Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATIDAGI TARIXIY ARXITEKTURA OBIDALARI OB’EKTLARINING TURISTIK MARSHRUTLARI VA INFRATUZILMALARINI ISHLAB CHIQISH.'

BUXORO VILOYATIDAGI TARIXIY ARXITEKTURA OBIDALARI OB’EKTLARINING TURISTIK MARSHRUTLARI VA INFRATUZILMALARINI ISHLAB CHIQISH. Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1607
183
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Turistik hududlar / tarixiy obidalar / diversifikatsiya / Yetti pir ziyoratgohi / milliy iqtisodiyot / meros ob’ektlari. / Tourist areas / historical monuments / diversification / Seven Pir shrines / national economy / heritage sites.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xolmurod Baxshullayevich Sayfiyev, Dilfuza Farxadovna Tosheva

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida mavjud bo‘lgan barcha tarixiy obidalarni o‘rganish, turizmni milliy iqtisodiyotga diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishini ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF TOURIST ROUTES AND INFRASTRUCTURE OF HISTORICAL ARCHITECTURAL MONUMENTS IN BUKHARA REGION

This article examines all the existing historical monuments in Bukhara region, diversifies tourism into the national economy, accelerates regional development, creates new jobs, increases incomes and living standards, increases the country's investment attractiveness as one of the strategic sectors. proposals for the implementation of comprehensive development measures.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATIDAGI TARIXIY ARXITEKTURA OBIDALARI OB’EKTLARINING TURISTIK MARSHRUTLARI VA INFRATUZILMALARINI ISHLAB CHIQISH.»

BUXORO VILOYATIDAGI TARIXIY ARXITEKTURA OBIDALARI OB'EKTLARINING TURISTIK MARSHRUTLARI VA INFRATUZILMALARINI ISHLAB CHIQISH.

Xolmurod Baxshullayevich Sayfiyev Dilfuza Farxadovna Tosheva

Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida mavjud bo'lgan barcha tarixiy obidalarni o'rganish, turizmni milliy iqtisodiyotga diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishini ta'minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha takliflar kiritilgan.

Kalit so'zlar: Turistik hududlar, tarixiy obidalar, diversifikatsiya, Yetti pir ziyoratgohi, milliy iqtisodiyot, meros ob'ektlari.

DEVELOPMENT OF TOURIST ROUTES AND INFRASTRUCTURE OF HISTORICAL ARCHITECTURAL MONUMENTS IN BUKHARA REGION

ABSTRACT

This article examines all the existing historical monuments in Bukhara region, diversifies tourism into the national economy, accelerates regional development, creates new jobs, increases incomes and living standards, increases the country's investment attractiveness as one of the strategic sectors. proposals for the implementation of comprehensive development measures.

Keywords: Tourist areas, historical monuments, diversification, Seven Pir shrines, national economy, heritage sites.

Kirish: Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, betakror tarixiy-madaniy va me'moriy meros ob'ektlari bilan sayyohlarni keng tanishtirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlantirishni ta'minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko'rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari ro'yxatini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida davlat dasturi ishlab chikilganligi (2017 — 2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturi) bu sohani o'rganish ustuvor axamiyatga egadir.

O'zbekistonda xalq xo'jaligini isloh qilishning asoslari iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bog'liq hisoblanadi. Bu

yo'nalishda azaliy rivojlanib kelayotgan xalq xo'jaligi tarmoqlarini jadal yuksaltirish albatta birinchi navbatdagi vazifalardir. Endi jahon integratsiyasida faoliyat ko'rsatayotgan mamlakatimiz xalq xo'jaligi rivojiga dunyoda yangi iqtisodiy istiqbolli, samarali sohalarni kiritish zamon, vaqt talabidir. Bu yangi iqtisodiy tarmoqlardan eng muhimi turizm sohasidir. Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo'lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to'g'ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo'shilish va O'zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirish qiyin kechadi. Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko'plab jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab bera oladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo'lib bu kursni o'qitish, o'rgatish O'zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Tadqiqot usullari: Buxoro — Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo'lib, Buyuk Ipak yo'lidagi eng yirik va mashhur savdo markazlaridan biridir. Shahar umumjahon tamadduni rivojlanishining eng muhim bosqichlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan o'zining ming yillar davomida shakllangan boy va noyob tarixi bilan madaniy-ma'rifiy va ma'naviy-diniy qadriyatlarning rivojlanishiga ulkan hissasini qo'shib kelgani bilan butun dunyoda shuhrat qozongan.

Mustaqil rivojlanish davrida O'zbekistonning butun turizm tarmog'i kabi Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini targ'ib qilish, turizmning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davlatning doimiy diqqat-e'tibori markazida turibdi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm industriyasi va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishda band bo'lgan turistik faoliyat sub'ektlari soni jadal sur'atlarda oshib bormoqda.

Buxoro qadimgi va me'moriy jihatdan beqiyos shaharlardan biridir. 1997-yilda uning 2500 yillik yubileyi nishonlandi.

Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor - «ilmlar markazi» sifatida mashhur bo'lgan. Islomiyat davrida u «Buxoroyi Sharif» deb ulug'langan, «ubbatil islom» unvoni bilan sharaflangan. YuNESKO tomonidan Jahon madaniyat merosi xazinasiga kiritilgan. Buxoro zaminida Abu Nasr ibn Muammad Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdullo Jafar Rudakiy, imom Buxoriy Bahouddin Nashbandiy singari buyuk allomalar, jaxonga mashur ko'plab insonlarga beshik bo'lgan.

Buxoro Markaziy Osiyodagi Buyuk ipak yo'lida joylashgan va jahon madaniyatida, tarixida o'ziga xos qiyofasi, madaniy meros ob'ektlari, arxitektura yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir. Uzoq va buyuk ajdodlarimizning ko'plab avlodlari tomonidan o'ziga xos me'morchilik uslublarida barpo etilgan. Buxoro shaxri millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan ko'proq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambllari Buxoro me'morchilik maktabining mevasidir. Buxoro shahrining me'morchilik tarixi uning g'arb tomonidan sharq tomoniga qarab davom yetadi. Sharq obidalari tarixi g'arbda Ark madaniy meros ob'ekti va Ismoil Somoniy maqbarasidan boshlansa, Poyi Kalon me'moriy ansabli, savdo rastalari - «toq» va «tim» lar, Labi Hovuz arxitekturaviy ansambli va boshqalar orqali borib Chor Minor madrasasiga taqaladi. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari yuz yilliklar, ming yilliklar davomida shakllangan bo'lib, ular yagona rejaviy va ajm-fazoviy kompozitsiya bilan bog'liqdir.

Milodning boshida poydevori o'yilgan Ark qal'asi, IX asrda barpo etilishi boshlangan Somoniylar mabarasi, XII asr va undan keyingi davrda yaratilgan Poyi Kalon, Labi hovuz me'moriy ansambllari va boshqa ko'plab monumental arxitektura mo'jizalari Buxoro arxitektura maktabining mahsuli bo'lib, binokorlik an'analarining yuksak namunasi sifatida umumjahon madaniy merosi deb tan olingan.

Natijalar: Buxoro me'morchilik maktabi XV - XVII asrlarga kelib o'tgan davrning eng ilg'or qurilish madaniyati an'analarini yanada rivojlantirgan. Ijodkor arxitektorlar, bilimdon binokorlar va muhandislar, qo'li gul ustalar tomonidan keng ko'lamdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirilgan. O'sha davrdagi Buxoro me'morchilik maktabi Markaziy Osiyoda yagona yetakchi kuch sifatida boshqa hududlar me'morchilik va binokorlik maktablarini rivojlantirishga ham katta xizmat qilgan. Buxoroning keyingi davr me'morchilik va binokorlik maktabi usta Shirin Murodov singari XX asrning yirik arxitektorlari tomonidan yanada rivojlantirilgan.

Buxoro shahrini tarixiy-me'moriy muzey-qo'riqxona deb e'lon qilinganligi haqiqatda ham bu yerda naqadar muhim arxitekturaviy inshootlar borligidan dalolat beradi. Buxoroda nafaqat qadimiy masjid, madrasa va maqbaralar, balki qadimiy reja asosida barpo etilgan qator turar-joylar va boshqa turdagi inshootlar ham juda ko'pdir.

Buxoro viloyati hududida 660 ta madaniy meros ob'ektlari mavjud bo'lib, ularda 997 ta arxitektura yodgorliklari ro'yxatga olingan. Shu jumladan, Buxoro shahrida 264 ta madaniy meros ob'ektlari mavjud bo'lib, ularning tarkibida 350 dan ortik arxitektura yodgorliklari bor. Yuqorida ko'rsatilgan 264 ob'ektdan 183 tasi jamoat, 81 tasi turar-joy binolaridir. Birgina Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros ob'ektida 30 dan ortik arxitektura yodgorliklari mavjuddir.

Buxoro qit'aning o'rtasida, okeanlardan uzoqlikda, dengiz sirtidan 226 m balandlikda joylashgan. Yog'ingarchilik juda kam bo'ladi. Iqlimi keskin va quruq,

yoz fasli juda issiqdir. Iyul oyining o'rtacha harorati 30°C dan yuqori bo'lsada, yozda haroratning 45°C dan yuqori bo'lgan kunlar ham kam emas.

Natijalar va mulohazalar:

Mamlakatimizda quyidagi turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari o'rganib chiqilgan.

1. Qishloq turizmi

2. Jayloo turizm

3. Gastronomik turizm

4. Festival turizmi

5. Ziyoratchilik turizmi

6. Tibbiyot turizmi

7. Shopping turizm

8. Ekoturizm

Madaniy meros ob'ektlarini, arxitektura yodgorliklarini chuqurroq o'rganish hamda mahalliy me'morchilik va binokorlik maktabi an'analarini davom ettirish maqsadida shu yerning o'zida - Buxoroda oliy ma'lumotli arxitektor kadrlar tayyorlashni ham yo'lga qo'yishga e'tiborni qaratdilar. Shunga ko'ra 2008-yildan boshlab Buxoro texnologiya institutida avvaldan tayyorlanib kelinayotgan binokor muxandislar bilan bir qatorda, arxitektorlarni ham o'qishga qabul qilish yo'lga o'yildi.

Buxoro yuqori shaharsozlik uslublariga ega, me'moriy dekor san'atiga boy, qoshinkorlik ishlari sifatli bajarilgan, ranglari tiniq, ko'rsatkichli arka va sferik gumbazlarining arxitekturaviy shakli va proporsiyalari uyug'unlashgan tarixiy yodgorliklarga serob shahardir. Me'morchilik va binokorlikning noyob ijod masullari (Ark madaniy me'ros ob'ekti, Ismoil Somoniy me'moriy obidasi, Poyi Kalon, Labi hovuz arxitekturaviy ansambllari va boshqalar) ham shu yerdadir. Arxitekturaviy binolar va ansambllarga yagona badiiy ifoda hisoblangan ornamentlar qo'llanilgan; mozaika, mayolika va yo'nilgan pishgan g'isht, turli xil nashqlar Buxoroning arxitektura yodgorliklariga chiroy va go'zallik baxsh yetgan.

2019 yil uchun turizm tarmoqlaridagi bandlik

Yuridik shaxslardagi ishlovchilar soni, Haqiqatda

Turizm tarmoqlari kishi ishlangan ish

Jami Erkaklar Ayollar vaqti, kishi soat

1. Tashrif

buyuruvchilarni

joylashtirish bo'yicha

xizmatlar 54 536 36 178 18 358 92 990 367

2. Umumiy

ovqatlanish 66 646 40 902 25 744 110 249 174

korxonalari

xizmatlari

3. Temir yo'l

yo 'lovchi transporti

xizmatlari 5 273 3 891 1 382 10 605 518

4. Quruqlikdagi

yo 'lovchi transporti

xizmatlari 70 919 66 083 4 836 116 974 245

5. Havo yo'li

yo 'lovchi transporti

xizmatlari 1 040 310 730 1 412 903

6. Transport

vositalarini ijaraga

berish xizmatlari 1 788 1 460 328 2 887 043

7. Turizm agentliklari

xizmatlari va bron

qilish bo'yicha

boshqa xizmatlar 3 192 1 866 1 326 5 223 752

8. Madaniyat

sohasidagi xizmatlar 11 042 5 873 5 169 21 140 898

9. Sport va dam olish

bo'yicha xizmatlari 16 028 11 050 4 978 28 143 138

Jami: 230 464 167 613 62 851 389 627 038

Mamlakatimizda 2019 yil uchun turizm tarmoqlaridagi bandlik darajasining statistika ma'lumotlari tahlili quyidagicha bo'lgan. Turizm tarmoqlari bo'yicha yuridik shaxslardagi ishlovchilar soni tarkibi quyidagicha o'zgargan. Tashrif buyuruvchilarni joylashtirish bo'yicha xizmatlar bo'yicha erkaklar ulushi 66,3% ni, ayollar ulushi 27,5% ni tashkil etgan. Umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari bo'yicha erkaklar ulushi 61,4% dan, ayollar ulushi esa 38,6 % dan iborat bo'lgan. Temir yo'l yo'lovchi transport xizmatlarida erkaklar ulushi 73,8% ni, ayollar ulushi 26,2% ni tashkil etgan. Quruqlikdagi yo'lovchi transporti xizmatlarida erkaklar ulushi 93,2% ni, ayollar ulushi 6,8% ni tashkil etgan. Havo yo'li yo'lovchi transport xizmatlari bo'yicha erkaklar ulushi 29,8% dan, ayollar ulushi esa 70,2 % dan iborat bo'lgan. Transport vositalarini ijaraga berish xizmatlarida erkaklar ulushi 81,6% ni, ayollar ulushi 18,3% ni tashkil etgan. Turizm agentliklari xizmatlari va bron qilish bo'yicha boshqa xizmatlar bo'yicha erkaklar ulushi 58,4% ni,

ayollar ulushi 41,5% ni tashkil etgan. Madaniyat sohasidagi xizmatlar bo'yicha erkaklar ulushi 53,2% ni, ayollar ulushi 46,8% ni tashkil etgan. Sport va dam olish bo'yicha xizmatlari bo'yicha erkaklar ulushi 69,9% ni, ayollar ulushi 31,1% ni tashkil etgan.

Mutaxassislar sayyohlik zamonaviy iqtisodiyotning istiqbolli tarmog'i ekanini ta'kidlaydi. Boshqa sohalar ravnaqi xom ashyo, ishchi kuchi, mablag' va yana ko'plab resurslarni doimiy talab etsa, turizm uchun zamonaviy talablarga mos, bekamu ko'st ishlovchi infratuzilma bo'lishi kifoya: mevali daraxt misoli uzoq yillar naf keltiradi.

Prezidentimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarda ana shu jihatga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Tarmoqni har tomonlama isloh etish bo'yicha qator hujjatlar qabul qilinyapti. Ularga muvofiq, mamlakatimizda sayyohlik sanoati sub'ektlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda, soha ravnaqi yo'lidagi to'siqlar olib tashlanib, chet elliklar uchun viza va ro'yxatdan o'tish tartiblari, bojxona nazorati soddalashtirilyapti. Tarmoqning yangi salohiyatli turlari, xususan, ziyorat turizmini rivojlantirishga e'tibor kuchaymoqda.Jumladan, Prezidentimiz shu yilning 16 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurganida insoniyat tamadduni beshiklaridan bo'lmish ushbu zaminda ne-ne buyuk allomalar, diniy va dunyoviy ilm egalari yashab, ijod qilganini ta'kidlar ekan, ular mangu qo'nim topgan maskanlarni yanada obod etib, bu joylarda ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish borasida mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berdi. Yurtboshimiz Yetti pir — Abduxoliq G'ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me'moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanishini qayd etar ekan, ularning zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinishi O'zbekistonga yangi sayyohlik yo'nalishini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.Manbalarda Yetti piri komil Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan "oltin silsila"ning davomchilari sifatida e'tirof etilgan. Ular ko'ngilni nafsu hirsdan poklash, halol mehnat qilib umr kechirish, Allohni jon-dildan sevish g'oyalarini targ'ib qilgan. Ushbu aziz-avliyolarning asarlari, qilgan ishlari zamonlar osha odamlarni tarbiyalab, ularga dinu diyonat, odob-axloq, ezgu so'z va amaldan saboq berib kelmoqda.Bugungi kunda Yetti pirning muqaddas qadamjolarini yanada obod qilishga qaratilgan ishlar avjida. Ularning maqbaralari qayta ta'mirlanib, atrofi ko'kalamzorlashtirilyapti, viloyatning iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar, noyob gullar o'stirilmoqda. Sayyohlar uchun mazkur hududlarda mehmonxonalar, choyxonalar, savdo majmualari, avtoturargohlar barpo etilyapti. Ziyoratgohlarni o'zaro bog'laydigan yo'llar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma shakllantirilayotir. Muhtasham madaniy ob'ektlar qurilib, transport-logistika, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yaxshilanmoqda. Bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazilsa, Yetti pir qadamjolari ham

shaklan, ham mazmunan kompleks qiyofa kasb etadi va ularni ziyorat qilish ko'hna Buxoroning yangi "tashrif qog'ozi"ga aylanadi.Bugungi kunda Buxorodagi tabarruk majmualarga yurtdoshlarimizdan tashqari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ziyoratchilar kelmoqda. Ular O'rta asrlarda "Qubbat ul-islom" — "Islom dinining gumbazi" deb ta'riflangan bu muborak maskanda bugun ham diniy ta'lim muassasalari qizg'in faoliyat yuritayotgani, musulmon axloqi va madaniyatini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotganidan mamnun.Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy ziyoratgohidan odamlarning qadami uzilmaydi. Yetti pirning eng ulug'i, xojagon tariqatining asoschisi bo'lgan ushbu zot dunyo muslimlari tomonidan Xojai Jahon deb sharaflangan.Abduxoliq G'ijduvoniyga ajdodlarimizning mehr-muhabbati kuchli bo'lgan. Xususan, ma'rifatparvar hukmdor Mirzo Ulug'bek uning sharafiga madrasa, kutubxona va toshhammom qurdirgan. Ushbu maskan, afsuski, mustabid tuzum davrida oyoqosti qilingan. Madrasa kimyoviy o'g'it saqlanadigan omborxonaga, qabr atrofi somon bozoriga aylantirilgan. Istiqlol tufayli bu kabi noxush holatlar barham topdi. Ziyoratgoh obod etildi.Prezidentimizning 2017 yil 1 iyuldagi "Abduxoliq G'ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishi bilan bu boradagi ishlar ko'lami yanada kengaydi. Hozirgi kunda majmua to'liq rekonstruksiya qilinmoqda. Yo'laklarga maxsus toshlar yotqizilib, yon-atrof obodonlashtirilyapti.

Yaqinda Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur "The Independent" gazetasida sayohatchi jurnalist Kler Vutning O'zbekistonga safari haqidagi maqolasi chop etildi. Muallif o'z chiqishida O'zbekistonga tashrif buyurishning sakkizta sababini keltirib o'tadi hamda yurtimizdagi naqshinkor gumbazli obidalar, ularni bezashda ishlatilgan murakkab va nafis sopol koshinlarni har bir inson ko'rishi, ulardan zavqlanishi, hayratlanishi lozimligini ta'kidlaydi.

Kogon tumanida joylashgan Sayyid Amir Kulol maqbarasining mahobatli gumbaziga nazar solgan har kim bu boradagi e'tiroflarning naqadar haqiqat ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Shu bilan birga, bugungi kunda majmuada ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mavjud inshootlar ta'mirlanib, yangi ob'ektlar qurilayotganidan xursand bo'ladi.

— Piri komilning milliy me'morlik an'analari asosida barpo etilgan maqbarasi, masjiddagi yog'och o'ymakorligining noyob usullaridan foydalanib yaratilgan ustun va ravoqlar, eshik-romlarni o'z jozibasini yo'qotmagan holda saqlash, bu yerni doimo saranjom-sarishta saqlash masalasi hamisha e'tiborimizda, — deydi Kogon tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Zubaydullo Shahripov. — Chunki ziyoratchilar, birinchi navbatda, osoyishtalik, poklik, obodlikka qaraydi. Shuning uchun majmuani obodonlashtirish

jarayonida atrofda gulzor va yashil maysazorlar tashkil qilinyapti. Mahalliy daraxtlar bilan birga, chet davlatlardan keltirilgan qimmatbaho ko'chatlar ham ekilmoqda. Bino-inshootlarni qurish va ta'mirlashda milliylik hamda zamonaviylikning uyg'unlashuviga e'tibor qaratilmoqda.

Tumandagi yana bir nurafshon go'sha — Qasri Orifon qishlog'idagi Hazrat Bahouddin ziyoratgohidir. Buxoro xalqaro aeroportidan ushbu qishloq tomon borarkansiz, Prezidentimiz topshirig'i bilan o'rnatilgan "Xush kelibsiz, Bahouddin Naqshband yurtiga! Wellcome to the homeland of Bahauddin Naqshband!" deb yozib qo'yilgan bannerga ko'zingiz tushib, ko'nglingiz yanada ravshan tortadi. Bunday bannerlar, qadamjo va uning sohibi haqidagi ma'lumotlar, manzilni to'g'ri topib borishga yordam beruvchi belgilar ziyoratchilar uchun ayni muddao.

Mamlakatimizda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan:

1.Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo'lgan shaxslar to'g'risida ma'lumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo'yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish,

2.Pillachilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasi, Qishloq xo'jaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi 2021 yil 1 avgustga qadar qadimiy ipak qog'ozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qog'ozini ishlab chiqarish bo'yicha "Ipakchilik shaharchasi" turistik majmuasini tashkil etishni ta'minlash.

3.O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko'lamda ommalashtirish va targ'ib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda "Imom Buxoriy" ziyorat turizmi yo'ldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish kabi takliflar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasida turizm rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari

O'lchov birligi 2019y.

YaIM mlrd.so'm 510 117,2

YaLPI QO'ShILGAN QIYMAT mlrd.so'm 464 854,5

Turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan mlrd.so'm 24 742,7

qiymat

Turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaIM sidagi ulushi % 4,9

To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat mlrd.so'm 13 571,9

To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaIMdagi ulushi % 2,7

To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot mlrd.so'm 14 104,1

To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning mamlakat YaIMdagi ulushi % 2,8

To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaQQ sidagi ulushi % 2,9

Iqtisodiyot bo'yicha jami ichki taklif (ishlab chiqarish) mlrd.so'm 1 170 265,8

Turizm tarmoqlarining ichki taklifi (ishlab chiqarish) mlrd.so'm 43 297,0

Mamlakat ichidagi turizmga oid iste'mol mlrd.so'm 33 906,8

Mamlakat ichidagi turizmga oid iste'molning mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining ichki taklifidagi ulushi % 2,9

Kirishga oid turizm iste'moli mlrd.so'm 11 639,3

O'zbekiston Respublikasida turizm rivojlanishining asosiy

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ko'rsatkichlari 2019 yil holatiga quyidagicha o'zgargan. Yalpi ichki mahsulot hajmi 510 117,2 mlrd so'mga, yalpi qo'shilgan qiymat esa 464 854,5 mlrd.so'mga teng bo'lgan. Turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat 24 742,7 mlrd.so'mni, turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaIM sidagi ulushi esa 4,9% ni tashkil etgan. To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat esa 13

571,9 mlrd.so'mni, to'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaIMdagi ulushi 2,7% dan iborat bo'lgan. To'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi 14 104,1 mlrd.so'mni, to'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning mamlakat YaIMdagi ulushi esa 2,8% ni, to'g'ridan-to'g'ri turizmda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning mamlakat YaQQ sidagi ulushi esa tashkil etgan.

Mamlakatimizda iqtisodiyot bo'yicha jami ichki taklif (ishlab chiqarish) hajmi 1170265,8 mlrd.so'mni, turizm tarmoqlarining ichki taklifi (ishlab chiqarish) hajmi esa 43297 mlrd.so'mni, mamlakat ichidagi turizmga oid iste'mol hajmi 33906,8 mlrd.so'mdan iborat bo'lgan. Mamlakat

ichidagi turizmga oid iste'molning mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining ichki taklifidagi ulushi 2,9% ga teng bo'lgan. Kirishga oid turizm

iste'moli 11 639,3 mlrd.so'mga teng bo'lgan.

Mamlakatimizda yuqoridagi tahlillarni ko'rib chiqib shuni ta'kidlash mumkinki, diniy turizmni diversifikatsiya qilish (xilma xilligi) ni oshirish ziyorat turizmini rivojlantirishda alohida rol o'ynaydi. Diniy turizm, ya'ni odamlarning ma'naviy ehtiyoji ham mehmonlar soni ortishiga xizmat qiladi.

Musulmon mamlakatlar aholisining ortib borishi va hamda rivojlangan mamlakatlardagi musulmonlar diasporasi ko'payayotgani ushbu omilga e'tibor qaratish zarurligini anglatadi.

Shu munosabat bilan Britaniya musulmonlari Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga yangi va to'g'ridan-to'g'ri reyslar borligini eshitib xursandligini bekitmaydi. Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston turizmning ushbu sohasiga individual yondashuvdan foyda ko'rishi aniq. Odatiy bo'lmagan joylarni ziyorat qilish va o'sha yerlardagi sarguzashtlar sayyohliq qadamjolarini ziyorat qilishday muhimdir. Ehtimol, odamlar ko'proq adrenalin va noodatiy hissiyotlarni tuyishga intilgani uchun ham ushbu trend qiziqarli bo'lib tuyulayotgandir. Ziyorat turizmi haqidagi bir necha tashabbuslar bu haqida bosh qotirilayotganini ko'rsatmoqda. Shu munosabat bilan "Ziyorat turizmi bo'yicha Buxoro Deklaratsiyasi" birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida qabul qilindi, 2019 yil 22 fevral, juma (1440 hijriy 17 Jumodus-soni) Buxoro shahri,O'zbekiston Respublikasi.

"Tashkent Law Spring" Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan O'zbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Buxoro shahri bo'ylab madaniy dastur ishlab chiqildi.

200 AQSh dollari miqdorida qo'shimcha to'lov evaziga ishtirokchilar Buxoro shahriga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Turistik paket narxiga Toshkent-Buxoro va orqaga qaytish uchun temir o'l transporti chiptalari, temir yo'l vokzalidan mehmonxonaga va memonxonadan temir yo'l vokzaliga, mehmonxonada bir kun qolish, nonushta, 2 marta tushlik va 1 marta kechki ovqat konsert dasturi bilan, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.

Xulosa: Yuqorida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan biz quyidagicha xulosaga keldik. Biz bu jarayonda quyidagicha takliflarni kiritmoqchimiz.

1.Buxoro viloyatidagi "Yetti pir ziyoratgohlari" mashrut tizimi infratuzilmasini tubdan yangilash

2. Ziyoratgohlarga olib boradigan yo'llar ta'mir talabligi tufayli, yo'llarni rekonstruksiya qilish tartibini ishlab chiqish

3. Mamlakatimizda hali o'rganilmagan, tahlil qilinmagan avliyo-anbiyolar haqidagi manbalarni aniqlash va ziyorat turizmiga doir yangiliklar kiritish

4. Ayni bir mintaqaga xos bo'lgan ayollar ziyoratgohlarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlarni o'tkazish va turistik ob'ektlar ro'yxatiga kiritish.

5. Mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida ayollar maqbara va madrasalarini tubdan rekonstruksiya qilish hamda jahon turizm standartlariga moslashlashtirish.

6. Ziyorat turizmiga doir turistik ob'ektlarga soliq va bojxona imtiyozlari berish.

7. Bepul simsiz Internet tizimiga (Wi-Fi) ulanish imkoniyatlarini yaratib bergan tadbirkorlarga QQS summasini kamaytirish imkoni berish.

8. Ziyorat turizmiga doir vertual sayohat tizimini takomillashtirish

REFERENCES

1. "Turizm to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi "Moddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi"da Pq-4068-sonli qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6165 -son Farmoni

5. _O'zbekiston Respublikasi Davlat standarti O'ZDST_3220_2017" turistik xizmatlar. Turar joy inshootlari. Umumiy talablar".

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.