Научная статья на тему 'JADIDLAR QARASHLARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR VA ULARNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI'

JADIDLAR QARASHLARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR VA ULARNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1346
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston iqtisodiyotining rivojlanish tarixi / jadidizm / jadidizmning iqtisodiy ta'limotlari / O'zbekiston milliy iqtisodiyoti / iqtisodiy islohotlar / tadbirkorlik. / history of the development of the economy of Turkestan / Jadidism / economic teachings of Jadidism / national economy of Uzbekistan / economic reforms / entrepreneurship.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Davlyatova, Gulnara Mukhamadzhanovna

Ushbu ilmiy maqolada jadidchilarning iqtisodiy qarashlari, jamiyat hayotini yangilashga doir kontseptual g’oyalarining hozirgi davrdagi o’rni va ahamiyati hamda ularning ilmiy xulosalarining amaliyotda tadbiq etilayotganligi o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-ECONOMIC REFORMS IN THE VIEWS OF THE JADIDS AND THEIR ROLE IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

The article highlights the economic views of the Jadids, the current place and significance of their conceptual ideas for the renewal of public life, the practical application of their scientific conclusions.

Текст научной работы на тему «JADIDLAR QARASHLARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR VA ULARNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI»



INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 4 Volume: 2 Published: 30.04.2022

http://alferganus.uz

Citation:

Davlyatova, G.M. (2022). Socio-economic reforms in the views of the jadids and their role in the development of the economy. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (4), 16-34.

,3,aBnHTOBa, r.M. (2022). Jadidlar qarashlarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (4), 1634.

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

SJIF 2022:5.962 QR-Article

Gulnara Mukhamadzhanovna,

Davlyatova

candidate of Economic Sciences, Associate Professor, Fergana Polytechnic Institute

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6656676

DOI 10.5281/zenodo .66 56676

UDC 658.011.46

SOCIO-ECONOMIC REFORMS IN THE VIEWS OF THE JADIDS AND THEIR ROLE IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

Abstract: The article highlights the economic views of the Jadids, the current place and significance of their conceptual ideas for the renewal of public life, the practical application of their scientific conclusions.

Keywords: history of the development of the economy of Turkestan, Jadidism, economic teachings of Jadidism, national economy of Uzbekistan, economic reforms, entrepreneurship.

Gulnara Muxamadjanovna Davlyatova

iqtisodfanlari nomzodi, dotsent, Farg'ona politexnika instituti JADIDLAR QARASHLARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR VA ULARNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada jadidchilarning iqtisodiy qarashlari, jamiyat hayotini yangilashga doir kontseptual g'oyalarining hozirgi davrdagi o'rni va ahamiyati hamda ularning ilmiy xulosalarining amaliyotda tadbiq etilayotganligi o'rganilgan. Kalit so'zlar: Turkiston iqtisodiyotining rivojlanish tarixi, jadidizm, jadidizmning iqtisodiy ta'limotlari, O'zbekiston milliy iqtisodiyoti, iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik.

© ©

Ty^Hapa MyxaMag^aHOBHa ^aB.raTOBa

16

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

ЭЛР 2022:5.962

кандидат экономических наук, доцент, Ферганский политехнический институт

СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ РЕФОРМЫ ВО ВЗГЛЯДАХ ДЖАДИДОВ И ИХ РОЛЬ В РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ

Аннотация: В статье освещаются экономические взгляды джадидов, современное место и значение их концептуальных идей для обновления общественной жизни, практическое применение их научных выводов. Ключевые слова: история развития экономики Туркестана, джадидизм, экономические учения джадидизма, национальная экономика Узбекистана, экономические реформы, предпринимательство.

Kirish

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni o'zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga ko'tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo'yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O'zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish masalasining ilgari surilishi oliy ta'limda tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi va ko'nikmalariga yuqori darajadagi talablarni qo'yadi. Tayyorlanayotgan kadrlar mamlakat iqtisodiyotida turgan dolzarb muammo va masalalarni hal qila olish hamda asoslangan qarorlarni qabul qilish ko'nikmalariga ega bo'lishi zarurdir. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o'zlashtirgan,har qanday iqtisodiy jarayonlarga to'g'ri baho beradigan, iqtisodiyot oldida turgan muammolar yechimini hal qila oladigan, mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta'minlaydi.

Yurtimizda iqtisodiy bilimlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi uzoq o'tmish va boy tarixga ega bo'lib, unda "Avesto" ta'limotlari, Hadisi sharifdagi qadriyatlar hozirgacha o'z o'rni va alohida hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Bular uzoq davr mobaynida, millatimiz iqtisodiy ong va tafakkurining rivojlanishida, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan qadriyat va an'ana, urf-odatlarimizning yuzaga kelishida mustahkam poydevor va asos bo'lib kelmoqda.

Xususan, "Avesto"da kishilarning dehqonchilik, chorvachilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanish kerakligi, yer, suv, havoni bulg'alash, ifloslantirish og'ir gunoh ekanligi ta'kidlanadi. Hadislarda iqtisodiy ta'limotga alohida e'tibor qaratilib, savdo-sotiq ishlarini halol amalga oshirish, boshqalarni aldamaslik, sudxo'rlik qattiq gunoh ekanligi, birovning mulkiga xiyonat qilmaslik, hatto hasad qilish gunoh ekanligi keltiriladi. Yolg'on ishlatish, o'g'rilik va mehnatsiz daromad orttirish man etiladi. Qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, soliq turlari va

17

SJIF 2022:5.962

miqdori to'g'risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Tejamkorlikka katta urg'u berilib, isrofgarchilik qattiq qoralanadi.

Ma'lumki, Turkistonda ijtimoiy jarayonlar kesimida XIX asrning oxirlari XX asrning dastlabki o'n yilliklari ma'rifatparvarlik yoki jadidchilik harakati nomi bilan tarixga kirgan. Bu davrda voqelikni ma'rifatparvarlik nuqtai nazaridan o'zlashtirish markazida millat va Vatan hayotining aniq ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy va milliy iqtisodiy vazifalar asosiy o'rin tutgan, qolaversa, jadidlar katta ijtimoiy-iqtisodiy, maorif jarayonlardagi yangilanishlarni g'oyaviy tashabbuskorlari bo'lish bilan bir qatorda, ular o'z ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy mavqelariga ko'ra, Rossiya Imperiyasi mustamlakachilik zulmi ichidagi musulmon turkiy aholining ilg'or kuchlar faoliyatida va yaqin chet ellardagi tsivilizatsiyasi o'zgarishlar bilan muqoyasa qilish darajasida bo'lganlar. Ana shunday yangicha ilg'or fikr va yangicha iqtisodiy tafakkur egalari bo'lgan jadid-ma'rifatparvarlarning iqtisodiy g'oyalarini o'rganish uning bugungi kun voqeligimizdagi bozor munosabatlarini rivojlantirish bilan bog'liq jarayonlardagi o'rni hamda ahamiyatini tadqiq etish o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra dolzarb masaladir.

Jadidlar davlat, tuzum, boshqaruvni o'sha davr muhitidagi iqtisodiy hayotni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni o'lkada bozor iqtisodiyotining yaratish hamda jahon mamlakatlari bilan integratsiyalashuvi masalalarini maqsad qilib qo'ygan g'oyalarni ishlab chiqishning o'zi milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qo'yilgan tamal toshi deb baholash mumkin. Jadidlar bunday inqilobiy o'zgarishlarning aniq amaliy tadbirlarni o'zida mujassamlashtirgan ilmiy kontseptsiya yaratdilar. Ular jahon tsivilizatsiyasida katta o'rin egallagan Turkistondek ulkan tarixiy bir makonda, ko'p asrlar davomida shakllanib kelgan hayotning sharqona tarzini saqlagan holda uni Yevropa taraqqiyoti natijalari bilan boyitishni ko'zlagan kontseptual g'oyalarni ilgari surganlar.Shu nuqtai nazardan mustaqilligimiz fidoyilari bo'lgan jadidlar iqtisodiy merosini o'rganish g'oyat dolzarblik kasb etadi. Jadidlar davlat, tuzum, boshqaruvni o'sha davr muhitidagi iqtisodiy hayotni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni o'lkada bozor iqtisodiyotini yaratish hamda jahon mamlakatlari bilan integratsiyalashuvi masalalarini maqsad qilib qo'ygan g'oyalarni ishlab chiqdilar.

Muammoning o'rganilganlik darajasi

Jadidchilik harakatiga bag'ishlangan qator olimlarning ilmiy ishlari mavjud. Jadidchilik harakati mohiyatini ochib berishda olimlarimizdan O.Sharafiddinov, B.Qosimov, Sh.Rizaev, A.Aliev, D.Quronov, va boshqalarning bir qator maqola va risolalari muhim o'rin tutadi.

Natija va tahlillar

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, hamda xalqning moddiy farovonligini yuksaltirish nafaqat iqtisodiy sohadagi, balki ko'p jihatdan ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bevosita bog'liqdir.

Tarix sabog'i shundaki, uning aynan keskin burilishlarida, ijtimoiy formatsiyalar almashinayotganda ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar g'oyat keskinlashadi, milliy xavfsizlikka, fuqarolar tinchligiga va barqarorlikka tahdid soluvchi omilga aylanadi. Bu

1B

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

holni kelib chiqish sabablaridan asosiysi shuki, ijtimoiy ziddiyatlar o'z mohiyatiga ko'ra hamisha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib kelgan. SHu sababli taraqqiyotning hamma bosqichlarida odamlarning ijtimoiy kayfiyatlarini, ijtimoiy muammolarni nazar-pisand qilmaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug'diradi.

SHuning uchun ham murakkab o'tish davrida amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo insonlarni, mamlakatning har bir fuqarosini yashashi va farovon hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishiga yo'naltirilishi kerak bo'ladi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy, ma'rifiy vaziyat taqozosi bilan maydonga kelgan jadidlar ham insonga munosib yashash va faoliyat ko'rsatish, aholini turmush tarzini yaxshilab borish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mamlakatni atroflicha isloh etish kerak, degan g'oyani ilgari surdilar.

Jadidchilik Markaziy Osiyoda, Osiyo va Yevropadagi ilg'or islohotlar oqimi ta'siri ostida, XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg'or taraqqiyparvar kuchlar mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qaram bo'lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o'lkalarning umumjahon taraqqiyotidan tobora ortda qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma'naviy sohada ham yuzaga kelgan turg'unlikni chuqur anglab yetdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish g'oyalarini uyg'otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur ham etib bo'lmas edi.

Jadidlarning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqidagi g'oyalari

Ishlab chiqarish dastgohlarini isloh

_etish_

/ ч

Harbiy xizmat (armiya)ni isloh ,__etish_.

Moliya sohasini isloh etish

f-\

Boshqaruv

sohasini isloh etish

f \

Ma'orif

sohasini isloh etish

Agrar sohani isloh etish

Madaniyat va maorifni isloh etish

Agrar sohani isloh etish

Savdo sotiq sohalarini isloh etish

1-rasm. Jadidlarning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqidagi g'oyalari1

Muallif tomonidan tuzilgan.

19

SJIF 2022:5.962

Vatanimizdagi bu islohotchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqirra yo'lni bosib o'tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot yo'llari haqidagi turli qarashlarning to'qnashuv maydoni ham bo'ldi.

Jadidlar iqtisodiy islohotlarni ro'yobga chiqarishning bosh omili mamlakatda yangi tartibdagi maktablar, o'quv yurtlari, dunyoviy ilmlarni chuqur bera oladigan ilm-ma'rifat maskanlari ochishdir, unga millatning barcha qatlamlarini, xususan yoshlarni jalb etishdir, deb bildilar.

Tabiiyki, bu yo'lda ular bor kuchi, bilimi, moddiy va moliyaviy imkoniyatlarini safarbar qildilar.

Jadidchilik dunyoviy ta'limni faollashtirishga intila borib, ayni paytda yuzaga kelayotgan milliy burjuaziya manfaatlari, shakllanayotgan tovar-bozor munosabatlari sharoitlarini o'zida aks ettirdi. Ular an'anaviy ta'lim islohoti, yangi usuldagi maktablar va teatr truppalarini yaratish, har bir musulmonning bank va moliyaviy kapital ishida ishtirok etishi imkoniyati tarafdorlari bo'lganlari holda, islomning ba'zi eskirgan aqidalarini inkor etishdi, fanning (matematika, geografiya, grammatika va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishdagi alohida ahamiyatini tan olishdi.

Zero o'tmishda ham, hozirgi kunlarda ham intelektual imkoniyatga ega bo'lish, bozor tuzilmalarini tadbiq etish negizida jadal iqtisodiy o'sish, keng miqyosda investitsiyalar kiritish milliy gullab-yashnashning muhim shartidir.

Jadidchilik ilg'or estetik va ma'naviy-iqtisodiy g'oyalarni o'ziga jamladi. XX asr boshlaridagi jadidchilik siyosati qonun asosida insonning so'z, matbuot, vijdon, shaxs daxlsizligi erkinligini himoya qildi.

SHunday qilib, jadidchilik yuzaga kelgan paytdan boshlab oq feodal tuzum va mustamlakachilikning tub negizlariga qarshi chiqdi. U an'anaviy islomga zid o'laroq dinni ma'naviy va iqtisodiy taraqqiyoti vazifalariga moslagan holda uning ayrim eskirgan qoidalarini o'zgartirishga intildi.

Jadidlar o'z xalqini ma'rifatli holda ko'rishni istadi, har qanday qullik, xurofotga berilishi, milliy biqiqlikdan ozod bo'lishiga intildi. Ular o'z faoliyati boshlaridayoq Turkiston aholisiga jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari bilan oshno bo'lish yo'lini taklif etdilar. Bu yo'l milliy va diniy-ma'naviy qadriyatlardan voz kechish emas, balki, aksincha, ular asosida, bundan keyingi rivojlanish va taraqqiyotga halaqit beruvchi eskirgan aqida va xurofotlardan voz kechish bilan sekin-asta o'tish edi.

Jadidlar maktab ta'limini isloh qilish masalalari bilan bir qatorda ijtimoiy-siyosiy tuzumni isloh qilishning dolzarb muammolarini ham ko'tara boshlashdi. Turkistonlik jadidlarning metropoliya mustamlakachilik siyosati, huquqiy institutlarga munosabati keskin o'zgardi. Milliy demokratlar mustamlakachilikni umuman qattiq tanqid ostiga olishdi, uning illatlarini ochib tashlashdi, davlat mustaqilligiga erishish haqidagi g'oyani oldinga surishdi, konstitutsiyaviy monarxiyani qo'llab-quvvatlash haqidagi ilgarigi g'oyalaridan butunlay voz kechishdi va Turkistonga Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berilishi tarafdori bo'lib chiqdilar.

CC

®

20

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Jadidlar "Turkiston xalqining yorqin istiqboli faqat federatsiya sharoitdagina kafolatlanadi, busiz Turkiston umuman mavjud bo'la olmaydi", deb hisoblashdi.

Jadidlarning dasturiy hujjatlarida milliy hududiy muxtoriyat tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan Turkiston Federativ Respublikasi vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha qonunlarni nashr etish, hokimiyat, boshqaruv va sudning oliy organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish va hokazolarga jiddiy e'tibor bilan qaradilar.

Boshqaruvning asos shakli sifatida respublikachilik tanlandi. Demokratik jamiyatni shakllantirish ustuvor maqsad qilib qo'yildi, unda demokratik huquq va erkinliklar berilishi va konstitutsiyaviy kafolatlanish ko'zda tutildi. Jadidlarning o'sha yillardagi xizmati shundaki, ular Turkistondagi barcha millat va elatlarning iqtisodiy ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va madaniy sohalarda qonuniy teng huquqligi g'oyasini olg'a surishdi.

Jadidlar ta'limotida islohotlarni har tomonlama amalga oshirish lozimligi ta'kidlanib o'tilgan. Bular maorif, fan, boshqaruv, ishlab chiqarish va texnika texnologiyalar bilan birgalikda bozorlarni, ularning do'kon va rastalarini ham isloh etish kerakligi to'g'risidagi fikrlarni bildirib o'tganlar.

A.Fitratning bu iqtisodiy qarashlari bugungi kundagi islohotla-rimiz bilan bevosita hamoxang ekanligi milliy ma'naviyatimiz, mafkuramiz va iqtisodiyotimizni tarkibiy tuzumlarini takomillashtirishda alohida ahamiyatga ega.

Zero, o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh vazifasi ham xorijiy investitsiyani, texnologiyani milliy iqtisodiyotga kiritish, milliy bozorlarimizni rivojlantirib mamlakatimizni jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi asosida makroiqtisodiyotimizni tarkibini millat va xalq manfaati nuqtai nazaridan o'zgartirishga xizmat qilmog'i zarur.

Mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va taraqqiy ettirish borasida A.Fitratning islohotlar loyihasi ham katta ahamiyatga ega. Loyiha, avvalo, armiya sonini ko'paytirish masalasiga to'xtalib o'tadi. Armiya safini to'ldirishda yevropacha metodlar joriy qilinishi kerakligi ilgari suriladi. So'ngra, qo'shinlarni saqlab turish va ularga ta'lim berish to'g'risida qilinadigan ishlar bayon etiladi. Loyiha keng kazarmalar qurishni, Buxoroda kamandirlar sostavi uchun harbiy maktab ochishni, qo'shinlarni ovqat va kiyim-kechaklar bilan davlat hisobidan ta'minlashni, shuningdek, soldatlarga, garchi ozroq miqdorda bo'lsa ham, oylik maosh to'lab turishni talab qiladi. Loyiha armiyada o'zboshimchalikni mutlaqo yo'qotish va amir davrida yuqori mansabdagilarning askarlar bilan qo'pol muomala qilib kelganligi kabi hollarga barham berish zarur deb hisoblaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Evropacha usulda yangi tashkil etiladigan armiya uchun harbiy ishni yaxshi bilgan buxoroliklar yo'qligi sababli rus armiyasida xizmat qilgan va xizmat qilayotgan musulmon ofitserlar ofitser va instruktor sifatida taklif qilinishi lozim. Harbiy ishning hammasi harbiy nozirlikda markazlashtirilishi lozim.

Buxoroda butunlay tartibsiz holga kelib qolgan moliya sohasida loyiha amirning mablag'larini umumdavlat mablag'laridan ajratib qo'yishni, soliqlarni aniq belgilab qo'yishni, byudjetni har yili e'lon qilib turishni va qayta tashkil etilgan moliya ishlarini boshqarmoq uchun moliya nozirligi ta'sis etishni talab qiladi.

21

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Ichki ishlar sohasida loyiha Buxoroda qat'iy ma'muriy bo'linish o'tkazish, hukumat tomonidan puli to'lab turiladigan mahalliy ma'muriyatlar ta'sis etilishi va boshqaruv ishlarining markazlashtirilishini talab qiladi.

Jadidlarning yana bir vakili Fayzulla Xo'jaev davlat arbobi sifatida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va xo'jalik qurilishining navbatdagi vazifalari to'g'risida bor imkoniyatlarini ishga soldi.

U respublikani elektrlashtirish masalasiga katta e'tibor berdi. Uning tashabbus bilan 1926 yilda birinchi gidroelektrostantsiya - Bo'zsuv GESi qurila boshlandi.

Fayzulla Xo'jaev O'zbekistonda madaniyat va maorifni rivojlantirishga kirishdi.

F.Xo'jaev istibdod zamonlaridan qolgan og'ir merosga mehnatkashlar ommasining madaniy qoloqligiga qarshi keskin kurash ochish lozimligi, ommaning savodsizligi davlat ishini muvaffaqiyatli va xayrli qilish yo'lida eng og'ir to'siq bo'lib turganligini achinib yozib bu to'siqlarni yengish uchun ommani savodli qilish kerakligi to'g'risidagi fikrlarni bildirgan edi.

Jadidlar o'zlarini mushohada etuvchi, tanqid qiluvchi, tahlil etuvchigina emas, balki yaxshigina islohotchi sifatida ham namoyon etdilar. Ular turli chirkinliklarni tanqid qilibgina qolmay, ularni isloh etish yo'llarini ham ko'rsatdilar.

Islohotchi jadidlar mamlakatda iqtisodiy bozor makoni tashkil qilish, mulkdorlarga huquqiy kafolatlar berish, maktab-maorif tizimini yangilash, xalqqa ma'qul diniy siyosat olib borish kabi talablar qo'yib, ularni nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Bu yetilib qolgan ijtimoiy muammolarni evolyutsion tarzida, islohot yo'li bilan hal qilish nazariyasi bo'lib, afsuski, u sho'rolar tazyiqi ostida amalga oshmay qolgan.

Jadidlar orzu qilgan istiqlol bizning avlodga nasib etdi. Ular qoldirib ketgan meros bugun mustaqillik g'oyalariga xizmat qilmoqda.

Fitrat, CHo'lpon, Behbudiy tasvirlagan hayotda odamlar o'zlarini go'yo boshqa, shundan boshqa hayot yo'qday tutadilar. Ular boshqa hayotlar ham borligini tasavvurga ham keltirmaydilar. Boshqa nisbatan yuksak darajali hayot borligi anglanmagan edi. Odamlarda bu tushuncha yorishmagan edi. Intilishlar so'ngan edi.

Fitrat, CHo'lpon, Behbudiyning milliy tanqidi milliy so'ngan intilishlarning chirog'ini qaytadan yoqish maqsadini o'z oldiga qo'ydi. Ular o'z achchiq va alamli milliy tanqidlari vositasida xalqning did-farosatini qaytadan bino qilishni ko'zladilar. Millatning taraqqiyoti faqat malaka, rang-barang salohiyatlar, yuksak iqtidorli intilishlar, kashfiyotchilik, ixtirolar ruhi bilan yashash orqali yuzaga chiqishi ilgari surildi.

Yana bir muhim xulosa shuki, bularni anglab yetib, o'z turmushining zaruratiga aylantirolgan millatlarda kambag'al bo'lmaydi. Uning kambag'ali boshqalarning eng boyiga teng bo'ladi.

Davr va zamonlar o'tdi. Fitrat, CHo'lpon, Behbudiy, Avloniylarning o'zini tanish, haqiqiy zamon kishisini yaratish g'oyalari davlat mustaqilligiga erishilgach, yangi ulug'vor g'oyaga tutashib ketdi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning ilk damlaridayoq o'rtaga milliy tiklanish g'oyasini qo'ydi. Bu keyingi besh yil ichida chinakam umummilliy g'oyaga aylandi. G'oya xalqimiz va jamiyatimiz oldida juda keng ufqlar ochdi. Milliy tiklanish mustaqillik mafkurasining mag'zini tashkil etadi. Taraqqiyot va tarixiy rivoj yo'lida o'z umummilliy g'oyasiga -

22

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

tiklanish g'oyasiga ega bo'lgan va shu g'oyaning amali hamda ro'yobi uchun ishlaydigan fidokor xalq chindan ham o'z kelajagi oldida ojiz emasdir.

Yurtimizda qaror topgan tinchlik, barqarorlik va fuqarolar hamjihatligi respublikamiz iqtisodiy-siyosiy va ma'naviy hayotidagi tub islohotlar muvaffaqiyatiga asosiy kafolat bo'ldi. Bu natijalar, eng avvalo, dunyoqarashimizdagi o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liqdir. Fidoyi, mehnatkash, tanti halqimiz mustaqillik va mamlakatimizning buyuk istiqboliga intilib, Vatanning qadru qimmati, millatning sha'ni ekanini ang-lab, iste'dodini, butun imkoniyatini, butun kuchini elu yurt istiqboliga bahshida etmoqda.

Biz iqtisod va ma'naviyatni mushtarak holda tasavvur etamiz. CHunki iqtisodiy tanazzulga uchragan jamiyatning ma'naviyati ham qashshoqlashadi. Yoki aksincha, ma'naviy qashshoq jamiyat hech qanday islohotlarga qodir bo'la olmaydi.

Darhaqiqat shu o'rinda aytib o'tish kerakki, biz tadqiq etayotgan jadidlarning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar masalasi bugungi kundagi islohotlarimiz bilan bevosita hamohang ekanligi milliy ma'naviyatimiz, mafkuramiz va iqtisodiyotimizni tarkibiy tuzilmalarini takomillash-tirishda alohida ahamiyatga ega. Zero, o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh vazifasi ham xorijiy investitsiyani, texnologiyani milliy iqtisodiyotga kiritish, milliy bozorlarimizni rivojlantirib mamlakatimizni jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi asosida makroiqtisodiyotimizni tarkibini millat va xalq manfaati nuqtai nazaridan o'zgartirishga xizmat qilmog'i zarur.

Binobarin, jadidlarning kontseptual g'oyalari hozirgi o'zgarishlar amaliyotining ma'naviy darakchisi, bugungi kundagi strategiya va keng qamrovli islohotlar yo'lining genetik asosi bo'lib xizmat qilmoqda, deb o'ylaymiz.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo'g'inlari uchun umumiy bo'lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog'liq holda o'ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o'ziga xos xususiyatlar agrar sohada yaqqol namoyon bo'ladi. Agrar soha mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim bo'g'inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, «Respublika sanoatining ko'pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to'qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoatini, qishloq xo'jalik mashinasozligini va boshqalarni (bular butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil etadi) rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o'tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo'jaligiga bog'liqdir»2. Demak, aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo'ladi.

Jadidlar ham Turkiston iqtisodiyotining asosini agrar ishlab chiqarish tashkil etishini yaxshi tushunar edilar. SHuning uchun ham ular bu tarmoqning rivojlanishiga qaratilgan mulohaza va fikrlarini ilgari surishgan edilar (2-rasm).

2 Karimov I. O'zbekiston buyuk kelajak sari. T.: «O'zbekiston», 1998, -B.225-226.

23

SJIF 2022:5.962

Jadidlarning agrar soha samaradorligini oshirish haqidagi g'oyalari

2-rasm. Jadidlarning agrar soha samaradorligini oshirish haqidagi g'oyalari

A.Cho'lpon fikriga hamoxang bo'lgan fikrlarni Mahmudxo'ja Behbudiy faoliyatida ham ko'rishimiz mumkin. M.Behbudiy o'zining qisqa va mazmunli xayoti davomida Turkiston xalqi uchun ko'p yaxshi ishlarni amalga oshirgan. U hayotiy faoliyatida ko'plab mamlakat va shaharlarga sayoxatlar qilib ko'plab millat va elat vakillari bilan turli mavzularda suhbatlar qilgan. Boshqa millat vakillarining bizning Turkiston to'g'risida bildirgan fikrlarini uning sayohat xotiralarida keltirilgan.

Yaxudiydan biri derki, "Turkiston eski dunyoning Amrikosidur. Paxta, ma'dan, g'alla, xulosa, har nimarsa bor. Turkiston oltindur. Agarda Rusiya xukumati mone' bo'lmasa, barcha mulkimni sotib, pulig'a Turkistondan yer olib, dehqonchilik etardim. Oltun berib, yer olib, so'ngra olmos ko'tarar edim"3. Yuqoridagi jumlalardan shu narsalar ma'lum bo'ladiki, Turkiston eski dunyoning Amerikasi ekanligi hosildorlik jihatidan

Bexbudiy M. Tanlangan asarlar. T.:, "Ma'naviyat", 1999, -B.69.

3

24

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

ilg'or bo'lib, paxta, ma'dan, g'alla va boshqa xildagi ekinlarni undirish mumkinligini Turkiston mamlakatini yer va iklimi oltinga teng darajada bo'lganligi ta'kidlanadi. Agar Rus hukumati qarshilik qilmasa yahudiy o'zining barcha mulkini sotib, puliga Turkistondan yer olib dehqonchilik qilishligi to'g'risidagi fikrlar mamlakatimiz tuprog'ini haqiqatda ham oltinga teng ekanligini ko'rsatadi. Biroq bizning xalqimiz shunday unumdor yerlardan samarali foydalana olmasliklari achinarlidir.

Abdurauf Fitrat ham Buxoro qishloqlarida iqtisodiy-ijtimoiy ahvol g'oyat achinarli ekanligini ta'kidlab, buning boisi qishloq xo'jaligining zamonaviy talab va taraqqiyotidan juda orqada qolish deb bildi. U yerdan samarali foydalanilmaslikning sababi quyidagicha deb yozadi: «... yerlarning hosil berishi darajasida mehnat qilmaydilar, ya'ni yerlarning imkoniyaticha hosil ololmaydilar»4. Yuqoridagi jumlalardan shu narsa ma'lum bo'ladiki yerdan samarali foydalanilmaslikning sababi yerga hosil berish darajasida mehnat qilinmasligi ya'ni yerlarning imkoniyaticha hosil olinmasligidadir deb ko'rsatadi. A.Fitrat Turkiston qishloq xo'jaligida ehtiyojlarni qoplash darajasida unum olinmaslik sabablarini o'rganib chiqib, uning uchta asosiy sababi borligini aniqladi:

Birinchi sabab - amaldorlarning dehqonlarga nisbatan adolatsiz munosabatlarda bo'lishlaridir. Bu adolatsizlik raiyatdan soliq yig'ishda namoyon bo'ladi;

Ikkinchi sabab - qishloq xo'jaligida unumdorligi past asbob-uskunalardan (ishlab chiqarish vositalaridan) foydalanib kelinayotganligidir. Olingan daromad texnikadan foydalanish xarajatlarini ham qoplamasligida bu namoyon bo'ladi;

Uchinchi sabab - Yerga quvvat beradigan sanoat dori-darmonlarining (mineral o'g'itlar, gibridtsitlar, yadroximikatlar kabilar) yetarli ishlatilmayotganidir.

A.Fitratning yuqoridagi fikrlaridan shu narsalar ayon bo'ladi. Turkiston qishloq xo'jaligida ehtiyojlarni qoplash darajasida unum olinmaslikning birinchi sababi Buxoroning amaldorlari hukumatning haqini dehqon hosiliga qarab taxminan olar edilar. Masalan, bir dehqonning bir xirmon bug'doyi bo'lsa, amaldor o'zining istagiga ko'ra ushbu bug'doyning miqdorini chamalab, podshohlik haqini talab etar edi. O'sha vaqtlarda (ya'ni XX asrning boshlarida) amaldorlar hukumat tomonidan xizmat haqqi olmasdan, balki o'zlarining butun haris-masraflarini dehqon hisobidan undirar edilar.

Birinchi sabab amaldorlarning adolatsizligi bo'lsa, ikkinchi va uchinchi sababning yuzaga kelishi dehqonlarning o'zlariga ham bog'liq edi. Dehqonlarning yerga ishlov berishda ishlatadigan asboblari va ekin-tikin usullari Xazrat Odam Ato dehqonchiligidan farq qilmas edi. Zero, o'sha davrlarda Yevropa mamlakatlari o'zlarining yirik shaharlarida dehqonchilik maktablarini ochib, o'z farzandlarini shu maktablarga kiritib, qishloq xo'jaligiga oid fanlardan tahsil oldirtirar edilar. Bizning yurtni dehqonlari esa «dehqonchilik maktabi» degan tushunchani tushlarida ham ko'rmaganlar. Yevropaliklar yerga quvvat baxsh etadigan hayratlanarli dorular ishlab chiqargan bo'lsalar, Buxoro dehqonlari esa hali ham eskicha uslubda edilar. Yevropa dehqonlari yerni shudgorlash uchun mashinalarga ega bo'lib, bu mashinalar bir kunda bir necha tanob yerni haydash qudratiga ega edilar. Buxoro dehqonlari esa ikkita xo'kizni qo'shib katta mashaqqatlar bilan bir tanob yerni kunlab shudgor qilar edilar.

4Fitrat A. Tanlangan asarlar..T.:, "Ma'naviyat", 2000, -B.144. © ©

25

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Frantsiya dehqonlari bug'doy yanchish uchun alohida mashina yasab olishgan bo'lsalar, Buxoro dehqonlari esa, bu ishni bajarish uchun bir necha xo'kiz, eshakka muhtoj edilar. Shuning uchun ham Turkistonliklar yerdan unumli foydalanisha olmas edilar.

Fayzulla Xo'jaev qishloq xo'jaligini rivojlantirishni dastlab irrigatsiya sohasidan boshlash lozimligini uqtiradi. Buxoroning iqlim va geografik sharoiti yerlarni sun'iy sug'ormay turib, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga imkoniyat bermaydi. SHu sababli, irrigatsiya masalasi asosiy va bosh masaladir. G'arbiy Buxoroda, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo vodiylarida yerlarning ko'pchiligida sug'orish yo'li bilan dehqonchilik qilinadi. SHarqiy Buxoroda, Surxondaryo vohasida va Amudaryoning yuqori qismida sug'orish talab qiladigan yerlar foizi katta. Biroq, sug'orish shoxobchalari juda qoniqarsiz ahvolda, shuning uchun ham juda katta yer maydonlari foydalanilmasdan qolmoqda. Buning sababi shuki, bir tomondan, suv manbalarining o'zida suv juda kam (Qashqadaryo) va Zarafshonning yuqori qismlarida va Samarqand viloyatida suvdan ko'p foydalaniladi. Buning natijasida Zarafshon Buxoro territoriyasiga o'tganida juda kamsuv bo'lib qoladi. Ikkinchi tomondan, irrigatsiya shoxobchalari qoniqarsiz ekanligi, shuningdek, texnikaviy moslamalar yo'qligi sababli suv noto'g'ri taqsim qilinayotganligidan yerlarni sug'orib qilinadigan dehqonchilikka katta zarar yetmoqda; texnikaviy moslamalar bo'lmasa, respublika ichida qariyb 1000 chaqirim masofada oqib o'tayotgan va suvning 90 foizdan ko'prog'i yerlarni sug'orish uchun foydalanilmagan Qashqadaryo suvlaridan ratsional foydalanish mumkin emas. Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida mahalliy dehqonlarning talabini qondirish uchun sug'oriladigan yerlar yetarli miqdorda bor, bu yerda sug'orish shoxobchalarini texnikaviy jihatdan takomillashtirishga asosiy e'tibor berish kerak. Amudaryo vodiylarida, ayniqsa, Turkmanistonda sug'oriladigan maydonlari kamligi sababli aholi juda qiynalmoqda, bunga Amudaryo suvidan foydalanishdagi tabiiy qiyinchiliklar sabab bo'lmoqda. Amudaryodan foydalanish uchun bir qancha texnikaviy inshootlar va moslamalar kerak. SHu sababli, birinchi navbatda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurligi Fayzulla Xo'jaev tomonidan ilgari suriladi:

■ magistral ariqlarda suv taqsimlaydigan to'g'onlar qurish va bu to'g'onlarni takomillashtirish;

■ tegishli rayonlarda eski quduqlarni remont qilish va yangilarini qurish; shunday qilinmasa, chorvachilik xo'jaligini qayta tiklab bo'lmaydi;

■ suv kamchiligidan va shu sababli yer kamchiligidan qiynalayotgan Turkmanlar rayonida sug'orish kanallari qurish;

■ suvni ratsional ravishda taqsimlash va suv iste'mol qiluvchilarning suvdan tejab foydalanishlarini ta'minlash maqsadida butun suv shoxobchalarini texnikaviy jihatdan yaxshilash;

■ sug'orish sistemalarining hammasini va ularning shoxobchalarini hisobga olish hamda vaqti-vaqti bilan tozalab, chuqurlashtirib va kengaytirib turish yo'li bilan suv shoxobchalarini to'la tartibga solish.

Yuqoridagilardan shu narsalar ma'lum bo'ladiki, XX asr boshlarida mamlakatimizda irrigatsiya, sun'iy sug'orish ishlarining yomon holatda ekanligi texnikaviy moslamalar yo'qligi, suv taqsimotining yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi sababli,

26

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

ko'plab juda katta yer maydonlaridan foydalanilmay kelinishi qishloq xo'jaligi samaradorligini pasayishiga olib keldi. Va bu sohaga davlatning ta'siri ham kamayib borayotganligi ko'rinadi. Ayni vaqtda davlat arbobi bo'lgan Fayzulla Xo'jaev ishlab chiqqan tadbirlar qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. F.Xo'jaev qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirishda sug'orish masalasi bilan bir qatorda qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lgan dehqonchilik masalasiga ham alohida e'tibor qaratdi. Dehqonchilikni intensivlashtirish va dehqon mehnatining ratsional ravishda sarflanishi uchun yerni ishlashning yangi usullarini va dehqonchilikning yangi ish qurollarini asta-sekin joriy qilish zarurligini uqtiradi.

F.Xo'jaev Buxoroda yerga ishlov berishni zamonaviy texnika asoslariga ko'chirish, bu esa dehqonchilikni intensivlashtirish, qishloq xo'jaligiga yangi texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi, deb ko'rsatdi. Jumladan, bu Buxoro zaminida ham Misr, Amerika kabi mamlakatlardagi qishloq xo'jaligi tizimlari, mashinalar majmuasini qo'llashga olib keladi. U ilg'or texnologiyani qo'llashning tajriba dalalarini va mashina prokat punktlarini tashkil etish, ilg'or tajribani ommalashtirish, maktablar tashkil etib, ularga darslar uyushtirish, qishloq xo'jaligiga oid adabiyotlarni chop etib tarqatish, qishloq xo'jaligi rivojlangan mamlakatlarga ekskursiya va xizmat safarlariga yuborish yaxshi natijalar keltiradi, deb uqtiradi.

F.Xo'jaev Buxoro qishloq xo'jaligini rivojlantirish masalasidagi davlat dasturi ishlab chiqish lozimligiga e'tiborini qaratdi va ishlab chiqdi. Dasturdagi umumiqtisodiy tadbirlar quyidagi ishlarni amalga oshirishdan iborat edi:

1) irrigatsiyaga doir butun programmani to'la ravishda bajarish;

2) yerni ishlashning yangi usullarini, dehqonchilik ish qurollarini, urug'larni selektsiya qilishni joriy qilish yo'li bilan yerni ishlashni intensivlashtirish, agropunktlar, q ishloq xo'jalik maktablari tashkil etish hamda aholi orasida nazariy bilimlarni tarqatish;

3) xo'jaligi xonavayron bo'lgan dehqonlarga ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli katta qishloq xo'jalik kreditlari berib turish;

4) paxta ekilayotgan maydonlarni kengaytirish va amerika paxtasi ekishni har tomonlama rag'batlantirish yo'li bilan paxtaning shu navlarini ekishga asta-sekin o'tish;

5) qorako'lchilarni soliqlardan ozod qilish bilan bir qatorda, ularga keng ravishda kreditlar berib turish;

6) aholi qurt urug'i tarqatish va qurt urug'i yetishtirib beradigan stantsiyalar tashkil etish yo'li bilan pillachilikni qayta tiklash choralarini ko'rish.

Yuqoridagi fikrlardan mulohaza qiladigan bo'lsak, F.Xo'jaev Buxoro qishloq xo'jaligini rivojlantirish omillaridan bo'lgan irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish, qorako'lchilarni soliqlardan ozod qilish bilan bir qatorda, ularga keng ravishda kreditlar berib turish orqali qorako'lchilikni rivojlantirish haqida gapirib, uni Yevropa bozorlariga chiqarishni davlat yo'li bilan yengillashtirish, bu qimmatbaho xom-ashyoni kontrabanda yo'li bilan chetga chiqib ketishiga chek qo'yajagini uqtiradi. SHuningdek, u ipak qurti urug'i yetishtirishni yaxshilash yo'li bilan mamlakatda pillachilikni rivojlantirishga oid takliflarni ham ilgari surgan edi.

Mamlakatimizdagi agrar soha samaradorligini oshirishda A.Fitratning «Islohotlar loyihasi» ham katta ahamiyatga ega.

27

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Loyihada dehqonchilik va qishloq xo'jaligi masalalariga juda ko'p o'rin beriladi. Loyihaga binoan, haydaladigan yerlarning hammasi uch kategoriyaga: vaqf yerlariga, xususiy mulk bo'lgan yerlarga va davlat yerlariga bo'linadi. Davlatniki bo'lgan (amlok) va davlat tasarrufida turgan yerlar, «xiroj» degan nom bilan birlashtiriladi (bu yerlar davlatniki bo'lib, alohida shartlar bilan ijaraga beriladi).

Loyihada soliq solish tartibi qat'iy qilib ko'rsatilgan, soliq undirishning bir qancha qoidalari ishlab chiqilgan. O'zboshimchalik va tartibsizlik hukm surgan soha jadidlarning rahbarlarini ayniqsa qiziqtirganligi mana shuning o'zidan ko'rinib turibdi. Loyihada mehnatkashlarga va davlatga tegishli yerlar uchun solinadigan soliqning miqdorini kamaytirish ko'zda tutiladi.

Loyihaga binoan, jamoat dehqonchilik qiladigan yerlardan va «mulki xiroj» (soliq olinadigan yer), yerlardan olinadigan soliqlar miqdori kamaytiriladi, shu bilan bir vaqtda bir qancha egri soliqlar, chunonchi: «kafsan» (mahalliy qishloq ma'muriyati (amin, oqsoqol va boshqalar) foydasiga dehqonlardan olinadigan soliq), «atayati» (sadaqa), «uskuna puli» (turli daraxtlar uchun to'lanidagan pul), «cho'p puli» (yaylovlardan foydalanganlik uchun olinadigan soliq), «ko'tara boqi» deb nomlangan «xashar» chiqimlari tugatiladi.

Ayni vaqtda, loyihada «mulk yerlar» (xususiy mulk yerlar) va «mulki xiroj» yerlarning bir qismi uchun solinadigan soliqni ancha ko'paytirish kerakligi aytilgan. Davlat mulki bo'lsa ham, ammo amir tomonidan xususiy kishilarga biriktib qo'yilgan yerlar «mulki xiroj» deb ataladi.

Erdan soliq olish tartibiga, loyihada aytilganidek, kiritiladigan mana shu o'zgarishlarning hammasi mehnatkash xalq ommasi uchun soliq to'lashda yengilliklar berish va katta yer egalarining yerlariga solinadigan soliqlarni ko'paytirish to'g'risidagi fikrni amalda ro'yobga chiqarishdir.

Loyihaning yerga egalik va qishloq xo'jalik masalalariga doir qismidagi ikkinchi, asosiy maqsad qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirish, ekin maydonlarini kengaytirish va dehqonchilikni intensivlashtirish to'g'risida g'amxo'rlik qilishdan iboratdir.

Loyihada taklif qilingan aniq choralar quyidagilardan iborat: ekin ekilgan va ekilmagan yerlarga solinadigan soliq miqdorini baravarlashtirish; shunday qilinganda, yerlarga ko'proq ekin ekishga yoki o'z qo'llaridagi yerlarning hammasini ishlatishga qodir bo'lmagan xo'jaliklarning yerdan voz kechib, uni sotishlariga yo'l ochilardi. SHuningdek, loyihada irrigatsiya tadbirlari, Zarafshon sug'orish sistemasini tartibga solish - uning suvini Buxoro bilan Samarqand viloyati o'rtasida odilona taqsimlash tadbirlari ko'rsatib o'tildi.

Loyihada Amudaryodan irrigatsiya maqsadlarida foydalanish ham taklif qilindi. SHu bilan birga, loyiha o'zining butun progressiv liberal ruhiga to'la muvofiq ravishda xasharni boshqa ishlarda taqiqlab qo'yishni taklif qilsa ham, lekin irrigatsiya maqsadlari uchun hatto hashardan foydalanish kerakligini ham ko'rsatib o'tdi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish uchun ko'riladigan chora tariqasida qishloq xo'jalik kreditini va dehqonchilik ishlarini mexanizatsiyalashni taklif qiladi. Bu masalada loyiha ko'rilishi lozim bo'lgan hamma choralarni mufassal bayon qiladi. Bu masalada loyiha shu qadar keskin va amaliy qilib tuzilganki, unda Buxoroda qishloq xo'jalik banki

28

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

tashkil etish va uning bo'limlarini viloyatlarda ko'paytirish (bunday bank Buxoro dehqonlarini qishloqdagi ko'p sonli sudxo'rlarning changalidan ozod qilishi lozim), shuningdek, Buxoroga qishloq xo'jalik mashinalarini olib kelib dehqonlarga berish va ularga bu mashinalarni ishlatishni o'rganish kerakligi ko'rsatib o'tilgan. Qishloq xo'jalik maktablari ochish, agronomiya bilimlarini omma orasiga yoyish-mana shularning hammasi loyihada ko'zda tutilgandi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, jadidlar qishloq xo'jaligida o'zgarishlarni amalga oshirish uchun davlat miqyosida, siyosiy-amaliy harakatlarni boshlagan edi. Skobelev, Qo'qon, Toshkentda yig'ilishlar o'tkazilib, unda paxtaga qancha narx belgilansa maqsadga muvofiq bo'lishligi masalasi ko'rilgan. Fabrika egalari, savdogarlar, dehqonlar va jadidchilik vakillari ishtirok etgan bu yig'inlar qizg'in bahs-munozara va tortishuvlarga sabab bo'lgan hamda unda musulmonlarning qo'li baland kelgan. Qo'lga kiritilgan bu g'alabaning yana bir muhim tomoni shundaki, paxtaga narx qo'yishda har bir hududning sharoiti hisobga olingan. Buning ustiga dehqonlarning qilgan mehnatiga ham alohida haq to'lashga kelishib olingan. Ammo, bu to'lovning qanday ko'rinishda to'lanish masalasida bir to'xtamga kelinmagan.

Bundan tashqari o'lkada savdo-sotiqning izdan chiqishi ham dehqonchilikka jiddiy putur yetkazgan. Jumladan, ayrim hududlarda paxta bozori va savdosi yopilishi natijasida minglab tonna paxtalar sotilmay qolgan. Bu esa dehqonning yil davomida qilgan mehnati uchun haq yo'q, yillik daromad hisobda havoga uchdi. Mablag'siz qolgan dehqon esa keyingi yilga ishlashga tayyor emas edi.

Mustamlakachilik davrida mamlakatimiz qishloq xo'jaligida murakkab vaziyat vujudga keldi. Dehqonchilik tarmoqlarida ham, chorvachilik tarmoqlarida ham pastga tomon sirg'alish tezlashdi. Bu vaqtga kelib qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish darajasi borgan sari uni texnik jihozlash sur'atlaridan ham, aholining tabiiy o'sish sur'atlaridan ham keskin orqada qola boshladi. 1980-1989 yillarda yalpi qishloq xo'jalik mahsuloti ishlab chiqarish respublikada aholi tabiiy o'sishdan ikki marta, asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlashdan uch martadan ziyod past bo'ldi.

80-yillarning oxirida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda dehqonchilik bilan shug'ullanadiganlar kamayib, mahsulot ishlab chiqarish ko'paygan bo'lsa, bizda esa aksincha, qishloq xo'jaligida band bo'lganlar ko'payib mahsulot ishlab chiqarish pasaydi.

Tabiiyki, bunday sharoitda asosiy muammo mo'l-ko'l ichki va tashqi oziq-ovqat bozorini shakllantirish emas, balki aholini minimal zaruriy iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash bo'lib qoldi. Mamlakatimiz o'zining qulay tabiiy sharoitiga asoslanib, shirin-shakar nozu ne'matlar bilan nafaqat o'z aholisini, balki Markaziy Rossiya, Sibir va Uzoq Sharqni yetarli darajada ta'minlash, dehqonchilik mahsulotlarining qator turlarini chet elga eksport qilishi ham mumkin edi.

Qishloq xo'jaligida qaror topgan ahvolni yalpi mahsulot darajasi bilan to'la izohlab bo'lmaydi, albatta. Gap shundaki, yalpi mahsulotning miqdori nafaqat ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Uning miqdori ko'p jihatdan narxlarga ham bog'liq. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini tabiiy jihatdan, yana holisroq ifodalaydigan ko'rsatkichlar qishloq xo'jalik ekinlarining yalpi yig'im-terimi, dehqonchilik ekinlarining hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligidir.

29

SJIF 2022:5.962 1-jadval.

Qishloq xo'jalik ekinlari yalpi yig'im-terimi (barcha turdagi xo'jaliklarda, __ming tonna)_

Ekin turlari O'rtacha bir yilda

1976-1980 1981-1985 1986-1990 1986-1990 yil 1976-1980 yil hisobida

Don 2297,4 2450,2 1789,7 77,9

Makkajo'xori doni 1000,3 1262,9 444,2 44,4

Guruch 417,8 504,1 529,2 126,6

Paxta xom ashyosi 5358,6 5159,0 5112,5 95,4

Paxta tolasi 1620,3 1508,6 1619,2 99,9

Kanop poyasi 319,0 325,3 222,6 69,8

Kartoshka 216,0 305,2 307,9 142,3

Sabzavot 2076,2 2505,8 2649,4 127,6

Poliz 894,0 930,3 852,6 95,4

Meva 693,5 782,2 620,1 89,4

Uzum 440,5 614,8 632,6 143,6

Yuqoridagi jadval shundan dalolat beradiki, qishloq xo'jaligi ekinlarining yalpi yig'imi bir xil emas: don, paxta, kanop, poliz va meva yig'im-terimi o'tgan davr mobaynida kamaydi. Hosildorlik va mahsuldorlik ko'rsatkichlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaqindan ifodalaydi. Chunki qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazishga turli yo'llar bilan erishish mumkin. Asosan uning ikki yo'li mavjud: Ekstensiv va intensiv. Birinchi yo'l rivojlangan mamlakatlar, madaniy rivojlangan xalqlar va jamiyatlar uchun xarakterli bo'lmagan, yuqori sarf-xarajatlarga asoslangan yo'ldir. Asosiy dehqonchilik ekinlari hosildorligi va chorva mahsuldorligi darajasi xuddi ana shu birinchi yo'lning jumxuriyat qishloq xo'jaligida o'troqlanib qolganligidan dalolat beradi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin mamlakat qishloq xo'jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog'i bo'lgan qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon (fermer) xo'jaliklari faoliyatini yo'lga qo'yish kabi masalalarni hal etishga e'tibor bermoqda. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish samarasini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh qilish, fermer xo'jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, qishloqlarimizni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalari doimiy e'tibor markazda bo'lmoqda.

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlilidan ko'rinadiki, Respublikamiz agrar tarmog'ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o'zgarishlar natijasida qishloq xo'jaligining asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari o'sib bormoqda. O'tgan 2000-2019 yillar oralig'ida joriy narxlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymati o'sib borish dinamikasiga ega bo'lib, 2000 yildagi 1387,2 mlrd. so'mdan 2019 yilda 224 265,9 mlrd. so'mga yetgan.

30

SJIF 2022:5.962

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i bo'lib, unda 3,6 million kishi (iqtisodiyotda band bo'lganlarning 27 foizi) ish bilan ta'minlangan. Tarmoqning ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 32 foizini tashkil etadi.

Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi, aholining qariyb 50 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti O'zbekiston Republikasiga jami eksport daromadining qariyb 20-25 fozini keltiradi. Agar ilgari qishloq xo'jaligi mahsulotlaring faqat 11 turi tayyorlansa hozirda ular 180 ta yetkazildi. Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yildi, ular bilan qishloq xo'jaligi yer maydonlarining hajmi ekin turlari bo'yicha paxta-to'qimachilikda - 62 foizi, chorvachilikda - 8 foizi, meva-sabzavotchilikda - 7,5 foizi qamrab olindi.

SHu bilan birga sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Qishloq xo'jaligidagi islohotlarning asosiy maqsadi,-inson omilining roli va ahamiyatini, uning ishlab chiqarishning pirovard natijalarini yuksaltirishdan manfaatdorligi va javobgarligini oshirishdan iborat.

Yuqoridagi fikrlardan mulohaza qiladigan bo'lsak, biz tomondan tadqiq etilayotgan jadidlar ilgari surgan ta'limotlar bugungi kundagi mustaqil mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti yo'lidagi isloxotlari bilan xamoxang ekanligi ma'lum bo'ladi. Jadidlarning faoliyati va dasturi kelajak uchun namuna bo'ldi. Jadidlar tomonidan jamiyatda pishib yetilgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni evolyutsion-islohotchilik tamoyillari asosida xal etib ishlab chiqilganligi, ularning formatsion-institutsional o'zgartirishlarni, mustamlaka tuzumini tubdan yo'qotishning maksimal darajada samarali yo'llarini tanlay bilganliklari, shubxasiz ularning tarixiy xizmatlaridir.

Xulosa

Jadidchilik, ma'lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy rivojlanishining tub burilishi bosqichida yuzaga keldi. Mahalliy vatanparvarlarning mustamlaka Turkistonda inqirozli holatni, o'lkaning umumjahon jarayonlaridan toboro ortda qolayotganini, tub aholining erkparvarlik harakatlariga keskin zarba berilib hamma joylarda bostirilishni, ma'naviyat sohadagi turg'unlikni idrok etishlari jamiyatni atroflicha isloh etish kerak degan g'oyaning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi.

Jadidchilik Markaziy Osiyoda, Osiyo va Yevropadagi ilg'or islohotlar oqimi ta'siri ostida, XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg'or taraqqiyparvar kuchlar mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qaram bo'lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o'lkalarning umumjahon taraqqiyotidan tobora ortda qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma'naviy sohada ham yuzaga kelgan turg'unlikni chuqur anglab yetdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish g'oyalarini uyg'otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur ham etib bo'lmas edi.

31

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

RESEARCH __

SJIF 2022:5.962

Jadidlar ta'limotida islohotlarni har tomonlama amalga oshirish lozimligi ta'kidlanib o'tilgan. Bular maorif, fan, boshqaruv, ishlab chiqarish va texnika texnologiyalar bilan birgalikda bozorlarni, ularning do'kon va rastalarini ham isloh etish kerakligi to'g'risidagi fikrlarni bildirib o'tganlar.

Fayzulla Xo'jaev qishloq xo'jaligini rivojlantirishni dastlab irrigatsiya sohasidan boshlash lozimligini uqtiradi. Buxoroning iqlim va geografik sharoiti yerlarni sun'iy sug'ormay turib, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga imkoniyat bermaydi. SHu sababli, birinchi navbatda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ilgari suradi:

■ magistral ariqlarda suv taqsimlaydigan to'g'onlar qurish va bu to'g'onlarni takomillashtirish;

■ tegishli rayonlarda eski quduqlarni remont qilish va yangilarini qurish; shunday qilinmasa, chorvachilik xo'jaligini qayta tiklab bo'lmaydi;

■ suv kamchiligidan va shu sababli yer kamchiligidan qiynalayotgan Turkmanlar rayonida sug'orish kanallari qurish;

■ suvni ratsional ravishda taqsimlash va suv iste'mol qiluvchilarning suvdan tejab foydalanishlarini ta'minlash maqsadida butun suv shoxobchalarini texnikaviy jihatdan yaxshilash;

■ sug'orish sistemalarining hammasini va ularning shoxobchalarini hisobga olish hamda vaqti-vaqti bilan tozalab, chuqurlashtirib va kengaytirib turish yo'li bilan suv shoxobchalarini to'la tartibga solish.

A.Fitrat savdo va tijorat ishining o'ziga xos yarashiqlari, tamoyilu-qoidalari mavjudligiga e'tiborni qaratadi. Avvalo, savdo va tijorat ishida millat, Vatan, yurt manfaatlari hisobga olinishi, ana shu manfaatlardan kelib chiqib o'zaro ittifoq bo'lib faoliyat ko'rsatish lozim; Ikkinchidan, savdo va tijorat ahli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqirishni zamonaviy sanoat asosida qurilishiga yoram ko'rsatishlari, sohibkorlarga amaliy madad berishlari lozim. Zero, tovarlarning arzonlashuvi tovarlar sotilishini tezlashtiradi va foyda olinishini kafolatlaydi.

Jadidlar mamlakatni obod qilish, taraqqiyotga erishishda ilm-ma'rifatning roli qanchalik yuksak bulsa, savdo-tijoratni yo'lga qo'yishning ahamiyati shu qadar buyukdir, degan g'oyani olg'a surdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A'zamxo'jaev S. Turkiston muxtoriyati: Milliy-demokratik davlatchilik qurilishi tajribasi. - T.: Ma'naviяt, 2000. -B. 7.

2. Abdulhamid Sulaymoniy. Andijonda yangi bank // Oyna. 1914 yil 18 yanvar.

3. Abdullaev R. Milliy -siyosiy g'oyalar tarixidan // Inson va siyosat. -T.: 1991.- № 9. - B. 87-94.;

4. Aliev A. Fitrat va ma'rifat//Sharq yulduzi,1992, № 9. -B. 22.

5. Aliev A. Istiqlol va adabiy meros. -T.: O'zbekiston, 1997. 272 b.;

6. Alimova D. Fayzulla Xo'jaev va jadidchilik // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. -T.: 1996.-7 iyun.

7. Baldauf I. XX asr o'zbek adabiyotiga chizgilar. -T. : Ma'naviyat, 2001. - B. 72;

8. Behbudiy M. Bayoni haqiqat//Ulug' Turkiston. 1917. 12 iyun.

9. Behbudiy M. Ehtiyoji millat // Samarqand gazetasi. 1913 yil 12 iyul.

32

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

SJIF 2022:5.962

10. Behbudiy M. Millatlar qanday taraqqiy etarlar// "Samarqand" gazetasi, 1913 yil 30 iyul.

11. Behbudiy M. Oh, bonkalar bizni barbod etdi. // Oyna jurnali. 1914. - № 19.-B. -342-344.

12. Bexbudiy M. Tanlangan asarlar. -T.: Ma'naviyat, 1999. -B.200.

13. Cho'lpon A. Asarlar. II jild. -T.: 1994.-B.274.

14. Cho'lpon A. Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik // Sadoi Farg'ona. -1914 yil 30 may.

15. Davlyatova, G.M., Kurpayanidi, K.I.(2020). Iqtisodiyotni rivojlantirishning asoslari va xususiyatlari: monografiya. -Farg'ona: «Klassik» nashriyoti, 120 bet. DOI: https://dx.doi.org/10.17605/0SF.I0/RJCY5

16. Fitrat A. Rahbari najot. 1915 y. -B.187.

17. Fitrat A. Tanlangan asarlar. 1 jild.- T.: Ma'naviyat, 2000. -B.168.

18. G'ofurov I. Ijtimoiy ong va Fitrat//Jamiyat va boshqaruv. - Toshkent, 1997. - №1. -B. 24.

19. Mahmudov O. Eski barakatlik savdogarchilik // Sadoi Farg'ona. - 1914.-28 may.

20. Mahmudov O. Eski barakatlik savdogarchilik // Sadoi Farg'ona. - 1914 yil 28 may.

21. Mirjalilov S. Banklar haqinda // Sadoi Turkiston. 1914 yil 20 iyun.

22. Mustafo Cho'qay o'g'li. Istiqlol jallodlari (1917 yil xotiralari). - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyoti va san'at nashriyoti, 1992. - B. 80.

23. Mustafo Cho'qay o'g'li. Istiqlol jallodlari (1917 yil xotiralari). - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyoti va san'at nashriyoti, 1992. - B. 80.

24. Muxtor Bakr. Turkistonda milliy bank ochmoq kerak // Ulug' Turkiston. 1918 yil 19 yanvar.

25. Qosimov B. Fitrat (chiziqlar)//Sharq yulduzi. - Toshkent, 1992, № 10. - B.173.

26. Quronov D.Cho'lpon hayoti va ijodiy merosi. -T.:O'qituvchi, 1997. 80 b.

27. Shamsuddinov R. Jadidchilik haqiqat va uydirma // Muloqot.-T.: 1991. - № 11. -B. 19-20.

28. To'xliev N. Osiyo va bozor. - T.: Fan, 1992.-B.33

29. Xo'jaev F. Tanlangan asarlar. 1-Tom. - T.: Fan, 1976.-B.274-275.

30. Абдуллаев Р.М. Национальные политические организации в Туркестане. 1917-1918 гг: Автореф. дис...д-ра. ист. наук.-Т.,1998.-62с.

31. Агзамходжаев С.С. Туркистон Мухторияти: борьба за свободу и независимость(1917-1918 гг.): Дис... д-ра ист. Наук.- Т., 1996.-369 с.

32. Агзамходжаев С.С. Туркистон Мухторияти: Борьба за свободу и независимость(1917-1918 гг.): Автореф.дис...д-ра.ист.наук.-Т., 1996.-62 с.

33. Валиев А.Х. Положения дехканства Ферганы в конце XIX - начале XX веков. - Т.: Госиздат УзССР. 1958. - С. 27.

34. Гулишамбаров С. Пловодоство в мировом хозяйстве и участие в нем Росси вообще и Туркестана в частности. - Ташкент, 1912. - С. 33.

35. Гулишамбаров С.И. Экономический обзор Туркистанского района Ч. 1 -III -Санк-Петербург. 1913. - С. 244.

36. Туркестанского края - Санкт-Петербург, 1915. - С.7;

33

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №4. 2022

ЭЛР 2022:5.962

37. Масальские В.И. Богатства России - хлопок. - Санкт Петербург. 1921. - С. 7.

38. Рожкова М.К. Экономические связи России со Средней Азией 40-60 е годы XIX в. - М..: Издательство АНСССР, 1963. - С. 45.

39. Садыков Х.Д. Колониальная политика царизма в Туркестане и борьба за национальную независимость в начале ХХ века. Дис... д-ра. ист.наук.-Т.,1994.-310с.

40. Экономика Узбекистана. Информационно-аналитический бюллетень за январь-декабрь 2018 года. Ташкент, ЦЭИР, 2019.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

41. Экономика Узбекистана. Информационно-аналитический бюллетень за январь-декабрь 2019 года. Ташкент, ЦЭИР, 2020.

© ©

34

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.