Научная статья на тему 'TURKISTON O’LKASI MATBAA-NOSHIRLIK TARIXINING O’RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR'

TURKISTON O’LKASI MATBAA-NOSHIRLIK TARIXINING O’RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
624
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
matbaachilik / noshirlik / qo’lyozma asarlar / toshbosma asarlar / bosmaxonalar / jadidchilik / O. Portsev / G.Y. Yakovlev / M.V. Kats-Nelson / Y.P. Edelman / O. Abdalov / M. Behbudiy / A. Avloniy / Is’hoqxon Ibrat O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi / “Туркестанские ведомости” / “Turkiston viloyati gazeti”. / printing / publishing / manuscript works / lithographic works / printing houses / modern art / O. Portsev / G.Y. Yakovlev / M.V. Katz-Nelson / Y.P. Edelman / O. Abdalov / M. Behbudi / A. Avloni / Ishaqkhan Ibrat / Central State Archive of the Republic of Uzbekistan / "Turkestanskie vedomosti" / "Turkestan region gazette".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A. Sadriddinov

Bugungi kunda jamiyatimizda sodir bo’layotgan jadal o’zgarishlar va yangilanishlarni chuqur anglash muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Zero, har qanday xalqning buyukligi bu ¬– uning o’z o’tmishini, ya’ni o’zining haqqoniy tarixini, qadriyatlarini to’laqonli saqlab qolganligi bilan ham belgilanadi. Dunyo mamlakatlari milliy madaniyatining muhim va ajralmas qismlaridan biri bu – matbaa-noshirchilikning vujudga kelish tarixidir. Turkiston o’lkasidagi dastlabki matbaa o’choqlari Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Farg’ona kabi yirik madaniyat markazlarida vujudga kelgan edi. Turon zaminida yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozimdir. Ushbu tadqiqot ishida “Turkiston o’lkasida matbaa-noshirlik ishining vujudga kelishi”ni o’rganilish tarixi hamda manbashunosligi bo’yicha tahliliy qarashlar taqdim etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME STUDIES ON THE HISTORY OF PRINTING AND PUBLISHING IN TURKESTAN

It is crucial to comprehend that the rapid changes and reforms are taking place in our society today. After all, the greatness of any nation is determined by the fact that it has fully preserved its past, that is, its true history and values. One of the important and integral parts of the national culture of the countries of the world is the history of the emergence of printing and publishing. The first printing presses in Turkestan were established in such large cultural centers such as Tashkent, Samarkand, Kokand, Bukhara, Khiva, Andijan, Namangan, and Fergana. It should be noted with pride that the exemplary life and activity of our great scholars and thinkers who lived in the land of Turan, as well as the unparalleled scientific and creative discoveries still amaze the people of the world today. Analytical views on the history and source science of the study of "Invention of printing and publishing in Turkestan" were presented in this research work.

Текст научной работы на тему «TURKISTON O’LKASI MATBAA-NOSHIRLIK TARIXINING O’RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TURKISTON O'LKASI MATBAA-NOSHIRLIK TARIXINING O'RGANILISHIGA

DOIR AYRIM MULOHAZALAR Sadriddinov Abrorjon Sayfulla o'g'li

07.00.01 - O'zbekiston tarixi yo'nalishi bo'yicha erkin tadqiqotchi. Namangan shahridagi

Prezident maktabi tarix fani o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.7296623

Annotatsiya. Bugungi kunda jamiyatimizda sodir bo'layotgan jadal o'zgarishlar va yangilanishlarni chuqur anglash muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Zero, har qanday xalqning buyukligi bu - uning o'z o'tmishini, ya'ni o'zining haqqoniy tarixini, qadriyatlarini to 'laqonli saqlab qolganligi bilan ham belgilanadi. Dunyo mamlakatlari milliy madaniyatining muhim va ajralmas qismlaridan biri bu - matbaa-noshirchilikning vujudga kelish tarixidir. Turkiston o'lkasidagi dastlabki matbaa o'choqlari Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Farg'ona kabi yirik madaniyat markazlarida vujudga kelgan edi. Turon zaminida yashab o'tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g'urur bilan ta 'kidlash lozimdir. Ushbu tadqiqot ishida "Turkiston o 'lkasida matbaa-noshirlik ishining vujudga kelishi"ni o 'rganilish tarixi hamda manbashunosligi bo'yicha tahliliy qarashlar taqdim etildi.

Kalit so'zlar: matbaachilik, noshirlik, qo'lyozma asarlar, toshbosma asarlar, bosmaxonalar, jadidchilik, O. Portsev, G.Y. Yakovlev, M.V. Kats-Nelson, Y.P. Edelman, O. Abdalov, M. Behbudiy, A. Avloniy, Is'hoqxon Ibrat O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi, "Туркестанские ведомости", "Turkiston viloyati gazeti".

НЕКОТОРЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ИСТОРИИ ПЕЧАТИ И ИЗДАТЕЛЬСТВА В

ТУРКЕСТАНЕ

Аннотация. Крайне важно понимать, что сегодня в нашем обществе происходят стремительные изменения и реформы. Ведь величие любой нации определяется тем, что она полностью сохранила свое прошлое, то есть свою подлинную историю и ценности. Одной из важных и неотъемлемых частей национальной культуры стран мира является история возникновения книгопечатания и издательского дела. Первые типографии в Туркестане были установлены в таких крупных культурных центрах, как Ташкент, Самарканд, Коканд, Бухара, Хива, Андижан, Наманган, Фергана. Следует с гордостью отметить, что образцовая жизнь и деятельность наших великих ученых и мыслителей, живших на земле Туран, а также беспримерные научные и творческие открытия и сегодня поражают людей всего мира. В данной исследовательской работе представлены аналитические взгляды на историю и источниковедение исследования «Изобретение книгопечатания в Туркестане».

Ключевые слова: полиграфия, издательство, рукописные произведения, литографские работы, типографии, современное искусство, О. Порцев, Г.Ю. Яковлев, М.В. Кац-Нельсон, Ю.П. Эдельман, О. Абдалов, М. Бехбуди, А. Авлони, Исхакхан Ибрат, Центральный государственный архив Республики Узбекистан, «Туркестанские ведомости», «Туркестанская областная газета».

SOME STUDIES ON THE HISTORY OF PRINTING AND PUBLISHING IN

TURKESTAN

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Abstract. It is crucial to comprehend that the rapid changes and reforms are taking place in our society today. After all, the greatness of any nation is determined by the fact that it has fully preserved its past, that is, its true history and values. One of the important and integral parts of the national culture of the countries of the world is the history of the emergence of printing and publishing. The first printing presses in Turkestan were established in such large cultural centers such as Tashkent, Samarkand, Kokand, Bukhara, Khiva, Andijan, Namangan, and Fergana. It should be noted with pride that the exemplary life and activity of our great scholars and thinkers who lived in the land of Turan, as well as the unparalleled scientific and creative discoveries still amaze the people of the world today. Analytical views on the history and source science of the study of "Invention of printing and publishing in Turkestan" were presented in this research work.

Key words: printing, publishing, manuscript works, lithographic works, printing houses, modern art, O. Portsev, G.Y. Yakovlev, M.V. Katz-Nelson, Y.P. Edelman, O. Abdalov, M. Behbudi, A. Avloni, Ishaqkhan Ibrat, Central State Archive of the Republic of Uzbekistan, "Turkestanskie vedomosti", "Turkestan region gazette".

KIRISH

Tarixning turli sinovli davrlaridan omon qolgan eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan qo'lyozma asarlar bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz va iftixorimizdir. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan bu nodir qo'lyozmalarni jiddiy o'rganish davri keldi. Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatning shakllantirilishiga o'ziga xos ta'sir o'tkazadi.

Turkiston matbaachiligi tarixining xususiyati shundaki, bu hududda matbaachilik Yevropa va Osiyodagi ko'p mamlakatlardagiga nisbatan birmuncha kechroq tashkil topdi va taraqqiy etdi. O'zbekiston matbaachiligi taraqqiyotining 1917-yilgacha bo'lgan davri Turkistonda mustamlaka rus hukumati hukmronligi davrida, so'ng 1991-yilgacha bo'lgan davri sovet hokimiyati tuzumi sharoitida kechdi. Hozirga qadar tadqiqotchilar tomonidan matbaachilik tarixini yorituvchi talaygina maqola, risola va kitoblar yaratilgan. XIX asr oxiri va XX asr birinchi choragi davomida Turkistonda ilk matbaachilik nashrlariga rus mustamlakachilari tomonidan asos solingan bo'lsa-da, keyinchalik o'lkada mahalliy matbaachilik ham taraqqiy eta boshladi. Albatta, ularning tashkilotchilari va mualliflari milliy ziyolilarimiz edi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Turkiston o'lkasida matbaachilikning vujudga kelish jarayonlarini tadqiq etish mobaynida noshirchilik sohasi va noshirlar faoliyatini shartli ravishda ikki guruhga ajratib o'rganish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi noshirlar (S.I. Laxtin, V. M. Il'in, O.

Portsev, P. D. Nemtimov, G. Y. Yakovlev, A. L. Kirsner, M. V. Kats-Nelson[1], Y. P. Edelman[2], P. G. Petrov, S. G. Groman, P. A. Komarov, Vilner, Sh. Grayevskiy, Fridman, Minakov, T. I. Kutilo[3]) matbaachilikni asosiy kasb qilib olmagan, lekin, mashhur mutafakkirlarning asarlarini chop qilish bilan shug'ullangan shaxslar. Ulardan ko'pchiligi o'lkaga daromad topish maqsadida kelgan shaxslar edi. Ikkinchi guruhga kiruvchi noshirlar (G'. H. Orifjonov[4], O. Abdalov, M. Behbudiy, A. Avloniy, Ibrat, Sh. Shoahmedov kabi ma'rifatparvarlar) esa o'lka xalqlariga tarixiy-ma'naviy madaniyatni qaytarish, yetuk allomalarimizning asarlarini aholi orasida keng yoyish, XIX asr ikkinchi yarmidan ochila

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshlangan yangi usul maktablari uchun darsliklar va qo'llanmalar chop etish bilan shug'ullangan jadid namoyondalari sanaladi. Shuning uchun ham o'lka xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida matbaa-noshirchilikning tutgan o'rni va ahamiyatini yoritish, bu soha tarixining yurtimizdagi taraqqiyotining o'ziga xos tomonlarini o'rganish, bizningcha, muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari o'lkaning ma'rifatparvar jadidlari tomonidan asos solingan milliy matbaalar, ularning ijodiy hamkorligida faoliyat ko'rsatdi. Sovet tuzumi davrida esa jadidchilik harakatining o'zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati tarixiy haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilindi. Shuning uchun bugungi kunda Turkiston matbaachiligi tarixini xolisona, tarixiy izchillik nuqtai nazaridan o'rganish juda ham muhim va biz tarixchilar oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ushbu tadqiqot ishida asosiy manbalar sifatida - mustaqillik yillarida yozilgan ilmiy maqolalar, asarlar, ilmiy tadqiqot ishlari hamda davriy matbuot materiallari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi manbalari asos bo'lib xizmat qildi. Xususan, "Туркестанские ведомости"[5] gazetasi va "Turkiston viloyati gazeti"[6]da berilgan ma'lumotlardan hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivining I. 1-fond[7], I. 19-fond[8], R. 27-fond[9], R. 36-fond[10] materiallaridan foydalanildi. Turkistonda matbaachilikning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixiga oid manbalarni biz shartli ravishda bir necha guruhlarga bo'lib o'rganishimiz mumkin:

1) Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davriga oid tadqiqotlar;

2) Sovetlar hukmronligi yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar;

3) Mustaqillik yillaridan keyin amalga oshirilgan hamda davom etayotgan tadqiqotlar;

4) Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar.

Birinchi guruhga oid dastlabki maqola va asarlar rus mustamlakachiligi va sovet tuzumi yillarida nashr qilingan bo'lib, ularning ko'p qismi bizgacha yetib kelmagan. Ammo mazkur davr matbaachiligiga oid muhim ma'lumotlar E. K. Betger[11], G. H. Chabrov[12]

kabi tadqiqotchilar ilmiy ishlarida bayon etilgan.

Ikkinchi guruhga, sovetlar davrida yaratilgan adabiyotlarni kiritishimiz mumkin. Bu adabiyotlarda asosan Turkistondagi matbaachilik korxonalarining ochilishi va ularning noshirlik faoliyati yoritilgan bo'lib, ular asosan Ziyo Said[13], N. F. Simonov[14], T. Ernazarov va A. Akbarovlar[15], T. Ernazarov[16], P. Hamdamov[17], M. I. Rustamov[18], Z.

Yuldashev[19], F. N. Rojinskaya[20], A. Boboxonov[21]larning maqola va asarlarida o'z ifodasini topgan.

Uchinchi guruhga, O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng yaratilgan tadqiqotlarni kiritish mumkin. Mustaqillik yillari davomida T. Pidayev[22], B.

Do'stqorayev[23], A. Kattaboyev[24], A. Boboxonov[25], Z. Esenboyev[26], B.

Qosimov[27], K. Rahmonov[28], A. Mirzorahimov[29], A. Abduazizova[30], Z.

Abdurashidov[31], L. Xolnazarova[32], S. Shodmonova[33], A. Rasulov[34], A. Isoqboyev[35], D. Nasriddinova[36] va boshqalar kitob, risola, dissertatsiya va maqolalar yozdilar.

O'rta Osiyo, xususan, O'zbekiston hududida matbaachilik vujudga kelishi va uning tarixi o'rganishda T. Ernazarov, P. Hamdamov, M. Rustamov, Z. Yuldashev, A. Boboxonov, A. Mirzorahimov kabi tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari salmoqli hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Turkiston matbuoti tarixiga yangi manbalar va yangicha yondashuv asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi O'zbekistonning yangi tarixi markazi olimlari tomonidan bir necha asarlar yaratildi. Xususan, T. Pidaev, N. A. Abduazizova, Z. Esenboev kabi olimlarning asarlari shular jumlasidandir.

MUHOKAMA

Turkiston matbuoti tarixini o'rganishda olima N. A. Abduazizovaning xizmatlari katta. Uning matbuot tarixiga oid yuzdan ortiq maqolalari, o'ndan ortiq kitoblari chop etildi. Olima o'z ilmiy tadqiqotlarida ilk o'zbek noshirlik ishlarining paydo bo'lishi, genezisi va shakllanish bosqichlari, milliy matbuotning yuzaga kelishi, gazeta va jurnal nashr etishning sivilizatsiyaviy hodisa sifatidagi mohiyatini, sovet totalitarizmi sharoitida o'zbek matbuotining tajribalari va nuqsonlarini yaxlit holda ochib bergan.

Tadqiqotchilar A. Rasulov hamda A. Isoqboyev O'rta Osiyo xalqlarining qardosh xalqlar bilan mazkur davrdagi nafaqat, ijtimoiy-siyosiy, balki madaniy aloqalari tarixiga to'xtalib o'tganlar. Ularning ilmiy izlanishlarida tatar ma'rifatparvarlarining Turkiston o'lkasidagi madaniy faoliyatlari qatori, matbaa-noshirchilik ishlariga ham to'xtalib o'tiladi.

Tadqiqotchi D. Nasriddinova esa o'lkadagi milliy xotin-qizlar maorifi masalasida tatar ma'rifatparvar ayollarining olib borgan samarali ishlari to'g'risida to'xtalib o'tgan. Farg'ona vodiysi, xususan, Namangan viloyati tarixida matbaachilikning vujudga kelishiga doir ayrim ma'lumotlar Y. Samadov[37], K. Vohidova[38], I. Yusupov va E. Mirzavaliyev[39], D.

B. Alinazarova[40], I. Yo'ldoshev, U. Dolimov[41] va R. Ummatov[42]larning

tadqiqotlarida ham berilgan.

Bundan tashqari xorij tadqiqotchilarning, xususan, A. Yazberdiyev[43], R. P.

Ovsepyan[44], A. Ribolova[45], S. Mustafayeva[46], N. U. Gafarov[47], E. S.

Lujanskaya[48]larning ilmiy izlanishlarida ham Turkiston o'lkasidagi matbaalar tarixiga urg'u berib o'tilgan.

XULOSA

Tadqiqotning asosiy maqsadi Turkistonda matbaachilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, shakllanishidagi o'ziga xos xususiyatlar, o'rganilish darajasi va manbashunosligi haqida batafsilroq to'xtalib, matbaachilik tarixiga chuqurroq kirib borish, o'sha davr matbaachiligining millat taraqqiyoti tarixidagi munosib o'rni haqida muayyan tasavvur hosil qilish va bu masalani xolisona, tarixiylik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish o'z navbatida davomli tadqiqotlar uchun quyidagi vazifalarni belgilab beradi:

- Turkistonda matbaachilikning vujudga kelish tarixini o'rganish;

- Turkistonda mustamlaka ma'muriyatining matbaachilik ishlarini yo'lga qo'yishdan ko'zlagan asosiy maqsad va vazifalarini ochib berish;

- Turkiston o'lkasida ilk davriy nashrlarning paydo bo'lishi va ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, tahlil qilish;

- Turkistonda ruslar va mahalliy millat vakillarining xususiy bosmaxonalarini paydo bo'lishi va ularning asosiy xususiyatlari haqida fikr yuritish;

- XX asr boshlarida vujudga kelgan o'zbek tilidagi dastlabki mustaqil milliy nashrlar va ularni tashkil etilishida milliy ziyolilar - jadidlarning tutgan o'rni, ularning amaliy faoliyatlarini tadqiq etish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- 1917-yil inqiloblaridan keyingi matbaalar faoliyatiga to'xtalib, ularni ish yuritishidagi muammolar va kamchiliklar, bu muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilingan amaliy chora-tadbirlar haqida xolisona to'xtalib o'tish;

- Turkiston o'lkasidagi matbaa korxonalarida kadrlar masalasi va bu masalaning yechimlari haqida fikr yuritish;

- Turkistonda sovetlar hokimiyatining qaror topishi davridagi matbaachilik va ularning faoliyati haqida to'xtalib o'tish;

- tadqiqot natijalari bo'yicha zarur xulosalar berish.

Tadqiqot ishini yoritishda tarixiy-qiyosiy usullardan foydalanilgan holda rus imperiyasi davri matbaachiligi, milliy jadid matbaachiligi hamda sovet davri matbaachiligi kompleks tarzda tadqiq etilib zaruriy xulosalar chiqarildi.

Xulosa o'rnida, hozirga qadar matbaachilik tarixi bo'yicha bir qancha tadqiqotlar yaratilgan bo'lsa-da, bizningcha bu mavzuning ochilmagan jihatlari hali mavjud. Turkiston matbaachiligi va uning o'rganilish tarixi haqidagi fikrlarni yakunlar ekanmiz, quyidagi takliflarni keltirib o'tishni joiz deb topdik:

- o'lkadagi xususiy bosmaxonalar va ularning faoliyatiga chuqurroq nazar solish, sababi mazkur bosmaxonalar Turkistondagi matbaalarning salmoqli qismini tashkil etgan;

- mazkur mavzuni Respublikamizning viloyatlari bo'yicha, masalan, Xorazm vohasi, Farg'ona vodiysi va boshqalar misolida, yaxlit tadqiq etish. Chunki butun o'lka hududlari bo'ylab keng quloch yoygan madaniy jarayonlar qatorida matbaachilik sohasi ham o'zining muhim o'rniga ega bo'ldi.

Bu mavzuning ochilmagan jihatlarini keyingi ilmiy tadqiqotlarda davom ettirish, bizningcha muhim ahamiyatga kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zR MDA, I. 19-fond, 1-ro'yhat, 28921-ish, 3-varaq va orqasi.

2. Бобохонов А. Узбек матбааси тарихидан. - Т., 1979. - Б. 183-184.

3. Бобохонов А. X,. Асрдан ошган зиё масканлари (Тарихий очерклар). - Т.: Узбекистон, 2011. - Б. 74.

4. Махкамова Н. Социалъно нравственные и духовные процессы в Узбекистанском обшестве конца XIX - начала ХХ вв // Ижтимоий фикр. Инсон хукуклари. - T., 2001. -№ 2 (14). - Б. 87.

5. Туркестанские ведемости. 1876 йил 13 март. - № 13.; Туркестанский ведомости. 1902 й 19 май. - № 40. - Б. 236.

6. Туркистон вилоятининг газети. - 1891. - № 19.; Туркистон вилоятининг газети. -1901. - № 3.; Туркистон вилоятининг газети. - 1901. - № 7.

7. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi (O'zR MDA), I. 1 -fond, 31-ro'yhat, 540-ish, 81-82-varaqlar.; 27-varaq.; 100-varaq.; 101-varaq.

8. O'zR MDA, I. 19-fond, 1-ro'yhat, 28921-ish, 3-varaq va orqasi.; 9-varaq.; 21-varaq va orqasi.; 22-varaq.; 29-varaq va orqasi.

9. O'zR MDA, R. 27-fond, 1-ro'yhat, 6-ish, 40-varaq.; 42-varaq.

10. O'zR MDA, R. 36-fond, 1-ro'yhat, 12-ish, 216-varaq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

11. Бетгер Е. К. Редкие книги // Правда Востока. 1945. 25 июня. - № 145.; O'sha muallif. Из истории книжного дела в Узбекистане // Известия АН УзССР. - Ташкент, 1951. -№ 2. - С. 75 - 78.

12. Чабров Г. Н. Первые литографированные издания произведений Алишера Навои в Средней Азии // Звезда Востока. - Ташкент, 1948. - № 3. - С. 8 - 9.; O'sha muallif. Из истории полиграфии и издательства литературы на местных языках в дореволюционном Туркестане (1868-1917) // Труды САГУ. Вып. 57. Кн. 7. - Ташкент, 1954. - С. 79 - 80.; O'sha muallif. Художественное оформление туркестанской литографированной книги (1880-1917) // Труды АН ТаджССР. Вып. 2. Кн. 29. -Сталинабад, 1960. - С. 205 - 224.; O'sha muallif. У истоков узбекской полиграфии (Хивинская придворная литография 1874-1910 гг.) / Книга. Исследования и материалы. - М., 1961. - С. 317 - 329.

13. Саид Зиё. Узбек вактли матбуоти тарихига материаллар (1870-1927). -Тошкент-Самарканд: Уздавнашр, 1927. - 180 б. O'sha muallif. Узбек вактли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. - Т.: Гафур Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. - 116 б.

14. Симонов Н. Ф. Туркистонда большевистик матбуот ( 1902-1907 йй.). - Т.: УзФан нашриёти, 1941. - 58 с.

15. Эрназаров Т. Э., Акбаров А. И. История печати Туркестана (1870-1925 гг.). -Ташкент: Укитувчи, 1976. - 288 с.

16. Эрназаров Т. Туркистонда вактли матбуот (1870-1924). - Т., 1959. - 258 б.

17. Хамдамов П. Возникновение и развитие советского книгоиздательства в Средней Азии. - Т, 1966. - 27 с.

18. Рустамов М. И. Узбек китоби. - Т.: Узбекистон, 1968. - 160 c.; O'sha muallif. История книги и книжного дела в Средней Азии (вторая половина XIX в. - первая четверть XX в.): Автореф. дис. ... канд. истор. наук. - Т., 1968. - 32 с.

19. Юлдашев З. Развитие книгоиздательского дела в Узбекистане. - Ташкент: Узбекистан, 1969. - 192 с.; O'sha muallif. Из истории развития книгоиздательского дела в Узбекистане (1958-1967 гг.): Автореф. дис. ... канд. истор. наук. - Ташкент, 1969. - 24 с.

20. Рожинская Ф. Н. Из истории развития книгоиздательского дела в Узбекистане (19181937 гг.): Автореф. дис. ... канд. истор .наук. - Ташкент: АН УзССР. Ин-т истории и археологии, 1969. - 24 с.

21. Бобохонов А. Матбаа байрокдорлари. - Т.: Узбекистон, 1974. - 215 б.; O'sha muallif. Асрга тенг матбаа. - Т., 1976. - 32 б.; O'sha muallif. Узбек матбааси тарихидан. - Т., 1979. - 196 б. O'sha muallif. Становление и развитие полиграфической промышленности и формирование кадров - полиграфистов в Узбекистане (19171937): Автореф. дисс. ... канд. истор. наук. - Т., 1984. - 20 с.; O'sha muallif. Полиграфия Узбекистана (1917-1940). - Т.: Ме^нат, 1986. - 224 с.

22. Пидаев Т., Дусткораев Б. "Тараккий" - илк узбек миллий газетаси // Халк сузи. 1993. 14 июнь. O'sha muallif. Матбуот миллат чироги. - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 1999. - 80 б.

23. Do'stqorayev B. Cho'lpon: gazeta yettinchi davlat // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2004. 42-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

24. Каттабоев А. Узбекистан китоб нашри тарихига доир // Узбекистонда ижтимоий фанлар. - Т., 1998. - № 2. - Б. 43 - 45.

25. Бобохонов А. Уч асрга юзланиб // Миллий тикланиш. 2000. 24 июлъ.; O'sha muallif. Асрдан ошган зиё масканлари (Тарихий очерклар). - Т.: Узбекистон, 2011. - 260 б.

26. Эсенбоев З. Матбуотга бахшида умр. - Т.: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. - 158 б.

27. ^осимов Б. Миллий уйгониш: жасорат, маърифат, фидоийлик. - Т.: Маънавият, 2002. - 396 б.

28. Рахмонов К. Ж. Бухоро Республикасининг матбуот органи // Жамият ва бошкарув. -Т., 2004. - № 2. - Б. 44 - 45. O'sha muallif. "Бухоро ахбороти" ва "Озод Бухоро" газеталари - Бухоро Халк Совет еспубликаси тарихини урганиш манбаси: Тарих фан. номз. ... дисс. - Т., 2008. - 195 б.

29. Мирзорахимов А. Тошбосма тарихи: чалкашликми ёки хато? // Tafakkur. - Т., 2007.

- № 2. - Б. 92. O'sha muallif. Урта Осиёда тошбосма китоб тарихи (XIX аср охири -XX аср бошлари): Тарих фан. номз. ... дисс. - Т., 2009. - 140 б.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

30. Туркистон матбуоти тарихи (1870-1917) / Тузувчи Н. А. Абдуазизова. - Т.: Академия, 2000. - 86 б.

31. Абдуазизова Н. Узбекистон оммавий ахборот воситалари (^искача маълумотнома). -Т.: Академия, 2003. - 32 б.; O'sha muallif. Маънавият кузгуси // Жамият ва бошкарув. - Т., 2007. - № 3. - Б. 41 - 43. O'sha muallif. Миллий журналистика тарихи (Генезис ва эволюция). Биринчи жилд. - Т.: Шарк, 2008. - 381 б.

32. Абдирашидов З. Аннотированная библиография Туркестанских материалов в газете "Таржуман" // Central Eurasian Research Series No.5. - Токуо, 2011. - 234 с.; O'sha muallif. Исмаил Гаспринский и Туркестан в начале ХХ века: связи - отношения

- влияние. - Ташкент, 2011. - 384 с.

33. Холназарова Л. С. История книжного дела и библиотековедения в Бухарском эмирате в Х1Х - начале ХХ в.: Автореф. дисс. ... канд. истор. наук. - Т., 2011. - 28 с.

34. Шодмонова С. 1917 йилда Туркистонда ижтимоий-иктисодий ахволнинг даврий матбуотдаги мониторинги // Ижтимоий фикр. Инсон хукуклари. - Т., 2006. -№ 1 (33). - Б. 173 - 177.; O'sha muallif. Social views on state system in the national press of Turkiston // Ижтимоий фикр. Инсон хукуклари. - Т., 2007. - № 1 (37). - B. 146 -149.; O'sha muallif. Вопросы социално-экономического и културного положения Туркестана на страницах периодической печати (1870-1917 гг.): Автореф. дисс. ...докт. истор. наук. - Т., 2011. - 61 c. O'sha muallif. Некоторые взгляды на жизнь женщин-мусульманок в Туркестане в конце Х1Х - начале ХХ в. (на основе материалов периодической печати) // Мир ислама: История, общество, культура. - М., 2012. -№ 1 - 2 (8 - 9). - С. 85 - 91.

35. Расулов А. Туркистон маданий хаётида татарлар // Ижтимоий фикр. Инсон хукуклари.

- Т., 2004. - № 1 (25). - B. 131.; O'sha muallif. Туркистон ва Волгабуйи, Уралолди халклари уртасидаги муносабатлар. - Т.: Университет, 2005. -200 б.; Rasulov A., Isoqboyev A. Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi (O'quv qo'llanma). I qism. - Namangan, 2011. - 128 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

36. Исокбоев А. А. Туркистон ижтимоий-сиёсий ва маданий хаётида татар-бошкирд маърифатпарварларининг фаолияти (XIX аср охири - ХХ аср бошлари): Тарих фан. номз. ... автореф. дисс. - Т., 2008. - 29 б.

37. Насриддинова Д. Миллий хотин-кизлар маорифи масаласида татар аёллари // Ижтимоий фикр. Инсон хукуклари. - Т., 2009. - № 1 (45). - Б. 114 - 117.

38. Самадов Ю. Мавлоно Ибрат ворислари (Наманган вилоят босмахонаси тарихидан лавхалар) / Масъул мухаррир А. Жаббор. - Наманган, 1999. - 41 б.

39. Вохидова К. А. Исхокхон Ибрат // Фан ва турмуш. - 1995. - № 4. - Б. 26 - 27.; O'sha muallif. Исхакхан Жунайдуллаходжа Ибрат и его научно - исто-рическое наследие: Автореф. дисс. ... канд. истор. наук. - Т., 2002. - 25 с.

40. Юсупов И. , Мирзаалиев Э. Наманган шахри тарихидан лавхдлар. -Наманган, 2010. - 112 б.

41. Алиназарова Д. Б. Инновации в изучении истории периодической печати и типографской работи в Ферганской долине // Фаргона водийси тарихи муаммолари. Республика илмий анжумани материаллари. - Наманган, 2012. - Б. 297 - 299.

42. Долимов У. Исхокхон Ибрат. - Т.: Шарк, 1994. - 144 б.

43. Йулдошев И., Умматов Р. Ибрат изларидан (Тарихий кулланма). -Наманган, 2014. - 40 б.

44. Язбердиев А. Книжное дело в Средней Азии и Туркменистане с V в до н. э. по 1917 год: Дисс. ... истор. наук. - Ашгабад, 1993. - 62 с.

45. Овсепян Р. П. История новейшей отечественной журналистики (февралъ 1917 -начало 90-х годов). Учебное пособие. - Москва, 1996. - 208 с.; O'sha muallif. История новейшей отечественной журналистики (февралъ 1917 - 90-е гг.). Учебное пособие. -Москва: Изд-во МГУ, 1999. - 304 б.

46. Рыболова Е. А. Зарождение рекламы в отечественных периодических изданиях // Журналистика и медиаобразование - 2007. Сборник трудов II Международной научно-практической конференции (1-3 октября 2007 года). Том II. - Белгород, 2007. - С. 19 - 21.

47. Мустафаева С. Из истории взаимосвязей народов Азарбайджана и Туркестана в боръбе против гнета Российской империи (конец XIX - начало XX вв.). - Баку, 2009. -168 с.

48. Гафаров Н. У. Джадидизм в Средней Азии в конце ХК - начале ХХ вв.: Автореф. дисс. ... докт. истор. наук. - Душанбе, 2013. - 46 б.

49. Лужанская Е. С. Исторический анализ газетной рекламы в начале ХХ века на территории Кыргысзтана // Вестник КРСУ. 2014. Том 14. - № 3. - С. 49 - 52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.