Научная статья на тему 'TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI'

TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3383
379
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / milliy iqtisodiyot / ijtmoiy-iqtisodiy rivojlanish / turizmning ta’siri / bevosita ta’sir / bilvosita ta’sir. / tourism / national economy / socio-economic development / the impact of tourism / direct impact / indirect impact.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Tashmatov, Sharaf Urokboyevich

Maqolada turizmning mamlakat ijtimiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri va uni baholashning dolzarb muammolari ko’rib chiqilgan, turizmning mamlakat iqtisodiyotiga bevosita va bilvosita ta’siri o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF TOURISM IN THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE COUNTRY

The article examines the impact of tourism on the socio-economic development of the country and topical problems of its assessment, studies the direct and indirect impact of tourism on the country’s economy.

Текст научной работы на тему «TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Tashmatov Sharaf Urokboyevich Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'qituvchisi sh.tashmatov@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada turizmning mamlakat ijtimiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri va uni baholashning dolzarb muammolari ko'rib chiqilgan, turizmning mamlakat iqtisodiyotiga bevosita va bilvosita ta 'siri o'rganilgan.

Kalit so'zlar: turizm, milliy iqtisodiyot, ijtmoiy-iqtisodiy rivojlanish, turizmning ta 'siri, bevosita ta 'sir, bilvosita ta 'sir.

Abstract: The article examines the impact of tourism on the socio-economic development of the country and topical problems of its assessment, studies the direct and indirect impact of tourism on the country's economy.

Keywords: tourism, national economy, socio-economic development, the impact of tourism, direct impact, indirect impact.

Аннотация: В статье рассматривается влияние туризма на социально-экономическое развитие страны и актуальные проблемы его оценки, прямое и косвенное влияние туризма на экономику страны.

Ключевые слова: туризм, национальная экономика, социально-экономическое развитие, влияние туризма, прямое воздействие, косвенное воздействие.

Turizm iqtisodiyotning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Global muammolar ham, terroristik tahdidlar ham turizm uchun to'siq bo'la olmaydi. Chunki u allaqachon inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bo'lgan. Butunjahon turizm tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda dunyo bo'ylab xalqaro turistik tashriflar soni 1 miliyard 460 milionni tashkil etgan bo'lsa, xalqaro turizmdan olingan daromadlar 1 trilion 481 miliyard AQSh dollaridan oshib ketdi. Ushbu sohasida band bo'lganlar 330 milion kishiga yetdi. 2009 va 2019 yillar oralig'ida xalqaro turizmdan keladigan daromad 54%ga o'sdi. Bu esa, jahon yalpi milliy mahsulotidagi o'sishdan (44%) ko'p demakdir[6].

Ko'plab davlatlar, ular qatorida O'zbekiston ham turizm sohasini milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida tan olgan. Chunki turizm YaIMning o'sishiga, valyuta tushumlari va investisiyalar hajmining

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ortishiga, sanoat, savdo va ijtimoiy infratuzulma rivojlanishiga yordam beradi. Bugungi dunyoda turizm iqtisodiyotning sohasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Turizm sohasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri bo'yicha ko'plab olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Masalan, A.M.Gudratli turizmning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini ijobiy baholab, turizm sohasi milliy daromadni ko'paytirish; yangi ish o'rinlarini yaratish; turistik xizmatlarni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan barcha tarmoqlarni rivojlantirish; turistik markazlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzulmasini rivojlantirish; xalq hunarmandchiligi va madaniyat markazlari faoliyatini faollashtirish; aholi turmush darajasi oshishini ta'minlash; valyuta tushumlarini ko'paytirishga yordam berishini ta'kidlaydi[1]. A.V.Strelnikov esa, ushbu tarmoqda bitta yangi ish o'rnini yaratish sanoat tarmog'iga nisbatan 20 barobar arzonroqqa tushishini aniqlagan[2].

Yu.V. Bogdanovning fikricha, 30 ta turist bevosita bitta yoki bilvosita ikkita yangi ish o'rnini yaratadi[3]. Tadqiqotchi Z.M. Muxammedovaning ta'kidlashicha, O'zbekistonda turizmdan keladigan daromadlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushi loaqal 5 foizga yetkazilsa, bu tarmoqda band bo'lgan aholi soni 2433 kishini tashkil etadi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi esa 392,1 ming so'mga oshadi[4].

P. Vukadinovich turizmning nafaqat ijobiy, balki salbiy ijtimoiy-iqtisodiy samaralari ham borligini ta'kidlab, turizmning quyidagi salbiy ta'sirlarini ajratib ko'rsatadi: turizmga iqtisodiy bog'liqlik; mahalliy aholi uchun kundalik tovar va xizmatlarning qimmatlashishi; turizm bozorida transmilliy kompaniyalarning ustunligi; ishga oid sikllarning sezuvchanligi va ishga oid munosabatlarning o'zgarishi; milliy an'analar va qadriyatlarga putr yetishi va boshqalar[5].

Ushbu tadqiqotda turizm sohasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri miqdoriy asoslash maqsadida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) hamda Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari va Jahon banki hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) statistik hisobotlari ma'lumotlaridan foydalanildi.

2019 yil yakuniga ko'ra turizm sohasi yoqilg'i va kimyo sanoatidan so'ng dunyoning uchinchi eng yirik eksport tarmog'iga aylandi. Ushbu sohadagi eksport hajmi 1,7 trilion AQSh dollariga yetdi. Turizmga to'g'ri keladigan kunlik eksport hajmi 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi[6].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Butunjahon sayohat va turizm kengashi ma'lumotlariga ko'ra turizmning jahon YaIMdagi ulushi 10,3%ni, yillik o'sish sur'ati 3,5%ni tashkil etdi. Ushbu sohadagi o'sish sur'ati ketma-ket to'qqiz yildan buyon jahon YaIM o'sish sur'atidan yuroqi bo'lmoqda[7].

Turizm yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha ham dunyo iqtisodiyotining muhim lokomotivi bo'lib turibdi. Dunyo bo'yicha oxirgi besh yilda yaratilgan yangi ish o'rinlarining to'rtdan bir qismi ham aynan turizm sohasiga tegishli. Bu yangi texnologiyalarning jalb qilinishi bilan personalning qisqarishiga olib kelmaydigan iqtisodiyotning kam sonli tarmoqlaridan biridir.

Bizning fikrimizcha, turizm sohasi COVID-19dan keyingi davrda ham yangi ish o'rinlarini yaratish orqali hamda tashrif buyuruvchilarning turistik manzillarga qaytishi hisobiga jahon iqtisodiyotini tiklashda hal qiluvchi soha bo'lib maydonga chiqadi.

Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 2019 yilda turizmning YaIMdagi ulushi 3,4%ni, yillik o'sish sur'ati esa 12,3%ni tashkil etdi. Turizm sohasida band bo'lganlar soni 601,7 ming kishiga teng bo'lib, ular umumiy bandlarning 4,6%ni tashkil etdi. Turizm xizmatlari eksportining mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 21,1%ga teng bo'ldi.

Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi metodologiyasiga ko'ra, turizm mamlakat iqtisodiyotiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, milliy iqtisodiyot tarkibidagi to'laqonli tarmoq sifatida ham gavdalanadi.

Turistik safarlar turistlar tomonidan muayyan tovar va xizmatlarga talabni taqozo qiladi hamda ushbu tovar va xizmatlarning ko'proq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Natijada, mamlakat YaIM hajmi ortadi. Shuningdek, turizm soha rivojlanish bo'yicha unga yaqin bo'lgan tarmoqlardan ham ko'proq qo'shilgan qiymatni yaratadi.

Mamlakat xalqaro turizm bozori jarayonlarida ishtiroki orqali valyuta kirib kelishini ta'minlaydi hamda to'lov balansi holatining yaxshilanishiga olib keladi. Daromadlarning xalqaro turizm tomonidan generatsiyasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga kiritiladigan investisiyalarga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu esa, multiplikativ samara orqali iqtisodiy o'sish va rivojlanishga olib keladi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni rivojlantirishdan tashqari, mamlakat infratuzilmasi va transport, aloqa liniyalari, savdo aloqalari va boshqalarni takomillashtiradi, bu esa oxir-oqibat iqtisodiy tizimni qayta tuzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, turizm turistik manzillarda turistlarning turli tovar va xizmatlarga talabi sababli turizm bozoriga

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

bilvosita xizmat ko'satuvchi sohalardagi ishlab chiqarishni to'g'ridan-to'g'ri rag'batlantiradi hamda yangi tarmoq va faoliyat shakllarini yaratish orqali mamlakatning iqtisodiy tarkibini diversifikatsiyalaydi.Turizm sohasida va uni bilvosita qo'llab-quvvatlovchi sohalarda yangi ish o'rinlari vujudga keladi va ular mamlakatdagi ishsizlik darajasini kamaytiradi. Turizm bozor aloqalarini rivojlantiradi va turizmga aloqador turli mahalliy korxonalar o'rtasida, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat yuritayotgan firmalar o'rtasida hamkorlikni o'rnatadi. Ko'pincha bunday hamkorlik iqtisodiy klasterlarning paydo bo'lishiga olib keladi.

Turistik faoliyatdan olinadigan soliqlar turli darajadagi byudjetlarga tushadi va bu turizmning iqtisodiyotga ko'p darajali ta'siridan dalolat beradi.

Xulosa qilib aytganda, turizm malakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini yanada oshirish maqsadida turizm salohiyatidan foydalanishning kompleks, o'zaro bog'langan mexanizmlarini shakllantirish talab etiladi.

Yuqorida fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni berishni lozim topdik:

1. Davlat turizm sohasini iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan holda uning rivojlanishi va barqaror amal qilishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishi lozim.

2. O'zbekistonning turizm uchun jozibador mamlakat sifatida qiyofasini shakllantirishga hamda xalqaro darajada milliy turmahsulotlarni targ'ib qilishga yanada kuchliroq e'tibor qaratilishi kerak.

3. COVID-19 pandimiyasi sharoitida milliy turistik korxonalar har tomonlama qo'llab-quvvatlashi lozim.

1. Гудратли А. М. Влияние туризма на национальную экономику //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. -

2. Стрельников А. В. Организационно-экономический механизм обеспечения конкурентоспособности образовательных услуг вузов, занимающихся подготовкой кадров для сервиса и туризма //М.: ГБОУ ВПО «Тверской государственный университет. - 2012. - С. 3.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

С. 50-53.

Scientific Journal Impact Factor

3. Богданов Ю.В. Богданов Ю. В. Развитие индустрии туризма как фактор социально-экономического роста региона: дис. - СПб.: [Балт. междунар. ин-т туризма], 2004. - С. 4.

4. Мухаммедова З.М. Туризмни инновацион ривожлантиришда инвестицион ресурслар иктисодий самарадорлигини ошириш. PhD илмий даражасини олиш учун диссертацияси. Самарканд 2020. - 13 б.

5. Vukadinovic P., Damnjanovic A., Jovanovic Z. Position of tourism in global economy and its impact on GDP, employment and investments //Vojno delo. - 2017. - Т. 69. - №. 4. - С. 263-278.

6. International Tourism Highlights 2020 Edition.

7. Global Economic Impact & Trends 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.