Научная статья на тему 'YASHIL TURIZM SOHASIDA AHOLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI'

YASHIL TURIZM SOHASIDA AHOLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
109
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yashil turizm / aholi savodxonligi / xorijiy sayyohlar / sayyohlik imkoniyatlari / turistlarning yashil turizm tasavvurlari / turistik yo‘nalishlar

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Rasulova Nigora Yusupovna

Maqolada yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish masalalari oʼrganilgan. Jumladan, Oʼzbekistondа yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirishning ahamiyati, yashil turizmni shakllantirishda hududlarning turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish masalalari boʼyicha ilmiy taklif va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YASHIL TURIZM SOHASIDA AHOLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

YASHIL TURIZM SOHASIDA AHOLI SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Rasulova Nigora Yusupovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mehmonxona biznesini boshqarish kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10159872

Annotatsiya. Maqolada yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish masalalari o'rganilgan. Jumladan, O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirishning ahamiyati, yashil turizmni shakllantirishda hududlarning turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish masalalari bo 'yicha ilmiy taklif va xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: yashil turizm, aholi savodxonligi, xorijiy sayyohlar, sayyohlik imkoniyatlari, turistlarning yashil turizm tasavvurlari, turistik yo'nalishlar.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы повышения грамотности населения в сфере зеленого туризма. В частности, научно проанализированы важность повышения грамотности населения в сфере зеленого туризма в Узбекистане, вопросы эффективного использования туристского потенциала регионов в формировании зеленого туризма. Также представлены научные предложения и выводы по вопросам повышения грамотности населения в сфере зеленого туризма.

Ключевые словa: зеленый туризм, грамотность населения, иностранные туристы, туристические возможности, представления туристов о зеленом туризме, туристские дестинации.

Abstract. The article discusses the issues of increasing the literacy of the population in the field of green tourism. In particular, the importance of increasing the literacy of the population in the field of green tourism in Uzbekistan, the issues of effective use of the tourism potential of the regions in the formation of green tourism, were scientifically analyzed. Scientific proposals and conclusions on improving public literacy in the field of green tourism are also presented.

Keywords: green tourism, population literacy, foreign tourists, tourism opportunities, tourists' ideas about green tourism, tourist destinations.

Kirish. O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish masalalari turizm sohasi uchun dolzarb vazifadir. Yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish barqaror turizmni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish, mamlakatda yashil turizmni rivojlantirish, mazkur sohada aholini ish bilan bandligini oshirish va shuning bilan bir qatorda tabiiy turfa xillikni, ya'ni biobalansni saqlash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish maqsadida davlat organlarining yashil turizmni rivojlantirish sohasida aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish maqsadida zamonaviy innovatsion ta'lim platformalarni amaliyotga keng tatbiq etishning yaxlit tizimini yaratish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko'rsatishga to'sqinlik qilmoqda. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning 16 oktabr kuni Samarqandda Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida mamlakatlar o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Global turizmning eng dolzarb muammosi — bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta'minlashdir. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va beqaror vaziyatlar soha rivojiga pandemiyadan ham ko'ra ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatmoqda".

Shavkat Mirziyoyev shu maqsadda, hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda, xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etdi.

Iqlim o'zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda "yashil" turizmni rivojlantirish bo'yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarb ekanini ta'kidlagan prezident tashkilotning "Yashil" turizmni joriy etish bo'yicha eng yaxshi shahar" nominatsiyasini ta'sis etishni ham taklif qildi.

Qayd etilishicha, tashkilot ko'magida yaqinda ish boshlagan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti hamda Samarqanddagi "Ipak yo'li" xalqaro universiteti hamkorligida Global "yashil" turizm startaplari laboratoriyasini yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, xavfsiz turizmni rivojlantirishda innovatsion raqamli platformalarni tatbiq etish dolzarb masalalardan bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-436-son Qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Tahlil va natijalari:

Yashil turizm turizm sanoatida ekologik usullar va texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi. Nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda "ekologik" sifatlari juda kam qo'llaniladi va eng ko'p qo'llaniladigan atama "yumshoq turizm" (Sanfter Tourismus) yoki "ekologik va ijtimoiy mas'uliyatli turizm" dir. Bu atama sanoatlashgan ommaviy turizmga muqobil sifatida 1980 yilda R. Jungk tomonidan taklif qilingan. Odatda yumshoq turizm qattiq turizmdan farqlanadi, uning asosiy maqsadi maksimal foyda olishdir. Yumshoq turizm nafaqat muvaffaqiyatli biznesni, balki turistik hududlarning madaniy farovonligi, ularning resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va atrof-muhitga zararni minimallashtirish haqida g'amxo'rlik qilishni ham birinchi o'ringa qo'yadi.

Xitoylik tadqiqotchi olimlar Da Xu, Yunfeng Shang, Qin Yang, Hui Chen [3] aholining qarishi va ekoturizm samaradorligi: yashil tiklanishni rag'batlantirish yo'llariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarida aholi qarishining ekoturizm samaradorligiga ta'siri faqat Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Janubi-G'arbiy Xitoy uchun uzoq va qisqa muddatda ahamiyatli. Xitoy hukumati kattalar turizmi, virtual turizm xizmatlari, sayyohlik sanoati bilan shug'ullanuvchi KO'B sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash va keksa odamlar uchun turizm xizmatlaridan foydalanishni rag'batlantirish paketlarini taqdim etishga ko'proq e'tibor berishi mumkin.

Nepallik tadqiqotchi olimlar Suraj Upadhaya, Sarada Tiwari, Beeju Poudyal, Sagar Godar Chhetri, Nabin Dhunganalar [4] mahalliy aholining Markaziy Nepaldagi ekoturizmning ta'siri va ahamiyati haqidagi tushunchasi mavzusidagi tadqiqotlarida ekoturizm tabiiy resurslarni saqlash va tabiiy va madaniy resurslardan foydalanishni rivojlantirishga hissa qo'shadi. Biroq mahalliy aholining kuchli qo'llab-quvvatlashi va ishtirokisiz, belgilangan maqsadlarga erishish oson

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

emasligini ta'kidlab o'tishgan. Ushbu tadqiqot mahalliy aholining ekoturizmning ta'siri va ahamiyati haqidagi tushunchasini tushunishga qaratilgan. Tadqiqotchilar Nepalning ekoturizmning asosiy markazi bo'lgan Chitvan milliy bog'idan (CNP) 167 respondent bilan yarim tizimli suhbat o'tkazishgan va natija shuni ko'rsatdiki, respondentlarning 70% dan ortig'i ekoturizm faoliyatiga qiziqadi va ularning qiziqishlariga yoshi, ilmiy malakasi va kasbi sezilarli darajada ta'sir qiladi. O'rganilayotgan hududdagi mahalliy aholi infratuzilmani rivojlantirish va bilimlar bazasini ko'paytirish ekoturizmning muhim ta'siri ekanligini tushunishdi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlari ularning ekoturizmning ta'siriga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlarni batafsil tushunish va hisobga olish samarali targ'ibot va rejalashtirish jarayoniga hissa qo'shishi mumkin, bu esa ekoturizmni yanada yuqori rag'batlantirishga olib keladi.

Rus tadqiqotchi olimalari O.A.Mironova, E.M.Sokolovalar [5] hududning barqarar rivojlanishini ta'minlashda yashil turizmning o'rni mavzusidagi tadqiqotlarida Rostov viloyati misolida hududning barqaror rivojlanishi kontseptsiyasi tahlil qilishgan mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni optimallashtirish maqsadida yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish yashil turizmni iqtisodiy o'sishni ta'minlash va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish omili sifatida rivojlantirish imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslab berishgan.

2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga o'tish va "yashil" o'sishni ta'minlash DASTURI "yashil" iqtisodiyotga o'tishning ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta'minlash, iqlim o'zgarishiga doir masalalarda davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, "yashil" iqtisodiyot sohasida aholining iqtisodiy faolligini oshirish orqali aholi va mahalliy jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;

"Yashil" investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash, xususiy sektorga keng imkoniyatlar yaratish va "yashil" innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklikni va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali "yashil" iqtisodiyotga o'tish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Dastur quyidagi 6 ta ustuvor yo'nalishda O'zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiy o'sishni ta'minlash vazifalarini belgilaydi:

tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;

milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim o'zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash;

milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning "yashil" va kam uglerodli rivojlanishini ta'minlash; innovatsiyalarni joriy etish va samarali "yashil" investitsiyalarni jalb qilish; barqaror va inklyuziv "yashil" urbanizatsiyani rivojlantirish;

"yashil" iqtisodiyotga o'tish davrida katta ta'sir ostida bo'lishi mumkin bo'lgan aholi va ularning yashash joylarini qo'llab-quvvatlash.

Ushbu ustuvor yo'nalishlar bo'yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi quyidagi yo'nalishlardagi tarmoqlararo choralar bilan bir qatorda amalga oshiriladi:

"yashil" o'sish bo'yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;

"yashil" iqtisodiyotga o'tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy

qilish;

tashqi va ichki "yashil" moliyalashtirish oqimlarini ko'paytirish.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

nodavlat notijorat tashkilotlar va xususiy sektorning faol ishtirokida ommaviy seminarlar, ishchi yig'ilishlar va treninglar kabi ta'lim va targ'ibot dasturlari orqali jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini kuchaytirish va muvofiqlashtirish:

olingan tajriba va ilg'or amaliyot bilan almashish uchun milliy platforma yaratish; tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada tajriba almashish; tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishi bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilikning bilimlarini lozim darajada birlashtirish uchun tegishli mexanizmlarni aniqlash;

ta'lim sifati va natijadorligini oshirish — bolalar, yoshlar va ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning inklyuziv ta'limini ta'minlash, sifati va qamrovini oshirish

Shuningdek, "Yashil" o'sish bo'yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan:

davlat organlari va tashkilotlari boshqaruv xodimlarining boshqarish, rejalashtirish vakolatlarini takomillashtirish — manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari uchun barqaror boshqaruv masalalari bo'yicha treninglar o'tkazish;

"yashil" iqtisodiyotga o'tish bo'yicha harakatlar va chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini baholash bo'yicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik vakolatlarini mustahkamlash — manfaatdor davlat organlari va xususiy tashkilotlarning o'rta va texnik xodimlari uchun treninglar o'tkazish;

"yashil" o'sish, iqlim o'zgarishiga barqarorlik bo'yicha trenerlarni tayyorlash — salohiyatni oshirish bo'yicha ta'lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar uchun instruktorlarni tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslarini ishlab chiqish va o'tkazish;

kichik grantlar ajratish orqali xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda o'qitish va maslahat xizmatlarini ko'rsatishni qo'llab-quvvatlash — xususiy tijorat va notijorat tashkilotlar uchun "yashil" iqtisodiyot masalalari bo'yicha ochiq ma'ruzalar, konferensiyalar va seminarlar o'tkazish xarajatlarini qoplashga qaratilgan kichik grantlar taqdim etish;

ta'lim tashkilotlarining tegishli o'quv rejalariga "yashil" iqtisodiyot mavzularini kiritish — tegishli ta'lim tashkilotlarida mavjud fanlar doirasida "yashil" iqtisodiyot amaliyoti va tamoyillariga oid mavzularini kiritish;

"yashil" iqtisodiyot onlayn markazini tashkil etish — "yashil" iqtisodiyot, uning qonunchilik bazasi, o'tmish va kelajakdagi faoliyati, ilg'or xalqaro tajribalar va "yashil" o'sishning boshqa jihatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan elektron platforma yaratish;

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "yashil" iqtisodiyot va barqaror biznes yo'nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Yashil" iqtisodiyot va barqaror biznes" fakultetini (kafedrasini) ochish;

vakolatli davlat organlari tizimidagi institut va markazlarning o'zaro muvofiqlashtirilgan bilimlarni boshqarish bo'yicha salohiyatini oshirish, to'plangan bilim, tajriba va ilg'or amaliyot almashinuvi bo'yicha milliy platforma yaratish;

Moslashuvni o'rganish mexanizmi (Adaptation Learning Mechanism — ALM) kabi tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada ma'lumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish;

turli darajada to'plangan bilimlarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishiga integratsiya qilish mexanizmlarini yo'lga qo'yish;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishi bo'yicha to'plangan bilim, tajriba va ilg'or amaliyotlar asosida ommaviy seminarlar, ishchi yig'ilishlar va treninglar kabi ta'lim va targ'ibot dasturlari orqali jamoatchilikni iqlim o'zgarishi haqida xabardor qilish kampaniyalarini o'tkazish

Iqlim o'zgarishi masalalarini targ'ib qilishni umumiy o'rta va oliy ta'lim o'quv dasturlariga kiritish.

Yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish bo 'yicha xorijiy mamlakatlar bir qator ijobiy islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'lishgan. Jumladan, yashil turizm sohasida uglerod savodxonligini oshirish: tanlangan mamlakat yondashuvlarini ko'rib chiqamiz:

Kolumbiya: Amaliy interaktiv kontentga ega onlayn o'quv platformasi turizm biznesi uchun barqaror turizm sohasidagi ilg'or tajribalar bilan bog'liq ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Barqaror gastronomiya bo'yicha qo'shimcha onlayn kurs 2020-yil oktabr oyida Kolumbiya Jahon yovvoyi tabiat jamg'armasi va BMTning atrof-muhit bo'yicha dasturi bilan hamkorlikda boshlangan.

Malta: Turizm vazirligi, SUNx (Strong Universal Network) bilan hamkorlikda turizm-iqlim elchilarining keyingi avlodi uchun iqlimga mos sayohat bo'yicha salohiyatni oshirish diplomini ishlab chiqish orqali iqlim harakatini tezlashtirish ustida ishlamoqda.

Yangi Zelandiya: Aotearoa Turizm Industriyasi Assotsiatsiyasi uglerod muammosi sayyohlik korxonalarini uglerod izini o'lchashga, 2030 yilga kelib uglerod chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish uchun choralar ko'rishga va Yangi Zelandiyaning 2050 yilga mo'ljallangan maqsadiga ko'ra, uglerodni nol bo'lgan turizm sektoriga hissa qo'shishga undaydi. Uglerod muammosi Turizm barqarorligi majburiyati va Qualmark - biznes uchun mavjud bo'lgan ikkita sifat va barqarorlikni ta'minlash dasturini to'ldiradi.

Peru: Tashqi savdo va turizm vazirligi Energetika va konlar vazirligi bilan kelishilgan holda energiya boshqaruvini yaxshilash uchun mehmonxona sektori uchun ekologik samaradorlik bo'yicha qo'llanmani ishlab chiqdi. Tashqi savdo va turizm vazirligi aylanma iqtisod, toza texnologiyalardan foydalanish va sayyohlik xizmatlarini ko'rsatuvchi provayderlar uchun issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish amaliyotini ilgari surishga qaratilgan "Yaxshi amaliyot" tizimini uyg'unlashtirish jarayonida. Shuningdek, u Atrof-muhit vazirligi bilan sayyohlik korxonalari uchun Peruning uglerod izi vositasini ishlab chiqishda ishladi.

Saudiya Arabistoni: Iqlim bo'yicha chora-tadbirlar Saudiya Yashil tashabbusi va Turizm vazirligi va Energetika vazirligi o'rtasidagi hamkorlik bo'lgan yangi Barqaror turizm global markazi orqali ko'rib chiqilmoqda. Yangi Markaz iqlim o'zgarishi bo'yicha sayyohlik panelini qo'llab-quvvatlaydi, bu iqlim bo'yicha bilim va harakatlarni turizmga xos baholashni ta'minlash uchun global ekspertlarning mustaqil ilmiy asoslangan hamkorligi.

Xulosa: O'zbekistonda yashil turizm sohasida aholi savodxonligini oshirish maqsadida quyidagi amaliy choralarni ko'rish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

Oliy ta'lim muassasalarida o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha maqsadli guruhlar rahbarligida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishi masalalarini amaldagi o'quv reja va dasturlarga integratsiyalash jihatdan qayta ko'rib chiqish;

umumiy o'rta va oliy ta'lim muassasalari o'qituvchi, o'quvchi va talabalari uchun O'zbekistondagi shart-sharoitlarga moslashtirilgan ta'lim resurslarini (namunaviy o'quv rejalari, modullar, o'quv materiallari va dasturlari hamda boshqalar) ishlab chiqish;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishi modullari asosida dars berish bo'yicha o'qituvchilarni tayyorlash (treninglar, maxsus tayyorlov seminarlari);

tayyorlangan o'qituvchilar tomonidan maktab va universitetlarda modullarni sinovdan o'tkazish va baholash asosida ularni takomillashtirish;

o'qituvchi va talabalarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o'zgarishi modullari asosida o'qitish hamda ularning o'zlashtirish darajasini doimiy monitoring va baholash (M&E) asosida takomillashtirib borish;

iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha o'quv materiallari, universitet va maktab dasturlari, jamoatchilikni xabardor qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda tegishli nusxada ko'paytirish. "Yashil" o'sish bo'yicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash. "Yashil" o'sish bo'yicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish:

oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa salohiyatni oshirishga qaratilgan muassasalar uchun trenerlarni tayyorlash bo'yicha qisqa o'quv kurslarini ishlab chiqish;

xalqaro va mahalliy murabbiylarni tanlash hamda tinglovchilar ro'yxatini doimiy yangilab

borish;

trenerlar faoliyatini doimiy baholash asosida o'quv dasturlarini takomillashtirib borish. "Yashil" turizm mavzularini ta'lim muassasalarining tegishli o'quv dasturlariga kiritish. O'quvchi/talabalar va o'qituvchilar "yashil" iqtisodiyot va "yashil" o'sish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini tushunishlari yuzasidan ta'lim muassasalaridagi mavjud o'quv dasturlarini ilg'or xalqaro dasturlar bilan qiyosiy tahlil qilish

"Yashil" turizm va "yashil" o'sish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini ta'lim muassasalarining tegishli o'quv dasturlariga kiritish va amaliyotga joriy qilish. "Yashil" turizm onlayn platformasini tashkil etish.

"Yashil" turizm onlayn platformasini yaratishning texnik vazifalarini ishlab chiqish, moliyaviy mablag'lar jalb qilish, texnik va tijorat takliflarini ko'rib chiqish.

Platformani yuritish va yangilab borish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish hamda platforma kontentni yaratish.

"Yashil" turizm onlayn platformasini targ'ib qilish, tizimni saqlash va doimiy ravishda yangilab borish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-436-son Qarori.

3. Da Xu, Yunfeng Shang, Qin Yang, Hui Chen. Population aging and eco-tourism efficiency: Ways to promote green recovery. Economic Analysis and Policy.Volume 79, September 2023, Pages 1-9.

4. Suraj Upadhaya, Sarada Tiwari, Beeju Poudyal, Sagar Godar Chhetri, Nabin Dhungana. Local people's perception of the impacts and importance of ecotourism in Central Nepal. PLOS ONE. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0268637 May 27, 2022

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

5. Миронова О.А., Соколова Е.М. Роль зеленого туризма в обеспечении устойчивого развития региона (на примере ростовской области). Вестник Ростовского государственного экономического университета. 2016. №4(56). С.61-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.