EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
EDUCATIONAL REFORMS OF THE RUSSIAN EMPIRE IN TURKESTAN AND THE ROLE OF GENERAL VON KAUFMAN
Yarasheva Dilnoza Rustamovna
2nd year master degree of the Faculty of history of the University of Exact and Social Sciences https://doi.org/10.5281/zenodo.14064962
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th November 2024 Accepted: 10th November 2024 Online: 11th November 2024
KEYWORDS Turkestan, Konstantin Petrovich von Kaufman, Russian Empire, educational reforms, Russo-native schools, local education system, cultural influence.
This article focuses on the educational reforms implemented by the Russian Empire in Turkestan during the 19th century and the role of Governor-General Konstantin Petrovich von Kaufman in this process. The Russian Empire aimed to control the education system in Turkestan and align the local population with Russian culture and values. Under Kaufman's leadership, Russo-native schools were established to instill loyalty to the empire within the local population. The Russian government limited national and religious education systems, seeking to align them with Russian influence. The article examines the impact of educational reforms on Turkestan's cultural life, Kaufman's educational policies, and the process of establishing control over the local education system.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ РЕФОРМЫ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ В ТУРКЕСТАНЕ И РОЛЬ ГЕНЕРАЛА ФОН КАУФМАНА В ЭТОМ ПРОЦЕССЕ
Ярашева Дилноза Рустамовна
Магистрант 2-го курса Исторического факультета университета Точных и Социальных наук https://doi.org/10.5281/zenodo.14064962
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th November 2024 Accepted: 10th November 2024 Online: 11th November 2024 KEYWORDS
Туркестан, Петрович Российская образовательные русско-туземные местная образования, влияние.
Константин фон Кауфман, империя, реформы, школы, система культурное
Данная статья посвящена образовательным реформам, проведенным в Туркестане Российской империей в XIX веке, а также роли генерал-губернатора Константина Петровича фон Кауфмана в этом процессе. Российская империя стремилась контролировать систему образования в Туркестане и адаптировать местное население к русской культуре и ценностям в своих интересах. Под руководством фон Кауфмана были созданы русско-туземные школы, с помощью которых планировалось воспитывать местное население в духе преданности империи. Российское
é
Ws,
правительство ограничивало национальные и религиозные образовательные системы, стремясь адаптировать их к русскому влиянию. В статье освещено влияние образовательных реформ на культурную жизнь Туркестана, политика фон Кауфмана в области образования и процесс установления контроля над местной системой образования.
TURKISTONDA CHOR ROSSIYASINING TA LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARI VA UNDA GENERAL FON KAUFMANNING ORNI Yarasheva Dilnoza Rustamovna
AIFU tarix fakulteti II- kurs magistr talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14064962 ARTICLE INFO ABSTRACT
Mazkur maqola XIX asrda Chor Rossiyasi tomonidan Turkistonda amalga oshirilgan ta'lim islohotlariga, shuningdek, general-gubernator Konstantin Petrovich fon Kaufmanning ushbu jarayondagi o'rniga bag'ishlangan. Rossiya imperiyasi o'z maqsadlari uchun Turkistondagi ta'lim tizimini nazorat qilish va mahalliy aholini rus madaniyati va qadriyatlariga moslashtirishga intilgan. Fon Kaufman boshchiligida rus-tuzem maktablari tashkil etilib, ularning yordamida mahalliy aholini imperiyaga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsad qilingan. Bunda Rossiya hukumati milliy va diniy ta'lim tizimlarini cheklab, ularni rus ta'siriga moslashtirishga harakat qilgan. Maqolada ta'lim islohotlarining Turkiston madaniy hayotiga ta'siri, fon Kaufmanning ta'lim siyosati va mahalliy ta'lim tizimi ustidan nazorat o'rnatish jarayon i yoritilgan.
KIRISH. XIX asr o'rtalaridan boshlab Rossiya hukumati Turkistondagi an'anaviy ta'lim tizimini o'z siyosiy va madaniy manfaatlariga moslashtirishga harakat qilib, ta'limni nazorat ostiga olishga katta e'tibor qaratgan. Rossiya imperiyasi Turkistonda rus madaniyati va tilini yoyish orqali mahalliy aholi orasida imperiyaga sodiq kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan. Shuningdek, Kaufmanning ta'lim sohasidagi islohotlarida mahalliy an'ana va diniy e'tiqodlarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish tamoyili ustuvor bo'lib, bu jarayonda Rossiya siyosatiga muvofiq kadrlarni tayyorlashga intilish ko'zlangan.
Rossiya imperiyasi hukumati uchun Turkistondagi ma'naviy hayotni nazorat ostiga olish va milliy maorif tizimini ruslashtirish siyosati muhim ahamiyatga ega edi. Boshlang'ich maqsad sifatida milliy ta'lim tizimini nazorat qilish, keyinchalik uni to'liq o'z izmiga olish va oxirida, mahalliy aholini rus madaniyati va qadriyatlariga moyil etish ustuvor vazifalardan biri bo'lgan. Shu munosabat bilan Turkistonning birinchi general-gubernatori K.P. fon
Received: 04th November 2024 Accepted: 10th November 2024 Online: 11th November 2024
KEYWORDS Turkiston, Konstantin Petrovich fon Kaufman, Chor Rossiyasi, Ta'lim islohotlari, Rus-tuzem maktablari, Mahalliy ta'lim tizimi, Madaniy ta'sir.
Kaufman (1867-1882) davrida mahalliy urf-odat va diniy marosimlarga aralashmaslik siyosati rasman e'lon qilingan bo'lsa-da, amalda ruslashtirish siyosati qo'llab-quvvatlandi. Bu jarayonda, ayniqsa, musulmon maktab va madrasalarining ahamiyatini pasaytirishga urg'u berildi, shu tariqa mahalliy aholining ta'lim orqali ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatish ko'zlangan edi.
Asosiy qism. Turkiston general-gubernatorligida fon Kaufman hokimiyati davrida ta'lim muassasalarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida bir necha islohotlar o'tkazildi. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgach, Rossiya hukumati o'lkada an'anaviy ta'lim tizimini o'z manfaatlariga moslashtirishga intilib, davlat siyosati doirasida ta'lim sohasini nazorat qilishga kirishdi. Bunda Turkistondagi ta'lim siyosati general-gubernatorlar buyruqlari asosida boshqarildi. Ayniqsa, mahalliy aholi o'rtasida davlat maktablarini tashkil etish va ularda rus tilini o'rgatish kabi islohotlar amalga oshirildi. Shuningdek, rasman e'lon qilingan holda, davlat siyosatida mahalliy xalqlarning diniy e'tiqodiga aralashmaslik tamoyiliga rioya qilinishi ta'kidlandi.
General-gubernator Konstantin Petrovich fon Kaufmanning bu jarayondagi o'rni muhim bo'lib, u Rossiya ta'lim tizimini Turkistonga joriy qilishga katta e'tibor qaratdi. Uning sa'y-harakatlari mahalliy aholiga rus ta'limini targ'ib qilish bilan birga, Rossiya ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan edi. Kaufman ta'lim orqali mahalliy aholi o'rtasida rus madaniyati va tilini keng yoyishga, Turkistondagi yangi avlodni Rossiyaga sodiqlik ruhida tarbiyalashga intilib, rus-tuzem maktablarini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan1. Bu boradagi hukumat siyosati maxsus qarorlar asosida, mahalliy an'ana va urf-odatlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish tamoyili asosida olib borildi. Rossiya ma'muriyati rasmiy qarorlarda mahalliy aholi e'tiqodiga aralashmaslikni ta'kidlab, xalq noroziligiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan keskin o'zgarishlardan qochishga harakat qildi. Shunga qaramay, amaldagi ta'lim siyosati orqali Rossiya imperiyasi Turkistondagi ta'lim tizimini o'z manfaatlari yo'lida qayta yo'naltirishga intilib, turli yo'llar bilan rus tili va madaniyatini yoyishga e'tibor qaratdi. Konstantin Petrovich fon Kaufman rahbarligida ushbu islohotlar davomida rus-tuzem maktablari tashkil etildi, bunda asosiy maqsad mahalliy aholini Rossiya madaniyatiga moslashtirish va imperiyaga sodiqlik ruhida tarbiyalash edi2.
1876-yilning 1-yanvarida Rossiya imperiyasining Xalq maorifi vazirligi tarkibida Turkiston o'lkasi o'quv ishlari bosh boshqarmasi tashkil etilib, o'lkadagi ta'lim tizimini markazlashtirilgan tarzda boshqarish vazifasiga kirishdi. Ushbu boshqarma orqali Rossiya hukumati Turkistondagi ta'lim tizimini nazorat qilish va uni Rossiya siyosatiga moslashtirishni maqsad qildi. 1879-yilda 65 qismdan iborat bo'lgan "Turkiston o'lkasi xalq o'quv yurtlari nozirlari yo'riqnomasi" ishlab chiqildi. Mazkur yo'riqnoma asosida o'lkadagi barcha an'anaviy va rus ta'lim muassasalari umumiy nazorat ostiga olindi. Bu esa hukumatga mahalliy ta'lim tizimidagi har qanday o'zgarishlarni nazorat qilish, o'quv dasturlarini Rossiya manfaatlariga moslashtirish imkonini berdi3.
1 Morrison A.S. Russian Rule in Samarkand 1868-1910: A Comparision with British India. ... - 2008. - Р-Р 213.
2 Остроумов Н.П. К истории народного образования в Туркестанском крае // К.П.. Фон Кауфман устроитель Туркестанского края. - Ташкент, 1899. - С. 56. Алимова Д.А. Концепты истории Узбекистана: Теория и гипотезы III. - Ташкент: Baktria press, 2018. - С. 219.
3 O'zMA, I 47-fond, 1-ro'yxat, 22-ish, 2-varaq.
General Kaufmanning rahbarligida amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlar natijasida Turkistonda Rossiyaning ta'lim siyosati izchil joriy etila boshladi, bu esa mintaqada rus madaniyati va ta'limini yoyishga zamin yaratdi4.
1870-yilda musulmon xalqlariga ta'lim berish chora-tadbirlari to'g'risida qonun qabul qilindi. Unda butun imperiyadagi musulmon xalqlariga ta'lim berish mohiyati mustamlaka metropoliya manfaatlariga bo'ysundirilishi belgilab qo'yildi. 1873-yilda general-gubernator K.P.fon Kaufman "Turkiston o'lkasida xalq ta'limi va o'quv ishlarini tashkil etish rejasi"ni taqdim qildi. Unga muvofiq, diniy maktablar faoliyatiga qarama-qarshi tarzda mahalliy aholi bolalari uchun rus-tuzem maktablarini ochish belgilab qo'yildi5. Imperiya ma'muriyatining fikriga ko'ra, faqat shunday maktablargina mahalliy aholini ruslashtirish jarayoniga ko'maklashishi mumkin edi. Rossiya imperatorining 1875-yil 17-maydagi qaroriga ko'ra, Turkiston o'quv yurtlari boshqarmasi va o'quv yurtlari bosh inspektori lavozimi ta'sis etildi6. Ushbu boshqarma vakolatiga rus maktablari bilan bir qatorda, mahalliy maktablar (maktab, madrasa, qorixonalar) ustidan ham nazorat olib borish huquqi berildi.
Turkistondagi maorif siyosati harbiy xalq boshqaruvi tizimiga asoslanganligi tufayli, asosiy moliyaviy masalalar bevosita Harbiy vazirlik orqali hal etilgan. Turkistonning markaziy Rossiya tashkilotlaridan uzoqda joylashganligi sababli, general-gubernatorga moliyaviy masalalarda alohida vakolatlar berilgan. 1917-yilgacha o'lkadagi ta'lim muassasalarini moliyalashtirishda harbiy ma'muriyatning aralashuvi katta rol o'ynagan, bu esa ta'lim tizimi rivojlanishiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatgan7.
Moliyalashtirish masalasidagi muammolar Turkistonda maorif sohasining yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelgan. Harbiy ma'muriyat ta'limga ajratilgan mablag'larni ko'pincha o'lkaning xavfsizligi va siyosiy barqarorligini ta'minlash maqsadlariga yo'naltirgan. Bu holat mahalliy ta'lim tizimini samarali rivojlantirishga to'sqinlik qilgan va natijada Rossiya ta'lim siyosati maqsadlarini to'liq amalga oshirishda qiyinchiliklar paydo bo'lgan.
Turkistondagi maktablar o'quvchilar soni jihatdan hududlarga qarab ancha farq qilar edi. Qishloqlarda o'quvchilar soni o'rtacha 10-20 nafar atrofida bo'lgan bo'lsa, shaharlarda bu ko'rsatkich 50-60 nafargacha yetar edi. Maktabdorning bilimi va malakasi ham o'quvchilar soniga ta'sir qiluvchi omillardan biri hisoblangan. Shu bilan birga, o'quv jarayonidagi eng katta muammo sifatida maktablarda aniq reja asosidagi o'quv dasturlarining mavjud emasligi keltirilgan.
Butun o'lka bo'ylab maktablar davlat tomonidan moddiy ta'minlanmagan bo'lib, bu holat ta'lim sifatiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatgan. Maktablarning moliyaviy ta'minoti, asosan, mahalliy xalq, jamoatchilik ko'magi, vaqf mulklari va xayr-ehsonlar hisobiga qoplangan8. Hatto xususiy maktablar mansabdor va davlatmand kishilar hamda eshonlar tomonidan tashkil etilgan bo'lsa, umumiy maktablar mahalliy jamoatchilik hisobiga qurilgan. Bunday
4 Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане 1865-1924. - Москва: Изд-во. Акад. пед. наук РСФСР, 1960. - С. 60.
5 Пален К.К. Отчет по ревизии учебного дела Туркестанского края. - Санк-Петербург: Сенатская типография, 1910. - С .2.
6 Шамсутдинов Р., Расулов Б. Туркистон мактаб ва мадрасалари тарихи (XIX аср охири - XX аср бошлари). - Б. 26.
7 Кочаров В.Т. Из истории организации и развития народного образования в дореволюционном Узбекистане. ... - С. 82.
8 Алимова Д.А. Особенности развития народного образования в Туркестане в период Российской империи // Вестник МИЦАИ. Выпуск 10, 2009. - С. 44-60.
vaziyat ta'limni markazlashtirilgan va samarali tizimga aylantirishdagi qiyinchiliklarni yanada oshirgan9.
General Kaufman hokimiyati davrida ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarni joriy qilishga intilish bo'lgan bo'lsa-da, moliyaviy cheklovlar va mahalliy jamoatchilikka bog'liqlik, uning rejalarini to'liq amalga oshirishga to'sqinlik qilgan.
Mustamlaka davrida Turkistondagi milliy ta'lim tizimi, xususan, madrasalar, asrlar davomida shakllangan an'anaviy boshqaruv asoslarini ma'lum darajada saqlab qoldi. Biroq, imperiya hukumati madrasalar faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan turli farmoyishlarni qabul qilish orqali ularni nazoratga olishni yo'lga qo'ydi.
Avvaliga Turkiston general-gubernatorligi ma'muriyati milliy ta'limga nisbatan aralashmaslik siyosatini yuritib, mahalliy ta'lim tizimiga tashqaridan aralashmaslikka intilishdi. Biroq, keyinroq bu yondashuv o'zgardi. Imperiya ma'muriyati nafaqat madrasalarni tashqaridan kuzatish, balki ularning ichki ishlarini ham nazoratga olish zarurligiga e'tibor qarata boshladi. Bu, ayniqsa, madrasalarda o'qitiladigan fanlar, o'quv dasturlari va ularning boshqaruviga taalluqli masalalarni qamrab olgan. Bunday nazorat milliy ta'lim tizimini, ayniqsa, diniy ta'lim muassasalarini to'liq Rossiyaning manfaatlariga moslashtirishga qaratilgan siyosatning bir qismi sifatida yuritilgan.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab Rossiya mustamlaka ma'murlari Turkistondagi madrasalarni Rossiya maorif idoralari nazoratiga olib, ularning ichki faoliyatiga aralasha boshladilar. Bu jarayonda Turkistonda yangi madrasalarni ochish uchun o'lka o'quv yurtlari bosh inspektori roziligi talab qilinadigan bo'ldi. Umuman olganda, butun Markaziy Osiyo madrasalarida ta'lim jarayoni eskirgan va zamon taraqqiyotidan ortda qolgan edi. Shunga qaramay, madrasalarda davrning yetakchi ziyolilari yetishtirilganligi sababli, general-gubernator K.P. Kaufman ularni milliy maktablardan ko'ra xavfliroq deb hisoblagan.
General Kaufman madrasalarni mustamlaka siyosatiga tahdid deb bilar edi, shuning uchun uning hukmronlik davrida ushbu ta'lim muassasalarining inqirozini tezlashtirishga qaratilgan bir qator choralar ko'rildi. Masalan, madrasalardagi an'anaviy boshqaruv lavozimlari, jumladan, "a'lam" va "mutavvaliboshi" lavozimlari bekor qilindi. Bu choralar madrasalarning mustaqilligini zaiflatib, ularni Rossiya siyosatiga to'liq bo'ysundirish maqsadida amalga oshirildi. Bunday siyosat mahalliy ta'lim tizimini cheklash va Rossiyaning madaniy ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilgan10.
Mustamlaka hukumati vaqf mulklarini o'z nazoratiga olgandan so'ng, madrasalarning boshqaruvi ustidan yanada kuchliroq nazorat o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi. Vaqf mulklaridan keladigan daromad madrasalarning asosiy moliyaviy manbai hisoblangani sababli, bu mablag'larni to'liq nazorat qilish orqali hukumat madrasalar faoliyatiga sezilarli ta'sir o'tkaza olardi. Shu munosabat bilan o'lka bosh inspektori tomonidan 3-inspektorga yo'llangan topshiriqda ham vaqf mulklaridan keladigan daromadlarni sarflash faqat ruxsat bilan amalga oshirilishi kerakligi qayd etilgan.
Shu kabi choralar natijasida 1873-yildan boshlab, turli madrasalarning vaqf daromadlaridan bir qismi davlat hisobiga o'tkazila boshlandi. Bu esa madrasalarning
9 O'zMA, I-47-fond, 1-ro'yxat, 333-ish, 12-varaq.
10 Исмаилова Ж. XIX асрнинг иккинчи ярми - XX аср бошларида Тошкентнинг «Янги шах,ар» кисми тарихи. -Тошкент: Фан ва технология, 2004. - Б. 85.
moliyaviy mustaqilligini cheklabgina qolmay, balki ularni imperiyaning to'liq nazorati ostiga olish uchun qo'shimcha yo'llar ochdi. Vaqf mulklarini nazorat qilish madrasalarni mustamlaka siyosatiga moslab boshqarishda muhim vosita bo'lgan, va bu orqali ma'muriyat madrasalar ustidan yanada to'liq nazorat o'rnatishga erishgan11.
Markaziy shaharlardagi yirik madrasalarning bitiruvchilari orasida davlat amaldorlari, yuqori malakali mudarrislar, hatto hukumat tizimida xizmat qiluvchi shaxslar yetishib chiqar edi. Bunday madrasalar markaziy bilim markazlari sifatida yuqori saviyadagi xodimlar tayyorlash bilan tanilgan bo'lsa, kichikroq madrasalar asosan maktab o'qituvchilari, mahalliy masjidlardagi imomlar va boshqa diniy shaxslarni tayyorlash bilan cheklangan.
Madrasalar ustidan hukumat nazorati kuchaygan sari, ularning faoliyatini chuqurroq tekshirish va boshqarish mexanizmlari ham ishlab chiqildi. Xususan, madrasalarda mudarrislik vazifasiga nomzodlarni tayinlash jarayonida nomzodlar qat'iy tekshiruvdan o'tkazilar, ularning rus hukumatiga xayrixohligi va sodiqligi birinchi o'rinda inobatga olinar edi. Masalan, 1893-yil 21-dekabrda 3-inspektorga Samarqand uyezdi boshlig'i tomonidan yo'llangan murojaatda Nodir Devonbegi madrasasiga mudarrislikka Mulla Abdulhakim Normuhammedov tayinlangani haqida ma'lumot berilgan. Toplangan ma'lumotlarga ko'ra, u rus hukumatiga ishonchli va xayrixoh odam sifatida tavsiya etilgan.
Shu kabi tekshiruvlar nafaqat nomzodlarning shaxsiy qarashlari, balki ularning mahalliy jamoatchilikka ta'sirini ham inobatga olishga qaratilgan edi. Bu borada har bir nomzodning mahalliy jamoat orasidagi obro'si va ta'sir kuchi o'rganilib, ularning ta'lim jarayonida hukumat siyosatiga zid fikrlarni tarqatmasligiga ishonch hosil qilinar edi. Shuningdek, madrasalardagi o'quv dasturlarini rus hukumati siyosatlariga moslashtirish maqsadida madrasa rahbariyatiga oid lavozimlarga hukumatga sodiq insonlar tanlangan. Bu siyosat mahalliy ta'lim muassasalarini to'liq nazorat ostiga olish va ularni mustamlaka ma'muriyati manfaatida foydalanishga qaratilgan bo'lib, madrasalarning hukumat nazoratiga bo'ysunishini ta'minlashga xizmat qilgan12.
Rossiya imperiyasi hukumati Turkiston o'lkasida rus maorif tizimini joriy etishni asosiy vazifalardan biri deb bilgan va mintaqada rus madaniyati va tilini keng yoyish maqsadida katta choralar ko'rgan. Turkistonda rus va rus-tuzem maktablarining faoliyati Rossiya maorif tizimi asosida tashkil etilgan bo'lib, ushbu maktablar orqali mahalliy aholiga rus tili va madaniyatini o'rgatish, ularni imperiyaga sodiq fuqarolar sifatida tarbiyalash maqsad qilingan. Shuningdek, bu maktablar Turkistondagi rus aholisi uchun qo'shimcha ta'lim imkoniyatlari yaratish yo'lida ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Rossiya imperiyasining Turkistondagi ta'lim sohasidagi islohotlari mahalliy aholini rus madaniyati va imperiya qadriyatlariga moslashtirish maqsadini ko'zlagan. General fon Kaufman boshchiligida amalga oshirilgan ta'lim islohotlari mahalliy an'anaviy ta'lim tizimini o'zgartirishga qaratilgan bo'lib, bu jarayonda madrasalar va yangi tashkil etilgan rus-tuzem maktablari ustidan to'liq nazorat o'rnatilgan. Shunga qaramay, Rossiya hukumati mahalliy aholi orasida o'z siyosatini keng yoyishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, milliy uyg'onish jarayonini to'xtata olmadi. Jadidchilik harakati va yangi usul maktablari
11 O'zMA, I 47-fond, 1-ro'yxat, 396-ish, 167-varaq; I 181-fond, 1-ro'yxat, 16-ish, 62-varaq.
12 O'zMA, I 181-fond, 1-ro'yxat, 16-ish, 60-varaq.
é
Ws,
References:
1. Morrison A.S. Russian Rule in Samarkand 1868-1910: A Comparision with British India. ... - 2008. - Р-Р 213.
2. O'zMA, I 181-fond, 1-ro'yxat, 16-ish, 60-varaq.
3. O'zMA, I 47-fond, 1-ro'yxat, 22-ish, 2-varaq.
4. O'zMA, I 47-fond, 1-ro'yxat, 396-ish, 167-varaq; I 181-fond, 1-ro'yxat, 16-ish, 62-varaq.
5. O'zMA, I-47-fond, 1-ro'yxat, 333-ish, 12-varaq.
6. Алимова Д.А. Концепты истории Узбекистана: Теория и гипотезы III. - Ташкент: Baktria press, 2018. - С. 219.
7. Алимова Д.А. Особенности развития народного образования в Туркестане в период Российской империи // Вестник МИЦАИ. Выпуск 10, 2009. - С. 44-60.
8. Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане 18651924. - Москва: Изд-во. Акад. пед. наук РСФСР, 1960. - С. 60.
9. Исмаилова Ж. XIX асрнинг иккинчи ярми - XX аср бошларида Тошкентнинг «Янги шах,ар» кисми тарихи. -Тошкент: Фан ва технология, 2004. - Б. 85.
10. Кочаров В.Т. Из истории организации и развития народного образования в дореволюционном Узбекистане. ... - С. 82.
11. Остроумов Н.П. К истории народного образования в Туркестанском крае // К.П.. Фон Кауфман устроитель Туркестанского края. - Ташкент, 1899. - С. 56.
12. Пален К.К. Отчет по ревизии учебного дела Туркестанского края. - Санк-Петербург: Сенатская типография, 1910. - С .2.
13. Шамсутдинов Р., Расулов Б. Туркистон мактаб ва мадрасалари тарихи (XIX аср охири - XX аср бошлари). - Б. 26.