Научная статья на тему 'TUPROQQA YARUSLI IShLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN QURILMA ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH'

TUPROQQA YARUSLI IShLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN QURILMA ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aylanma panja / ustun / egrilik radiusi / o„qyoysimon panjali ekkichni ochilish radiusi / iskanasimon tigʻ / oʻgʻit oʻtkazgich / urugʻ oʻtkazgich / zichlovchi g„altak. / rotary claw / column / radius of curvature / radius of opening of the coulter / bit blade / fertilizer conveyor / seed conveyor / compaction roller.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — X. Q. Pardayev, A. Aminov, B. V. Abdullayev, B. P. Olloyorov

Maqolada tuproqqa yarusli ishlov berish qurimasining aylanma panjali yumshatkichi va o„qyoysimon panjali yumshatkich-ekkichning parametrlarini asoslash boʻyicha olib borilgan nazariy izlanishlar natijalari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the results of the theoretical research conducted on the basis of the parameters of the rotary blade softener and the arrow-shaped blade softener-planter of the layered soil tillage machine

Текст научной работы на тему «TUPROQQA YARUSLI IShLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN QURILMA ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TUPROQQA YARUSLI IShLOV BERIB URUG' EKADIGAN QURILMA ISHCHI ORGANLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH

X. Q. Pardayev

ToshDAU Samarqand filiali, dotsent (PhD)

A. Aminov

ToshDAU Samarqand filiali magistranti

B. V. Abdullayev

ToshDAU Samarqand filiali katta o'qituvchi (PhD)

B. P. Olloyorov

ToshDAU Samarqand filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada tuproqqa yarusli ishlov berish qurimasining aylanma panjali yumshatkichi va o'qyoysimon panjali yumshatkich-ekkichning parametrlarini asoslash bo'yicha olib borilgan nazariy izlanishlar natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: aylanma panja, ustun, egrilik radiusi, o'qyoysimon panjali ekkichni ochilish radiusi, iskanasimon tig', o'g'it o'tkazgich, urug' o'tkazgich, zichlovchi g'altak.

ABSTRACT

The article presents the results of the theoretical research conducted on the basis of the parameters of the rotary blade softener and the arrow-shaped blade softener-planter of the layered soil tillage machine.

Keywords: rotary claw, column, radius of curvature, radius of opening of the coulter, bit blade, fertilizer conveyor, seed conveyor, compaction roller.

Kirish. Sug'oriladigan maydonlarga ekiladigan bug'doy qator oralari 60 cm li qilib sug'orish jo'yaklari olinadi va sug'orish ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda energiya va resurslarni tejagan holda amalga oshirish asosiy ko'rsatkichlar hisoblanadi. Ertangi va kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarda bir otishda ishlov berib, o'g'it solish bilan urug' ekadigan qurilmalarni qo'llash bilan ushbu

May 12-13

65

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yo'nalishda ekinlardan bo'shaydigan maydonlarda takroran ekin ekish oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. Respublikamizda kuzgi donli ekinlar va ertaki sabzavot va yem-xashak ekinlarini hisobga olganda bo'shaydigan maydon 1,5 mln. gektardan oshadi [1].

Mamlakatimizda takroriy ekinlarni yetishtirishda vaqt, mehnat va energiya sarfini qisqartirish, resurslarni tejash, yangi ekish texnologiyalari va ish unumi yuqori texnik vositalarni ishlab chiqish, ishlov beriladigan maydon tuprog'ini ishlashda umumiy maydon yuzasiga nisbatan qisqartirish bilan ishlov berish va urug'larni daladan bir o'tishda ekish, qisqa vaqt, kam mehnat va energiya resurslarni tejaydigan, bir necha texnologik jarayonlarning bajarilishini ta'minlaydigan kombinatsiyalashgan agregatlarni ishlab chiqish bo'yicha bir qancha tadqiqotlar olib borilib, buning natijasida kombinatsiyalashgan mashinalar yaratilmoqda [2]. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda, jumladan kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarga ekinlar urug'ini ekishda dalada mavjud pushtalarda tuproq palaxsasiga pog'onali va yarusli ishlov berish, ishlov berilgan palaxsa tuprog'ini donador holatga keltirish, agrotexnik talablarda o'rnatilgan chuqurlikda urug'larni ekish va ekilgan urug'larni tuproq bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlash uchun keraklicha zichlashni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan qurilmani yaratishning ilmiy - texnik yechimlarini ishlab chiqish, ishchi organlarining tuproqqa ishlov berishda yuqori ish sifatini, energiya va resurstejamkorlikni ta'minlaydigan maqbul parametrlarini asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan g'alladan bo'shagan maydonlarda pushtaga yarusli ishlov berib urug' ekadigan agregatni texnologik ish jarayononi asoslash, konstruksiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishda yuqori ish sifati hamda resurstejamkorlikni ta'minlaydigan parametrlarini asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Aylanma panjali yumshatkichlarni loyihalashda kirish burchagi, ustunning egrilik radiusini maqbul o'lchamlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi [2].

Aylanma panjali yumshatkichga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:

- tuproqni kamida 14-18 sm chuqurlikkacha yumshatish;

- ishlov beriladigan maydon tuprog'ini egatga tushirmaslik;

- o'simlik qoldiqlari tiqilib qolmasligi kabi talablar qo'yiladi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Oizbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy

a b

1-rasm. Aylanma panjali yumshatkichning asosiy parametrlari a, panjali yumshatkichning

qamrash kengligini aniqlashga doir sxemalari

Aylanma panjali yumshatkichning qamrash kengligi ishlov beriladigan polosa kengligi ishlov beriladigan polosa kengligi vp ga bog'liq holda quyidagicha aniqlanadi:

6n=6w+2(aK)-ad)ctgy,

bu erda, am, ad - mos ravishda yumshatkich va diskli pichoqning ishlov berish chuqurligi;

^-tuproqning ko'ndalang yorilish burchagi. Yuqoridagi ifodadan

6m=6p+2(ayu-ad)-ctgy, ga 6n=100-150 mm, a^=14-18 cm, ad=20-30 mm va ^=45° bo'lgan holatda,

6^=150-2(100-50)ctg45°=50 mm ga teng bo'ladi.

6^=100-150 mm; ayu=100-150 mm; ad=50 mm ga bo'lgan holatlar uchun 6m=25 mm qabul qilinadi.

Yumshatkichning aylanma panjasining parametrlarini quyidagicha aniqlaymiz (2-rasm)

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tuproqning va o'simlik ildizlarining aylanma panja tig'i bo'ylab sirpanishi va tuproqning dala yuzasiga chiqarilishini kamaytirish shartlaridan quyidagi parametrlarni qabul qilamiz.

Tuproqni uvalash burchagi ^<15° bo'lsa tuproqning pastki nam qismi yuqoriga chiqarilmaydi. fi<15° bo'lsa charxlash burchagi /=12-15° bo'lib, faqat yuqoridan charxlanadi. /=15° qabul qilamiz. Palaxsa tubi bilan yumshatkich hosil qilgan burchaki 8=10° qabul qilinadi, u holda a0=10+15=25° bo'ladi.

Aylanma panjali yumshatkich panjasining egrilik radiusi R panja tuproqqa ishlov bergandan keyin tutqichning yumshatilgan tuproq bo'ylab harakatlanishini ta'minlash shartidan kelib chiqib aniqlanadi.

Yumshatkich charxlangan qismining balandligi hch=amax+A kabi aniqlanadi. ( A -tuproqning aylanma panja yuzasi bo'ylab ko'tarilishini hisobga oluvchi koeffitsiyent).

amax=150 mm uchun A=50 mm qabul qilsak hch=200 mm bo'adi. Yumshatkich panjasining tutqichdan oldinga chiqish masofasini amax/2=150/2=75 mm qabul qilamiz. U holda egrilik radiusi R=350 mm bo'ladi.

Xulosalar. Olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijalariga ko'ra aylanma panjalarning kengligi 50 mm bo'lganda yumshatkich 25 mm qabul qilinishi kerak. Tuproq va o'simlik ildizlarining aylanma panja tig'i bo'ylab sirpanishi va tuproqning dala yuzasiga chiqarilishini kamaytirish shartlaridan kelib chiqib tuproqni uvalash burchagi p<15° bo'lsa tuproqning pastki nam qismi yuqoriga chiqarilmaydi. fi<15° bo'lsa charxlash burchagi /=12-15° bo'lib, faqat yuqoridan charxlanadi. /=15°. Palaxsa tubi bilan yumshatkich hosil qilgan burchagi 8=10°, a0=25° teng bo'ladi.

Aylanma panjali yumshatkichning bunday parametrlarida tuproqqa ishlov berish vaqtida sarflanadigan energiyani tajash hamda urug' ekishda tuproqni tayyorlash talablarini bajarish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni

2. Ergashev, I. T., Abdullayev, B. V., Aminov, A. B., & Pardayev, X. Q. (2022). Tuproqqa nol ishlov berishga asoslangan resurs tejovchi, tabiatni muxofazalovchi texnologiya va uni amalga oshirishning texnik vositasi. Academic

research in educational sciences, (Conference), 429-434.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

3. I. T. Ergashev, X. Q. Pardayev, & A. Aminov (2022). TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG„ EKADIGAN MASHINANING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI ASOSLASH. Academic research in educational sciences, TSAU (Conference ), 435-439.

4. Ergashev, X., Iskandarov, A., & Islomov, YO. I. (2022). LABORATORNLIE ISSLEDOVANIYA KOMBINIROVANNOGO ORUDIYA DLYA OBRABOTKI POCHVLI I OBRAZOVANIY GREBNEY. INTEGRATSIYA NAUKI, OB^ESTVA, PROIZVODSTVA I PROMLISHLENNOSTI, 144.

5. Ergashev, I. T., RhD, I. Y., Toshtemirov, B. R., Ismatov, A., & Abdullaev, B. Results of Comparative Studies of Tillage Technologies When Sowing Repeated Crops. International Journal on Integrated Education, 3(7), 128-131.

6. Ergashev, I. T., Abdullayev, B. V., Aminov, A. B., & Pardayev, X. Q. (2022). TUPROQQA NOL ISHLOV BERISHGA ASOSLANGAN RESURS TEJOVCHI, TABIATNI MUXOFAZALOVCHI TEXNOLOGIYA VA UNI AMALGA OSHIRISHNING TEXNIK VOSITASI. Academic research in educational sciences, (Conference), 429-434.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.