Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENCIYALARI'

O’ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENCIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Turizm / O'zbekiston / xalqaro turizm / mehmonxonalar / «O'zbekturizm» / valyuta / soha / «Buyuk Ipak Yo'li» / ta'sir.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xalmuratova A

Maqola xalqaro turizmning bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni, ushbu soha rivojlanishiga ta'siri xususida va mustaqillik yillaridan songi xalqaro turizm haqida so'z yuritadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENCIYALARI»

O'ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY

TENDENCIYALARI Xalmuratova A.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Turizm sohasi 1-kurs magistranti

aymeken xalmuratova@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10659416

Annotatsiya. Maqolaxalqaro turizmning bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni, ushbu soha rivojlanishiga ta'siri xususida va mustaqillik yillaridan songi xalqaro turizm haqida so'zyuritadi

Kalit so'zlar: Turizm, O'zbekiston, xalqaro turizm, mehmonxonalar, «O'zbekturizm», valyuta, soha, «Buyuk Ipak Yo'li», ta'sir.

Аннотация. В статье говорится о роли международного туризма в экономике Узбекистана сегодня, его влиянии на развитие этой отрасли и международного туризма после лет независимости.

Ключевые слова: Туризм, Узбекистан, международный туризм, гостиницы, «Узбекский туризм», валюта, промышленность, «Великий шелковый путь», влияние.

Abstract. The article talks about the role of international tourism in the economy of Uzbekistan today, its influence on the development of international tourism after the years of independence.

Keywords: Tourism, Uzbekistan, international tourism, hotels, "Uzbek tourism", currency, industry, "Great Silk Road", influence.

Turizm o'zining ko'p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta'sir o'tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko'pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug'diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo'l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo'jaligi, maishiy xizmat ko'rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va shu kabi tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o'zida o'ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko'ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o'z o'rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bir qator sohalarni qamrab olgandir.

Turizm o'zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu butun jahon xo'jaligiga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Aloxida mamlakatlar xo'jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo'llab -quvvatlanib turiladi.

Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT ma'lumotlariga ko'ra, 2006-yilda butun dunyo bo'yicha turizmning umumiy o'sish darajasi 4,5 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 820 mln. (2006 y.) kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 650 mlrd. dollardan ortdi. Xalqaro turistik xizmatlar ko'rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o'zgardi. Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo'lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko'rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko'paya bordi.

Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste'mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to'g'ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta'sir o'tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog'liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi.

Turizm jahonning ko'pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko'pchilik turistik xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko'rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o'sishi bilan yuz yillikning iqtisodiy fenomeni sifatida tan olingan. XX asr ikkinchi yarmi davomida xalqaro turistlar soni sal kam 28 marta ko'paydi. Bu xizmat turidan tushumlar esa 237 martaga ortdi. Butun dunyo bo'yicha turistik xizmatlarga o'sib borayotgan talab eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o'sishi va bo'sh vaqtning ko'payishi, haq to'lanadigan ta'tillar muddati ko'payishi, nafaqa ta'minotining yetarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o'zgarishi va boshqalari). Shuningdek transport taraqqiyotidagi o'sish, uni arzonlashishi va hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza rejimining liberallashtirilishi kabilar.

Xalqaro turizm juda ko'pgina mamlakatlarda to'lov balansiga amal qilishda muhim omil bo'lib sanaladi. So'nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm sohasida juda ko'p ish o'rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo'ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi.

Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko'ra bilish hamda shaxsiy aloqalarni o'rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy sohalariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma'naviy mazmunga ega bo'lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi.

Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Respublikasi keng jahonga yuz tutdi va xalqaro aloqalarga kirishib ketdi. O'zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib turadi. Mustaqillikdan oldin O'zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so'ng O'zbekistonga tashrif buyura olishar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan barcha daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining ham hammasini) to'g'ridan-to'g'ri sobiq markazga jo'natish majburiy edi. Xorijiy turistlarga ko'rsatilgan xizmatlar harajati O'zbekiston byudjetidan qoplanar, buning evaziga markazdan hech nima olinmas edi. Ya'ni, xalqaro turizmdan O'zbekiston faqatgina zarar ko'rar edi. Mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbekiston hukumati birinchilar qatorida turizm sohasining rivojlanishiga alohida e'tibor qarata boshladi va buning uchun mas'ul bo'lgan yagona tashkilotni tuzdi. O'zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi uchun mas'ul bo'lgan tashkilot «O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasidir. Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

1992-yil 27-iyuldagi UP-447 raqamli «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil etilishi» to'g'risidagi Farmoni asosida tashkil etilgan. «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasining tarkibiga alohida-alohida xo'jalik faoliyati yuritgan «Inturist», «Sputnik» va Kasaba ittifoqlarining turizm va ekskursiyalar bo'yicha kengashi kabi tashkilotlarning mintaqaviy tarkibiy bo'linmalari birlashtirildi. Milliy kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida Respublikamiz turizmida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Oldinlari mehmonxonalar uchun dam olish uylari, turistlik bazalar, kempinglar umuman zamonaviy talablarga javob bera olmas edi. Chunki ularni ta'mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq Markaz tomonidan ko'rib chiqilgan. Mustaqillikka erishilishi bilan bu holga, shuningdek turizm sohasidan olingan daromadning barchasini respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishiga chek qo'yildi. O'zbekiston turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila boshladi, davlatning ko'plab turistlik korxonalari xususiylashtirildi, turistlik mahsulot yaratish hamda shu turistlik mahsulotga mustaqil narx belgilash erkinligi yaratib berildi. Natijada turistlik bozorda korxonalar orasida raqobat yuzaga keldi. Raqobat O'zbekiston turistlik korxonalarining o'z faoliyatini yanada rivojlantirish uchun yanada sifatli mahsulot ishlab chiqarish va bu bilan umumiy rivojlanishni ta'minlashga undadi.

«O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasining vujudga kelishi va bu tashkilotning 1993 yili Butunjahon turizm tashkilotiga a'zo bo'lib kirishi O'zbekiston turizmi taraqqiyotida qo'yilgan ulkan qadam bo'ldi. Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko'tarish va samarali faoliyat ko'rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi. Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo'li»ni qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi «O'zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini kiritish mumkin.

O'zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak Yo'li» ning tutgan o'rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha asrlar davomida ushbu zaminning G'arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan to O'rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho'zilgan va «Buyuk Ipak Yo'li» deb nom olgan s avdo-sotiq yo'li bir-biri bilan bog'lab turar edi. Bu yo'lga «Ipak Yo'li» deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak matolari va mahsulotlari bo'lganli-gidandir. Ipak tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa odamlardan yashirib kelgan. Ammo «Buyuk Ipak Yo'li» orqali tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina iborat bo'lmay, balki bu yo'l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan tayyorlangan buyumlar ham edi. «Buyuk Ipak Yo'li» qariyib ikki ming yillik tarixga ega bo'lib, bu yo'l asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o'tib Qashqar va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo'l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan TaklaMakon sahrosini aylanib o'tib, Lobnor ko'li yaqinida yana qo'shilgan va Xitoygacha borgan. Buyuk Ipak Yo'lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib kelgan. Ushbu hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo'jand, Chorjuy kabi qator shaharlar ipak yo'lidagi asosiy manzillar bo'lgan. O'zbekiston o'zining qo'lay geografik o'rni tufayli bu tarixiy yo'lda markaziy o'rinni egallagan. «Buyuk Ipak Yo'li» ko'p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta o'rin egallagan. Uning tarixda tutgan o'rni hamda ahamiyatini tiklash, bu yo'lda turizmni rivojlantirish kabi maqsadlarni mo'ljallab, 1994-yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning

nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida O'zbekistonda Butunjahon turistlik tashkilotining kengashi bo'lib o'tdi. Kengash a'zolari Ipak yo'li bo'ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarqand Dekloratsiyasini qabul qildi. 1995-yil oktyabrida Toshkent shahrida «Ipak Yo'lida turizm» nomi bilan birinchi xalqaro turistlik yarmarka o'tkazildi. Shundan beri bunday yarmarka har yili uzluksiz ravishda o'tkazilib kelinmoqda. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, Respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda «Buyuk Ipak Yo'li»ga xos bo'lgan qadimiy an'analarni tiklashga keng yo'l ochib berdi.

REFERENCES

1. Blog.feedspot.com Internet manbasi.

2. A.V.Kizim. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). 2011.

3. www.tsn.ua/ru/tourism/top- 10-poleznyh-mobilnyh-prilozheniya-dlya-turistov-367448.html

4. N.R.Zaynalov. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). -Т.: «Voris-nashriyoti», 2017.

5. 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.