Научная статья на тему 'TURKISTONDA JADIDCHILIK MA‘RIFATINING IJTIMOIY–IQTISODIY, MA‘NAVIY OMILLARINING TARIXIY-FALSAFIY TAXLILI'

TURKISTONDA JADIDCHILIK MA‘RIFATINING IJTIMOIY–IQTISODIY, MA‘NAVIY OMILLARINING TARIXIY-FALSAFIY TAXLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

112
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hunarmand / Hamza Hakimzoda Niyoziy / M.Qoshg„ariyning “Adab us-salixin” / “Yosh sartlar” / A.Tureskiy / “Ittihod” / “Tarjimon” / “Vaqt” / “Yulduz / Artisan / Hamza Hakimzada Niyazi / “Adab us-salihin” by M.Kashgari / “Yang Sartlar” / A.Turesky / “Ittihad” / “Translator” / “Time” / “Star”

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G’ M. Xolmatov

Ushbu maqolada Farg‟ona vodiysi va Turkistonda jadidchilik ma„rifatining ijtimoiy-iqtisodiy, ma„naviy omillarining tarixiy-falsafiy taxlili hamda ushbu zaminda faoliyat yuritgan allomalar fikrlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents a historical-philosophical analysis of the socio-economic and spiritual factors of the Jadidism enlightenment in the Fergana Valley and Turkestan, as well as the opinions of scholars who worked in this field

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA JADIDCHILIK MA‘RIFATINING IJTIMOIY–IQTISODIY, MA‘NAVIY OMILLARINING TARIXIY-FALSAFIY TAXLILI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

TURKISTONDA JADIDCHILIK MA'RIFATINING IJTIMOIY-IQTISODIY, MA'NAVIY OMILLARINING TARIXIY-FALSAFIY TAXLILI

G'. M. Xolmatov

O'zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik litsey o'qituvchisi, Namangan muhandislik texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi [email protected]

Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi va Turkistonda jadidchilik ma'rifatining ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy omillarining tarixiy-falsafiy taxlili hamda ushbu zaminda faoliyat yuritgan allomalar fikrlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Hunarmand, Hamza Hakimzoda Niyoziy, M.Qoshg'ariyning "Adab us-salixin", "Yosh sartlar", A.Tureskiy, "Ittihod", "Tarjimon", "Vaqt", "Yulduz"

Annotation: This article presents a historical-philosophical analysis of the socio-economic and spiritual factors of the Jadidism enlightenment in the Fergana Valley and Turkestan, as well as the opinions of scholars who worked in this field

Keywords: Artisan, Hamza Hakimzada Niyazi, "Adab us-salihin" by M.Kashgari, "Yang Sartlar", A.Turesky, "Ittihad", "Translator", "Time", "Star"

В данной статье представлена историко-философский анализ социально-экономических и духовных факторов просвещения джадидов в Ферганской долине и Туркестане, а также мнения ученых, работавших в этой области.

Ключевые слова: Ремесленник, Хамза Хакимзада Ниязи, «Адаб ус -салихин» М.Кашгари, «Молодёжь Сартлар», А.Туретский, «Иттихад», «Переводчик», «Время», «Звезда»

Kirish. Chor hukumati Turkistonda aholisi ichida olib borgan asosiy islohotlaridan biri bu mamlakatni "ruslashtirish" siyosati bilan o'lkada uzoq mustamlakachilik siyosatini olib borish, mahalliy xalqning turmush tarziga rus an'analarini singdirish, mustamlakachilik

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

siyosatidan norozilikni oldi olish edi. Mastamlakachilar o„z

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

siyosatlarini amalda aksini toptirish maqsadida, yangi tipdagi rus-tuzem maktablarini tashkil etib, an'anaviy musulmon o'quv dargohlarida rus tilini majburiy tarzda o'qitish orqali o'lkada rus tilini davlat tili maqomiga chiqarishga intilgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning taxlili (Literature revitw). Farg'ona vodiysida chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati barcha kasb-kor qatori hunarmandlarning ahvoliga salbiy ta'siri hunarmandlarning kambag'allashib, ishsizlar soni ortishiga olib keldi. Bunga sabab Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar viloyat bozorlarini egallab olgan edi. Ruslarning mahsuloti an'anaviy meros bo'lib kelayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini siqib chiqara boshladi. Buning oqibatida an'anaviy milliy madaniyat tartiblarini buzilishi va zavol topishiga olib keldi[1].

Farg'ona milliy hunarmandlarining qashshoqlashuvi Hamza Hakimzoda Niyoziy shunday ta'riflagan: "Xususan, 1912 yildan boshlab aksar kosiblar zararlanib mardikorlikka kira boshlagani uchun kuchsiz mardikorlarni bozor olmay, bu yillardan alar gadoylarga qo'shilganlar. 1914 yil ramazonda gadoylar boshqalarga qaraganda yuzga qirq foiz bo'lib ketgan desak lof bo'lmaydur. Mana bu razolat, xirachilik va xo'rlik na yerdan keldi? Turmush xarajatlarining ortganligidanmi? Na'lsiz kafshlarning ko'payganligidanmi? Yoxud oyog'imiz tagidagi kafsh na'lining aqchasigacha fabrikalar qo'liga o'tib ketganligidanmi?... Kecha bir kafshga 20 tiyin olib na'l qoqib bergan usta bugun darvozalar tagida (Rabb man, yo rabb, man yo ramazon!), deb qichqirmoqdalar"[2]. O'z davrining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy jarayonlardan xabardor muallif, o'z fikrini quyidagicha bildirgan " ba'zilari yetushdura olmay butun bu hunarlaridan kechub boshqa bir yo'l va kuyg'a kirub ketmakdadurlar... har bir kasb ahli shundog'dur... Oh, hunarlarimiz! Qaysi tarafg'a va kimlar qo'lig'a asir bo'ldi?... Bu xo'rliklarni ilmsizlikdan kelganida shoyad uyalgan va aqlga solib qaragan kishi bilur"[3].

Farg'ona vodiysi milliy-ozdlik harakatining shakllanishida alohida tabaqa hunarmandlarning og'ir axvoli, va ocharchilik alohida o'ringa ega bo'ldi. Fikrimizcha,mahalliy aholi orasida jadidlarning ijtimoiy vaziyatni barqarorligi bu toifa odamlarga e'tibor qaratgan. Zero, jadidlar o'zbek jamiyatida yangi ishchi tabakasini ilk vaeilari edi. i izdan chiqdi. Viloyat uezdlaridagi hunarmandlarining ahvoli ham turlicha bo'lgan. 1915 yilda Qo'qon va Namangan hunarmand musulmonlari Andijon hududi hunarmandlariga nisbatan ahvoli yomon edi[4]. O'lkada mustamlakachilikning deyarli barcha davrlari ijtimoiy-

siyosiy jabr-zulm davridan iborat.

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

1905 yil 17 oktyabrda Rossiya imperatorining manifesti o'lka mahalliy aholisi o'z haq-huquqlari, manfaatlari himoyasida o'zgarish yasay olmadi. Chunki Turkistonda ilmsizlik, siyosiy qoloqlik tufayli Rus hukumati maqsadi "Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risida Nizom" zulm va zo'ravonlikni mustahkamlagan. Ushbu qonun, mahalliy aholini siyosiy huquqlarini cheklab, qaramlikni kuchaytirgan. Turkistonga ko'chib kelgan ruslarga ko'rsatilgan imtiyozlardan, mahalliy aholi vakillari foydalana olmas edi[5].

Chor imperiyasi Turkistonda o'z mustamlaka boshqaruv tartibini mustahkamlash maqsadida, ruslarni o'lkaga ko'chirish siyosatini olib bordi. Rossiya imperiyasining siyosati o'lkani zabt etish bilan mahalliy axolini zulmatda saqlash orqali milliy boyliklarini talash mumkinligini tushungan. Chunki, rus ziyolilaring o'zi o'lka axolisining yuksak darajada M.Qoshg'ariyning "Adab us-salixin"ga egaligini e'tirof etganlar[6]. Chunki o'lka halqlarini jismoniy mehnat orqali akliy mehnatdan uzoqlashtirish, tili va boy ma'naviy merosidan ayirish uchun ruscha udum va qadriyatlarni ommalashtirdilar. Ayni vaqtda mahalliy aholi bilan rus zabonlik halqlarni baynalmilallashni ham oldini olish uchun choralar ko'rilgan. Shu ma'noda shahar aholisini ikki qismga ajratib, eski shaharda mahalliy aholi, yangi shaharda ruslar yashashida ham fikrimizni dalillaymiz. Qolaversa, falsafiy taxlillar ruslarning Skobelov (hozirgi Farg'ona shahri), Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtko'l shahri), Kopal', Seriopol' kabi ko'plab shaharlarini o'zlashtirishi siyosiy mqsadlarni qo'yganligi, ularda rus madaniy markazi, tayanch baza yaratishga intilganligini tasdiqladi. Shu bois jadidlikning tarixga oid tadqiqotlaridagi o'zgacha yondashuvlarga biz qo'shilmaymiz[7]. Zero, rus fuqarolariga turli-tuman imtiyozlar, Turkistonda tadbirkorligida esa soliq va majburiyatlardan ozod etdi. O'zga rus millatiga mansublarga ham moddiy yordam ta'minoti ko'zda tutildi. Bu qullarni iqtisodiy bosh ko'tarishini oldini olishda muhim edi. Chunki odamlar iqtisodiy g'am-tashvishda siyosiy ozodlik haqida tafakkur qilishga imkon bermasdi.

Biz masalani falsafiy taxlilida 1908 yilda fransuz mayori Lyakosta o'lka to'g'risida ma'lumotlarida josuslik maqsadida Farg'ona viloyatidagi "Yosh sartlar" partiyasining milliy-siyosiy Nizomini muhim manba sifatida qo'lga kiritgan. Shu ma'noda taniqli olim R. Shamsutdinovning Turkiston mahalliy aholisini siyosiy uyg'onishidan chor hukumatining tashvishi haqidagi fikrlarini qo'llab quvvatlaymiz[8]. Natijada Farg'ona harbiy gubernatori "Yosh sartlar" tashkiloti bo'yicha hisobotida "... menga ishonib topshirilgan viloyatdagi barcha uezd boshliqlarining ma'lumotlariga ko'ra, o'zining milliy-siyosiy dasturiga ega bo'lgan, o'lkada o'rnatilgan tuzumga

April, 2023

859

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

qarshilik ko'rsata oladigan hech qanday siyosiy kuch mavjud emas", degan yolg'on raport bergan[9]. Chunki, u mavjud vaziyatda o'zining mahalliy xalqi milliy-siyosiy partiyaning siyosiy kurashga tayyorligini inkor qilish ehtiyotsizlik xisoblanishi" o'zga manbada tan olgan[10].

Analogik siyosiy kuch polisiyachi A.Tureskiyning 1913 yil 3 sentyabrdagi ma'lumotiga ko'ra, Buxoroda musulmonlarning "Ittihod" jamiyati islom dini tantanasi uchun axolini ozodlikka va milliy mustaqillikka intilishini bayon etgan. Unda Mulla Qamar ismli madrasa mudarrisi 1913 yilda Turkistonda kechinchalik Buxoro, Samarqand, Kattaqo'rg'on, Qo'qon, Namangan va O'sh shaharlarida muqim jadid a'zolarga yetakchilik qilgan. Tashkilot o'zining shtabi, harakat dasturi, a'zolarning o'z vazifa va milliy-siyosiy, diniy targ'ibot-tashviqot yo'nalishlariga ega bo'lgan. Jumladan, Qo'qonda "Ittihod" jamiyatining bosh targ'ibotchisi qozi mulla Mahmud Eshonxon va Mulla Xolmirzalar esa O'sh shahri bo'limlarida yetakchilik qilgan[11]. Ular taraqqiyparvar kuch sifatida mahalliy aholini o'z maqsad va qarashlari doirasida birlashtirib, mustamlaka tuzumiga qarshi adolatli mustaqil jamiyat sari yetakladilar.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotni olib borishda mantiqiylik, tarixiylik, qiyosiylik, tizimlilik o'zaro aloqadorlik ilmiy tadqiqot tamoyillaridan kelib chiqqan holda qiyosiy tahlil kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.

- Tahlil va natijalar (Analysis and results). Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tengsizlik, zo'ravonliklarga aholining madaniy-ma'naviy qashshoqligiga barham berishni jadid ziyolilari o'zlarining asl burchi, deb bilishdi. Shu sababdan, ular o'lkada qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarishni rivojlartirish uchun kurash boshlash, tijorat va bank tizimida yangi islohotlarni o'tkazish zarurligini ko'rsatdi. Jadid ziyolilaridan biri Rajabzoda Niyoziy aynan mana shu mavzuga oid o'z fikrlarini bildirib, "Olam tijorati ilmidan voqif bo'lmagan zot millio'nlarcha aqcha va sarvatga molik bo'lsa ham ish ko'ra bilmas ojiz bo'lur. Chunki, ilm iqtisod: sarvat aqchaning nechuk hosil bo'lmoqini va sharoit ilan kunda taqsim qilunmak xususlarinda bahs qiladur", deb asoslagan[12].

Chor hukumati o'lka ziyolilarining yetakchiligi, aholining milliy- siyosiy faollashuvidan qo'rqib, o'lka xalqlarini jahon sivilizasiyasidan ajratib qo'yish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy ta'sir, ayniqsa, nashrlarni ta'qiqladilar. Chunki, jahon inqilobiy ozodlik harakati musulmon xalqlarini ham o'z girdobiga tortgan, ozodlik g'oyalari o'lkada xalqlarning ijtimoiy-siyosiy

faollashuvi, milliy istiqlol g'oyalarining shakllanishiga sezilarli

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

ta'sir o'tkazdi. Masalan, 1911 - 1912 yillar Turk publisisti Rafiqbek al-A'zamning risolalari o'zbek tilida jadidlar tomonidan ommaga tarqatilgan. U musulmon dinining sosializm, anarxizm kabi ta'limotlarga, ijtimoiy hayotga munosabat yuzasidan ilg'or fikrlar edi[13].

Boqchasaroyda chop etilgan "Tarjimon", Orenburgning "Vaqt", Qozonning "Yulduz" kabi gazeta va jurnallari Farg'ona jadidlari milliy-siyosiy faoliyatini mukammallashtirgan. Ular taraqqiyparvar jadidlarni dunyo xalqlarining milliy Uyg'onish g'oyalaridan xabardor qilardi. Masalan, Farg'ona tariqqiyparvarlaridan Ishoqxon Junaydulloxon o'g'li Ibrat ham 1883 - 1885 yillarda Qo'qon shahrining Tunqator madrasasida o'qib yurgan chog'laridayoq "Tarjimon" gazetasida milliy istiqlolda ilm olish g'oyasini olga surgan edi[14].

Farg'ona vodiysida jadidlik harakatining o'ziga xos jihat va xususiyatlarni falsafiy taxlili tarixiy jihatlarini quyidagicha xulosalashga imkon beradi:

Birinchidan, jadidchilik harakatining Turkistonda, ayniqsa, Farg'ona vodiysida keng yoyilishiga oid tarixiy va arxiv manbalar faol o'rganilgan, ilmiy muomalaga kiritilgan bo'lsa-da, lekin jadidchilik ma'rifatining milliy ozodlikka mahalliy aholini yetaklashi, ularning ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida shakllanishi tarixiy-falsafiy tadqiq etilmaganligi aniqlandi. Shu ma'noda Farg'ona vodiysi jididchilik harakatining vujudga kelishi, mahalliy axolining mustamlaka zulmi ostida ezilishi, chor hukumatining mustamlaka ostida ijtimoiy-siyosiy harakati milliy-ozodlik mafkurasi vujudga keldi;

Ikkinchidan, XIX asr o'rtalarida jahon mustamlakachilik siyosatining inqirozi, mustamlakalarda xalq ommasining milliy-ozodlik kurashining avj olishi Turkiston xalqlarining milliy istiqlol kurashining rivojlanishiga jiddiy ta'sir o'tkazgan. Mazkur global jarayon ilg'or g'oya va qarashlarga ehtiyojni jahon tamadduniga jadidlar tomonidan uyg'unlashuvi bilan yuz berdi. Jadid harakati jahon milliy ozodlik harakatining mustamlaka istibdodiga qarshi osiyocha ma'rifat, ilm-fanning O'yg'onishi uchun jadidlarning da'vati deb hisoblash mumkin;

Uchinchidan, jadid harakatining taraqqiyoti mustamlaka siyosatining zo'ravonlik va adolatsizlikka qarshi xalq manfaatlari, orzu, intilishlarini himoya qilish uchun o'zbek ziyolilarining milliy g'oyaviy hamkorlik uchun xalqni oyoqlantirishi, ozodlik missiyasi Mustaqil davlat nazariya va amaliyotiga tomon kurashning alohida davri deb xisoblash darkor;

Turkiston jadidchilik harakatining taxlillari asosan harakatning tarixiy bayoni bo'lib, uning ijtimoiy-madaniy jihatlari

ochiq qolganini tasdiqladi. Jamiyatning barcha tarmoqlarini

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

yangilash, keng qamrovli islohotlar tashabbusi harakatning vujudga kelishida, XIX asr oxiri va XX asrning boshlaridagi musulmon va turkiy xalqlarning siyosiy Uyg'onishiga ijtimoiy zamin rolini o'ynadi. Chor Rossiyasi o'lkani zabt etib, o'z siyosiy boshqaruv tizimi o'rnatishi tufayli mazkur harakat unga munosabt hisoblanadi. Shu ma'noda falsafiy taxlillar Farg'ona vodiysida jadidchilik harakatining o'ziga xos va alohida jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkinligini tasdiqladi: birinchidan, paxtachilik siyosati tufayli qishloq xo'jaligining barbod bo'lishi, mahalliy dehqon yer egalarining inqirozi, ikkinchidan, rus sanoat mahsulotlarining o'lkaga kirib kelishi oqibatida milliy an'anaviy hunarmandchilikning nochorlashuvi, uchinchidan, soliq siyosatining mahalliy axolini xonavayron qilishi, to'rtinchidan, o'lkada moliya va iqtisod tizimining to'la ruslarga xizmat qilishi, beshinchidan, mahalliy aholining ijtimoiy erkinligi va tengsizligi, oltinchidan, o'lka aholisini siyosiy qaram va huquqsizlikda ushlab turilishi, yettinchidan, milliy va diniy qadriyat, urf-odat, an'analarning oyoq-osti tahqirlanishi, mustamlakachilik siyosatining og'ir milliy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tufayli yuzaga keldi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda, Chor mustamlakachilariga qarshi kurashda qurol kuchi bilan milliy mustaqillikni ta'minlashdagi harakatini ijobiy natija bilan tugamasligi o'lka jadid ziyolilari ham, mahalliy xalq vakillari ham tushunib yetishgan. Boshqaruvning polisiya va harbiy kuchiga tayangan mustamlakachilikka qarshi kurash ilg'or fikrli jadid ziyolilarini siyosiy tajriba va yetakchi kuch sifatida xalq harakatiga gegemon qatlam sifatida shakllantirdi, omma siyosiy saviyasini shakllantirishda muhim o'rin tutdi.

REFERENCES

1. Тошев Х., Ураков М. XIX аср охири-XX аср бошларида Зарафшон вохаси кишлок хужалигининг хунармандчилиги. -Т.: Фан, 1981. -Б. 18.; Шарипов Р., Мухиддинова Ф. Узбекистан халклари сиёсий- хукукий таълимотлари тарихи (XIX аср охири- XX аср бош)... -Б. 12.

2. Ниёзий Факирлик нимадан хосил булур// Садойи Фаргона. -1914. -10 август.

3. Ниёзий Факирлик нимадан хосил булур// Садойи Фаргона. -1914. -10 август

4. Хужаев У. Турли уринлар// Садойи Туркистон. -1915. -2 феврал.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-857-863

5. Сафаров Г. И. Колональная революсия (опыт Туркестана). -М.: 1921. -С. 34.; Узбекистоннинг янги тарихи. Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. -Т.: Шарк, 1- жилд. 2000. -Б. 320.

6. Ликошин Н. А. Кодекс приличия -Казан: 1911. -64 с.

7. Вохидова К. Исхокхон тура Ибрат -Тошкент. Фан. 2008. -Б.119

8. Шамсуддинов Р. Истиклол йулида шахид кетганлар.-Т.: Шарк, -2001. -Б. 36.

9. УзР МДА, -1- И фонд, 4- руйхат, 1278- иш, 7- варак.

10. Уша жойда.

11. УзР МДА, 461- И фонд, 1- руйхат, 1312- иш, 446- варак.

12. Ниёзий Р. Санои миллийамиз ёхуд фаолияти иктисодий // Садойи Фаргона. -1914. -26 сентябр.

13. Садыков Х. Д. колониальная политика царизма в Туркестане и борьба за национальнаю независимость в начале ХХ века: Автореф. Дис... д.и.н. -Т., 1994. -С. 20.

14. Долимов У. Исхокхон Ибрат... -Б. 11.

15. Мухамеджанова, Л. (2021). XIX асрнинг охири XX аср бошларида жадидчиликни вужудга келиши ва унинг миллий уйгониш харакати сифатидаги мохияти. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, ^1-3).

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.