SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
TURKISTONDAGI 1916-YILGI MILLIY OZODLIK KURASHINING
TARIXIY AHAMIYATI
Shaymurzayev Jafar Isanmurot o'g'li,
Nizomiy nomidagi TDPU "Ijtimoiy-gumamtar fanlarni o'qitish metodikasi" mutaxassisligi
2-kurs magistranti
Ushbu maqolada Turkistondagi 1916-yilgi milliy ozodlik kurashining boshlanishi va uning sabab oqibatlari haqida so 'z boradi. Qo 'zg'alonning yakuni va tarixiy ahamiyati yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasi, imperator Nikolay II, mustamlakachilik zulmi, Birinchi jahon urushi, mardikorlikka safarbarlik, milliy ozodlik harakati, qo 'zg 'alon.
HISTORICAL SIGNIFICANCE OF THE NATIONAL LIBERATION STRUGGLE OF 1916 IN TURKESTAN
Shaymurzayev Jafar Isanmurot ugli,
TSPU named after Nizomiy 2nd year master's student in the specialty "Methodology of teaching social sciences and humanities"
This article talks about the beginning of the 1916 national liberation struggle in Turkestan and its causes and consequences. The end of the uprising and its historical significance will be explained.
Key words: Russian Empire, Emperor Nicholas II, colonial oppression, World War I, labor mobilization, national liberation movement, uprising.
ИСТОРИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНО-ОСВОБОДИТЕЛЬНОЙ
БОРЬБЫ 1916 ГОДА В ТУРКЕСТАНЕ
Шаймурзаев Джафар Исанмурат угли,
ТДПУ им. Низоми,
Студент 2 курса магистратуры по специальности «Методология преподавания
социальных и гуманитарных наук»
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о начале национально-освободительной борьбы 1916 года в Туркестане, ее причинах и последствиях. Будет объяснено окончание восстания и его историческое значение.
Ключевые слова: Российская империя, император Николай II, колониальный гнет, Первая мировая война, трудовая мобилизация, национально-освободительное движение, восстание.
KIRISH
O'zbek xalqi o'zining ko'p asrlik tarixi davomida xorijiy davlatlarning tajovuz va hukmronligiga qarshi kurashib keldi. Uning mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan qonli janglari tarix sahifalarida oltin harflar bilan bitilgan. Bunday kurashlar chor Rossiyasi o'zbek xonliklarini bosib olgandan keyin ham sodir bo'ldi. 1916 yilgi xalq qo'zg'oloni bir shahar yoki viloyatdagina emas, balki butun O'rta Osiyo va Qozog'istonni qamrab oldi. Unda o'zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va uyg'urlar faol qatnashdilar. Hatto o'lkaning ba'zi joylarida ruslar ham ishtirok etganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Uning aks sadosi butun Rossiya imperiyasi bo'ylab taraldi. Qo'zg'olon chor hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmi avj olgan vaqtda ko'tarildi.
Qo'zg'olon xarakteriga ko'ra milliy ozodlik ko'rinishida yuz berdi, chunki bu qo'zg'olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq ommasi edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo'lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordi. Qo'zg'olonchilar Vatanning haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotlashdi. Mislsiz jasoratlari bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o'rin egallashdi. Mazkur qo'zg'olonlarga rus amaldorlaridan biri: "Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo'shildi", — deb o'lkadagi vaziyatga baho bergandi. Qo'zg'olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurollari bilan jang olib bordi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1916-yilning 25-iyunida Rossiya imperatori Nikolay II qabul qilgan yangi farmon e'lon qilindi. Bu farmonga ko'ra, o'sha paytda Birinchi jahon urushida ketma-ket mag'lubiyatga uchrab turgan Rossiya imperiyasining frontorti hududlariga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Turkistondagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan mahalliy erkak ahli mudofaa inshootlari, istehkomlar qurish uchun safarbar etilishi buyurilgan edi.
Farmonning amalga oshirilishi, eng avvalo, xalqni o'z boquvchilaridan mahrum etib, uning shusiz ham og'ir ahvolini yanada mushkullashtirishi shubhasiz edi.
Farmon ijrosiga zo'ravonlik bilan kirishilgan birinchi kunlardanoq xalq unga qarshi keskin bosh ko'tardi. 4-iyulda Xo'jandda boshlanib, bir necha kun ichida butun o'lkani qamrab olgan norozilik g'alayonlari qisqa muddatda mustamlaka hukumatga qarshi ommaviy xalq qo'zg'olonlariga aylandi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Qo'qon shaharlarida qo'zg'olonlar shu qadar ommaviy, umumxalq tus oldiki, ayrim joylarda, masalan, Marg'ilonda ularning ishtirokchilari 25 ming kishigacha borib yetdi. Ikki hafta ichida 150 ta aholi punktlarida xalq g'alayonlari ko'tarilib, politsiya va ma'muriyat bilan keskin va qonli to'qnashuvlar bo'ldi.
Qo'zg'olonlar mustamlaka hukumatni sarosimaga solib qo'ydi. Turkistonda 18-iyul kuni harbiy holat e'lon qilindi. Turkistondan ajralib qolishdan xavfsirab, mustamlaka hukumat bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldi. Rossiyadan va chegara hududlaridan ketma-ket harbiy kuchlar yetib kela boshladi. Xalq g'alayonlari soat sayin keskinlasha boshlagach, vaziyatdan chiqish uchun 30-iyul kuni safarbarlikni 15-sentyabrga qadar kechiktirish haqida imperator farmoni e'lon qilindi. 23-avgustda esa safarbar qilinuvchilar soni 250 ming kishidan 200 ming kishiga kamaytirildi. Xalqni mahalliy amaldorlar va nufuzli kishilar qo'llab-quvvatlashiga yo'l bermaslik uchun ellikboshi, oqsoqol, qozilar, diniy ulamolar (imom, mullalar), mudarrislar va talabalar safarbarlikdan ozod qilindi.
Ayni paytda mustamlakachilar qo'zg'olonni vahshiyona bostirib, shafqatsiz o'ch ola boshladi. Ayniqsa, Jizzax shahrida amalga oshirilgan vahshiyliklar, ommaviy qirg'in katta talafotlarga olib keldi. Shu bilan birga, Turkiston ziyolilari o'lkada sodir etilayotgan zo'ravonlik va xunrezliklar haqida arz qilib, Peterburgga Davlat Dumasiga vakil jo'natadi va bu holatga chek qo'yishni talab qiladi. Mardikorlikka mahalliy aholining zo'rlik bilan safarbar qilish haqidagi farmonning adolatsizligini ta'kidlab, bunday holatga chek qo'yishni, ahvolni o'rganish uchun komissiya yuborishni so'rashadi.
Rossiya Davlat Dumasi tomonidan Turkistondagi ahvol bilan bevosita tanishish uchun deputatlardan iborat maxsus komissiya jo'natiladi. Deputatlar 10 kun davomida Jizzax, Qo'qon, Andijon, Samarqand kabi shaharlarda bo'lib, Mustafo Cho'qayev tarjimonligida mahalliy aholi bilan yuzma-yuz, ma'murlar va mirshablar
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ishtirokisiz suhbatlashdi. Xalq sodir bo'lgan voqealaming sabablari, tafsilot va oqibatlari haqida ro'yi-rost ko'rsatma berdi.
Farmon ijrosi maqsadida mardikorlar ro'yxatini tuzish jarayonida mustamlaka ma'murlarining poraxo'rligi, ularning kissasiga pul solgan boylarning yosh o'g'illari "Keksa" degan bahona bilan frontdan ozod qilinib, 70 ga chiqqan kambag'al mo'ysafidalar 40 yosh yigit sifatida safarbarlikka olingangani, boyning beshta o'g'li uyda qoldirilib, kambag'alning yolg'iz yoki kasalmand o'g'li, o'g'li bo'lmasa eri ro'yxatga tirkalgani, xalq g'alayonlari o'ta vahshiyona bostirilgani haqidagi ma'lumotlar deputatlarni junbushga keltirdi. Bu ma'lumotlar Rossiya Davlat Dumasida 1916-yil 16-noyabrda bo'lib o'tgan yopiq majlisda e'lon qilinganda esa to'plangan deputatlar bu adolatsizlikka qarshi o'z tuyg'ularini jilovlay olmay, keskin norozilik bildirganliklari majlis bayonnomasida ochiq e'tirof etildi va arxivlarda saqlanib qoldi.
Majlis yakunida Davlat Dumasi deputatlari imperatorga bu g'ayriqonuniy farmon va Turkistondagi ma'muriyatning qilmishlariga javob berishni so'rab, so'rovnoma jo'natdi. G'alayonlar vahshiylik bilan bostirilgach, hukumat 15-sentabrdan farmon ijrosiga kirishdi va o'lkadan 123300 kishi mardikorlikka safarbar etildi.
Bunday sharoitda Turkiston ma'rifatparvarlari uzoq sovuq yurtlarga noma'lum muddatga zo'rlab olib ketilayotgan xalq azoblarini yengillatishga urinib, maxsus qo'mitalar tuzdi. Bu qo'mitalar faoliyati natijasida safarbar etilayotganlarga halol ovqat tayyorlash uchun oshpaz, ibodat uchun imom, maktublar yozish uchun mirzalar biriktirildi, issiq kiyimlar to'plandi.
Safarbar etilganlarning juda ko'pchiligi mehnatga yaroqsiz bo'lsa-da, ular majburan jo'natilgan edi. Ulardan eng og'ir ishlarda, arzimagan haq evaziga foydalandilar. Rossiyaning qahraton qish iqlimida ust-boshi yupun, qorni och, sog'lig'i og'irlashgan, oddiy haq-huquqdan mahrum mardikorlar og'ir jismoniy mehnatdan, tibbiy yordam, zarur sharoit yo'qligi tufayli yoppasiga kasallanib, ochlikdan, sovuqdan azob chekdi.
Ularning shikoyat va arz-dodlarga to'la maktublarida qayd etishicha, ishga olinganlarga qattiq turma rejimi o'rnatilgan. Qarindoshlar bilan uchrashtirilmagan, arzimas gunoh uchun kaltaklangan, ular doimiy sur'atda soqchilar nazoratida bo'lgan. Ishchilar hayot sharoitlari chidab bo'lmas darajada og'ir bo'lib, ular zaxda, suvda turib ishlagan. Yotoqlar zaxligi bois, ishchilar surunkali og'rib, bod (revmatizm) kabi kasalliklar bilan og'ir xastalangan. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmagan, charchash yoki betoblikdan hasrat qilganlar esa kaltaklanib, haqoratlanar, eng og'ir jazo berilar edi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston o'lkasidagi qo'zg'olonlar xalq turmushiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatdi. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining katta qismini boquvchisiz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko'tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qo'zg'olonlar mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga asoslangan siyosati va urush oqibatlarining salbiy ta'siri natijasida sodir bo'ldi.
O'zbek mardikorlari mashaqqatli va og'ir hayotning asiri bo'lib qolmay, kurash olib bordilar. Ular bir necha marotaba ish tashladilar, harbiy bo'linmalar bilan to'qnashdilar. Ular orasida mahalliy aholi bilan birgalikda inqilobiy harakatlarda faol qatnashgan kishilar bor edi. Mardikorlar fevral burjua-demokratik inqilobidan keyin o'z vataniga qaytishga erishdilar va o'lkaning keyingi siyosiy-iqtisodiy hayotida faollik ko'rsatdilar.
Bularning bari mustamlakachilik zulmi, Birinchi jahon urushi va mardikorlikka safarbarlik haqidagi imperator Nikolay II ning farmoni ijrosining Turkiston aholisi boshiga solgan kulfatlarning ayanchli natijasi edi.
Qo'zg'olon xalq ommasi uchun juda katta yo'qotishlarni olib keldi. Birinchidan, aholisi qo'zg'olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloqlar yondirib yuborildi, natijada ko'pchilik uy-joysiz qoldi. Ikkinchidan, qo'zg'olon yoz faslida bo'lib o'tgani bois ekinzorlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari nobud bo'ldi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916—1917-yillar qish oylari uchun g'amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi. Uchinchidan, qo'zg'olon natijasida aholi orasida ko'plab qurbonlar bo'ldi. Ushbu qo'zg'olon Turkiston xalqiga juda katta talafotlarni olib keldi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, 1916-yilgi qo'zg'olon oqibatida Turkiston aholisidan 673 ming kishi o'ldirildi, 300 mingdan ziyod aholi xorijga chiqib ketdi. 100 minglab kishining mol-mulki musodara qilinib, talon-toroj etildi.
Bundan tashqari qo'zg'olonchilarning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bo'lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi qo'zg'olonning mag'lubiyatga uchrashiga sabab bo'ldi. Ular Turkistonning turli mintaqalarida mustamlakachilarga qarshilik ko'rsatishdi. Shunday bo'lsa-da, qo'zg'olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi, ahillikda va birdamlikda harakat qilmasligi pand berdi.
XULOSA
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
1916 yil qo'zg'oloni chor huqumating mustamlakachilik siyosati avjiga mingan kezda yuzaga keldi. U milliy zulmga, o'lkaning xom ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga aylanishiga qarshi qaratilgan edi.
Qo'zg'olonning tarixiy ahamiyati shundaki, u butun Turkiston zaminida yashayotgan turli millat va elatlar siyosiy ongi o'sishiga va kurashlarda chiniqtirishga olib keldi. Shuningdek, unda ayollarning faol qatnashishi muhim voqea sanaladi. Bu hol tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Qo'zg'olon keng quloch yoyishi barobarida chor hukumati hukmronligidan norozi bo'lgan ayrim yuqori tabaqa vakillarini harakatga chorladi. Ular o'lka mustaqilligini tiklash uchun qo'zg'olondan foydalanib qolishga urindilar. Qo'zg'olon chor hukumatining o'lkadagi kuch-qudratini zaiflashtirib, fevral burjua-demokratik inqilobi g'alabasini ta'minlagan omillardan biri hisoblanadi. Uning ijobiy tomonlaridan yana biri shundaki, rus imperatorining mardikorlikka safarbar etish haqidagi farmonining to'la amalga oshirilishiga keskin zarba berdi. Natijada mo'ljallangan mardikorlar sonining yarimi jo'natildi. Bu minglab oilalarning xonavayron bo'lishidan saqlab qoldi. Qo'zg'olon o'zbek va boshqa qavmlarning mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurash tarixida o'chmas iz qoldirdi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
2. Haydarov X., Jizzax viloyati tarixi, Toshkent, 1996-yil.
3. Choriyev 3., Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916— 1917), Toshkent, 1999-yil.
4. Ziyayeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, Toshkent, 2000-yil.
5. Ziyoyev H., Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi, Toshkent, 2001 -yil.
6. Ганин А. В. Последняя полуденная экспедиция Императорской России: Русская армия на подавлении туркестанского мятежа 1916—1917 гг. // Русский сборник. Исследования по истории России. Ред. -сост. О. Р. Айрапетов, Мирослав Йованович, М. А. Колеров, Брюс Меннинг. М., 2008. С. 152—214.
7. Булдаков В., Леонтьева Т. Война, породившая революцию: Россия, 1914— 1917 гг.. — Москва, 2015.
8. The Revolt of 1916 in Russian Central Asia, Edward Dennis Sokol, 1954, 2016.