Научная статья на тему 'XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZBEKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATIGA TA’SIRI'

XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZBEKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
489
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm / O‘zbekiston / sayyohlik / rivojlanish / ta’sir.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rustamov Xayotbek

Ushbu maqola o'sib borayotgan turizm sohasining bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni va ushbu soha rivojlanishiga ta'siri xususida so'z yuritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZBEKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATIGA TA’SIRI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZBEKISTON

IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATIGA TA'SIRI

* ; i>

»

Rustamov Xayotbek

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Turizm yo'nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7271243

> ' ЖЩ

Annotatsiya: Ushbu maqola o'sib borayotgan turizm sohasining bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni va ushbu soha rivojlanishiga ta'siri xususida so'z yuritadi.

Kalit so'zlar: Turizm, O'zbekiston, sayyohlik, rivojlanish, ta'sir.

> >i Щ>

Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Respublikasi keng jahonga yuz tutdi va

vomnrA nl Annlnmn Irtrir niK lra+ni ^KaVi of r\n vnlnnrA nl /лп ni nn mn rr п I nmoni л n

xalqaгo aloqalaгga kiгishib ketdi, O'zbekiston xalqaro aloqalarining гivojlanishida

>

turizm sohasi alohida ajralib turadi. Mustaqillikdan oldin O'zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so'ng O'zbekistonga tashrif buyura olishar edi. Buning ustiga,

»

m?

turizmdan olinadigan barcha daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining

ham hammasini) to'g'гidan-to'g'гi sobiq markazga jo'natish majburiy edi. Xoгijiy

tuгistlaгga ko'rsatilgan xizmatlaг haгajati O'zbekiston byudjetidan qoplanar, buning

evaziga markazdan hech nima olinmas edi. Ya'ni, xalqaro turizmdan O'zbekiston

faqatgina zarar ko'rar edi.

,, . ...... . , , , _ , , . , , ........

Mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbekiston hukumati biгinchilaг qatorida

tuгizm sohasining гivojlanishiga alohida e'tibor qaгata boshladi va buning uchun mas'ul bo'lgan yagona tashkilotni tuzdi. O'zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi uchun mas'ul bo'lgan tashkilot «O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasidir. Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi UP-447 raqamli «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil etilishi» to'g'risidagi Farmoni asosida tashkil etilgan. «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasining tarkibiga alohida-alohida xo'jalik faoliyati yuritgan «Inturist», «Sputnik» va Kasaba J-* ittifoqlarining turizm va ekskursiyalar bo'yicha Kengashi kabi tashkilotlarning mintaqaviy tarkibiy bo'linmalari birlashtirildi.

Milliy kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida Respublikamiz turizmida

i 1 > ^^ \ "1 > katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Oldinlari mehmonxonalar uchun dam olish uylari,

! И*

turistlik bazalar, kempinglar umuman zamonaviy talablarga javob bera olmas edi. Chunki ularni ta'mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq Markaz tomonidan ko'rib chiqilgan. Mustaqillikka erishilishi bilan bu holga, shuningdek,

A •_____U -j____1-______ 1_______1 • и___U " "_____ il :i „ _ 1____. .___1-1 1 • -1

turizm sohasidan olingan daromadning barchasini respublika tashqarisiga olib chiqib

u>,* ^ t<ns

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ketilishiga chek qo'yildi. O'zbekiston turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila

#

boshladi, davlatning ko'plab turistlik korxonalari xususiylashtirildi, turistlik mahsulot yaratish hamda shu turistlik mahsulotga mustaqil narx belgilash erkinligi yaratib berildi. Natijada turistlik bozorda korxonalar orasida raqobat yuzaga keldi. Raqobat O'zbekiston turistlik korxonalarining o'z faoliyatini yanada rivojlantirish uchun yanada sifatli mahsulot ishlab chiqarish va bu bilan umumiy rivojlanishni ta'minlashga undadi.

>

! I>ï*;

«O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasining vujudga kelishi va bu tashkilotning 1993 yili Butunjahon turizm tashkilotiga a'zo bo'lib kirishi O'zbekiston turizmi taraqqiyotida qo'yilgan ulkan qadam bo'ldi. Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko'tarish va samarali faoliyat ko'rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.

Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo'li»ni qayta tiklashda O'zbekiston

Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

»

1995-yil 3-iyundagi «O'zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini kiritish mumkin.

O'zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak Yo'li» ning tutgan o'rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha asrlar davomida ushbu zaminning G'arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan to O'rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho'zilgan va «Buyuk Ipak Yo'li» deb nom olgan s avdo-sotiq yo'li bir-biri bilan bog'lab turar edi. Bu yo'lga «Ipak Yo'li» deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak matolari va mahsulotlari bo'lganli-gidandir. Ipak tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa odamlardan yashirib kelgan.

m Ammo «Buyuk Ipak Yo'li» orqali tasMgrn mahsulotlar faqat ipakdangina iborat

bo'lmay, balki bu yo'l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan tayyorlangan buyumlar ham edi. «Buyuk Ipak Yo'li» qariyib ikki ming yillik tarixga J-jt

ega bo'lib, bu yo'l asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U

yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o'tib Qashqar va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo'l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan TaklaMakon sahrosini aylanib o'tib, Lobnor ko'li yaqinida yana qo'shilgan va Xitoygacha

! №

borgan.

Buyuk Ipak Yo'lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib kelgan. Ushbu hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo'jand, Chorjuy kabi qator shaharlar

• •____: ____________________U-1 • .____< • •___________m •

ipak yo'lidagi asosiy manzillar bo'lgan. O'zbekiston o'zining qo'lay geografik o'rni * : j*

"-w-isr88- I

>>

* : >

й*

*ф:

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

*Ф>

>

s J ]>-~f

j y

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

tufayli bu tarixiy yo'lda markaziy o'rinni egallagan. «Buyuk Ipak Yo'li» ko'p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta o'rin egallagan.

Uning tarixda tutgan o'rni hamda ahamiyatini tiklash, bu yo'lda turizmni rivojlantirish kabi maqsadlarni mo'ljallab, 1994-yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida O'zbekistonda Butunjahon turistlik tashkilotining kengashi bo'lib o'tdi. Kengash a'zolari Ipak yo'li bo'ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarqand Dekloratsiyasini qabul qildi.

1995-yil oktyabrida Toshkent shahrida «Ipak Yo'lida turizm» nomi bilan birinchi xalqaro turistlik yarmarka o'tkazildi. Shundan beri bunday yarmarka har yili uzluksiz ravishda o'tkazilib kelinmoqda. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, Respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda «Buyuk Ipak Yo'li»ga xos bo'lgan qadimiy an'analarni tiklashga keng yo'l ochib berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Blog.feedspot.com Internet manbasi.

2. A.V.Kizim. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). -M.:"AcTpaxaHbCKHiï дом", 2011.

3. www.tsn.ua/ru/tourism/top- 10-poleznyh-mobilnyh-prilozheniya-dlya-turistov-367448.html

4. N.R.Zaynalov. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). -Т.: «Voris-nashriyoti», 2017.

hm*

I ш

m*

Щ >

Шщ

j >

У

m

>

)W J> ] >j>

Ы >

Щ

Ш>

-иф

ЭЙ* *ф>

>j> Щл

ы >

i >i>

»q >

Qj^f^S). .—

148

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Î

*ф>

j>

и*-

Ш >

i:

g M

Ш >

m >

i> *

*Ф>

q

Ц >p

q > >

q щъ q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.