Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING DAVLAT RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI'

O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING DAVLAT RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
899
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm / turistik xizmatlar / sayyohlar / turizm idustiriya / korxona / mehmonhona / ekskursiya. / Tourism / tourist services / tourists / tourism industry / enterprise / hotel / excursion.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erkin Mamadali O’gli G’ulomxasanov, Ozodbek Xusniddin Ogli Rahmatillaev

Bu maqola O'zbekistonda turizm sohasini paydo bulishidan to 2021 yilning 1 martgacha bo'lib o'tgan voqealar haqida so'zlab beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTRIBUTION OF TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY IN UZBEKISTAN

This article tells about the events that took place in Uzbekistan from the emergence of the tourism industry to March 1, 2021.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING DAVLAT RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING DAVLAT RIVOJIGA QO'SHGAN

HISSASI

Erkin Mamadali o'gli G'ulomxasanov Ozodbek Xusniddin o'g'li Rahmatillaev

Bu maqola O'zbekistonda turizm sohasini paydo bulishidan to 2021 yilning 1 martgacha bo'lib o'tgan voqealar haqida so'zlab beradi.

Kalit so'zlar: Turizm, turistik xizmatlar, sayyohlar, turizm idustiriya, korxona, mehmonhona, ekskursiya.

THE CONTRIBUTION OF TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF THE

COUNTRY IN UZBEKISTAN

This article tells about the events that took place in Uzbekistan from the emergence of the tourism industry to March 1, 2021.

Keywords: Tourism, tourist services, tourists, tourism industry, enterprise, hotel, excursion.

Zamonaviy g'arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida qaraladi, qaysiki turist turistik industriya jamiyat, turistik siyosat va iqtisodiyot bir butunlik sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy muammolar turizmning ijtimoiy ekologik aspektlari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Gap shundaki bugungi kunda hayotiy strategiya va hayot uslublari qoida bo'yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida shakllanadi, ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan yuzaga keladi. Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining yashash tarzi ahamiyat kasb eta boshlasa, bu holda ushbu guruhning ahloqiy iste'mol namunalariga mos keluvchi hayot tarziga o'zini namoyon etish yo'li bilan mansubligini ko'rsatishga tayyor bo'ladi. Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda. Boshqa xalq va davlatlarning madaniyatini, san'tini an'analarini o'rganishga intiluvchi sayohatchilarning katta oqimi yevropaga, Osiyoga va yaqin sharqqa intilmoqda. Sayohatchilarning sport sog'lomlashtirish, davolash va boshqa turdagi turizmlarga siyosiy-madaniy o'rganish motivlarini kengayishi an'anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-madaniy o'rganish turizm rivojlanishida xukumat va mahalliy ma'muriyatning madaniy

QarDU o'qituvchisi erkinteacher@gmail .com

QarDU talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

52

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

yodgorliklarini avaylab asrash, ularga keluvchi sayyohlar oqimini boshqarishdagi kuch-g'ayratlari muhim o'rin tutadi.

ASOSIY QISM

Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendentsiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta'siri ortib borayotganligini ko'rsatmoqda. Turizm aholining o'ziga hos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo'jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta'sir etadigan omillardan biri sifatida turizm namoyon bo'ladi. Bundan tashqari turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo'lib, insonlarga fan texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudga keladigan his-hayajon va psixologik salbiy ta'sirlarni kamaytirishda sezilarli ko'mak beradi.

Ko'pgina mamlakatlardan farqli o'laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan O'zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko'payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo'nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o'rganish, turistik ta'lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta'minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 iyuldagi Farmoniga binoan "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi tashkil qilindi. Bu kompaniya O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, "Inturtaj" qo'shma korxonasi "Sayyoh-Intur" respublika xo'jalik xisobidagi birlashmasi va sobiq "Goskominturist" korxonalari asosida tashkil qilindi. "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi bir necha yillik faoliyati davomida milliy va xalqaro turizmni qayta tiklash, moddiy-texnik va me'yoriy bazani mustahkamlash va kengaytirish, yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish, ekskursiya mavzularini yangilash, mavjud turizm baza va kempinglarini takomillashtirish va yangilarini tashkil qilish, qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish hajmini oshirish bo'yicha ma'lum miqdordagi ishlarni amalga oshirdi.

1992 yildayoq "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi tizimida 135 korxona bor bo'lib, ular ichida jami 10 ming o'rinlik 34 mehmonxona, turbazalar, kempinglar, motellar bor edi. Qiymati asosiy fondlarning 1,6 mlrd so'mni tashkil qilar edi, ularning 79 foizi qurilganiga 15-20 yil bo'lgan bino va ishootlar edi. 1992 yil davomida respublikada 408 ming kishiga xizmat ko'rsatildi, ulardan 40 ming kishi Hindiston, Pokiston, Turkiya, Janubiy-SHarqiy Osiyodan, 30 foizi yevropadan va 10 foizi SHimoliy va Lotin Amerikasidan kelgan turistlar edi. CHet ellarga 60 ming kishi yuborildi.

Ko'rsatilgan xizmatlar hajmi shu yili 1,2 mlrd so'mni, valyuta tushumlari 3,7 mln dollarni, foyda 180 mln so'mni tashkil qildi. 1993 yilga nisbatan chet ellik turistlar soni birmuncha ko'paydi: respublikaga 1993 yilda 43 ming kishi, 1994 yilda 44,8 ming kishi va 1995 yilda 46,3 ming kishi mehmon bo'lib keldi, ammo 1989 yilga nisbatan bu ko'rsatkich baribir ancha kamdir.

1996 yilda respublikada qabul qilingan turistlar soni 550 ming kishiga yetdi, ulardan 165 ming kishi chet ellik turistlardir. Turizm xizmatlari ko'rsatishning valyutadagi (AQSH dollarlarida) hajmi 101,2 mln dollardan 198 mln dollarga ortdi. Valyuta tushumlarini milliy valyutada xisoblaganda turizmning barcha xizmat ko'rsatish sohalarining yalpi ichki maxsulotidagi ulushi 1996 yilga kelib taxminan 9 foizni, valyuta tushumlari esa 67,5 foizni tashkil qildi.

Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli "O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2016-yil 2dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori)"gi qaroriga asosan uz kuchini yo'qotgan.

2016 yilda O'zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o'zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo'nalishlaridan biri bo'lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta'minlay oladi.

Xususan, 2016-2019 yillar oralig'ida O'zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o'sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo'lsa, 2019 yilda ularning soni 3,3 barobarga ko'payib, 6,7 millionga yetdi. 2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko'paydi.

E'tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro'y bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o'rtacha 22-25 foiz atrofida ko'paygan bo'lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o'sish 50 foizni tashkil etdi.

Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko'rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 barobarga ko'payib, 14,7 millionga yetdi. Jahon turizm va sayyohlik kengashi ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda turizm va sayyohlik sohasining jahon ichki mahsulotiga bevosita qo'shgan hissasi 8,9 trillion (jahon

YaIMning 10,9 foizi) dollarga teng bo'lgan. Dunyo bo'ylab har o'n kishi turizmga aloqador sohalarda faoliyat olib borgan. Ta'kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020 yilda O'zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning soni 96% foizga kamayib, 1,5 mln. nafarga tushib ketdi. Ko'rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln. dollarni tashkil etdi.

Aytish lozimki pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019 yilda ko'rsatilgan turistik xizmatlarning umumiy hajmi 1,5 mlrd. dollardan oshgan bo'lsa, eksport ko'rsatkichlari 1,3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38,2 foizini tashkil etdi. Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, «Uzbekistan Safe travel» guaranteed ("O'zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan") loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha sayyohlarga mo'ljallangan bo'lib, jahon standartlariga asoslangan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi hisoblanadi. Turizm ob'yektlari va tegishli infratuzilmani, turistik xizmatlarni yangi sanitariya-gigiyena talablari asosida sertifikatlash quyidagilar uchun majburiy bo'ldi:

• barcha davlat chegara punktlari;

• havo, temir yo'l va avtobus bekatlari;

• moddiy-madaniy meros ob'yektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2020 yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm jamg'armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasining 20 milliard so'm miqdordagi dastlabki to'lovi, shuningdek, «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o'tish uchun to'lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to'lov hisobidan shakllantirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonida 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 1 martga qadar joylashtirish bo'yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash ko'zda tutilgan. Umuman olganda, Davlat Rahbarining videoselektor yig'ilishida qayd etishiga ko'ra, 1750 ta sub'yektga mol-mulk solig'i, yer va ijtimoiy soliqlar bo'yicha qariyb 60 milliard so'm miqdorida imtiyozlar berildi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda chet ellik sayyohlani tashrif ko'payishi va yildan yilga ularning kelish daraja ortib borishi.Bu nafaqat mamlaktimiz bo'lgan

XULOSA

qiziqishlarini oshishidan dalolat beradi balki,davlatimizga turizm sohasi orqaliy munosib hissa qo'shishimizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR (REFERENCES)

1. Turizm sayyohlik. T.Xoldarov , X.Tulenova Toshkent 2016 yil.

2. Review.uz

3. https://lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.