TURIZM SOHASIDA KLASTERLARNING SAMARASI VA AHAMIYATI
Elyor Bozarov Lola Babayeva
Qarshi davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Dunyo miqyosida sohalarga tadbiq etilayotgan o'zgarish va innovatsion yondashuvlar har qachongidan samaraliroq natijani ko'rsatmoqda. Turizm sohasiga klaster tushunchasining kiritilishi ijtimoiy va moddiy jihatdan ijobiy o'zgarishlar olib kiradi.
Kalit so'zlar: islohotlar, klaster, turistik hudud, to'siq, mintaqa.
TURIZM SOHASIDA KLASTERLARNING SAMARASI VA AHAMIYATI
ABSTRACT
Changes and innovative approaches to industries around the world are showing more effective results than ever before. The introduction of the concept of cluster in the field of tourism will bring positive social and material changes.
Keywords: reforms, cluster, tourist area, barrier, region.
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz turli sohalarini rivojlantirish borasida barqaror o'sish suratlariga erishayotganimiz takidlab o'tishimiz lozim. Dunyo bo'ylab tezkor yangilanish davri kechayotganligini hizobga oladigan bo'lsak, mamlakatimizda ham shunga mos ravishda izchil islohotlar kuzatilmoqda. Mana shunday yangi tizimlardan biri bu - klasterlashtirish tizimidir.
Mamlakatimizda ancha yillar muqaddam tanlangan iqtisodiyotni isloh qilish, davlat, mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishda milliy mahsulot turlarini ko'paytirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, xususan, har bir hudud uchun rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari aniqlanib, tarmoqlar bilan uzviy bog'langan holda dasturlar ishlab chiqilgan edi, hozirda ushbu islohotlarga yangicha yondashishni davrning o'zi talab qilmoqda. Hammamizga malumki, klaster tizimlarini rivojlantirish va uni rag'batlantirish asosida mamlakatimiz mintaqalarini iqtisodiy rivojlanish, biznes va ishbilarmonlik faolligi va tashabbusi, shuningdek biznes va ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi kuchlarning birgalikdagi say-harakatlarini o'z ichiga oladi. Xususan, iqtisodiyotda ahamiyati tobora ortib borayotgan turizm sohasida klasterlarni yaratish va rivojlantirishda ishbilarmonlar va hukumatning ahamiyati turlichadir, lekin ular bir-birini to'ldirib boradi. Klasterlarni rivojlantirish yo'llaridan biri, turli darajadagi mamuriy tuzilmalarning iqtisodiy va ijtimoiy dasturlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda bu jarayon respublikamizning, ayniqsa, erkin turistik hududlarida kuzatilmoqda. Mintaqalarni rivojlantirishning bu kabi iqtisodiy strategiyasi hududning madaniytarixiy yodgorliklariga zarar yetkazmaydigan turizm sanoati va mehmondo'stlik korxonalaridan iborat kichik va o'rta korxonalar birlashuvi uning rivojlanishining belgilariga aylanishi mumkin.
Turizm sohasini rivojlantirishda bugungi kunda bir qator omillar yechimini kutayotgan bo'lib, bu omillarni yechimida klaster imkoniyatlaridan foydalanish zamon talabi hisoblanmoqda.
Turizm rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan omillar sifatida quyidagilar qayd
etildi:
-turizm infratuzilmasining talab darajasida emasligi; -ichki tashuvlarda transport xarajatlarining yuqoriligi;
-sayyohlarni joylashtirish vositalari, joylari va dam olish maskanlari yetishmasligi; -ko'plab turistik obyektlar holarininh qoniqarsizligi;
-turizm infratuzilmasining barcha sektorlarida xizmat ko'rsatishning sifati xalqaro talablardan past darajada ekanligi;
-mamlakatning deyarli barcha avtomagistrallarida sifatli yo'llar infratuzilmasining yo'qligi;
-hududlarimizda va xorijda sayyohlik imkoniyatlarimiz haqida ma limotlarning yetarli emasligi.
Turizm rivojlanishidagi mavjud kamchiliklarning tahlili tadqiqotlarimiz ko'rsatishicha, turizm milliy iqtisodiyotning yuqori daromad keltiradigan, aholi turmush darajasini yaxshilovchi, fuqarolarning sog'lig'ini mustahkamlovchi, qariya va yoshlarning dam olishlari bo'yicha ehtiyojlarni qondiruvchitarmoq sifatida ichki turizmning rivojlanishi bo'yicha birinchi navbatda ko'rib chiqiladigan chora-tadbirlar belgilab olish kerakligi malum bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasining barcha mintaqasi katta turistik salohiyatiga ega, lekin undan faol foydalanish darajasi, aytish mumkinki, ko'p hollarda, mintaqaviy turizmning innovatsion rivojlanish darajasiga bog'liq bo'lmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning o'z lavozimlariga kirishganlarining ilk kunlaridayoq turizm tarmog'i mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishiga ayalanishi kerakligi xususida gapirib o'tgan edilar. Yurtimizda Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi "Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PF-2661-sonli Farmoni turizmni yanada faolligini oshirish borasidagi dasturul-amal bo'ldi. Turizmni innovatsion rivojlantirish - tarmoq rivojlanishida yangiliklari bilan farqlanadigan va ijobiy burilish yasovchi tizimli tadbirlaridanligi hisobga olinadigan boFsa, turizmda innovatsiyalar o'ziga xos yondoshuvni ishlab chiqishni, yangi resurslar izlab toppish bilan bir vaqtda mavjud resurslardan foydalanishning yangi yo'llarini izlab topishni taqozo etmoqda.
Turizm sohasida innovatsion faoliyat yangi mahsulot yaratish yoki mavjud mahsulotni almashtirish, transport, mehmonxona va boshqa xizmatlarni takomillashtirish, yangi bozorlarni o'zlashtirish, yetakchi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni va tashkiliy-boshqaruv faoliyatning zamonaviy shakllarini joriy etishga yo'naltirilgan. Bizning mamlakatimizda keying yillarda malum bir muallifning ishlari turizm sohasidagi innovatsion yangilanish yo'llariga bag'ishlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish" deb nomlangan 3-bo'limining 6-bandida ham turizm sohasiga alohida e'tibor qaratilganini aytib o'tishimiz zarur. Unda jumladan, -Turizm sohasini rivojlantirish;
-Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish;
-Turizm sohasida viza, litsenziya berish va ryxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
-Xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-Yangi turizm yo'nalishlarini yaratish turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish haqida takidlab o'tilgan.
Shuningdek, Prezident tomonidan 6.04.2021 yildagi «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmon imzolanib, bu hujjatga muvofiq quyidagilar tashkil etildi:
- Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi
negizida Turizm va sport vazirligi;
- Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining tegishli hududiy bo'linmalari negizida Turizm va sport vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo'limlari;
- Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda O'zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari. Tashkil etilgan vazirlik:
- turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hamda Turizm va sport vazirligi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
- o'z vakolatlari doirasida umummajburiy bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli hisoblanadi.
Albatta, turizmda klasterlar - hamkorlikda faoliyat yuritadigan firmalarning oddiy birlashuviga qaraganda juda murakkab tuzilma bo'lib, u chuqur texnologik hamkorlikni qamraboladi. Korxonalar nafaqat klaster doirasida birlashadilar, balki muayyan sohalarda ham bir-birlari bilan raqobatlashishda davom etadilar. Bular mahsulot ishlab chiqarishning barcha omillari samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan doimiy mahsulot va texnologik innovatsiyalarning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, innovatsiyalarning tez va keng miqyosda tarqalishini taminlaydi. Shunday qilib, turistik klaster-turistik xizmatlariste'molchilarining ruhiy va hissiy kechin malari uchun sharoit yaratish va faoliyati shaharning mahalliy va xalqaro turistik bozorlarining raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan yirik shaharlar iqtisodiyotining turli tarmoqlari hududiy va o'zaro bog'langan tadbirkorlik tuzilmalarining majmuidir. Har qanday hududiy darajada klasterlarni shakllantirish zarurligining asosiy barcha ierarxiya darajalarda mamlakat, mintaqa, shahar, tarmoq va tadbirkorlik tuzilmalarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Turistik klaster tushunchasining mohiyatini aniqlashda albatta ushbu holatlarni hisobga olish kerak. Bundan tashqari, shuni ham nazarda tutish joizki, turizm raqobatbardoshligi darajasi mijoz-turistlarning mamnuniyatlik darajasiga bog'liq. Bunda zamonaviy turistik mahsulot deganda nafaqat turistik xizmatlar (joylashtirish, ekskursiya qilish, ovqatlanish), balki iste'molchilarning ruhiy, hissiy zavq olishlari, turistga o'rganilmagan muhitda suvga tushish orqali noodatiy sharoitlarda bo'lish tajribasi ham tushuniladi.
Xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik tuzilmalari - mehmonxonalar uchun mebel va inventarlarni, restoranlar uchun mahsulotlar va uskunalar, transport tashkilotlari uchun turli texnikalarni va boshqalarni yetkazib beruvchilar, shuningdek turistik mahsulotlarni sotish va rag'batlantirishga mas'ul bo'lgan ayrim korxonalarga nisbatan hududiy farqlanish mavjud. Ishonch bilan aytish mumkinki, katta shaharlarda turizm tarmog'i o'zida tashabbuskor klasterni ifodalaydi. Amaliyotning ko'rsatishicha, iqtisodiy klaster malum bir hududda biror-bir faoliyat turning tarixiy rivojlanishi natijasida tabiiy ravishda yoki biror-bir maqsad yo'lida - shunday klasterni yaratish bo'yicha say-harakatlar natijasida shakllanadi. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, klaster shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalar o'zaro munosabatlarining iqtisodiy va ijtimoiy maqbulligini tadqiq etish dolzarbligini belgilab beradi. Shu bois, turizmni hududiy tashkil etishni o'rganish
bo'yicha ulardan foydalanish maqsadida klasterli-mantiqiy-tuzilmaviy modellarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslarga ehtiyoj sezilib qolmoqda.
REFERENCES
1. SH.M.Mirziyoyev "Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi PF-2661-sonli Farmoni, 2016 yil 2 dekabr.
2. SH.M.Mirziyoyev «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni, 2021 yil 6 aprel.
3. Gazeta.uz
4. Lex.uz
5. uzbektourism.uz