Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MAVJUD BOʻLGAN RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH'

RESPUBLIKAMIZDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MAVJUD BOʻLGAN RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
447
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy soha / turizm / turoperator / turbazalar / xususiy sektor / madaniy meros obyektlari. / social sphere / tourism / tour operator / public transport / private sector / cultural heritage sites.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Z. Jumanazarova

Turizm bugungi kunda respublikamizda eng tez rivojlanayotgan Iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada respublikamizda ichki turizmni rivojlantirishda mavjud boʻlgan resurslardan oqilona foydalanish usullari haqida maʼlumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RATIONAL USE OF AVAILABLE RESOURCES IN THE DEVELOPMENT OF DOMESTIC TOURISM IN OUR REPUBLIC

To date, tourism is the most dynamically developing sector of the economy of our republic. This article provides information on the methods of rational use of available resources in the development of domestic tourism in our republic.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MAVJUD BOʻLGAN RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

RESPUBLIKAMIZDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MAVJUD BO'LGAN RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH Jumanazarova Zilola Shokir qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7013708

Annotatsiya. Turizm bugungi kunda respublikamizda eng tez rivojlanayotgan Iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada respublikamizda ichki turizmni rivojlantirishda mavjud bo'lgan resurslardan oqilonafoydalanish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy soha, turizm, turoperator, turbazalar, xususiy sektor, madaniy meros obyektlari.

РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИМЕЮЩИХСЯ РЕСУРСОВ В РАЗВИТИИ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМА В НАШЕЙ РЕСПУБЛИКЕ

Аннотация. На сегодняшний день туризм является наиболее динамично развивающейся отраслью экономики нашей республики. В данной статье представлена информация о методах рационального использования имеющихся ресурсов в развитии внутреннего туризма в нашей республике.

Ключевые слова: социальная сфера, туризм, туроператор, общественный транспорт, частный сектор, объекты культурного наследия.

RATIONAL USE OF AVAILABLE RESOURCES IN THE DEVELOPMENT OF DOMESTIC TOURISM IN OUR REPUBLIC

Abstract. To date, tourism is the most dynamically developing sector of the economy of our republic. This article provides information on the methods of rational use of available resources in the development of domestic tourism in our republic.

Keywords: social sphere, tourism, tour operator, public transport, private sector, cultural heritage sites.

KIRISH

O'zbekiston iqtisodiyoti ko'p tarmoqli bo'lib turli xil tarmoqlarni o'zida birlashtiradi. Ularning har birini o'z vazifasi maqsadi bor. Shular ichidagi bugungi kunda respublikamizda eng rivojlanib borayotgan mo'may daromad keltiradigan soha turizm sohasi hisoblanadi. O'zbekiston turizm sohasida dunyo bo'yicha ulkan salohiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go'zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo'nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Respublikamiz hududida ko'plab turizm sohasini rivojlantirish uchun kerak bo'ladigan resurslar anchagina yaxshi ta'minlangan desak adashmaymiz. O'zbekiston respublikasi o'zining tabiiy jihatdan ham madaniy jihatdan ham o'zining boy tarixi va merosiga ega. Bularning barchasi yurtimizda turizmni rivojlantirish uchun qulay hisoblanadi. Turizm sohasi bugungi kunda asosan ichki turizm jihatdan taraqqiy etib bormoqda. Bunda eng ko'p turistlarni qabul qilayotgan hududlar sifatida, Samarqand viloyati, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati eng

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

peshqadam hisoblanadi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun so'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan maxsus farmon va qarorlari chiqarildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida: bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan.

Masalan, "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" Dasturi doirasida hududlarda turistlar oqimi past bo'lgan davrda amalga oshiriladigan sayohatlarga turistik infratuzilmani tayyorlash bo'yicha kompleks choralarni o'rganish va qabul qilish, jumladan:joylashtirish vositalari, jamoat ovqatlanish punktlari, sanitariya-gigiyena uzellari, transport vositalari, madaniy meros obyektlari va boshqa diqqatga sazovor joylarni inventarizatsiya qilish va xizmat ko'rsatishga tayyorlash;

Yo'l-ma'lumot ko'rsatkichlarini va boshqa turistik navigatsiya ko'rsatkichlarini o'rnatish/yangilash;

turistik infratuzilma obyektlarida turli madaniy-ko'ngilochar tadbirlarni, shuningdek diskont dasturlarni o'tkazish.

TADQIQOT NATIJALARI

O'rganishlar natijalarini O'zbekiston Respublikasi davlat turizmni rivojlantirish qo'mitasi va sayohatlar jadvalini shakllantirishda hisobga olish uchun sayohat muvofiqlashtiruvchilariga jo'natish.

Ekskursiya paytida foydalanish uchun zarur bo'lgan borib ko'rishga tavsiya etiladigan obyektlar va hududlar ro'yxati, shu jumladan O'zbekistonning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylarining ro'yxatini, axborot-targ'ibot materiallarini tayyorlash va sayohatlar muvofiqlashtiruvchilariga jo'natish.Ta'til davrida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo'qon, Marg'ilon va Toshkent shaharlarida o'quvchilar uchun ularning tarix, madaniyat va o'zbek xalqining ana'nalari to'g'risida bilimlarini oshirishga yo'nalti rilgan turli konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar va boshqa tadbirlar o'tkazilishini nazarda tutuvchi madaniy-bilishga oid "Shahar haftaligi" festivallari o'tkazilishini ta'minlash.

O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish Dasturida ishtirok etishga ishchilarni, mahalla faollarini, ayollar jamoasini, mehnat faxriylari va o'quvchilarni, shu jumladan asosan chekka hududlardagi aholi punktlari o'quvchilariga alohida e'tibor qaratgan holda yosh turistlar va o'lkashunoslik to'garaklari a'zolarini jalb qilish maqsadida keng targ'ibotni o'tkazish.

Ona o'lka tarixi, arxeologik va madaniy merosni chuqurlashtirilgan holda o'rganish, mamlakatning tabiiy boyliklari bilan tanishish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi bilimlar asosini egallashga yo'naltirilgan umumta'lim maktablari va "Barkamol avlod" bolalar markazlarining o'lkashunoslik va ekologiya to'garaklari faoliyatini kuchaytirish bo'yicha kompleks choralar Rejasini tasdiqlash.Ko'rsatib o'tilgan to'garaklar ishtirokchilari ichidan yosh mutaxassislarni tayyorlash, mutaxassislar tomonidan turizm sohasida keyinchalik ularning malakasini oshirish bilan ekskursiyalar va turlar tashkil etilishini ta'minlash. Yuqorida sanab o'tilgan rejalarni amalga tatbiq etish orqali anchagina yaxshi natijalarga erishsa bo'ladi. XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasida mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish uchun kerak bo'ladigan barcha resurslar bilan ta'minlanganligi, madaniy meros obyektlarining mavjudligi hamda qulay tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi tufayli turizmni rivojlantirish mumkin. Ayniqsa yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish uchun ham barcha narsalar yetarlicha. Faqatgina nima kerak ? Bu savolga javob sifatida bizda bor narsalarni avvalo yurtimiz ahosiga ko'rsatish tarixni o'rganish, madaniy xordiq chiqarish, keyinchalik esa yurtimizdan tashqarida butun dunyo miqyosida turizmni rivojlantirish xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb qilish ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kerak bo'ladi. Bularning barchasi birdan bo'lmaydi albatta asta sekin bo'ladi. Shunday ekan turizmni rivojlantirish uchun eng avvalo yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadga muvofiq desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Shovdirov T. N. O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR //Builders of the future. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 104-111.

2. https://lex.uz/docs/-3551112 ICHKI TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISHNI TA'MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA.

3. Mirzayev M.A., Aliyeva MT Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011. Fayzieva SH. Razvitiya turizma v Uzbekistan asosiy yo'nalishlari. // Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistan. № 3-4, 2004 yil.

4. Алиева, Г. И. Turizmning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni / Г. И. Алиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.1 (158.1). — С. 3-5. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44595/ (дата обращения: 13.08.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.