Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
785
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xavfsizlik / «COVID-19» / koronavirus / pandemiya / Davlat turizm qo‘mitasi / UNWTO / epidemiya / xalqaro hamkorlik. / Security / «COVID-19» / coronavirus / pandemic / State Committee for Tourism / UNWTO / epidemic / the international cooperation.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Zakirova, Munisa Abdukaxarovna

Ushbu maqolada pandemiya sharoitida turizm sohasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Davlatlarda yuzaga kelayotgan iqtisodiy hamda siyosiy vaziyatga baho berilib, hozirgi kunda boshqa sohalar kabi turizm sohasiga ham katta talofat yetkazayotgan COVID-19 pandemiyasining ta'sir kuchi haqida bayon etilgan. Shuningdek mazkur favqulodda holatda turizmni rivojlantirish yo‘llari yoritib berilgan. Muallif tomonidan turizm sohasiga oid qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN DURING THE COVID-19 PANDEMIC

This article focuses on tourism cooperation in a pandemic. According to him, an assessment was made of the economic and political situation in the country. The economic and political situation in the countries is assessed and the impact of the COVID-19 pandemic, which is currently causing great damage to the tourism sector as well as other sectors, is described. The ways of tourism development in the conditions of this emergency are also highlighted. The author offers suggestions and recommendations for improving legislation in the field of tourism

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

УДК: 327.83 А-В

O'ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

d 10.24412/2181-1784-2021-11-244-253

Zakirova Munisa Abdukaxarovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stajyor doktoranti E-mail: munisazakirova88@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pandemiya sharoitida turizm sohasidagi hamkorlik masalalariga to'xtalib o'tilgan. Davlatlarda yuzaga kelayotgan iqtisodiy hamda siyosiy vaziyatga baho berilib, hozirgi kunda boshqa sohalar kabi turizm sohasiga ham katta talofat yetkazayotgan COVID-19 pandemiyasining ta'sir kuchi haqida bayon etilgan. Shuningdek mazkur favqulodda holatda turizmni rivojlantirish yo 'llari yoritib berilgan. Muallif tomonidan turizm sohasiga oid qonunchiligini takomillashtirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar. Xavfsizlik, «COVID-19», koronavirus, pandemiya, Davlat turizm qo 'mitasi, UNWTO, epidemiya, xalqaro hamkorlik.

PROSPECTS FOR TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN DURING THE COVID-19 PANDEMIC

ABSTRACT

This article focuses on tourism cooperation in a pandemic. According to him, an assessment was made of the economic and political situation in the country. The economic and political situation in the countries is assessed and the impact of the COVID-19 pandemic, which is currently causing great damage to the tourism sector as well as other sectors, is described. The ways of tourism development in the conditions of this emergency are also highlighted. The author offers suggestions and recommendations for improving legislation in the field of tourism

Keywords. Security, «COVID-19», coronavirus, pandemic, State Committee for Tourism, UNWTO, epidemic, the international cooperation.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ ВО ВРЕМЯ ПАНДЕМИИ COVID-19

АННОТАЦИЯ

Эта статья посвящена сотрудничеству в сфере туризма в условиях пандемии. По его словам, была дана оценка экономической и политической ситуации в стране. Оценивается экономическая и политическая ситуация в странах и описывается влияние пандемии COVID-19, которая в настоящее время наносит большой ущерб туристическому сектору, а также другим секторам. Также выделены пути развития туризма в условиях данной чрезвычайной ситуации. Автор предлагает предложения и рекомендации по совершенствованию законодательства в сфере туризма.

Ключевые слова. Безопасность, «COVID-19», коронавирус, пандемия, Государственный комитет по туризму, UNWTO, эпидемия, международное сотрудничество.

KIRISH

Turizm sohasini rivojlantirish ko'plab ish o'rinlari yaratilishiga, aholini ish bilan ta'minlash va aholi daromadlarini oshishiga olib keladi. Xususan, «Turizm Respublika iqtisodiyotining strategik sektoriga» [1] aylanganligi belgilanib, «Turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish maqsadida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me'yor va standartlarni implementasiya qilish» [2] mazkur sohani jadal rivojlantirishning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ammo so'ngi yillarda COVID-19 pandemiyasi eng muhim va oldindan aytib bo'lmaydigan voqealardan biri bo'ldi. Dunyo uzoq vaqt davomida ehtimol hech qachon bunday keng ko'lamli inqiroz va vahimani ko'rmagan degan fikrni qo'llab-quvvatladi. COVID-19 virusining tarqalishi deyarli barcha mamlakatlar fuqarolari uchun uzoq masofalarga sayohat qilishni, o'z uyidan, shahardan, tumandan, viloyatdan va mamlakatdan chiqib ketish imkoniyatini cheklash asosiy talablardan biri edi. Albatta, bunday cheklovlar birinchi navbatda ham global, ham milliy miqyosda turizmni to'xtatib qo'ydi va ko'p hollarda hukumat fuqarolar o'rtasidagi aloqalarni to'xtatib turish uchun to'g'ri choralar ko'rildi. Shunga qaramay, kasallikdan ko'proq zarar ko'rgan davlatlar hali ham mavjudligi sababli xalqaro turizm uchun yopiq qoladi. Bu voqealar bizni 20-30 yil orqaga surdi va bu ayniqsa jahon miqyosida rivojlangan mamlakatlarda sezilarli darajada ko'rindi.

UNWTOning ma'lumotiga ko'ra 2020 yilning birinchi choragida COVID-19 pandemiyasi xalqaro sayyohlar kelishi 22 foizga kamayishiga sabab bo'lgan.

245

Scientific Journal Impact Factor

Umuman olganda, inqiroz dunyo turistik oqimining 2019 yil darajasiga nisbatan har yili 60% - 80% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surishda erishilgan yutuqlarga tahdid soladi [3]. Sayyohlar nafaqat kasal, balki viruslarni tashuvchisi ham bo'lishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yilning 28 may kuni imzolagan «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmonida Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'siri oqibatida eng ko'p zarar ko'rgan va ko'rayotgan turizm hamda unga bevosita bog'liq bo'lgan tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash, yuz minglab ish o'rinlari va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromadlarini ushlab turish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash maqsadida [4] bir qancha takliflar berilgan. Bularning barchasi vaziyatni barqaror rivojlantirish maqsadlariga sodiqlik nuqtai nazaridan ko'rib chiqilib, bir tomondan sog'lom turmush tarzi va farovonligini ta'minlashdir. Bu albatta butun insoniyat uchun eng muhum va hayotiy dolzarblikdir. Boshqa tomondan, uzluksiz, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sishni o'z ichiga oladi.

Shunday qilib, zudlik bilan turizm rivojlanishini ta'minlashning yangi shakllari va vositalarini topish va amalga oshirish zarurati tug'ildi. Maqolaning maqsadi -O'zbekiston turizm industriyasining barqaror rivojlanishi bilan bog'liq voqealarni COVID-19 ta'siriga tenglashtirish va tavsiyalarni shakillantirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Turizmni rivojlantirish bo'yicha 2021 yilda ham izchil islohotlarni davom ettiramiz. Ayniqsa, ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Shuningdek, turizm ob'yektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo'l infratuzilmalarini yaxshilash uchun byudjetdan 1 trillion so'm ajratiladi» [5] deb ta'kitlaganlar. Bundan ko'rinib turibtiki, keyingi rivojlanish va iqtisodiy xavfsizlik davlatimizning turizm sohasida amalga oshiriladigan vazifalarini hamda barqaror rivojlanishning ustivor yo'nalishlarini belgilab beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (LITERATURE REVIEW).

COVID-19 pandemiyasi davrida turizmni rivojlantirish, epidemiyadan keyingi davrda turizmni jonlantirish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lib, ularda COVID-19 ta'siri ostida yangi dunyo turizmi modeli va tendensiyalari ishlab chiqilgan.

Scientific Journal Impact Factor

i.f.n. dosent A.N.Norcheyev o'zining «O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasining turizmga ta'sirini yumshatish yo'llari» nomli maqolasida pandemiyadan keyingi vaqtda turizmni tezda oyoqqa turg'azib olish, aviachipta narxlarini pasaytirish, mehmonxonalar va restoranlarda xizmat sifatini oshirish, ananaviy turistik markazlarimiz bo'lgan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xivadagi mehmonxonalarni modernizasiya qilish emas, balki turistik resurslarga boy bo'lgan Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Farg'ona vodiysida kichik shinam 3-4 yulduzli mehmonxonalarni qurishni rag'batlantirish kerakligi bo'yicha ilmiy mulohazalar keltirgan [6].

A. Ocharov, M. Malkina «Влияние экономической нестабильности на развитие европейского туристского рынка» nomli asarida COVID-19 ning turizm sektoriga ta'siri va misli ko'rilmagan oqibatlarida Yevropada va butun dunyoda faollik pasayganligi va uni qayta tiklash istiqbollariga atroflicha e'tibor qaratilgan [7] .

-TADQIQOT METODOLOGIYASI (RESEARCH METHODOLOGY).

Analitik va empirik tadqiqot metodologik maqolaning asosi hisoblanadi. Ishning asosiy natijalari keyingi yillarda respublikamizda COVID-19 pandemiyasi sharoitida turizm sohasini rivojlantirish metodologiyasi qo'llanilib, ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan olimlar hamda xorijiy mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda qiyoslash, empirik tadqiqot kabi usullar orqali COVID-19 ta'siri ostida sayohatchilarning yo'qolishi, pandemiyadan keyingi o'sish va turizmning jonlanishi, yangi dunyo turizm modeli va tendensiyalarini belgilash usullari taklif etilgan. Pandemiyadan keyingi davrda respublikamizda turizmni jonlantirishga, sohani yanada rivojlantirishga oid aniq tavsiyalar berilgan.

- TAHLIL VA NATIJALAR (ANALYSIS AND RESULTS).

Kelajakda sayohatchilar dam olish uchun xavfsiz va tibbiyot darajasi yuqori bo'lgan davlatlarni qidira boshlaydilar. Ular jamoat transporti turlarini xoxlashmaydi. Koronavirus epidemiyasidan so'ng sayohatchilar ko'plab notanish odamlar bilan bir xonada bo'lishni xoxlashmaydi. Ushbu fobiya tezda o'tib ketmaydi, lekin bir muncha vaqt davom etishi aniq. Shularni inobatga olgan xolda choralar ko'rilishi turizmni rivojlanishiga turtki bo'lishi muqarrar.

Bizningcha, yaqin bir necha oy ichida turizm sohasidagi vaziyat yaxshilanishi mumkin. Biz uni tahlil qilamiz, qarorlar qabul qilamiz va kelajakka strategiyani yaratamiz. Biz bunga qarshi kurashishda inqirozni boshqarish va uni yumshatib borish bilan bir qatorda kelajakni rejalashtirib borishimiz kerak. Turizmni qayta

tiklash hamda uni iqtisodiyotga qo'shadigan ulushini oshirish uchun bosqichma bosqich harakat qilib borishimiz kerak:

- Iqtisodiy qayta tiklanish. COVID-19 turizmga sifat jihatidan miqdoriy ta'sirlarini o'lchash, tiklanish bo'yicha izlanishlarga asoslanish, ayniqsa sayyohlik bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy va biznes tomonlarni qo'llab quvvatlash;

- Marketing va bozor. Marketing strategiyalarini ko'rib chiqish hamda reklamani rivojlantirish. Maxsulot turlarini diversifikasiyalash orqali ichida COVID-19 uchun tavsiyalar va ko'rsatmalar berish;

- Institutsional rivojlanish. Ya'ni bu yordam berish shiori ostida ko'plab kompanyalarga pandemiyadan so'ng o'z xizmatlarini moslashtirishga yordam berib borish. Turizm boshqaruvini rivojlantirish maqsadida davlat xususiy sheriklik va hamkorlikdagi harakatlarini jahon tajribasini o'rgangan holda rivojlantirib borish.

Innovasion mahsulotlarni jadal joriy etish uchun resurslar turlari va mintaqada turizm sohasidagi texnologiyalarni tasniflashni taklif qilamiz (1-jadval).

1-jadval

Turizm sohasida innovasion salohiyat shakillanish usullari tasnifi

Re surslar Shakli

Mehnat resurslari Turizm sohasida ishlash uchun ta'lim darajasiga, malakaga, kasbiy bilmlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash

Moddiy texnik asos Mehmonxona xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida nomerlarni texnik jihozlashni jahon standartlariga mos kelish metodini ishlab chiqish

Moliyaviy resurslar Moliyaviy lizing va faktoringlar: dam olish uchun kreditlar berish

Axborot aloqa resurslar Internet texnologiyalari, jumladan, «Elektron aviachiptalar» tizimi, konsalting xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha internet vakolatxonalarini jadallashtirish

Tadbirkorlik resurslari Turizm xizmatlari, shu jumladan autsorsing sohasidagi biznes texnologiyalari xodimlarini boshqarish, marketing, reklama, logistika;

Ilmiy resurslar Turizm fani hamda turli maqsadli dasturlarni joriy qilish, turizmni rivojlanttirish bo'yicha ilmiy simpoziumlar, konferensiyalar o'tkazish;

Scientific Journal Impact Factor

Ma'muriy resurslar

Sayyohlarning xavfsizligini tatminlash texnologiyalari, turistik-rekreasion maxsus zonalar yaratish

Manba: Turli manbalar tahlili ma'lumotlari umumlashtirilib, muallif tomonidan tuzilgan.

Xozirgi kunda turistik sayohatlar uchun vaziyat sekin asta yaxshilanib bormoqda. Karantin choralari tugagandan keyin turizm industriyasining qayta tiklanishining ijobiy tomonlari haqida va O'zbekistonda yangi modifikatsiyalangan turizm biznes tizimini ishlab chiqish va joriy qilish imkoniyatini beradi. Shunga qaramay, qanday choralar ko'rish va taklif qilish kerakligini tushunish uchun odamlarning navbvtdagi sayyohlik ta'tilini qanday tashkil qilishni rejalashtirayotgani haqidagi so'rovlarga e'tibor berish kerak.

Albatta mamlakatning ayrim sohalari pandemiya tufayli jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Bularga misol qilib gid-ekskursavodlar, mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, o'tovli oromgohlar, sanatoriyalar, kafe, restoran hamda turli hildagi ovqatlanish joylari. Bu sohalar alohida e'tiborga loyiq bo'lib, ularni jonlantirish bo'yicha samarali yo'l tutish va imkon qadar tezroq tizimli tiklanish va tiklanishning postulatlari va tamoyillari belgilanishi kerak. Bu maqsadlar har qanday sharoitda ham zarur va dolzarbdir, ammo hozirgi inqiroz va pandemiya sharoitida barcha yoshdagi odamlar uchun sog'lom turmush tarzi va farovonligini ta'minlash albatta eng munosibidir. Agar turizmni iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan emas, balki madaniy va sog'lomlashtirish nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak dam olish bu maqsadga erishish uchun foydali vositadir, ammo fuqarolarning sog'lig'i uchun barcha choralar ko'rilishi kerak.

Turizmni tiklash dasturi orqali bir qancha yangi strategiyalarni shakillantirish va ma'lum bir markazlarda qisqa muddatli masalalar bo'yicha maslahat va treninglar o'tkazish mumkin. Ushbu bosqichda biz ma'suliyatli va barqaror kun tartibini rivojlantirishga harakat qilishimiz kerak. Turizm haqida aniq aytilgan munosib ish bo'yicha va iqtisodiy o'sishga erishish davlatimizning boy madaniy tarixi va ko'plab xududlarini rivojlantirib borishga, xavfsizlikni kuchaytirib borishga olib keladi. Masalan, koronavirus pandemiyasidan so'ng agar biror kishi sayohat qilmoqchi bo'lsa, u yirik shaharlardan uzoqda joylashgan mintaqaga safar qilishni rejalasht iradi. Shunga o'xshash vaziyat boshqa mamlakatlarda ham rivojlanadi. Endi sayohatchilar xavfsizlikka ko'proq e'tibor berishadi.

Scientific Journal Impact Factor

Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, «Hammamizga ayyonki, biron bir davlat yakka holda ushbu pandemiya balosiga qarshi samarali kurash olib bora olmaydi. Biz birdamlik, hamkorlik va o'zaro g'amxo'rlik tamoyillari asosida ish tutishimiz lozim. Biz birgalikda ko'p narsaga qodirmiz» [8]. Albatta bu gapda juda katta ma'no yotadi. Har bir inson o'z ustida ishlab, dunyo tajribalarini tadbiq eta olsa iqtisodiy barqarorlikka ham erishishimiz muqarrar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to'g'risida»gi Farmonida [9] koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag'batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish choralar ko'rib chiqilgan.

Mahalliy darajada yuksalish uchun jamoalarga online ta'limni yo'lga qo'yish, ommalashtirish, turistik yo'nalishlarni va shu mintaqadagi turizm mahsulotlarini o'qitib o'rgatib borishni yo'lga qo'yish bir qancha muammolarning yechimi bo'lishi ham mumkin.

COVID-19 pandemiyasi davrida sayohatchilarga qulaylik yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari hamda internet saytlari orqali mansabdor shaxslar, siyosatchilar, davlat arboblari bilan muloqot qilishni yo'lga qo'yish turizm bilan bog'liq inqiroz payitda faol rol o'ynashi mumkin. Raqamli iqtisodiyotdan foydalanish, inson resurslarini rivojlantirish turizm sohasida alohida ahamiyatga ega bo'ladi ayniqsa pandemiyani yengish davrida. Bunday tashabbuslarni ishlab chiqish aholiga iqtisodiy foyda olishlari uchun imkoniyatlar beradi.

Turizmni tiklash dasturi orqali bir qator yangi strategiyalar ishlab chiqilishi va qisqa muddatli maslahatlashuvlar va belgilangan markazlarda treninglar o'tkazilishi maqsaga muvofiq. Ushbu bosqichda biz mas'uliyatli va barqaror kun tartibini ishlab chiqishga intilishimiz kerak.

Qonunchilikni va institusional asoslarni takomillashtirish, shuningdek, himoya doirasida xalqaro-huquqiy hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha quyidagi asosiy takliflarda umumlashtirilishi mumkin:

Qonunchilik sohasida:

1. Turizmga oid normativ hujjatlar va davlat dasturlariga online turizmga oid o'zgartishlar kiritish lozim.

Institusional darajada:

Scientific Journal Impact Factor

1. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini inobatga olgan holda online turizm bo'yicha eng yaxshi xalqaro amaliyotlar va tajribalar o'rganib chiqish lozim va rivojlantirish lozim.

Turizm borasida saviyani va habardorlikni oshirish sohasida:

1. Turizmga oid elektron ma'lumotlar bazasini yaratish lozim, ushbu baza tegishli xalkaro hujjatlar, mexanizmlar, xalkaro tashkilotlar, tadqiqot markazlari, nashrlar, qonun hujjatlar, tadbirlar loyhalar haqida ma'lumot taqdim etadi va kerakli ma'lumotlar izlash jarayonini osonlashtiradi.

2. Turizm buyicha aholini habardorligini oshirish maksadida ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlarnidan keng foydalanish lozim.

3. «Xalqaro turizm: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlari» o'quv kursini joriy qilish lozim.

Turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida:

1. Universal va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish zarur;

2. Bizning fikrimizcha, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning tegishli davlat organlari bilan hamkorlik memorandumlari tuzishimiz kerak;

Xalqaro darajada, turizmga oid xalqaro-huquqiy asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida:

1. BMT bilan hamkorlik doirasida O'zbekistonning ushbu sohadagi xalqaro tashabbuslarini ilgari surilishini ta'minlash zarur. Masalan, onlayn turizm xaqida BMTning bir qator rezolyusiyalarini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Turizm sohasidagi vaziyat yaxshilanishi mumkin, deb hisoblaymiz. Biz kelajakni rejalashtirishimiz kerak. Turizmni jonlantirish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish borasida bosqichma-bosqich harakat qilishimiz kerak.

XULOSA VA TAKLIFLAR (CONCLUSION/RECOMMENDATIONS).

Karantin chora-tadbirlari to'xtatilgandan keyin turizm industriyasi qayta tiklash jarayonida e'tiborga olinishi kerak bo'lgan tavsiyalar:

- Jamiyatning ichki turizmini keng yo'lga qo'yish va ichki turizm infratuzilmasini ishlab chiqish;

- Gid hamrohligida kichik guruhlarda sayyohlik sayohatlari imkoniyatlarini oshirish;

- Fuqarolarning barcha epidemiyaga qarshi choralarga roya qilishlari uchun ehtiyotkor bo'lishlari tufayli xizmatlar sifatining yuqori standartlariga roya qilish;

- O'z transportida mamlakat ichida sayohat qilishning moslashuvchan tizimini yaratish, mamlakat ichida turistik marshirutlar va buning uchun zarur infratuzilmani tashkil etish;

- Xizmat ko'rsatish tizim sifatini oshirish, shuningdek turistlarning jamiyatga bo'lgan ishonch darajasini oshirish;

Shubhasiz, hech bir davlat pandemiya oqibatlarini samarali bartaraf eta olmaydi. Biz hamjihatlik, hamkorlik va o'zaro g'amxo'rlik tamoyillari asosida harakat qilishimiz kerak. Agar biz birgalikda harakat qilsak, insoniyat ko'p narsalarni qila oladi. Har kim o'z ustida ishlab, jahon tajribasini qo'llasa, yaxshi natija va barqarorlikka erishamiz. Umuman olganda hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirishga kam pul sarflab ko'proq yutuqqa erishish, turizm muzeyi va galereyalarini ochish, ko'plab ish o'rinlarini tashkil qilish, aholini ish bilan ta'minlashga sharoit yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016 y., 49-son, 558-modda. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF-4861 of December 2, 2016 "On measures to ensure the accelerated development of tourism in the Republic of Uzbekistan." Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan, 2016, No. 49, Article 558)

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining turizmni jadal rivojlantirishga qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi,06.01.2019 й., 06/18/5611/2430-сон. (2. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF-5611 of January 5, 2019 "On additional measures for the accelerated development of tourism in the Republic of Uzbekistan." // National Database of Legislation, 06.01.2019, No. 06/18/5611/2430)

3. UNWTO: «Международный туризм может упасть в 2020 году на 60%-80%»// май 05, 2020 // [Эл. ресурс] URL https://zen.yandex.ru/id/ (3. UNWTO: "International tourism can increase by 60% -80% in 2020" // May 05, 2020 // [El. resource] URL https://zen.yandex.ru/id/)

4. O'zbekiston Respublikasi Farmoni «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida»28.05.2020. [Эл. ресурс] URL http://uza.uz/oz/ ( Decree of the Republic of Uzbekistan "On urgent measures to

252

support the tourism sector to reduce the negative impact of the coronavirus pandemic" 28.05.2020. [El. resource] URL http://uza.uz/oz/)

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 30.12.2020. https://review.uz/oz/post/poslanie-prezidenta-uzbekistana-shavkatamirziyoyeva-oliy maj lisu

6. Norcheye A.N. "O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasining turizmga ta'sirini yumshatish yo'llari" "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2020 yil 346-351 Б.

7. А. Очаров, М. Малкина "Влияние экономической нестабильности на развитие европейского туристского рынка" Современная Европа, 2021, № 2, с. 75-88

8. Xalq so'zi, 2020 yil 11 Aprel. // (Xalq So'zi,April 11, 2020) (People's Speech, April 11, 2020. // (People's Word, April 11, 2020))

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to'g'risida»gi 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmon

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.