogiya. 2017, 58-bet.

4. R.E. Xoliqova. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Oquv qo'llanma. T.: Fan va texnalogiya. 2017, 55-bet

5. Jannat Ismoilava. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning "Yangi shahar " qismi tarixi. T.: Fan va texnalogiya. 2004, 3-qism.

6. Q. Rajabov va M. Haydarov. Turkiston tarixi (1917-1924-yillar). T,: Universitet.

2002.98-bet.

7. Q. Rajabov va M. Haydarov. Turkiston tarixi (1917-1924-yillar). T,: Universitet.

2002.99-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.