Научная статья на тему 'URUG‘LIK CHIGITLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI'

URUG‘LIK CHIGITLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Endless light in science
Область наук
Ключевые слова
urug‘lik chigit / kalta momiq / mexanik tuksizlantirish / УЧДМ mashinasi / ЧСА agregati / 1ЛБ kolosniksiz linteri / ОС tuksizlantirish mashinasi.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Bobomurotov Tojiddin G‘Aybulloyevich, Xakimov Sherqul Shergoziyevich, Agzamov Mirxosil Mirsalixovich

Maqolada mexanik usulda tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigitlarni tayyorlash texnologik jarayonining tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUG‘LIK CHIGITLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI»

UDK 678.046.55

URUG'LIK CHIGITLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINING

TAHLILI

BOBOMUROTOV TOJIDDIN G'AYBULLOYEVICH

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti doktoranti, O'zbekiston

XAKIMOV SHERQUL SHERGOZIYEVICH

"TTDIT" kafedrasi mudiri, t.f.d., professor, TTYSI, O'zbekiston

AGZAMOV MIRXOSIL MIRSALIXOVICH

PhD, "TMJ" kafedrasi dotsenti, TTYSI, O'zbekiston

Annotatsiya: Maqolada mexanik usulda tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigitlarni tayyorlash texnologik jarayonining tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: urug'lik chigit, kalta momiq, mexanik tuksizlantirish, УЧДМ mashinasi, ЧСА agregati, 1ЛБ kolosniksiz linteri, ОС tuksizlantirish mashinasi.

O'zbekistonda paxta asosan tukli va tuksizlantirilgan chigit shaklida ekiladi. So'nggi yillarda kam tukli urug'lik chigit bilan ekish texnologiyasi ham joriy qilinmoqda.

Urug'lik chigit tayyorlash "Urug'lik paxta xom ashyosini dastlabki ishlash va urug'lik chigit tayyorlash texnologik reglamenti" bo'yicha amalga oshiriladi. Reglament tukli, mexanik usulda tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigitlarni tayyorlash texnologiyalariga, dorilash va qoplash jarayonini qo'shgan holda qo'yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.

Tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigit mexanik tuksizlantirish usulida tayyorlanadi. Mexanik tuksizlantirish, o'z navbatida, bir marta yoki ikki marta tuksizlantirish texnologiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin [1, 2].

Urug'liklik chigit sifatli urug'lik fondini olish imkonini yaratuvchi ilg'or texnologiyalar qo'llaniladigan ixtisoslashtirilgan sexlarda qo'llaniladi. Sifatli urug'lik chigitning ishlab chiqarilishi qishloq xo'jaligida chigit sarfi me'yorlarining qisqarishi va ortiqcha agrotexnik chora-tadbirlarning kamayishi hisobiga paxta xomashyosi tannarxining pasayishiga omil bo'ladi. Sifati yaxshilangan urug'lik chigitni ekishdagi samara g'o'za hosildorligining ko'tarilishi, olingan paxtaning sifati va assortimentining oshishida ham ko'rinadi [3].

O'zDSt 663:2017 bo'yicha tuksizlantirilgan urug'lik chigitning tukdorligi 0,5 % dan, kam tukli urug'lik chigitning tukdorligi 2,5 % dan oshmasligi lozim.

Tadqiqot jarayonida ko'plab adabiyot va internet manbaalridan foydalanildi. [4-19].

Tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigitlarni tayyorlash mavjud bo'lgan mexanik chigit tuksizlantirish sexlarida amalga oshirilishi mumkin va dastlabki chigitni iflosliklardan tozalash, saralash, mexanik usulda tuksizlantirish, o'lchamlari bo'yicha kalibrlash, dorilash, qadoqlash va qoplarga joylash jarayonlarini o'z ichiga oladi.

Bunda amaldagi ikki bosqichli tuksizlantirish uslubi yoki УЧДМ (urug'lik chigit delinterlash mashinasi) ishlatilgan holda, bir bosqichli mexanik tuksizlantirish uslubi qo'llanilishi mumkin.

Mexanik tuksizlantirish uslubini qo'llab urug'lik chigit tayyorlash jarayonida tuksizlantirilgan yoki kam tukli dorilangan urug'lik chigitlardan tashqari texnik chigit, tarkibida kalta momiq bo'lgan tozalash, saralash va tuksizlantirish chiqindilari olinadi.

1-rasmda ikki bosqichli tuksizlantirish uslubini qo'llab urug'lik chigitni tayyorlashda qo'llaniladigan zamonaviy texnologik uskunalarni o'rnatilish ketma-ketlik sxemasi keltirilgan.

17 16 15

1 - ynC qabul qilish bunkeri; 2 - HCA agregati; 3 - MHT mexanik chigit tozalagich (HCA agregati majmuasiga kiradi); 4 - taqsimlovchi vintli konveyer; 5 - siklon; 6 - elevator; 7 - kalibrlagich; 8 - trier; 9 - elevator; 10 - EHOC tuksizlantirilgan chigitni yig'ish va me'yorlab uzatib berish bunkeri; 11 - chigit dorilash mashinasi; 12 - iflos havoni tozalash qurilmasi; 13 -chigitni o'lchab qoplash apparati; 14 - qop tikish mashinasi; 15 - yig'uvchi konveyer; 16 - OC chigit tuksizlantirish mashinasi; 17 - elevator; 18 - 1HB kolosniksiz linteri; 19 - yig'uvchi vintli

konveyer.

1-rasm. Ikki bosqichli tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigit tayyorlash texnologik uskunalari tizimining o'rnatilish ketma-ketligi sxemasi.

Dastlabki urug'lik chigit ynC urug'lik chigitni qabul qilish bunkeriga to'kilib, ma'lum me'yorlangan miqdorda HCA agregatiga uzatiladi va uning yordamida tozalanadi va saralanadi. Keyin urug'lik chigit 1HB kolosniksiz linterlarida va OC tuksizlantirish mashinalarida kerakli tukdorlik darajasigacha delinterlanib, kalibrlagichda kalibrlanadi, trierda uzunligi bo'yicha saralanadi, dorilash mashinasida dorilanadi, chigitni o'lchab qoplash apparatida qadoqlanadi va qop tikish mashinasida qoplarning og'zi tikiladi.

Sexning loyihaviy quvvati va ish unumdorligi dastlabki chigitning tukdorligi va qo'llanilayotgan 1HB va OC tuksizlantirish mashinalarining miqdoriga bog'liq. Masalan, sexda 4 dona 1HB va 6 dona OC mashinalari o'rnatilgan, dastlabki chigitning tukdorligi 8,5 % bo'lgan hol uchun tayyorlangan mahsulot (dorilangan urug'lik chigit) bo'yicha bu sexning ish unumdorligi, o'rta hisobda:

- tuksizlantirgan chigit bo'yicha - 1680 kg/s ni;

- kam tukli chigit bo'yicha 2400 kg/s ni tashkil etadi.

Tuksizlantirilgan chigitni vaqtincha saqlab turib, kerakli miqdorda dorilashga berish uchun sexda EHOC tuksizlantirilgan chigitni yig'ish va me'yorlab uzatib berish bunkerlari o'rnatiladi. Ularning soni sexda tayyorlanadigan chigit miqdori bilan aniqlanadi. 2-rasmda texnologik uskunalarning urug'lik chigit tayyorlash sexida joylashish sxemasi ko'rsatilgan.

■ Ii™ ™ " ™ ™ ™ ■ | | 13

UAJ LAJ

1 - УПС qabul qilish bunkeri; 2 - ЧСА chigit saralash agregati; 3 - VS-8 ventilyatori;

4 - SP-3 sikloni; 5 - SP-6 sikloni; 6 - VS-10 ventilyatori; 7 - 1ЛБ kolosniksiz linteri; 8 - ОС chigit tuksizlantirish mashinasi; 9 - kalibrlash mashinasi; 10 - trier; 11 - БНОС chigitni yig'ish va me'yorlab o'lchab berish bunkeri; 12, 13 - elevatorlar; 14 - chigit dorilash mashinasi;

15 - chigitni o'lchab qoplash apparati; 16 - tasmali transportyor; 17 - qop tikish mashinasi;

18 - shneklar; 19 - quvurlar.

2-rasm. Tuksizlantirilgan urug'lik chigit tayyorlash sexidagi texnologik uskunalarning

joylashish sxemasi.

УЧДМ mashinasini qo'llab tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigit tayyorlashning bir bosqichli usuli ikki bosqichda tuksizlantirish usulini qo'llashga nisbatan ancha afzalliklarga ega. Bunda har bir tonna urug'lik mahsulotni ishlab chiqarishda delinterlash jarayonida o'rta hisobda 2025 % elektr energiyasi tejaladi, bittadan taqsimlovchi va yig'uvchi trasportyorlar hamda bitta elevator kamroq ishlatiladi (3-rasm).

Bu usul bo'yicha dastlabki chigit УПС bunkeridan ma'lum me'yorlangan miqdorda ЧСА agregatiga uzatiladi, unda tozalanadi va saralanadi, keyin УЧДМ mashinasida kerakli tukdorlik darajasigacha delinterlanib, kalibrlagichda kalibrlanadi, trierda uzunligi bo'yicha saralanadi, dorilash mashinasida dorilanadi, chigitni o'lchab qoplash apparatida qadoqlanadi va qop tikish mashinasida qoplarning og'zi tikiladi.

11

1 - УПС qabul qilish bunkeri; 2 - ЧСА agregati; 3 - МЧТ mexanik chigit tozalagich (ЧСА agregati majmuasiga kiradi); 4 - siklon; 5 - kalibrlagich; 6 - trier; 7 - БНОС tuksizlantirilgan chigitni yig'ish va me'yorlab uzatib berish bunkeri; 8 - chigit dorilash mashinasi; 9 - chigitni o'lchab qoplash apparati; 10 - qop tikish mashinasi; 11 - УЧДМ urug'lik chigit delinterlash mashinasi; 12 - iflos havoni tozalash qurilmasi

3-rasm. Bir bosqichli tuksizlantirilgan va kam tukli urug'lik chigit tayyorlash texnologik

uskunalari tizimining o'rnatilish ketma-ketligi sxemasi.

Sexning loyihaviy quvvati va ish unumdorligi qo'llaniladigan УЧДМ mashinalari soniga bog'liq. Sexda 6 dona УЧДМ mashinasi bo'lgan holda uning ish unumdorligi quyidagicha:

- tuksizlantirilgan dorilangan chigit bo'yicha - 2100 kg/s;

- kam tukli dorilangan chigit bo'yicha - 3000 kg/s.

4-rasmda texnologik uskunalarning urug'lik chigit tayyorlash sexida joylashish sxemasi ko'rsatilgan.

LAJ LAJ

1 - УПС qabul qilish bunkeri; 2 - ЧСА chigit tozalash va saralash agregati;

3 - VS-8 ventilyatori; 4 - SP-3 sikloni; 5 - SP-6 sikloni; 6 - VS-10 ventilyatori; 7 - УЧДМ delinterlash mashinasi; 8 - kalibrlash mashinasi; 9 - trier; 10 - БНОС chigit yig'ish va me'yorlab uzatib berish bunkeri; 11 - elevator; 12 - chigit dorilash mashinasi;

13 - o'lchab qoplash apparati; 14 - tasmali transportyor; 15 - qop tikish mashinasi;

16, 17 - shnek; 18 - quvurlar.

4-rasm. Tuksizlantirilgan urug'lik chigit tayyorlash sexida УЧДМ rusumli mashina qo'llanilgandagi texnologik uskunalarning joylashish sxemasi.

Urug'lik chigit sifati bo'yicha o'tkazilgan dastlabki texnologik jarayon tahlillari shuni ko'rsatadiki, chigitning tabiiy sifat ko'rsatkichlarini saqlab qolish har bir texnologik mashinaga bog'liq qolaversa, urug'lik chigit tayyorlash texnologik jarayonida chigitlarni shikastlamaslik uchun yakka chigitga ta'sir etuvchi kuch 5 Ndan oshmasligi kerakligini inobatga olib chigitdan tolani ajratish, chigitni saralash va tozalash hamda urug'lik tayyorlash ishlarini amalga oshirish mumkinligini ko'rsatadi.

Ta'kidlash kerakki, urug'lik chigitni tozalash-saralash, tuksizlantirish va dorilash ishlari soha hodimlaridan jiddiy mas'uliyatni talab qiladi.

Bugungi kunda, sifatli urug'lik chigit tayyorlash mazkur tadbirlarning davlat standarti talablari asosida bajarilishi keyingi yil uchun unumdor urug' olishga erishish mumkinligini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha qo'llanma. "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, Toshkent -2019 y.

2. Urug'lik chigit tayyorlash texnologik reglamenti (PDI 22-2010). "Paxtasanoat ilmiy markazi" OAJ, Toshkent - 2010 y.

3. Urug'lik chigitning kelishilgan narxlarini hisoblash uslubiyati (PDI 71-2017). "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, Toshkent - 2017 y.

4. E.Zikriyoyevning umumiy tahriri ostida "Paxtani dastlabki qayta ishlash" (o'quv qo'llanma). Toshkent - "Mehnat" - 2002 y.

5. E.Maqsudov, N.Shorasulov, S.Qosimov. "Paxta chigitidan kalta tolani ajratish". Toshkent -1991y.

6. Yunusov, S., Sultonov, A., Rakhmatov, M., Bobomurotov, T., & Agzamov, M. (2021). Results of studies on extending the time operation of gin and linter grates. In E3S Web of Conferences (Vol. 304, p. 03028). EDP Sciences.

7. Yunusov, S. Z., Khaidarov, A., & Bobomurodov, T. G. (2013). Machine unit with the mechanism of a composite cylinder of technological machines. Theory of machines and working processes MNPK, 26-7.

8. T.Bobomurotov, Sh.Xakimov, M.Agzamov. Delinterlash texnologik jarayonida ishtirok etuvchi mashinalarning tahlili. Ilmiy-amaliy anjuman to'plami. II-qism, 2023y. -B. 444-446.

9. T.Bobomurotov, Sh.Xakimov. Paxta chigitidan kalta momiq ajratish jarayonini tahlili. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. I-qism, I, II - sho'balar, 2022 y. -B. 172175.

10. Sh.Xakimov, T.Bobomurotov. Paxta chigitidan mexanik usulda kalta momiq ajratish. "Mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslar asosidagi innovatsion texnologiyalar" mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani. Materiallar to'plami, 2-jild. Urganch - 2021 y. -B. 454-455.

11. T.Bobomurotov, Sh.Xakimov, J.Yo'ldoshev. Paxta urug'lik chigitini mexanik usulda tuksizlantirish jarayoni tahlili. Respublika ilmiy-amaliy onlayn tezislar to'plami. I-qism, I, III -sho'balar, 2020y. -B. 18-20.

12. М Агзамо в , ММ Агзамо в , ЖФ Мад жид о в. Пути снижения с од ержания п ор о ко в в хлопковом волокне в процессе пильного джинирования. Известия ВУЗов. Технология текстильной пр омышленности. Иванов о., 34.

13. Агзам о в М. М., Носир о в Х. М. Т е ор етич ес ки е иссл ед о вани е п о в лиянию с кор ости вращ ения сыфцов ого валика на пр оцесс джинир ов ания //Юность и знания-гарантия успеха-2021. - 2021. - С. 364-366.

14. Агзамов М. М. Учредители: Ивановский государственный политехнический уни в ерситет //Из в е стия в ыюших уч е бн ыых зав ед ени й. - №. 4. - С. 88-93.

15. Sultonov A. et al. Development of the saw cylinder for gins and linters with use of new elements of the design //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 304. - С. 03029.

16. Холмаматов Г. Х., Сотволдиев Х. Изменение ударного импульса действующего на с рц а и за исим сти т ра и са раб ам р пи н г жина //endless light in science. - С. 13.

17. Агзам о в М. и д р. Зав исимость ударн ого импул ьса, д е йствующ его на с ыфцо в ы1 й вали к от рад иуса раб оч е й камер ы>1 пил ьн ого д жина. - 2022.

18. Олимов О. Т., Агзамов М. М. Иннов ационныю технологии для в ылраб отки выюококачеств енного хлопкового в олокна //Молод ой ученыш. - 2014. - №. 19. - С. 231-234.

19. Ochilov, T. A., Isaeva, D. M., Niyazova, N. A., & Shumkarova, S. P. (2020). TG". Bobomurodov. Changes in Technological Performance of Lastic Knitted Textiles in Different Range. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(9), 14846.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.