Научная статья на тему 'TURIZMNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI'

TURIZMNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
527
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sayyoh / mehmonxona / motel / muzey / kemping / turistik ob’ektlar / havo yo’llari / temir yo’l / avtomobil transportlari / ovqatlanish va savdo shahobchalari / turoperator. / Tourist / hotel / motel / museum / camping / tourist facilities / airlines / railways / road transport / catering and trade outlets / tour operator.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — E. B. Bozarov, Maqsudjon Tursunov

Ushbu maqolada turizm sohasi iqtisodiyotning rivojlanishiga katta xizmat qilishi va turizm sohasini rivojlantirish kerakligi to’g’risida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF TOURISM IN THE ECONOMY

This article discusses the role of tourism in economic development and the need to develop tourism.

Текст научной работы на тему «TURIZMNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI»

TURIZMNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O'RNI

E. B. Bozarov

Maqsudjon Tursunov

Qarshi davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada turizm sohasi iqtisodiyotning rivojlanishiga katta xizmat qilishi va turizm sohasini rivojlantirish kerakligi to'g'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Sayyoh, mehmonxona, motel, muzey, kemping, turistik ob'ektlar, havo yo'llari, temir yo'l, avtomobil transportlari, ovqatlanish va savdo shahobchalari, turoperator.

This article discusses the role of tourism in economic development and the need to develop tourism.

Keywords: Tourist, hotel, motel, museum, camping, tourist facilities, airlines, railways, road transport, catering and trade outlets, tour operator.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining O'RQ-549-sonli qarorida "Turizm tog'risida" qonun ishlab chiqilgan. Bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan va senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma'qullangan.

ASOSIY QISM

Turizm boshqa sohalarga nisbatan tez taraqqiy etadigan tarmoqdir, chunki bu soha mamlakatimiz uchun unchalik katta investisiyani talab qilmasdan rivojlanishi mumkin bo'lgan sohadir. Boshqa sohalar, jumladan havo, temiryo'l, avtomobil transporti, ovqatlanish va savdo shahobchalari, mehmonxonalar rivoj topsa o'sha joyda turistik ob'ektlar mavjud bo'lsa bemalol turizmni rivojlantirish mumkin. Turizm sohasidagi mutaxassislarning fikricha, u XXI asrda dunyo miqyosida eng ustuvor foyda keltiruvchi sohaga aylanadi. Hozir u dunyo bo'yicha avtomobilsozlik va neftni qayta ishlash sohasidan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bu soha dunyo sanoati va qishloq xo'jaligidan o'zib ketdi. Turizmning tez rivojlanishiga yana bir sabab, u yuqori darajadagi katta ilmiy tadqiqot xarajatini (нaукoёмкий) va quvvatni ko'p sarf qiladigan (энeргoёмкий) texnologiyani talab qilmaydi. Biroq, turizm boshqa sohalarni rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu tufayli ushbu soha bilan ko'pgina xizmat ko'rsatuvchi sohalar bir-biri bilan uzviy bog'liq ravishda rivoj topmog'i lozim. Turizmning yuqori daromad keltiruvchi soha

THE ROLE OF TOURISM IN THE ECONOMY

ABSTRACT

KIRISH

64

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

bo'lganligi tufayli ko'pgina davlatlar va tadbirkorlar uning rivojlanishi uchun katta e'tibor bermoqdalar. Ular yangidan yangi mehmonxonalarni qurmoqda, eskilarini qayta ta'mirlanmoqda, asosiy maqsad esa ularni ham jahon standartlari talablariga moslashtirirish. Bunga birgina Samarqand shahrida qurilgan o'nlab shaxsiy mehmonxonalarni misol keltirish mumkin. Ular hech kimning ta'ziqi yoki ko'rsatmasisiz o'z tashabbuslari bilan qurilgan ob'ektlardir. Maqsadi shu sohani rivojlantirib katta foyda olish. Bu esa o'z navbatida, turizmni rivojlantirish uchun eng muhim omillardan biridir. Bugungi globallashuv jarayonida qariyb barcha mamlakatlar iqtisodiy faoliyatida turizm sektori yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Mazkur sohaning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta'siri nafaqat valyuta tushumi, ish o'rnini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, balki ajdodlardan meros qolgan madaniyat va qadriyatlarning saqlashining bosh omilidir.

Dunyo bo'yicha 2014-yilda sayohat va turizm 7,6 trillion AQSH dollari, ya'ni umumiy YalMning 10 %i va 277 million ish o'rni (har 11dan 1 kishi turizm sohasida ishlaydi) ga teng bo'ldi. Yaqin yillarda turizm dunyo miqyosida avtomobil sanoati, moliyaviy xizmatlar va sog'liqni saqlashga qaraganda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. O'tgan yil ham bundan mustasno bo'lmadi. Xalqaro turistlar tashrifi 1,14 mlrdga teng bo'ldi va bu ko'rsatkichning 46 %i rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.

O'zbekiston ham iqtisodiy o'sishda davom etdi. Ma'lumki, O'zbekiston turizm sanoatida katta imkoniyatga ega davlatdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 4000 dan ortiq tarixiy obidalar va muzeylarimizda 2 mlndan ziyod qadimiy eksponatlar saqlanayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Shuningdek, Respublika bo'yicha jami 550 ta sayyohlik kompaniyasi turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Mintaqamizdagi tarixiy ofryektlar, arxitektura va shaharsozlik obidalarining aksariyatini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo'nalishi bo'yicha sayyohlarga xizmat ko'rsatilmoqda. Bu yo'nalishlarning 65 tasi tarixiy madaniy meros ofryektlari, 30 tasi tabiiy rekreatsion, 15 tasi sog'lomlashtirish turizm elementlarini o'z ichiga olgan ekologik yo'nalishlardir. Hozirda yurtimizda 50 mingdan ziyod o'ringa ega bo'lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglarda sayyohlarga xalqaro standartlar bo'yicha xizmat ko'rsatilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiy hayotida turizm sanoatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, yuqori valyuta tushumini taminlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak boladi. Bu yerda ular ovqatlanadilar, turli tomoshalarga kiradilar va ularda qatnashadilar. Ko'p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo'lsa, valyuta tushumining ko'payishini taminlaydi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma'naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e'tibor berib, ma'lum imtiyozlar ham belgilaydi. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist bo lganliklari uchun foydalanadilar. Bu ham turizmning o'ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy

ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan o'tishda, soliq to'lashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarida, havo va temir yo'l transportlariga chiptalar olishda, ularni rasmiylashtirishlarda namoyon bo'ladi. Turizmning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bo'lib, ular ish bilan ta'minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo'ladilar va ularning turli an'ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati ega bo'ladilar, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo'ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o'zlarining an'ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va umtilganlarini tiklaydilar, mehmon kutishning jozibador an'analarini tiklash bilan birga mehmondorchilik odoblarini takomillashtirib boradilar. Oxir oqibatda mahalliy aholining dunyoqarashi, madaniy saviyasi ham muttasil o' sib boradi.

Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan, u turizmni rivojlantirish evaziga o'z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko'payishini ta'minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlashga harakat qiladi, xalqlararo aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko'payadi va boshqalar. Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- ish o'rinlarini yaralishi;

- daromadni ko'payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi;

- urbanizatsiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;

- ijtimoiy va madaniy jarayonlarining tezlashishi;

- mahalliy madaniyat o'choqlarining yaralishi, xalq ijodiyoti, an'analari, rusumlarini rivojlanishi;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;

- mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

- tabiiy komplekslarning kengayishi;

- mintaqa jozibadorligini oshishi;

- mahalliy madaniy hayotni jonlanishi;

O'zbekistonda turizmning rivojlanish holatlarini tahlil qilar ekanmiz, yurtimizda turizm sohasiga bo'lgan e'tibor oshganini va tashrif buyuruvchilar salmog'i ko'payganini kuzatishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonning xalqaro turizm bozorida o'z o'rnini egallayotganligidan dalolatdir. O'zbekistonning 70% hududlarini cho'l va adir mintaqasi egallaydi. Bu mintaqada hozircha 55 ta turistik resurs ro'yhatga olingan. Bu resurslar 14 ta alohida - alohida mavzularda ekanligi bepayon cho'l tabiati cho'l hududlari xalqi hayoti, cho'l hududlarining o'simliklar olami va hayvonot dunyosidan mahalliy turizm va xalqaro turizmni rivojlantirishda foydalanilsa turistlar oqimini yanada oshirish imkoniyati yuzaga keltiradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Iqtisodiyot rivojlanmay turib turizm sohasini rivojlantirib bo'lmaydi. Shunday ekan, O'zbekiston hududida ham boshqa davlatlar qatori turizm sohasini rivojlantirish imkoniyati juda keng.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirzayev M. A., Aliyeva M. T. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011.

2. Файзиева С. X. Основние направления развития туризма в Узбекистане. // Экономический вестник Узбекистана. № 3-4, 2004.

3. Ж. К. Бектурдиев. — Молодой ученый. — 2016.

4. Esh^v A.A., Nоrchaеv A.N., Ruziеv S.S. O,zbеkiston Rеspublikasida turizm xizmati va sеrvis sоhasini rivоjlantirish yollari. T.: TDIU, 2007.

5. Manba: "Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari, Samarqand-2014

6. www.moluch.ru.

7. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.