Научная статья на тему 'XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI'

XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1214
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalqaro turizm tarix / “Buyuk Ipak yo’li” / yurtimizning buyuk olim / Buyuk geografik kashfiyotlar / maktab o’quvchilarining sayohati / Tomas Kukning sayohat / sobiq Ittifoqda turizmi. / history of international tourism / the Great Silk Road / the great scientist of our country / great geographical discoveries / the journey of schoolchildren / the journey of Thomas Cook / tourism in the post-Soviet space.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — I. Ochilov

Ushbu maqolada xalqaro turizm tarixi va rivojlanishi, Buyuk Ipak yo’lining dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi o’rni, yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlarining Buyuk geografik kashfiyotlarga qo’shgan hissasi, turizm tarixini, maktab o’quvchilarining Yevropa davlatlari bo’ylab piyoda sayohati, Tomas Kukning sayohat marshruti va XX asrning ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda turizmga e’tibor qaratilishiga oid ma’lumotlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM

This article discusses the history and development of international tourism, the role of the Great Silk Road in the development of world civilization, the contribution of great scientists and thinkers of our country to the Great geographical discoveries, the history of tourism, school trips to Europe, Thomas Cook Route and attention to tourism in the former Soviet Union in the second half of the twentieth century.

Текст научной работы на тему «XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O'ZIGA XOS GEOGRAFIK

JIHATLARI Ochilov Iskandar

Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7186085 Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro turizm tarixi va rivojlanishi, Buyuk Ipak yo'lining dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi o'rni, yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlarining Buyuk geografik kashfiyotlarga qo'shgan hissasi, turizm tarixini, maktab o'quvchilarining Yevropa davlatlari bo'ylab piyoda sayohati, Tomas Kukning sayohat marshruti va XX - asrning ikkinchi yarmida sobiqIttifoqda turizmga e 'tibor qaratilishiga oidma'lumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro turizm tarix, "Buyuk Ipakyo'li", yurtimizning buyuk olim, Buyuk geografik kashfyotlar, maktab o'quvchilarining sayohati, Tomas Kukning sayohat, sobiq Ittifoqda turizmi.

ОСОБЕННОСТИ ГЕОГРАФИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ ИСТОРИИ И РАЗВИТИЯ

МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА Аннотация. В данной статье рассматриваются история и развитие международного туризма, роль Великого шелкового пути в развитии мировой цивилизации, вклад великих ученых и мыслителей нашей страны в Великие географические открытия, история туризма, школьные поездки в Европу, Томас Кук Маршрут и внимание к туризму в бывшем Советском Союзе во второй половине ХХ века.

Ключевые слова: история международного туризма, Великий шелковый путь, великий ученый нашей страны, великие географические открытия, путешествие школьников, путешествие Томаса Кука, туризм на постсоветском пространстве.

SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT

OF INTERNATIONAL TOURISM Abstract. This article discusses the history and development of international tourism, the role of the Great Silk Road in the development of world civilization, the contribution of great scientists and thinkers of our country to the Great geographical discoveries, the history of tourism, school trips to Europe, Thomas Cook Route and attention to tourism in the former Soviet Union in the second half of the twentieth century.

Keywords: history of international tourism, the Great Silk Road, the great scientist of our country, great geographical discoveries, the journey of schoolchildren, the journey of Thomas Cook, tourism in the post-Soviet space.

KIRISH

Bugungi kunda turizm dunyo mamlakatlarida milliy iqtisodiyotning salmoqli daromad keltiruvchi sohalaridan biriga aylanib olgani ko'pchiligimizga malum. So'nggi yillarda Ozbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyati jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi "Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qabul qilgan farmonida "...turizm tarmogi uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tayyorlash va malakasinioshirish" masalasi orta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bugungi kunda mamlakat milliy itisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo lgan turizmni rivojlantirish bo yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoda, bu esa mazkur sohaning tez rivojlanishi, yangi ish orinlarini yaratish, soxadan kelayotgan daromadlarni oshirish, aholi turmush darajasi va yashash sifatini yaxshilash, shuningdek, investitsion jozibadorlikni yanada oshirishga qaratilgan.

Turizm qadimdan xalqlar o'rtasidagi (iqtisodiy, savdo sotiq, fan, madaniyat, san'at, hunarmandchilik va h.k.) aloqa manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, eramizdan avvalgi 3-2 ming yillar davomida kishilarning yangi geografik joylarni ochish, o'zlari uchun qulay hududlarni egallab olish, boylik orttirish va boshqa maqsadlarda dunyoni o'rgana boshlangan."Buyuk Ipak yo'li' ning ochilishi va undagi xalqaro munosabatlarning rivojlanishi bevosita turizm geografiyasining tarixiga borib taqaladi. Bundan tashqari, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo okeani bo'ylab sayyohatlar olamni bilish va yangi yerlarni ochish maqsadidagi turli geografik sayohatlar turizmning shakllanishida muhim omil bo'ldi. Bu o'rinda yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlari Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur va boshqalarning ham xizmatlari kattadir.

TADQIQOT NATIJALARI

Mazkur fanning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini ba'zi ilmiy adabiyotlarda (Unitsiker, Mariotti va h.k.) o'ziga xos tarixiy bosqichlarga ajratgan. Jumladan, M.V. Sokolova turizm tarixini keng ko'lamli tadqiq etib, uni 4 bosqichga (Qadimgi sayohat, O'rta asr yuri shlari va sayohatlar, Yangi davr turizmi rivojlanishi va XX asr turizmi) ajratgan (Sokolova, 2002). Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda turizm tarixini 3 qismga ajratish maqsadga muvofiqdir:

1. Qadimgi hamda o'rta asr va uyg'onish davri turizmi;

2. Ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan davr turizmi;

3. Hozirgi zamon turizmi

Ma'lumki, dastlabki turistik sayohatlar savdo sotiq maqsadlarida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi, bundan 14 ming yil avvalgi qadimgi Misrda o'ziga xos tusga kirgan Misr shohi Xatshepsut dengiz ekspeditsiyasida sayohat uyushtiradi (Shapoval, 1998). Eramizdan avvalgi VI - asrda Misr firauni Nexao uch yillik sayohatni Afrika bo'ylab tashkil etadi. Keyinchalik esa misr zodagonlari ko'plab shaharlarga (Gretsiya, Rim va h.k.) sayohatga chi qa boshladi. Bu davrda turizm boylik topish uchun uyushtirilardi. Shuning uchun ular o'zlari uchun qulay yo'llar va dam olish joylari barpo etadi. Boylik orttirish maqsadida bundan 2300 yil avval Ksenofont grek portini qurish, savdo rastalari va davlat uylari barpo etishni buyuradi. Bu unga katta daromad olib keladi. Ayni paytda mehmonxona xo'jaligi xizmatlari shakllantiriladi. Ba'zi yunon va rimliklar o'zi yashab turgan shahardan uncha uzoq bo'lmagan tog' va tog' oldi hududlarida dam olish, davolanish va ov qilish uchun maxsus joylarni barpo etishgan.

Turizm ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin tez o'sib bordi. K. Liberening ta'rificha, "Yevropada XVIII - asrda turizm yangi ko'rinish oldi vasayyohlar tanishuv, davolanish va dam olish maqsadida hamda savdo-sotiq ahamiyatidagi sayohatlar tez o'sdi" -deb aytadi (Erdavletov, 2000, s.81-84).XVII-XVin asrda maktab o'quvchilarining Yevropa davlatlari bo'ylab piyoda sayohati tarixga "Buyuk turistik sayohat" bo'lib kirdi. Ular Londondan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshlablspaniya, Frantsiya, Italiya va Gretsiya davlatlarida bo'lishib, sayohat davomida har birdavlatning hayoti, turmush tarzi, urf odati, madaniyati va sanhati bilan tanishdilar.

Birinchi bo'lib ommaviy turistik sayohat Angliyada 1841 yili Tomas Kuk uyushtirgan turistik marshrut bo'ldi. U 600 kishilik sayyohni temir yo'l transportida Leysterdan Lafboroga sayohat tashkil qildi. Kuk 1845 yil Liverpulga, 1865 yil Shveytsariyaga sayohat uyushtirdi va 1882 yil dunyoda birinchi bo'lib jahon bo'ylab turistik sayohat qildi. Tomas Kuk o'z sayohat marshrutida temir yo'l, kema, mehmonxona va boshqa ob'ektlar bilan shartnoma asosida sayohatni tashkil etdi (Yerdavletov, 2000, s.85).

XIX - asrning ikkinchi yarmidan keyin G'arbiy Yevropa va Amerika davlatlarida turizm alohida boshqaruv va uyushtirilgan turistik guruhlar asosida rivojlana boshladi. Birinchi jahon urushigacha chet el turizmida aksariyat yuqoritabaqali boy aholi qatnashdi. Bu davrda turistik sayohatlar asosan dengiz va dengiz bo'ylari qirg'oqlari hamda dam olish uylariga uyushtirildi. Bunda asosan Frantsiya, Italiya, Shveytsariya va boshqa davlatlarda turistik faoliyat rivojlandi.

MUHOKAMA

Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillari oralig'ida turistik sayohatlar o'ziga xos yangi mazmun kasb etdi. Endilikda turistlar tomosha va dam olish bilan birgalikda tanishuv maqsadlari, qadimiy yodgorliklar, arxitektura, san'at, madaniy yodgorliklarni o'rganishni ham o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar.Biroq, Ikkinchi jahon urushi yillarida dunyo miqyosda xalqaro turizmning o'sish sur'ati nihoyatda pasayib ketdi. Birinchi jahon urushi davrida yiliga xalqaro turizmda 18-19 mln. kishi mashg'ul bo'lgan bo'lsa, 1947 yilda ushbu faoliyatda 16,6 mln, 1949 yilda esa 20 mln. kishi qatnashdi. G'arbiy Yevropada XX - asrninig ikkinchi yarmidan keyin "ichki Yevropa xarakteri"ga xos turizm rivojlandi (Zachinyaev, Falg'kovich,1972). Turistik sayohatlar Skandinaviya, Avstriya, GFR, Ispaniya, Italiya, Frantsiya va boshqa qo'shni davlatlar o'rtasida keng miqyosda uyushtirildi. Amerika qithasida ham AQSH, Kanada, Meksika, Panama kabi davlatlarda u tez o'sdi. Amerika sayyohlarining Yevropaga va, aksincha, Yevropa sayyohlarining Amerika va boshqa qit'a mamlakatlariga sayohati kengaydi.

XX - asrning ikkinchi yarmidan keyin sobiq Ittifoqda ham turizmga e'tibor qaratildi. Ushbu turistik sayohatlarni asosan sobiq sotsialistik davlatlarga uyushtirishni ko'zda tutdi. Bu hukumat 1969 yil 26 iyun ittifoqdosh respublikalarda turizmni rivojlantirish to'g'risida farmon chiqardi. Shundan keyingi yillar davomida Hamdo'stlik davlatlarida turizm shakllana boshladi. Biroq, ta'kidlash joizki, uzoq mustabit tizim davrida qadimdan shakllanib kelgan sayyohlikning o'ziga xos xususiyatlari ancha yo'qolib ketgan edi.

XULOSA

Binobarin, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlarda turizmning yangi yo'nalishlari vujudga kela boshladi. Afsus bilan aytish lozimki, 70 - yillik qatog'onlik deb atalmish sovetlar davrida jahon turizmining nihoyatda rivojlanishi, xo'jalikning muhim tarmog'i sifatida shakllanishi asosan G'arbiy Yevropa, Amerika va Sharqiy Osiyo davlatlarida ko'zga tashlandi, bizda esa, aksincha, u unchalik taraqqiy etmadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasiнинг "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 939-son qarori. 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz

3. Ван Циншен, Историко-культурный туризм и развитие туристических городов Культура народов Причерноморья. 2002. №35. С.11-15

4. Дмитриевский Ю.Д. Туристские районы мира. Смоленск, 2000. 224 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.