National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-755-759
MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOVNING AXLOQIY-ESTETIK
QARASHLARI
Muhammadqodir Shokirali o'g'li Umarov
O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa" yo'nalishi 4-bosqich talabasi muhammadqodir2603 @gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-falsafiy goyalarini tahlil qilishda Munavvarqori Abdurashidxonovning milliy ong va milliy gururni kuchaytiruvchi goyalariga to'xtalib o'tilgan. Аyniqsa, uning pedagogik-didaktik asarlari hamda maqolalarida aks etgan millat manaviy qadriyatlari va axloqiy-estetik tasavvurlari borasidagi qarashlariga alohida e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: jadidchilik, pedagog, ma'rifatpar, usuli jadid, axloqiy-estetik
АННОТАЦИЯ
В статье при анализе движения джадидизма и его социально-философских идей рассматриваются идеи Мунавваркори Абдурашидханова об укреплении национального самосознания и национальной гордости. Особое внимание уделяется его взглядам на духовные ценности и нравственно-эстетические воззрения нации, отраженным в его педагогических и дидактических трудах и статьях.
Ключевые слова: модернизм, педагог, просвещение, современный метод, нравственно-эстетический
ABSTRACT
In the analysis of the Jadidism movement and its socio-philosophical ideas, Munavvarqori Abdurashidkhanov's ideas of strengthening national consciousness and national pride are discussed in this article. Particular attention is paid to his views on the spiritual values and moral-aesthetic visions of the nation reflected in his pedagogical and didactic works and articles.
Keywords: modernism, pedagogue, enlightenment, modern method, moral-aesthetic
Mustaqillik munosabati bilan xalqimiz tarixi va ma'naviy jarayonlar rivojini o'zganishga imkoniyat yaratildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda keng quloch yoygan, milliy ozodlik harakatlari rivojida, milliy va ma'naviy madaniyat taraqqiyotida juda katta rol o'ynagan jadidchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy mazmunin yangitdan ko'rib chiqish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Tarixdan ma'lumki asrimiz
April, 2023
755
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-755-759
boshlarida keng quloch yoygan jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-falsafiy g'oyalarini reaksion va millatchilikda ayblash odat tusiga kirgan edi. Mustaqillik qaror topishi bilan Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdulla Avloniy kabi jadidlarga munosabat tubdan o'zgardi. Qator ilmiy maqolalar va yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. Ular orasida E.Karimov, B.Qosimov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, Sh.Rizayev kabi olimlarning tadqiqotlari bunga misol bo'la oladi.
So'ngi yillarda ham jadidchilik harakatini o'rganishga bo'lgan qiziqish rivolanib bormoqda. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 20-yanvardagi Oliy majlis qonunchilik palatasi va Senatiga qilgan murojatida jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerakligi hamda bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topishimizni alohida ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, 2020-yil 30-sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini mukofotlash to'g'risida"gi farmoniga binoan, Vatanimiz tarixining g'oyat murakkab davrida - XX asr boshlarida o'zining ma'rifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta'lim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta'minlashga qo'shgan beqiyos hissasini inobatga olib, quyidagi ma'rifatparvarlar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi:
Abdulla Avloniy (marhum) - ma'rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi; Mahmudxo'ja Behbudiy (marhum) - Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim;
Munavvar qori Abdurashidxonov (marhum) - atoqli ma'rifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi.
Xalqimiz tarixining g'oyat murakkab bir davrida yashab, faoliyat olib borgan Munavvarqori Abdurashidxonov Turkiston jadidlari orasida millat otasi hisoblangan. U dunyoga kelgan paytda Turkiston istibdod iskanjasida edi. Aynan shu davrda mamlakat mustamlakachilik natijasida siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy tanazzulga yuz tutgan edi. Buning natijasida aholi orasida ilmsizlik, ma'naviy qashshoqlik jarayoni avj olgandi. Mustamlakachilik mahalliy xalqni eng oddiy huquqlardan ham mahrum qilib, jaholatda tutib kelishiga intilardi. Munavvarqori yetib, oq-qorani taniy boshlaganda, u fojianing sababi xalqning savodsizligi, ma'rifatsizligi, deb bildi. U Toshkent ma'rifatparvarlari orasida "usuli jadid" maktablari mohiyati va ahamiyatini to'g'ri tushunib,
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-755-759
uni mahalliy millat bolalari hayotiga olib kirishga harakat qilganlardan biri edi.
Bizga ma'lumki bu davrda mavjud rus tuzem maktablari ham milliy tarbiya tizimiga zid bo'lib, o'lkani zimdan ruslashtirishga qaratilgan edi. Tobora rus-tuzem maktablari ko'payib, eski maktab va madrasalar saqlanib qolsa, yoki "usuli jadidlar"ga yo'l berilmasa bora-bora millatni o'zligi yo'q bo'lib ketishi tabiiy holga aylanardi.
Jadidchi ma'rifatparlarning fikricha, Vatan va millat taraqqiysi uchun nainki zamonaviy bilimlarni, balki kelar zamon ilmini ham egallash taqozo etilar edi. Mahmudxo'ja Behbudiyning: "Ey musulmonlar! Bolalaring'izga kelar zamon ilmini o'rgatingiz! Zeroki, alarni Xudoi taolo xalq etdi, sizlarning zamoningizdan boshqa, ya'ni kelar zamon uchun", degan so'zlari buning isbotidir. Shuningdek, Munavvarqorining ,,Taraqqiy" gazetasining 1- va 2-sonlarida chop etilgan "Bizning jaholat - jahli murakkab" maqolasida o'qitishning eski usuli zamon talablariga javob bermasligi aytiladi. Ushbu maqolada johil bo'lishiga qaramay, o'zini bilimdon ko'rsatishga intiluvchi mudarrislar keskin tanqid qilinadi. O'qitish usulini isloh etish hayotiy ehtiyoj ekani masalasi ko'tariladi: "Har millatni maktab va madrasasi o'ldig'i kabi bizni ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul bo'lsa ham, yo'q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiyat va ta'limi ulimda ko'rsatgan himmat va ga'yrati kabi bizlarda ham o'z ma'sum avlodlarini jaholat va g'aflat zulmatida qolmog'iga hech bir rizolari o'lmay, qo'llaridin kelganicha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko'rsatmakchi zotlar mavjuddir
Mavjud murakkab ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muhitda Munavvarqori milliy ong va milliy g'ururni kuchaytiruvchi, yoshlarning ko'zini ochib dunyoni ko'rishga rag'batlantiruvchi "usuli savtiya" maktablarini ochishga bel bog'laydi. Ana shu maqsadda Munavvarqori 1901-yilda "usuli savtiya" maktabini ochadi. Munavvarqori „Туркестанские ведемости" muhbiri G.Andreev bilan muloqotida bu maktabdan ko'zlangan muddao quyidagicha ekanini aytgan edi: "...madraslarda yillar davomida o'qitiladiganlarni tez, oson va yengil olib boradigan yaxshi yo'lni toppish haqidagi fikrga keldim. Men yangi qo'llanmali, fundamental zamonaviy pedagogika asosida kichik maktab va madrasarni tashkil etishni xohlardim" deydi.
Yangi usuldagi maktablar faoliyatini yo'lga qo'yish uchun unda o'qitiladigan darslarning qanday fanlarda bo'lishini, shu maqsadga mos darsliklar zarur edi. Buni yaxshi anglagan Munavvarqori madrasada olib borilayotgan faqat diniy mazmundagi darslardan mutlaqo qoniqmaydi. U usuli jadid maktablarini tashkil etib, ularda ko'proq ijtimoy fanlarni o'qitishga e'tiborini qaratish
lozimligi maqsadini ilgari surdi va buning uchun qat'iy kurash
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-755-759
olib bordi. Mustamlakachi ma'murlar maktablar faoliyatini qattiq nazoratga ol adilar hamda "usuli jadid" maktablarda o'qitiladigan darslar ular qo'ygan talablarga javob berishi lozim edi. "Usuli jadid" maktablarida rus tilini o'qitish, o'quv dasturi va darsliklar nomlarini taqdim etish shart qilib qo'yiladi. Bu cheklashlarga qaramay Munavvarqori 1907 yilda "Adibi avval" darsligi keyinroq esa "Adibi soniy" kitoblarini nashr ettiradi. Bu darslik-majmualar uning adib sifatida ham katta iste'dod egasi ekanligini ko'rsatadi. Ulardagi hikoyalar mavzu jihatdan rang-barang bo'lib, ko'pchiligi tarixiy mavzudaligi bilan ham diqqatini tortadi. Bu hikoyalar tarbiyaviy -ma'rifiy ahamiyati jihatidan beqiyosdir.
Munavvarqorining ma'rifatparvarlik faoliyati faqat maktab ochish, darslik yozish va bolalarni chet elda, Rusiya shaharlariga yuborib o'qitish rejalarini tuzish bilan cheklanmaydi. U adib va olim sifatida badiiy hamda ilmiy-pedegogik asarlar yaratdi. 1907-yili Munavarqorining "Adibi avval", "Adibi soniy", "Yer yuzi", "Havoyiji diniya" kitoblari chop etiladi. Ularda Munavvarqorining ijtimoiy-falsafiy va axloqiy-estetik qarashlari o'z in'ikosini topgan. Millat ma'naviy qadriyatlari, axloqiy-estetik tasavvurlarini sofligi va istiqbolini o'ylash Munavvarqorini maqolalarida ham o'z ifodasini topgan. U "Nikoh to'g'risida"gi maqolasida millat an'analaridagi ayrim bid'at va taraqqiyotiga to'siq bo'ladigan jihatlarning ijtimoiy-ma'naviy ildizlarini ochib berishga intiladi. Ushbu maqolada millat va shariatga mos tushmaydigan xunuk odatlar, taraqqiyot va istiqbolga kushanda bo'lgan ko'nikmalarni qoralaydi. Millat hayotidagi haqiqiy axloqiy-estetik qadriyatlarga mos kelmaydigan bid'atlarni asosiy sababi ma'rifatdan uzoqlik ekanligini ta'kidlaydi.
SHuninhgdek, uning axloqiy-estetik qarashlari "Bizda jamiyat", "Tug'ishganlik sevgisi", "Dev pechak", "Qullikka qanday tushdi?" singari hikoyalarida, turli she'rlarida o'z ifodasini topgan.
Ayniqsa, Ismoil Gasprinskiy boshchiligidagi Boqchasaroyda nashr etilgan "Tarjimon" jurnali, Tataristonda bosilgan "Vaqt", "Yulduz", Istanbulda chop etilgan "Siroti mustaqim" majallasi hamda misrlik inqilobchi Muhammad Abduhning (18491905) islom mamlakatlarida keng tarqalgan dunyoviy ta'limot, qarashlari Munavvarqorining ma'rifatparvarlik bilan yo'g'rilgan estetik tafakkurining shakllanishida muhim rol oynadi.
"Yalqovlik yovumizdir" she'rida esa Munavvarqori insonni hayotda tutgan o'rni va ahamiyatini avvalo o'z Vatanini go'zallashtirish uchun kishi o'zini mehnatdan olib qochmasligi, aksincha, mehnatga muhabbat qo'yishi, yalqovlikni tashlab, nodonlikdan qutulish uchun mehnat qilish kerakligini
uqtiradi.
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-755-759
Uning bevosita axloqiy mavzudagi "Har kim ekkanini o'rar" she'ri ajralib turadi. Unda o'zbekona tarbiya vositasi orqali ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatni insonni tarbiyalovchi va uni ulug'lovchi tomonga burib yuboradi. Snuni alohida ta'kidlash lozim, Toshkent jadidlari orasida "ustozi kalon" darajasini olgan Munavvarqori ma'rifatparvarlik g'oyalarini ma'rifiy, badiiy-estetik yo'sinda ommalashtirgan buyuk madaniyatshunos allomalardan biri edi.
Xulosa qilib aytganda, Munavvarqorining butun faoliyati millat ma'naviyatini ko'tarishga qaratilgan edi. Uning maktablar ochishi, darsliklar nashr etishi kabi sa'yi harakatlari zamirida millat ma'naviyati istiqboli turardi.
REFERENCES
1. https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=o%E2%80%98zbekiston prezidenti ma%E2%80% 99rifatparvar_iadidchilik_harakati_namoyandalarini_buyuk_xizmatlari_uchun_ordeni_bilan
mukofotladi-4dc TOSHKENT, 30 sentyabr. /«Dunyo» AA/.
2. Jadidizmning va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. - T.: Davr Press, 2006. -116-bet
3. Munavarqori Abdurashidxonov. Xotiralarimda (jadidchilik tarixidan lavhalar) - T.: ,,Sharq" nashriyoti, 2001. - 128-bet
4. Nurboy Jabborov: ,,Munavvar Qori va milliy ma'rifat". Munavvar qori Abdurashidxonov Turkiston taraqqiyparvarlarining sardori. ,,Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-pedagogik merosi hamda o'zbekistonda ta'lim tizimini yangilash va rivojlantirish muammolari" mavzudagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - T.: Toshkent, ,,Mumtoz so'z", 2018. 158.bet.
5. Jadidizmning va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. - T.: Davr Press, 2006.128-bet
6. "Munavvar Qori Abdurashidxonov va uning pedagogik maktabi tarixidan ". Munavvar qori Abdurashidxonov Turkiston taraqqiyparvarlarining sardori. „Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-pedagogik merosi hamda o'zbekistonda ta'lim tizimini yangilash va rivojlantirish muammolari" mavzudagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - T.: Toshkent, "Mumtoz so'z", 2018.158- bet.
7. Мухамеджанова, Л. (2021). XIX асрнинг охири XX аср бошларида жадидчиликни вужудга келиши ва унинг миллий уйгониш хдракати сифатидаги мохдяти. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, (SI-3).
8. Г. М. Шадиметова (2022). Узбек халци байрамларининг эстетик тамойиллари. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 574-577. Г. М. Шадиметова (2022). Узбек халци байрамларининг эстетик тамойиллари. Academic research in educational sciences, 3 (NUU
Conference 2), 574-577.
April, 2023