Научная статья на тему 'JADIDCHILAR -MA'RIFAT DARG'ALARI'

JADIDCHILAR -MA'RIFAT DARG'ALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2911
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
jadid / ma’rifat / usuli jadid / milliy ko’tarilish / matbuot / muxtoriyat / milliy g’oya / “Behbudiya” / “To’ron / ”ibratxona / “Munozora”. / джадиды / просвещение / методы джадидов / национальное восстание / пресса / автономия / национальная идея / “Бехбудия” / “Турон” / образец для подражания / “Мунозара”

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yaxiyoyeva Gulchexra

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish – jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g’oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo’llarini izlaganlar. Ushbu maqolada yuqorida muallif tomonidan qayd etilgan fikrlar xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ДЖАДИДЫШКОЛЫ ПРОСВЕЩЕНИЯ

В конце XIX – начале ХХ века среди народов Средней Азии, Кавказа и Средней Сибири в качестве национального, культурнопросветительского возрождения стало зарождаться движение джадидов. Туркестанские джадиды выдвигали гипотезу освобождения народа от отсталости и религиозных суеверий, реформирования принципов шариата, распространение просвещения среди народа, достижения национальной автономии. Джадиды искали пути обновления и подъема общества посредством национального единства, духовно-просветительских реформ. В данной статье обсуждаются вышеупомянутые автором идеи.

Текст научной работы на тему «JADIDCHILAR -MA'RIFAT DARG'ALARI»

JADIDCHILAR -MA'RIFAT DARG'ALARI Yaxiyoyeva Gulchexra

Boshlangich talim yo'nalshi 3-bosqich talabasi Toshkent Shahar Youdju texnika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7109381 Annotatsiya: XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O'rta Osiyo, Kavkaz, O'rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma'rifiy tiklanish -jadidchilik harakati sifatida namoyon bo'ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma'rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g'oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma'naviy-ma'rifiy isloxotlar bilanjamiyatniyangilash, yuksaltirishyo'llarini izlaganlar. Ushbu maqoladayuqorida muallif tomonidan qayd etilgan fikrlar xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: jadid, ma'rifat, usuli jadid, milliy ko'tarilish, matbuot, muxtoriyat, milliy g'oya, "Behbudiya", "To'ron,"ibratxona, "Munozora".

ДЖАДИДЫ- ШКОЛЫ ПРОСВЕЩЕНИЯ Аннотация: В конце XIX - начале ХХ века среди народов Средней Азии, Кавказа и Средней Сибири в качестве национального, культурнопросветительского возрождения стало зарождаться движение джадидов. Туркестанские джадиды выдвигали гипотезу освобождения народа от отсталости и религиозных суеверий, реформирования принципов шариата, распространение просвещения среди народа, достижения национальной автономии. Джадиды искали пути обновления и подъема общества посредством национального единства, духовно-просветительских реформ. В данной статье обсуждаются вышеупомянутые автором идеи.

Ключевые слова: джадиды, просвещение, методы джадидов, национальное восстание, пресса, автономия, национальная идея, "Бехбудия", "Турон", образец для подражания, "Мунозара"

JADID'S - SCHOOLS OF ENLIGHTENMENT Abstract: In the late 19th and early 20th centuries, the national, cultural and enlightenment revival between the people of Central Asia, the Caucasus and Central Siberia, which was a Russian colony, appeared as a motion. Turkistan Jadids are committed to the liberation of the people from backwardness and religious prejudice, reforming the principles of Shari'a, promoting the nation and achieving national autonomy. Jadids seeked for the ways to renew and uplift the society through national unity, spiritual and enlightenment reforms. This article discusses the mentioned ideas of the author.

Keywords: jadid, enlightenment, jadid, national revival, press, autonomy, national idea, "Behbudiya", "Turan", Temple, "Discussion". KIRISH

"Jadid" atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton Salim III hukmronligi (1739-1802) davrida paydo bo'ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib afandi shohga yozgan bildirishnomalarida u yerda ko'rgan idora tizimini "Nizomi jadid" deb tushuntiradi. 1789 yilgi Fransuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa "Fransiya nizomi jadidi" deyila boshlandi. Shu yillari "Nizomi jadid" tor ma'noda askariy tizimni yevropalashtirishni, keng ma'noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo'jaligini zamonaviylashtirishni ko'zda tutar edi. Demak, jadid atamasi yangilik tarafdorlarini, yangilik g'oyalarini ifoda etuvchi tushuncha sifatida qo'llanilgan. XIX asrning oxirlarida dunyo tamaddunida bo'layotgan ulkan madaniy -ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy

o'zgarishlar, yangi munosobatlar u yoki bu tarzda sekinlik bilan bo'lsada, Turkiston o'lkalariga kirib kela boshladi. Yangilik tarafdorlarini Abdulla Avloniy so'zi bilan aytganda, "gazeta o'qig'uvchilarni" mullalar "jadidchi" nomi bilan[1] atar edilar. Jadidlar Usmonli Turkiyadagi "Ganch (yosh) turk"lar tashkilotlari tasirida "Yosh buxoroliklar", "Yosh xivaliklar", "Yosh turkistonliklar" degan nomlarda faoliyat olib borishgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Jadidchilik harakatining tarixiy tashkil topishi obyektiv ochib berildi. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda jadidchilar maktabi va ularning harakatlarini mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot jarayonida Abdulla Avloniyning "Tarjimai xol" Tanlangan asarlar 2-jildlik va Munavvarqori Abdurashidxonning "Qizil O'zbekiston" nomli asarlari metodologik manba sifatida olindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Jadidchilik harakatining faoliyati maktabdan, maorifdan boshlangan, so'ng matbuot, san'at va siyosatga o'tgan. Rossiya va uning mustamlakalarida jadidchilik harakatiga Ismoilbek Gasprinskiy (18511914) asos soldi. U Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini 1884 yilda ochadi. Ismoilbek Gasprinskiyning eng katta xizmati Rossiya sarhadlarida yashab turgan, lekin zamonning zayli bilan bir-biridan uzoqlashib, begonalashish darajasiga yetgan turkiy xalqlarni bir-biriga tanitdi, yaqinlashtirdi. Butun boshli ilg'or marifatparvar, ziyoliliar qatlamini yetishtirdi. Sharq xalqlari ma'naviy hayotida, xususan, maktab-maorifda chinakam inqilob yasadi. Gaspirinskiyning o'lka ziyolilariga bergan tasiri haqida Toshkent jadidchilarining otasi deb tan olingan Munavvarqori 1927 yil Toshkent okrug maorif xodimlari qurultoyida so'zlagan nutqida shunday degan edi: "Jadid maktabi tashkil qilg'onlar ham eski maktab, madrasa va qorixonalarning yetishtirgan kishilari edi. Ular yolg'iz Bog'chasaroyda chiqadurg'on Ismoil Gaspirinskiy gazetasini o'qiydilar va shu orqali maktabni yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar"[2].

TADQIQOT NATIJALARI

Shunday qilib o'lkada yangi maktablar ochishga Ismoil Gaspirinskiy va tatar ziyolilari, muallimlarinining ibrati, yordami katta bo'ldi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O'rta Osiyo, Kavkaz, O'rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy ko'tarilish madaniyma'rifiy harakat - jadidchilik sifatida namoyon bo'ldi. Jadidchilik harakati qoloqlik va jaholat, o'lka aholisining ayanchli ahvoli, Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi, islom va shariatning oyoq osti qilinishi va bunday og'ir hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish uchun o'z zamonasining ilg'or ziyoli qatlamlari qarashlarida vujudga keldi. Jaholat uyqusidan uyg'onish, tarixiy zaruratga aylangan edi. Boshqacha qilib aytganda, jadidchilik harakati ijtimoiy rivojlantirishning, tarixiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob sifatida maydonga kelgan ulkan ijtimoiy - siyosiy harakat edi. O'lkada millatning dard-alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali og'ir qismatini o'z qalbi va vujudidan o'tkazib, o'zining butun borlig'ini, aql-zakovatini, ongini, hayotini erk, ozodlik, taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllana boshladi. Jadidchilikning asosiy g'oya va maqsadlari (davr voqealiklaridan kelib chiqib, ba'zan o'zgarib turgan bo'lsa-da)quyidagilar edi: Turkistonni o'rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma'rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitusion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o'rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo'shin tuzish. Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli

va taraqqiyotparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. Harakat faoliyati osonlik bilan kechmadi. Professor Begali qosimov fikri bilan aytganda, Turkiston, Buxoro va Xorazm munavvarlarining yangilikka intilishi, Rossiyada, xususan Kavkaz, Volgabuyida yashovchi turkiy xalqlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Panislomizm(islomchilik) va panturkizm(turkchilik) kabi g'oyalar paydo bo'ldiki, Rossiya ichki ishlar vazirligi bunga jim qarab tura olmasdi. Jadidlarning maktablar ochib, gazetalar chiqarishi ham panislomizmga xizmat qilayapdi deb tushunildi va xokimiyat bu boradagi faoliyatlarga qarshilik ko'rsatishga xarakat qila boshladi[3]. Jadidchilik umummilliy harakat sifatida: 1. Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg'onish mafkurasi bo'lib xizmat qildi. 2. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqardi. 3. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g'ayrat va tashabbusi bilan dunyo yuzini ko'rgan "Turkiston muxtoriyati" bu yo'ldagi amaliy harakatlarning dastlabki natijasi edi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi X1X asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan bo'lsa ham, bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik harakatiga xam o'ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari ham maorifni isloh etishni, amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o'tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan edilar. Jadidlarning xalq ma'rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo'nalishda ko'rinadi.1. Yangi usul maktablarini ochish, ko'paytirish orqali. 2. Turli ma'rifiy jamiyatlar ochish orqali. 3. Umidli iqtidorli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish orqali. Bog'chasaroyda dastlabki jadid maktabini ochgan Ismoil Gaspirinskiy Turkiston general-gubernatori N.O.Rozenbaxga o'lka musulmon maktablarini ham isloh qilishga doir loyihasini yuboradi. Rad javobini olgach, 1893 yil Turkistonga o'zi keladi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo'lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko'ndiradi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi beriladi. Shunday qilib, jadidlar tomonidan yangi maktablarga ochish, maktablar uchun darsliklar yaratish jarayoni boshlandi.. "Usuli jadid" maktablarida diniy fanlar va arab tili bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, tabobat, nujum, handasa fanlari, rus, fors tillari - jami 17 tagacha fan o'rganilishi shartlari ilgari surildi. 1999 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo'qonda Saloxiddin domla, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo'lib jadid maktablarini ochadilar Yangi usul maktablariga asos solgan, darsliklar yaratgan Turkiston munavvarlaridan ba'zilarini ko'rib o'tamiz. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1929) - O'rta Osiyo jadidchilik harakatining yo'lboshchisi. XX asr o'zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi maktab asoschisi, milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir edi. U Toshkentda yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o'quv dasturlari tuzgan. Uning "Adibi avval" (1907), "Adib us-soniy" (1907), "Usuli hisob", "Tarixi qavm turk", "Tajvid" (1911), "Havoyiji diniya", "Tarixi anbiyo", "Tarixi islomiya" (1912), "Er yuzi" (19161917), to'rt qismdan iborat "O'zbekcha til saboqlari" (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga) darsliklari shular jumlasidandir. Jadidchilik harakatning yana bir yirik vakili - Maxmudxo'ja Behbudiy(1875- 1919). Uning tashabbusi bilan Samarqanda yangi usul maktablari ochildi. Adib bu maktablar uchun 1904-1909 yillarda "Risolai asbobi savod", "Risolai jug'rofiyai umroniy", "Risolai jug'rofiyai Rusiy", "Kitobat ul-atfol", "Amaliyoti islom", "Muxtasar tarixi islom" kabi darslik va o'quv qo'llanmalar yozadi. Abdulla Avloniy (1878-1934) ham jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri bo'lib tanildi. U o'zining zamondosh jadidlari, izdoshlari kabi yangi usul maktablari ochib, ularga o'zi mudarrislik qildi va darsliklar yozdi. Uning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Turkiy Guliston yoxud axloq", "Maktab gulistoni" singari darslik,

"Adabiyot yoxud milliy she'rlar" to'plamlari, ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilariga darslik sifatida yozilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» asari (1913 yil) mashxo'r bo'ldi. Jadidchilik xarakatining Buxorodagi yirik vakillaridan biri - Abdurauf Fitrat (1886-1938). U 1909 yilda Istambulda nashr etilgan "Munozara" asarida Buxoro amirligi idorasiga ma'lum islohot - o'zgarish kiritish g'oyasi va "Usuli jadid" deb nomlangan yangi maorif tizimining asoslarini ilgari surdi. Fitrat butun vujudi, otash va jo'shqin yuragi bilan, ijodi va faoliyati bilan mamlakat yoshlarini rivojlangan yangi dunyo tomon safarbar etadi. Fitratning "Hind sayyohining qissasi" asari ham 1912 yilda Istambulda nashr etilgan bo'lib, bunda Buxoro amirligiga ma'lum darajada o'z e'tiroznomasini bayon etadi. Bir zamonlar ilm va din quvvati bo'lgan Buxoro, nega tanazzulga yuz tutdi? Xar kuni bir Abu Ali Ibn Sino, Farobiy va boshqalarni jahonga hadya etgan yurt nima sababdan bunchalar abgor xolga tushib qoldi? Bu qorong'u zulmatdan qutulish yo'li bormi?, -deya savollar berar ekan, javob sifatida ma'rifatni ko'rsatadi. Xorazm xonligida ham tatar ziyolilari Tavfiq Bikkulin, Yusuf Axmedovlar yordami bilan, dastlab, xon va uning amaldorlari farzandlariga mo'ljallangan bo'lsada, jadid maktablari ochildi. Tez orada ularning soni 8 taga yetdi. 1906-1907 o'quv yilida Urganchda qizlar uchun xam maktab ochildi [4]. Biz yuqorida milliy uyg'onish harakati namoyandalarining yangi usul maktablar ochib, uni uslubiy jixatdan taminlashga harakat qilganliklarni o'rgandik. Ammo, jadid namoyondalari bu bilan cheklanib qolmasdan, keng xalq ommasi uchun kutubxonalar ham barpo etganlar. Behbudiy, 1908 yilda keyinchalik "Behbudiya" kutubxonasi nomi bilan mashhur bo'lgan qiroatxonani tashkil etib [5], uni axoli uchun qo'laylik yaratish maqsadida ikki smena, ertalab soat 9 dan shom S gacha va kechki soat 6 dan tungi 12 gacha ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo'lgan kishilarga madaniy xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yadi. 1910 yilda Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligidagi jadidlar tashabbusi bilan "Turon" kutubxonasi yuzaga keladi. Bugungi mustaqil O'zbekistonda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng targ'ib qilishga bag'ishlangan. Demak 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan mavzu eskirgani yo'q, o'zgargani yo'q. Yuqorida keltirganimiz jadidlarninig ma'rifiy soxadagi ikkinchi vazifasi xayriya va maorif jamiyatlarini tuzish edi. Bu borada "Turon", "Jamiyati xayriya", "Tarbiyai atfol" kabi jamiyatlar ochildi. 1909 yil 12 mayda Toshkentda tuzilgan Turkiston jadidlarinig "Jamiyati xayriya" tashkiloti maxalliy yoshlarni chet ellarga o'qitish, xomiylik qilish ishiga rahbarlik qildi. Uning yordami bilan yoshlar Rossiyaning Peterburg, Saratov, Qozon, Ufa, Orenburg shaharlaridagi oliy maktab va madrasalarga, shuningdek, Istambul, Qoxira kabi xorijiy shaxarlar oliy ta'lim muassasalariga o'qishga yuborila boshladilar. Shuningdek,1909 yil 18 iyulda Buxoro shahrida jadidlar tomonidan tuzilgan "Tarbiyai atfol" jamiyati shu yilning o'zida Fitrat, Usmonxo'ja Po'latxo'ja o'g'li, Ato xo'ja, Mazhar Burxonov kabi yoshlarni Istanbulga o'qishga yo'llagan edi. Ushbu jamiyat orqali o'qishga jo'natilganlar soni 1911 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafarga yetgan [6]. Jadidlarning keyingi qadami matbuot bo'ldi. Ular matbuotga asos soldilar. Yangi gazeta va jurnallar chiqardilar. Milliy jurnalistika yuzaga keldi. 1906 yilda Ismoil Obidov muxarrirligida "Taraqqiy", Munavvarqori muxarrirligida "Xurshid", Abdulla Avloniy muxarriligida "Shuxrat", Axmadjon Bektemirov muxarrirligida "Osiyo" gazetalari chop etildi. Ashaddiy millatchi N.P.Ostroumov qarshiligi bilan bir oz to'xtalish bo'lgach, 1913-191S yillarda matbuotchilikning yangi to'lqini shakllandi. Bu davrda "Samarqand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona", "Buxoroi sharif", "To'ron", gazetalari va "Oyina" jurnali, 1917 yilda esa "El bayrog'i, "" Kengash", "Xurriyat", "Ulug'Turkiston", "Najot" kabi ommaviy axborot vositalari yuzaga keldi. Xalqning dunyoqarashi, milliy ongning yuksaltirishda matbuotning o'rni nihoyatda muhim

ekanligini bilgan Maxmudxo'ja Behbudiy ham "Nashriyoti Behbudiya" nomi bilan o'z xususiy nashriyotini ochadi va 1913 yilda "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo'ldi. Behbudiyning "Turkiston idorasi", "Turkistonda maktab jarida", "Buxoroda usuli jadid", "Yoshlarga murojaat", "Ehtiyoji millat", "Ikki emas, to'rt til kerak", «Musulmonchilik libos va qiyofat tanlamaydi» kabi publisistik maqolalari milliy jurnalistika asoslarini tashkil etadi. Behbudiy faoliyati va uning ahamiyati haqida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomalarida: "2020 yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, ma'rifat mash'alasini baland ko'tarib chiqqan ulug' alloma va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi",- deb aloxida to'xtalib o'tdilar. Jadidlar teatrga xam asos soldilar. 1913 yili Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tavallolar tashabbusi bilan O'rta Osiyodagi birinchi teatr truppasi "To'ron" milliy teatri yuzaga keldi. Dramatik asarlar yoza boshladilar. Behbudiyning "Padarkush yoxud o'qimagan bolaning holi" asari (1911 yil) bu boradagi birinchi urinish edi. Asar birinchi bor (Samarqandda xavaskorlar tomonidan qo'yilgan) 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida "Turon" teatri aktyorlari tomonidan qo'yildi. Shu kuni tariximizdagi ilk milliy teatrning rasmiy ochilishi kuni xisoblanadi. Teatr haqida Behbudiy "Tiyotr nadur" maqolasida "...Tiyotr ibratnamodur. Tiyotr va'zxonadur. Tiyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko'zliklar ko'rub, kar va quloqsizlar eshitib asarlanur"[7].

MUHOKAMA

Taraqqiy etgan millatlar teatrlarni ulug'lar uchun odob va ibrat maktabi deb biladilar. Teatr taraqqiy etishni eng birinchi sabab va omilaridandir, -deb yozgandi. Jadidlar milliy adabiyotga xam asos soldilar. Milliy romanchilik shakllana bordi. Dakstlab, romanchilikka o'rinish Xamza Xakimzodada kuzatildi. U "Yangi saodat" asarini milliy roman deb atagan va bu boradagi ilk izlanishlarni boshlab bergan edi [8]. Ammo O'zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan) romanchilikka asos soldi. Bo'lg'usi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlangan bo'lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To'y» (1914- 1915) kabi she'rlari «Oina» jurnalida bosilib chiqqan edi. Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O'tgan kunlar» romani uchun material yig'ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O'tgan kunlar» uch bo'lim holida kitob» bo'lib nashr etildi. Jadidchilarning poydevori, tamal toshi - "usuli jadid" maktabi edi. Bu tabiiy, hamonki maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa, yetishtirmoq lozim. Eski an'anaviy usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon o'zgargan. U tezkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan, bugungi o'quvchi tarix, jug'rofiya, iqtisod, fizika, kimyo, matematika kabi zamonaviy fanlarni bilishi kerak. Ilmiy fanlar, fan-texnika yutuqlari so'nggi uch-to'rt asr dunyo taqdirini boshqa o'zanga solib yubordi va Yevropani oldinga olib chiqdi. Endi Yevropa ilm-fanini egallamasdan dunyo bilan barobar yashab bo'lmaydi. Bu ilm-fanni o'zlashtirmoq uchun Yevropa tillarini bilmoq kerak. Ayni paytda o'zlikni ham saqlamoq lozim. Din-diyonat ham zarur. Xullas, yashamoq uchun uchchala jihatni ham ushlamoq kerak bo'ladi. Ushlaganda ham hech birini suiste'mol qilmaslik kerak. Aks holda muvozanat buziladi. Muvozanat buzilishi esa, yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, yolg'izgina din ushlansa, dunyo qo'ldan ketadi. Faqat o'zlik, millat desak, yana dunyodan ajralib qolamiz. Birovning biz bilan ishi bo'lmaydi. Yevropalashsak, o'zlik yo'qoladi. Bu ham fojia. Bu fojiani Behbudiy "Padarkush"da ko'rsatib beradi. Dunyoga chiqmoq uchun til bilmoq kerak ekan. Bu talab ham bugun mustaqil taraqqiyot sari ketayotgan O'zbekiston uchun kun tartibidan tushgani

yo'q, axamiyatini yo'qotgani yo'q. Behbudiy 1913 yil "Oyina" jurnalida yozgan "Ikki emas to'rt til lozim" maqolasida shu xaqda so'z yuritadi. Tilimiz turkiy, madrasalardagi shariy va diniy kitoblar arabiy, nazm va nasr kitoblari esa forsiydir.Turkistonda qadimdan beri bu uch til joriy bo'lib kelgan. Saodatki, turkiy va forsiyni taxsilsiz ham bilamiz, o'zaro gaplashamiz, tushunamiz, deydi Bexbudiy. "Bank va sudxonalar, sud mahkamalari, notarius, temir yo'l, xulosa,zamonni paydo qilgan har bir yangi nimarsalarig'a muhtoj bo'lsak avvalg'i qadamda ruscha bilmoq lozim kelur... Bu zamon tijorat ishi, sanoat va mamlakat ishlari, xatto dini islom va millatg'a xizmat ilmsiz bo'lmaydur. ...Xulosa, bugun bizlarg'a to'rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya'ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy"[9]. Bugun biz yuzma-yuz bo'lib turgan milliy g'oya asoslari, milliy mafkura masalalari bundan yuz yil oldin jadidchilarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo'yilgan va qizg'in muhokama qilingan edi. Ma'rifatga ehtiyoj, ilm-fanni egallash g'oyasi millatning ko'pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Darhaqiqat, jadidchilarimiz olib borgan barcha ishlar, matbuotning yo'lga qo'yilishi, "usuli jadid" maktabi nazariyasi va amaliyoti, teatrchilik, hammahammasi shunga xizmat qildirildi. Shu tariqa har bir g'oyaning milliy g'oyaga aylanishi, jadidchilarimiz fikricha ikki shartni taqozo etadi. 1. G'oya millatning tub, asl ehtiyojlaridan,turish-turmushidan, asosiy an'analaridan, o'zligidan va tabiiyki, imkoniyatidan kelib chiqmog'i lozim. 2.Mazkur g'oya millat tomonidan anglanishi, his qilinishi, boshqacha aytganda, ongiga joylashib, yuragidagi o'tga aylanmog'i, so'ngsiz ishtiyoq hosil qilmog'i kerak. Turkistonda jadidchilik harakatining faol tashkilotchi - ishtirokchilari haqida to'xtaladigan bo'lsak, bular: Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Saidahmad Siddiqiy - Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov (Toshkent), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev, Usmonxo'ja Po'latxo'jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abudulqodir Muxiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Cho'lpon, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm)lar nomini birinchilar safida keltirishimiz mo'mkin.

Biz ushbu maqolada mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga kelishi va uning ma'rifatparvarlik soxasidagi faoliyatiga to'xtaldik. Jadidchilik harakatining ijtimoiy -siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g'oyalari (Munavvarqori, Behbudiy, Polvonniyoz Yusupov, Fitratning dasturlari), bu boradagi amaliy harakatlari va kurashlari aloxida katta mavzudir. Xulosa qiladigan bo'lsak, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviysiyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar.Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrida millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomalarida aytganidek, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini o'uncha ko'p anglab yetadi.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Avloniy A."Tarjimai xol. Tanlangan asarlar.2-jild.T., "Ma'naviyat", 1998 yil 288- bet".

2. Munavvarqori A. "Qizil O'zbekiston" 1927 yil, 7iyun. Ziyo uz. Com.

3. Qosimov B."Milliy uyg'onish", T.,"Sharq",2004 yil,53-bet.

4. Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq va demokratiya, 1992,3-4-son.

5. Behbudiy B. "Behbudiy kutubxonasi", "Oyina" jurnali 26 aprel, №27. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.