Научная статья на тему 'TURIZMNI RIVOJALNISHIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING RO’LI'

TURIZMNI RIVOJALNISHIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING RO’LI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
buyuk ipak yo‘li / turizm indeksi / turizm industriyasi / turizm raqobatbardoshligi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ganiyeva Sohiba Turgunbayevna

Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqala. r ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm sohasi, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo‘lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan tizim. Ma’lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholiniish bilan bandligini ta’minlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini taqozo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. Shuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini qidirmoqda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e’tiborini qaratishmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZMNI RIVOJALNISHIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING RO’LI»

TURIZMNI RIVOJALNISHIDA BUYUKIPAK YO'LI DAVLATLARINING RO'LI

Ganiyeva Sohiba Turgunbayevna

TATU Farg'ona fililiali 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13907335

Annotatsiya. Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqala. r ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi.

Turizm sohasi, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm - zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo'lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishgayo'naltirilgan tizim.

Ma'lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo'yicha eng yuqori o'rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholiniish bilan bandligini ta'minlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlarini yuqori bo'lishini taqozo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. Shuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo'llarini qidirmoqda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e 'tiborini qaratishmoqda.

Kalit so'zlar: buyuk ipak yo'li, turizm indeksi, turizm industriyasi, turizm raqobatbardoshligi.

Аннотация. Туризм считается одной из стабильно развивающихся отраслей мировой экономики и стал мощным катализатором социально-экономического развития не только развитых, но и развивающихся стран и регионов.

Сфера туризма широко развивается, особенно в 21 веке. Туризм - одна из важных сфер деятельности современной экономики, система, направленная на удовлетворение потребностей людей и повышение уровня жизни населения.

Известно, что мировой туризм сегодня занимает одно из самых высоких мест по генерированию доходов среди отраслей экономики, всегда склонных к устойчивому развитию. Именно поэтому страны с быстро развивающимся туристическим сектором в первую очередь ищут пути эффективного использования существующих туристических ресурсов, которые являются движущей силой этого сектора, и ориентируются на процессы устойчивого развития.

Ключевые слова: великий шелковый путь, туристический индекс, туристическая отрасль, конкурентоспособность туризма.

Abstract. Tourism is considered one of the steadily developing sectors of the world economy and has become a powerful catalyst for the socio-economic development of not only developed, but also developing countries and regions.

The field of tourism is developing widely, especially in the 21st century. Tourism is one of the important spheres ofactivity of the modern economy, a system aimed at meeting people's needs and raising the standard of living of the population.

It is known that world tourism today occupies one of the highest places in terms of generating income among the sectors of the economy. it is always prone to sustainable development. That is why the countries with a rapidly developing tourism sector are first of all looking for ways to effectively use the existing tourism resources that drive this sector and are focusing on sustainable development processes.

Keywords: the great silk road, tourism index, tourism industry, tourism competitiveness.

Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, O'zbekistonda ham iqtisodiyotining noishlab chiqarish sohalaridan biri, xususan, turizm sohasiga katta e'tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o'zlarining bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishga, dam olishga, sog'ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o'zining harakat doirasini o'zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo'ldi.

Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o'sish sur'ati 8-10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSH va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki, turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq- ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko'rsatish sohalari rivojlanib ketadi.

Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga "Buyuk Ipak yo'li"ning shoh tomiri respublikamizdan o'tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo'qon, Toshkent va boshqa shaharlar, tabiiy va sog'lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar kiradi.

Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo'ladi. Bunga dalil sifatida 1995-yil 2- iyundagi "Buyuk Ipak yo'li"ni qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to'g'risida»gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo'lishdi. Bu farmon "Buyuk Ipak yo'li"da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo'nalishlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ming yillar davomida "Buyuk Ipak yo'li" Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo'l bo'ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko'maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo'l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo'lganligini baholash qiyin. Ammo o'zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo'qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvi "Buyuk Ipak yo'li"ning "ikkinchi nafasi"ni olganini ko'rish mumkin.

Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishida savdo va tranzit yo'llarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Miloddan avval III ming yillikka kelib O'rta Osiyoning k o'pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o'zlashtirib b o'lingan edi. Ammo, ch o'l va dasht hududlarida o'zlashtirilmagan hududlar ham mavjud edi. Bu hududlardagi chorvador aholi vohalardagi o'troq aholi bilan o'zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlardan ma'lum bo'lishicha, Buyuk ipak y o'li tashkil topmasdan ancha ilgariyoq qadimgi Sharq va O'rta Osiyo hududlarida o'zaro almashinuv y o'llari mavjud edi. Bronza davridagi (mil. avv. III-II ming yilliklar) ana shunday y o'llardan biri "lojuvard yo'li" deb atalib, uning bir tarmog'i Badaxshon, Baqtriya va Marg'iyona hududlarini Xorazm, So'g'diyona, Markaziy Qozog'iston va Ural bilan bog'lagan. Yana bir tarmoq Baqtriya va Marg'iyonani Mesopotamiya bilan bog'lagan. Bu yo'l Pomir tog'laridan boshlanib Eron, Old Osiyo, Misr orqali o'tgan. Badaxshon Lojuvardining Hind vodiysi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaho toshning Qadimgi Sharqda nihoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi. O'rta va G'arbiy Osiyo bilan bog'laydigan karvon y o'li paydo

bo'ladi. Bu yo'l "Buyuk Ipak yo'li" deb atalib umumiy uzunligi 12.000 km dan iborat edi.

G'arb bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog'lab kelgan "Buyuk Ipak yo'li" edi. Bu yo'l orqali Sharqdan (Xitoydan) G'arbga (Vizantiyaga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo'lsa-da, bu yo'l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida "Ipak yo'li" nomi bilan kiritildi.

Ilk marotaba bu terminni 1877-yilda nemis olimi, geograf Ferdinand fon Rixtgofen o'zining "Xitoy" deb nomlangan ilmiy asarida ishlatgan. Unga qadar "Ipak yo'li" "G'arbiy meridional yo'l" deb atab kelinardi.

"Buyuk Ipak yo'li" haqidagi ilk yozma ma'lumotlar miloddan avvalgi 138-yilga to'g'ri keladi: Xitoy imperatori Vu Ditopshirig'I bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan "Buyuk Ipak yo'li"ni o'rganadi va bu to'g'rida o'z tasnifini beradi.

«Buyuk ipak yo'li» tushunchasi o'sha paytda juda qimmatli hisoblangan mol - ikkita turli dunyo: G'arb va Sharqni bir-biriga tanishtirgan ipak bilan bog'liq. Ilk o'rta asrlarga kelib Ipak yo'lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O'z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bulgan bu yo'lning dastlabki tarmog'i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O'rta yer dengizigacha cho'zilgan. Xitoyning Anosi shahriga kelib Ipak yo'li bir necha tarmoqlarga bo'linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosi-Xami-Koshg'ar orqali Qo'qonga, undan esa Toshkentga o'tgan. Bu yerdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo'l Urganch orqali Gurevga, u yerdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo'ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xutanga, undan Loxurga o'tib ketgan. Undan tashqari Buxoroga kelib bu tarmoq ikkiga bo'lingan. Janubiy yo'nalish Buxoro-Qarshi-Termiz orqali Nishopurga o'tgan va Hirot orqali Hindistonga o'tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Kazvin-Hamadon-Bag'dod- Palmira yo'nalishi bo'ylab Tir shahrigacha cho'zilgan. Umuman olganda Ipak yo'lining Janubiy tarmog'i O'zgan orqali O'shga o'tib, Quva -Marg'ilon -Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoroga o'tgan. Shimoliy yo'nalishi esa Xazar xoqonligi va bulg'or davlati orqali Kiev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan.

Markaziy Osiyo hududida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlari ham hozirgi kunda jahon xo'jalik tarkibiga asta-sekinlik bilan kirib bormoqda. Jahon xo'jalik tarkibiga kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari uchun "Buyuk ipak yo'li"ning roli benihoya kattadir.

"Buyuk Ipak yo'li" da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko'rinishi bo'lib, janubiy-sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bog'lab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U o'z ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Kavkaz davlatlari, G'arbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. E'tiborga olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida "Delfin" izlanishi o'tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvonsaroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko'ra, bu "Buyuk Ipak yo'li"ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki O'zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo'nalishlarida yoqilg'i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo'lishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo'li da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan.

Birinchi qismga o'ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O'rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo'nalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib,

turg'un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko'maklashishi hisoblanadi.

Ikkinchi qismga "Buyuk Ipak yo'li" ob'yektlarini o'z ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega bo'lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko'ra bu yerda xalqaro tashkilot "Buyuk Ipak yo'li" nomli turistik mahsulotning sotilishini rag'batlantirishi mumkin.

Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning oxirgi nuqtalarini o'z ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi "Buyuk Ipak yo'li"ni targ 'ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta'minlaydi, balki bu yo'l bo'ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.

"Buyuk Ipak yo'li" turistik mahsulot mavqeyining ko'tarilishi uchun, albatta, fundamental asos bo'lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Chunki xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va ratsional tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatisiz amalga oshirib bo'lmay- di. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo'li» loyiha bo'yicha keyingi yig'ilishi Xitoyda 1996-yilda bo'lib o'tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko'rib chiqildi. "Buyuk Ipak yo'li"da turizm bo'yicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli bo'lib o'tdi. Ekspertlar fikriga ko'ra, bu yerda "Buyuk Ipak yo'li"ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy obyektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma savollar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda "Buyuk Ipak yo'li" bo'yicha ikkinchi xalqaro yiq'ilish bo'lib o'tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: "Buyuk Ipak yo'li" mintaqalarini xalqaro targ'ibot qilish, bu turistik ma'lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o'tish davri bilan bog'liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud. "Y3ÔeKHCTOH -2030" crpaTerHacHga TypH3MHH pHBO^naHTHpHm GyMuna 6up rçaTop Ba3H$anap 6e.nrH.na6 GepungH. ^yMnagaH:

Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi bo'yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish, mehmon o'rinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish, tog'li hududlarda 25 ta dor yo'llari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga yetkazish.

Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta'lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.

Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun «Tax free» tizimini joriy etish.

«Ko'hna tarix durdonalari» milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning doirasida madaniy meros obyektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda «ochiq osmon muzey»larini tashkil etish.

Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta'minlaydigan kompaniyalarni tashkil etishni yanada rag'batlantirish.

Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq chiqarish, savdo

va xizmat ko'rsatish nuqtalarini tashkil qilish.

O'zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi xalqaro reytinglarda ham o'z aksini

topmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi "O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-son farmoni

2. O'zR Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida" PF-5611-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni //Toshkent shahar, 2017 yil 7 fevral

4. O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida//O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // Toshkent shahar, 2016 yil, 7 dekabr.

5. Abduxamidov S., Tuxliev O., Xamitov M. Mintaqaviy turizmni rivojlantirish tendentsiyalari. Iqtisodiyot va ta'lim. Toshkent, Ns2, 2015, 67-70 betlar.

6. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. - Turizm iqtisodi. - O'quv qo'llanma. - TDIU, 2010 y. - 160 b.

7. Hayitboyev R. va boshq. "Turizm marshrutlarini ishlab chiqish" O'quv qo'llanma. Samarqand., 2016. - 175 b.

8. Ibadullayev N.E. O'zbekistonning turistik resurslari.- Samarqand, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.