Научная статья на тему 'TUKLI URUG‘LIK CHIGITNI SARALASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYASI'

TUKLI URUG‘LIK CHIGITNI SARALASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
34
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taroq moslamasi / tarnov / saralagich / tukli chigit / fraktsiya / urug‘lik / texnik / qiya burchagi / chigit uzatish moslamasi. / Чесальное устройство / молотилка / сортировщик / ворсистое семя / дробь / семя / техническое / наклонный угол / устройство для перекачки семян.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djamolov Rustam Kamolovich, Abdihamidov Nurbek Ural O‘g‘li, Abdullaev Kamoliddin Yusupovich, Qarshiev Baxtiyor Eshqobilovich

Maqolada urug‘lik chigitni saralash texnologiyasi, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilingan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun agregatga tukli chigitni qabul qilish tarnovida chigitlarni yoyilishini ta’minlovchi moslamalar va saralash kamerasida chigitni donalab sochuvchi taroq moslamalari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improved technology of hairy cotton seed selection

В статье анализируются технологии отбора семян, их преимущества и недостатки. С целью устранения выявленных недостатков разработаны устройства, обеспечивающие рассыпание семян в блоке приема волосатых семян в агрегат и гребенчатые устройства, распределяющие семена по кусочкам в сортировочной камере.

Текст научной работы на тему «TUKLI URUG‘LIK CHIGITNI SARALASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYASI»

TEXNOLOGIYA

UDK: 677.051.178.2

TUKLI URUG'LIK CHIGITNI SARALASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN

TEXNOLOGIYASI

Djamolov Rustam Kamolovich "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ bo'lim mudiri t.f.d., professor

Abdihamidov Nurbek Ural o'g'li Termiz muxandislik-texnologiyalari instituti, assistent

Abdullaev Kamoliddin Yusupovich Termiz muxandislik-texnologiyalari instituti, assistent

Qarshiev Baxtiyor Eshqobilovich Termiz muxandislik-texnologiyalari institute, (PhD) v.b. dotsent, behruz-sarvar@mail. ru

Annotatsiya. Maqolada urug'lik chigitni saralash texnologiyasi, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilingan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun agregatga tukli chigitni qabul qilish tarnovida chigitlarni yoyilishini ta'minlovchi moslamalar va saralash kamerasida chigitni donalab sochuvchi taroq moslamalari ishlab chiqilgan.

Аннотация. В статье анализируются технологии отбора семян, их преимущества и недостатки. С целью устранения выявленных недостатков разработаны устройства, обеспечивающие рассыпание семян в блоке приема волосатых семян в агрегат и гребенчатые устройства, распределяющие семена по кусочкам в сортировочной камере.

Abstract. The article analyzes the technology of seed selection, their advantages and disadvantages. In order to eliminate the identified shortcomings, devices that ensure the spread of seeds at the reception of hairy seed to the aggregate and in the sorting chamber, comb devices were developed to spread the seed in pieces.

Kalit so'zlar. Taroq moslamasi, tarnov, saralagich, tukli chigit, fraktsiya, urug'lik, texnik, qiya burchagi, chigit uzatish moslamasi.

Ключевые слова. Чесальное устройство, молотилка, сортировщик, ворсистое семя, дробь, семя, техническое, наклонный угол, устройство для перекачки семян.

Keywords. Comb device, sorter, hairy seed, fraction, seed, technical, oblique angle, seed transfer device.

Saralash jarayonlari bo'yicha ilmiy izlanishlar XX asr boshlaridan boshlangan bo'lib, chigit saralashning muxumligini asoslash M.M.Bushuev [1] tomonidan birinchi marotaba o'rganilgan. Olib borilgan tajribalar asosida, chigitni fraktsiyalarga ajratish, paxta hosildorligining ko'payishiga sabab bo'ladi degan xulosaga kelingan. CHigit ko'rinishi va o'lchamlari bo'yicha har xilligi uchun, urug'likni tanlashda ularning eng ko'p hosildorlik belgilarini aniqlash kerak degan xulosa qilingan.

CHigitlarning har xil navlari bilan SHleyxer A.I [2] tajribalar o'tkazib, ularning solishtirma massasi bo'yicha saralash mumkinligini o'rnatdi. Keyingi tajribalar bunday saralashning o'zi kamligi va oldin solishtirma massasi, keyin o'lchamlari bo'yicha ham saralash kerakligini asosladi. Bu esa urug'lik materialining eng sifatligini ajratish imkoniyatini beradi.

Qosimov D.K. [3] esa urug'lik chigitlarning formasi, o'lchamlari, solishtirma massasi va yakka massalarini o'rganish asosida, chigitni solishtirma massasi bo'yicha saralash olib borilishi kerak degan xulosaga keldi. Solishtirma massasi bo'yicha saralangan chigitlardan olingan paxta hosildorligiga 1,0-4,9 ts/ga, ya'ni 16% ga qo'shilishi ko'rindi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Koloyarov L.F. [4] ning saralash bo'yicha ko'p yillik o'tkazilgan tajribalaridan katta va o'rta fraktsiyali, ya'ni chigitning e'ni 4,8-5,6 mm va 4,4 mmdan katta, qalinligi esa 4,2-4,4 mm va 4,4 mmdan katta bo'ladi deb tavsiya berilgan.

CHigitlarning yuqorida keltirilgan o'lchamli fraktsiyalaridan olingan hosil, nazorat chigitidan olingan hosilga nisbatan 8,5 % ga ko'paygan.

Maysuryan N.A. [5] esa chigitlarning solishtirma massasi bo'yicha saralashning uch yillik tajribalaridan, nozorat chigitiga nisbatan hosildorlikka 15 %, tozalanmagan chigitga nisbatan esa 36 % gacha qo'shilganligi ko'rildi.

Bundan tashqari ko'chatlarning o'sish fazalarida ham o'zgarishlar borligi aniqlandi.

Ilmiy izlanishlar natijasida saralashning maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Lekin, tukli chigitlarning fizik mexanik xususiyatlari, ularning biologik ko'rsatkichlarini to'liqligicha tasvirlamaydi. CHigitlarning asosiy fizik mexanik xususiyatlariga quyidagilar kiradi: -o'lchami, -absalyut massasi, -solishtirma massasi.

Hozirgi kunda chigitlarini saralash, kalibrlash ishlari mexanik va pnevmatik usullarda olib borilmoqda. CHigitlarning zichlik, uchuvchanlik, yadro to'liqligi, geometrik o'lchamlari, dielektrik ko'rsatkichi kabi parametrlari mavjud.

Bu parametrlar o'zaro bog'liq bo'lib, saralashning samaradorligida katta ahamiyatga ega.

Saralash usullari va mashinalarini o'rganish asosida ularning to'liq klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan [6].

1-jadval

Fraktsiyalarning uc íish tezligini aniqlash bo'yicha tajriba natijalari

№ CHigit tukdorligi, % Mikromonometr ko'rsatkichi Pv-tezlik bosimi, mm.suv.us. Uchish tezligi, m/sek.

1 0.2 29.0 5.8 9.73

2 0.4 27.0 5.4 9.39

3 0.6 25.5 5.1 9.12

4 0.8 25.0 5.0 9.03

5 1.0 24.0 4.8 8.85

6 1.3 22.0 4.4 8.43

7 1.5 19.5 3.9 7.98

8 1.6 19.0 3.8 7.87

9 2.7 18.0 3.6 7.66

10 3.4 17.0 3.4 7.45

11 4.0 15.0 3.0 7.0

12 5.3 13.0 2.6 6.51

13 7.0 11.0 2.0 5.99

14 9.0 9.0 1.8 5.42

15 11.5 7.01 1.4 4.78

Ushbu klassifikatsiya asosida har bir saralash usulining va mashinalarining ishlash printsiplari, afzallik va kamchiliklari asoslangan va tukli chigitlarni solishtirma massasi bo'yicha havo yordamida saralashning ustunligani ko'rsatib berilgan.

Tukli chigit tarkibida har xil aralashmalar (mayda puch chigitlar, tosh, cho'p va yengil aralashmalar) kabi og'irligi har xil mahsulotlar bo'lganligi sababli va chigitlarning tuklilik darajasiga muvofiq ularning uchish tezliklari ham o'zgaradi, bu esa chigitlarni saralashda muhim omil hisoblanadi To'xtaboev S [7] ishida chigitlarni uchish tezliklarini chigitlarning tuklilik darajasi bo'yicha aniqlagan (1-jadval).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

CHigit tarkibidagi mineral moddalarning uchish tezligini aniqlash bo'yicha har xil og'irlikdagi toshlar bilan tajribalar o'tkazilgan [8-19] (2-jadval).

2-jadval

№ Toshlar og'irligi, gr. Mikromonometr Pv-tezlik Uchish tezligi,

ko'rsatkichlari bosimi, mm.suv.us. m/sek.

1 0.77 115.0 23.0 19.37

2 0.99 126.0 25.2 20.28

3 1.61 135.0 27.0 20.99

4 2.11 139.0 27.8 21.30

Yuqorida o'tkazilgan tajriba natijalaridan pnevmatik saralash mashinalarining havo quvurlari o'lchamlarini aniqlashda foydalanish mumkin.

Izlanishlar asosida CHSA agregatining chigit charalash kamerasini kichiklashtirish mumkinligi va bunda ish unumdorligini yo'qotmasdan tozalash samarasining oshirish mumkinligi aniqlandi. Bunda ajratish kamerasi burchak ostida o'rnatilgan yo'naltirgich bilan jihozlangan. Yo'naltirgichning egilish burchagi bilan texnik chigit fraktsiyasining chiqishi rostlangan, lekin saralash davomida chigitlarning tukliligining har xilligi sababli bir biriga yopishib uchishi va yo'nalishini o'zgartirishi bilan urug'lik fraktsiya bunkeriga bir to'p bo'lib tushishi sababli texnik fraktsiyalari ham urug'likka tushishi aniqlandi. Texnologik ketma-ketlikni ko'radigan bo'lsak, UPS bunkeridan shneklar bilan uzatishda tukli chigitlar CHSA tarnoviga shnek pero oralig'i miqdoridagi chigitlar top-top bo'lib tushib, ushbu xolatda ajratish kamerasigacha uchib boradi va urug'lik chigit yig'ish bunkeriga tushadi. CHSA agregatida texnik fraktsiya chiqishini kamaytirilgani bilan urug'likka texnik aralashishi kamaytirilmaganligi muammo hisoblanadi.

Buni quyida keltirilgan amaldagi tsexlarda o'tkazilgan tajribalardan ko'rishimiz mumkin (3-jadval). Tajribalarni Surxondaryo viloyati "Angor paxta tozalash" korxonasining tukli urug'lik chigit tayyorlash tsexida ishlayotgan Buxoro-102 selektsiya navli urug'lik chigitlarni qayta ishlash vaqtida o'tkazildi. Urug'lik chigitlarning saralanish sifati asosan ularning 1000 dona chigit massasining ortishi bilan aniqlanadi, agar dastlabki o'lchangan massaga nisbatan yuqoriga ko'paygani ko'rinsa, u holda saralashda puch, mayda chigitlar ajralayotgan bo'ladi.

Amaldagi CHSA agregatlarining ish jarayonini taxlil qilish uchun olingan chigitlarning tukdorligi 9,0 % ni, mexanik shikastlanishi 3,6 % ni, ifloslik darajasi 1,2 % ni, namligi 7,8% ni va 1000 dona chigit vazni 119 grammni tashkil etdi. Tajribalarda saralagichning ajratish kamerasidagi to'sgich 4 ning holatini bir xilga o'rnatildi. To'sgich bilan faqatgini texnik fraktsiyaga chigit o'tishinigina kamaytirish mumkin, to'liq chigitlarni ajratishga to'sgichlarning hizmati ko'rinmaydi.

3-jadval

CHigitlarni fraktsiyalargan ajralishi va tarkibi_

Ish unumdorlik, kg/soat Urug'lik fraktsiya chiqishi, % Texnik fraktsiya chiqishi, % 1000 dona chigit vazni, gramm.

Urug'lik bunkerida Texnik bunkerida

1200 93,0 6,0 124 82

1800 89,5 8,5 122 99

2400 87,4 10,6 120 118

3000 84,5 12,5 119 120

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Yuqoridagi tajribalarda kuzatildiki ish unumdorlikning oshishi bilan chigitlarning qabul qilish tarnovida to'p bo'lib uzatilishi ham ortib bordi. Ajratish kamerasida ajralgan chigitlardan namuna olinib 1000 dona chigit massalari o'lchanganida ish unumdorlikning 1200 kg/soatida urug'lik fraktsiyada 1000 dona chigit massasi 123 grammni tashkil etdi va dastlabki chigit massasiga nisbatan 5 grammga oshganini ko'rishimiz mumkin, bu esa saralash sifatining yuqori ekanligini ko'rsatadi. Lekin ish unumdorlikni 2400 va 3000 kg/soatga oshirishda urug'lik va texnik fraktsiyadagi 1000 dona chigit massasini bir-biriga yaqin ekanligini ko'ramiz, bu xolat texnik fraktsiyaga urug'lik chigitlarning o'tishi bilan bog'liq bo'ladi.

Saralagichga urug'lik chigitni uzatishda UPS qabul qilish bunkerining ish unumdorligini oshirish bilan tukli chigitlar tarnovga to'planib tushishi ham ortadi va ularni saralash imkoniyati pasayadi. SHuning uchun tukli chigitni tarnovda yoyilib uzatilishi va ajratish kamerasiga chigitlarning donalab berilishi saralash samarasining oshishiga olib keladi. CHunki chigitlar tukli xolatida harakatlanishi chog'ida bir biriga yopishgan va yopishgan xolatida urug'lik fraktsiya bunkeriga o'tib ketishi ixtimoli yuqori bo'ladi.

CHigit saralash agregati CHSA ga to'planib tarnovga tushayotgan chigitlarni tarnovda yoyilishini ta'minlash uchun tarnovda yo'naltiruvchi burchaklarni o'rnatish va ajratish kamerasini chigitni donalash uchun taroq moslamasi bilan jihozlash tavsiyasi berildi (1-rasm).

og'ir aralashiua

1-rasm. Takomillashtirilgan CHSA agregatining sxemasi.

CHSA agregatining uzatish tarnoviga uchburchak shaklidagi yo'naltiruvchi plankalarni o'rnatish bilan uzatilayotgan chigitni tarnovda yoyilishini ta'minlanadi (2-rasm).

Takomillashtirilgan CHSA agregatida (2-rasm) saralash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: tarnov 1 orqali tukli chigit agregatga uzatiladi, undan havo quvuri 2 orqali chigitlar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

yuqoriga havo tezligi yordamida ko'tariladi. CHigittarkibidagi har xil tosh, metall parchalari kabi og'ir aralashmalar pastga tushadi. Urug'lik chigitlar ajratish kamerasi 3 ga yetganida yo'naltirgich 5 orqali chigitning yo'nalishi o'zgaradi va og'ir chigitlar pastga tushib vakuum-klapan 9 orqali urug'lik fraktsiyaga ajraladi, yengil chigitlar esa harakatini davom ettirib, texnik chigit fraktsiya kamerasi 7 ga yig'ilib vakuum-klapan 8 orqali tashqariga chiqariladi, chigitdan yengil aralashmalar esa 10 quvur orqali tsiklonga yo'naltiriladi.

6

1-tarnov, 2-tosh yig'ish kamerasi, 3-uchburchakli yoyiltirgichlar, 4-5-havo tirqishlari, 6-toshni

tushirish tirqishi.

2-rasm. CHigit uzatish tarnovi CHigitlarni ajratish kamerasida donalash uchun harakat yo'liga rostlovchi taroq 4 moslamasi o'rnatilgan. Taroq moslamasi havo quvuri 2 dan ajratish kamera 3 ga tukli chigitni kirishida ajratishni yaxshilash uchun taroq 4 moslamasida chigitlar donalanib ajratiladi, shunda bir biri bilan ilashib, to'p holatdagi chigitlar ajarilishi bilan og'ir chigitlar pastga va yengillari yuqoriga qarab yo'nalishini davom ettiradi. SHunda urug'lik fraktsiyaga texnikni yoki texnik fraktsiyaga urug'likni aralashib ketishining oldi olinadi. Rostlovchi otrajatel 6 bilan chigitlarni fraktsiyalarga ajratilishi roslansa, 11 yo'naltirgich bilan texnik fraktsiyaga o'tishni rostlanadi.

CHSA rusumli chigit saralash agregatini takomillashtirish uchun quyidagi faktorlarni o'rganish uchun tanlab olindi:

- yuqori ish unumdorligida uzatilayotgan tukli chigitni saralashga yoyib berish uchun tarnovga o' rnatiladiga uchburchakli yoygichlarning soni, n;

- tarnovning og'ish burchagi, a;

- tarnovning uzunligi, l;

- chigitni donalovchi taroqni vertikal devorga nisbatan o'rnatish burchagi, ß; (3-rasm).

- taroq qoziqlari oraliq masofasi, L;

Tukli chigitlarni CHSA agregatining havo quvuridagi harakatida ajratish kameraga o'tish jarayonida chigitlarning harakatini kuzatuv tuynugidan ko'rilganda chigitlar havo quvuri kengligidan 1-2 sm ga kattalashishi aniqlandi. SHuning uchun ajratish kamerasiga kirayotgan chigitlarning donadorligini ta'minlash uchun o'rnatiladigan taroq moslamasining taroqlar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

uzunligini 170 mm etib qo'yilsa yetarli bo'ladi, chunki chigitlar havo quvuridan ajratish kamerasiga o'tish vaqtida chigit to'plamining yoyilish masofasi 105-110 mm ni tashkil etmoqda.

1-taroq, 2-prutok, 3-qo'ndoq, 4-fiksator. 3-rasm. Tukli chigitni donalovchi taroq moslamasi.

Taroq moslamasini tayyorlashda qalin devorli diametri 20 mm li truba olinib, bir chiziq asosida teshiklar ochiladi va rezba bilan qoziqlar o'tqaziladi. Taroq qoziqlarining oraliq masofasini asoslash uchun avval qoziqlar oraliq masofasini bir dona chigit o'tish uchun mo'ljallangan bo'lib, tajribalar asosida rezbaga o'tqazilgan qoziqlar yechilishi bilan oraliq masofasini aniqlashimiz mumkin.

ADABIYOTLAR

1. http://tekhnosfera.com/sovershenstvovanie-pnevmaticheskogo-sortirovschika-opush ennyh-posevnyh-semyan-hlopchatnika-v-vertikalnom-vozdushnom-potok.

2. Шлейхер А.И "Опыты по сортировке посевных семян хлопчатника" "Хлопководство" 1958 г., №5.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. "Mamlakatimiz va xorijdan keltirilgan tozalash, saralash, kalibrlash va dorilash uskunalarini qo'llab, tsexlar loyihalari uchun texnik talablarni tayyorlash, tukli va tuksizlantirilgan urug'lik chigit tayyorlash uchun texnologik reglamentini ishlab chiqib, tadbiq etish (2005 yilda 13 dona tsex va 2006 yilda 18 dona tsex)". № 050901 Ilmiy-tadqiqot ishi bo'yicha yakuniy hisobot, "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, 2006 y.-130 v.

4. Колояров Л.Ф., Ташланов А.К. "К вопросу сортирования семян хлопчатника", "Хлопководство" 1958 г., №4.

5. Майсурян Н.А. "Биологические основы сортировании семян по удельному весу". Труды ТСХА вып. 37, Москва-1947 г.

6. Ilmiy-tadqiqot ishi bo'yicha yakuniy hisobot «Urug'lik paxtani dastlabki ishlash texnologik reglamentini ishlab chiqish», 0804, "Paxta tozalash IIChB" OAJ, 2009 yil.

7. Тухтабаев С.Т. «Совершенствование пневматического сортировщика опушенных посевных семян хлопчатника в вертикальном воздушном потоке», Дисс... кан. тех. наук., Ташкент 2003 г., с 156.

8. В.Г.Ракипов, С.Т.Тухтабоев, А.Е.Лугачев. "Исследование процессов сортирования посевных семян хлопчатника" Известия вузов, техническая наука. 2001, № 2-4, с.16-20.

9. V.G.Rakipov, R.K.Djamolov "CHSA agregatining pnevmatik saralagichini takomillashtirish". № 050902 Ilmiy-tadqiqot ishi bo'yicha yakuniy hisobot, "Paxtasanoat ilmiy

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

markazi" AJ, 2006 y.-40 v.

10. Шамсиев И. Р. У. и др. ПОЛУЧЕНИЕ ХЛОПКОВОГО ВОЛОКНА ВЫСОКОГО КЛАССА ЗА СЧЕТ МОДЕРНИЗАЦИИ СУШИЛЬНОГО БАРАБАНА МАРКИ СБО //Universum: технические науки. - 2021. - №. 7-2 (88). - С. 20-24.

11. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqieti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.

12. Toshbekov O., Ermatov SH. Qarshiev B. Respublikamizda yetishtiriladigan qo'y zotlaridan olinadigan jun tolalarining xossa ko'rsatkichlari tadqiqi //Agro ilm-O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi ilmiy-amaliy jurnal. - 2023. - T. 2. - S. 55-58.

13. Parpiyev A. P. et al. Tozalash jarayonida arrali seksiyalardan ajralib chiqqan chiqindi ulushlarini baholash natijalari taxlili //O'zbekiston to'qimachilik jurnali. ISSN. - 2010. - Т. 6262. - №. 1. - С. 2022.

14. Каршиев Б. Э., Исматов С. С. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Экономика и социум. - 2023. - №. 9 (112). - С. 485-489.

15. Парпиев А. П., Каршиев Б. Э. РАВНОМЕРНОСТЬ СУШКИ КОМПОНЕНТОВ ХЛОПКА-СЫРЦА //Universum: технические науки. - 2022. - №. 9-2 (102). - С. 51-54.

16. Karshiev B. E. i dr. Paxtani tozalashga tayyorlash texnologiyasining tahlili //RESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. - 2022. - T. 1. - №. 6.

17. Каршиев Б.Э., Парпиев А.П., Хушбаков А.Н. Анализ температуры, влажности волокна и семян в технологических процессах на хлопкоочистительных предприятиях// INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE: YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 2022 Prague, Czech. https://doi.org/10.5281/zenodo.7117865.

18. Qarshiev BE P. A. P. Paxta va uni komponentlarini qatlamda quritish tadqiqoti //O'zMU xabarlari. Ilmiy jurnal. ISSN. - S. 2181-7324.

19. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.