INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MINTAQAVIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI Sharipova Sevara Xushnud qizi
Urganch davlat universiteti talabasi Aminboev Ahmadjon Hamidovich
Urganch davlat universiteti talabasi Jumaniyazova Dinora Sanatbek qizi
Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7193368
Annotatsiya. Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm - zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo'lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan.
Kalit so'zlar: region, cho'l, rayon, turizm, kompleks, daromand, katalizator, resurs.
ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ РЕГИОНАЛЬНОГО ТУРИЗМА
Аннотация. Туризм считается одной из стабильно развивающихся отраслей мирового хозяйства и стал мощным катализатором социально-экономического развития не только развитых, но и развивающихся стран и регионов. Туризм, особенно в 21 веке, развивается широко. Туризм является одной из важных сфер деятельности современной экономики, которая направлена на удовлетворение потребностей людей и повышение уровня жизни населения.
Ключевые слова: регион, пустыня, регион, туризм, комплекс, доход, катализатор,
ресурс.
PRINCIPLES FOR THE DEVELOPMENT OF REGIONAL TOURISM
Abstract. Tourism is considered one of the steadily developing sectors of the world economy and has become a powerful catalyst for the socio-economic development of not only developed, but also developing countries and regions. Tourism, especially in the 21st century, is developing widely. Tourism is one of the important areas of activity of the modern economy, which is aimed at meeting the needs of people and improving the standard of living of the population.
Keywords: region, desert, region, tourism, complex, income, catalyst, resource.
KIRISH
Mintaqa atamasining ikkinchi talqini aslini olganda, yer yuzasining tabiiy, siyosiy-ma'muriy (alohida davlat, davlatlararo) va ma'muriy-hududiy (davlat ichidagi) mazmunga ega bo'lgan, o'xshashi yo'q, kolami jihatdan katta bo'lgan (mahalliy emas) hududlardir. Masalan, tog' va tekislik, cho'l va voha (sug'oriladigan yerlar), Markaziy Osiyo, Boltiq bo'yi, Orol bo'yi, Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalari kabilar.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mintaqaviy iqtisodiyot fanning kelib chiqishiga ham mintaqalardagi tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy farqlanishlar sabab bo'lgan. Mintaqaviy iqtisodiyot faniga nemis olimlari I.Tyunen, A. Veber, V. Kristaller, A. Lyosh kabilar tomonidan asos solingan bo'lsada, lekin uning fan maqomiga ega bo lishi amerikalik, Pensil'vaniya universiteti professori U. Izardning (Isard) XX
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
asrning ortalarida olib borgan izlanishlari bilan bog'liq. Sobiq ittifoq davrida esa, aniqrog'i, 1970 yillarda mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishiga, o'sha davrda Davlat Bosh planining raisi vazifasida ishlab turgan, akademik N.N. Nekrasov tomonidan asos solingan. Uning 1972 yilda chop ettirilgan "Regional'naya ekonomika" asari bu yo'nalishdagi izlanishlar uchun dasturi amal bo'ldi. Mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, alohida olingan hududlar yoki hudud (region, rayon) ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning omil va qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Yetakchi iqtisodiy geograflar agar iqtisodiy geografiya iqtisodiylashtirilgan geografiya bo'lsa, mintaqaviy iqtisodiyot geografiyalashtirilgan iqtisodiyot deb ta'rif beradilar. Bu mintaqaviy iqtisodiyot fanini mahalliylashtirilgan, ya'ni amaliyotga yaqinlashtirilgan iqtisodiyot deganidir. Shu asnosida iqtisodiy geograflar O'zbekiston hududini oltita iqtisodiy mintaqalarga ajratadilar va ularning tavsiflarini keltiradilar. Yetti yildan so'ng esa, yuqorida qayd qilingan A. Soliev rag'barligidagi mualliflar Ozbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilmasini, ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasi 12 ta viloyat va Toshkent shahrini iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlari nuqtai nazardan mintaqa sifatida ta'riflash ma'qulroq deb hisoblaydilar. "Sababi, aynan ma'muriy viloyatlar, ularda ma'muriy boshqaruv tizimining mavjudligi va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyati va zaruriyatining borligi davlatimizning mintaqaviy siyosatini asosiy sub'ekti bo'lib xizmat qiladi" deb asoslaydilar. Soliev A.S., Axmedov Y.A., Muhamadali.
TADQIQOT NATIJALARI
Mintaqaviy turizmga bag'ishlangan tadqiqotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, A. Soliev, M. Usmonovlar O'zbekiston respublikasi doirasida iqtisodiy geograflar tomonidan ajratilgan oltita iqtisodiy mintaqalarni, mintaqaviy turizmning o'rganish ob'ekti sifatida talqin qiladilar (jadval). Pirovard natijada esa, O'zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari Samarqand viloyati misolida tadqiq etilgan.10 Tabiiy geograflar A. N. Nigmatov, N. G. Shamuratovalar 11 , N. T. Shamuratova, taniqli olimlar L. N. Babushkin va N. A. Kogaylarning (1969) ilmiy xulosalarni rivojlantirgan holda O'zbekiston hududini 14 ta ekoturistik rayonlarga ajratadilar va ularning o'ziga xos ekoturistik imkoniyatlarini qayd qiladilar Iqtisodchi tadqiqotchilar S. Abduhamidov va boshqalar 12 O'zbekistonda turizmning mintaqaviy muammolariga bag'ishlangan izlanishlarida A. Soliev, M. Usmonov hamda N. Ibadullaevlarning 13 fikrlariga qo'shilgan holda turizmga tegishli statistik ma'lumotlarni 14 ta ma'muriy-hududiy sub'ektlar bo'yicha keltiradilar. Demoqchimizki, mintaqaviy turizm fanining o'rganish ob'ekti, konstitutsion asosga ega bo'lgan va ijtimoiy talabga mos qiladigan 14 ta ma'muriy hududiy bo'linmalarning tabiiy poydevori, yuqorida qayd qilingan 10 ta tabiiy tarixiy mintaqalardir. Masalan, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarining tabiiy poydevori Farg'ona vodiysining bir butun tabiatidir. Sirdaryo, Jizzax viloyatlari uchun esa, genetik jihatdan yahlit tuzilishga ega bo'lgan Mirzacho'l tabiiy mintaqasidir.
MUHOKAMA
Ma'lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo'yicha eng yuqori o'rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan bandligini ta'minlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlarini yuqori bo'lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. Shuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo'llarini qidirmoqda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e'tiborini qaratishmoqda. Shuning hisobiga u yoki bu mamlakatga turist sifatida tashrif
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
buyuruvchilar soni yildan - yilga ko'payib bormoqda va bu jarayon har doim o'zining obyektiv va subyektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo'lib, undan maqsadli foydalanish lozim bo'ladi. Bunga amal qilgan ko'pgina mamlakatlarda turizmning rivojlanishi yuqori samara berib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab, O'zbekistonda ham turizmni shakllantirish va qaror toptirishga katta ahamiyat berilib, bu jarayonda turistik resurslardan, ayniqsa mintaqa hududlarida mavjud bo'lgan salohiyatdan samarali foydalanish yo'l - yo'riqlari qidirilmoqda va uning imkoniyatlari o'rganilmoqda.
XULOSA
Turizm ham mintaqalar iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o'zining munosib o'rniga ega bo'lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora -tadbirlari to'g'risida»gi 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016 y., 49-son, 558-modda. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF-4861 of December 2, 2016 "On measures to ensure the accelerated development of tourism in the Republic of Uzbekistan." Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan, 2016, No. 49, Article 558)
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining turizmni jadal rivojlantirishga qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi,06.01.2019 й., 06/18/5611/2430-сон. (2. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF-5611 of January 5, 2019 "On additional measures for the accelerated development of tourism in the Republic of Uzbekistan." // National Database of Legislation, 06.01.2019, No. 06/18/5611/2430)
3. UNWTO: «Международный туризм может упасть в 2020 году на 60%-80%»// май 05, 2020 // [Эл. ресурс] URL https://zen.yandex.ru/id/ (3. UNWTO: "International tourism can increase by 60% -80% in 2020" // May 05, 2020 // [El. resource] URL http s://zen.yandex.ru/id/)
4. Soliyev A.S., Ahmedov E., Maxamadaliyev R.Y. va b. Mintaqaviy iqtisodiyot. O'quv qo'llanma. - Т.: Universitet, 2003.- 304 b.
5. www.aim.uz internet sayti
6. www.turizm.kasaba.uz internet sayti
7. www.tourist.uz internet sayti