Научная статья на тему 'TURIZM SOHASINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH DAVRLARI. YURTIMIZNING TARIXIY MANZILGOHLARI.'

TURIZM SOHASINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH DAVRLARI. YURTIMIZNING TARIXIY MANZILGOHLARI. Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
2528
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
turizm / investitsiya / strategiya / turistlar / iqtisodiyot / turoperator / turagent / tarixiy obidalar / turistik shaharlar. / туризм / инвестиции / стратегия / туристы / экономика / туроператор / тур агент / исторические / памятники / исторические города.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Aziza Ambiyat Qizi Madrimova, Ozoda Lutfulla Qizi Saydullayeva

Ushbu maqolada avvalambor, turizm atamasi haqida qisqacha tushuncha, uning rivojlanishi tarixi, turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Hamda yurtimizda ushbu sohaga qaratilgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar va albatta kiritilayotgan sarmoya haqida keng yoritilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСТОРИЯ СФЕРЫ ТУРИЗМА И ПЕРИОДЫ ЕЕ РАЗВИТИЯ. ИСТОРИЧЕСКИЕ МЕСТА НАШЕЙ СТРАНЫ

В данной статье в первую очередь представлена информация о термине туризм, его развитии, инвестициях в туризм и создаваемых возможностях. Широко освещается внимание, уделяемое этой сфере в нашей стране, созданные возможности и конечно же, вложенные инвестиции.

Текст научной работы на тему «TURIZM SOHASINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH DAVRLARI. YURTIMIZNING TARIXIY MANZILGOHLARI.»

TURIZM SOHASINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH DAVRLARI.

YURTIMIZNING TARIXIY MANZILGOHLARI.

Aziza Ambiyat qizi Madrimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi Ozoda Lutfulla qizi Saydullayeva Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7656616

Annotatsiya: Ushbu maqolada avvalambor, turizm atamasi haqida qisqacha tushuncha, uning rivojlanishi tarixi, turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berib o'tilgan. Hamda yurtimizda ushbu sohaga qaratilgan e'tibor, yaratilgan shart-sharoitlar va albatta kiritilayotgan sarmoya haqida keng yoritilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: turizm, investitsiya, strategiya, turistlar, iqtisodiyot, turoperator, turagent, tarixiy obidalar, turistik shaharlar.

ИСТОРИЯ СФЕРЫ ТУРИЗМА И ПЕРИОДЫ ЕЕ РАЗВИТИЯ. ИСТОРИЧЕСКИЕ

МЕСТА НАШЕЙ СТРАНЫ

Аннотация: В данной статье в первую очередь представлена информация о термине туризм, его развитии, инвестициях в туризм и создаваемых возможностях. Широко освещается внимание, уделяемое этой сфере в нашей стране, созданные возможности и конечно же, вложенные инвестиции.

Ключевые слова: туризм, инвестиции, стратегия, туристы, экономика, туроператор, тур агент, исторические, памятники, исторические города.

HISTORY OF TOURISM FIELD AND PERIODS OF ITS DEVELOPMENT.

HISTORICAL PLACES OF OUR COUNTRY.

Annotatsiya: This article first of all provides information about the term tourism, its development, investments in tourism and the opportunities created. The attention paid to this area in our country, the opportunities created and of course, the investments made are widely covered.

Key words: tourism, investment, strategy, tourists, economy, tour operator, travel agent, historical monuments, historic cities.

KIRISH

Turizm - fransuzcha tour- sayr, sayohat, sayyohlik- sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsnig doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan 1yil muddatga jo'nab ketish tushuniladi.

Ko'pgina mamlakatlarda turizm davlat iqtisodiyotining rivojlangan sohasi hisoblanadi. Chunki turli mamlakatlarga sayohat qilishni istamaydigan inson bo'lmasa kerak. Bugungi kunda jahon turizm bozori qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, har bir davlat o'z kelajagi va rivoji uchun sarmoya kiritishi zarur. Dunyoda ish bilan band aholining har o'ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda. Shu sababli ham eng ko'zga ko'rinadigan soha turizm sohasi hisoblanadi.

Hammamizga ma'lumki bir necha yillar davomida butun dunyoda turizm sohasi rivojlanib kelmoqda. Har bir davlatning ichki va tashqi iqtisodiyatini mana shu turizm sohasi yuksak darajalarga olib chiqmoqda. Har bir davlat o'z kelajagi va rivoji uchun mana shu sohaga sarmoya ya'ni investitsiya kiritmoqda. Sarmoya kiritilmagan ish hech qachon rivojlanmaydi, u ishda yuksaklik bo'lmaydi.

Turizm jahon iqtisdiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi.

Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasi bilan band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta talofat ko'rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkilotining ma'lumotilariga ko'ra, 2020-yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1trillion dollarga kamayib , 1990-yil darajasiga tushib qoldi. Natijada 935 mlrd dollar miqdorida eksport daromadlari yo'qotildi. [1].

Ma'lumki 2020-yil 16-martdan mamlakatimiz ichki va tashqi turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o'z faoliyatini to'xtatdi. Bular , gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo'shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy ta'sir qildi.[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolani tahlil qilish jarayonida turizm haqida tushunchalarni, O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi haqida, hamda bu sohaga kiritilayotgan sarmoya, sohaning kamchilik va afzallik tomonlari haqidagi ma'lumotlarni turizm sohasi bilan shug'ullanuvchi mutaxasislar adabiyotlaridan foydalanildi. Bulardan, Erkin G'ulomvasanov, Feruza Samariddin qizi Amirova va Azizbek Samariddon o'g'li Amirovning "IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZMNING O'RNI VA AHAMIYATI ", Erkayeva Barno Abdurahimovnaning " O'ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI ", Malika Djamilovaning "O'ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI ", Iskandar Tuxliyev va Bahodirxon Safarovning "TURIZM ASOSLARI" va shunga o'xshash ko'plab adabiyotlardan foydalanildi.

METADALOGIYA

Turizm haqida so'z ketganda birinchi navbatda bu so'zning ma'nosini bilib olishimiz kerak bo'ladi. Turizm - fransuzcha tour- sayr, sayohat , sayyohlik- sayohat qilish , faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsnig doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan 1yil muddatga jo'nab ketish tushuniladi.[3].

Turoperator - turistik paket ishlab chiquvchi, sifati u turistik yo'nalishlar ishlab chiqish va turlar komplekatsiyasi bilan shug'ullanadi, ularning amal qilishini ta'minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo'nalishlar bo'yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to'g'ridan - to'g'ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotiladi. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatardan birini tanlsh imkonini ta'minlab beradi va bir vaqtning o'zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko'rsatishga buyurtma berish vazifasini o'z zimmzsiga olib almashtiradi.

Turistik agentliklar - bu iste'molchiGA ya'ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

Hammamizga ma'lumki turizmga investitsiya kiritish uchun avvalambor bu sohani rivojlanishi uchun ma'lum bir darajada shart-sharoitlar kerak bo'ladi. Tangani ikki tomoni bo'lgani kabi bu vaziyatning ham yaxshi va yomon tomonlari mavjud. Chunki turizm ham mavsumiy bo'lishi hech birimizga sir emas.

Ta'kidlash kerakki, yaqin yillardagi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko'plab mualliflar o'rtasida yagona

tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo'lgan tadqiqotlarning ko'lami keng bo'lib, turizm tarmoqlarini rivojlanishini ta'minlashimizda xalqaro tajribalami ham hisobga olishimiz lozim.

Iqtisodiy adabiyotlarda tarixiy - madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar tomonidan o'rganilgan va turlicha ta'rif berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg tarixiy -madaniy turizmni "kishilarning o'z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi ma'lumotlar va tajriba to'plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy, diqqatga sazovor joylarga borishi " deya ta'riflaydi.[4].

Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova turizmni "mamlakatning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olgan an'ana va urf- odatlar, uy xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati " deya ta'riflaydi.[5].

Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I. To'xliyev, R. Amriddinova, Sh. Ro'ziyev, O. Xamidov, N. Ibadullayeva, F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalarning ilmiy asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko'plab maalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar yetarlicha o'rganilmaganligi bois ba'zi muammolar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Xususan, N.To'xliyev : "Turizm - fransuzcha tour- sayr, sayohat, sayyohlik- sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsnig doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan 1yil muddatga jo'nab ketish tushuniladi " deb hisoblaydi.

Tadqiqotchi Sh.Ro'ziyev tarixiy - madaniy turizmning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda yaratilgan konsepsiyalar , metodlar va turistlik faoliyat subyektlarining o'zaro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib bergan.[6].

Endi turizmning tarixi va rivojlanish davrlari haqida gapiradigan bo'lsak, turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan(1815).turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo'l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so'ng u o'zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo'natildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatni boshlab , deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi

Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko'p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Turizmning juda ko'p turlari va shakllari mavjud:

- Ichki xalqaro;

- Havaskorlik turizmi;

- Uyushgan turizm;

- Yaqin j oyga sayohat;

- Uzoqqa sayohat;

- Bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm;

- Toqqa chiqish;

- Suv turizmi;

- Avtoturizm;

- Piyoda yuriladigan turizm;

- Sport turizmi va boshqalar.

O'zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi olib boradi(27-iyul 1992-yil tuzilgan). Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish , chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish , yangi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish , xizmatlar doirasini kengaytirish va boshqalardan iborat.

Ko'rib turganimizdek, turizmning rivojlanish sohasi bizning yurtimizga chet davlatlaridan kirib kelgan. Lekin shunday bo'lishiga qaramay , bizning zaminimiz ham judayam turistik manzilgohlarga boy. Turizm sohasi bizning yurtimizda ham iqtisodiyotning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Bu sohaga kiritilgan sarmoya albatta o'z o'rnini topadi va kelajak uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Yurtiizda ham maqtashga arzugulik tarixiy obidalar va shaharlar judaya ko'p. Bu yerlarga tashrif buyurgan hech bir sayyoh afsuslanmaydi. Bizning turistik manzilgohlarimiz o'ziga xos milliylikka ega.

Bizning milliyligimiz hamda tarixiy -madaniy obidalarimiz ham boshqa davlatlarda juda ham mashhur va albatta o'z o'rniga ega. Jumladan, 2021-yil aprel oyida Dog'istonda O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti o'tkazildi. Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirig'i bilan Dog'istonda "Imomlar yurtiga sayohat" yo'nalishidagi targ'ibot ishlari boshlangan.[3].

Yurtimizning turizm salohiyati haqida so'z borar ekan , bizning ko'z oldimizga baland qad rostlagan tarixiy obidalar, milliy va zamonaviy tusga kirib borayotgan tarixiy shaharlarimiz ko'z oldimizga keladi.

O'zbekiston - ajdodlaridan bugungi kunga qadar saqlanib kelayotgan me'moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan- Qal'a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar , Shahrisabz va Samarqand shaharlari YUNESCO ning " Butun dunyo me'rosi" ning maxsus ro'yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me'moriy inshoatlar o'tmish zamonlarini o'zida aks ettirib , mamlakat tarixida katta rol o'ynaydi. Butun dunyoga mashhur, sayyohlar e'tiborini tortgan tarixiy va madaniy shaharlarimiz qatoriga Toshkent, Samarqand, Xiva, Termiz, Qoraqalpog'iston, Buxoro kabi madaniy markazlarini kiritsak hech ham xato bo'lmaydi. Bu manzilgohlarda milliy an'analarimiz , tarixiy obidalarimiz, tarix davrlaridan buyon o'chmas urf - odatlarimiz, butun dunyoga dong'i ketgan milliy atlas va adraslarimiz o'zining betakrorligi bilan insonni o'ziga jalb etmay qolmaydi.

O'zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo'lsada , u rivojlanishda ko'pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.

Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O'zbekistonni hech kim istiqbolli turizm xududi sifatida bilmas edi . Mustaqillikka erishgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992-yilning 27-iyulida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan " O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tashkil topdi. "O'zbekturizm" ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.[7].

XULOSA

Har bir davlatning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo'lsak , albatta turizm bilan bog'liq bo'ladi. Har bir davlat o'z yurtini butun dunyoga tanitish uchun ham o'zining turizm sohasini yetarli ehtiyojlar bilan ta'minlaydi.

Biz bu maqolani to'liq yoritib berish jarayonida turizmning qadimgi davrlardan buyon to hozirgacha rivojlanib kelayotganiga amin bo'ldik. Shunday ekan , biz qanday sohaga qiziqishimizdan qat'iy nazar turizm sohasi bilan o'zimizning hayotiy faoliyatimizni bog'lashimiz

zarur. Oxirgi 3-4 yildan buyon turizm sohasiga qaratilayotgan e'tibor juda ham katta. Bu sohaga kirib kelgan inson hech qachon unit ark eta olmaydi.

O'z rivoji uchun sarmoya kiritgan har bir davlat kelgusi yillarda rivojlangan davlatlar orasida eng yuqori darajani egallaydi. Biz ham o'z ajdodlarimizdan qolgan merosni butun dunyoga tanitishimiz lozim. Bugungi kunda hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish , davlatda transport va mehmonxona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] - Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год.

https://www.interfax.ru

[2] - Erkayeva Barno Abdurahimovna " O'ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI ".

[3] - https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Turizm

[4] - Richards . G. "Cultural tourism in Europe. CABI, Wallingford. (1996) [1,c.45]

[5] - Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб. Пособие.- M.:PMATC.

[1,C.92-93].

[6] - Ro'ziyev Sh. " O'zbekistonda tarixiy- madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini indikativ boshqarish metodikasi". https://cyberleninka.ru/

[7] - "O'zbekiston turizm salohiyati" http://www.uzbekistan-geneva. ch/turizm-191 .html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.