AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 631.358
PAXTA SEYALKASINING EKISH APPARATI
Botirov Abdusattor Gapparovich Namangan muhandislik-qurilish instituti, t.f.n., dotsent. botirovabdusattor1956 @gmail.com
Annotatsiya. Maqolada yakka brusli ekish sektsiyasini konstruktsiyalarini tahlili, mavjud sektsiyaning kamchiliklari, takomillashgan ekish apparati maqbul konstruktsiyasi, undagi uyalovchi apparatni to'zitkichini o'zgartirilganligi, to'zitkichni chigit bilan o'zaro tabsiri va to'zitkich murakkab harakati yoritilgan.
Аннотация. В статье описан анализ конструкций одноецеточной посадочной секции, недостатки существующех секций, оптимальная конструкция усовершенствованного посадочного аппарата и регулятора, взаимодействие регулятора с семян и сложного движения регулятора.
Abstract. The article describes an analysis of the designs of a single-net planting section, the shortcomings of existing sections, the optimal design of an improved planting apparatus and regulator, the interaction of the regulator with seeds and the complex movement of the regulator.
Kalit so'zlar. Yakka brusli chigit seyalkasi, ekish apparati, uyalab ekish, bunker, elastik to'zitkich, oziqlantirgich, chigit, uyalovchi apparat,ekish birxilliligi, tukli chigit, sterjen, to'zitkichning harakatlanishi.
Ключевые слова. Однобрусная сеялка, сеялка, гнездовой аппарат, бункер, предохранительный диск, эластичный ворошитель высевающий аппарат, катушка, семена, равномерность посева, перемещение ворошителя.
Keywords. Single beam seeder, seeder, seeder nesting device, hopper, safety disc, seeding device, reel, seeds, seeder, turner movements.
Kirish. Paxta seyalkalarida tukli chigitlarni ekish jarayonida ekish apparati bunkerida urug' tuklarini o'zaro ilashuvchanligi sababli bo'shliq hosil bo'lishi kuzatiladi (bu chigitlarni notekis ekilishiga sabab bo'ladi). Yakka brusli paxta seyalkalarini bunkeridagi bo'shliqlarni kamaytirish uchun devorlarning vertikal qiyaligi^ = 100 qabul qilinadi. Bundan tashqari bunkerda urug'larni shikastlamay minimal aylanish momentini va kerakli ekish bir xilligini ta'minlaydigan ekish apparati to'zitgichini yaratish uchun oziqlantiruvchiga, urug'lar bilan doimiy aloqada bo'luvchi elastik - prujinali, sharnirli urug' to'zitgich o'rnatdik va bu urug' g'altagining tishlariga urug'ni uzluksiz yetkazib berishni ta'minlaydi [1,2].
SHarnirli mahkamlangan prujinali to'zitgich faqat urug' bo'shlig'ining yuzasi bilan doimiy aloqada bo'lish imkonini beradi, ularni oziqlantirish kamerasiga tushiradi, kam burovchi momentida uzluksiz ishlashini ta'minlaydi va bo'shliq balandligi (ishchi)ga erishish mumkin. Bu esa uzunligi 160-200 mm, pastki diametri 250 mm bo'lgan bo'shliqni yo'q qilish uchun yetarli bo'ladi.
Prujinali to'zitgich bilan apparatni ishlashi prujinaning parametrlariga va sterjen uzunligiga bog'liq. Haddan tashqari qattiq prujina sezilarli uzunlik bilan sterjen apparatning pastki qismiga perpendikulyar joylashadi, shu bilan birga to'zitgich juda katta urug' qatlamiga ega bo'ladi va qurilmani yuritish uchun katta burovchi moment talab qilinadi, undan tashqari sterjen urug'larga qayta - qayta va keraksiz harakat qiladi va ularni shikastlaydi [3,4]. Prujinaning yumshoqligi va sterjen uzunligi yetarli bo'lmaganda, to'zitkich faolligi nolga yaqin bo'ladi, bunkerdagi urug'larning hosil bo'lgan bo'shliqlari urug'larning g'altakga kirishini to'xtatadi.
Metodlar. Yuqorida muammolarni bartarf etish uchun, nazariy tadqiqot vazifasi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
bunkerning oldindan tanlangan parametrlari bilan egiluvchan prujinali to'zitgichning asosiy parametrlarini asoslash va apparatning ish rejimlarini aniqlashdan iborat.
Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordik. Buning uchun ho'llangan paxta chigitlari ekishdagi ekish apparatining klassik konstruktsiyasi qabul qilindi. Ushbu konstruktsiya 7-rasmda ko'rsatilgan.
1-bunker; 2-oziqlantiruvchi; 3-elastik-to'zitgich; 4-o'q; 5-asos; 6-sozlovchi to'siq; 7-g'altak.
Ekish apparatida elastik - to'zitkich o'rnatilgan, ya'ni oziqlantiruvchi gardishiga o'q o'rnatilib, uning ustiga prujina joylashtiriladi, bir uchi oziqlantiruvchining tanasiga tayanadi, ikkinchi uchi esa bunkerdagi urug'lar ichida erkin harakatlanadi va o'ziga xos eguluvchan elastik to'zitgichni tashkil etadi [3].
To'zitkich o'rnatilgan joyning - o'qning uzunligi oziqlantiruvchining o'lchamlari bo'yicha oziqlantiruvchining konstruktiv o'lchamlariga nisbatan aniqlanadi. Oziqlantiruvchining diametriga (dp=220 mm) ko'ra, Prujina uzunligini lpr < 50 mm deb qabul qilinadi.
Prujinani hisoblashda, asosan, sterjen uzunligi(l0), sterjen diametri(d), prujinaning bikirligi(C„) va prujinaning diametri(D)ni aniqlash kerak bo'ladi(4-rasm).
Ish paytida elastik sterjen - to'zitgich oziqlantiruvchini aylanishi jarayonida bunkerda bo'lgan chigitga ma'lum bosim hosil qiladi, bunda prujinali sterjen pastki uchi oziqlantiruvchini yuqori qismiga mahkamlanadi va sterjen o'zi urug'lardan. qarshilikka uchraydi.
CHigit tuklari va namligi katta bo'lganda bo'shashgan qatlamning balandligi kattaroq bo' lishi kerak va shuning uchun burovchi moment kattaroq talab qilinadi, bu esa tayanch g'ildiraklarning sirpanib ketishiga va ekish sxemasini buzilishiga olib keladi [5,7].
To'zitgich sterjen harakatlanayotganda juda zich joylashgan urug'lardan ham, siyrak joylashgan urug'lardan ham bosimga uchraydi, bu to'ldirish usullariga va urug'larni ekishga tayyorlash usuliga (namlash, bo'ktirish) bog'liq. SHuning uchun uning tebranishlari variatsion xususiyatga ega bo'ladi [8,9,11].
To'zitkich xarakatini konsolli elastik sterjen - to'zitgichning egilishini aniqlash tizimiga asoslangan harakatini ko'rib chiqamiz va tizim modeliga quyidagilarni kiritamiz.
Elastik sterjenning intensiv massa zichligiga ega bo'lgan modeli quyidagicha:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
r
1-rasm. Eksperimental ekish apparati
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
rnd2yc d2U 4 g dt2
(1)
Bu yerda: d - sterjen diametri, m:
ys - sterjen materialining zichligi, kg/m3; g - erkin tushish tezlashishi, m/s2 Bu holda, tenglamani birinchi hadi sterjen uzunligiga to'g'ri keluvchi birlik massasi, ikkinchisi esa dinamik tezlanish funktsiyasidir.
Sterjenning egilishga bikirligi quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi:
EJ = E — (2)
va taqsimlangan elastik kuch:
64
F = EJd~y
ynp dZ4
(3)
Bu yerda:
d4y
dZ4
- ko'rib chiqilayotgan kesimdagi sterjen uzunligi bo'yicha to'rtinchi
hususiy hosila.
U(t,Z) dinamik egilishni hisobga oladigan umumlashtirilgan koordinata vaqt funktsiyasi va ko'rib chiqilayotgan Z kesimining koordinatasi hisoblanadi.
Tashqi kuchning intensivligi, ya'ni urug'larning sterjenga ta'sirining o'zgaruvchanligi q(t,Z) (N/m).
Bu funktsiya vaqtga bog'liqligi bilan tavsiflanadi. Buning uchun urug'larning og'irligidan bunker devoriga va to'zitgichga bosimni ko'rib chiqamiz (2-rasm).
2-rasm. Bunkerning konussimon qismidagi urug'larning bosimini hisoblash sxemasi
Vertikal bosim quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi:
qcz =
Gx
t ■
D
4
= Z5yuruX (na)
(4)
Bu yerda: Zb - chigit bunkerdagi yuqori qismining balandligi, m;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Turug - chigitning zichligi, yurug = 450кг/м3 ;
Bunkerning ikkinchi qismidagi bosimni aniqlaymiz [12-14], bu yerda u o'z funktsiyasini o'zgartiradi. Buning uchun biz A bo'limi bo'ylab Q0 (kg/s) ekish uchun urug'lik sarfini o'rnatamiz, ya'ni.
Qc = Ж = DABA Turug
SHuning uchun urug'larning A bo'limi bo'ylab harakatlanish tezligi quyidagicha bo'ladi:
VA = 4Qc , m/sek (5)
KDAÏurug
Qolgan bo'laklardagi urug'larning harakat tezligini mos ravishda B, V va G bo'limlari uchun urug'larni sarf qilishning tengligi shartidan aniqlaymiz.
Fa = -Q-, Fs = -Q-, F, = va F, = (6)
tTD.Y TDT жО„У 7tDrY
A urug "^Б/ urug B urug t^-^^ urug
Bu yerda: DA, DB, DVDG - mos ravishda A, B, V va G kesmalarda chigit bunkerining konussimon qismining diametrlari.
Sxema asosida (2-rasm) konussimon qism uzunligi birligiga to'g'ri keladigan urug'lar massasi
M = 4/4 (7)
Bu yerda: 4 - urug' bunkerning konussimon qismi uzunligi, m.
Masalan: urug'lar massasi ma'lum bo'lgan o'rtacha diametri DA bo'lgan bunkerdagi Д/ uzunligi uchun
AGca =Turug -Ml • g, (H/m) (8)
Bunday holda, konusning birlik uzunligi uchun massaning ortishi kuzatiladi
D2 D2 D2
MGCB = MGcaD2, MGcb = AGCava AGcg = AGca^ (9)
dОБ DB Dr
Bu funktsiya asosida q(z) funktsiyani tuzamiz.
Tashqi yukning intensivligidan funktsiya quyidagilarga ega:
Tz, ж Ш 2L . Ж L . 7E
z) = J0(qу1 cos^" + qу2 co^)dz = qyX-sin — + qy
2l0 l0 ж 2l0 ж l0
Belgilash:
21 I
qi = qyi — va q2 = qy
ж ж
U holda urug'larning to'zitgich sterjenga ta'sirining o'zgaruvchanligini shaklning ikkita garmonik ko'rinishdan foydalangan holda hisobga olamiz (3-rasm):
7CZ 7CZ
qy = qisin— + q2 sin—, (N/m) (10)
2l0 l0
Bu yerda: Z - urug' qatlamining balandligi, m;
q1 va q2 - tashqi kuchning intensivlik amplitudalari, N/m; /0 - sterjen - to'zitgich uzunligi, m. U xolda, shakldagi sterjen - to'zitgichga bita urug'ning ta'siri funktsiyasini olamiz [1517].
^B = ^ , (11)
У
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Bu yerda: dc - urug'ning uzunligi, m;
vs - urug'ning kengligi, m;
V = W • Г
V у W BC 1 у
WVS - sterjen aylanishning burchak tezligi, rad/s; Gjj - zarba nuqtasidan aylanish o'qigacha bo'lgan masofasi, m.
3-rasm. Sterjen - to'zitgichini yuklanish sxemasi
Impuls funktsiyasi shunday ko'rinishda bo'ladi:
2mt
qM (1 - cos-)
(12)
To'zitgichning birinchi navbati uchun eng ko'p ezilgan urug'lar sonini aniqlaymiz, taxminan qatorlar yoki konveerda ekilgan urug'lar soniga teng, NS=16-20 ichida olinishi mumkin va aniqlangandan so'ng quyidagi formulani hosil qilamiz:
d + B„
V,
-Nc
(13)
Ish jarayonida elastik - sterjen to'zitgichni boshqa parametrlarini aniqlash uchun ekish apparati bunkeridagi chigit massasi bilan konsolli elastik sterjen egilish U(t, Z) funktsiyani ko'rib chiqamiz.
Natijalar. Yuqoridagilarga asoslanib, biz quyidagi elastik sterjen - to'zitgichni egilish differentsial tenglamasini olamiz:
Tud v d U ^TdU , . m . л 2nt.
-—--^ + EJ-- = (q sin--h q sin—)( 1 - cos-)
4g dt2 dZ4 1 24 2 l0 Tg 7
Bu yerda: d - sterjen diametri, m;
Vc - sterjen materialining zichligi, kg/m3;
g - erkin tushish tezlashishi, m/s2;
E - sterjen to'zitgich materialining elastiklik moduli, kg/m \ J - sterjen ko'ndalang kesimi maydonini inertsiya momenti, m4\ q1, q2 - tashqi kuchlar o'zgarishini amplitudalari, m; l0 - sterjen uzunligi, m;
z - o'qdan ko'rilayotgan nuqtagacha bo'lgan masofa, m; t - joriy vaqt, s;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
(14)
5-jild, 2-son, 2024
T
B
=
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI zB - to'zitkichni bir aylanishidagi doimiyligi, rB = 2—/mB, c ga teng. Bitta garmonik tenglama uchun muammoning yechimini topamiz, demak
7ud2yr , ->, ->. „ EJ q\
p = (kg- sek~/m~), C2 = —, qM = ± .
4 g H H
U xolda tebranishlarning birinchi shakli uchun tenglama shaklni oladi
dU „2 d4Uj . — n 2—t.
—T + C2—1 = qm si^—-(1 - cos-) (15)
dt dz 2/0 rB
Funktsiyani shaklda olamiz
TÜZ
Ui(t, Z ) = U (t ) sin — (16)
2/0
Funktsiyaning ikkita qisman hosilasini topamiz
d 2U_d U (t ) • —
, , sin— (17)
dt2 dt2 2/0 v 7
d4U1 —4 . —z
Hr=—Tsm——zUi(t) (18)
(16) va (17) tenglamani (18) tenglamaga qo'yib, quyidagini hosil qilamiz.
d2U1 .—z — . — 2— . — —r1 • sin--h C2U1-— • sin— = qm(1 - cos-)sin— (19)
di1 2/0 " 16It 2/0 tb 210
SHartlarni sin(nZ/2lo) bilan qisqartirib, a-= s"(/r4/16i^) ni belgilab, doimiy koeffitsientli ikkinchi tartibli chiziqli differentsial tenglamani olamiz.
d U 2tt /1 2—t
-Z21 + a U = qm (1 - cos-) (20)
dt tb
Differentsial tenglamani operativ hisoblash usuli bilan yechamiz. To'liq yechim
TT(rt\-n -i1 (cosmBt - (Pl/ a 2)cosatX • nu
U1( z,t ) = qM = (—--2-2-) • sin^ (21)
a a - m2 2/
0
(21) tenglama yordamida to'zitgichning parametrlarini tanlaymiz. Ko'rinib turibdiki, bu funktsiyaning a2>wv2 va 1 - coswv amplitudalari
Umax dagi maksimal qiymati qavs ichidagi ifoda nolga teng bo'lgandagina olinadi.
(cosmBt - (m2B/a2)cosat) = Q
2 2 a - mB
U xolda
U„„ =
2qm sin—Z /2lo)
a2
Miqdorlarning ba'zi konstruktiv qiymatlarini hisobga olgan holda va oldindan aniqlangan funktsiyaning qiymatlari l0=150, 200 va 250 mm bo'lganda, birinchi navbatda to'zitgichning diametrini aniqlaymiz.
Muhokamalar. Sterjen-to'zitgichning ishi turli sharoitlarda, sterjen konsentratsiyalangan, teng taqsimlangan va doimiy yuk ta'sirida sodir bo'lishi mumkin. To'zitgichning uzoq muddatli ishlashi nuqtai nazaridan, sterjen-to'zitgichning bo'sh uchida kontsentratsiyalangan yuk ta'sirida bo'lgan holatdan amalga oshiriladi (4-rasm). Kontsentrlangan yuk Pq tenglama bo'yicha hisoblanadi [18,19].
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
Bu yerda:
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI p = qh = 337,5 • 0,016 = 5,4 H,
q1=Hb-l0-r =0,5-0,15-10-450=337,5H/M!
Nb - urug'lik idishining balandligi, m; l0 - sterjen uzunligi, m;
h1 - bo'sh qatlamning balandligi, h1= 0,016 m. Burovchi kuchning momenti quyidagi ko'rinishda bo'ladi
MP =hP -Pq =0,15-5,4 = 0,81 N-m,
Bu yerda hp - aylanish o'qidan kuch qo'yilgan nuqtasigacha bo'lgan masofa
(A), hp = 0,15 m.
Prujinaning o'lchamlari orasidagi nisbat quyidagicha
D/d = 12/2,5= 4,8 Sterjen - to'zitgichning diametri quyidagicha aniqlanadi:
d = 3
Mp • K
0,1/[r]
U xolda
K =
4D/d-1 _ 4• 4,8-1 4D/d- 4 = 4 • 4,8 - 4
= 1,28
[r]-burilishga ruxsat etilgan kuchlanishi, [r]= 0,45 MPa. Sterjen uzunligi l01=150 mm bo'ladi D2=2,8 mm
Mos ravishda l02=200 mm va l03=250 mm da D2=3,1 mm va D3=3,38 mm.
:MW z
o
a) yon tomondan ko'rinish bo'yicha; b) prujina profili bo'yicha. 4-rasm. Sterjen va to'zitgich prujinasining diametrini hisoblash sxemasi
SHundan so'ng sterjen uchining tebranishining maksimal amplitudasi shartidan steijenni hisoblashni quyidagi ifoda yordamida keltirib chiqamiz
U..„ = 2qm sin
TCz
2L
m,
Bu yerda:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
2
a
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
2 q m
Im ' с1'
тт il 2 2 EJnA
U xolda a = c -
16/4 //16/f1 c
4
_ 2048- q • /0
E • /04
Bu yerda: i £ - to'zitgichning so'nggi qismining tebranishlariga jalb qilingan prujinaning taxminiy uzunligi, /я = /0 + 3/й = 0.31м,
Bu yerda lv - prujinaning bitta bo'lagining uzunligi, lv = 0,05 m, l0 = 150 mm, ga teng bo'ladi.
Bu yerda: d=d0. U^ = k = 2048* 414 = ^
У 0 0 ^E • d4 10"d4
U xolda
5,39
dn = 4
0 4 102 • /0
Bu yerdan
d = ^5,39/(0,150-1012) = 0,00245 m.
yoki 2,45 mm bo'ladi.
Xulosalar. O'tkazilgan nazariy tadqiqotlarga ko'ra, sterjenni yetarli bikirligini ta'minlash uchun d=2,8-3,0 mm li sterjen - to'zitgichning diametrini kritik qiymatlarda qabul qilamiz.
Sterjen - to'zitgich prujinasi bikirligining qiymatini aniqlash.
M„
Guk qonuniga ko'ra ß =
__p_
Cn
bu yerda: jB - buralish burchagi, biz ¡3 = 90° deb olamiz; Mr - maksimal buralish moment, Mr = 810 Nmm;
M
C.n - prujinaning bikirligi, С n = , N- mm/gr a du s
Minimal buralish momentni quyidagi ko'rinishda qabul qilamiz Mm = 0,16 ■810=130Nmm, J3 = 90°Cn = 130/90= 1,45 Nmm/gradus. SHunday qilib, sterjen - to'zitgichining asosiy parametrlari aniqlandi uning diametri dc = 2,8-3,0 mm va prujinaning bikirligi 1,45 mm/gradus oldindan aniqlandi, aniqlangan qiymatlarni ekcperimental tadqiqot jarayonida tajriba usulida aniqlanib taqqoslanadi.
ADABIYOTLAR
1. Ботиров, А. Г., Маматрахимов, О. А., Исроилов, Н. Н., & Бектемиров, А. Д. (2019). Новая технология высева семян хлопчатника. Экономика и социум, (6 (61)), 222225.
2. Botirov, A. G., Kenjaboev, SH. SH., Negmatullaev, S. E., & Mamatraximov, O. A. Bir brusli ekish agregati sektsiyasi. JURNALI, 37.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
3. Ботиров, А. Г., Негматуллаев, С. Э., & Мансуров, М. Т. (2018). Гнездующий аппарат сеялки. Экономика и социум, (5 (48)), 223-227.
4. Ботиров, А. Г. (1999). Обоснование параметров и режимов работы ворощителя высевающего аппарата опушенных семян хлопчатника: авторефер. дисс. канд. тех наук. Дис... кан. техн. наук.-Янгиюль.
5. Чичкин, В.П. Овощные сеялки и комбинированные агрегаты. Теория, конструкция, расчет// В.П. Чичкин. - Кишинев: Штиинца, 1984. - 392 с.
6. Рудаков, Г.М.Технологические основы механизации сева хлопчатника//Рудаков, Г.М. - Ташкент: Фан,1974. - 215 с
7. Ботиров, А. Г., & Мансуров, М. Т. (2017). Усовершенствование посевной секции. Научное знание современности, (6), 48-51.
8. Усмонов, Р. Д., Ботиров, А. Г., & Маматрахимов, О. А. (2021). Высевающий аппарат хлопковой сеялки. In Приоритетные направления инновационного развития транспортных систем и инженерных сооружений в АПК (pp. 91-96).
9. Botirov, A. G., Karimov, B. Yu., & Mamashaev, M. A. (2021). EKISH SEKTSIYaSINI TAKOMILLASHTIRISH. MEXANIKA VA TEXNOLOGIYa ILMIY JURNALI, (4), 48.
10. Усмонов, Р. Д., Ботиров, А. Г., & Мамашаев, М. А. (2020). ПОСЕВНАЯ СЕКЦИЯ ХЛОПКОВОЙ СЕЯЛКИ. In Научно-практические аспекты инновационного развития транспортных систем и инженерных сооружений (pp. 73-77).
11. Botirov, A., & Turgunov, N. (2023). TAKOMILLASHGAN EKISH SEKTSIYaSI: TAKOMILLASHGAN EKISH SEKTSIYaSI.
12. Negmatullaev, S. E., Kenzhaboev, S. S., Botirov, A. G., & Abdullaev, K. K. (2023). Features of Metrological Support of Machine-Building Enterprises. Journal of Innovation, Creativity and Art, 2(2), 111-116.
13. Gapparovich, B. A. (2021). Improvement of the Cotton Sowing Section for Low-grade Seeding. European Journal of Research Development and Sustainability, 2(2), 98-103.
14. Gapparovich, B. A. (2022). Smx-4 seed drill planting section.
15. Gapparovich, B. A., Yusufjanovich, K. B., Otabaevich, B. N., & Karimjanovich, B. D. (2021). Universal cotton seeding unit. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 615-623.
16. Botirov, A. G., Negmatullaev, S. E., Begmatov, D. K., Babaev, N. O., & Mamatrahimov, O. A. (2019). Improvement of Technology of Seeding and Sowing Section. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 6(12).
17. Abdullaev, K., Xaydarov, A., & Negmatullaev, S. (2020). Dilmurod. Development of Constructions of the Cleaning Drum to Provide the Conservation of the Natural Properties of Cotton and Seeds. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology (IJAREST), 11(7).
16. Абдуллаев, К. Х., & Негматуллаев, С. Э. (2021). Оптимизация основных параметров колкового барабана очистителя.
19. Botirov, A. G., Kenjaboev, S. S., Negmatullaev, S. E., & Mamatrahimov, O. A. (2020). Improving the Planting Section. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology (IJAREST), 11(7).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024