Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINING TAHLILI'

SAMARQAND VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1331
288
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / xorijiy sayyoh / viza / pandemiya / joylashtirish ob’ektlari / tarixiy ob’ektlar. / туризм / иностранный турист / виза / пандемия / объекты размещения / историче­ ские места.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rahimova Nilufar Aminovna, Mansurova Nargiza Shamsidinovna, Raximov Zarrux Aminovich

Maqolada turizm sohasining rivojlanish tendensiyalari, respublikaning sayyohlik imkoniyatlari, hukumat tomonidan sohaga berilgan e’tibor hamda Samarqand viloyatining turistik salohiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

В статье анализируются тенденции развития индустрии туризма, туристический потенциал страны, внимание, уделяемое государством отрасли и туристический потенциал Самаркандской области.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINING TAHLILI»

Rahimova Nilufar Aminovna,

Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster Universiteti doktoranti

Mansurova Nargiza Shamsidinovna,

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros universiteti ilmiy tadqiqotlar bo'limi boshlig'i, PhD

Raximov Zarrux Aminovich,

Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster Universiteti "Business and Economics" kafedrasi o'qituvchisi

SAMARQAND VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINING TAHLILI

UDK:338.48

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2022_ISSUE_6_6

RAXIMOVA N.A., MANSUROVA N.SH., RAXIMOVZ.A. SAMARQAND VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINING TAHLILI

Maqolada turizm sohasining rivojlanish tendensiyalari, respublikaning sayyohlik imkoniyatlari, hukumat tomonidan sohaga berilgan e'tibor hamda Samarqand viloyatining turistik salohiyati tahlil qilingan. Kalit so'zlar: turizm, xorijiy sayyoh, viza, pandemiya, joylashtirish ob'ektlari, tarixiy ob'ektlar.

РАХИМОВА Н.А., МАНСУРОВА Н.Ш., РАХИМОВ З.А. АНАЛИЗ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

В статье анализируются тенденции развития индустрии туризма, туристический потенциал страны, внимание, уделяемое государством отрасли и туристический потенциал Самаркандской области.

Ключевые слова: туризм, иностранный турист, виза, пандемия, объекты размещения, исторические места.

RAHIMOVA N.A., MANSUROVA N.SH., RAHIMOVZ.A. ANALYSIS OF THE TOURIST POTENTIAL OF SAMARKAND REGION

In the article is analyzed the development trends of the tourism industry, the tourism potential of the country, the attention paid by the government to the industry and the tourism potential of Samarkand region.

Key words: tourism, foreign tourist, visa, pandemic, accommodation, historical sites.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

Kirish.

Bugungi kunda turizm dunyoning eng yirik va tez sur'atlarda rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib, mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqt-isodiy rivojlanishishini tezlashtirishda muhim o'rin tutmoqda. Jahon Sayyohlik va Turizm tashkilotin-ing ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda turizmning jahon yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,3 foizi, jami ish o'rinlarining o'ndan bir qismi, yani 330 million (2018 yilda 319 million[1]) ish o'rni yoki umumiy ish o'rni hajmining 10,4 foizi aynan shu soha hissasiga to'g'ri kelmoqda. 2019-yilda butun jahonda yaratilgan jami yangi ish o'rinlarining to'rtadan biri [2] (2018 yilda har beshtadan bittasi [3]) aynan turizm sohasida yaratilgan. Ketma-ket to'qqiz yil davomida turizm sohasidagi yalpi ichki mahsulotining o'sishi jahon yalpi ichki mahsulotin-ing o'sishidan yuqori bo'ldi. Xususan, 2019-yilda turizm sohasida yalpi ichki mahsulotining o'sishi 3,5%ni, jahon yalpi ichki mahsulotning o'sishi esa 2,5%ni ko'rsatmoqda [4].

Mavzuning dolzarbligi.

Mamlakatimizda turizm sohasiga mustaqil-likning ilk kunlaridan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shuvchi tarmoq sifatida qaralib, tarmoqning barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida zaruriy me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Respublikada sayyohlik industri-yasini jadal rivojlantirish maqsadida 2016-2022 yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezi-dentining quyidagi bir qator Farmon va qarorlari qabul qilindi:

2017-yil 4-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risi"dagi PF-5033-son Farmonda mehmonxona va turistik xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga bir nechta imti-yozlar berilishi ko'rsatib o'tilgan;

2017-yil 16-avgustdagi "2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3217-son qarorda "Mamlakatimiz turizm indus-triyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, ma'muriy va huquqiy muhit yaratish, ... milliy turizm mahsu-lotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surish" maqsad qilib olindi;

2018-yil 3-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tash-kiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5326-son Farmonda bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun O'zbekiston hududiga kirish vizasi tartibi soddalashtirildi hamda elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishiga ko'rsatma berilgan;

2018-yil 6-fevraldagi "Kirish turizmini rivo-jlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3509-son qarorda kirish turizmini yanada rivojlantirish maqsadida viza rejimini yanada soddalashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiq-ilgan;

2018 yil 7-fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivo-jlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3514-son qarori asosan ichki turizmni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-5611-son, 2019 yil 13 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5781-son Farmonlari, 2019 yil 5 yanvardagi «Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4095-son, 2020 yil 19 iyundagi «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchay-tirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4755-son qarorlari respublikada sayyohlik industriyasini rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4861-sonli Farmoni soha rivojlanishini yangi bosqichga ko'tardi. Ushbu Farmonga binoan mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sha-roitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salo-hiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomil-lashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

1-rasm. O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan sayyohlar sonining dinamikasi (ming kishi)1.

sohasida O'zbekistonning ijobiy qiyofasini shak-llantirish maqsadida bir qator vazifalar va ularni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va sama-rali foydalanish, an'anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli tur-larini rivojlantirish mamlakat oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi.

Samarqand viloyatining turistik salohiyatini tahlil qilish orqali barqaror turizm elemenlarini joriy qilish.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

Maqolada turizm to'g'risidagi xorijiy jurnal, maqola, ilmiy to'plam va nufuzli tashkilotlarn-ing yillik hisobotlaridan: Travel and Tourism Economic Impact 2019; World travel and Tourism Council; Global Economic Impact and Trends 2020; O'zbekiston Respublikasi Davlat statis-tika qo'mitasining "O'zbekiston Respublika-sida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari" 2016-2020-yillardagi statistik byulleten ma'lumotlari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi 5326-sonli, 2018-yil 4-oktyabrdagi 5551-sonli, 2019-yil 3-yan-

1 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2010-2020 yillarda "O'zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari" statistik byulleteni ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Ushbu ma'lumot yillik byulletenlarning 3 sahifasida keltirilgan.

vardagi 5610-sonli, 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli, 2019-yil 18-martdagi 5691-sonli hamda 2019-yil 13-avgustdagi 5781-sonli Farmon-lari hamda mamlakatimizdagi iqtisodchi olim-lar B.A.Erkayeva, Sh.Sh.Raxmonov, M.T.Alimova, N.G.Muminovlarning ilmiy maqolalaridan foy-dalanilgan.

Keltirilgan tadqiqotlarga tayangan holda maz-kur maqolada turizm sohasining rivojlanish ten-densiyalari, respublikaning sayyohlik imkoniyatlari, hukumat tomonidan sohaga berilayotgan e'tibor hamda Samarqand viloyatining turistik salohiyatini yuzaga chiqarish, undan yanada samaraliroq foydalanish borasida izlanishlarni amalga oshirish ilmiy va metodik ahamiyatga ega.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida Samarqand viloyati turistik salohiyatini o'rganishda dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va sol-ishtirma tahlil, statistik va dinamik yondashuv, hamda barqaror turizm elemenlarini joriy imkoni-yatlarini tahlil qilish maqsadida statistik tahlildan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar.

2010-2020 yillar davomida O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan sayyohlar soni dinami-kasini tahlil etadigan bo'lsak, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar natijasida O'zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik mehm-onlarning soni 2020-yil mart oyigacha (pandemiya sababli chegaralarning to'liq yopilguniga qadar) sezilarli darajada oshganligini kuzatishimiz mum-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

kin. 2017-yilda 2690,0 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo'lib, 2016-yilga nisbatan 24,7% o'sgan. Keyingi yillarda ham mutanosib o'sish kuzatilgan, xususan 2018-yilda 6433,0 ming, 2019-yilda 8278,0 ming xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, ularning 92,5% MDH davlatlaridan hamda 7,5% uzoq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan (1-rasm) [5].

Ta'kidlash lozimki, 2018-yilda (pandemiyaga qadar) mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar oqimini o'sishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan muhim omillardan biri bu turizm salohiyatini rivo-jlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar yani viza rejimi va mamlakatda qolish qoidalarining sod-dalashtirilganligi bo'ldi. Jumladan, dunyoning 90 ta mamlakat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz, 48 ta mamlakat fuqarolari uchun tranzit sayyoh bo'lgan holda 5 kunlik muddatga1 va 16 yoshga to'lmagan xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasiga 90 kunlik muddatga vizasiz kirish-iga2 ruxsat berildi [6].

Shu bilan birga, sayyohlarga viza olishda qulay-lik yaratish maqsadida 2018-yil 15-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tush-irildi [7]. 2021-yil 15-mart holatiga ko'ra, elektron viza olish mumkin bo'lgan mamlakatlarning umu-miy soni 57 tani tashkil qildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasi oqibatlariga qaramas-dan AQSH "Forbes" moliyaviy-iqtisodiy jurnali O'zbekistonni 2022-yilda sayohat qilish uchun 50 ta eng yaxshi manzil qatoriga kiritgan [8]. Ushbu ro'yxatni shakllantirishda asosan davlatlarning sayyohlarni qabul qilish jarayoniga siyosiy nuqtai nazardan berilgan e'tibor, ya'ni pandemiyaga mos-lashuvchanlik (chegaralarning ochiqligi) hamda xavfsiz sayohat qilish imkoniyatlariga e'tibor beril-gan.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi 5326-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktyabrdagi 5551-sonli Farmoni, 2019-yil 3-yanvardagi 5610-sonli Farmoni, 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli Farmoni, 2019-yil 18-martdagi 5691-sonli Farmoni, 2019-yil 13-avgustdagi 5781-son Farmoni

2 Bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo'lishlari va biometrik o'tish hujjatiga ega bo'lishi talab etiladi va O'zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo'lmagan muddatda bo'lishi mumkin.

Ushbu beqaror davrda turistlar oqimini ken-gaytirish uchun butun jahon sayyohlik hamjami-yati kabi O'zbekiston ham sayohatchilarning salo-matligi va xavfsizligini ta'minlashga jiddiy va sama-rali yondashib, zarur choralarni ko'rishni hamda samarali loyihalarni amalga oshirishni boshladi. Jumladan, "O'zbekistan. Safe travel GARANTEED" -bunday loyihalardan biridir. Bu loyiha sayyohlarn-ing O'zbekistonning tarixiy va madaniy obidalariga tashrifi davomida xavfsizligini ta'minlashga qara-tilgan xalqaro sertifikatlashtirish dasturining joriy etilishidir.

"Travel Uzbekistan" milliy turistik veb-portali-dan mamlakatimizga tashrif buyurishni istagan har qanday sayyoh o'ziga kerakli ma'lumotlarni olishi mumkin. Ayni paytda ushbu saytda respublika-mizdagi xavfsiz manzillar registri ko'rsatib berilgan. Xususan, Samarqand viloyatida joylashgan 39 ta tarixiy madaniy hamda sayyohlarga xizmat ko'rsatuvchi ob'yektlar ro'yxati keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomondan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yil 1-yanvar holatida respublikada sayyohlik faoliyati bilan shug'ullanadigan firma va tashkilotlar soni 517 tani tashkil etdi, ularning eng katta ulushi Toshkent shahriga (64.2%) va Samarqand viloyatiga (13.2%) to'g'ri keladi [9]. Samarqand viloyatida sayyohlik faoliyati bilan shug'ullanadigan 68 ta firma va tashkilotlar, bir vaqtning o'zida 6100 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega 138 ta mehmonxona hamda 93 ta mehmon uyi faoliyat ko'rsatmoqda. Bundan 820 nafar mehmonga bir vaqtning o'zida aynan 93 ta mehmon uyi sifatli faoliyat ko'rsatmoqda [10].

Samarqand viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi rahbari Dilshod Narziqulovning ma'lumotlariga ko'ra viloyatda 2019-2021-yil-lar davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi orqali turizm infratuzilma obyektlarini rivojlantirish maqsadida 74 ta loyi-hani qamrab olgan 1311,8 milliard so'mlik 44 ta manzilli dastur ishlab chiqilgan [11]. Asosiy maqsad sayyohlar oqimini ko'paytirish, sayyohlar uchun yangi yo'nalishlar, yangi xizmatlar joriy etilganini dunyo mamlakatlariga ma'lum qilish, xorijdagi sayyohlik firma va kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatish, xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish hamda turli yirik xalqaro tadbir-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

2-rasm. Samarkand viloyatining tarixiy madaniy ob'ektlari soni1.

Tarixiy-madaniy ob'ektlar soni 1607 ta

Arxeologik ob'ektlar 975 ta

Arxitektura ob'yektlari 562 ta

Monumental san'at asarlari 36 ta

Muzey 11 ta

Diqqatga sazovor joylar 34 ta

larni o'tkazish uchun hududning har tomonlama tayyorgarligini ta'minlash.

Shu sababli Samarqand viloyati hokimining tur-izmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mas'ul xodimlari va viloyatdagi turistik kompaniya-lar vakillari turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 2019 yilda Ispaniyada "FITUR-2019", Turkiyadagi "EMITT-2019", Rossiyadagi "MITT-2019", Germaniyadagi "ITB BERLIN-2019", Latviyadagi "Balttour-2019", Birlashgan Arab Amir-liklaridagi "Arabian tarvel market" xalqaro turistik ko'rgazmalarida Samarqandning sayyohlik salohi-yati va imkoniyatlari haqida taqdimotlar o'tkazildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning telekanallari ijod-korlari Samarqandga kelib, maxsus ko'rsatuvlar tayyorladi [12].

E'tiborlisi, 2019-yilda Samarqand Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) a'zoligiga qabul qilindi2. Demak, endi Samarqand haqiqatdan ham dunyo turizm shaharlari orasida o'z o'rnini topib, yirik sayyohlik markaziga aylanishi shubhasiz. Samarqand 2023-yilda UNWTO3 Bosh Assamb-leyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov 30-noyabr - 3 dekabr kunlari Ispani-yaning Madrid shahrida bo'lib o'tgan UNWTOn-ing 24-sessiyasida ovoz berishdan so'ng ma'lum qildi. Madriddagi tadbir doirasida O'zbekiston va

1 Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif tomoniadn ishalb chiqilgan.

2 World Tourism Cities Fideration.

3 United Nations World Tourism Organization-Butunjahon sayyohlik tashkiloti.

Portugaliya 2023-yilda UNWTO Bosh Assamb-leyasini o'tkazish uchun ariza topshirgan mam-lakatlar bo'lib, tadbir natijasida O'zbekiston ko'pchilik ovozga ega bo'ldi va navbatdagi assam-bleyani 2023-yilda qadimiy Samarqand shahrida o'tkazishga qaror qilindi.

Bu hol Samarqand ulkan sayyohlik salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston tarixiy "Buyuk ipak yo'li"da joylashgan mamlakatlardan biri bo'lib, sayyohlar asosan vatanimizdagi tarixiy obidalarni, madaniy me'morchilik maskanlarini ko'rish maqsadida tashrif buyurishadi. Respub-likamizning turli shaharlarida joylashgan 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud bo'lib (shundan 2330 tasi me'morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor maskanlar), ayni paytda O'zbekistondagi 4 ta me'moriy majmua - Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKO umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan [13]. Sayyohlarni asosiy jalb etadigan tarixiy yodgorliklar, ulug' ajdodlar-imizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar, muqaddas qadamjolarning ulkan qismi Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan. Xususan, Samarqand viloyati hududida 1607 ta tarixiy-madaniy ob'ektlar joylashgan bo'lib, ular-dan 975 arxeologik, 562 arxitektura ob'yektlari, 36 ta monumental san'at asarlari, 34 ta diqqatga sazovor joylar va 11 ta muzeylardir [14].

Bugungi kunda Samarqandning turistik salo-hiyatini yanada yuksaltirish hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish, zamo-naviy infratuzilma yaratish, logistika masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududda obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yangi

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ I ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

zamonaviy aeroport qurib bitkazildi. Turizm obyektlari bunyod etishga alohida e'tibor qara-tilmoqda. Ulardan biri eshkak eshish kanali atro-fidagi 260 gektar maydonni egallagan "Ipak yo'li Samarqand" majmuasidir. Ko'p tarmoqli majmua hududida kongress-markaz, turli toifadagi 8 ta mehmonxona, restoranlar, akvazona va noyob "Abadiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasi quri-lishi rejalashtirilgan. Ushbu obyektlar hududning turistik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Yangi majmua 2022-yilda ochilishi rejalashtirilgan.

Ushbu say'i harakatlar natijasida joriy va keyingi yillarda sayyohlar oqimining ko'payishi kutilmoqda. Bizning fikrimizcha, Covid-19 pandemiyasi oqibat-lari turizm sohasiga ulkan salbiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsada, ushbu kutilmagan iqtisodiy tebranishlar davrida o'ziga xos imkoniyatlar eshigini ochishini anglagan holda, turizm sanoatini imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi yo'nalishlarni kashf etish, yangi turizm yo'nalishlarini rivojlantirish hamda oxirgi o'n yilliklarda butun jahon bo'ylab keng tarqal-gan barqarorlik elementlarini joriy etish mumkin [15]. Jumladan, aynan pandemiya sayohatchilarn-ing sayohat qilish tabiatining o'zgarishiga, ya'ni barqaror turizmga bo'lgan talabning oshishiga olib keldi. Butun dunyoga mashhur Booking.com kompaniya tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra, sayohatchilarning 61 foizi pandemiya ularni kelajakda yanada barqaror sayohat qilishga undagani aytilmoqda. Google kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, 2021-yilda barqaror sayohat variantlarini qidirayot-ganlar soni 70% ga oshganligini ko'rsatmoqda[16]. Bu sayohatchilar kelajakda ko'proq ekologik zararsiz sayohat yo'nalishlarini tanlashga moyil-ligini anglatadi, ya'ni turizm industriyasidagi talab barqaror turizm tomon siljiyotganligi hamda talab va taklif qonunidan kelib chiqqan holda turizm bozorini diversifikasiya qilish imkoniyatlarini ham tahlil qilish joiz deb hisoblaymiz.

Barqaror turizm elementlari asosida mam-lakatimizga Yevropa Ittifoqining «Switch Asia» tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Marka-ziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish» loyihasi doirasida turistik sub'ektlarning barqaror turizm omillari (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy) asosida bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Ushbu loyiha dasturi asosida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi 300 ta sayyohlik korxonasi tanlab olinib, 4 kunlik o'quv kurslari tashkil etib kelinmoqda. O'quv kurslarida ekologik sertifikatsiya, GSTC1 mezonlari bo'yicha raqobatbardoshlikni oshirish uchun barqaror turizm hamda "yashil" xaridlarning afzalligi haqida ma'lumotlar berilmoqda. Yevropa Ittifoqi davlat-larining malakali mutaxassislari va ekspertlari-dan tashkil topgan professor-o'qituvchilar turizm sohasida faoliyat olib boruvchilarni o'qitish orqali ekologik sertifikatlash va «yashil» texnologiyalarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi masa-lalari bo'yicha trening ishtirokchilarining bilim va ko'nikmalarini oshirish uchun barcha sa'yi-hara-katlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishmoqda.

Ushbu loyiha natijasida saytlarida barqaror sayohat qilish imkoni borligini bildiruvchi ma'lumotlarni joylashtirgan. Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan jami 1842 ta mehmonxona joylashtirish vositalarining 1813tasi Booking.com saytida ro'yxatdan o'tgan. Shun-dan 264 ta joylashtirish ob'yektlarining sahifasida "Barqaror sayohat xususiyatlari" (Travel Sustainable properties) havolasi berilgan. Ushbu havola Booking.com kompaniyasi tomonidan 2020-yilda joriy etilgan bo'lib, asosiy maqsad butun dun-yodagi sayt foydalanuvchilariga ko'proq barqaror uy-joy variantlarini tanlash va barqaror rivojlanish yondashuvlari haqida kerakli ma'lumotlarni olish imkonini beradi.

"Travel Sustainable properties" havolasi, hududga tegishli ijobiy ta'sir ko'rsatadigan barqaror rivojlanish yondashuvlarini tatbiq etuvchi har qanday joylashtirish vositalari uchun hamkorlik mavjud. Ushbu havolaning ishga tushirilishi natijasida turar joy masalasi bo'yicha hamkorlar soni ortib borayotganini hamda, barqarorlik amaliyotin-ing xilma-xilligini namoyish etish, sayohatchilarga dunyoning istalgan nuqtasida barqaror turar joy

1 Global Sustainable Tourism Council-Global barqaror turizm kengashi

2 O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK ma'lumotlari. https://telegra.ph/ Samarqandda-184-mehmonxona-ish-boshladi-05-14

3, 4 Ma'lumotlar www.booking.com saytidan olingan (12.05.2022)

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

1-jadval. Barqaror sayohat xususiyatlari bo'yicha joylashtirish vositalarining tahlili

(Samarqand viloyati misolida)1

№ Joylashtirish ob'yektining nomi Chiqindi-larni kamaytirish Suvni tejash Energiyani tejash va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish Mahalliy hamjami-yatni qo'llab-quvvat-lash Tabiatni muhofaza qilish

1 Hotel Muqaddas 9 4 6 4 4

2 Sam Muharram ona 7 1 2 1 3

3 Hostel Imona 10 4 2 3 4

4 Like INN Hotel 7 4 6 3 3

5 Samarkand center 10 2 3 2 3

6 Hotel Grand Marakand 8 1 4 3 2

7 Hotel Registan Emir 10 4 6 4 5

8 Optimist 5 4 4 4 5

9 Hotel Gulsara 9 2 2 4 4

10 Samarkand Hiilton Hotel 3 4 2 2 4

11 Amina Hotel 10 4 6 4 5

12 Old Radio hostel 8 4 4 4 2

13 Silk Road Empire hotel 10 3 6 2 5

14 Rayyan Hotel Samarkand 1 4 5 2 3

15 Oqsaroy Guest House 7 4 4 3 4

16 Sultanat Hotel 3 4 5 - 2

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17 Hilton Plaza 777 8 2 2 3 3

18 Favorite apartment 4 4 2 2 2

19 The Loft Guest House 6 4 4 4 2

20 Yas Apartment 7 4 4 1 2

21 Guest House Ozod 1 4 5 3

22 Solnichniy kvartira g. Samarkande 8 3 6 4 2

23 Shoxjahon Palace 5 4 4 3 3

24 Madrassa Hostel 9 4 6 4 5

25 Apartment Vokzal 2 8 2 5 3 2

26 Soy Oasis Luxery Apartment 9 4 5 4 5

variantlarini tanlashning oson va tushunarli usulini taqdim etishdan iborat.

Barqaror uy-joyning mavjud standartlariga asoslanib, Booking.com sayti soha mutaxassislari va "Travalyst" kompaniyasi a'zolari bilan hamkor-likda joylahtirish ob'yektlari foydalanishi mumkin bo'lgan beshta asosiy yo'nalish bo'yicha eng yaxshi amaliyotni aniqlashga kirishdi, bular:

1Jadval www.booking.com sayti ma'lumotlaria sosida muallif tomonidan shakllantirilgan (12.05.2022).

- chiqindilarni kamaytirish;

- suvni tejash;

- energiyani tejash va issiqxona gazlari chiq-indilari kamaytirish;

- mahalliy hamjamiyatlarni qo'llab-quvvat-lash

- tabiatni muhofaza qilish.

1-jadvalda ushbu beshta asosiy yo'nalishlarning har biri alohida joylashtirish vositalaridan talab qilinayotgan tadbirlar bo'yicha ochib berilgan.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

Birinchidan, mamlakatimizda turizm sohasin-ing ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga e'tibor qarat-ish keng imkoniyatlarini yaratadi. Keyingi o'n yil-likda har to'rtta yangi ish joyidan bittasi turizm sektori tomonidan yaratilishini inobatga olsak, turizm O'zbekistonda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratib ishsizlik darajasini pasaytirishga katta hissa qo'shishi mumkin. Bu o'z navbatida aholi uchun yuqori daromad manbai bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan, O'zbekiston 2022-yilda sayohat qil-ish uchun 50 ta eng yaxshi manzil qatoriga kiritil-gan davlatlardan hisoblanib xavfsiz sayohat qilish imkoniyatlariga e'tibor berilgan turistlar oqimini ko'paytirishga yordam qiladi.

Uchinchidan, 2019-yilda Samarqand Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) a'zoligiga qabul qilinganligi hamda Samarqand 2023-yilda UNWTO1 Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qilishi o'zbek turizmiga o'zgacha jozi-badorlik beradi. Albatta tarixiy shaharning bunday katta turistlarning qamrovini kengaytiradi.

To'rtinchidan, hozirgi vaqtda Barqaror turizm yo'nalishlarini rivojlantirish barqaror turizm sari keyingi qadamdir. Aynan barqaror turizm ele-mentlarini joriy qilish uchun Samarqand viloyat-ida resurslar yetarli darajada mujassamlashgan, sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarda barqarorlik omillarini ham inobatga olib kelajakda ekologik toza yo'nalishlarni istovchi sayohatchi-larning talablarini qondirish hamda kelajak avlodga tarixiy yodgorliklarni, tabiiy boyliklarni asrab avay-lagan holda yetkazish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlarlar ro'yxati:

1. Travel and Tourism Economic Impact 2019. //https://www.wttc.orghttps://www.slovenia. info/uploads/dokumenti/raziskave/raziskave/world2019.pdf (2019 yil mart)

2. World travel and Tourism Council.org. https://wttc.org/Research/Economic-Impact

3. Travel and Tourism Economic Impact 2019. https://www.slovenia.info/uploads/dokumenti/ raziskave/raziskave/world2019.pdf(2019 yil mart)

4. Global Economic Impact and Trends 2020. https://wttc.org/Portals/0/ Documents/Reports/2020/Global%20Economic%20Impact%20Trends%202020. pdf?ver=2021-02-25-183118-360

5. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining "O'zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari" 2017, 2016-yillik statistik byulleteni ma'lumotlari

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5326-son, 2018-yil 4-oktyabrdagi "Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun o'zbekiston respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to'g'risida"gi PF-5551-son, 2019-yil 3-yanvardagi "Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolari uchun viza berish tartibotlarini soddalashtirish to'g'risida"gi PF-5610-son, 2019-yil 5-yanvardagi "O'Zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-son, 2019-yil 18-martdagi "Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun O'Zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5691-son, 2019-yil 13-avgustdagi "O'Zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5781-son Farmonlari.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5326-son Farmoni.

1 United Nations World Tourism Organization- Butunjahon sayyohlik tashkiloti.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

8. https://www.forbes.com/advisor/travel-rewards/50-best-destinations-to-spend-your-points-in-2022(2022 yil 19 yanvar holatiga ko'ra).

9. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining "O'zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari" 2021 yil. 26-bet.

10. https://zarnews.uz/uz/post/samarqand-jahon-turizm-markaziga-aylanadK2019 yil 22 iyun holatiga ko'ra)

11. A.Yo'ldoshev. Samarqandga o'n yilda 14 million, uch yilda 15 million sayyoh keldi. Xalq so'zi. (2019 yil 7 noyabr).

12. https://zarnews.uz/uz/post/samarqand-jahon-turizm-markaziga-aylanadi(2019 yil 22 iyun)

13. B.A.Erkayeva. "Ozbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari". "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №6, noyabr-dekabr, 2021 yil. https://xs.uz/uz/post/samarqandga-on-jilda-14-million-uch-jilda-15-million-sajyoh-keldi (2019 yil 7 noyabr).

14. G'olib Hasanov. Samarqand jahon turizm markaziga aylanadi. https://zarnews.uz/uz/post/ samarqand-jahon-turizm-markaziga-aylanadi (2019 yil 27 iyul)

15. Raxmonov Shuxrat Shavkatovich, and Alimova Mashxura Toirxonovna. «Туризм мощный катализатор социально-экономического развития региона» International Journal of Innovative Technologies in Economy, no. 3 (15), 2018, pp. 3-7.

16. Rahimova Nilufar Aminovna. «Pandemiyaning turizm industriyasiga ta'siri tahlili» Ekonomika i finansbi (Uzbekistan), no. 9 (145), 2021, pp. 22-27.

17. These sustainable travel sites will help you cut the carbon emissions of your next holiday. https://travelweekly.co.uk/news/air/google-data-shows-growing-consumer-demand-for-sustainable-travel (2021 yil 30 noyabr).

18. Муминов Н.Г. Перспективы развития государственного управления в сфере туризма в Узбекистане // Экономика и финансы (Узбекистан), 2022 г, №5, С.2-10.

19. Muminov N. Systematization of Factors Affecting the Development of Tourism. "Учинчи Ренессансни шакллантиришнинг ижтимоий-ик,тисодий муаммолари" мавзусидаги халк,аро илмий-амалий конференция материаллари. - Т.: «Ilm-Ziyo-Zakovat» нашриёти, 2022. - Б.393-395.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 6(154)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.