Научная статья на тему 'TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARINING FAOLIYATI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)'

TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARINING FAOLIYATI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8096
371
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Turk yurdu / Nikolay Ostroumov / usuli jadid / ruslashtirish siyosati / Turkestanskie vedomosti / Oliya / Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li. / Turkish land / Nikolai Ostroumov / method jadid / Russification policy / Turkestanskie vedomosti / Aliya / son of the astrologer Abdurashidhon.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Azizbek Toynor Ogli Teshayev, Oxunjon Boboqulov

XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistondagi yangi usul maktablarining ochilishi,ularning yaratgan maktablari faoliyati,Chor Rossiyasining yangi usul maktablariga qarshi olib brogan siyosati ilmiy jihatdan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVITIES OF NEW METHODIC SCHOOLS IN TURKESTAN (LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES)

The opening of new method schools in Turkestan in the late XIX –early XX centuries,the activities of the schools created by them,the policy of brogan against the new method schools of Tsarist Russia are scientifically illuminated.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARINING FAOLIYATI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)»

TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARINING FAOLIYATI (XIX ASR

OXIRI-XX ASR BOSHLARI)

Azizbek To'ynor o'g'li Teshayev

Buxoro davlat universiteti O'quv-uslubiy boshqarma uslubchisi

Oxunjon Boboqulov

Buxoro viloyati Jondor tumani 27-umumta'lim maktabi Tarix fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Turkistondagi yangi usul maktablarining ochilishi,ularning yaratgan maktablari faoliyati,Chor Rossiyasining yangi usul maktablariga qarshi olib brogan siyosati ilmiy jihatdan yoritilgan.

Kalit so'zlar: Turk yurdu, Nikolay Ostroumov, usuli jadid, ruslashtirish siyosati, Turkestanskie vedomosti, Oliya, Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li.

ACTIVITIES OF NEW METHODIC SCHOOLS IN TURKESTAN (LATE XIX

AND EARLY XX CENTURIES)

Azizbek Tuynor ugli Teshaev Okhunjon Bobokulov

Methodist of the Educational and Teacher of History, Secondary School №

Methodological Department of Bukhara 27, Jondor District, Bukhara Region State University

ABSTRACT

The opening of new method schools in Turkestan in the late XIX -early XX centuries,the activities of the schools created by them,the policy of brogan against the new method schools of Tsarist Russia are scientifically illuminated.

Keywords: Turkish land, Nikolai Ostroumov, method jadid, Russification policy, Turkestanskie vedomosti, Aliya, son of the astrologer Abdurashidhon.

KIRISH

Xonliklar davrida o'lkamizdagi ta'lim-tarbiya tizimi dunyo taraqqiyotidan uzulib, turg'unlik holatiga kelib qoldi.Lekin bu tizimni isloh qilishga, yangilashga qaratilgan fikrlar uzoqni ko'ruvchi ziyolilar,mutafakkirlar XIX asr oxirida XX asr boshlarida vujuda kela boshlagan edi. Jumladan, XIX asrning 50-60-yillaridayoq Ahmad Donish Buxoro maktab va madrasalaridagi o'qish-o'qitish usullarini tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga keskin qo'ygan edi.

XX asr Turkiston o'lkasida milliy uyg'onish shabadalarini kuchaytirdi: o'lkada "Tarjimon", "Turk yurdu", "Vaqt", "Mulla Nasriddin", "Sho'ro" kabi gazeta va

jurnallarning mushtariylari soni oshib bordi, ulardagi islohotchilik harakatiga bag'ishlangan maqolalar o'lka pedagoglarini o'z faoliyatlariga tanqidiy qarashga majbur etdi. Ilk usuli jadid maktablari vujudga keldi, ona tili va adabiyot, tabiiy fanlarni o'qitish masalasiga ehtiyoj va e'tibor kuchaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jadidlar, birinchi navbatda, maorifni, maktab va madrasalarni, ularda o'qitish usullarini tubdan isloh qilish, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirish, millatni ma'nan uyg'otish uchun kurash olib bordilar. Ular o'zbek xalqining ming yildan ortiq taraqqiyot tarixiga ega bo'lgan tafakkur gulshanidan bahra oldilar, umuminsoniy qadriyatlarga asoslandilar, shu bilan birga, turk dunyosi xalqlarining ma'naviy rahbari Ismoilbey Gasprali o'qish-o'qitish, maktab va madrasa islohotiga oid fikrlari ta'sirida bo'ldilar.

Mazkur holat Rossiya ichki ishlar vazirligining 1900 yil 31 dekabrda Turkiston o'lkasiga yuborgan 13444-raqamli "mutlaqo maxfiy" farmoyishida yaqqol ko'zga tashlanadi. Unda hukumat gubernatorlarni ogoh bo'lishga da'vat qiladi: keyingi vaqtlarda tatar adabiyoti va matbuotida 14 millionli rus musulmonlarining ko'p asrli turmush tarzini izdan chiqarish xavfiga sabab bo'luvchi ruh paydo bo'lganligi sezilmoqda. Bu ruh tatarlar hayotida katta burilishga tayyorgarlik jarayoni kechayotgani haqida taxmin qilish imkonini beradi. Vazirlik e'tiborni Gasprali faoliyatiga, yangi usuldagi maktablarga, uning darsligi asosida ona tilini o'qitish masalasiga qaratadi. Tatarlar, deyiladi farmoyishda, islomiylik va turkiylik zaminida taraqqiyot uchun intilmoqda. Shuning uchun politsiya departamenti bu harakatni har tomonlama o'rganib, shu sohada faoliyat ko'rsatayotgan mualliflar, ularning maqolalari, "yosh turklar" bilan aloqasi, chet el markazlarida, ayniqsa, Turkiyada ularni kimlar rag'batlantirayotgani, kimlar tomonidan va qayerda yangi usul maktablari ochilgani, kimlar bunday maktablarda dars berayotgani, kimlar bu maktablarga rahbarlik qilayotgani kabi masalalar haqida keng ma'lumot so'ragan.

Gubernatorlik ma'murlari Turkiston o'lkasidagi mahalliy ziyolilar faoliyatini, o'lkada kechayotgan madaniy, ma'rifiy, siyosiy ahvolni o'rganishni Nikolay Ostroumov zimmasiga yuklaydi.Chunki u o'lkada 1879-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi va Turkiston haqida juda ko'p ma'lumotlarni to'plashga ham ulgurgan edi. Ushbu farmoyishga binoan u "siyosiy jihatdan ishonchsiz" deb hisoblagan, jadid maktablarini targ'ib-tashviq qiluvchi maqolalar yozgan, yangi maktablar ochgan va ularda muallimlik, mudirlik qilgan Is'hoqxon Ibrat, Mahmudxo'ja Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar haqida ichki ishlar vazirligiga ma'lumotlar yuborib turgan.

Vazirlikning yuqoridagi farmoyishi munosabati bilan Olmaota (Verniy) shahrida o'lka rus va rus-tuzem maktablari muallimlarining katta yig'ini bo'lib o'tdi. Bu haqda Mo'minjon Muhammadjonov quyidagilarni yozadi: "Shul chog'da Tatariston,

Ozarbayjon turklari bizdan burun ko'z ochib, boylarining himmati bilan yangi maktablar, yangi o'rta, yuqori (oliy) madrasalar solib, ming-ming xalq bolalarini ko'zlarin Ovrupo bilimlari bilan ochmoqda edilar. Ufa shahrida "Oliya", "Usmoniya", Qozon shahrida "Muhammadiya", Orenburg'da "Husayniya", Qafqazda biz otini bilmagan yana qancha maktablar, madrasalar ko'p edi. Bul yangi madrasalarni solmoq uchun yuz minglab, millionlab aqchalar ketgan, Nikolayning to'ralari, chinovniklari oldida necha dapqir so'roqlar berilgan edi... Olmaota (Verniy)da o'rus mullalarining katta yig'ini bo'ldi, shul yig'inda: «Tatarlar qozoqlar bilan sart bolalarini o'qitmasin! O'qumushli tatarlarg'a Turkiston o'lkasida turish uchun yo'l qo'ymaslik kerak! Chunki ular sart, qozoqlarg'a bilim tarqatib, ko'zlarini va fikrlarini ochadurlar, so'ngra bizga yemak uchun Turkistonda non qolmaydur. Ikkinchi, yangi tartib bilan o'qituvchi-muallimlar, purog'ramlari, o'qitadurg'on kitoblarini kimlarning asari ekanligin "inespektur"larga yozib kursatmaguncha, bola yig'ib o'qutolmaydurlar!» - deb qaror berdilar. Shuning uchun hukumatning o'rus va musulmon ma'murl aridan ham imtihon ko'rish bahonasi bilan kelib-ketib turmoqda edilar"[1].

Agar Ismoilbek Gasprali g'oyalari mohiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa, dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini ko'ramiz. Jumladan u shunday yozadi: "Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi ko'pdir. Ulug' yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan o'rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz. Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak, qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan to'ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada nimani ko'rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek "bu nimadir?, Oqibati nima bo'ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg'unmi?", - deya aql tarozisiga tortib olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bo'lgan bir narsa emas"[2].Bundan ko'rinadiki, jadidlar yevropaliklarning tajribasini to'g'ridan-to'g'ri emas,balki uni faqatgina ijobiy tomonlarini qabul qilganlar.

NATIJA VA MUHOKAMA

Jadidchilik harakatining mohiyatiga e'tibor qilib qaralsa: u ma'rifatparvarlik emas, balki ma'rifatchilik edi. "Ma'rifatchilik" iborasiga iste'dodli olim Sh.Rizaev alohida urg'u berib, uni atroflicha tahlildan o'tkazgan. Darhaqiqat, ma'rifatparvarlar asosan ma'rifat homiylari tarzida, «tashqaridan» turib, ya'ni xalqning iste'dodli farzandlarini qo'llab - quvvatlash orqali va o'z asarlari yordamida bilvosita faoliyat ko'rsatgan bo'lsalar, ma'rifatchilar bir paytning o'zida ham homiylar, ham ma'rifatning qora mehnatchilari edi. Nazariy yo'nalish bilan amaliyotning ana shunday chambarchas bog'liq holda olib borilishi jadid ma'rifatchilari uchun Ovro'pa ma'rifatparvarlari asrlar mobaynida bosib o'tgan yo'lni bir necha o'n yil ichida «kesib chiqish» imkonini yaratdi. U fidoyilik evaziga bunyodga keldi.[3]

Jadidlar xalqning fikrlash darajasini oshirish ularni mustaqillikka yetaklaydi deb o'ylashardi. Bu esa albatta yangi usuldagi maktablami ochish orqali amalga oshirilardi. Lekin podsho hukumati bunday usuldagi maktablar faoliaytiga tazyiq o'tkazardi.Har qanday ta'qib va tazyiqlarga, mutaassib ulamolarning dashnomlariga, bo'htonlariga qaramay, jadid maktablari xalq e'tiborini qozonishi, ayniqsa, musulmon qardoshlarning bu boradagi hamjihatliklari, hamkorliklari general-gubernatorlik siyosatdonlari, mafkurachilari faoliyatini yanada kuchaytirdi. 1909 yilda Nikolay Ostroumov «Turkestanskie vedomosti» gazetasida maqolasini e'lon qildi. Unda muallif quyidagilarni yozadi: «Rus ma'muriyatining yerliklar eski maktablariga nisbatan qo'llagan mensimaslik, nazar-pisand qilmaslik siyosati o'lkadagi hukmronligimizning dastlabki o'n yilligida o'zini oqlagan bo'lishi mumkin. Ammo keyingi uch o'n yillikda bu siyosat o'zini oqlamaganini hech narsa bilan yashirib bo'lmaydi. Mana, chindan ham pushaymon bo'ladigan voqea sodir bo'ldi. Biz o'lkada... katta qiyinchiliklar bilan bir necha rus-tuzem maktabi ochganimizda, boshqalar tashqaridan (Qrimdan) katta g'ayrat bilan o'lka maorifí uchun boshqa bayroq ostida mustaqil faoliyat olib bordi. Bu yangi usul maktablari ma'muriyatning hech qanday ruxsatisiz ochila boshladi va ajablanarli, yo'l qo'yib bo'lmaydigan tomoni shundaki, hozir ham bunday holat oblast, uezd ma'muriyatlari, hatto hukumat maktablar inspektsiyasi nazoratisiz davom etmoqda»[4].

Bunday maktablar dastlabki vaqtlarda hukumat ruxsatisiz ochila boshlagan edi, keyin ularning ochilishi, butun faoliyati to'la gubernatorlik nazoratiga o'tdi. Jadid maktablarining faoliyati endi nihoyatda og'ir kecha boshladi. Bir tomondan, mutaassib ulamolar, «usuli qadim» tarafdorlari «usuli jadid» maktablariga qarshi turli-tuman bo'htonlar uyushtirdilar, muallimlarini esa hatto kofirlikda aybladilar, xalq bolalarini bunday maktablardan qaytarishga harakat qildilar. Shu o'rinda Samarqandning Ulug'bek madrasasi jomesida 5-6 ming namozxon o'rtasida mutaassiblarning shoir va pedagog Siddiqiy-Ajziy va Abduqodir Shakuriylarni kofirga chiqarishlarini, Mirmuhsin Shermuhamedov va So'fizodalarni sazoyi qilib, o'z Vatanidan quvg'in qilishlarini esga olish o'rinlidir. Mutaassiblarning bunday hatti-harakatlari, ikkinchi tomondan, bundan ham dahshatliroq kuch bo'lmish mustamlakachi ma'murlarning ta'qib va tazyiqlariga katta yo'l ochib berdi. Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li siyosiy tashkilotlarning uzluksiz so'rovlariga javob berishga, do'q-po'pisalariga, qamoqlariga chidashga majbur bo'ldi. Shuning uchun ham «usuli jadid» maktablarining taraqqiyoti va ko'lamining kengayishi, ayniqsa, mustamlaka Turkiston o'lkasi sharoitida ancha og'ir kechdi. Bu haqda Munavvarqorining sobiq o'quvchisi, Anqara universitetining professori Ibrohim Yorqin (Ibrohim Orifxon o'g'li - 1902-1993) xotiralarida quyidagilarni yozadi: "1913 yilda Eshonxo'ja Xoniyning maktabini bitirgach, Munavvarqorining ikki sinfli rushdiy maktabida o'qigan yillarimizda Rusiya idorasi o'quv inspektorlari maktabimizga to'satdan kelib, foydalanayotgan kitoblarimizni tekshirardi. Ularning maqsadlari bizning maktabda mavjud bo'lgan darslik va boshqa o'quv kitoblarining Rusiya idorasi

nuqtai nazaridan zararlimi yoki yo'qmi, shulami tekshirish edi"[5]. General-gubernatorlik ma'murlari usuli jadid maktablarining keng quloch yozishiga qanchalik to'siqlar qo'ymasin, tabiiy-tarixiy jarayonni to'xtata olmadi.

"Usuli jadid" nomini olgan "usuli savtiya"ga asoslangan maktablar mohiyat e'tibori bilan "rus-tuzem" maktablariga qarshi vujudga keldi. "Usuli jadid" maktablarida milliy ma'naviyati yuksak, millat, Vatan istiqboli uchun jon kuydiruvchi yoshlarni tarbiyalab yetishtirish birinchi o'rinda turgan. Jadid pedagoglarining buyuk xizmatlari shundaki, ular maktablarda ona tilida ta'lim-tarbiya berishga, milliy adabiyot, musulmon dini va ma'naviyati asoslarini o'qitishga hal qiluvchi masala sifatida qaradilar. Chunki ular millatning o'zligini saqlovchi asosiy vosita ona tili va milliy adabiyot deb bildilar [6].

1909 yilda Rossiya Davlat dumasida - «G'ayri ruslarning davlat tasarrufidagi maktablarda ta'lim-tarbiya qaysi tilda olib borilishi kerak?» degan mavzu yana muhokama etiladi. Unga binoan «turkistonliklarning adabiy tili yo'qligi» sababli ta'lim-tarbiya faqat rus tilida olib boriladi, agar mahalliy so'zlarga ehtiyoj tug'ilgan taqdirda esa arab yozuvida emas, faqat kirill yozuvida ta'lim beriladi, degan farmoyish e'lon qilinadi. Bu farmoyish turkiyzabon ziyolilarning, pedagoglarning qattiq noroziligiga sabab bo'ldi. Unga qarshi «Tarjimon» gazetasida e'lon qilingan «Chig'atoy tili» sarlavhali maqolada quyidagilarni o'qiymiz: «Samarqand, Farg'ona, Sirdaryo qit'alarining shevalari eski chig'atoy shevasidur. Bu sheva adabiy o'ldig'i butun jahona ma'lumdur. Hatto turk shevai adabiyalarining eng qadimi va mabdai o'ldug'i lisoniyun (tilshunoslar) oldida masdaq (tasdiqlangan)dur. Taftazoniylar, Ahmad Yassaviylar, Ali Qushchi, Alisher Navoiy va boshqalar vujuda keltirmish Turkiston tili nechuk «tilsiz», «adabiyotsiz» ot o'linur?! Rus millatining lisoni adabiy o'lmadig'i zamonda Lomo'no'suf, Pushkin kabi rus adiblarining vujudidan uch va to'rt yuz sana muqaddam («Muhokamat ul-lug'atayn» risolasina boq!» - gazeta izohi - U.D.) Chig'atoy, ya'ni Turkiston tili forsiyya foyiq (g'olib) bo'lindig'i da'vo o'linur-da, bugun Turkiston belisondur, deyu nasil (qanday) hukm o'linur?! Kiyev va Mo'sqva baldalarinda rum va lotin lisoninda biror rahbon (rohiblar) shqolasi ta'sis edilmasdan muqaddam Buxoro va Samarqandda ilmi tibb, hay'at, falsafa, ta'rix, jug'rofiya, xandasa va soira dars va tahsil edilur. Ulug'beklar, Forobiylar, Ibn Sinolar kabi turk hukamosi yetishur-da, buyuklarning ahfodi (avlodi) bu kun nechuk tilsiz ot o'linur?!»[7].

Mana shunday og'ir sharoitda o'zbek jadid pedagoglari ona tili hamda milliy adabiyotni o'qitishga millatning hayot yoki mamoti masalasi sifatida qaradilar, ona tili va adabiyot o'qitishning nazariy va amaliy asoslarini ish lab chiqdilar. Bunday masalalar ularning darsliklarida o'z ifodasini topdi. Milliylik va milliyat masalasi Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Fitrat kabi mutafakkirlar faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mahmudxo'ja Behbudiyning bu haqdagi so'zlariga e'tibor bering: "Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va

saodatning darvozasidur. Har millat eng avvalo makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko'payturmaguncha, taraqqiy yo'lig'a kirub, madaniyatdin foydalanmas. Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o'z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig'a va maktablarining har jihatdan intizom va akmolig'a ahamiyat berib, bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdururlar. Aning uchundurki, o'zga millatlar diniy va milliy hissiyotg'a molik bo'lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar"[8].

Jadidlar yurt istiqloli va taraqqiyotini zamonaviy mutaxasislarsiz tasavvur qila olmadilar.Shu munosabat bilan jadidlar asosiy e'tiborni mahalliy xalq bolalaridan kuchli kadrlar tayyorlashga kirishdilar.Ular bu vazifani amalaga oshirish uchun maktab-maorif tizimini takomillashtirish kerak ekanligini anglab yetdilar.Shu maqsad yo'lida yangi usul maktablarini yaratishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar.

Yangi usul maktablarining boshqa maktablaridan farqi va yutuqlari shundaki,bu maktablarda sinf dars tizimiga o'tildi.Ko'rgazmali materiallardan foydalanish ancha samarali usul ekanligi isbotlandi.Sinf xonalarning toza va yorug'ligi,partalarda o'tirib o'qitilishi,dars tanafuslarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Jadid maktablari ortib borgan sari ularning dars berish tizimi takomillashib boraverdi.O'rta Osiyo jadidchilik harakatining yoyilishida Mahmudxo'ja Behbudiyning o'rni beqiyosdir.

Behbudiya maktabida har yilning oxirlarida tanatanali imtihonlar o'tkazilib turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko'proq targ'ib qilish va|uning o'qish tartiblarini ko'rsatish bo'lsa; ikkinchidan maktabni hayotiyroq qilish, ya'ni bola va maktab birligini amalga oshirish edi.

Sakkiz sinf, ya'ni birinch bosqichni tugatgan shogird arabcha, forscha va turkchada bemalol so'zlab, yozardi. Ruschani ham o'qib, bemalol gaplasha olardi. Turkistoning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi yetardi. Bu shogird maktabda muallimlik ham qila olardi, tijorat bilan ham shug'ullanar, hatto muharrirlik ham qo'lidan kelardi.Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat yuborilib taklif etilardi. Lekin ko'pchilik maktabning yutuqlarini ko'ra olmaganlar kelmasdi.

Behbudiy aytar ediki:«Kelib ko'rsunlar, durust bo'lsa, rivoj bersunlar, nodurust bo'lsa, dalil ila isbot qilsunlar... maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa yo'qdur».

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, jadidlar o'lkani ozodlikka chiqarish uchun avvolo xalqning ongini ko'tirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydilar.Bu uchun esa o'zlari yangi usul maktablariga asos solishdi.Bu maktablarda diniy ta'lim bilan bir qatorda dunyoviy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

fanlar o'qitildi.O'quvchilarning tez va oson savodini chiqarish uchun o'zlari ta'lim berishda yangi usullarni yaratdilar. Bu usullar usuli savtiya yoki usuli jadid nomi bilan kirdi. Ularning yaratgan darsliklari,dars o'tish texniklalari hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi.

REFERENCES

1. Muhammadjonov.M. Turmush urinishlari. Toshkent, 1926 yil, 277-bet.

2. Гаспрали. И. Оврупа маданиятига бир танкидий назар / "Узбекистон адабиёти ва санъати" г., 1996 йил, 10 январ сони

3. Шухрат Ризо. Маърифатпарварликдан маърифатчиликкача.// Тафаккур.Ж -1995.-№1. 74-79б

4. «Туркестанский ведомости». 1909 , №1.

5. Turdiev Sh. Ular Germaniyada o'qigan edilar. T.: 2006, 225-bet.

6. Dolimov.Ulug'bek ,,Jadidchilikning tamal toshi" "Jahon adabiyoti", 2010 yil, 1-son.

7. Chig'atoy dili. // Tarjimon, 1911, 4 mart.

8. Behbudiy M. Muhtaram yoshlarg'a murojaat. "Oyna. 1914 y. 41-son.

9. Aziz To'ynor o'g, Teshayev, and Jomurodov Nodirbek Shuhrat o'g'li. "Kokand-kashgar relations in central asian trade relations." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.5 (2021): 32-34.

10. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.

11. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Ara§tirmalar Dergisi 1.1: 105-116.

12. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.

13. Очилов, Алишер Тулис Угли. "БУХОРО ВОДАСИ ШАКЛЛАНИШИДА ЗАРАФШОН ДАРЁСИНИНГ УРНИ ВА ВОДА ТАРИХИЙ ГЕОГРАФИЯСИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОДАЗАЛАР." Scientific progress 1.6 (2021): 933-938.

14. Ochilov A. Бухоро вохасида олиб борилган илк археологик тадкикотлар //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 4. - №. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.