INNOVATSION IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIM
TURIZMINING ROLI
Ibragimova Madina Ismoilovna
Mustaqil izlanuvchi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ta'lim turizmining roli yoritib berilgan. Jumladan, ta 'lim turizmi turizm sohasining serqirrali turlaridan biri ekanligi, yuqori iqtisodiy samara keltiruvchi, hamda ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi soha ekanligi ko 'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: innovatsion iqtisodiyot, turizm, ta 'lim turizmi, malaka oshirish, milliy daromad.
ABSTRACT
This article highlights the role of educational tourism in shaping an innovative economy. In particular, it was noted that educational tourism is one of the most diverse types of tourism, which is highly cost-effective and serves to improve the quality of education.
Keywords: innovative economy, tourism, educational tourism, training, national income.
АННОТАЦИЯ
В статье освещается роль познавательного туризма в формировании инновационной экономики. В частности, было отмечено, что познавательный туризм - один из самых разнообразных видов туризма, который отличается высокой рентабельностью и служит повышению качества образования.
Ключевые слова: инновационная экономика, туризм, познавательный туризм, обучение, национальный доход.
KIRISH
Zamonaviy axborot jamiyatida yashovchi har bir insonga o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Yangi bilimlarni tezkor ravishda o'zlashtirishga bo'lgan katta ehtiyoj - barcha mamlakatlar fuqarolarining nafaqat o'z mamlakatida, balki xorijiy davlatlarda ta'lim olish imkoniyatini kengaytirishga yo'naltiradi, ta'lim va fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga turtki bo'ladi.
Butun jahon turizm tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra «2019 yilda barcha kiruvchi turistlar soni 1,460 mln.ga yetdi, undan kelgan daromad esa 1,481 mlrd.
1154
AQSh dollarni tashkil etganligi, dunyo miqyosida turizm sohasi 334 mln. yangi ish o'rinlari yaratgan»1 ligi turizm jahon iqtisodiyotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Ta'lim turizmi turizm sohasining serqirrali turlaridan biri sifatida til o'rganish, ta'lim olish, malaka oshirish, kasb-hunar o'rganish, anjumanlarda ishtirok etish, sport turlarini o'rganish kabi ko'p kiruvchi va chiquvchi ta'lim turizmi yo'nalishlarini o'z ichiga qamrab oladi.
Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishda har qanday xorijiy mamlakatdan qolishmaydigan imkoniyatlarga va hali ro'yobga chiqmagan salohiyatga ega. Shu bois turizmning ushbu turini jadal rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotda katta muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yildan boshlab, hozirgi kunga qadar zamon talablariga javob beradigan turizm turlarini tashkil toptirish, infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o'z ijobiy natijalarini bermoqda.
O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil BMTning 72-assambleyasida ta'kidlagandek "mustaqil o'lkamizning jahon hamjamiyatida keng miqyosda e'tirof etilishi"2 dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari bilan o'zaro do'stona munosabatlarning yanada barqarorlashib borishiga, turizm borasida aytadigan bo'lsak, tashrif buyurayotgan turistlar oqimining yil sayin ortib borishiga, yurtimizda mavjud yangidan-yangi turizm imkoniyatlarining kashf etilayotganligi va boshqa shu kabi o'zgarishlar fikrimizning yaqqol dalili bo'la oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqotlar natijalari boshqa iqtisodiy tarmoqlarda bo'lgani kabi, turizm sohasida ham yuqori iqtisodiy samara berishga molik yangi yo'nalishlarning shakllanayotganligini ko'rsatdi. Turizm sohasida bunday keng imkoniyatlarga ega istiqbolli sohalaradan biri ta'lim turizmi hisoblanadi. Keyingi davrlarda dunyoning barcha mamlakatlarida turizmning ushbu shakli tobora tez rivojlanib, kengayib bormoqda. Chunki innovasion iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida bilvosita va bevosita o'qish davomida ta'lim olishga ehtiyoj kuchayadi. Innovasion iqtisodiyotda har bir shaxsning sifatli ta'lim olishga bo'lgan xohishi yoki qo'shimcha malaka oshirishga ehtiyoji ta'limga bo'lgan talabni keltirib chiqaradi, uni rivojlantirish va takomillashtirishga asos bo'ladi.
1 World Tourism Barometer, Volume 18, Issue 1, January 2021
2 https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
1155
O'tkazilgan tahlillar 2019 yilda, aksariyat davlatlarda, shu jumladan, O'zbekistonda ham turizm sohasida o'sish sur'atlari YalMning o'sish sur'atlaridan yuqori bo'lganligini ko'rsatdi. Lekin shunga qaramasdan, O'zbekistonda turizmning YaIM mahsulotdagi va ish bilan band aholi sonidagi ulushi bo'yicha boshqa davlatlardan juda orqada ekanligi ayon bo'ldi (jadval- 1).
1-jadval
Jahon mamlakatlari va O'zbekistonda turizm rivojlanishining qiyosiy tahlili3
t/r Mamlakat Mamlakat Turizm xizmatlari Turistik xizmatlar
nomi bo'yicha o'sish sohasining mamlakat eksporti
sur'atlari (2019 makroiqtisodiy (2019 yil)
yil 2018 yilga ko'rsatkichlaridagi
nisbatan), % ulushi, % (2019 yil)
YaI jumladan, YaIM Iqtisodiyotd xizmatlar jami
M turizm tarkibi a band aholi eksporti, eksportda
hajmi xizmatla-ri sohasi tarkibida mlrd.doll. gi ulushi, %
1. AQSh 2,3 2,3 8,6 10,7 256,1 10,1
2. Xitoy 6,1 9,3 11,3 10,3 40,4 1,5
3. Yaponiya 0,9 1,6 7,0 8,0 45,3 4,9
4. Germaniya 0,6 1,8 9,1 12,5 60,3 3,2
5. Italiya 0,1 2,2 13,0 14,9 51,6 7,9
6. Buyuk Britaniya 1,3 1,3 9,0 11,0 48,5 5,5
7. Fransiya 1,2 1,9 8,5 9,4 73,1 8,0
8. Turkiya 0,1 10,1 11,3 9,4 37,1 15,6
9. Ispaniya 2,0 1,8 14,3 14,6 81,3 16,3
10. Tailand 2,3 1,8 19,7 21,4 65,2 19,9
11. Filippin 5,9 8,6 25,3 24,1 9,7 10,8
12. Avstraliya 1,8 0,8 10,8 12,8 47,3 14,5
13. Rossiya 1,1 0,6 5,0 5,6 18,7 3,7
14. O'zbekiston 5,7 12,3 4,5 4,6 1,3 9,3
Jahon 2,5 3,5 10,3 7,5 1313,0 7,0
bo'yicha
3 https://wttc.org/Research/Economic -Impact расмий статистик маълумотлар асосида муаллиф томонидан ^исобланди.
Jadval ma'lumotlari O'zbekistonda turizm o'ta muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, ya'ni YaIM va iqtisodiyotda band aholi soni bo'yicha jahon xo'jaligi erishgan darajadan sezilarli darajada pastligidan dalolat beradi. Masalan, agar jahon xo'jaligi bo'yicha turizm sohasining YaIMdagi ulushi 10,3 foizni, iqtisodiyotda band aholi sonidagi ulushi 7,5 foizni tashkil etgan bo'lib, O'zbekistonda ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 4,5 va 4,6 foizni tashkil qilgan. O'zbekistonda turistik xizmatlar sohasining mamlakat YaIMdagi ulushi Italiya ko'rsatkichlaridan qariyb 3 marta, Ispaniyadan 3,2 marta, Taylanddan 4,3 marta, Filippin mamlakatidan esa 5,6 marta past. Turizm xizmatlari sohasida bandlarning iqtisodiyotda band aholi sonidagi tarkibi bo'yicha xam deyarli shunday ahvolni kuzatish mumkin. Ushbu raqamlar O'zbekiston ulkan turistik salohiyatga ega bo'la turib, uni ro'yobga chiqarish va milliy daromadni shakllantirishning asosiy manbalaridan biriga aylantirish imkoniyatlaridan unumli foydalana olmayotganligidan dalolat beradi.
Ayni paytda, jadval ma'lumotlariga tayangan holda yana boshqa bir muhim xulosa ham chiqarish mumkin. Ushbu xulosa shundan iboratki, keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar doirasida davlatning turizmni milliy iqtisodiyotning ustun rivojlangan tarmoqlaridan biriga aylantirish borasidagi diqqatga loyiq siyosati o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Sababi turizm xizmatlari hajmining o'sish sur'atlari 2019 yilda oldingi yilga nisbatan 12,3 foizga oshgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston dunyo mamlakatlari o'rtasida birinchi o'rinni egallashga erishgan. Turizm xizmatlari hajmining o'sish sur'atlari Rossiyada 0,6, Avstraliyada 0,8, Buyuk Britaniyada 1,3 foizni, jahon bo'yicha 3,5 foizni tashkil etgan bir paytda ushbu ko'rsatkich O'zbekistonda 12,3 foizni tashkil etganligini alohida qayd etish lozim. Turizm xizmatlari hajmining bunday yuqori sur'atlar bilan o'sishi va O'zbekistonda turizmni taraqqiy ettirish konsepsiyasida belgilangan maqsadli vazifalarning izchil bajarilishi kelajakda u mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanishi muqarrar, degan yakuniy xulosa chiqarish imkonini berdi. Turistik xizmatlar eksporti bo'yicha ham O'zbekiston oxirgi o'rinlarda turadi. 2019 yilda jahon bo'yicha turizm xizmatlari eksportining jami eksportdagi ulushi 7,0 foizni, xizmatlar eksportidagi ulushi esa 29 foizni tashkil etgan.
XULOSA
Ma'lumki, O'zbekiston iqtisodiy sohada yangi kursni, ya'ni iqtisodiyotning
samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan innovasion rivojlanish yo'lini tanlagan. Bu
esa, o'z navbatida, ta'lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishda tarkibiy
o'zgarishlar, sifat o'zgarishlari va yangicha yondashuvlarni nazarda tutadi. Bunda
ijodkorlikka, ma'lumotni tezkor qayta ishlash qobiliyatiga, eng muhimi, olingan
1157
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
О
R
VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
ko'nikmalardan professional tarzda foydalanishga tobora ko'proq e'tibor qaratiladi. Shuning uchun, to'laqonli va samarali faoliyat ko'rsatayotgan ta'lim turizmi xizmatlari bozorining bo'lishi mamlakat ravnaqining va jahon bozorida ishlab chiqarishning yuqori darajasi va raqobatbardoshligini ta'minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda «Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq izchillik va katta qat'iyat bilan amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar doirasida, bir tomondan, ta'limni rivojlantirish, ikkinchi tomondan, turizmni jadal rivojlantirish siyosati birgalikda ta'lim turizmini rivojlantirishda o'z ifodasini topadi.
REFERENCES
1. Асланова Д.Х., Ибрагимова М.И. ва бошк. Тольковый словарь (терминов детско-юношеского и молодёжного туризма). // Лугат. -Самарканд.: Зарафшон, 2015. - 120 б.
2. Мухаммедов М.М., ва бошк;. Хизмат курсатиш сохдси ва туризмни ривожлантиришнинг назарий асослари. // Монография. - Самарканд.: Зарафшон, 2017. - 275 б.
3. Александрова А.Ю. Международный туризм. Учебное пособие для ВУЗов. - М.: Аспект Пресс, 2001. - 464 с.
4. Алимова М.Т. Худудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва тенденциялари. // Монография. -Т.: Иктисодиёт, 2015. - 282 б.
5. Ибрагимова М.И. Таълим туризмини ривожлантириш истикболлари. // "Туризм хизматлар бозорини ривожлантириш истикболлари" мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани. - Самарканд: СамИСИ. 2014.. -Б.371-
373.