Научная статья на тему 'EKOLOGIK TURIZM “YASHIL” IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YOʻNALISHI SIFATIDA'

EKOLOGIK TURIZM “YASHIL” IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YOʻNALISHI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
851
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik turizm / ekoturizm / “yashil” iqtisodiyot / “yashil” oʻsish / atrof-muhit / tabiiy resurslar / rekreatsiya. / экотуризм / экотуризм / «зеленая» экономика / «зеленый» рост / окружающая среда / природные ресурсы / рекреация.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh.U. Ibragimov

Ushbu maqolada ekologik tuzim “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning yoʻnalishi sifatida tadqiq etilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ekoturizmning ahamiyati, “yashil” iqtisodiyotni shakllantirishda hududlarning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, sohani rivojlantirish boʻyicha taklif va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ ТУРИЗМ КАК ВАЖНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ «ЗЕЛЕНОЙ» ЭКОНОМИКИ

В данной статье рассматривается экологическая система как способ развития «зеленой» экономики. Анализируются значение экотуризма в охране окружающей среды и рациональном использовании природных ресурсов, вопросы эффективного использования экотуристического потенциала регионов в формировании «зеленой» экономики. Также есть предложения и выводы по развитию отрасли.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TURIZM “YASHIL” IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YOʻNALISHI SIFATIDA»

Builders of The Future SJIF-2022-5.752

BUILDERS OF THE FUTURE

journal homepage:

https://kelajakbunyodkori.uz/

ECO-TOURISM AS AN IMPORTANT AREA FOR THE DEVELOPMENT OF A

"GREEN" ECONOMY

Sh.U. Ibragimov

Master's student

University of World Economy and Diplomacy Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: eco-tourism, ecotourism, "green" economy, "green" growth, environment, natural resources, recreation.

Received: 02.06.22 Accepted: 04.06.22 Published: 06.06.22

Abstract: This article examines the ecological system as a way to develop a "green" economy. The importance of ecotourism in the protection of the environment and the rational use of natural resources, the issues of effective use of ecotourism potential of the regions in the formation of a "green" economy are analyzed. There are also suggestions and conclusions on the development of the industry._

EKOLOGIK TURIZM "YASHIL" IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM

YO'NALISHI SIFATIDA

Sh.U. Ibragimov

Magistratura talabasi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Toshkent, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: ekologik turizm, Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologik ekoturizm, "yashil" iqtisodiyot, "yashil" tuzim "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishning o'sish, atrof-muhit, tabiiy resurslar, yo'nalishi sifatida tadqiq etilgan. Atrof-muhitni rekreatsiya. muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona

foydalanishda ekoturizmning ahamiyati, "yashil" iqtisodiyotni shakllantirishda hududlarning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, sohani rivojlantirish bo'yicha taklif va xulosalar _keltirilgan._

ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ ТУРИЗМ КАК ВАЖНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ

«ЗЕЛЕНОЙ» ЭКОНОМИКИ

Ш.У. Ибрагимов

студент магистратуры

Университет мировой экономики и дипломатии Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: экотуризм, Аннотация: В данной статье экотуризм, «зеленая» экономика, рассматривается экологическая система как «зеленый» рост, окружающая среда, способ развития «зеленой» экономики. природные ресурсы, рекреация. Анализируются значение экотуризма в охране

окружающей среды и рациональном использовании природных ресурсов, вопросы эффективного использования экотуристического потенциала регионов в формировании «зеленой» экономики. Также есть предложения и выводы по развитию _отрасли._

KIRISH

Hozirgi kunda iqlim o'zgarishi va u bilan bog'liq ekologik muammolar mahalliy, mintaqaviy va global miqyosda namoyon bo'lib, insoniyat oldiga kechiktirib bo'lmaydigan vazifalarni qo'ymoqda. Shulardan eng muhimi iqtisodiyotda ekologik talablarni joriy etish, ya'ni "yashil" iqtisodiyotga o'tish hisoblanadi.

ASOSIY QISM

"Yashil" iqtisodiyot - bu ekologik xavf-xatarlarni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan barqaror rivojlanishga qaratilgan iqtisodiyotdir. Bir so'z bilan "yashil" iqtisodiyotni kelajak iqtisodiyoti deb ham atash mumkin.

"Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi yo'nalishlari mavjud:

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o'zlashtirish;

2. Chiqindilarni qayta ishlash tizimi takomillashtirish;

3. Suv resurslarini boshqarish;

4. "Yashil" transportai shakllantirish;

5. Qishloq xo'jaligida organik mahsulot yetishtirishni rivojlantirish;

6. Uy-joy kommunal xo'jaligida energiya samaradorligini oshirish;

7. Ekotizimlarni saqlash, boshqaruv samaradorligini oshirish va ekoturizmni rivojlantirish;

8. "Yashil" texnologiyalarni yaratish va sotish.

"Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishning yo'nalishlaridan biri bevosita ekotizimlar, ularni saqlash, samarali boshqarish hamda ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan. Shu jihatdan ekologik turizmni muhim bir tarmog'i, tabiat bilan hamohang turizm sifatida o'rganishimiz mumkin.

Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Ayniqsa, ichki turizm va ekoturizm bugun ko'plab mamlakatlarda asosiy daromad manbalaridan biriga aylanib ulgurgan. O'zbekiston ham turistik-rekreatsion salohiyati yuqori, ekoturistik imkoniyatlarga boy bo'lgan davlatlardan biri. Shu sababdan bugun ekoturizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ekologik turizm (ekoturizm) turizmning yangi va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, o'sish sur'ati boshqa turistik tarmoqlardan 2-3 barobar jadal kechmoqda. Shu bilan birga, turizm sohasida ekoturizmning ulushi 15-20% ni tashkil etib, bu ko'rsatkich yildan yilga kengayib bormoqda. Ekoturizmning maqsadi turizm orqali hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta'minlashdir. Shu jihatdan, ekoturizm "yashil" iqtisodiyotning muhim yo'nalishi sifatida iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish Strategiyasida iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash bo'yicha bir qator vazifalar keltirilgan. Shuningdek, 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 15-maqsadi "Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko'maklashish, o'rmonlardan oqilona foydalanish, cho'llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to'xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo'qolib ketish jarayonini to'xtatish"dan iborat. Bu esa o'z navbatida, hududlarning turistik-rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ekoturizmni rivojlantirishtirish bilan bog'liq.

Bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo'nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog'liq holda shakllanmoqda. Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoiti, rekreatsion resurslari ekologik turizmni har bir hududga mos ravishda rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturizmni tashkil etishga e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, yurtimizda 6 ta davlat qo'riqxonasi, 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasi, 5 ta davlat milliy tabiat bog'i, 11 ta davlat tabiat yodgorliklari, 12 ta davlat buyurtma qo'riqxonalari, 1 ta davlat tabiiy pitomnigi, 2 ta davlat biosfera rezervati, 1 ta milliy bog', shuningdek, 71 ta o'rmon xo'jaligi va 5 ta ov xo'jaliklari mavjud.

O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyot shakllanishi sharoitida ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

1) mamlakatimizdagi har bir hududning tabiiy sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ekoturistik master-rejalarni ishlab chiqish;

2) ekoturizmga "yashil" investitsiyalarni keng jalb qilish;

3) "Chorvoq" erkin turistik zonasi, "Zomin" turistik-rekreatsion zonalarida turizm infratuzilmasini takomillashtirish;

4) mamlakatimizdagi yirik ekoturistik maskanlarga xorijiy va mahalliy sayyohlar e'tiborini jalb qilish;

5) hududlarning tabiiy sharoiti va resurslaridan oqilona foydalangan holda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish;

6) ekoturistik maskanlarda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda turistik xaritalar va belgilardan foydalanish;

7) ekoturistik maskanlarda atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e'tibor qaratish va bu borada ekologik nazoratni kuchaytirish.

XULOSA

Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o'tishda va Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ekologik turizmning o'rni va ahamiyati yuqori. Tabiat bilan hamohang holda rivojlanadigan bu yo'nalishda hali amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar talaygina, foydalanilmayotgan imkoniyatlar ham ko'p. Shu jihatdan, ekoturizmni "yashil" iqtisodiyotning muhim bir tarmog'i sifatida rivojlantirish, sohaga ilg'or xorijiy tajribalarni va innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda mamlakatimizning ekoturistik imidjini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Vaxabov A.X. va boshqalar. Yashil iqtisodiyot. Darslik. -T.: "Universitet", 2020. - 296 b.

2. Xaitboyev R. Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. -T.: "Barkamol fayz media", 2018. -248 b.

3. Shamuratova N.T. O'zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari. Monografiya. -T.: Universitet, 2021. - 139 b.

4. www.lex.uz

5. www.uznature.uz

6. Хакбердиев, К. К. (2021). СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И КИТАЙСКОЙ НАРОДНОЙ РЕСПУБЛИКИ В ОБЛАСТИ ДОБЫЧИ МИНЕРАЛЬНЫХ РЕСУРСОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 713-718.

7. Sayfullayev, D. Cultural Diplomacy of Uzbekistan and Shanghai Cooperation Organization in the Framework of the Shanghai Cooperation Organization (SCO).

8. Karimova, N., Sadibekova, B., & Usmonova, S. (2021). The Roads of Central Asia-to the History of Buddhism. TJE-Tematics journal of Education, 6.

9. Odilov, B. A., & Karimov, N. R. (2020). Analysis of Targeted Research in 20-30 Years of the XX Century. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 88878893.

10. Karimova, N. E., Sadibekova, B. D., Hasanova, N. N., Sadullayeva, S., & Abdurashidov, N. (2020). Smart management as an innovative way to manage change in the process of globalization. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1221-1225.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.