Научная статья на тему 'TURKISTONDA QOZILIK MAHKAMALARI HUJJATLARI TARIXINI OʻRGANISHNING MANBAVIY ASOSLARI (ARXIV HUJJATLARI VA MATERIALLARI MISOLIDA)'

TURKISTONDA QOZILIK MAHKAMALARI HUJJATLARI TARIXINI OʻRGANISHNING MANBAVIY ASOSLARI (ARXIV HUJJATLARI VA MATERIALLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
8
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qozi / biy / syezd / arz / murojaat / muhr / imzo / gunoh va ayb ishlar / tergov.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Karimov Kaxramon Sadikovich

Mazkur maqolada Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, mustamlaka hududiga umumiy imperial qonunlar joriy etilishi, Qozilar va biylar syezdlari, mazkur syezdlar tarkibi, faoliyati bayon qilingan. Qozilar va biylar hukmi yuzasidan arz beruvchi va murojaatchilarning rozilik holatini maxsus daftarlarga rasmiylashtirish ishlari yuzasidan fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari, qozi va biylar tomonidan koʻriladigan ishlar yuzasidan belgilangan normalar, fuqarolar arzlari va murojaat qilish koʻrsatmalari keltirilgan. Daʼvo azrlarini ijroga qabul qilish, koʻrib chiqish va hukm chiqarishga oid tarixiy maʼlumotlar koʻrsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA QOZILIK MAHKAMALARI HUJJATLARI TARIXINI OʻRGANISHNING MANBAVIY ASOSLARI (ARXIV HUJJATLARI VA MATERIALLARI MISOLIDA)»

TURKISTONDA QOZILIK MAHKAMALARI HUJJATLARI TARIXINI ORGANISHNING MANBAVIY ASOSLARI (ARXIV HUJJATLARI VA MATERIALLARI MISOLIDA)

Karimov Kaxramon Sadikovich

Qo'qon davlat pedagogika isntituti dotsenti, Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11237270

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, mustamlaka hududiga umumiy imperial qonunlar joriy etilishi, Qozilar va biylar syezdlari, mazkur syezdlar tarkibi, faoliyati bayon qilingan. Qozilar va biylar hukmi yuzasidan arz beruvchi va murojaatchilarning rozilik holatini maxsus daftarlarga rasmiylashtirish ishlari yuzasidan fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari, qozi va biylar tomonidan ko'riladigan ishlar yuzasidan belgilangan normalar, fuqarolar arzlari va murojaat qilish ko 'rsatmalari keltirilgan. Da'vo azrlarini ijroga qabul qilish, ko'rib chiqish va hukm chiqarishga oidtarixiy ma'lumotlar ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: qozi, biy, syezd, arz, murojaat, muhr, imzo, gunoh va ayb ishlar, tergov.

Kirish. Jahon miqyosida turkiy xalqlar tarixi, unga oid ta'limotlarda an'anaviy mahalliy sudlov me'yorlari, sud tizimini yaxlidlovchi tamoyillar va sud-huquq islohotlarning shakllanish jarayonlari va hokimiyatning boshqa tarmoqlardan rasmiy jihatdan ajralib chiqishining o'ziga xos xususiyatlari, mustamlaka huquqiy taksonomiyasining sudlov tizimiga fleksibellashuviga doir qo'lyozma manba, arxiv hujjatlarini o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, "Konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida sud mustaqilligi masalalariga bag'ishlangan Bishkek konferensiyasi" tavsiyalariga ko'ra ham, sudlar tarixi, jumladan, Gruziya, Shimoliy Makedoniya, Moldova Respublikasi va Koreya Respublikasidan Venetsiya komissiyasining yuqori martabali vakillari jamlangan ekspertlar guruhi sud mustaqilligi sohasidagi xalqaro va Yevropa standartlarini taqdim etish bilan bir qatorda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda qozilar faoliyati tarixining amaliy ahamiyatini yoritish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston qozilari faoliyatiga imperiya huquqiy taksonomiyasining moslashuvchanligi tarixi yangicha konseptual-uslubiy yondashuv asosida davriy va muammoviy tamoyillar asosida olib borildi.

Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik, statistik tahlil va tizimlashtirish tamoyillari, shuningdek, tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik, muammoviy-davriy, tizimli tahlil, strukturaviy-konstruktivlik usullaridan foydalanildi.

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda mustamlaka huquqiy taksanomiyasining qozilar faoliyatiga fleksibillashuvi jarayonidagi siyosiy jarayonlar tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi masalalari muammoning qo'yilishi, manbaviy asoslari va faktik materiallarning turli-tumanligi, bu masalada maxsus ilmiy tadqiqot qilishni taqozo etadi. Muammodagi bu ikki muhim masalaning tahlili o'ta murakkab va ziddiyatli hisoblangan mavzuning bir qator notaniq jihatlarini ochishga yordam beradi.

Turkistonda mustamlaka huquqiy taksonomiyasining qozilar faoliyatiga fleksibillashuvi jarayonidagi siyosiy jarayonlar tarixiga oid manbalar klassifikatsiyasiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratildi:

1. Arxiv hujjatlari va materiallari.

2. Davriy matbuot materiallari.

3. Memuar, xotira, esdalik va og'zaki tarix materiallari.

Arxiv hujjatlari va materiallari. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ilmiy muomalaga kiritilgan har qanday yangi ma'lumotlar katta ahamiyatga ega. Hujjatlarga qaraganda, Turkistonda mulklar juda muhim va keng bo'lib, nafaqat Turkiston o'lkasi va uning atrofida, jumladan, Toshkent va Qo'qonda ham joylashgan edi. Arxiv materiallarida yer--mulklarning holati, hajmi va huquqiy holati, ularni boshqarish tartibi, mulklardan olinadigan daromad va ularni qanday olish haqida muhim ma'lumotlar mavjud.

Rossiya istilosidan oldingi davrda Turkistondagi vaqf mulki alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Musulmon ruhoniylari kabi ijtimoiy kuchning hokimiyati bilan himoyalangan ushbu mulk shakli mustalakaga olish davrining tinimsiz to'qnashuvlarining barcha o'zgarishlarida eng barqaror holat sifatida ajralib turdi. Bunday sharoitda mulkni sobiq egasi uchun tasarruf etish huquqini (tavalliyot*) saqlab qolish bilan vaqfga o'tkazish, mohiyatan, tez-tez o'zgarib turadigan hukmdorlar tomonidan ushbu mulkka tajovuzlardan kafolat bo'lgan.

Boshqa tomondan, mulk egasi uchun tavalliyotni ta'minlamasdan vaqfga xayr-ehson qilish, ya'ni mol-mulkni maqbara mulkiga beg'araz o'tkazish, bunday vaqf asoschisi va maqbarada mavjud bo'lgan musulmon ruhoniylari o'rtasidagi hisob-kitoblarning shakllaridan biri sifatida qaralishi mumkin va ikkinchisi uchun juda foydali shakl. Chunki vaqf mulklari soliq immunitetiga ega edi.

Arxiv hujjatlari XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston aholisining ijtimoiy tarkibini, xojalarning turli guruhlarining huquqiy holati va ularning iyerarxiyasini, shuningdek, shaharning o'zida ham, unga tutash dashtda ham mehnatkash ommaning holatini o'rganish uchun boy materiallar beradi. Batafsil tadqiqotlar va hujjatlarni to'liq nashr yetish Turkiston nafaqat XIX asrda Turkiston aholisining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida aniqroq tasavvurga ega bo'lishga, balki Qo'qon xonligi tarkibida va Rossiya ma'muriyati davrida ushbu hudud tarixining bir qator munozarali masalalarini yangicha yoritishga imkon beradi.

Bu davrda texnik sabablarga ko'ra hujjatlar matnlarini arab yozuvida berish imkonsiz bo'lgan. Shu sababli, tarjimasi ko'pincha Markaziy Osiyo diplomatik terminologiyasini yaxshi bilmaganligi sababli shartli bo'lgan bir qator atamalar va iboralar arab grafikasida berilgan yoki har bir hujjatning eslatmalarida tushuntirish matnlari ko'ratib o'tilgan. Bunday izohlar matnda rus alifbosidagi harflar bilan belgilangan. So'z oldidagi yulduzcha talaffuz qilinayotgan iboraning boshlanishini anglatgan. Raqamlar maqolaning oxirida batafsilroq sharhni talab qiladigan ismlar va atamalarni ko'rsatilgan.

Hujjatlar matnlarini ochish va arabcha iqtiboslar, bandlar va individual atamalarni tarjima qilishda katta ilmiy bilim va harakat talab etiladi. Shuningdek, muhr yozuvchilarini o'qish jarayoni go'yoki, tarixiy afsonalar haqida taassurotlar uyg'otadi.

O'zbekiston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi Davlat arxivlari hamda ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar arxivlarida saqlanayotgan hujjat va Rossiya Federatsiyasi, Qirg'iziston, Tojikiston Davlat materiallar tadqiqotning asosiy manbasi bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O'z MA)ning fondida saqlanayotgan hujjatlarni quyidagi guruhlarga ajratdik:

1) Almashinuv hujjatlari1.

* Tavliyat ^i-arabcha, birovga biror narsani ishonib topshirish, egalik qilish.

1 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 2-yig'ma jild. Galeb Tamsi Muxoryadova va Ro'zi Bibi Muxoryadova o'rtasidagi ish almashinuv hujjatlari jamlanmasi - 20.06.1899 - 26.07.1899. 6-yig'ma jild. Nestor Nederitse va Sharafutdin Shamsutdinov o'rtasidagi ish almashinuv hujjatlari jamlanmasi - 5.07.1899 -18.01.1902, 35 varaq. O'z MA. I-510-fond. 1-ro'yxat. 2-yig'ma jild, 9-varaq.

2) Xizmat faoliyati hujjatlari2.

3) Qozilar faoliyatiga oid hujjatlar3:

- Qochoqlar va kuzatuv ish hujjatlari4;

- Bosqinchilik to'g'risidagi hujjatlar5;

- O'g'irliklar to'g'risidagi hujjatlar6;

- Qotilliklar to'g'risidagi hujjatlar7;

2 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 1899-yilga oid hujjatlar: 3-yig'ma jild. Yangi Marg'ilon okrug sudi prokurori G.A.Kirshaning xizmat faoliyati to'g'risidagi hujjatlar jamlanmasi - 1.06.1899 -30.07.1899, 52 varaq. 4-yig'ma jild. Yangi Marg'ilon shahar kanselyariya xizmatchisi, okrug sudi kamera qoshidagi 3-razryadli prokuror P.D.Kosmoglodva xizmat faoliyati haqida hujjatlar jamlanmasi - 1.01.1900 - 19.07.1900, 17 varaq. 32-yig'ma jild. Mitrofan Alekseevich Insertov xizmat faoliyati haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 15.03.1900 -30.07. 1900, 27 varaq. 86-yig'ma jild.Yangi Marg'ilon okrug sudi prokurori qoshidagi kotib A.A.Kalachev xizmat faoliyati haqida - 26.08.1902-14.08.1902. 65-yig'ma jild. Abdurahmon Abduazimov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'majildi - 31.10.1901 - 18.11.1902, 17 varaq. 66-yig'ma jild. Ivan Pavlovich Kazachkaga oid mulkni o'g'irlanishi haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 12.12.1901 - 29.10.1902. 67-yig'ma jild. Magomet Ali Hasanboyev faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 15.11.1901 - 18.11.1902. 68-yig'ma jild. Rustambek Umarqulov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 12.12.1901 - 18.11.1902. 69-yig'ma jild. Norbo'ta Eshbo'tayev va Aliqul Sardibekov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 20.06.1901 - 17.08.1902. 70-yig'ma jild.To'ychibek Matqosimov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 6.09.1901 - 31.05.1902. 71-yig'ma jild. Xudoyberdi Egamberdikov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 2.01.1901-7.07.1902, 20 varaq. 72-yig'ma jild. Tixon Polozov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi -28.11.1901-25.01.1902, 7 varaq. 73-yig'ma jild. Mins Grigoryevich Zaims faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi -6.04.1901-3.01.1902, 24 varaq. 74-yig'ma jild. Polovinko va Petrishkoni 345-modda bo'yicha faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 3.09.1901-4.06.1902, 20 varaq. 75-yig'ma jild. Abdunazar Xudoynazarov va Muhammadqosim Boyqosimov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 2.06.1901-12.06.1902. 76-yig'ma jild. Ahmadboyev, Qalandarov va boshqalarf aoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 5.11.1901-20.06.1902, 20 varaq. 77-yig'ma jild. Jumaboy Barot Oxunov faoliyati haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 23.02.1901-24.03.1902. O'z MA. I-510-fond. 1-ro'yxat. 2-yig'ma jild, 9-varaq.

3 I-157-fond. 1-ro'yxat. Narodnbiy sudya Kuvinskoy volosti Margelanskogo uyezda (jami 76-yig'ma jild); I-159-fond. 1-ro'yxat. Farg'ona viloyati Marg'ilon uyezdi Avval volosti qozisi (jami 43 ta yig'ma jild; I-160-fond. 1-ro'yxat. Farg'ona viloyati Marg'ilon uyezdi Yozyovon volosti qozisi (jami 54 ta yig'ma jild); I-234-fond. 1-ro'yxat. Farg'ona viloyati Marg'ilon uyezdi Yakkatut volosti qozisi (jami 92 ta yig'ma jild); I-235-fond. 1-ro'yxat. Farg'ona viloyati Marg'ilon uyezdi Marg'ilon volosti qozisi (jami 25 ta yig'ma jild);

4 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 7-yig'ma jild. Sobiq qozi mulla Isomiddinov, mulla Xaslanbayevlar ish faoliyatini kuzatuv haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 30.09.1899 - 6.07.1899, 53 varaq. 28-yig'ma jild. Aydarali Umaraliyevning Sibirdan qochishi haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 3.07.1900 - 16.03.1902, 14 varaq. 62-yig'ma jild. Mahalliy aholi vakili Karimboy Mirboboyevning Sibirdan qochishi haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 5.01.1901 - 8.06.1901, 3 varaq.

5 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 5-yig'ma jild. Toshqul Tanochqulovga qilingan bosqinchilik hujumi haqidagi hujjatlaijamlanmasi - 5.07.1899 - 17.12.1902, 23 varaq. . 9-yig'ma jild. Nazar Goyib Chalovaga qilingan bosqinchilik haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 22.06.1899 - 6.11.1899, 7 varaq. 10-yig'ma jild. Kenjaboy Nazarovga qilingan bosqinchilik hujumi haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 21.07.1899 - 19.08.1899, 18 varaq. Dadaboy Ma'rufboyev va Sodiqboyevlarga qilingan bosqinchilik hujumi haqidagi hujjatlar jamlanmasi -24.09.1901 - 30.11.1901, 8 varaq.

6 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 8-yig'ma jild. Nasriddin Mamadovga tegishli mulklar o'g'irlanganligi oid hujjatlar jamlanmasi - 30.07.1899 - 28.10.1899, 8 varaq. 11-yig'ma jild. Murod Yusup Duvanayevga tegishli mulklarni o'g'irlashga qasd qilish haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 19.08.1899 - 28.08.1899, 5 varaq. Kuzma Silverstova Petrovga oid mulklar o'g'irligi haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 29.05.1899 - 30yu.09.1899, 9 varaq. 21-yig'ma jild. Yangi Marg'ilon okrug sudi prokurorining 1-uchastkada yashovchi Juydam qishlog'idagi Abduraim Xoliqulovga tegishli otni o'g'irlashga qilingan harakat haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 29.11.1899 -30.11.1899, 2 varaq. 24-yig'ma jild. Namangan lazaretida yashovchi Arsenyevni o'g'irlik maqsadida buyumlarni sindirishda ayblash haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 13.06.1899 - 10.12.1899, 23 varaq. 46-yig'ma jild. Sart tujjori Qurbon Xodjayev mulkini o'g'irlanishi haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 31.05.1901 - 26.02.1902, 32 varaq. 63-yig'ma jild. Mahalliy aholi vakili Manazar So'fiyevni mulkini o'g'irlanganligi haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 13.12.1901 -18.12.1901. 66-yig'ma jild.

7 I-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 23-yig'ma jild. Muhammadali Muhammadxo'jayevni qasddan odam o'ldirishga urinish ayblash haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 29.05.1899 -13.12.1899. 35-yig'ma jild. Mahalliy aholidan Ishso'fi Husanboyevning o'ldirilishi haqidagi hujjatlar jamlanmasi -19.01.1901 - 8.05.1901, 5 varaq. 54-yig'ma jild. Muhiddin Ma'zuma Nasrutdin Qoziyevni qotilligi bo'yicha hujjatlar yig'ma jildi - 10.08.1901 - 30.10.1902, 25 varaq. 56-yig'ma jild. Sart Muhammadboy Muhammedovning o'ldirilishi

- Ayblov ish hujjatlari8.

Bundan tashqari, 1903-yilga oid hujjatlar - ushbu yilga oid hujjatlarda asosan mahalliy va yevropalik aholiga mansub shaxslarni 1484, 1464, 1015-moddalar bo'yicha ayblanishi, aholi o'rtasida turli mol-mulk o'g'irligi, bir-biriga tan jarohati yetkazishi, qotillik va boshqa ayblovlar bo'yicha hukjjatlar yig'ma jildlari berilgan bo'lib, ushbu yilga oid hujjatlar 127-165-yig'ma jildlardan iborat.

1904-yilga oid hujjatlar - ushbu yilga oid yig'ma jildlar 166-175-raqamlarda aks etgan bo'lib, ushbu yig'ma jildlarda asosan fuqarolar o'rtasidagi mayda jinoyatlar, o'g'irlik jinoyatlari bo'yicha hujjatlar jamlangan.

Ushbu fondda asosan 1917-yilga qadar bo'lgan turli jinoyatlar, fuqarolarning shaxsiy ishlari, aholi o'rtasidagi mayda jinoyatlar, xalq sudyalari (qozilar) faoliyati, jinoyat kodeksining turli moddalari bilan mahalliy va yevropalik aholining ayblanishiga oid hujjatlar jamlangan. Ushbu fondda jami 1260 dona yig'ma jild mavjud bo'lib, unga qo'shimcha 12 dona (60a, 63a, 80a, 184a, 202a, 253a, 324a, 432a, 445a, 446a, 453a, 842a) qo'shimcha raqamlangan.

Arxivdagi hujjat va materiallar hajm va ko'lam jihatidan katta bo'lgani sabab, ularning tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyatiga qarab Rossiya imperiyasi ma'muriy davri tarixiy-huquqiy va ijtimoiy-notarial manbalar guruhiga ajratilgan holda tahlil qilindi.

Imperiya davri tarixiy-huquqiy manbalari o'zining vujudga kelish xarakteriga qarab uchta toifaga:

- Qozilik mahkamasi hujjat va materiallari*;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi me'yoriy hujjat va materiallari;

- ish yuritish hujjatlariga bo'linadi.

Birinchi toifaga, memuar, xotira, esdalik va og'zaki tarix materiallari: O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan manbalar kiradi. RMnchi toifaga Rossiya imperiyasi, xususan Turkiston o'lkasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari (f. 86, 95, 837) fondlaridagi sovet hokimiyatining yuridik va ish yuritishga oid manbalari: buyruq, qaror, qonun, kodekslar; imperator farmon va qarorlari, dastur ul-amallari; mahalliy mustamlaka organlarining rasmiy hujjatlari va turli yozishmalari kiradi. Uchinchi toifaga kiruvchi tarixiy-huquqiy manbalarni adliya, sud prokuratura va ichki ishlar organlari (O'zR MDA. f. 904, 1709, 1710, 1714, 1845; GARF. f. R-9401, R-9479sch, R-9414)ning ish yuritish hujjatlari tashkil etadi. Hukmron davlat mafkurasi huquqiy normalardan nafaqat imperiya xalqiga, balki butun dunyoga o'zining gumanizm va demokratik prinsiplarga

haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 16.03.1901 - 16.10.1901. 60a-yig'ma jild. Hamro Mamatbayevani o'ldirilishi haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 29.01.1901 - 7.03.1901, 5 varaq. 61-yig'ma jild. Normat usta Sarimsoqov o'ldirilishi haqidagi hujjatlar yig'ma jildi - 24.11.1901 - 20.12.1901, 28 varaq. l-665-fond. 1-ro'yxat. 4-yig'ma jild, 33 varaq. O'z MA. I-510-fond. 1-ro'yxat. 2-yig'ma jild, 9-varaq.

8 l-150-fond. Prokuror Novo-Margelanskogo okrujnogo suda, 2-ro'yxat. 23-yig'ma jild. Muhammadali Muhammadxo'jayevni qasddan odam o'ldirishga urinish ayblash haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 29.05.1899 -13.12.1899. 24-yig'ma jild. Namangan lazaretida yashovchi Arsenyevni o'g'irlik maqsadida buyumlarni sindirishda ayblash haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 13.06.1899 - 10.12.1899, 23 varaq. 25-yig'ma jild. Ahmadali Xoliqovni jinoyat kodeksining 9- va 1459-moddalari 2-qismi bo'yicha ayblab, jazolash haqidagi hujjatlar jamlanamasi -15.09.1899 - 20.09.1899, 8 varaq. 27-yig'ma jild. Nikolay Terbagdasaryans ayblovi haqidagi hujjatlar jamlanamasi - 12.03.1900 - 12.07.1900. 36-yig'ma jild. Mahalliy aholidan Boynazar Boymuhammayedovning ayblovi haqidagi hujjatlar jamlanmasi - 9.02.1901 - 26.02.1901, 9 varaq. 37-yig'ma jild. Zanatule Basharovni 452-modda bo'yicha ayblovi haqidagi hujjatlar jamlanmasi, 13.02.1901 - 14.01.1902, 20 varaq. 39-yig'ma jild.

* 1917-yilda hokimiyat tepasiga kelgan bolshevistik kompartiyaning hujjat va materiallari jamiyat uchun normativ xaraterga ega bo'lgan huquqiy manbalarning o'ziga xos shakliga aylandi. 1920-yillarda Stalin hokimiyatining kuchayishi natijasida davlat hokimiyati va boshqaruvi hujjatlarining barchasi partiyaning bosh yo'li bo'yicha qabul

qilinishi qat'iy nazoratda bo'ldi.

"sodiqligini" ko'rsatish maqsadida foydalandi. Amal qilish uchun ijroga yo'naltirilgan ko'plab "yangi qonunlar" amaliyotda ishlamadi. Ular xalqaro huquq normalari va tamoyillarini qo'pol ravishda buzuvchi, rasmiy mahalliy huquq tizimiga zid bo'lgan mahalliy boshqaruv tuzilma tartiblarini - Podsho Rossiyasining maxfiy ko'rsatmalari, yo'riqnomalari, nizomlari va boshqalar idoralarning instruksiya va tushuntirishlari bilan almashtirildi.

Tadqiqotda ish yuritish hujjatlarining ikki turidan: umumiy (maxfiy va nomaxfiy) ish yuritish hujjatlari; tergov-sud hujjatlaridan foydalanildi.

Umumiy (maxfiy va nomaxfiy) ish yuritish hujjatlari - turli hujjatlarning eng katta qismini tashkil etadi. Tadqiqot jarayonida turli muassasalar va ularning rahbarlari o'rtasidagi yozishmalar, ayniqsa, harbiy gubernator devonxona(kanselariya) hisobot hujjatlari katta qiziqish uyg'otdi. Bu hujjatlar hisobot, ma'ruza va ma'ruza varaqasi (dokladnaya zapiska), akt (dalolatnoma), sparvka (ma'lumotnoma) shaklida tuzilgan. Biz tadqiq qilayotgan xronologik davr doirasida umumlashma holdagi turli hisobotlar saqlanib qolgan va ularning katta qismi qat'iy tartib va kuchli nazorat ostida yuritilgan.

Taqqoslanishi mumkin bo'lgan o'rganilgan materiallardan olingan ma'lumotlarning mavjudligi tadqiqot obyekti bo'lgan masalalarning dinamikasini kuzatish, qiyosiy solishtirish imkonini beradi. Ayrim jarayonlarning quyidan yuqoriga yuborilgan ma'lumotlar "zanjirida" kuzatish mumkin.

Arxiv hujjat va materiallari ikkinchi guruhini iqtisodiy - statistik manbalar tashkil etadi. Bu hujjatlarni ham kelib chiqish xarakteriga ko'ra uch turga bo'lish mumkin:

a) umumiy demografik xarakterdagi hujjatlar;

b) mahalliy boshqaruv tizimi statistikasi;

v) moliya va uning mol-mulklarga doir qismi hisobotlari.

Umumiy demografik xarakterdagi hujjatlar: maxfiylik tamg'asi ostida saqlangan ammo mustaqillik yillarida ochiqlangan nashrlar yoki e'lon qilinmagan arxiv hujjatlari ichida Turkistonda aholini mustamlaka tartibida doimiy va "barqaror" ushlab turish bilan bog'liq umumiy demografik xarakterdagi hujjatlar hisoblanadi. Ular tadqiqot olib borish jarayonida katta ahamiyatga ega bo'ldi.

FOYDALANILGAN MANBALAR RO'YXATI

1. O'z MA, 86-fond, 1-ro'yxat, 647-varaq.

2. O'z MA, I-13-fond, 1-ro'yxat, 334-ish, 50 varaq.

3. O'z MA, I-17-fond, 1-ro'yxat, 3953-ish, 353 varaq.

4. O'z MA, I-17-fond, 1-ro'yxat, 7041-ish, 4 varaq.

5. O'z MA, I-17-fond, 1-ro'yxat, 7464-ish, 9 varaq.

6. O'z MA, I-18-fond, 1-ro'yxat, 1800-ish, 13 varaq.

7. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 10014-ish, 375 varaq.

8. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 13263-ish, 47 varaq.

9. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 13276-ish, 7 varaq.

10. O'z MA, l-19-fond, 1-ro'yxat, 13277-ish, 10 varaq.

11. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 13758-ish, 7 varaq.

12. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 13759-ish, 26 varaq.

13. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 13935-ish, 42 varaq.

14. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 14062-ish, 10 varaq.

15. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 14068-ish, 26 varaq.

16. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 18011-ish, 59 varaq.

17. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 8694-ish, 3 varaq.

18. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 9054-ish, 110b varaq.

19. O'z MA, I-19-fond, 1-ro'yxat, 9451-ish, 94 varaq.

20. O'z MA, I-19-fond, 35-ro'yxat, 39-ish, 38 varaq.

21. O'z MA, I-19-fond, 35-ro'yxat, 42-ish, 574 varaq.

22. O'z MA, I-276-fond, 1-ro'yxat, 12-ish, 4 varaq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.