Научная статья на тему 'TURIZM — MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG‘I'

TURIZM — MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG‘I Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1132
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Turizm / iqtisodiyot / qaror / farmon / rivojlanish / infratuzilma / Tourism / economy / decision / decree / development / infrastructure

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Erkin G’ulomxasanov, Bobur Ruziyev, Madina Lazizova, Baxodir Ochildiyev

Ushbu maqolada turizm sohasiga strategic sector maqomi berilganligining mazmun va mohiyati haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOURISM IS A STRATEGIC SECTOR OF THE COUNTRY'S ECONOMY

This article discusses the content and significance of granting strategic sector status to tourism.

Текст научной работы на тему «TURIZM — MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG‘I»

TURIZM — MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG'I

Ushbu maqolada turizm sohasiga strategic sector maqomi berilganligining mazmun va mohiyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Turizm, iqtisodiyot, qaror, farmon, rivojlanish, infratuzilma

TOURISM IS A STRATEGIC SECTOR OF THE COUNTRY'S ECONOMY

This article discusses the content and significance of granting strategic sector status to tourism.

Keywords: Tourism, economy, decision, decree, development, infrastructure

Bugungi kunda turizm dunyo iqtisodiyotida oz o'rniga ega boTgan tarmoqlardan biriga aylandi. Avvallari turizmga aholining sayohat qilishi va dam olishini ta'minlovchi oddiy infratuzilma sifatida qaralgan boTsa, ayni paytda u mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog'i sifatida shakllanib, rivojlanishiga katta e'tibor berilmoqda. Turizm inson hayoti va faoliyatining ko'p sohalarini qamrab oladi. Turizm ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos katalizatori sifatida transport va aloqa, savdo, qurilish, qishloq xojligi, xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa shu kabi muhim sektorlarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri - turizm industriyasidir. Turizm - bu ishbilarmonlik sohasining muhim xususiyatlaridan biri bo'lib xorijiy turistlar doimiy oqimini jalb qiladi.

Keyingi yillarda O'zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish, shu jumladan, imkon qadar qulaylik yaratish, tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va jahon bozorida milliy turistik mahsulotni faol tanitib borish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tizimli ishlar turistlar oqimini oshirish, infratuzilmani modernizatsiyalash, viza rejimini erkinlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishishga muvaffaq bo'lindi. Masalan, eng liberal viza rejimlari reytingida 2019 yilda O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o'rinni egalladi.

Erkin G'ulomxasanov

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Mamlakatimiz turistik salohiyatini oshirishga befarq bo'lmagan aholining oilaviy mehmon uylarini, turistlar uchun kamida besh xil xizmat ko'rsatish turlarini tashkil etganda "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" yoki "Turizm ovuli" maqomini berishga oid yangiliklar kiritilmoqda. Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo'shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga "Turizm sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonini ta'sis etish taklifining qo'llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning ham O'zbekistonning ulkan turistik imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo'lishi shubhasiz.

Mamlakat ulkan turistik salohiyatga ega bo'lishiga qaramay, turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo'shayotgan hissasi, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta'minlash jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan orqada qolmoqda, deyiladi farmonga berilgan rasmiy sharhda.

Farmonda turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga o'tishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish bo'yicha misli ko'rilmagan chora-tadbirlar nazarda tutiladi, quyidagi asosiy maqsadli vazifalar va ustuvor yo'nalishlar belgilanadi:

• turizm industriyasi sub'ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishdagi barcha to'siq va g'ovlarga barham berish, viza va ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish;

• turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog'lig'i xavfsizligini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• turizmning yangi salohiyatli turlari — ziyorat qilish, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog'lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy turizmni jadal rivojlantirish;

• turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko'rsatishning ilg'or jahon sifat standartlarini joriy etish;

• respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob'ektlari, eng avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;

• raqobatbardosh turizm mahsulotlarini ishlab chiqish, mintaqalarda yangi turizm yo'nalishlarini yaratish, ularni jahon turizm bozorlariga olib chiqish;

• turizm tarmog'i uchun malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish.

Har qanday sharoitda, xususan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol o'ynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmog'ining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi [1-8]. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta'minlash manbai; bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi; qurilish (mehmonxonalar, kempinglar, motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yo'l vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat ko'rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg'i quyish stantsiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yo'lga qo'yadi, viza tizimini soddalashtiradi, turistik mahsulotlar va an'anaviy tovarlarni ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.

O'zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm mintaqalariga bo'linishi xususida to'xtalib o'tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda respublikada to'rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo'lib, ular Farg'ona, Samarqand - Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg'ona turizm mintaqasi Farg'ona vodiysini o'z ichiga qamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalari va 10 me'morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an'anaviy xalq hunarmandchiligi va san'ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo'llarning keng tarmog'ining mavjudligi ham Farg'ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi [9-18]. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm mintaqasidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o'simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo'lishiga sabab bo'ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo'llari tarmog'i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog'laydi hamda shahar atrofidagi temir yo'l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. SamarqandBuxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o'z ichiga qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me'morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi [19-35]. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o'tuvchi temir yo'l va keng tarmoqdagi shosse yo'llari, Zarafshon tog'

tizmasi orqali o'tgan unchalik baland bo'lmagan davonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun nihoyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qa'la qo'riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo'q nihoyatda boy tarixiy - me'morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko'rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo'lib, ular Jizzax, QarshiTermiz va O'rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.

Ma'lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha bo'lgan mahsulot va xizmatlarning ma'lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga o'z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo'l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to'qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko'rsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo'lgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an'anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat ko'rsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida o'z ifodasini topgan

Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo'shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga "Turizm sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonini ta'sis etish taklifining qo'llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning ham O'zbekistonning ulkan turistik imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo'lishi shubhasiz.

Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo'shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga "Turizm sohasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonini ta'sis etish taklifining qo'llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning ham O'zbekistonning ulkan turistik imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo'ladi. Qisqacha qilib aytganda, turizm - iqtisodiyotning strategik sohasi sifatida qarar ekanmiz, hududlar iqtisodiyotining, qolaversa, ular bilan birga mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda turizmga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsak, yaratilayotgan dasturlar va konsepsiya doirasida ishlar ketma-ketligini sifat va muddat doirasida bajarsak, albatta kozlangan maqsadga erishamiz.

REFERENCES

[1] G'Ulomxasanov E., Ruziyev B., Akramov S. TURIZMDA DESTINATSIYA //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 143-150.

[2] Djuraevna R. M. et al. Development Prospects for Digital Economy Development in Uzbekistan //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - С. 58-64

[3] Yakubova Shamshinur Shukhratovna. "Innovative Approaches for Modeling the Impact of Monetary Policy on Economic Development." Academic Journal of Digital Economics and Stability (2021): 311-318.

[4] Gulomkasanov E., Shukurova M., Elmurodov B. THE ROLE OF GUIDES IN THE DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM IN UZBEKISTAN //36ipHrn наукових праць SCIENTIA. - 2021.

[5] Gulomkhasanov E., Uktamova U., Akramov S. DEVELOPMENT OF ECOTURISM IN UZBEKISTAN //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 8. - С. 614-617.

[6] Муродов, М. М., Юсупова, Н. Ф., Сидиков, А. С., Турабджанова, С. И., Турдибаева, Н., & Сиддиков, М. А. OBTAINING A PAC FROM THE CELLULOSE OF PLANTS OF SUNFLOWER, SAFFLOWER AND WASTE FROM THE TEXTILE INDUSTRY.

[7] Адинаев, Х. А., Шамадинова, Н. Э., Атакузиев, Т. А., & Юсупова, Н. Ф. (2019). Опытно-производственные испытания по получению и изучению свойств активированного мономинерального белитового цемента. Химическая промышленность, 96(1), 26-29.

[8] Yusupova, N. F., Urozov, M. K., & Ergashev, S. T. (2021). STUDYING THE INFLUENCE OF TIME, TEMPERATURE, CONCENTRATION ON THE QUALITY INDICATORS OF CELLULOSE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(10), 204-208.

[9] Турсунов, Н. К., & Тоиров, О. Т. (2021). Снижение дефектности рам по трещинам за счёт применения конструкции литниковой системы.

[10] Тоиров, О. Т., Турсунов, Н. К., Кучкоров, Л. А., & Рахимов, У. Т. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРИЧИН ОБРАЗОВАНИЯ ТРЕЩИНЫ В ОДНОЙ ИЗ ПОЛОВИН СТЕКЛОФОРМЫ ПОСЛЕ ЕЁ ОКОНЧАТЕЛЬНОГО ИЗГОТОВЛЕНИЯ. Scientific progress, 2(2), 1485-1487.

[11] Тен, Э. Б., & Тоиров, О. Т. (2021). Оптимизация литниковой системы для отливки. Литейное производство, (10), 17-19.

[12] Кучкоров, Л. А. У., Турсунов, Н. К., & Тоиров, О. Т. У. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ СТЕРЖНЕВЫХ СМЕСЕЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ГАЗОПРОНИЦАЕМОСТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 831-836.

[13] Тоиров, О. Т., Кучкоров, Л. А., & Валиева, Д. Ш. (2021). ВЛИЯНИЕ РЕЖИМА ТЕРМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ НА МИКРОСТРУКТУРУ СТАЛИ ГАДФИЛЬДА. Scientific progress, 2(2), 1202-1205.

[14] Турсунов, Н. К., Тоиров, О. Т., Железняков, А. А., & Комиссаров, В. В. (2021). Снижение дефектности крупных литых деталей подвижного состава железнодорожного транспорта за счет выполнения мощных упрочняющих рёбер.

[15] Kadirov, A. M. (2018). The role of labor resources in ensuring the economic sustainability of oil and gas industry companies in Uzbekistan. Экономика и предпринимательство, (11), 398-402.

[16] Kadirov, A. (2018). INTERNAL FACTORS AFFECTING THE ECONOMIC SUSTAINABILITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES. SCIENTIFIC RESEARCHES FOR DEVELOPMENT FUTURE, 47.

[17] Nizamova, R. (2021). The role of communicative competence in teaching foreign languages in ESP classes. Middle European Scientific Bulletin, 72, 307-310.

[18] Rano, N. (2021). Use of Internet Resources in Teaching a Foreign Language. Бюллетень науки и практики, 7(4), 444-449.

[19] Artikova, R. M., Zakirova, M. R., & Yusupova, N. F. (2021). Molecular-genetic identification and taxonomic relationships of fungi belonging to fungi imperfecti. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 591-596.

[20] Туракулова, Ф. А., & Хушназарова, М. Ш. К. (2015). Биологические и социальные факторы развития ребенка. Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования, (2 (7)).

[21] Туракулова, Ф. А., & Махмудова, О. Ю. (2014). Технология организации и проведения внеклассных мероприятий в период педагогической практики. Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования, (2 (5)).

[22] ТУРАКУЛОВА, Ф. А., ИСАКОВА, А. М., & ИСОМИТДИНОВ, С. С. (2014). ИГРЫ И РАЗМИНКИ ДЛЯ ПЕДАГОГОВ ВУЗА ПРИ ОБУЧЕНИИ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕАУДИТОРНОЕ ВРЕМЯ. In Будущее науки-2014 (pp. 105-112).

[23] Туракулова, Ф. А., Шерматова, Х. К., & Джурабаева, Д. Ш. (2014). Интерактивные методы обучения как основа модернизации сферы образования. Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования, (2 (5)).

[24] Turakulova, F. A., Tolqinjon, M., & Muxammadali, N. (2021). NORBOTABIY MADRASAH. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(06), 306-309.

[25] Туракулова, Ф. А., & Кудратова, Ш. К. (2014). Социальный статус семьи.

In Исследование инновационного потенциала общества и формирование направлений его стратегического развития (pp. 215-216).

[26] Туракулова, Ф. А. (2016). ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ НАУКИ. Ученый XXI века, 59.

[27] РАЖАБАЛИЕВА, Г. М., & ТУРАКУЛОВА, Ф. А. (2015). СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ И ФУНКЦИИ СОВРЕМЕННОЙ СЕМЬИ. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 311-313).

[28] Туракулова, Ф. А. (2016). PRIORITY DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL SCIENCE. Учёный XXI века, (10 (23)), 58-59.

[29] Туракулова, Ф. А. (2018). МЕЖНАЦИОНАЛЬНОЕ СПОКОЙСТВИЕ И ГАРМОНИЯ В ПРОСТОРНОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 36-39.

[30] Juraboevich, B. N. (2021). Products in Manufacturing Enterprises the Essence of Quality Management. International Journal of Development and Public Policy, 1(5), 117-118.

[31] O'g, B. O. T. N. (2021). THE ROLE OF QUALITY MANAGEMENT SYSTEM IN INCREASING PRODUCT QUALITY IN ENTERPRISES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(12), 228-233.

[32] Akhmadjаnovna, N. R. (2019). Improving vocabulary competence of ESL learners of B1 level. Вопросы науки и образования, (1 (42)).

[33] Akhmadjanovna, N. R. N., & Qizi, M. Z. M. (2019). Overcoming problems in teaching writing to esp (English for specific purposes) students. Достижения науки и образования, (7 (48)).

[34] Кадиров, А. М. (2021). МОДЕЛЬ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ НА ОСНОВЕ СИСТЕМЫ КОНТРОЛЛИНГА.

[35] Кадиров, А. (2021). САНОАТ КОРХОНАЛАРИНИНГ ЩТИСОДИЙ БАРКДРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА КОНТРОЛЛИНГ ТИЗИМИ САМАРАДОРЛИГИНИ БАДОЛАШ. Ицтисодиёт ва таълим, (3), 152-158.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.