Научная статья на тему 'IMPERATORNING MARDIKORLIKKA SAFARBARLIK HAQIDAGI FARMONINING AKS SADOSI'

IMPERATORNING MARDIKORLIKKA SAFARBARLIK HAQIDAGI FARMONINING AKS SADOSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
243
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Nikolay II / Astraxan / Sibir / Turkiston / A.N.Kuropatkin / Yettisuv qirg’izlari / Yettisuvorti viloyatlari / Turkmanlar / Xitoy / Afg’oniston. / Nicholas II / Astrakhan / Siberia / Turkestan / AN Kuropatkin / Yettisuv Kyrgyz / Yettisuvorti regions / Turkmens / China / Afghanistan.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sh. Abdurazzaqov

Mazkur ishda Rossiya imperatori Nikolay II ning Turkiston, Sibir, Kavkaz aholisini front ortidagi ishlari uchun mardikorlikka safarlik to’g’risidagi farmonining e’lon qilinishi, ushbu farmon e’lon qilingunga qadar oddiy xalqning ahvoli, mazkur farmonning qisqacha matni, ushbu farmonda yosh chegarasi, qaysi viloyatlar uchun amalga oshirilishi, mardikorlikka safarbarlikning qishloq xo’jaligi sohasiga ta’siri, safarbarlik to’g’risidagi farmonga Rossiya harbiy vazirligini munosabatlari, taklif va mulohazalari, safarbarlikdagi aholining noroziliklari sabablari, noroziliklarning boshlanishi, oddiy xalqning safarbarlikdan keyin o’zga yurtlarga chiqib ketishlari, undan tashqari madikorlikka safarbarlik to’g’risidagi farmonning e’lon qilinishidan keyin Turkiston o’lkasi xususan, Farg’ona viloyati va boshqa atrof viloyatlarda ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarining adabiyotlarda yoritilishi, o’zbek hamda chet el tadqiqotchilarining ilmiy asarlari, ilmiy tadqiqotlari va unda yuzaga kelgan muommo va qiyinchiliklar hamda ularning yechimlari, natijalari va ularning tahlili yuzasidan berib o’tgan taklif va muloxazalarini berishi va Farg’ona vodiysidagi g’alla maydonlarini qisqarishi va paxta maydonlarining kengayishi, qishoq xo’jaligi uchun zarur ekin maydonlarining qisqarishi oddiy xalqning ahvoli tobora yomonlashishi xalq ommasining mavjud tuzumga qarshi norozlik kayfiyatini paydo bo’lishi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan. Xulosa o’rnida aytish joizki, Mazkur tadqiqotlar manbalar va arxiv ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish, ularni tarixiylik nuqtayi nazaridan baholash asosida yaratildi. Tarixni milliy istiqlol g’oyalari nuqtayi nazaridan o’rganish talablaridan kelib chiqib milliy ozodlik harakatining g’oyaviy asoslari, yo’nalishini aniqlashga alohida urg’u berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECHO OF THE EMPEROR'S DECREE ON LABOR MOBILIZATION

In this work, the declaration of the decree of the Russian Emperor Nicholas II on the mobilization of the population of Turkistan, Sibiria, the Caucasus for their work behind the front, the situation of the common people until the publication of this decree, the brief text of this decree, the age limit in this decree, for which regions it is implemented, the impact of, after the announcement of the decree on the departure of the ordinary people to foreign lands after mobilization, as well as the mobilization of the madiculture, the coverage of the people's uprisings raised in the Turkistan region in particular, Fergana region and other surrounding regions in the literature, scientific works of Uzbek and foreign researchers, scientific researches and their solutions, on the results and their analysis, the suggestions and comments given and the reduction of grain fields in the Fergana Valley and the reduction of cotton fields, the reduction of crop fields necessary for winter farming, the deterioration of the situation of the common people briefly touched upon the emergence of the mood of the people's public dissatisfaction with the existing system. In conclusion, it should be said that these studies were created on the basis of comparative analysis and generalization of sources and archive data, their evaluation from the point of view of historicity. Particular emphasis was placed on the determination of the ideological basis, direction of the National Liberation Movement, proceeding from the requirements of studying history from the point of view of the ideas of national independence.

Текст научной работы на тему «IMPERATORNING MARDIKORLIKKA SAFARBARLIK HAQIDAGI FARMONINING AKS SADOSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UDK: 94(575.1)

IMPERATORNING MARDIKORLIKKA SAFARBARLIK HAQIDAGI FARMONINING AKS SADOSI Abdurazzaqov Shaxzodxo'ja

Namangan davlat unversiteti Tarix yo'nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7041740 Annotatsiya. Mazkur ishda Rossiya imperatori Nikolay II ning Turkiston, Sibir, Kavkaz aholisini front ortidagi ishlari uchun mardikorlikka safarlik to'g'risidagi farmonining e 'lon qilinishi, ushbu farmon e 'lon qilingunga qadar oddiy xalqning ahvoli, mazkur farmonning qisqacha matni, ushbu farmonda yosh chegarasi, qaysi viloyatlar uchun amalga oshirilishi, mardikorlikka safarbarlikning qishloq xo'jaligi sohasiga ta'siri, safarbarlik to'g'risidagi farmonga Rossiya harbiy vazirligini munosabatlari, taklif va mulohazalari, safarbarlikdagi aholining noroziliklari sabablari, noroziliklarning boshlanishi, oddiy xalqning safarbarlikdan keyin o 'zga yurtlarga chiqib ketishlari, undan tashqari madikorlikka safarbarlik to'g'risidagi farmonning e 'lon qilinishidan keyin Turkiston o 'lkasi xususan, Farg'ona viloyati va boshqa atrof viloyatlarda ko'tarilgan xalq qo'zg'olonlarining adabiyotlarda yoritilishi, o'zbek hamda chet el tadqiqotchilarining ilmiy asarlari, ilmiy tadqiqotlari va unda yuzaga kelgan muommo va qiyinchiliklar hamda ularning yechimlari, natijalari va ularning tahlili yuzasidan berib o'tgan taklif va muloxazalarini berishi va Farg'ona vodiysidagi g'alla maydonlarini qisqarishi va paxta maydonlarining kengayishi, qishoq xo'jaligi uchun zarur ekin maydonlarining qisqarishi oddiy xalqning ahvoli tobora yomonlashishi xalq ommasining mavjud tuzumga qarshi norozlik kayfiyatini paydo bo'lishi haqida qisqacha to 'xtalib o'tilgan. Xulosa o'rnida aytish joizki, Mazkur tadqiqotlar manbalar va arxiv ma'lumotlarini qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish, ularni tarixiylik nuqtayi nazaridan baholash asosida yaratildi. Tarixni milliy istiqlol g'oyalari nuqtayi nazaridan o'rganish talablaridan kelib chiqib milliy ozodlik harakatining g'oyaviy asoslari, yo'nalishini aniqlashga alohida urg'u berildi.

Kalit so'zlar: Nikolay II, Astraxan, Sibir, Turkiston, A.N.Kuropatkin, Yettisuv qirg'izlari, Yettisuvorti viloyatlari, Turkmanlar, Xitoy, Afg'oniston.

ЭХО УКАЗА ИМПЕРАТОРА О ТРУДОВОЙ МОБИЛИЗАЦИИ Аннотация. В данном труде освещаются вопросы издания указа российского императора Николая II о мобилизации в мардикор населения Туркестана, Сибири, Кавказа для работы в тылу, положение простого народа до опубликования этого указа, краткий текст настоящего Указа, возрастной ценз в данном указе, для каких губерний он будет осуществляться, влияние мобилизации в мардикор на сельскохозяйственную сферу, влияние мобилизации в мардикор на сельскохозяйственную сферу России, влияние мобилизации в отношение военного министерства, предложения и замечания, причины недовольства мобилизованного населения, начало протестов, освещение в литературе народных восстаний, вспыхнувших в Туркестанском крае, в частности, в Ферганской области и других близлежащих областях, научных трудов, научных исследований узбекских и зарубежных исследователей, а также возникших в них проблем и трудностей, а также их решения после публикации указа о мобилизации простого народа в другие страны., и их анализа, а также сокращения посевных площадей и расширения хлопковых площадей в Ферганской долине, сокращения посевных площадей, необходимых для сельского хозяйства, все более ухудшающегося положения простого народа,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

вызвавшего протестные настроения в народных массах против существующего режима. В заключение следует отметить, что данные исследования созданы на основе сравнительного анализа и обобщения источников и архивных данных, их оценки с точки зрения историзма. Особый акцент был сделан на определении идейных основ, направления национально-освободительного движения, исходя из требований изучения истории с точки зрения идей национальной независимости.

Ключевые слова: Николай II, Астрахань, Сибирь, Туркестан, А.Н. Куропаткин, Еттисув Киргизии, Еттисувортинский район, туркмены, Китай, Афганистан.

ECHO OF THE EMPEROR'S DECREE ON LABOR MOBILIZATION

Abstract. In this work, the declaration of the decree of the Russian Emperor Nicholas II on the mobilization of the population of Turkistan, Sibiria, the Caucasus for their work behind the front, the situation of the common people until the publication of this decree, the brief text of this decree, the age limit in this decree, for which regions it is implemented, the impact of, after the announcement of the decree on the departure of the ordinary people to foreign lands after mobilization, as well as the mobilization of the madiculture, the coverage of the people's uprisings raised in the Turkistan region in particular, Fergana region and other surrounding regions in the literature, scientific works of Uzbek and foreign researchers, scientific researches and their solutions, on the results and their analysis, the suggestions and comments given and the reduction of grain fields in the Fergana Valley and the reduction of cotton fields, the reduction of crop fields necessary for winter farming, the deterioration of the situation of the common people briefly touched upon the emergence of the mood of the people's public dissatisfaction with the existing system. In conclusion, it should be said that these studies were created on the basis of comparative analysis and generalization of sources and archive data, their evaluation from the point of view of historicity. Particular emphasis was placed on the determination of the ideological basis, direction of the National Liberation Movement, proceeding from the requirements of studying history from the point of view of the ideas of national independence.

Keywords: Nicholas II, Astrakhan, Siberia, Turkestan, AN Kuropatkin, Yettisuv Kyrgyz, Yettisuvorti regions, Turkmens, China, Afghanistan.

KIRISH

XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining ich-ichidan yemirilganligi birinchi jahon urushi vaqtida yaqqol ko'zga tashlandi. Rossiya urushda ketma-ket mag'lubiyatga uchrab, katta talafotlar kurdi. Mamlakatdagi ochlikva qashshoqlik hukumatga qarshi muxolif partiya va ishchilarning kurashini yanada qiziqtirib yubordi. Natijada chor hukumati ichki va tashqi dushmanlardan iborat ikki o't orasida qoldi. Minglab kishilarning frontga jalb qilinishi harbiy korxonalar, konlar va temir yo'llarda ishchi kuchlarining yetishmasligiga va mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keldi. Hukumat bu holatni ma'lum darajada bo'lsa ham bartaraf qilish maqsadida mahalliy aholini fuqarolarning front orqasidagi ishlarga jalb qilish harakatiga tushdi. Imperator Nikolay II 1916-yil 25-iyunda Astraxan guberniyasi, Sibir va Turkistonda istiqomat qilayotgan tub aholini front ortidagi ishlarga jalb qilish haqidagi farmoni e'lon qiladi. Farmonda shunday deyilgan: "Harakatdagi qo'shin joylashgan joylarda mudofaa inshootlarini qurishga va davlat mudofaasiga molik boshqa ishlarni bajarishga 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan tub aholi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jalb qilinsin. Farmon Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Oqmola, Yettisuvorti viloyatlari va boshqa joylarda amalga oshirilsin".

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Farmon Turkiston o'lkasida qattiq qarshilikka duchor bo'ldi. Ayni hosilni yig'ib olish mavsumida bir necha yuz ming kishini yoppasiga front ortiga jo'natilishi katta iqtisodiy talafotni keltirib chiqarishi turgan gap edi. Ayniqsa, o'n millionlab so'm evaziga yetishtirilgan paxtani terib olmaslik nafaqat dehqonlarni, firmalarni, banklarni, qolaversa, dashtning o'ziga ham katta zarar keltirishi barchaga ayon edi.

1916-yil 30-iyulda Turkiston general-gubernatorligi nizomiga tayinlangan A.N.Kuropatkin imperator farmonidan keyin o'lkada yuz bergan ahvol bilan tanishib, o'zining taassurotlarini harbiy vazirlikka ma'lum qiladi. Uning ko'rsatishicha, tub aholi va ma'muriyat farmonni bajarishga tamomila tayyor bo'lmagan. Shunga qaramay, mardikorlikka safarbar etishga shoshilinch kirishilganligi orqasida fojiali hodisalar yuzaga kelgan. Yettisuv qirg'izlari, shuningdek, Farg'ona viloyatidagi qirg'izlar Xitoyga o'tish taraddudini ko'rishga kirishganlar. Turkmanlar - esa Afg'onistonga o'tib ketishni mo'njallaganlar. "Rossiyada 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan kishilarni harbiy qismlarga safarbar etish jarayoni boshlanishiga ikki yil bo'lishiga qaramay, oxirigacha yetkazilgan emas" [1.49].

Shunday bo'lganidan keyin, — deydi A.N.Kuropatkin, — Turkistonda qisqa vaqt ichida mardikorlikka odamlarni jalb etish qiyin". Chunonchi, farmonni o'ta qisqa vaqt ichida tezlik bilan amalga oshirilishi o'troq xalqning paxtadan oladigan daromadidan va kelasi yilgi paxta yetishtirishga tayyorgarlikdan, ko'chmanchilarni chorva mollardan mahrum etilishiga olib keladi. Davlatga yuz millionlab so'm foyda keltiradigan paxtadan va qo'shin ta'minotidan mahrum etish tuzatib bo'lmaydigan talafotga uchratadi. Natijada o'lkada tartibsizlik va g'alayonlar boshlanib ketadi. Shu bois A.N.Kuropatkin mardikorlikka olish muddatini 15-sentabrgacha ko'ndirishni harbiy vazirlikdan so'ragan. Uning bu taklifi inobatga olinib, qo'shimcha vakolatlar berilgan.

Xususan, Turkiston harbiy okrugiga bosh qo'mondonlik qilish huquqi, odamlarga o'z o'rniga boshqa kishilarni yollashga, mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda u yoki bu odamni mardikorlikdan ozod etishga ruxsat beriladi. A.N.Kuropatkin imperator farmonini bajarish jarayonida mahalliy ma'muriyat vakillarini o'z lavozimini suiste'mol qilganliklarini tan olishga majbur bo'lgan. Uning ma'lumotida aytilishicha, Farg'ona va boshqa viloyatlarda volost boshliqlari, oqsoqollar va ellikboshilar, farmonga imperatorning o'zi imzo chekkanligini nazar-pisand qilmay uni amalga oshirish o'rniga poraxo'rlik va zo'ravonlik bilan shug'ullanib, bosh tortganlarni qamashgacha borganlar. Namanganda aholi "pora bermaganligi uchun ko'p odamlarni qamoqqa tashlaganliklari haqida" arz qilganlar[2. 61]. Bu yerda 60 kishiga mo'ljallangan qamoqxonaga 400 kishi joylashtirilgan. Imperator farmonidan foydalanib, boylik ortirishga harakat qilgan ma'muriyat vakillarining bir nechta mansabdorlari lavozimlaridan bo'shatilgani haqidagi ma'lumotlar A.N. Kuropatkinning kundaligida ham qayd etilgan. A.N.Kuropatkin hukumatning ko'chirish siyosati (ayniqsa, ko'chmanchilarni yersizlantirilishi) xalq noroziligini keltirib chiqarganini qayd etadi. U imperator farmonini qo'zg'olonga turtki bo'lganligini ta'kidlab, shunday yozadi: "Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish haqidagi farmon qo'zg'olonlarni ko'tarilishiga bahona bo'ldi. Bu shoshilinch ravishda e'lon qilishni tezlik bilan amalga oshirishga qaratilgan harakat tub aholi va o'lka ma'muriyatini og'ir ahvolga solib qo'ydi. Oilaviy ro'yxat va metirkaning yo'qligi 19 yoshdan 31 yoshgacha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

erkaklarni mardikorlikka olishni juda qiyinlashtirdi. Aholi orasida mardikorlikka olish niqobida harbiy xizmatga yoki unga kirish maqsadida frontga olib borib, o'qqa tutilishi haqidagi mish-mishlarning tarqalishi xalqni qattiq tashvishlantirdi"[3. 101-103].

Xullas, Turkiston o'lkasidagi mustabid ma'muriyat rahbari A.N.Kuropatkin tilga olingan farmonning e'lon qilinishi va ma'muriyat vakillarining boshqarishda yo'l qo'ygan xatolarini qo'zg'olonlarga sabab sifatida ko'rsatib, bu bilan bir qatorda dehqonlarning qarz evaziga yersizlanishi va qashshoqlanishi, volost boshliqlari va qozilar, boylarning tarafida turib ish yuritishlari ham xalqning noroziligiga va qo'zg'olonga olib kelganligini ta'kidlaydi. Darhaqiqat, imperator farmoni adolatsizlik va zulmdan sabr kosasi to'lib-toshgan xalqning noroziligini yanada kuchaytirgan muhim omil sifatida namoyon bo'ldi. Buni anglagan Turkiston general-gubernatori A.N.Kuropatkin mavjud ahvolni imperatorga oshkora ma'lum qildi. Chunki u o'lkadagi fojiali ahvol uchun javobgarlikni bo'yniga olishni istamagan edi.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu davrda nashr qilingan maqolalar, xususan, T.Risqulov asarlarida huddi shunday yondashuv hukmron bo'lib, bu hol o'sha davrdagi siyosiy-mafkuraviy muhit ta'sirining intiqosi edi. XX asrning 50 - 60 -yillarida 1916 yil qo'zg'olonining tarixini o'rganish bo'yicha ilmiy-amaliy ishlar jonlanib ketdi. 1951-1955- yillarda Toshkent, Frunze, Ashxabod va Olmotada ushbu masalaga oid ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Bu konferensiyalarning faoliyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilganligi haqida to'xtalib o'tmoqchimiz.

1916-yil qo'zg'olonlari tarixiga birinchi bo'lib T.Risqulov o'zining "Sharq ozodligi uchun kurash" nomli maqolasida to'xtalgan. G.I.Safarov va T.Risqulov Turkiston o'lkasining Yettisuv viloyatidagi qo'zg'olonlar guvohi va ishtirochisi edi. U o'z maqolasida qo'zg'olonning sabab va yo'nalishlarini izohlab, uni podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatining mahsuli sifatida ifodalaydi. Uning fikricha, qo'zg'olonda mahalliy aholi ishtirok etgan, masalan, temir yo'l ishchilari ham mustamlakachilik ruhi bilan tarbiyalangan bo'lib, xalqqa emas, hukumatga yordam bergan, hatto, qo'zg'olonning bostirilishida qatnashgan.

X.Tursunov asarining Farg'ona viloyatidagi qo'zg'olonlar tarixiga bag'ishlangan qismida 5 ta uyezd bo'yicha bor yo'g'i bir necha yirik g'alayonlargina qayd etiladi, xolos. Ushbu muallifning O'zbekistonda 1916-yil qo'zg'oloniga bag'ishlangan kitobida ham yuqorida bayon etilgan kamchiliklar uchraydi[4. 9-10].

1916-yil qo'zg'olinini Qirg'iziston Respublikasi doirasida yoritgan K.Usenboyevning asarida ham Farg'ona vodiysidagi qo'zg'olonga qisman to'xtalib o'tilgan. Unda qo'zg'olonning siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy sabablari chuqur va atroflicha yoritildi, tegishli arxiv manbalari chuqur tahlil qilindi. Qo'zg'olon voqealari Farg'ona viloyatidagi qirg'izlar yashaydigan manzillar misolida yoritildi[5. 78-80].

X.Usenboyev ham o'sha davrdagi hukmron rasmiy qarashlardan chetga chiqa olmadi va qo'zg'olonni chor hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko'tarilgan ozodlik kurashi sifatida ta'riflasa-da, Rossiyadan ajralish maqsadini ko'zlamaganligini ta'kidlaydi.

A.P.Kovalev 1916-yilda mardikorlikka safarbar qilinganlarning faoliyatiga bag'ishlangan kitobida muammoga doir qiziqarli ma'lumotlarni keltirgan bo'lsa-da, ammo mardikorlikka doir masalalar butun o'lka bo'yicha ta'riflanadi. Farg'ona vodiysi voqealari umumiy tarzda sharhlanadi. Muallif go'yo mardikorlar Rossiyadan revolutsionlashib kelganligi va vataniga qaytgach, bolsheviklar tarafida turib ish yuritganliklarini qayd etadi[6. 189-190].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1916-yil qo'zg'oloniga olib kelgan shart-sharoitlar Z.D.Kastelskayaning asarida maxsus o'rganilgan bo'lib, unda ham Farg'ona viloyatidagi qo'zg'olonlar deyarli yoritilmagan[7].

N.A.Abduraximova, A.S.Sodiqov, Sh.B.Shamambetovlarning Turkistonda mustamlaka davridagi siyosiy jazolarga bag'ishlangan asari bu asarida alohida e'tiborga molik bo'lib, unda chor hukumatining bu boradagi siyosatining vaxshiyligi ko'rsatiladi. [8. 11-12]

F.Isxoqovning tadqiqotida esa mustamlaka davrida chor hukumati erishgan millatchilik siyosati va uning oqibatlari chuqur tahlil etiladi.

X.Sodiqovning XX asr boshlarida chor hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy ozodlik harakati tarixiga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasida ham milliy ozodlik harakatlariga umumiy tarzda ta'rif berilgan[9].

K.Ahmadjonovning tadqiqoti esa Rossiyaning Turkistondagi mustamlakachilik siyosatiga bag'ishlangan tarixshunoslikdagi ilk xolisona tadqiqotdir[10. 190]

Z.Choriyevning doktorlik dissertatsiyasida XX asr boshlaridagi mustamlakachilik siyosatining oqibatlari va xalqning og'ir hayoti ko'rsatilib, chor hukumatining 1916-yilda Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish jarayoniga tegishli masalalar atroflicha o'z ifodasini topgan. Biroq unda qo'yilgan masalalar umummintaqa doirasida ko'rilib, Farg'ona vodiysiga oid masalalar batafsil yoritilmagan[11.134-135].

O.Suyunovaning Turkistondagi 1916-yil qo'zg'oloniga bag'ishlangan tadqiqotida esa voqealar faqatgina Sirdaryo viloyati doirasida boy arxiv ma'lumotlari asosida yoritilgan[12.122-124].

D.Ziyoyeva tomonidan mustabid tuzumga qarshi 1916-yil qo'zg'oloni va xalq kurashlari tarixshunosligini chuqur va atroflicha tahlil etilishi, istiqlol uchun kurashlar tarixini to'g'ri va xaqqoniy yoritilishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi[13.144-145].

1916-yil qo'zg'olonini yoritgan K.Usenboyev (Qirg'iziston Respublikasi doirasida) va G.Haydarov (Tojikiston Respublikasi doirasida)lar o'sha davrdagi hukmron rasmiy qarashlardan chetga chiqa olmadilar[14].

Barcha tarixiy muammolar qatorida 1916- yil qo'zg'oloni va umuman, O'zbekistonning mustamlakachilik davridagi tarixini ham milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan va yangicha yondashuv asosida yoritishga qo'l urildi. Mazkur yo'nalishda yaratilgan tadqiqotlar orasida G.Rustamova va M.Abduradimovaning XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asrning birinchi choragida chor hukumatining Turkistondagi siyosiy-ma'muriy tizimini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqoti katta ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA

O'lkada o'rnatilgan siyosiy-ma'muriy tizim o'ta harbiylashtirilgan bo'lib, uni generallar va ofitserlar boshqarardi. Bu tizim tub aholi manfaatlari, tarixan shakllangan milliy urf-odatlar va turmush tarzini hisobga olinmagan holda shakllantirilib, g'ayri tabiiyligi bilan ajralib turardi. Milliy davlatchilik va qo'shin tugatildi, tub aholi vakillari oliy va o'rta boshqaruv lavozimlariga yakinlashtirilmadi. Tub aholi vakillari mahalliy ma'muriyat lavozimlariga, ya'ni volost boshlig'i, oqsoqol, ellikboshi va mirshablikka tayinlangan bo'lsalar-da, lekin ular hukumatning joylardagi itoatkor xizmatkorlari edi, xolos. Ularning zimmasiga faqat soliqlarni yig'ib berib, hukumat ko'rsatmalari va topshiriqlarini amalga oshirish, xalqning kayfiyatidan xabardor bo'lib, ko'z-quloq bo'lish yuklatilgan. O'lkada hukm surgan siyosiy tizimning mohiyati va yo'nalishi mustamlakachilikka asoslangan bo'lib, tub aholini tinimsiz ishlatib, kuchi va ishlab chiqargan mahsulotidan foydalanish, tabiiy boyliklarni o'zlashtirish va ruslashtirish siyosatini amalga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oshirishdan iborat edi. Shuningdek, xalqqa siyosiy va insoniy hududlar berilmay, qoloqlik va qashshoqlikda ushlab turishga qaratilgan siyosat yuritishga majbur bo'ldi. Siyosiy tuzumga mos ravishda hukumatning iqtisodiy siyosati shakllandi. O'lkadagi yer-suvlarning, umuman, tabiatdagi barcha boyliklarning egasi chor hukumati bo'lib, imkoni boricha ularni talash yo'lidan bordi. O'lkani xom ashyo manbayiga aylantirish maqsadida paxtachilik rivojlantirildi. Natijada o'lkada, xususan, Farg'ona vodiysida paxta yakka hokimligining poydevori bunyod etildi. Bu esa o'z navbatida dehqonni bir parcha yeridan mahrum bo'lib, qashshoqlanishiga olib keldi. Qarzga botgan dehqonlar mardikor va chorikorlarga aylandilar. O'n minglab qishloq qashshoqlari shaharga borib, duch kelgan ishlar bilan shug'ullanishga majbur bo'ldilar. Vaqf yerlarining qisqartirilishi va ularga soliq solinishi ham chor hukumatining xazinasiga foyda keltirdi. Paxtachilikning uzluksiz rivojlantirilishi oziq-ovqat mahsulotlarini, birinchi navbatda g'alla maydonlarini qisqarishiga olib keldi. Natijada, o'lka aholisi Rossiya g'allasiga qaram qilib qo'ydi. Shu tariqa chor hukumati ham paxtadan, ham g'alla keltirib sotishdan ikki yoqlama katta foydani qo'lga kiritib, xalq bosqinchilar tomonidan ikki taraflama shilindi. Bundan tashqari, turli soliqlar va majburiyatlarning og'irligi xalqning tinka madorini quritdi. Shahar aholisining hayoti ham g'oyatda oshiq edi. Rossiyadan tayyor sanoat mollarining qoplab keltirilishi hunarmandchilik sohalariga ancha qattiq zarba berdi. Ayniqsa, gazlama to'qish kasbi bilan shug'ullanuvchi hunar egalari fabrika mollari bilan raqobatlashishga ojizlik qilib sindilar. Natijada, tikuvchilik va unga bog'liq sodalar inqirozga uchradilar. Ko'nchilikda ham shunday ahvol ro'y berdi. Umuman aytganda, o'lkaning Rossiyaning xom ashyo manbayi va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilishi shahar va qishloq aholisining ahvolini misli ko'rilmagan darajada yomonlashtirib yubordi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni qayd etish joizki, XIX asrning oxirlari — XX asr boshlarida Turkistonda chor hukumatining mustamlakachilik va millatchilik siyosati avjiga chiqdi. Chor hukumatining o'lkada yuritgan siyosiy va iqtisodiy tadbirlari ma'naviy hayotga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. U turli yo'llar bilan milliy madaniyatning rivojlanishiga yo'l bermadi. Avvalambor, islom dinining mavqeyi va salohiyatiga zarba berishi, madrasa va maktablarning zamon talabiga mos ravishda rivojlanishiga to'sqinlik qilinib, ongli ravshida saqlab turildi. Ayniqsa, o'lkada savodsizlikning hukm surishi ma'naviy hayotni qashshoqlanishida salmoqli o'rinni egalladi. Natijada, fan va madaniyat jahon taraqqiyotidan ancha orqada qoldi. Mustamlakachilik va millatchilik siyosatining mahsuli sifatida yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot istiqlol uchun kurashlarning sabablarini shakllantirdi. Mana shunday sharoitda imperatorning mardikorlikka safarbar etish haqidagi farmoni to'la yetilib turgan ozodlik kurashlarining ko'tarilishiga katta turtki bo'ldi, u bamisoli yashin alangasidek butun o'lkani o'z ichiga qamrab oldi.

REFERENCES

1. Tursunov X. O'zbekistonda 1916-yil xalq qo'zg'oloni. - T.:O'zbekiston,1966. - 170 bet (Tursunov H. The popular uprising of 1916 in Uzbekistan. - T.: Uzbekistan, 1966. - 170 pages)

2. Ismoilova J. Farg'ona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi.2003. - 320 bet (Ismailova J. National liberation struggles in the Fergana Valley. - T.: Ghafur Ghulam Publishing House. 2003 - 320 pages)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Choriyev Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari(1916—1917-y). -T.:Fan,1999. - 334-bet (Choriyev Z. Turkestan laborers: consequences mobilization mobilization and his (1916-1917) .- T. Fan, 1999. - 334 - pages)

4. Tursunov X. O'zbekistonda 1916-yil xalq qo'zg'oloni. - T.:O'zbekiston,1966. - 170 bet (Tursunov H. The popular uprising of 1916 in Uzbekistan. - T.: Uzbekistan, 1966. - 170 pages)

5. Усеибоев К. Восстание 1916 г. в Киргизии. Фрунзе. 1967 (Usenboev K. Uprising of 1916 in Kirgion Frunze, 1967)

6. Ковалев А.П. Тыловые рабочие Туркестана в годы первой мировой войны. Ташкент. 1957. Его же: Революционная ситуация 1915-1917 гг. и ее проявление в Туркестане. Ташкент. 1971 (Kovalev AP The rear workers of Turkestan during the First World War. Tashkent. 1957 The same: the revolutionary situation of 1915-1917 and its manifestation in Turkestan. Tashkent. 1971

7. Кастельская З.Д. Основные предпосылки восстания 1916 г. в Узбекистане М.,1972 (Kastelskaya Z.D. The main prerequisites for the 1916 uprising in Uzbekistan M., 1972)

8. Ismoilova J. Farg'ona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi.2003. - 320 bet (Ismailova J. National liberation struggles in the Fergana Valley. - T.: Ghafur Ghulam Publishing House. 2003 - 320 pages)

9. Sodiqov X. Turkistonning mustamlakachilik siyosati va istiqlol uchun kurash (XX asr) . -Toshkent.1994 (Sodikov H. Turkestan's colonial policy and the struggle for independence (20th century) - Tashkent.1994)

10. Ахмаджанов Г.А. Российская империя в Центральной Азии (история и историография колониальной политики царизма в Туркестане). - Т. 1995 (Akhmadzhanov G.A. Russian Empire in Central Asia (history and historiography of the colonial policy of tsarism in Turkestan). T. 1995)

11. Choriyev Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari(1916—1917-y). -T.:Fan,1999. - 334-bet (Choriyev Z. Turkestan laborers: consequences mobilization mobilization and his (1916-1917) .- T. Fan, 1999. - 334 - pages)

12. Suyunova A. Turkistonda 1916-yilgi milliy - ozodlik kurashi (Sirdaryo viloyati misolida). -T.: 1997. - 131 bet. (Suyunova A. The national liberation struggle of 1916 in Turkestan (on the example of Syrdarya region). - T .: 1997. - 131 pages)

13. Ziyoyeva D. Turkistonda milliy ozodlik harakati (Mustabid tuzumga qarshi 1916-yil va 1918-1924-yillardagi xalq kurashlari tarixshunosligi). - T.: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti,2000. - 176 bet (Zivoveva D. National Liberation Movement in Turkestan. - T.:Ghafur Ghulam Publishing House of Literature and Art,2000. - 176 pages)

14. Усеибоев К. Восстание 1916 г. в Киргизии. Фрунзе. 1967 (Usenboev K. Uprising of 1916 in Kirgion Frunze, 1967)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.