AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
УДК: 631.312.633
PLYONKA OSTIGA EKILGAN CHIGITLAR KO'CHAT QALINLIGINI O'SIMLIKNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIKKA TA'SIRINI O'RGANISH BO'YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
Isoqova Zubayda Xabibullayevna NamMQI, dotsent, E-mail: [email protected]
Karimov Tolibbek Tal'atbekovich Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi E-mail: [email protected]
Tumanbayeva Bibixon Izzatulla qizi NamMQI, kafedra stajyor o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada plyonka ostiga ekilgan chigitlarni ko'chat qalinligini o'rganish hamda o'simlikning o'sish va rivojlanishi hamda hosildorlikka ta'sirini o'rganish bo'yicha bir qator olimlarning olib borgan tadqiqotlar natijalari hamda o'tkazilgan tadqiqotlarda plyonka ostiga chigit ekish agrotexnologiyasining afzalliklari va uning hosildorlikka ta'sir darajalarini o'rganish bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.
Аннотация. В данной статье представлены результаты исследований ряд ученых по изучению толщины всходов семян, посаженных под пленку, ее влияние на рост и продуктивность растений.
Abstract. In this article, a number of scientists studied the thickness of seedlings planted under film, its effect on plant growth and productivity, the advantages of agricultural technology for sowing seeds under film under research conditions, and presented the effect on yield
Kalit so'zlar. Chigit, g'oza, qatqaloq, ko'chat soni, plyonka osti, chigit, paxta hosildorligi, agrotexnik tadbir, mulcha, gerbitsid, haydov qatlam, begona o't, tuproq yuzasi.
Ключевые слова. Семена, хлопок, хлопок, толщина всходов, под пленкой, урожайность хлопка, агротехнические мероприятия, мульча, гербицид, верхний слой, сорняки, поверхность почвы.
Keywords. Seed, cotton, cotton, seedling number, under film, seed, cotton yield, agrotechnical measure, mulch, herbicide, plow layer, weeds, soil surface.
Mamlakatimizda g'o'za o'simligidan mo'l va ertangi sifatli hosil olish respublikamiz paxtachiligining asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda chigit ekish mavsumini boshlanishi bahor faslini mart-aprel ya'ni yog'ingarchilik ko'p bo'ladigan oylariga to'g'ri keladi. Yog'ingarchilikning ko'p yog'ishi natijasida chigit ekish ishlari kechikishi, ko'p yog'ingarchilik oqibatida urug' qadalgan maydonlardagi chigitlarni chirib ketishi, qatqaloqlar hosil bo'lishi va boshqa sabablar orqali chigit ekilgan maydonlarda nihollarni keskin kamayib ketishi oqibatida yetishtirilayotgan paxta hosildorligining keskin pasayishiga olib keladi.
Ushbu muaommolarni bartaraf etish maqsadida chigitni plyonka ostiga ekib paxta yetishtirish texnologiyasi orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Mazkur texnologiya chigitni erta ekish, qatqaloq hosil bo'lishini oldini olish, maydonlarda ko'chat sonini to'liq bo'lishi, suv va mineral o'g'itlardan samarali foydalanish, ertangi va yuqori paxta hosili olish bilan, bir qatorda ochiq maydonlarga chigit ekish texnologiyasiga nisbatan ajralib turadi.
Chigitni plyonka ostiga ekib paxta yetishtirish texnologiyasi bo'yicha mamlakatimizda va Xorijda muayyan tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda bir qator tajribalar o'tkazilib, samarali natijalar olingan. Ushbu texnologiya Xitoy, Gretsiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning qishloq
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI xo'jaligida ko'p yillardan beri qo'llanilib kelinmoqda.
O'zbekiston sharoitida chigitni plyonka ostiga ekib paxta yetishtirish texnologiyasi ustida olib borilgan tadqiqotlar ijobiy natijalar berganligi natijasida Andijon viloyatida keng q o'llanila boshlangan. So'ngra mamlakat miqyosida keng amaliyotga tadbiq etila boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1996-yil 22-noyabrdagi 410-sonli "G'o'zani plyonka ostida o'stirishga oid chora tadbirlar to'g'risida" qarori qabul qilindi va plyonka ostiga chigit ekib paxta yetishtirish texnologiyasini davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Ushbu qarorlar orqali bu texnologiya Respublikamizda keng maydonlarda qo'llanila boshlangan [1].
Chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi keng maydonlarga joriy etilishi natijasida 1997-yilda mazkur texnologiya orqali Respublikamizda paxta yetishtirishning o'rtacha hosildorligi gektariga 33,4 sentnerni tashkil etgan, bu esa an'anaviy texnologiyada paxta yetishtirilganga nisbatan gektariga 10,4 sentner yuqori hosil olingan.
Chigitni plyonka ostiga ekib paxta yetishtiriladigan maydonlarda ko'chat qalinligi, mineral o'g'itlardan foydalanish me'yorlari va olib boriladigan agrotexnik tadbirlar ustida quyidagi tadqiqotchilar o'z izlanishlarini olib borishgan va ijobiy natijalar olishgan.
Jumladan N.G.Zaxarov, G.G.Semikinalar (1964) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda g'o'zani qora yaltiroq polietilen plyonka bilan tuproqni mulchalash samaradorligi o'rganilib, nazoratda qatqaloq qalinligi 3-5 sm gacha yetgan bo'lsa, polietilen plyonka ostida qatqaloq kuzatilmaganligini ta'kidlab o'tgan. Paxta hosildorligi 39.9 s/ga, nazorat variantida esa 18.2 st/ga ni tashkil etdi [2,3].
Sh.T.Xoliqulovning (1977) ma'lumotlariga ko'ra, tuproq yuzasini qoplash, tuproq havosidagi karbonat angidrid miqdorining oshishiga olib keladi. Karbonat angidridning hosil bo'lish jarayoni va kislorodning o'zlashtirilishi ko'p jihatdan tuproq harorati bilan bog'liq. Tuproqni turli xil materiallar bilan qoplash natijasida tuproqning yuvilishi susayadi. Qoplama ishlatilgan holda tuproqning yuvilish darajasi har gektar yerdan 0.89 tonnagacha kamayadi. Azot, fosfor, va kaliy elementlarining harakatchan shakllari sug'orish suvi bilan yuvilishining oldini oladi hamda tuproqning suv shimish qobilyatini kuchaytirib, gumus miqdorining oshishiga olib keladi.
S. Baxromov (2007) o'zining o'tkazgan tajribalarida oddiy plyonkasiz va gerbisidsiz variantdan gektariga 30 sentner hosil olingan bo'lsa, plyonkali gerbitsidsiz variantdan gektariga 35,4 sentner, plyonka ostiga chigit ekish bilan gerbitsid sepilgan va o'suv davrida ham 1,5 kg dan Stomp gerbitsidi qo'llanilganda gektariga 40,6 sentner hosil yetishtirilgan. S. Baxromov tajribalaridan kelib chiqqan holda plyonka ostiga chigit ekish usulida kimyoviy usulda begona o'tlarga qarshi kurashish zarurligini e'tirof etadi [2].
T.Ya.Rajabov va T.Rajabovlarning Qarshi cho'li sharoitida (2007) olib borgan tajribalarida plyonkasiz maydonda ekilgan g'o'zadan gektaridan 33,4 sentner hosil yetishtirilgan bo'lsa, plyonka ostiga chigit ekilgan maydonda esa gektariga 41,0 sentner hosil olingan. Ularning ta'kidlashlaricha, tuproqning suv-fizik xususiyatlari yaxshilangan, zahiradagi namlik tejalgan, zaxob suvlarning minerallashish darajasi pasaygan, haydov va haydov osti qatlamlarida zararli tuzlar to'planmagan, g'o'zaning erta pishib yetilishiga hamda yuqori, sifatli paxta hosili olinishiga imkoniyat yaratilgan .
F.M.Hasanova, Sh.T.Salamovlar (2006) olib borgan tadqiqotlariga asoslanib, plyonka ostida chigit ekish bilan bir vaqtda azotli o'g'itlarning 25 % dan 50 % gacha qo'llanilsa, qolgan qismi bilan g'o'za amal davrida oziqlantirilsa, hosilni pishib yetilishiga, vaqtida yig'ishtirib olishiga ijobiy ta'sir etishini ta'kidlaydilar.
Xuddi shunday tajriba F.Hasanova va T.Rajabovlar tomonidan Qarshi cho'lining taqir tuproqlari sharoitida o'rganilganda ham ya'ni NPK ning 200:140:100 nisbatidagi me'yorlari
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBlL VA QlSHLOQ XO'JALlKMASHlNALARl
bo'lganda plyonkali variantlarda azotli o'g'itlarning yillik me'yorini 50 foizi shudgor oldidan, qolgan qismi ekish bilan, chinbarglik fazasida, shonalash va gullash fazalarida oziqlantirilganda gektaridan 52 sentnergacha hosil yеtishtirilgan, vaholanki, ochiq maydonda (nazorat variantda) hosildorlik gektariga 36,9 sentnerga teng bo'lgan.
B.To'xtashev (1998) o'zining olib borgan tadqiqotlarida chigitni plyonka ostiga ekilgan maydonlarda chigitlar tez amalga kiradi, nihollar bir tekis unib chiqib o'simlik sog'lom rivojlanadi. Tajribada chigit plyonka ostiga ekilgan sharoitda g'o'za tupining pastki va o'rta hosil shohlaridagi ko'saklarda paxta pishiq, tolasi mustahkam va har bir ko'sak to'liq bo'lib, ko'saklarni vazni yuqori bo'lgan. Chunki bu ko'saklarning hosil bo'lishi, rivojlanish, pishib ей^Ы uchun maqbul sharoit hosil bo'lganligidir [3].
Plyonka ostiga chigit ekilgan maydonlarning ma'lum bir yuzasi plyonka bilan qoplanishi natijasida, tuproqdagi namlikning bug'lanib ketmasligini ta'minlashi hamda suv sarfini, chigitni ochiq maydonlarga ekilganiga nisbatan kamroq sarf bo'lishini ta'minlaydi.
G.A.Bezborodov, M.N Toshmatovlar 2003-2005-yillarda olib borilgan tajribalarida Toshkent viloyatining mexanik tarkibi og'ir qumoq, tipik bo'z tuproqlar sharoitida tajriba dalasining vegetatsiya davrida g'o'zaga nazorat variantida 8 marta, plyonka to'shalgan variantlar esa 7 marotaba sug'orilgan.
Mavsumiy sug'orish me'yori nazorat variantida 3910 m3/ga, plyonka to'shalagan variantlarda esa 3410 m3/ga ni tashkil etgan. 2004 yilda nazorat variantda 6 marotaba suv berilib, mavsumiy suv me'yori 3210 m3/ga, plyonka to'shalgan variantlarga 2185 m3/ga ni tashkil etgan. 2005 yilda esa nazorat variantlarini 7 marotaba sug'orib, mavumiy sug'orish 4380 m 3/ga ni, plyonka ostidagi maydonlarga 3940 m3/ga tashkil etgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, plyonka to'shab sug'orilgan variantlarda paxta hosildorligi 39.0 s/ga, qo'shimcha hosil 7,5-9,6 st/ga ni tashkil etgan. 1 sentnyer paxta hosili olish uchun suv sarfi nazorat variantida 125.6 m3/ga, plyonka to'shalgan variantda 81.5 m3/ga ni tashkil etgan. Izlanishlar natijasidan shuni ta'kidlash mumkinki, chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi orqali suv sarfi 35 foizga kamayganligini ko'rsatmoqda [4].
R.Qurbonov (2001) Chigitni plyonka ostiga ekib g'o'za parvarish qilinayotgan maydonda tuproq xossalari bo'yicha nisbatan yaxshi natijalar olinganligini tuproqning pushta qismiga keng qatorlab plyonka qoplangan variantlarda kuzatilgan. Tuproqni yuza qismi plyonka bilan qoplanganda, tuproq yuzasida namlik bug'lanishi sezilarli kamayishi natijasida ekinzorning suvdan foydalanish koeffitsienti sezilarli darajada ortgan.
N.M.Ibragimov, L.A.Mirzayev, D.U.G'ofurov (2009) chigitni plyonka ostiga ekib azotli o'g'itlarni turli mudatlarda qo'llash ustida olib borgan izlanishlari natijasida azotli o'g'itlarning yillik me'yori 200 kg/ga bo'lganda, 50 foiz qismini chigit ekish bilan birgalikda ekish chizig'idan 10-12 sm uzoqlikda 15 sm chuqurlikga solish chigitni unib chiqishiga salbiy t a'sir ko'rsatmasligi, uning maqbul o'sib rivojlanishi va paxta hosilining oshirishini ta'minlaydi deya xulosa berishgan [5].
PSUYAITI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomaga ko'ra (2017) plyonka ostiga chigit ekilgan maydonlarda ko'chat qalinligining uch omiliga jiddiy e'tibor qaratish talab etiladi. Bular navning biologik xususiyati, tuproq unumdorligi va iqlim sharoitidir. Unumdorligi yuqori bo'lgan tuproqlarda S-6524, Andijon-35, Andijon-36, Sulton navlari uchun gektariga 90100 ming tup, o'rtacha unumdor tuproqlarda S-6524, Andijon-35, Andijon-36 hamda Sulton g'o'za navlari uchun gektariga 100-110 ming, unumdorligi past tuproqlarda S-6524, Andijon-36 hamda Andijon-35 g'o'za navlari uchun gektariga 110-120 ming tup ko'chat. Andijon-36 va Andijon-35 g'o'za navlari 120-130 ming tup/ga ko'chat bo'lishi yaxshi samara berishi ta'kidlab o'tilgan [6,7].
Farg'ona tumanidagi "Ferqana osean textile" paxta-to'qimachilik klasterida Turkiya
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
texnologiyasi asosida chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ushbu texnologiyada hosil yetishtirish ko'plab afzalliklarga ega. Avvalo sug'orish uchun sarflanadigan suv sarfi hamda mablag'ni tejaydi va paxta hosildorligini oshishiga olib keladi. Plyonka ostiga tomchilatib sug'orish uchun moslangan maxsus yelim shlanglar yotqiziladi, urug' qo'shqator usulda uyalab qadaladi. Bu gektarlarda to'liq ko'chatlar yaratishda o'ziga xos imkoniyatga ega. Ekinlar yagana, chopiq qilinmaydi. Nihollarni kerakli suv va ozuqalar bilan ta'minlashda aniq-hisob-kitoblar asosida yotqizilgan quvurlarning xizmati katta. Ular kerakli chuqurlik va ko'lamda yer namligini saqlab turadi. Suv, mineral o'g'itlar, zararli hashorat, begona o'tlarga qarshi kurashish vositalari ham quvurlar yordamida amalga oshiriladi. Natijada hatto suv taqchil, unumdorligi past bo'lgan yerlarda yuqori hosil olish imkoniyati yaratildi.
Ushbu texnologiyaning yana bir o'ziga xos jihati, urug' sarfi ikki hissaga kamayadi, shunga qaramay unuvchanligi yuqori bo' lgani uchun sanab donalab tashlangan chigitdan har gektar yerda 200 ming tupga yaqin ko'chat undirib parvarishlanadi. Bu hosilni erta yetishtirish, samaradorlikni oshirish, sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1996 yil 22-noyabrdagi 410-sonli "G'o'zani plyonka ostida o'stirishga oid chora tadbirlar to'g'risida" qarori.
2. Baxromov S.L., Raxmonov SH. Plyonkani tuproq haroratiga ta'siri // AQXI ilmiy maqolalar to'plami, 2002 y 119-122 b.
3. To'xtashev B. Plyonka ostiga chigit ekish va paxta hosildorligi // Urug' sifatini oshirishning biologik asoslari Respublika ilmiy amaliy konfferensiyasi Toshkent-1998 y. 132134 b.
4. Bezborodov N.A., Toshmatov M.N. G'o'za qator orasiga plyonka to'shab sug'orish texnologiyasi. // Fermer xo'jaliklarida paxtachilik va g'allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari. Toshkent-2006., 369-b.
5. Ibragimov N.M., Mirzaev L.A., G'ofurov D.U. CHigitni plyonka ostiga ekib azotli o'g'itlarni turli muddatlarda ishlatilganda g'o'zada azotni o'zlashtirilishi // UzPITI ilmiy maqolalar to'plami, Toshkent-2009, 244-246 b.
6. Isoqova Z.X., Karimov T.T. Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostidan tomchilatib sug'orishda ko'chat qalinligini o'rganish bo'yicha tajriba natijalari //Мeханика и тeхнология. -2023. - N. № 3 (6), 2023 Махсус сон B. 65-68.
7. Kh I. Z. The honeycombs forming working apparatus for under soil irrigation of the cotton rows //AGROILM journal of Uzbekistan. - 2011. - Т. 3. - С. 17-18.
8. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126
9. Кучкоров, С. К., & Мeликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоeв Срав^нда антисиммeтричных колeбаний упругой трeхслойной пластины. Механика и технология, (10).
10. Бокижонович, И. (2022). ^учкоров Собиржон Каримжонович. Абдуназаров Элбeк Элмуродович, and Ортиков Нозимжон Бокижон Угли." Анор тупларини кумадиган машина уюмлагичининг конструкцияси" Мeханика и тeхнология, 3(8), 98-102.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024