Научная статья на тему 'BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH – IPAK YO‘LI YO‘NALISHLARIDAGI DAVLATLARNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LI SIFATIDA'

BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH – IPAK YO‘LI YO‘NALISHLARIDAGI DAVLATLARNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / iqtisodiy o‘sish / turizm / globallashuv / barqaror turizm / xalqaro sayyohlik bozori / MOST loyihasi / xalqaro standartlar.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Mamanov Muxammadamin

Turizm sohasi ham iqtisodiy tarafdan, ham ijtimoiy-madaniy tarafdan ahamiyatga ega keng qamrovli tarmoq hisoblanadi. O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy modeli samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojiga asoslangan bo‘lib, shu sababli turizm sohasini jadal rivojlantirish juda muhimdir. Shu tufayli ushbu tezisda keng qamrovli tahlillar va amaliy tadqiqotlar orqali barqaror turizmni rivojlantirishning potensial afzalliklari, jumladan, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish, sayyohlik yo‘nalishining barqarorligini oshirish va global turizm bozorida raqobatbardoshlikni oshirish ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH – IPAK YO‘LI YO‘NALISHLARIDAGI DAVLATLARNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LI SIFATIDA»

BARQAROR TURIZMNI RIVOJLANTIRISH - IPAK YO'LI YO'NALISHLARIDAGI DAVLATLARNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH YO'LI SIFATIDA

Mamanov Muxammadamin

Magistr, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13898606

Annotatsiyaю Turizm sohasi ham iqtisodiy tarafdan, ham ijtimoiy-madaniy tarafdan ahamiyatga ega keng qamrovli tarmoq hisoblanadi. O'zbekistonning zamonaviy iqtisodiy modeli samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat ko 'rsatish yo'nalishlari rivojiga asoslangan bo'lib, shu sababli turizm sohasini jadal rivojlantirish juda muhimdir. Shu tufayli ushbu tezisda keng qamrovli tahlillar va amaliy tadqiqotlar orqali barqaror turizmni rivojlantirishning potensial afzalliklari, jumladan, uzoq muddatli iqtisodiy o 'sish, sayyohlik yo'nalishining barqarorligini oshirish va global turizm bozorida raqobatbardoshlikni oshirish ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o'sish, turizm, globallashuv, barqaror turizm, xalqaro sayyohlik bozori, MOST loyihasi, xalqaro standartlar.

Аннотацияю Область туризма представляет собой комплексный сектор, важный как в экономическом, так и в социальном и культурном отношении. Современная экономическая модель Узбекистана основана на развитии сферы услуг наряду с эффективным производством, поэтому очень важно быстро развивать туристический сектор. Таким образом, в этой диссертации подчеркиваются потенциальные преимущества развития устойчивого туризма посредством всестороннего анализа и тематических исследований, включая долгосрочный экономический рост, повышение стабильности туристического направления и повышение конкурентоспособности на мировом туристическом рынке.

Ключевые слова: цифровая экономика, экономический рост, туризм, глобализация, устойчивый туризм, международный туристический рынок, проект МОСТ, международные стандарты.

Abstract The field of tourism is a comprehensive sector that is important both economically and socially and culturally. The modern economic model of Uzbekistan is based on the development of service lines along with efficient production, therefore, it is very important to rapidly develop the tourism sector. Therefore, this thesis highlights the potential benefits of developing sustainable tourism through comprehensive analysis and case studies, including long-term economic growth, increasing the stability of the tourist destination and increasing competitiveness in the global tourism market.

Keywords: digital economy, economic growth, tourism, globalization, sustainable tourism, international tourism market, MOST project, international standards.

Globallashuv jarayonlari insonlarning dunyo bo'ylab erkin harakatlanishiga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Sayyohlik sohasi esa dunyo miqyosida ko'plab davlatlarning mahalliy iqtisodiyoti uchun juda muhim tarmog'laridan biriga aylanib ulgurdi. U daromadliligi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko'p ish o'rinlari yaratish imkonini beradi. Bu ish o'rinlari nafaqat turizm sektorining bir qismi, balki qishloq xo'jaligi, aloqa, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarini ham o'z ichiga olishi mumkin.

So'nggi yillarda O'zbekistonda keng ko'lamli, ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oshirilmoqda. Ulardan ko'zlangan asosiy maqsad demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, mahalliy aholining turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Shu sababli bu yo'nalishda turizm asosiy lokomativ tarmoq hisoblanib, kambag'allikni qisqartirishda sayyohlik sohasi ulushini oshirish, sohada yangicha yondashuvlarni joriy qilish, xizmatlar sifati va turlarini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlari ishlab chiqish hamda infratuzilma loyihalariga investitsiyalarni ko'proq yo'naltirish dolzarb hisoblanadi.

Samarqand shahrida 2023-yil 16-18 oktabr kunlari o'tkazilgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham "Ko'plab davlatlar hozirgi murakkab vaziyatda o'z iqtisodiyotini tiklash va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda turizm sohasiga tayanmoqda. Shu ma'noda, turizm mamlakatlarimizning umumiy farovonligi va barqaror taraqqiyotini ta'minlashning muhim omilidir, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ayni paytda, u jahon xalqlari o'rtasida madaniy almashuvlarni kuchaytiradigan, bag'rikenglik tamoyillarini mustahkamlaydigan qudratli vositadir" deya ta'kidladi.[1] Bu orqali esa sohaning mamlakatimiz barqaror iqtisodiy o'sishiga naqadar muhimligini anglash mumkin.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 5 040,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O'zbekistonga tashrif buyurgan.[2] Yillik sezilarli o'sishga qaramay, xalqaro turizm kelishi pandemiyadan oldingi darajadan past bo'lib qoldi va bu pandemiyaga qadar bo'lgan ko'rsatkichning salkam 70 foizini tashkil qilganini ko'rish mumkin.[3] Joriy yilda ham turizm pandemiyadan oldingi darajaga qaytish yo'lida davom etmoqda, 2024-yilning yanvar-avgust oylaridagi ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 721 ming nafarga yoki 16,7 % ga oshgan.

Hozirgi davrda ekologik barqarorlik bozorda raqobatbardoshlikning muhim omili bo'lib bormoqda. Ekologik xabardorlikni oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, samarali ekologik texnologiyalarni qo'llash mamlakatda turistik tarmoqni yanada rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2023-yil 29-martdagi yig'ilishda ta'kidlab o'tganidek, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish uchun milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiq darajaga keltirish va ularni korxonalarda joriy etish muhimdir. Xorijiy sayyohlarning O'zbekistonda bir kun ko'proq qolishi yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshiradi. Agar mahsulot xalqaro standartga muvofiq bo'lmasa, u hech qachon raqobatbardosh bo'la olmaydi.

Mamlakatimizda barqaror turizmni rivojlantirish doirasida Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtiriladigan "Switch Asia" dasturining "Markaziy Osiyoda barqaror turizm uchun model: salohiyatni yaratish, xabardorlikni oshirish, texnologiyalarni joriy etish" loyihasi (MOST loyihasi) doirasida faol ishtirok etib kelmoqda. MOST loyihasining umumiy maqsadi -O'zbekiston, Tojikiston va Qozog'istonda barqaror turizmning yangi va maqbul strukturalangan modelini ilgari surishdir. Loyiha doirasida O'zbekiston, Tojikiston va Qozog'istondagi sayyohlik tashkilotlarini barqaror ishlab chiqarish va iste'mol - UPP amaliyotini joriy etishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) bo'yicha tegishli bilim va vositalarni taqdim etish orqali qo'llab-quvvatlash, barqaror turizmni rivojlantirish, bu haqdagi xabardorlikni oshirish va iste'molchilarning barqaror iste'mol to'g'risidagi xabardorligini oshirishga yordam beradigan siyosatni rejalashtirish va amalga oshirishda mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarini qo'llab-quvvatlash, davlat organlari, kichik va o'rta korxonalar hamda barqaror ishlab chiqarish va iste'mol - UPP bo'yicha yakuniy foydalanuvchilar o'rtasida muloqotni kuchaytirish hisoblanadi.[4]

O'zbekistonda loyihani amalga oshiruvchi tashkilot XSTU - Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi hisoblanadi. MOST Loyihasi doirasida O'zbekiston, Tojikiston va Qozog'iston sayyohlik tashkilotlari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishga muvaffaq bo'lishdi:

• Turizm korxonalarida ekologik menejment, barqaror marketing mavzulari bo'yicha o'quv kursida ishtirok etish;

• Ekologik sertifikatlashtirish maqsadida ma'lumotlarni boshqarish uchun dasturiy texnologiyalarni o'rnatish va ulardan foydalanish;

• Monitoring uchun apparatli hamda dasturiy ta'minotni olish va o'rnatish;

• Bepul maxsus qurilmalar ("aqlli" hisoblagichlar) taqdim etiladigan korxonalar orasidan tanlab olinish.

Mehmondo'stlik industriyasi sohasida ekologik dasturlarni amalga oshirishning muhimligini anglash sayyohlik tashkilotlariga nafaqat atrof-muhit to'g'risida g'amxo'rlik qilish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi, balki iqtisodiy boshqaruvning serdaromadlilik va rentabellikning o'sishini rag'batlantirishga hamda raqobatbardoshlikni oshirishga imkon beradigan juda qudratli vositasi ham hisoblanadi. [5]

Ekologik sertifikatlanganlikning mavjudligi mehmonxona biznesi korxonasining imijiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, kuchli marketingli "yashil" vosita bo'lib hisoblanadi va mehmonlarning sodiqligini oshirishga xizmat qiladi. Buning sharofati o'laroq, turoperatorlar va sayyohlar hamkorlik qilish uchun ko'pincha aynan shunday mehmonxonalarni tanlay boshlaydilar, bu esa qo'shimcha foyda olishga yordam beradi.

Barqaror turizm modelini ishlab chiqishni ko'rib chiqishda barqarorlik tamoyillarining integratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoatchilik ishtiroki va iqtisodiy hayotiylikni muvofiqlashtirish kabi yo'nalishlar uzoq muddatli o'sish uchun mustahkam poydevor yaratishi mumkin. Butun dunyo bo'ylab bunday modellarni o'zlashtirgan yo'nalishlarning muvaffaqiyat strategiyalari barqarorlik va ortib borayotgan turizm malakasi o'rtasidagi ijobiy bog'liqlikni ta'kidlaydi.

Barqaror turizm modellarini o'rganish va tahli qilish milliy turizm salohiyatini rivojlantirish va iqtisodiy jihatlarga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Keng qamrovli tahlil natijasida iqtisodiy foyda darhol erishiladigan daromadlardan tashqarida ekanligi ayon bo'ladi. Barqaror amaliyotlarni qo'llagan yo'nalishlarning raqobatbardoshligi ortib borayotgani tufayli jahon turizm bozorida ijobiy o'rin tutadi. Bu nafaqat atrof-muhitga e'tiborli sayyohlarni jalb qiladi, balki mas'uliyatli va istiqbolli turizm boshqaruvi uchun obro'ga ega bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, turizm salohiyatini oshirish strategiyasi sifatida barqaror turizm modelini ishlab chiqish ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy mulohazalar birlashadigan ko'p qirrali landshaftni ochib beradi. Butun dunyo bo'ylab muvaffaqiyatli modellar ko'rsatganidek, barqarorlik tamoyillarining integratsiyasi nafaqat tabiiy va madaniy boyliklarni saqlab qolish, balki iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun asos yaratadi. Iqtisodiy ta'sir nafaqat qisqa muddatli daromad, balki global miqyosda yo'nalishlarning raqobatbardoshligini oshiradigan o'zgartiruvchi kuchdir.

Bundan tashqari, bizning tadqiqotlarimiz jamoatchilik ishtirokining muhim rolini ta'kidlaydi. Mahalliy hamjamiyatlarning imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat madaniy saqlanishni ta'minlabgina qolmay, balki sayyohlarning tashrif buyuradigan manzilining imkoniyatlarini ham oshiradi. Bu rezidentlarni faol manfaatdor tomonlarga aylantirib, tashrif buyuruvchilarda ijobiy aks-sado beradigan egalik va haqiqiylik tuyg'usini rivojlantiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi. // havola: https://president.uz/oz/lists/view/6763

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumoti. // https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/56888-o-zbekistonga-turistik-maqsadlarda-kelgan-chet-el-fuqarolari-necha-nafarni-tashkil-etgan-4

3. WTTC. (2020). Economic Impact Reports. World Travel & Tourism Council. // https://wttc.org/research/economic-impact

4. Supporting Sustainable Consumption and Production (SCP) - Launch of the EU SWITCH-Asia Programme in Central Asia. MOST project. https://www.eeas.europa.eu/node/64882 en

5. Bramwell, B., & Lane, B. (2021). Critical research on the governance of tourism and sustainability. Journal of Sustainable Tourism, p. 411-421.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.