Научная статья на тему 'TURKISTONDAGI “USULI JADID»MAKTABLARINING TUGATILISHI'

TURKISTONDAGI “USULI JADID»MAKTABLARINING TUGATILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
43
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidchilik / ta’lim-tarbiya / taraqqiyot / “usuli jadid” / maktab / chor hukumati. / modernism / education / development / «method modernism» / school / tsarist government.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sadiyeva R.B.

Ushbu maqolada jadidlar tomonidan asos solingan dastlabki “yangi usul” maktablarining yopilishi va bunga sabab bo’lgan asosiy omillar haqida yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPLETION OF MODERN SCHOOLS IN TURKEY

This article focuses on the closure of the first «new method» schools founded by the Jadids and the main factors that led to this.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDAGI “USULI JADID»MAKTABLARINING TUGATILISHI»

Sadiyeva R.B.

Navoiy davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Buxoro davlat pedagogika instituti o 'qituvchisi

TURKISTONDAGI "USULI JADID»MAKTABLARINING

TUGATILISHI

Annotatsiya. Ushbu maqolada jadidlar tomonidan asos solingan dastlabki "yangi usul" maktablarining yopilishi va bunga sabab bo'lgan asosiy omillar haqida yoritiladi.

Kalitso'zlar:jadidchilik, ta'lim-tarbiya, taraqqiyot, "usuli jadid", maktab, chor hukumati.

Sadiyeva R.B. doctoral student Navoi State Pedagogical Institute

teacher

Bukhara State Pedagogical Institute COMPLETION OF MODERN SCHOOLS IN TURKEY

Abstract. This article focuses on the closure of the first «new method» schools founded by the Jadids and the main factors that led to this.

Key words: modernism, education, development, «method modernism», school, tsarist government.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati xalqimiz tarixida muhim o'rin egallaydi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo'jayev, Obidjon Mahmudov, Fitrat, Cho'lpon va boshqa ko'pgina taraqqiyparvarlarimiz mavjud tarixiy sharoitdan foydalangan holda, yangi usuldagi (usuli jadid) maktablar ochib mamlakat yoshlariga yangi usulda ta'lim berishni yo'lga qo'ydilar. Yangi "Usuli Jadid»maktablari soni mahalliy maktabdorlar, hur fikrli ziyolilar sa'y-harakati hisobiga ancha ortdi. [1, B.173.]. Bu hol mustamlakachilarni ancha tashvishga solib qo'ydi. Chor hukumati amaldorlarining maktablardan bunchalik xavotirlanishi bejiz emas edi, bu xavotirlanishning sababi, asosan 1905 yildan katta shaharlardagi ba'zi maktablarda bo'lagan taraqqiyparvar domlalarning rus-tuzem maktablari va yangi usul maktablaridan o'rnak olib, o'z ish usullariga, chunonchi xat-savod o'rgatish usullariga isloh kirita boshlaganliklari edi. 1860-yillardagi maktablar ish uslubi bilan 1910 yillardagi maktablar ish uslubida ba'zi bir farqlar yuz bergan edi. Turkiston o'quv ma'muriyati, milliy burjuaziyaning o'sishi bilan bog'liq yangi usul maktablarini paydo bo'lganligini va ularni juda tez o'sib borayotganini uzoq vaqt payqamadi. Keyinchalik musilmon

dunyodidagi nashrlarni kuzatib turadigan, uzoqni ko'radigan, mustamlakachi -pedagog Ostroumov Qirimda, Tatariston va Ozarbayjonda usuli jadid maktablari kabi maktablar Turkistonda ham ish olib borayotganini ham isbotladi, va bunday o'zgarishlar tabiiy ekanligini ta'kidladi. [4, B. 98]. Farg'ona viloyati xalq o'quv yurtlari inspektori (nazoratchisi) O.Yegorov 1909 yilda Turkiston o'lkasidagi rus-tezem maktablarining ahvoliga bag'ishlangan maxsus kengashda kuyunib shunday degan edi: Yaqin kelajakda yangi metoddagi mahalliy maktablarning keng yoyilishi va ularga nisbatan mahalliy aholi e'tiborining keskin ortib borishi bilan rus-tuzem maktablari batamom xarob bo'ladi"."Usuli jadid»maktablarini butunlay yopib qo'yish yoki ta'qiqlashdan gubernatorlik ma'muriyati qo'rqar edi, chunki bu ish bunday maktablarni yashirin ravishda tashkil qilishga, ayniqsa, mahalliy xalqning qattiq norozilik harakatiga olib kelar, ko'plab yoshlarning chet elga, birinchi navbatda, Turkiyaga borib o'qishga yo'l ochilar edi. Jadid maktablari mahalliy xalq xohish-irodasi, istagi bilan ochilayotgan va qo'llab-quvatlanayotgan edi. [11, B.64.]. Turkistondagi chor ma'murlarining jadid maktablarining ochilishiga to'sqinlik ko'rsatishining yana bir sababi bor edi. Ular yangi usul maktablari mahalliy aholini ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga imkon bermasligini yaxshi tushunar edilar. [11, B. 67.]. Turkiston o'ikasi o'quv yurtlari bosh inspektori jadid maktablarining huquqlarini cheklash, ular ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida o'quv yurtlari haqidagi umumiy qoidalar asosida bu maktablar haqida qoidalar ishlab chiqishga kirishdi. Buning uchun maxsus komissiya tashkil etilib, Sirdaryo viloyati xalq o'quv yurtlari direktori S.M Gramenskiy, o'quv yurtlari inspektori N. Sayfiy, uning a'zolari, Turkiston o'lkasi xalq o'quv yurtlari bosh inspektori F.M. Kerenskiy rais etib tayinlandi. [11, B.77.] Mahalliy pedagoglarning "usuli savtiya»maktablarini ochishi chor ma'muryati tomonidan qattiq nazorat ostiga olindi. Shu munosabat bilan 1909 yilda Turkiston okrugi qoshida maxsus komissiya tomonidan maxsus "Farmoyish" ishlab chiqildi. Unga ko'ra: -mahalliy maktablar chor ma'muriyatining maxsus ruxsatnomasi bilan ochiladi.

-mahalliy maktablarni ochish va unda o'qitish siyosiy jihatdan to'la ishonchli bo'lgan Rassiya fuqarolarigagina ruxsat etiladi.

-mahalliy maktab qaysi millat bolalari uchun ochiladigan bo'lsa, uning o'qituvchilari ham o'sha millatga mansub bo'lishi shart.

-mahalliy maktablarda faqat Rassiya senzurasi ruxsati bilan chop etilgan kitoblargina o'qitiladi.

-ma'muriy polisiya idoralarida ishlovchi mas'ul shaxslar zimmasiga barcha mahalliy musilmon maktablarini aniq ro'yxatga olib borish va ro'yxatdan o'tmagan maktablarning faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'ymaslik vazifasi yuklatildi. Maxsus ruxsatsiz maktab ochgan shaxslar maktab ochish va o'qituvchilik ishidan abadiy mahrum etiladi.

Mahalliy maktablardagi o'qitish ishlari va ularda joriy etilgan tartib-qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qilib turish mahalliy ma'murlarga hamda maktab nozirlariga yuklatiladi. Farmoyishning hamma moddasi mahalliy millat

farzandlari uchun ochiladigan maktablarga bir katta to'siq vazifasini bajaradi. [1, B.173-174] Oz sonli bilim yurtlari inspektorlari ularni barchasini tekshirishga qurbi yetmas edi. 1911 yilda o'lkadagi maktablarni tadqiq qilgan N.A. Bobrovnikov yozganidek "mahalliy tilni va musulmon yozuvini yetarli darajada tushunib, musulmon maktablarida nimalar o'qitilayotganini farqiga boradigan birorta xalq maktabi inspektorini topishning o'zi amri mahol»edi. [4, B. 101]. Hukumat tomonidan ruxsat berilgan yangi usul maktablarining xavfli ekanligini e'tirof etgan rus shovinistlaridan Il'miniskiy esa taraqqiyot sari yuz tutgan Turkiston jamiyatiga xavfsirab qaraydi va u turkistonliklarning g'arb dunyosidagi yangiliklarni o'zlashtira boshlaganligini, ularning yangi tarixiy bosqichga chiqishini "jadid maktablarining ochilishiga ruxsat berish bilan rus hukumati va ziyolilari o'zlari o'tirgan daraxt shoxlarini kesishi bilan barobar", deya baholab, buning nasroniylik olami uchun jiddiy xavf ekanligini e'tirof etgan edi.[10, B. 41]. Endi chor hukumati boshqacharoq siyosat tutdi, arzimagan narsalarni bahona qilib usuli jadid maktablarini yopib qo'ya boshladilar, masalan: "yorug'lik yetishmaydi»degan yoki bo'lmasa Farg'ona viloyati o'quv yurtlari inspektori kabi "binoning yaroqsiz va moslanmagan»ligi bahonasida ish olib borishlarini ta'qiqlab qo'ydi. Lekin "negadir" ulardan ham nochorroq binolardagi eski usul maktablariga hech narsadeyilmadi. [4, B. 100]. Podsho ma'muriyatining yangi usul maktablariga qarshi olib borgan ishlariga qaramay, o'lkada ularning sonini o'sishini to'xtata olmadi. Bir joyda bittasini berkitsa ikkinchi joydan boshqasi paydo bo'la boshladi. Dastlab chor hukumati, so'ngra sovet hukumati qarshiligi sabab, jadidlar tomonidan boshlangan yangi usul maktablari faoliyatiga barham berildi.

Jadid maktablari taraqqiyoti va chorizmning unga qarshi kurash yo'lini ikki davrga bo'lish mumkin:

Birinchi davr XIX asr oxiridan to 1908 yilgacha. Bu davrda jadid maktablari eski maktablar singari davlat idoralaridan ruxsat olmay ochilgan va faoliyat ko'rsatgan. Turkistondagi chor ma'murlariga yangi usul maktablari ochishga ruxsat so'rab murojjat qilinganda, ular har xil bahonalar bilan ruxsat bermagan. Viloyat o'quv yurtlari, inspektorlari, yangi usul maktablari to'g'risida aniq qonun-qoidalar yo'qligi uchun ruhoniylar g'alayonidan qo'rqib ularni yopishga jur'at qila olmadilar.

Ikkinchi davr 1908-1917 yillarni, Rassiyadagi inqilobiy harakatga qarshi boshlangan yillarni, birinchi jahon urushi yillarini o'z ichiga oladi. Bu davrda yangi usul maktablariga qarshi kurash keskinlashdi. Turkiston general gubernatori jadid maktablarining ochilishi va keying faoliyatini nazorat qilish uchun viloyat harbiy gubernatorlariga farmoyish yuborgan va yo'l- yo'riqlar bergan. O'quv yurti inpeksiyasi ruxsatisiz yangi usul maktablarini ochish ta'qiqlangan. Maktab ochish uchun maktabning o'quv dasturi va o'qitiladigan darsliklar nimini taqdim etish shart qilib qo'yilgan. Joylardagi o'quv yurtlari inspektorlaridan yangi usul maktablarini doimiy nazorat qilib turish, har yarim yilda bir marta Turkiston general - gubernatoriga ualrning faoliyati, asosan siyosiy

sohadagi ishlari haqida axborot berib turish talab qilingan. Turkistondagi jadid maktablari faoliyatini Ichki ishlar vazirligi ham nazorat qilib turgan va ularda o'qitiladigan darsliklar siyosiy jihatdan tahlil qilingan. Yangi maktab ochish uchun unda rus tili darsini tashkil qilish zarur bo'lgan. Chor hukumati Turkiston milliy maorif shaxobchalarida ruslashtirish siyosatini kuchaytirgan. [11, B. 88.]

Xulosa, jadidlar tashkil qilgan "usuli savtiya» maktablari eski maktablardan o'z tuzilishi, dars o'tish usuli, dunyoviy va diniy fanlarning birga o'qitilishi, shuningdek, dunyoviy fanlarga ko'proq e'tibor berilishi va toliblarning qisqa muddatda savod chiqarishi bilan xalq orasida katta obro'ga ega bo'la boshladi, bu esa tabiiyki Chor hukumat ma'murlariga yoqmadi, ular turli yo'llar bilan ushbu maktablarni yopib qo'yishga harakat qila boshladilar va mahalliy xalqni butunlay savodsizlikda ushlab turish uchun barcha usullarni qo'lladilar. Chor hukumatining yangi usuldagi maktablarni tugatishdan asl maqsadi biri o'lkani ruslashtirishdan iborat edi. Taraqqiyparvarlar tomonidan asos solingan "usuli jadid»maktablar garchi qarshiliklar tufayli o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan bo'lsada, Turkiston tarixida tub burilish yasay oldi. Bu maktablar asrlar davomida taraqqiyotdan uzilib qolgan xalqning qalbida kelajakka ishonch uyg'ota oldi desak xato qilmagan bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. ЖАДИД МАЪРИФАТПАРВАРЛИК ХАРАКАТИНИНГ ГОЯВИИ АСОСЛАРИ "Тошкент ислом университета" Тошкент 2016.

2.Mahmudxo'ja Behbudiy Tanlangan asarlar TOSHKENT "MANAVIYAT" 2006

3.БДосимов. Миллий уйгониш: Жасорат, маърифат, фидоийлик. -Т., Маънавият, 2002. B. 27.

4. Rustam Shamsutdinov. Baxtiyor Rasulov.Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri-XX asr boshlari) Andijon 1995. B.95.

5. U. Dolimov.Turkistonda jadid maktablari. Toshkent "Universitet" 2006.

6. Р.Шарипов.ТУРКИСТОН ЖАДИДЧИЛИК ХАРАКАТИ ТАРИХИДАН. ТОШКЕНТ. У^ИТУВЧИ 2002 Б. 13.

7. Х,ожи Муин. Оила тарбияси. «Мехнаткашлар товуши» газетаси, 1918 йил 9 июль.

8.Шадманова С. Тараккийпарварларнинг ёшларга замонавий илм бериш хакидаги карашлари (XIX аср охири - XX аср бошлари) // ДОНО ЗИЁЕВА НОМИДАГИ "УЗБЕКИСТОН ТАРИХИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ (XIX АСР ИККИНЧИ ЯРМИ - ХХ АСР ОХИРИ)" 1-УМУММИЛЛИЙ ИЛМИЙ ЙИГИНИ ТУПЛАМИ. - Тошкент: "Фан" Б.

9. Абдуллаев Й, Эски узбек мактабларида хат-савод ургатиш (1867-1917) Т-1961, Б 108-109

10.. K.Namozova. Jadidchilik: muammolar, islohot va qarashlar. T.: "Turon-iqbol", 2010. B. 41.

11. N.I.Alimova Chor Rassiyasining Turkistonda milliy madaniyat sohasida olib borgan siyosati (1867- 1917) Toshkent 2004. B. 77-88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.