Научная статья на тему 'XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR'

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3197
1063
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston / ijtimoiy-siyosiy hayot / ma’rifatparvarlik harakati / jadidchilik / davlat / jamiyat. / Turkestan / socio-political life / enlightenment movement / Jadidism / state / society.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Eshpulatova, Navbahor Suyunovna

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-POLITICAL AND SPIRITUAL CONDITION, HISTORICAL CONDITIONS OF TURKESTAN IN THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

This article focuses on the socio-political and spiritual situation in Turkestan in the beginning of the XXth century, historical conditions, the enlightenment movement, Jadidism, and the spiritual foundations of the freedom struggle against colonialism.

Текст научной работы на тему «XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR»

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA'NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR

ESHPULATOVA Navbahor Suyunovna

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi, umumkasbiy fanlar kafedrasi, assistent oqituvchi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-143-150

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ANNOTATSIYA ma'naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma'rifatparvarlik harakati,

jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma'naviy asoslari masalalariga to'xtalinadi.

Kalit so'zlar: Turkiston, ijtimoiy-siyosiy hayot, ma'rifatparvarlik harakati, jadidchilik, davlat, jamiyat

This article focuses on the socio-political and spiritual situation in

ABSTRACT Turkestan in the beginning of the XXth century, historical conditions, the

enlightenment movement, Jadidism, and the spiritual foundations of the freedom struggle against colonialism.

Key words: Turkestan, socio-political life, enlightenment movement, Jadidism, state, society.

В данной статье основное внимание уделяется социально-политической и духовной ситуации в Туркестане в начале ХХ века, АННОТАЦИЯ историческим условиям, просветительскому движению,

джадидизму, духовным основам освободительной борьбы против колониализма.

Ключевые слова: Туркестан, общественно-политическая жизнь, просветительское движение, джадидизм, государство, общество.

KIRISH (Introduction)

Xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o'zlikni anglash jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi. Shunday ekan tarixni o'rganish va bilish zarur. Tarixsiz kelajak yo'q. Zero bu maqolada XX asrda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va albatta manaviy hayoti haqida so'z yuritishga harakat qildik. Turkiston bu davrda qanday ahvolda edi va mintaqada qanday siyosiy-ijtimoiy o'zgarishlar, jamoatchilik ishlari olib borilmoqda edi. Tarix-bu bizning kelajagimiz. Tarixni bilmasdan turib kelajakka yuz tutib bo'lmaydi. Chunki, kelajak bugundan, bugun esa tarixdan boshlanadi. Bulardan tashqari o'sha davr ma'rifatparvarlari qanday g'oyalar ostida birlashishni ilgari surishgan va o'lkani yangilash siyosati qay tarzda amalga oshirilganligi haqida ham so'z yuritishga harakat

143

14 www.birunijournal .uz

qildik. Turkiston xalqining kelajagi eng avvalo xalqning o'ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bo'g'liq edi. Bu davrda Turkistonda millatning ma'naviy va aqliy o'sish salohiyatining oshirilishiga kuchli e'tibor qaratilgan edi. Chunki, ma'naviylik va ma'rifiylik Turkiston xalqining ko'p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli va o'ziga xos bir xususiyati hisoblanardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, germenevlik tahlil, vorislik, umuminsoniy va milliylining o'zaro birligi, qiyosiy tahlil tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (DISCUSSION AND RESULTS)

XX asrning boshlanishi Turkiston o'lkasi tarixida eng jiddiy burilish yuz bergan davrlardan biriga to'g'ri keldi. O'tgan o'n yilliklar mobaynida o'lka bag'rida yetilgan jarayonlar ijtimoiy hayot yuzasiga qalqib chiqib, uning negizini qamrab olgan chuqur tanglikni ochib tashladi. Tashqi va ichki omillar tufayli vujudga kelgan bu jarayonlar o'z tabiatiga ko'ra bir xil emas, lekin o'zining yemiruvchilik ta'siri jihatidan yaxlit edi. Turkiston 1917-yilda muhim siyosiy o'zgarish arafasida turar edi. Mintaqa xalqlari Rossiyaning 50 yillik mustamlakachilik zulmiga qarshi tinimsiz ravishda milliy ozodlik kurashini olib bordilar. Dastlab ma'rifatparvarlik harakati siyosatida vujudga kelgan Jadidchilik Turkiston taqdiri hal qilinoyatgan paytda o'zbek xalqini g'oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida maydonga chiqdi.

Turkiston birligi g'oyasi unda istiqomat qilib kelgan xalqlarning azaliy orzusi bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham bu g'oya barcha xalqlarimiz uchun mushtarakdir. XX asr boshlarida hozirgi O'zbekiston hududi tarkibiga uch davlat birlashmasi: Rossiya O'rta Osiyoni zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo'shib olingan Turkiston general-gubernatorligi, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo'lgan, ammo Rossiyaga qaram hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi. O'sha vaqtda hududining kattaligi va aholisining ko'pligi jihatidan Turkiston o'lkasi yoki Turkiston deb atalgan Turkiston general-gubernatorligi eng yirik sanalardi. Uning tarkibiga Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona, Zakaspiy va Ettisuv viloyatlari kirar edi. O'lkadagi besh milliondan ko'proq aholining asosiy, ko'pchilik qismini o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar, qozoqlar, turkmanlar va boshqa yerli xalqlar tashkil etardi. Ularning hammasi Islom diniga e'tiqod qiluvchi musulmonlar edi. Biroq o'sha vaqtda "musulmon", "musulmon aholi" tushunchalari diniy mazmungagina emas, balki etnik mazmunga ham ega bo'lib, undan mahalliy aholini Rossiyadan ko'chirib keltirilgan rusiyzabon aholidan

144

www.birunijournal .uz

ajratish uchun foydalanilar, ko'chirib keltirilganlar soni o'lkadagi butun aholining o'ndan bir qismidan ham kam edi. Milliy ozodlik harakatlari muammolarini o'rtanish ko'zgusida 1917 yil fevralda chor tuzumi ag'darilgandan so'ng yuzaga kelgan, Turkiston taraqqiyotining tub burilishi bosqichida barcha ijtimoiy va siyosiy kuchlar, xalq ommasining haqiqiy fojeasiga to'liq, jonli tarixini o'zida aks ettiruvchi muxtoriyat, Turkiston birligi uchun, mohiyatiga ko'ra esa mustaqillik uchun kurash tarixi bizning kunlarda muhim va xatto, belgilovchi ahamiyatga ega. O'sha paytlarda chorizim esa mahalliy burjuaziyasining paydo bo'lishini also istamas edi. Shuning uchun rus chorizimi va burjuaziyasi o'sib kelayotgan o'zbek milliy burjuaziyasining iqtisodiy- siyosiy huquqlarini cheklab, uning rivojiga to'siq qo'ygan edi. Milliy burjuaziya bu kamsitishdan norozi bo'lgan. Islom dini arboblari o'rtasida xalqning ma'rifatli bo'lishini astoyidil istovchi guruh mavjud bo'lib, bu taraqqiyparvar ziyolilar chorizim va johil ruxoniylarga qarshi edilar. Millat taraqqiyotini o'ylovchi ushbu taraqqiyparvar kuchlar o'zbek xalqining hunarmandlari, dehqonlari, savdogarlari, yirik mulkdorlari, islom ulamolari xalqning deyarli barcha tabaqalari orasida mavjud edi. Ziyolilar chorizimga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg'otish va ma'rifiy jabhadan boshlashga qaror qilgan edilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o'ziga qulay zamon topdi. Oradan 20 yil o'tgach, 1917-yilga kelib jadidlar Turkistondagi siyosiy jarayonlarning qoq markazida turishdi. Jadidchilik 1917-yili ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi, o'sha 1917-yilning o'zida to'rt marta butun Turkiston quriltoyi o'tkazildi.

1917-yil 16-23 aprelda Toshkentda bo'lgan 1-quriltoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston muxtoriyatida tashkil etish g'oyasi olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy demokratik davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi. 1917-yil 10-sentabrda Toshkentda butun Turkiston musulmonlarining 2-quriltoyi ochildi. Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o'rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo'libgina qolmasdan u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Jadidlar o'z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning manaviy hayotigacha bo'lgan barcha masalalarni qamrab olgan edi. Tukiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Bu paytda yuzaga kelgan jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo'yilgandi:

xalqimizni dunyoning ma'rifatli millatlari darajaga ko'tarish; Turkistonning o'z mustaqilligiga erishuvi.

145

www.birunijournal .uz

Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir biri bilan uzviy bog'lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun mustaqil bo'lmog'i lozim. Mustaqil bo'lishi uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egallashi kerak edi. Jadidlar bir tamondan Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tamondan, ular Turkistonda demakratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Demak bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qildi. Jadidlar orasida yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil ko'rishni orzu qilar edilar va shu yo'lda fidoyilarcha kurashadilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi kurash dasturida asosan to'rt yo'nalish mavjud edi:

Ana shu dastur amalga oshirilgan taqdirda jadid ziyolilarining kuchli partiyasini tashkil qilish mumkin edi. Jadidchilikning asosiy g'oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o'rta asirlarga hos qaloqlik va diniy xurofatdan ozod etish, shariatni isloh qilish, halqqa ma'rifat tarqatish, Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash, Buxora va Xiva davlatlarida konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demakratik respublika tuzumini o'rnatish orqali ozd va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo'shin tuzish. Undan tashqari Buxoro, Xiva, Tashkent, Farg'ona va Samarqandda hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy maorif jamiyatlari shaklidagi uyushmalardan jadidchilik harakati shakillangan edi. 1917 yilda o'lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, hatto oddiy odamlar orasida ham ancha ommalashgan edi. Ijtimoiy tafovutlarga qaramay, butun Turkiston jamiyatida o'lkaning mustamlaka maqomini tugatishga intilish kayfiyati ustivor edi.

Milliy ozodlik uchun boshlangan harakat bu yerda yangi hokimiyatning rus muassasalari bilan bir qatorda "Sho'roi islomiya", "Sho'roi ulamo", "Mirvaj ul-islom", "Miftah ul-maorif, "Ravnaq ul-islom", "Ittifoq ul-muslimin", "Turon" va boshqa turli musulmon tashkilotlari paydo bo'lishiga olib keldi. O'lka mahalliy aholisi orasida milliy Demokratik tashkilot va jamiyatlar yuzaga kelishi va shakllanishiga milliy ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ma'lum darajada ta'sir

yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish; gazeta va jurnallar chop qilish; turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish.

146

www.birunijournal .uz

ko'rsatdi. Ulardan ko'pi faol ishlari bilan Turkistonda demokratik mlliy davlatchilikni yaratish mafkurasini ishlab chiqishga ulkan hissa qo'shdilar. Ular orasida Turkistonda yashovchi millatlarning vakillari bo'lmish Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li, Mahmudxo'ja Behbudiy, Ubaydulla Xo'jaev, Mustafo Cho'qaev, Toshpo'lat Norbo'tabekov, Abdulla Avloniy, Ahmad Zakiy Validiy To'g'on, Turor Risqulov, Abdurauf Fitrat, Sultonbek Xo'janov, Miryokub Davlatov va boshqa milliy harakatga boshchilik qilgan taniqli ma'rifatparvar, jamoat va siyosiy arboblar bor edi. Ular jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimini isloh qilish, ta'lim va fanni rivojlantirish orqali dunyoviy, demokratik jamiyat barpo etishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Bu musulmon xalqlarni dunyo sivilizatsiyasi, xususan Yevropa madaniyatiga oshno etishning o'ziga xos yo'li edi. Bu yo'l shubhasiz, milliy va ma'naviy qadriyatlardan voz kechmay, hech qanday zo'rliksiz, sekin-asta olib boriladigan o'zgarishlar, bundan keyinga taraqqiyotga xalaqit beruvchi eskirgan aqida va xurofotlardan tozalanishlar yo'li edi.

Ko'pchilik aholi turmush darajasining pasayishi va uning qashoqlashuvi bilan uyg'unlashib ketgan davomli turg'unlikka olib kelgan omillarning birinchi qatorida Turkiston jamiyatini g'arb usulida zo'rlik bilan yangilash (zamonaviylashtish) mustamlakachilik usullari bilan tashqaridan amalga oshirilgan bu yangilash jarayoni doimo qaloqlikda saqlash omiliga aylanib ketdi. Birinchidan, iqtisodiy ekspansiya (bosqinchilik) yillari mobaynida vujudga keltirilgan Turkiston xalq xo'jaligining yangi o'choqlari zo'r berib rivojlanayotgan paxtachilik, paxta tozalash, paxta yog'i ishlab chiqarish, qazilma xom ashyolarni qazib olish (konchilik), temir yo'l transporti tarmoqlari va boshqa sohalar o'lka milliy xo'jalik majmuasining tarkibiy qismi emas edi. Bu tarmoqlar Rossiya markaziy sanoat rayonlarining talab-ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lib, bular mahsulotining Turkiston doirasidan chetga chiqarilishi uni olinadigan foydadan butunlay mahrum etar, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini barbod qilardi. Ikkinchidan, kapitalistik ishlab chiqarish o'choqlarining barpo etilishi o'lka iqtisodiyotini izdan chiqardi, ko'p ukladli ijtimoiy tuzilmani vujudga keltirdi. Bunda asosan hunarmandchilik va kosibchilik ishlab chiqarishi metropoliya sanoat tovarlarining raqobati sababli tobora ko'proq tushkunlikka uchrab yemrila bordi. Va nihoyat, Rossiya iqtisodiyoti uchun ishlagan o'lka xo'jaligining dehqonchilik xom ashyo yetishtirish yo'nalishida bo'lishi, donli ekin maydonlarining qisqartirilishi, hunarmandchilik-kosibchilik ishlab chiqarishining tushkunlikka uchraganligi o'lkaning iqtisodiy jihatdan tobeligini yanada kuchaytirdi. Ana shu tobelik halokatli oqibatlarining butun og'irligini Birinchi jahon urushi (1914-1917) yillarida xalq ommasi o'zgarganida sinab ko'rdi: muntazam harakatda bo'lgan temir

147

www.birunijournal .uz

yo'llar ishidagi uzilish va barbod bo'lish hollarining tez-tez sodir bo'lib turganligi sababli oziq-ovqat tangligi va ocharchilik surunkali tus oldi.

Chorizm o'rnatgan va bosqinchi armiyaning nayzalariga tayanib o'lkani idora qilgan ma'muriy mustamlakachilik devonining cheklanmagan hukmronligi sharoitida kelgindi aholining barcha tabaqalari imtiyozli yashagani holda, iqtisodiy qoloqlik o'lkadagi mahalliy xalqning siyosiy huquqsizligi sababli ko'proq kuchayib bordi.

Madaniyat sohasida tashqaridan tiqishtirilgan zamonaviylashtirish jarayoni milliy madaniy merosni barbod etish, xalqning yashovchan an'anaviy qadriyatlarini yo'q qilish xavfini tug'dirdi. Mustamlakachilik Turkiston xo'jaligining an'anaviy tarkibiga putur yetkazish bilan bir qatorda milliy asosda burjua yo'nalishida o'z ahvolini mustaqil ravishda o'zgartirish imkoniyatidan uni mahrum etdi, turg'unlikka, inqirozga, qoloqlikka mahkum qildi, ishsizlik o'sishiga, xalq turmush darajasi pasayib ketishiga ko'maklashdi.

Bularning hammasi ijtimoiy hayotda nizo va mojarolarni ko'paytirdi. siyosiy beqarorlikni, kuchlar qarama-qarshiligini kuchaytirdi.

Shu tariqa turkistonliklar birdamligiga muhim qadam qo'yildi: tarixda ilk bor umumturkiston miqyosida musulmonlar s'ezdi chaqirildi, unda xalqlarning muxtoriyatga qatiy intilishi, o'z urf-odatlari, turmush tarzini himoya qilishi aytildi; Bu manfaatlar ifodachisi - Turkiston musulmonlari markaziy Sho'rosi tashkil etildi. U Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa uning ilg'or qismi tomoilidan Milliy markaz sifatida tushunildi.

Taraqqiyparvarlar (jadidlar o'zlarini shunday deb atardilar) chorizmning qarshiligini bartaraf etib, jismoniy jihatdan yo'q qilib yuborish taxdidiga ham qaramasdan, o'z ma'rifatparvarlik faoliyatidan qaytmadilar, tabiiy fanlar asoslari o'qitiladigan yangi usul maktablari tarmoqlarini ochib, gazeta va jurnallar nashr etdilar, chop qilingan mahsulotlarni tarqatib, o'zlarining badiiy asarlari asosida xalq ommasi bilan aloqani yo'lga qo'yib, ana shu aloqa vositalarini mustahkamladilar, xalqda taraqqiyot, ilm sari intilishni uyg'otdilar, bularni butun insoniyat hayoti bilan bog'ladilar.

XULOSA (CONCLUSION)

Turkistonning ijtimoiy hayot maydoniga madaniy-ma'rifiy harakat sifatida kelgan va o'z oldiga eski maktab ta'limini isloh qilishni maqsad etib qo'ygan jadidchilik XX asrning boshlarida keng ijtimoiy harakat tarzida shakllandi. Jadidchilik turli tabaqalardan chiqqan fuqarolarni vujudga kelayotgan yosh milliy ziyolilar namoyandalarini, musulmon ruhoniylari ilg'or unsurlarini, savdogarlarni, diniy maktablar muallimlari va talabalarini, mayda amaldorlarni, ilg'or noshirlar, yozuvchilar, jurnalistlar va boshqalarni o'z saflarida birlashtirdi. Mahmudxo'ja

148

www.birunijournal .uz

Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Burhonov, Fayzulla Xo'jaev, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo'jaev, Munavvar Qori, Polvonniyoz Xoji Yusupov, Tavallo jadidlarning eng taniqli namoyandalari edi.

Jadidlarning "Turon" gazetasida xotin-qizlar maktabini ochish va ularni ijtimoiy hayotga jalb etish zaruriyati haqida so'z borgan maqolani tanqid qilib, jurnal uning muallifiini xudo yo'lidan toyganlikda ayblaydi. Jurnal ayol kishi ayolligicha qolishi kerak va uni erkakka tenglashtirish aqlsizlikdir deb yozadi. Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, Turkiston xalqi bu davrlar mobaynida judayam bir murakkab tarixiy voqealarga boy bo'lgan davrni o'z boshidan kechirgan.

Turkiston chor Rossiyasi tuzumining zulmi ostida qolgan bir paytda o'lkada Taraqqiyparvar guruhlar paydo bo'la boshlagan edi. Va bu holatni yuzaga chiqishini, paydo bo'lishini chor Rossiyasi xohlamas va bu yo'nalishning taraqqiyparvarlarini jazolar edi. Lekin Taraqqiyparvarlar xalqning g'oyaviy jihatdan birlashishi va Turkiston xalqining azaliy orzusini amalga oshirish g'oyalari ostida nazarga tusha olgan edi. Xulosa o'rnida yana shuni aytishimiz zarurki, Turkiston tuprog'ini, Turkiston o'lkasini, zaminini Yaratganning o'zi ham alohida mehr va ihlos ila bino qilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, bu muqaddas zaminda kamol topgan yuzlab buyuk zotlar dahosi butun dunyo ma'naviyati va madaniyatini charog'on etib turgani bejiz emas, albatta.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. Азамхужаев.С, Туркистон бирлиги учун. -Узбекистан.: "Фан" .1995. -15.б.

4. Жураев.М., Нуриллин.Р., Камолов. Узбекистон мустамлалачилиги даврида. -Т.:"Шарк", -2000.

5. Зохддов.А, 1913-1914 йилларда Тугоннинг Марказий Осиёга илмий сафари. T.: "Фан". 1995. -76.б.

6. РажабовД., Хайдаров. М. Туркистон тарихи. -Т.:Университет. 2002.

7. Kochetov E. Development strategy: geo-economic model // Security of Eurasia. -2000. - N 1 (January - June). - pp.107-146.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

149

www.birunijournal .uz

9. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

10. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

11. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тараккиёти дакидаги карашларида ЖАМИЯТ

ТАДЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

12. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КАРАШЛАРИДА "ТААССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

13. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИДАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

14. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИДАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

15. Sulaymonov, J. B. (2019). Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar. Falsafa va huquq jurnali, 42-45.

16. Sulaymonov, J. B. (2020). Vzglyadi Abdurraxmana ibn Xalduna o razvitiya obrn,estva i sivilizasii. Mejdunarodniy nauchno-prakticheskiy jurnal" Ekonomika i sotsium, 12, 79.

17. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯСИДА "АСАБИЙЙА" КАТЕГОРИЯСИ ТАДЛИ. Academic research in educational sciences, 3(6), 719726.

18. Сулаймонов, Ж. (2018). Идеи географического детерминизма во взглядах Ибн Халдуна. Востоковедения, 4(4), 108-111.

19. Сулаймонов, Ж. (2020). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ЖАМИЯТ ВА ТАМАДДУН ТАРАккИЁТИ ДАкИДАГИ кАРАШЛАРИ. Экономика и социум, (12-2 (79)), 163-167.

150

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.