Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MA’RIFIY MASALALARNING AKS ETISHI'

ABDULLA AVLONIY PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MA’RIFIY MASALALARNING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
605
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / ta’lim-tarbiya / ma’rifatparvarlik / jadidchilik / yangi usul maktablari / gazeta / jurnal / “Xayriya jamiyat” / “Turon” teatr truppasi. / Pedagogy / education / enlightenment / modernism / new method schools / newspaper / magazine / “Xayriya jamiyat” / "Turon" theater troupe.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xomidova, Gulzebo Rayimboy Qizi

Ushbu maqola atoqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlikning o’rni, shuningdek, uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida keltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta’lim-tarbiyaning millat ma’naviyati, ma’rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni ma’naviyatli, ma’rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF EDUCATIONAL ISSUES IN THE PEDAGOGICAL ACTIVITY OF ABDULLA AVLONI

This article describes the role of enlightenment in the social activities and social views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and educational education presented in his work “Turkiy Guliston yoxud axloq” education and education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual, enlightened, and perfect.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MA’RIFIY MASALALARNING AKS ETISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ABDULLA AVLONIY PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MA'RIFIY MASALALARNING AKS ETISHI

Xomidova Gulzebo Rayimboy qizi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi

Ushbu maqola atoqli ma 'rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma'rifatparvarlikning o'rni, shuningdek, uning "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida keltirilgan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta'lim-tarbiyaning millat ma'naviyati, ma'rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni ma'naviyatli, ma'rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, ta'lim-tarbiya, ma'rifatparvarlik, jadidchilik, yangi usul maktablari, gazeta, jurnal, "Xayriyajamiyat", "Turon" teatr truppasi.

REFLECTION OF EDUCATIONAL ISSUES IN THE PEDAGOGICAL ACTIVITY OF ABDULLA AVLONI

Khomidova Gulzebo Rayimboy kizi

Teacher of native language and literature at the 19th general secondary school of Khatirchi district, Navoi region

This article describes the role of enlightenment in the social activities and social views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and educational education presented in his work "Turkiy Guliston yoxud axloq " education and education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual, enlightened, and perfect.

Keywords: Pedagogy, education, enlightenment, modernism, new method schools, newspaper, magazine, "Xayriya jamiyat", "Turon" theater troupe.

ОТРАЖЕНИЕ ВОПРОСОВ ОБРАЗОВАНИЯ В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

Учитель родного языка и литературы 19-й общеобразовательной школы

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ Хомидова Гулзебо Райимбой кизи

Хатырчинского района Навоийской области

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается роль просвещения в общественной деятельности и общественных взглядах известного писателя-просвещенца Абдуллы Авлони, а также его взгляды на духовно-просветительское воспитание, изложенные в его труде "Туркий Гулистон ёхуд ахлок", воспитание и образование в нации. Она будет посвящена краткому анализу таких вопросов, как важность воспитания духовности и просвещения, воспитания будущего поколения, нации духовными, просвещенными и совершенными.

Ключевые слова: педагогика, образование, просвещение, модернизм, новометодные школы, газета, журнал, «Хайрия жамият», труппа театра «Турон».

Yer yuzida barcha o'lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o'zgartirib yuboradigan jamiki ulug' kashfiyot va ixtirolar, mumtoz san'at va adabiyot durdonalari odamzotning aql-tafakkuri mahsulidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan "Turkiy "Guliston" yoxud axloq" asari sharqona tarbiyaning noyob qo'llanmasi sifatida bugungi kunda ham o'zining qadri va ahamiyatini yo'qotgan emas.

Hozirgi kunda ushbu mavzu dolzarbligi haqida gapirsak, jadidlarning yetuk vakili Ismoilbek va uning davridagi jadidichilarning ma'rifatparvarlik g'oyalari haqidagi ma'lumotlar bilish, bugungi kunda ma'naviy hayotimizdagi qadr-qiymatini bilish uning ilmiy merosini asrashdek vazifalarni oldimizga qo'yadi. Ma'lumki, jadidchilik eng avvalo ma'rifatparvarlik harakati sifatida paydo bo'lgani uchun jadidlar o'z faoliyatlarini maktablar ochish, darsliklar yozish va matbuot nashrlarini chiqarish bilan boshladilar. Jadidlarning til, yozuv va imlo bilan bog'liq qarashlari ularning ana shu amaliy harakatlarida ham aks etgan edi. Bu xalqimizni ma'rifatli qilishga bo'lgan urunishlar edi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ma'rifatchilik tarixini o'rganishga keng yo'l ochib berildi. Ko'plab ilm ahli nomlari oqlandi va ularning ijodini ask etiruvchi asarlar chiqa boshladi. Bularning ichida Abdulla Avloniyningning ma'rifatparvarlik falsafasi alohida o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abdulla Avloniy shoir, yozuvchi, dramaturg, ammo pedagogika uning hayotidagi muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatning ilk bosqichidan to umrining so'nggi damlarigacha o'qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan mustaqil shug'ullandi, darsliklar yaratdi. XX-asr zamonaviy o'zbek pedagogikasining asoschisi, o'zbek tili va adabiyoti o'qitish metodikasi fanining tamal toshini qo'ygan mutafakkiridir.

1904-yilda Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida eski maktablardan farq qiluvchi usuli jadid maktabi ochdi va o'zi mudirlik hamda o'qituvchilik qildi. Shu vaqtdan uning pedagogik faoliyati boshlandi, maktabning dovrug'i Toshkentning uzoq chekkalariga ham tez tarqaldi. Ushbu maktabning birinchi o'quvchilaridan, uzoq yillar Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti) pedagogika kafedrasiga mudirlik qilgan, marhum pedagog olim Yusuf Tohiriy mazkur maktab va uning o'qituvchisi A.Avloniy haqida quyidagi xotiralarini yozib qoldirgan edi: "Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo'l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug'i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o'qish-yozishni o'rgatarmish, jo'g'rofiya, hisob, tabiatni o'rganish degan darslar o'qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to'rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nimqorong'u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug'lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg'ir ham tushib turardi. Lekin xonada o'quvchilar va o'qimoq uchun kelganlar soni ko'p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho'qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O'qishga qabul qilindik. Ko'p o'tmay ko'z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to'la ishonch hosil qildik. Maktab o'quvchilari o'qish yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor bo'lishlari, juda ko'p she'r va hikoyalarni yod bilishlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to'ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi». A.Avloniy birinchilardan bo'lib ushbu maktabiga rus tilini o'quv predmeti sifatida kiritdi. Bunday usuli jadid maktablari xalq o'rtasida qanchalik shuhrat qozonmasin, mustamlakachi ma'murlarning katta qarshiliklariga duch keldi. Chunki ularning bu

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

faoliyati chinakam fidoyilik edi. Hukumat mahalliy maktablarni va muallimlarini iqtisodiy taminlamagani yetmaganday, o'qituvchilari, o'qitadigan darslik va kitoblari, hatto o'quvchilarigacha qattiq nazorat ostiga olgan edi. Abdulla Avloniy nomidagi Xalq Ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy institutidagi A.Avloniy memorial muzeyida Sirdaryo viloyat xalq o'quv yurtlari inspektorining A.Avloniy nomiga yozgan so'rovnomasi saqlanadi. Mazkur hujjat rus tilida bolib, tarjimasi shunday:

"Toshkentning ruslar qismidayashovchi Mulla Abdulla Avlonovga"

1914-yil 26-fevraldagi arizangizga qo'shimcha yozma ravishda quyidagilarni talab qilaman: Siz ochgan maktabda darslar qaysi darslik va dastur asosida olib boriladi? Darsliklar mualliflarining familiyalari kimlar? Darsliklar qachon va qayerda nashrdan chiqqan?

Sirdaryo viloyat xalq o^quv yurtlari inspektori: [imzo].

Bunday ta'qib va tazyiqlar natijasida Avloniyning Mirobodda ochgan maktabi 1908- yilda yopib qo'yildi. 1909-yilda u ikkinchi marta Degrez mahallasida maktab ochdi. Usuli jadid maktablari ochish, ularni xalq o'rtasida targ'ib-tashviq qilish bilan ish bitmas edi. Ularda yangicha o'qitish usullaridan kelib chiqqan holda tuzilgan yangi darsliklar, o'quv jihozlari suv bilan hovodek zarur edi. Usuli savtiya metodi asosida yaratilgan alifbo darsliklari, o'qish kitoblari, majmualar, turli fanlar bo'yicha darsliklar yo'q darajada edi. Jadid pedagoglaridan Hoji Muyin Shukrullayevning quyidagi so'zlari zamirida katta haqiqat yotar edi: "1901-yildan e'tiboran Qoqon va Toshkentda, 1903-yildan Samarqandda yangi maktablar ochila boshladi. Bu maktablar Turkistonning katta shaharlarida son jihatidan (taqlidiy suratda) bir daraja ko'paygan bolsa ham 4-5 yildan keyin yana kamayib, faqat ba'zi tuzuklari davom etdi. Buning bir sababi kitobsizlik bo'lsa, boshqa sababi o'qituvchilarning usuli ta'limdan xabarsizliklari edi».

Darsliklar yaratish, ularni nashrdan chiqarish ishlari katta bilim, malaka hamda mablag' talab qilar edi. Shuning uchun ham Toshkentda Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li, Samarqandda Mahmudxo'ja Behbudiy, Buxoroda Abdulvohid Munzim, Shamidxo'ja Mehriy, Sadriddin Ayniy, Qo'qonda Hamza Hakimzoda, Ashirali Zohiriylar o'lkada faoliyat ko'rsatgan dastlabki xayriya jamiyati va shirkatlarining asoschilari edilar. A.Avloniy 1909-yilda "Xayriya jamiyat"ini ochdi. Bu jamiyat Turkiston o'lkasida ochilgan birinchi rasmiy jamiyat edi. Bu haqda Orenburgda chiqadigan "Vaqt" hamda "Sadoyi Turkiston" gazetalarida xabar bosilgan. Jamiyatning 1909-yil 12 mayda rasmiy ro'yxatdan o'tkazganligi haqidagi Nizomda uning faoliyat doirasi aniq belgilangan. Unda yoshlarni o'qitish, iqtidorli yoshlarni taraqqiyot etgan chet el oliy o'quv yurtlariga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

yuborish, ularni stipendiya bilan ta'minlash, yangi ochilayotgan maktablar uchun darsliklar nashr etish, kambag'al bolalarni bepul o'qitish va o'quv qurollari bilan ta'minlash kabi 41 moddadan iborat masalalar mavjud edi. Ushbu jamiyat qoshida "Turkiston kutubxonasi" shirkati tashkil etiladi. Shirkat o'z oldiga maktablar uchun darsliklar nashr etish, Rusiyaning turli o'lkalarida nashr etilgan darsliklarni sotib olish va Turkiston maktablariga arzon narxlarda tarqatish maqsadini qo'ygan edi. Turkiston o'lkasida yaratilgan deyarli hamma darsliklar "Turkiston kutubxonasi"da bosmadan chiqqan. Bunday darsliklar oxirida muallifi, narxi va qayerdan sotib olish manzili berilar edi. Masalan, Muhammad Rasul Rasuliyning "Bolalar bog'chasi" darsligi oxirida shunday eTonni o'qiymiz:

"Ibtidoiy maktablarning birinchi sinf shogirdlari uchun turli kitoblardan olinub, ochiq til va yengil tarkiblar ila yozilish qiroat kitobidur" Nashiri "Turkiston kutubxonasi"

Murojaat uchun adres: Eski Toshkand "Turkiston kutubxonasi".

Xayriya jamiyati o'lkadagi barcha hur fikrli ziyoli yoshlarni, boylarni o'z atrofiga birlashtirdi. Abdulla Avloniy usuli jadid maktablarini darsliklar bilan ta'minlash ishiga alohida e'tibor berdi. 1905-1917-yillar orasida o'nga yaqin darslik va qo'llanmalar yaratdi. Ushbu alifbo darsligi ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi alifbo qismida harflar tanitiladi, ularning so'z o'rniga qarab oladigan shakllari o'rgatiladi. O'qitishni soddaroq shaklga ega bo'lgan harflardan boshlaydi, ya'ni darslar soddadan murakkabga o'tib boradi. A.Avloniy darslik tuzishda ham, dars berish jarayonida ham didaktik prinsiplarga to'la amal qildi. Darslikning alifbo qismi olti oyga mo'ljallangan. Ushbu qismda o'qish bilan parallel yozishga ham o'rgatib boriladi. Darslikning ikkinchi qismi bolalarbop pand-nasihatlar, ta'limiy-tarbiyaviy xarakterdagi kichik-kichik hikoyalar, she'riy manzumalardan tashkil topgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o'zbek teatri tashkilotchilaridan edi. U 1913-yilda "Turon" teatr truppasini tashkil qildi, ko'plab dramatik asarlar yaratdi, ularni rejisor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyatni o'z maktabida xor, ifodali o'qish hamda musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. U o'quvchilarning xor bo'lib o'qishlariga, timsollarga bo'lib o'qishlariga ham dirijordek, ham rejisordek rahbarlik qildi.

Xulosa qilib aytganda, A.Avloniy XX-asr tongida maktablarda birinchi bo'lib texnik vositalardan foydalanib, ifodali o'qishning yangi turlarini yaratdi. "Turkiy guliston yohud ahloq" asari muallifi A. Avloniyning o'zi:"«Men bu asarimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta'lim bermak ila barobar ulug' adabiyot, axloq havaskorlarining anzori oliylarig'a taqdim qildim", deb ta'kidlaganidek, asar 1900 yillardan boshlab xalq o'rtasida ancha katta shuhrat qozona boshlagan "usuli jadid"

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

makatablarining yuqori sinflari o'quvchilari uchun darslik sifatida yaratilgan edi. Ammo asar darslikdan ko'ra pedagogika faninnig ham nazariy, ham amaliy masalalarini yorituvchi ilmiy asar sifatida namoyon bo'ldi. XX asr boshlarida pedagogikaning nazariy va amaliy masalalariga bag'ishlangan asarlari yaratilgan: Fitratning "Najot yo'li" ("Rahbari najot"), Hamzaning "Qiroat kitobi" asarlari shular jumlasidandir, ammo A.Avloniy asari ushbu sohada yozilgan birinchi asardir. Mutafakkirlar mazkur asarlarini "usuli jadid" maktablarining yuqori sinf o'quvchilariga darslik sifatida yaratgan ekanlar, bu maktablarni bitirib chiquvchi va o'zlari ham "usuli jadid" maktablarida o'qituvchi bo'lib ishlovchi yosh o'quvchilarni tayyorlash, pedagogika faninnig o'ziga xos nozik tomonlari bilan ularni oshno qilishni ko'zda tutganlar. Chunki XX asr boshlarida ham o'qituvchilar tayyorlaydigan birorta na oliy va na o'rta maxsus bilim yurti yo'q edi. Rus-tuzem maktablari uchun o'qituvchi kadrlar tayyorlaydigan Toshkent o'qituvchilar seminariyasining tub maqsadlari ma'lum edi. Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li, Abdulla Avldoniy, Ishoqxon Ibrat, Siddiqqiy Ajziy, Abduqodir Shakuriy maktablarini bitirib chiqqan va o'qituvchilikka muhabbat qo'ygan ko'pi yoshlar ketma-ket ochilayotgan "usuli jadid" maktablarida ustozlari rahbarligida o'qituvchi bo'lib ishlaganlar. Qayum Ramazon, Shoarasul Zunnun, aka-uka Sobirjon va Shokirjon Rahimiy, Ismatulla Rahmatullayevlar shular jumlasidandir.

A.Avloniy talim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo'lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o'rinda o'qituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o'quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o'quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo'lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo'lishga o'rgatadi. Jadidchilik harakati namoyandalari g'arbiy Yevropa ma'rifatparvarlari kabi ilm-ma'rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko'tardilar, taraqqiyotga to'g'anoq bo'layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o'zbek ma'rifatparvarlarining Yevropa ma'rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g'oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma 'qul emas edilar. Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug'lanishi bevosita insonni ulug'lash bilan uzviy bog'lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug' qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm--

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ma'rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana A.Avloniyning aqlga bergan ta'rifi: "Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so'z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollahu alayhi vassalam afandimiz: "Ey insonlar! Aqlingizga tavoze' qilingiz. Siz janobi haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz", demishlar" A.Avloniy aql, ilm, tajriba bilan kamol topadi deydi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga etuvchi ulug' ne'matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi foniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o'rtasiga to'siq qo'ymaydi, aksincha, diniy kishi bo'lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fonniy ilmlarni o'rganish zarurligini ta'kidlaydi. Muallif fikricha, har bir millatning taraqqiy va toleysi yoshlarning ilm va ma'rifatiga, hunar va san'atiga bog'liqdir. "Ammo bizdagi "Ajabo Qur'onimiz, Payg'ambarimiz o'qingiz, deb amr qilg'on holda, bizlar na uchun harakat qilmaymiz, boshqa millatlarnnig o'g'ullari qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay ilm yo'lida jonlarini fido qilub, qovushub, yugurushib, ko'zlarimizni qamashdurib turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan g'aflatdan, jaholatdan boshimizni ko'tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payg'ambarimiz: "Olim bo'l, ilm talab qiluvchi bo'l, yoki ilmni eshituvchi bo'l, hech bo'lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo'l, beshinchisi bo'lma, halok bo'lursan, -demadilarmu?", deydi alloma. Bundan ham kattaroq to'siq mustamlakachi ma'murlar bo'lib, o'lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o'zgarishlarga, "usuli jadid" maktablarining xalq ma'naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko'rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan ustamonlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o'quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma'rifat nuridan bahramand qilishni mustamlaka ma'murlari xayollariga ham keltirmas edilar. XIX asrnnig 90-yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o'qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S.M.Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat "Книга для чтения" ("O'qish kitob") asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug'lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta'rif-tavsif etuvchi o'nlab nazmiy va nasriy matnlar berilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy, badiiy asarlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asarida "Vatanni suymak" degan bobida Vatan tuproqi muqaddas. Unda ajdodlarimizning xokilari bor, unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to'la-to'kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, xalq maorifini tubdan isloh qilish, darsliklar, o'quv qo'llanmalari yaratish, Abdulla Avloniynig oktabr to'ntarishigacha bo'lgan faoliyatinnig asosini belgilaydi. U 1917 yil avgustda Qozonda Butunrossiya musulmon muallimlarining II Qurultoyida ishtirok etdi, shu yili Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li bilan "O'qituvchilar jamiyati"ni tuzdi. Maqsad iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o'quv yurtlariga yuborish va kelgusida o'lkada ochilajak oliy o'quv yurti uchun milliy mutaxassislar tayyorlash edi. Avloniy sho'rolar hukumatiga katta umid bog'ladi, ammo bu hukumat dastlabki kunlardan boshlab munofiqona siyosat olib bordi, uning bunday shovinistik, mustamlakachilik siyosatiga bo'lgan munosabati "Afg'on sayohati" ocherklarida o'z ifodasini topdi. A.Avloniy 1920 yillarda o'qituvchilik faoliyatini davom ettirdi. 1930 yildan САГУ (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da pedagogika fakultetining o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori va mudiri lavozimida ishladi. Avloniyning mаktаb dаrsliklаri suhbаt usuli bi^ bolаlаrning nutqini uyushtirishdа, bаdiiy so'zlаshuvgа o'rgаtishdа kаttа ^rayat kаsb etаdi. 7-sinflаr uchun yarаtgаn хrestomаtiyasidа M.Gorkiy, V.Mаyakovskiy, G'.G'ulom, H.Olimjon, Oybek, K.Yashin, Uyg'un аsаrlаrini birinchi bor mаktаb dаrsliklаrigа kiritаdi hаmdа u^ning hаyoti vа ijodi hаqidа mа'lumot berаdi. Avloniy butun ongli fаoliyatini хаlq mаorifigа bаg'isЫаdi. Ko'rib chiqqonimizdek, Abdullа Avloniy o'zbek аdаbiyotining yorqin siymolаridаn biri sifаtidа o'z dаvridа qizg'in fаoliyat olib borgon.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston , 2017. - b.28.

3. Boboxonov A., Maxsumov M. Abdulla Avloniy. Pedagogik faoliyati. T., 1996.

4. Raxmonov M. O'zbek teatri tarixi. T., 1968 y.

5. Qosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979. Qosimov B. Inqilobiy she'riyat sahifalari. T., 1977.

6. Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. 1-jild T., 1998 yil., Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. 2-jild T., 2006 yil

7. Baldauf I. Jadidism in Central Asia within Reformism and Modernism in the Muslim World // Die Welt des Islams.-2000.-№ 1 (41).-C. 72-88

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

8. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

9. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

10. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

11. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тдрдккиёти хдкиддги кДрДшлдрида ЖАМИЯТ

ТАХЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

12. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КДРДШЛДРИДА "ТДДССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АХАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

13. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КДРДШЛДРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

14. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.