Научная статья на тему 'PODSHO ROSSIYAGA QARSHI KO‘TARILGAN JIZZAX QO'ZG'OLONI'

PODSHO ROSSIYAGA QARSHI KO‘TARILGAN JIZZAX QO'ZG'OLONI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

655
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Uchinchi Rim" / O‘rta Osiyo / Rossiya / Jizzax / Samarqand / Kattaqo‘rg‘on / Damin kulol / qo'zg'olonlar / Ivanov / ozodlik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahrorbek Ahmadjonov

Ushbu maqolada Podsho Rossiyasining birinchi jahon urushi ketayotgan bir pllada Turkiston o‘lkasi aholisining front orti xizmatlariga jalb qilishi haqida, hamda Podsho Rossiyasi zulmiga qarshi ko'tarilgan Jizzax qo'zg'oloni, uning sabablari, oqibatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PODSHO ROSSIYAGA QARSHI KO‘TARILGAN JIZZAX QO'ZG'OLONI»

PODSHO ROSSIYAGA QARSHI KO'TARILGAN JIZZAX QO'ZG'OLONI

Ahrorbek Ahmadjonov

Andijon davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Podsho Rossiyasining birinchi jahon urushi ketayotgan bir pllada Turkiston o'lkasi aholisining front orti xizmatlariga jalb qilishi haqida, hamda Podsho Rossiyasi zulmiga qarshi ko'tarilgan Jizzax qo'zg'oloni, uning sabablari, oqibatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'z: "Uchinchi Rim", O'rta Osiyo, Rossiya, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on, Damin kulol, qo'zg'olonlar, Ivanov, ozodlik

KIRISH

Agar O'zbekistonning uzoq o'tmishiga nazar solsak ham, yurtimiz uzoq qadimdanoq obod o'lkalardan bo'lganini ko'rishimiz mumkin. XIX asrga kelib esa O'rta Osiyo diyori taraqqiyot jihatdan ko'p sohalarda anchagina ortda qola boshladi. Bu esa O'sha davrda hokimiyatini mustahkamlab o'zi mustamlakalariga ega bo'lish maqsadida yurgan mamlakatlarga qo'l keldi. Ya'nikim Buyuk Britaniya va Rossiyaga, faqat Buyuk Britaniya Afg'oniston muammosi tufayli O'rta Osiyoni egallay olmadi. Podsho hukumati esa O'rta Osiyoni o'z mustamlakasiga aylantirdi.

Adabiyotlar sharhi

Rossiya" so'zi faqat 16-asrning oxirida, Moskvada "Uchinchi Rim" g'oyasi paydo bo'lgandan keyin qo'llanila boshlandi. Bu atama "Rus" so'zi bilan almashtirildi. Garchi u birinchi marta 10-asr oxirida paydo bo'lgan.

Rus xalqining birinchi familiyalari 13-asrda paydo bo'lgan. Bu imtiyozdan knyazlar va boyarlar foydalanishgan. Ularning ko'pchiligi otasining ismidan tuzilgan (shuning uchun, aytmoqchi, Ivanov, Petrov, Sidorov va boshqalar kabi familiyalarning ko'pchiligi. Ya'ni, Ivanov, Petrov, Sidorovning o'g'li). Ular dehqonlar orasida faqat 19-asrda paydo bo'lgan, ular ko'pincha dehqon shug'ullangan hunarmandchilikdan (masalan, Kuznetsov) yoki u yashagan qishloqdan shakllangan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIK

Jizzax va uning atrofi aholisining chor mustamlakachilariga qarshi olib borgan milliy ozodlik harakati. O'rta Osiyo qo'zg'olonitng tarkibiy qismi.

Birinchi jahon urushida Rossiya Germaniya vaTurkiyaga qarshi kurashda mag'lubiyatga uchradi bu mag'lubiyatning sababi

June, 2022

86

Rossiya qo'mondonlaringing tajribasizligi va xarbiy bilimga ega emasligli tufayli Rossiya bu urushda mag'lubiyatga uchradi.Rus qo'mondonligi urush og'irligini mustamlakalar yelkasiga ortib, ularni ayovsiz ezish siyosatiga o'tdi. Imperator Nikolay II 1916-yil 25 iyunda "Imperiyadagi rus bo'lmagan erkak aholining harakatdagi armiya r-nida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo'llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo'lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida" farmon chiqardi. Unga ko'ra, Turkiston, Sibir va Kavkaz xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan erkaklarni safarbar qilish ko'zlangan edi. Bu farmonning e'lon qilinishi aholi o'rtasida qonli voqealarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. 4 iyulda Xo'jand xalqi qo'zg'olon ko'tardi, ayni paytda, Samarqand, Jizzax va Kattaqo'rg'on tumanlarida ham g'alayonlar boshlandi. Farg'ona, Sirdaryo, Samarqand, Yettisuv, Zakaspiy viloyatlarida avj olgan g'alayonlar keskinlashib xalq qo'zg'oloniga aylandi. Ayniqsa Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida bu voqealar uyushgan va oshkora tus oldi. J.q. aniq maqsadlar — Rossiyadan ajralib, mustaqil bo'lish maqsadi ostida, uyushgan tarzda olib borilgan edi.

NATIJALAR

Qo'zg'olon arafasida Jizzaxda ham butun o'lkadagi kabi zulm-zo'ravonlik, adolatsizlik cheksiz edi. Aholi, asosan, don, g'alla yetishtirish bilan mashg'ul edi. Mahalliy aholi yerlari tortib olinib, temir yo'l, o'rmon xo'jaligida band bo'lgan rus oilalariga berilgan, yaylovlar qisqartirilgan, o'rmonlar qattiq nazoratda bo'lib, hatto o'tin olishga ruxsat berilmasdi, sug'orish inshootlari ham ma'muriyat qo'lida bo'lib, yer, suv soliqlari tobora oshi-rilmoqda edi. Jizzax uyezdi boshlig'ining ma'lumotnomasida qayd etilishicha, "aholining iqtisodiy ahvoli shu darajada og'ir bo'lganki, ular qishdan bahorga chiqquncha, gadoylar darajasiga tushib qolgan, sadaqa bilan kun ko'rib, bir burda non u yoqda tursin, tariqqa ham zor bo'lgan". Ana shunday aqvolda kun kechirayotgan aholidan Birinchi jahon urushi yillarida Rossiyaga harbiy ehtiyojlar uchun juda ko'p mahsulot majburan tashib ketildi. Mardikorlikka olish haqidagi farmon e'lon qilingach (3 iyul), norozilik keskin g'alayonlarga aylandi. Ma'muriyat taqsimotiga ko'ra, Jizzax uyezdi 11 ming mardikor, butun Samarqand viloyati 38 ming mardikor berishi kerak edi. Busiz ham halokat yoqasiga kelib qolgan aholi orasidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan erkaklarni noma'lum muddatga, ayni q. x. ishlari qizigan mavsumda olib ketilishi minglab oilalarning boquvchisidan ayirib, halok etishi turgan ran edi. 5 iyul kuniyoq dastlabki g'alayonlar boshlandi. Aholi farmonni bekor etishni, ro'yxat tuzishni to'xtatishni talab eta

June, 2022

87

boshladi. Jizzax ahli boshqa shaharlardagi ahvoldan xabardor bo'lish uchun Toshkent va Samarqandga o'z vakillarini (Toshkentga jizzaxlik Nazir Hoji, Samarqandga bog'donlik Xudoyorqul Hoji) jo'natiladi. Nazir Hoji Toshkent aholisi qo'zg'olon ko'targanidan xabar topib, 12 iyul kuni Jizzaxga qaytadi. Shu kuni Jizzaxning eski shahar qismida to'plangan xaloyiq farmonga bo'ysunmaslikka, kurash boshlashga axd qiladi. Tuni bilan shahar aholisi bundan ogoh etiladi. Ertasi kuni — 13 iyulda erta tongda Jizzax axli qo'zg'aladi. Damin kulol boshchiligida bir necha ming kishidan iborat olomon mardikorlikka ro'yxat tuzgan ellikboshi Mirzayor Xudoyorni jazolaydi. Shu yerda qo'zg'olonchilar safi kengayib, Jizzaxni bosqinchilardan ozod qilib, mustaqil beklik tuzish rejasi ilgari suriladi. Nazir Hoji eshon Jizzax beki deb e'lon qilinadi. Eng oddiy qurollar — ketmon, kaltak, pichoq, to'qmoqlar bilan qurollangan xaloyiq Jizzaxning yangi shahar qismiga yo'l oladi. Bundan xabar topgan uyezd boshlig'i polkovnik Rukin o'z yordamchilari bilan g'alayonchilar qarshisidan chiqib, ularni aldab, tinchitmoqchi bo'ladi. Biroq, g'alayonchilar unga ishonmay, yonidagi sheriklari bilan qo'shib jazolaydilar, qurollarini tortib oladilar. Bu orada yetib kelgan polkovnik Afanasyev boshliq harbiy kuchlar ham qo'zg'olonchilarni qaytara olmadi. O'zaro to'qnashuvdan so'ng g'alayonchilar bir necha o'n kishini yo'qotib chekindilar va shaharning eski qismida g'alayonga tayyorgarlik boshlandi, atrof qishloqlarga choparlar yuborildi. Temirchilar qurolaslaha tayyorlashga kirishdilar. Toshkentdan Abdurahmon jevachining oldiga vakil kelib, "Siz Jizzaxda odamlarni kurashga boshlang , biz Toshkentdan temir yo'lni qirqamiz, rus askarlari kelolmaydi, hamma yoqni egallaymiz", deb ogohlantirgan.

XULOSA VA MUNOZARA

Davom etayotga urush barcha xalq aholisiga kuchli zarba bo'ldi chunki bu ayovsiz kurash soyasi O'rta Osiyo xalqlarini qamrab olayotgan edi. Bo'lib o'tayotgan qonli janglarga qaramasdan mustaqillik uchun barcha xalqlar Rossiya davlatiga hamkorlikda qarshi turishgan bu esa Osiyo xalqning naqadar bir biriga mehr oqibatliligini anglatadi.

REFERENCES

1. Safarov N ., Unutilmas kun [ 1916-yilgi Jizzax qo'zg'olonidan xotiralarim], T., Boku, 1932;

2. Haydarov X., Jizzax viloyati tarixi, T., 1996;

3. Ziyayeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000;

June, 2022

4. hctohhhk: https://muegn.ru/uz/prezentacii/udivitelnye-fakty-o-rossii-interesnye-fakty-pro-rossiyu-samuyu-bolshuyu.html © muegn.ru

5. Sobirov, J., & Yunusova, H. (2022). MA'RIFATLI JAMIYAT YARATISHDA O'ZBEK YOSHLARINING SALOHIYATI. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(2), 11-14.

June, 2022

89

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.