Научная статья на тему 'XALQARO MEHMONDO’STLIK SANOATI TAJRIBASINI O’ZBEKISTONDA QO’LLASH'

XALQARO MEHMONDO’STLIK SANOATI TAJRIBASINI O’ZBEKISTONDA QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
1072
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
xalqaro mehmonxonalar / mehmonxona zanjiri / PEST tahlili / xorij tajribasi / turizm / turist. / international hotels / hotel chain / PEST analysis / foreign experience / tourism / tourists.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Nigora Shaymanova

Ushbu maqolada O’zbekistonda mehmonxona biznesi va mazkur sohaga oid xorij tajribasidan foydalangan holda, mehmonxona biznesini takomillashtirish va rivojlantirish, O’zbekistonda mehmonxona va mehmonxona zanjirlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF INTERNATIONAL HOSPITALITY EXPERIENCE IN UZBEKISTAN

This article presents proposals and recommendations for the improvement and development of the hotel business in Uzbekistan, using foreign experience in this field, the development of hotels and hotel chains in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «XALQARO MEHMONDO’STLIK SANOATI TAJRIBASINI O’ZBEKISTONDA QO’LLASH»

XALQARO MEHMONDO'STLIK SANOATI TAJRIBASINI O'ZBEKISTONDA

QO'LLASH

Nigora Shaymanova

QarshiDU, Turizm yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda mehmonxona biznesi va mazkur sohaga oid xorij tajribasidan foydalangan holda, mehmonxona biznesini takomillashtirish va rivojlantirish, O'zbekistonda mehmonxona va mehmonxona zanjirlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro mehmonxonalar, mehmonxona zanjiri, PEST tahlili, xorij tajribasi, turizm, turist.

APPLICATION OF INTERNATIONAL HOSPITALITY EXPERIENCE IN

UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article presents proposals and recommendations for the improvement and development of the hotel business in Uzbekistan, using foreign experience in this field, the development of hotels and hotel chains in Uzbekistan.

Keywords: international hotels, hotel chain, PEST analysis, foreign experience, tourism, tourists.

Kirish: O'zbekiston o'zining ajoyib tabiati, tarixiy shaharlari, mehmondo'stligi, milliy taomlari bilan dunyoga tanilmoqda va sayyohlar oqimini ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Sayyohlar oqimining ko'payishi O'zbekistonda mehmonxona biznesini rivojiga hissa qo'shadi. Mehmonxona biznesi turizm bilan bevosita bog'liqdir. Turizm daromadli va yuqori rentabelli sanoat bo'lib, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda, tashqi savdo balansini oshirishda, aholini ish bilan ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mehmonxona biznesi - bu mehmondo'stlik tamoyiliga asoslangan har xil turdagi mehmonlarga xizmat ko'rsatadigan biznes tarmog'i. Mehmonxona biznesining rivojlanishi bevosita boshqa sohalarning rivojlanishiga sabab bo'ladi, misol uchun transport, savdo, qurilish, qishloq xo'jaligi, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish sohasi kabilar [1-7].

Xalqaro mehmonxona zanjirlarining roli shubhasiz, turizm uchun, shuningdek boshqa tarmoqlar va umuman iqtisodiyot uchun juda muhim. Mehmonxona sanoati dunyodagi eng yirik iqtisodiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro mehmonxona

biznesini iqtisodiy tahlil qilish uchun uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi [8-12].

Mehmonxona sanoatining mamlakat iqtisodiga ta'sirini turistlarning mehmonxona xizmatlarini sotib olishga sarflashi natijasida ko'rib chiqish mumkin. Mamlakatda chet ellik turistlar tomonidan qilinadigan xarajatlar mehmonxona komponentlari xarajatini oshiradi.

O'zbekistonda xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan sanoqli mehmonxonalar mavjud. Jahon mehmonxona sohasi talablariga javob berish uchun mehmonxonada barcha jihozlar, kommunal xizmatlardan to hodimlargacha barchasi mukammal darajada bo'lishi talab etiladi. Xalqaro amaliyotda mehmonxonalar uchta xizmat darajasiga bo'linadi: jahon standarti, o'rta daraja va cheklangan xizmatlar.

1. Jahon darajasida xizmat ko'rsatish. Xalqaro standartlarga muvofiq, mehmonxonalar jamiyat elitasiga - yuqori martabali siyosatchilarga, jahonga mashhur fan va madaniyat vakillariga, yirik korxonalar rahbarlariga va boshqa boy mijozlarga xizmat ko'rsatadi. Ushbu mehmonxonalarga tegishli moddiy baza va yuqori malakali xizmat ko'rsatish xodimlari tayyorlanishi kerak. Mehmonxona xonalarida mehmonlar jahon standartlari bo'yicha 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarga mos keladigan barcha shart sharoitlarni ko'rishi mumkin. Binoning ichki qismi hashamatli bezatiladi [13-19]. Mehmonlarga bir nechta restoran, bar va kafelar xizmat ko'rsatadi. Xalqaro darajadagi mehmonxonalar har bir mehmonga alohida e'tibor beradi va juda ko'p xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni o'z ichiga oladi. Bu turli xil xizmatlarni taqdim etish va mehmonlarning talablariga tezda javob berish imkonini beradi.

2. O'rtacha xizmat darajasi. Mazkur darajaga ega mehmonxonalar mehmonxona xizmatlari iste'molchilarining eng katta segmentini qamrab oladi. Mehmonxonada taqdim etiladigan xizmatlar darajasi oddiy, ammo yetarli darajada. Qo'shimcha xizmatlar deyarli taqdim etilmaydi [20-25]. Ushbu mehmonxonalarda restoran, kafe, mehmonxonada istiqomat qiluvchi va boshqa mehmonlarni qabul qiluvchi dam olish xonalari mavjud. Odatda bunday mehmonxonalarda tadbirkorlar, sayohatchilar va oilaviy sayohat qiluvchilar yashaydi. Ushbu darajadagi mehmonxonalar muntazam mijozlar, guruhlar va oilalar uchun chegirmalar tizimiga ega. Shuningdek, talabalar, shahar aholisi, katta mehmon guruhlari va boshqalar uchun chegirmalar taqdim etiladi.

3. Cheklangan xizmat. Cheklangan xizmatlar to'plami bo'lgan mehmonxonalar mehmonxona korxonalari bozorining tez o'sib borayotgan segmentidir. Ushbu mehmonxonalarda asosiy e'tibor mehmonlarga toza, qulay, ammo arzon xonalarni taqdim etish va eng zarur ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Bunday mehmonxonalardan boy bo'lmagan sayohatchilar foydalanishadi. Bular bolalar, turistik guruhlar, ta'tilda bo'lgan odamlar, nafaqaxo'rlar, kichik biznesmenlar va boshqalar bo'lishi mumkin.

G'arb davlatlari brendlariga tegishli tarmoq mehmonxonalar o'z mijozlariga yaxshi ma'lum bo'lgan, yillar davomida ishlab chiqilgan xizmat ko'rsatish standartlarini qo'llaydi. Rossiya, Hindiston, Ispaniya yoki Buyuk Britaniyada mehmonxona qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, uning mehmonlari har doim o'z talablariga javob beradigan xizmatni tanlaydi.

Jahon sayyohlik tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra dunyoda 16 mln mehmonxona mavjud va ularning 20% mehmonxona zanjirlaridir. Mehmonxona zanjirlari hali ham uzoq tarixga ega bo'lgan mehmonxona sohasi uchun yangilik hisoblanadi. Birinchi mehmonxona zanjirlari XX asrning 30-yillari oxirida AQShda paydo bo'lgan. O'shandan beri ma'lum bir mehmonxonalar tarmog'iga tegishli mehmonxonalar soni bo'yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. AQShdagi mehmononalarning taxminan 70%i mehmonxonalar tarmog'iga tegishli hisoblanadi. Ular qatoriga JW Marriot, Hilton, Sheraton, Intercontinental kabi yirik mehmonxona zanjirlarini kiritishimiz mumkin [2630]. Hozirgi paytda mehmonxona zanjirlari xizmatlar bozorida mustahkam o'rnashib olgan. Dunyodagi yirik shaharlarda mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar doimiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Zanjir mehmonxonalar Mehmonxonalar soni Davlatlarda Tashkil topgan yili Kim tomonidan

Wyndham Worldwide 8,092 66 1981(America) Trammel Crow

Choice Hotels 6429 1939(America)

Mariott International 5974 110 1927(America) John Willard Mariott

InterContinental Hotels Group 5070

Hilton Worldwide 4922 104 1919(America) Conrad Hilton

AccorHotels 4200

Best Western International 4196 1946(America) M.K.Guertin

Manba: WorldAtlas

Milliy mehmonxona zanjirlari borligi bo'yicha mamlakatlar orasida AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Gongkong, Fransiya, Singapur yetakchilik qiladi. Ushbu tajriba O'zbekistonning mehmonxona xizmatlari bozoriga ham kirib kelmoqda.

Mehmonxona nomi Joylashgan joyi Xonalar soni

Asia Samarqand shahri 85

Farg'ona

Xiva

Toshkent

Nukus

Ayni paytda O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida xalqaro mehmonxonalar tarmog'iga tegishli mehmonxonalar faoliyat ko'rsatmoqda va kelgusida ham Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg'ona shaharlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro brend mehmonxonalar Xonalar soni Holati

Wyndham Tashkent 206 Faoliyat yuritadi

Ramada Tashkent 206 Faoliyat yuritadi

Hyatt Regency Tashkent 300 Faoliyat yuritadi

Radisson Blu 111 Faoliyat yuritadi

Hilton Tashkent 250 Faoliyat yuritadi

Radisson Park Inn 300 2021

Novotel 95 2022

Holiday Inn 272 2022

Manba: www.horwathhtl.com

Turizmni rivojlantirish bo'yicha O'zbekistonda bir qator qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, "2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi" ishlab chiqildi. Konsepsiyaga muvofiq:

• turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

• turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me'yor va standartlarni implementatsiya qilish;

• turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;

• transport logistikasini rivojlantirish;

• ichki va tashqi yo'nalishlarni kengaytirish;

• transport xizmatlari sifatini oshirish;

• turizm bozorining turli segmentlariga yo'naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish;

• Respublika ichida turizm xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni qondirishga yo'naltirilgan turizm faoliyati sub'ektlarining faolligini rag'batlantirishni ta'minlovchi ichki turizmni rivojlantirish;

• O'zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ'ib qilish;

• mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;

• turizm tarmog'i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

O'zbekistonda turizmni iqtisodiyotning strategik sohalaridan biriga aylantirish bo'yicha qilingan ishlar turli reyting va nominatsiyalarda ham o'z aksini topdi. Xususan, so'nggi yillarda O'zbekiston "The guardian" nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi sayyohlik yo'nalishi, "Wanderlust" nazdida eng tez rivojlanayotgan davlat, "grandvoyage" hisob-kitobiga ko'ra eng yaxshi rivojlanayotgan o'lka deb topildi. Undan tashqari BMT huzuridagi Jahon turizm tashkiloti O'zbekistonni turizm sohasida shiddat bilan rivojlanayotgan davlatlar ro'yxatida 4-o'rin bilan baholadi.

Tahlil va natijalar:Xalqaro tajriba tahlili shuni ko'rsatadiki, mehmonxonalar zanjirda birlashtirilganda, bitta xonaning rentabelligi mustaqil mehmonxonalarga qaraganda 7 baravar yuqori bo'ladi. Bu zanjirlar so'nggi yillarda ko'plab mintaqalarda bandlik darajasi doimiy ravishda pasayib borayotgan taqdirda ham rivojlanishda davom etmoqda. Ishbilarmon sayohat qiluvchilarning % qismi va dam oluvchilarning 2/3 qismi brendga qarab mehmonxonani tanlaydi. Xalqaro tajriba mehmonxonalarning xalqaro tarmog'ini shakllantirish uchun eng muhim yagona mehmonxona standartlarini aniqlashga imkon beradi:

- moliyaviy standartlar

- operatsion standartlar

- xodimlarni boshqarish standartlari

- sotish va marketing standartlari

- ob'ekt talablari standartlari

Xalqaro mehmonxona zanjirlari, chet elda joylashgan korxonalar, ko'pincha innovatsion, yangi va ilg'or texnologiyalardan foydalangan holda, milliy kompaniyalardan ustunligini namoyish etadi. Ikkinchisi boshqaruv va tadbirkorlik tajribasini, raqobatbardoshligini oshiradi. Tailand va Tunis kabi mamlakatlar mehmondo'stlik sohasidagi xalqaro tajribalardan foydalanishmoqda, mahalliy mehmondo'stlik korxonallarida daromadlar o'sib bormoqda. Xalqaro mehmonxona biznesining rivojlanishi, albatta, milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Xalqaro mehmonxonalar tarmog'i esa, milliy iqtisodiyotga ikki barobar iqtisodiy ta'sir ko'rsatadi.

Mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va takomillashtirish orqali iste'molchi talablarini qondirish, sifat darajasining ko'tarilishi va xizmat ko'rsatuvchilar malakasining oshishiga sabab bo'ladi. Jahonda turizm salohiyati imkoniyatlaridan to'liq foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bular turizm sohasini rivojlantirishni ta'minlash, turistik xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, mehmonxona xo'jaliklarida ko'rsatiladigan xizmatlarning xalqaro andozalarga mos

turlarini takomillashtirish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotning o'sishida turizm ulushini muntazam oshirib borishini ta'minlaydi.

Mehmonxona biznesini rivojlantirishda ham iqtisodchilar bir qancha analizlarni taklif qilishadi. SWOT tahlili, PEST tahlili va x.k lar. O'zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun yordam beradigan usullardan biri PEST tahlilidan foydalanish mumkin. Ma'lumki PEST quyidagi inglizcha so'zlardan tashkil topgan:

1. Political - siyosiy

2. Economic - iqtisodiy

3. Social - ijtimoiy

4. Technological - texnologik

Siyosiy omillar biznes yuritishda ahamiyatli hisoblanadi. Mehmonxona biznesini rivojlantirish strategiyasini tuzish uchun quyidagi siyosiy omillarga e'tibor berish kerak bo'ladi:

- mamlakatdagi siyosiy vaziyat;

- biznes va sanoatga davlat ta'sirining darajasi;

- sanoatda korrupsiya darajasi;

- ma'muriy to'siqlarning mavjudligi;

- so'ngi 5 yil ichida eng katta siyosiy o'zgarishlar;

- tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab qo'vvatlanishi. Iqtisodiy omillar ham sohani rivojlantirish uchun ta'sir ko'rsatadi:

- mamlakat iqtisodiyoti va sohasining o'sish sur'atlari;

- kredit uchun foiz stavkalari;

- valyuta kursi;

- inflyatsiya darajasi va aholining real daromadlari;

- investitsiya va soliqlar;

- keying 5 yil ichida iqtisodiyotdagi eng katta o'zgarishlar.

Ijtimoiy- demografik omillar. Biznesni rivojlantirish strategiyasida ijtimoiy omilni ham o'rganib chiqish kerak bo'ladi:

- aholi soni;

- aholini dam olishga bo'lgan darajasi;

- madaniy muhit, qadriyatlar.

Texnoligik omillar. Ilmiy va texnologik yutuqlar har qanday biznesni rivojlanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Texnologik omillarni tahlil qilish quyidagi komponentlarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

- texnologiyalarni bozor rivojlanishiga qo' shgan hissasi;

- yangi axborot texnologiyalari; avtomatlashtirish, muayyan tartib-qoidalar, yoki ish joylarini robotlashtirish imkoniyatlari;

- internet va mobil qurilmalardan foydalanish, va rivojlantirish;

- mehmonxona tomonidan ishlatiladigan yangi uskunalar standartlari;

Albatta, O'zbekistonda mehmonxonalar faoliyati nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorga ham qaratilgan. Shu sababli, sohani rivojlantirish uchun yuqorida aytib o'tilgan omillarni va shu bilan birga biznesni rivojiga hissa qo'shadigan va ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarni tanlab, ularni tahlil qilish talab etiladi. Shubhasiz, nehmonxona biznesining to'liq strategiyasini ishlab chiqish uchun birgina tahlil yetarli bo'lmaydi. PEST tahlili bilan birga, SWOT tahlili ham o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, SWOT analizi orqali mehmonxona biznesidagi kuchli va zaif tomonlari, tahdidlar va mavjud imkoniyatlar hisobga olinib ish olib borilsa,yuqorida aytib o'tilgan xalqaro tajribalardan foydalanilsa O'zbekistonda mehmonxona biznesi eng gullab yashnagan va daromadli soha bo'ladi deb o'ylayman.

REFERENCES

[1] Хорст Шульце, Ritz-Carlton: правила бизнеса от основателя сети отелей высшего класса. Учебник. Перевод А.Р.Тихомирова, ООО «Издательство АСТ» 2019 г.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[2] Amriddinova R.S. «Mehmonxona servis xizmati» (Ma'ruza matni). SamlSI, 2008 й.

[3] Балашова Е. «Гостиничний бизнес» М.2005г.

[4] G'Ulomxasanov, E., & Rahmatova, N. (2021). QASHQADARYO TURIZMIDA SHAHRISABZ SHAHRINING TUTGAN O'RNI. Scientific progress, 2(5), 483-487.

[5] Гуломхасанов, Э. М., Каримов, К., & Лазизова, М. (2021). РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ НА ТЕРРИТОРИИ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ ПОСЛЕ КРИЗИСА COVID-19. Scientific progress, 2(5), 474-478.

[6] G'Ulomxasanov, E., Abdullayev, N., & Jurayev, S. (2021). TURIZMNI TRANSPORT VOSITALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH. Scientific progress, 2(5), 479-482.

[7] Sabirjonovna, M. M. Ethics of Population Using Restaurants and Bars in the Development of Tourism (Based on Sociological Research). JournalNX, 156-159.

[8] Yagyaeva, E. B. (2021). Tourism resources as a condition for the tourism development. Middle European Scientific Bulletin, 12, 323-327.

[9] Yagyaeva, E., & Zokirov, A. (2019). THE ROLE OF A TEACHER IN TEACHING-LEARNING PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(3), 276-278.

[10] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).

[11] Ягъяева, Э. Б. (2018). Коммуникативная компетенция как ключевой фактор становления специалиста. Вопросы науки и образования, (5 (17)).

[12] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).

[13] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[14] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[5] Bahtiyarovna, Y. E. (2018). Some methodology for keenness of teachers of English. Вопросы науки и образования, (5 (17)).

[6] Numonjonovna, E. N., & Abdullaevich, M. H. (2017). Paralinguistic features in written speech. Проблемы педагогики, (6 (29)).

[17] Numonjohnovna, E. N., Ugli, B. B. B., & Ilmiddinovich, K. S. (2019). Problems in developing speaking skills of students of technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

[18] Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Ugli, B. B. B. (2019). Paralinguistic features of the written language: problems of classification. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

[19] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.

[20] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.

[21] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.

[22] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.

[23] Gulomzhohnovna, N. N., Bakhtiyarovna, Y. E., & Sobirzhonovna, M. M. (2019). Preparing guide-translators in the sphere of tour industry. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[24] Gulomjonovna, N. N., Khabibullaevna, M. B., Sobirjonovna, M. M., Djakhonobodkhonovna, K. G., & Bakhtiyarovna, Y. E. (2020). Gardens created by Kokand Khanates. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(7), 80848089.

[25] Madrakhimova, M. S. (2021). Customer-oriented approach as a development strategy of a tourism enterprise. Middle European Scientific Bulletin, 12, 311-314.

[26] Gulomxasanov, E., Amirova, F. S. Q., & Amirov, A. S. O. G. L. (2021). IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(6), 171-174.

1. Ziyonet.uz

2. hozir.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.