Научная статья на тему 'ICHKI TURIZM FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TUROPERATORLARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASHNING YANGI MEXANIZMLARI'

ICHKI TURIZM FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TUROPERATORLARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASHNING YANGI MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
70
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obyekt / resurs / mahsulot / mexanizm / turistik / bozor / tovar / tarmoq. investitsion / kompleks. / object / resource / product / mechanism / tourism / market / product / network. investments / complex.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S. Sharipova, G. Bakiyeva

Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm – zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo’lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW MECHANISMS TO ENSURE THE COMPETITIVENESS OF TOUR OPERATORS CARRYING OUT DOMESTIC TOURISM ACTIVITIES

Tourism is considered one of the steadily developing sectors of the world economy and has become a powerful catalyst for the socio-economic development of not only developed, but also developing countries and regions. Tourism, especially in the 21st century, is developing widely. Tourism is one of the important areas of activity of the modern economy, which is aimed at meeting the needs of people and improving the living standards of the population.

Текст научной работы на тему «ICHKI TURIZM FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TUROPERATORLARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASHNING YANGI MEXANIZMLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ICHKI TURIZM FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TUROPERATORLARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHNING YANGI MEXANIZMLARI

Sharipova Sevara Xushnud qizi

Urganch Davlat Universiteti Talabasi Bakiyeva Gulzoda Xushnudbek qizi

Urganch Davlat Universiteti Talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7130258

Annotatsiya. Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm - zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo'lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan.

Kalit so'zlar: obyekt, resurs, mahsulot, mexanizm, turistik, bozor, tovar, tarmoq. investitsion, kompleks.

НОВЫЕ МЕХАНИЗМЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ТУРОПЕРАТОРОВ, ОСУЩЕСТВЛЯЮЩИХ ВНУТРЕННЮЮ ТУРИСТИЧЕСКУЮ

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

Аннотация. Туризм считается одной из стабильно развивающихся отраслей мирового хозяйства и стал мощным катализатором социально-экономического развития не только развитых, но и развивающихся стран и регионов. Туризм, особенно в 21 веке, развивается широко. Туризм является одной из важных сфер деятельности современной экономики, которая направлена на удовлетворение потребностей людей и повышение уровня жизни населения.

Ключевые слова: объект, ресурс, продукт, механизм, туризм, рынок, товар, сеть. инвестиции, комплекс.

NEW MECHANISMS TO ENSURE THE COMPETITIVENESS OF TOUR OPERATORS CARRYING OUT DOMESTIC TOURISM ACTIVITIES

Abstract. Tourism is considered one of the steadily developing sectors of the world economy and has become a powerful catalyst for the socio-economic development of not only developed, but also developing countries and regions. Tourism, especially in the 21st century, is developing widely. Tourism is one of the important areas of activity of the modern economy, which is aimed at meeting the needs of people and improving the living standards of the population.

Keywords: object, resource, product, mechanism, tourism, market, product, network. investments, complex.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotni yanada modernizastiyalash va liberallashtirishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu ustuvor yo'nalishda turizm industriyasini jadal rivojlantirish mamlakatimizni barqaror yuqori suratlar bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantirishda asosiy omil va turtki bo'lishi nazarda tutilgan. Bu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev farmonidagi qo'yidagilarni takidlab o'tish zarur: "Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o'zaro bog'liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishni yetakchi kuchga aylanishi lozim" Turizmni mintaqalar iqtisodiyotiga ta'sirini o'rganish va aniq ilmiy xulosalar qilish, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, uzoq va o'rta muddatda mavjud turistik salohiyatdan samarali foydalanish, eng asosiysi aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun nazariy asos bo'lib hizmat qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Iqtisodiy jarayonlarni tubdan o'zgartirish va modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarni kompleks rivojlantirish va xizmatlar bozorini shakllantirish bo'yicha bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish, ularni ilmiy-nazariy asoslashni va chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Xizmatlar bozori muammosini faqatgina makro va mikro darajadagina emas, balki mintaqa va mintaqaviy siyosat nuqtai nazardan o'rganish maqsadga muvofiq. Mintaqaviy iqtisodiyot o'zining ochiqligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat mintaqaviy bozorlarni tovarlar, moliya, mehnat, turizm, informatsion texnologiyalar va boshqa turdagi bozorlar bilan o'zaro chambarchas bog'liqligini ko'rsatadi. Mintaqaviy iqtisodiyot umummamlakat miqyosida shakllanayotgan va rivojlanayotgan yagona bozor tizimini ajralmas qismi bo'lib, markaziy va tarmoqlar (tarmoqlararo) boshqaruvida o'ziga xos o'ringa ega.

TADQIQOT NATIJALARI

Ilmiy-nazariy asoslarni o'rganishda mamlakat, mintaqalar va tarmoqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga aniqlik kiritish bilan boshlash kerak. Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni yotadi. Hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda. Hozirgi davrda jahon xo'jaligida bu sohada band ishchi kuchining ulushi yildan - yilga oshmoqda. Butunjahon sayyohlik va turizm kengashi (World Travel and Tourism Council) ma'lumotlariga ko'ra 1996 yil turizm sohasida 225 mln. ish o'rni mavjud bo'lgan bo'lsa, 2006 yilga kelib, yana 130 mln. ish o'rni ortdi. Hozirgi vaqtda turizm sohasida jahondagi mavjud har 10 ta ishchi kuchining biri band. Ayrim mamlakatlarda bu ko'rsatgich yanada yuqori. Masalan, Ispaniyada turizm sohasida iqtisodiy faol aholining 8,3 foizi, Barbadosda - 10,5 foizi, Maltada - 15 foizidan ortig'i band.

Turizm iqtisodiy kategoriya bo'lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy xizmatni sotadi, o'z ishchilariga ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan valyutadan daromat oladi. Bir tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi tomondan turizm bozoriga yo'naltirilgan xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga qo'shilgan tarmoqlarning o'zaro bog'langan tizimni belgilaydi.

MUHOKAMA

Turizm - bu ishlab chiqarish va iste'molchining yakdil jarayonidir. Iste'mol obyekti turistik tovar va xizmatlar hisoblanib, iste'mol davrida iste'molchining bu tovarlar va xizmatlar qoniqtirishi lozim. Bunda turizmning iste'mol qiymati foydali buyumlar tovarlar, qulaylik va tabiat manzaralari va xizmatning har xil usulidan kelib chiqadi. Turistik iste'mol bir tomondan tovarga va pullik xizmatga ega bo'lishi, ikkinchi tomondan tovarlar ko'rinishiga ega bo'lmagan joy, yaxshi muhitni o'z ichiga oladi. Turizmni iqtisodiy samarali keluvchi turistlar soni bilan bevosita bog'liq. Turistlar sonni oshib borishi bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oshib boradi. O'z navbatida turistlar sonini oshishi turistik qiziqshni orttiradigan obyektlarga, ya'ni turistik resurslarga bog'liqdir.

XULOSA

Ozbekistonda oxirgi on yilda mintaqalarni kompleks rivojlantirish, mahalliy tabiiy-iqtisodiy resurslar asosida investitsion loyihalar tayyorlashni yanada faollashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, 2017 yilda hududlarni kompleks va mutanosib tarzda rivojlantirishni ta'minlash, mintaqalarning mavjud tabiiy homashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borishga oid choralarga qaratilgan O zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini alohida takidlash lozim. Yana bir rasmiy xujjat mahalliy 19 byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan . Umuman ham nazariya, ham amaliyot nuqtai nazaridan mintaqalarning iqtisodiy taraqqiyotni taminlashdagi orni keskin oshganini ko'rish mumkin. Mintaqada yuqori iqtisodiy o'sish suratlariga erishish uchun, raqobat afzalliklariga ega tarmoq va korxonalar birinchi oringa kotarilib, ular malum darajada lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim bo ladi. Ana shunday tarmoqlar qatoriga mintaqaviy xususiyatga ega bo'lgan turizmni qo'shish lozim. Chunki mintaqada boy tabiiy salohiyatga asoslanadigan turizm sohasini keskin rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Turizm oziga xos mintaqa uchun osish nuqtasi bolib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Baykov, N. Ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etish va samaradorligi / N. Baikov, F. Rusinov. - M .: Moskva ishchisi, 1973 yil.

2. Berg, A.I. Kibernetika - optimal boshqarish fani / A.I.Berg. - M.: Energiya, 1964. 3. Bobrov, O.M. Ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarish funktsiyalari tasniflarini takomillashtirishning ayrim masalalari / Ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy muammolari. - Kiev: KINH, 1975. - No 12.

3. Glazyev, S.Yu. Texnik taraqqiyotning iqtisodiy nazariyasi S.Yu.Glaziev.- M.: Nauka, 1990 y.

4. Kamenitser, S.E. Sanoat ishlab chiqarishini boshqarish asoslari / SE Kamenitser. - M.: Fikr, 1971 yil.

5. Rossiya Federatsiyasining 2001-2005 yillardagi davlat siyosati kontseptsiyasi // Innovatsiyalar. 2000.- № 3-4.

6. Ober - Krie, J. Korxonani boshqarish / Per. frantsuz tilidan Moskva: taraqqiyot, 8. Petrova, A.S. Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishni tashkil etish asoslari / A.S. Petrova. - M.: Iqtisodiyot, 1969 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.