Научная статья на тему 'TUPROQNI O‘G‘ITLASH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI'

TUPROQNI O‘G‘ITLASH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘g‘it me’yori / tuproq unumdorligi / hosil sifati / almashlab ekish / asosiy o‘g‘itlash / qatorlab o‘g‘itlash / qo‘shimcha oziqlantirish / mineral o‘g‘itlar. / норма удобрений / плодородие почвы / качество урожая / севооборот / основное удобрение / рядовое удобрение / подкормка / минеральные удобрения

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich, Razzakov Baxodirjon Abduraxmonovich

Maqolada o‘g‘it turlari, o‘g‘itlash usullari, me’yorlari yuzasida to‘xtalib o‘tilib, o‘g‘itlardan foydalanishning samarali usullaridan biri, ularni pushta ostiga qatlamlar solish afzalligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of research on soil fertilization

В статье рассмотрены виды удобрений, способы внесения удобрений, их нормы, а также приведены сведения об одном из эффективных способов применения удобрений, и преимущества их отводков под почвой.

Текст научной работы на тему «TUPROQNI O‘G‘ITLASH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI»

QISQA XABARLAR

UDK: 631.31.06

TUPROQNI O'G'ITLASH BO'YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, E-mail: [email protected]

Razzakov Baxodirjon Abduraxmonovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada o'g'it turlari, o'g'itlash usullari, me'yorlari yuzasida to'xtalib o'tilib, o'g'itlardan foydalanishning samarali usullaridan biri, ularni pushta ostiga qatlamlar solish afzalligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация. В статье рассмотрены виды удобрений, способы внесения удобрений, их нормы, а также приведены сведения об одном из эффективных способов применения удобрений, и преимущества их отводков под почвой.

Annotation. The article discusses the types of fertilizers, methods of applying fertilizers, their rates, and also provides information about one of the effective ways to use fertilizers, the advantage of their layering under the soil.

Kalit so'zlar: o'g'it me'yori, tuproq unumdorligi, hosil sifati, almashlab ekish, asosiy o'g'itlash, qatorlab o'g'itlash, qo'shimcha oziqlantirish, mineral o'g'itlar.

Ключевые слова: норма удобрений, плодородие почвы, качество урожая, севооборот, основное удобрение, рядовое удобрение, подкормка, минеральные удобрения.

Key words: fertilizer rate, soil fertility, crop quality, crop rotation, basic fertilizer, ordinary fertilizer, fertilizing, mineral fertilizers.

KIRISH

O'g'itlash tizimining asosiy maqsadi va almashlab ekish sharoitida o'g'itlardan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan tashkiliy, xo'jalik, agrokimyoviy va agrotexnikaviy tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish uchun eng maqbul o'g'it turi, me'yori, qo'llash muddatlarini belgilashdir. Tizimni ishlab chiqarishda ekinlarning biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan hosil miqdori, tuproq-iqlim sharoitlari, o'g'itlarning asorati (keyingi ta'siri), almashlab ekish jarayonida oziq moddalari me'yori, o'g'itlarning hosil si fati va tuproq unumdorligiga ko'rsatadigan ta'siriga alohida e'tibor beriladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR

O'rganilgan adabiyotlar taxlili natijalariga ko'ra o'g'itlash tizimi odatda har bir ekin maydoniga uzoq muddat davomida reja asosida o'g'it kiritish uchun ishlab chiqiladi va o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

-tuproqlar unumdorligini oshirish va ularni unumdorlik jihatidan bir jinsli bo'lishiga erishish;

-ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash;

-o'g'itlardan samarali foydalanish, jadal dehqonchilik yuritish va atrof-muhit muhofazasini to'g'ri yo'lga qo'yish.

Xo'jaliklarning ixtisoslashuvi va almashlab ekish maydonlarining chorvachilik fermalaridan uzoq-yaqinligiga qarab, ularda uchta ko'rinishdagi o'g'itlash tizimidan bittasi qo'llaniladi, ya'ni:

-mahalliy-mineral o'g'itli tizim. Bunda mahalliy o'g'itlar (go'ng, kompostlar, torf, ko'kat o'g'itlar) mineral o'g'itlar bilan birgalikda qo'llaniladi;

-faqat mineral o'g'itlarni qo'llashga asoslangan tizim;

-faqat mahalliy o'g'itlarni qo'llashga asoslangan tizim [1].

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

QISQA XABARLAR MUHOKAMA

Oziq moddalarning o'zlashtirilishi o'simliklar yoshiga qarab o'zgarib boradi. Tanglik (kritik) va eng ko'p (maksimal) o'zlashtiriladigan davrlar farqlanadi. Oziqlanish muhitida ma'lum bir moddaning yetishmasligi va uni o'simliklarning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatishi oziqlanishidagi tanglik davr deb yuritiladi. Ekinlar keyinchalik mazkur element bilan yetarli ta'minlansada, tanglik davrlari asorati uzil -kesil yo'qolmaydi [1,5]. Tadqiqotlar asosida ekinlarda azot va fosforga nisbatan tanglik davr nihollar paydo bo'lgandan keyingi 10-15 kunlarda kuzatilishi aniqlangan. Rivojlanishning ilk davrlarida kaliy tanqisligida ham ekinlar hosildorligi keskin kamayadi. Azot va fosforga nisbatan tanglik davri odatda erta bahorda, mikroorganizmlar faoliyati sust bo'lganda namoyon bo'ladi. Rivojlanishning nisbatan kechroq muddatlarida o'simliklarning oziqlanishga bo'lgan talabi kuchayadi, qaysiki, oziq moddalari eng ko'p (maksimal) o'zlashtiriladigan davr deb yuritiladi. Ko'p hollarda bu davr o'simliklar tomonidan eng ko'p quruq biomassa to'planadigan muddatga to'g'ri keladi.

O'simliklar oziqlanishini ularning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqarish mumkin. Ma'lumki, o'g'itning yillik me'yorini faqat bir marta, tuproqning ma'lum qatlamlariga berish yo'li bilan ekinlardan ko'zlangan hosilni olib bo'lmaydi. Shu sababdan o'simliklarni to'g'ri oziqlantirish tizimida asosiy o'g'itlashni, ekish oldidan o'g'itlash va qo'shimcha oziqlantirishlar bilan uyg'unlashtirilib amalga oshirishga to'g'ri keladi. O'g'it qo'llash chuqurligi bevosita tuproqni ishlash usuli bilan bog'liqdir. O'g'itlar tuproqning nam bilan yetarli ta'minlangan qatlamiga kiritilganda, yaxshi eriydi hamda ekinlarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqqa ishlov berish begona o'tlarni yo'qotishda eng muhim tadbir bo'lib, ekinlarning oziqlanish sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Ishlov berish bilan tuproqning haydov qatlami chuqurligi oshadi, ekinlar baquvvat ildiz yozadi, natijada o'simliklar tuproqning chuqur qatlamlaridan ham oziq moddalarni o'zlashtiradi [2,5]. Ekinlarga beriladigan o'g'it me'yori ekish muddati va ekish me'yori bilan uyg'unlantirilishi lozim. Talab darajasida o'g'itlangan maydonlarga ekiladigan urug' me'yorini bir muncha kamaytirish mumkin. Ekishning maqbul muddatlaridan chetga chiqish, ko'chat qalinligini oshirib yuborish, o'g'itlar samaradorligini pasaytiradi. Sug'orish rejimiga qat'iy amal qilish o'g'itlar samaradorligini oshirish omillaridan biridir.

XULOSA

O'g'itlarni tuproq bilan aralashtirishda plug, kultivator-oziqlantirgich, diskali va tishli tirma kabi moslamalardan foydalaniladi.

Fosforli o'g'itlar ancha qiyin eriydigan shaklda bo'lganligi sababli, odatda, ular tuproq profili bo'ylab juda ham sekin harakatlanadi. Shuning uchun fosforning o'simliklarni asosiy ildiz tizimi tarqaladigan qatlamdan yuvilishi sezilar-sezilmas miqdordadir [3,5].

Asosiy (ekishgacha) o'g'itlash ekinlarni butun o'suv davri mobaynida, ayniqsa, oziqa moddlarga yuqori talab qo'yiladigan, jadal rivojlanish davrida oziq elementlari bilan ta'minlash uchun qo'llaniladi. Asosiy o'g'itlashda rejalashtirilgan o'g'it me'yorining asosiy qicmi tuproqqa kiritiladi. Xo'jalikning tuproq-iqlim sharoitlari va ayrim iqtisodiy-tashkiliy muammolaridan kelib chiqqan holda asosiy o'g'itlash ko'proq kuzda ba'zi hollarda bahorda amalga oshiriladi.

O'g'itlarni tuproqqa kiritish chuqurligi asosan yerga ishlov berish texnikasi bilan bog'liq.

Bir tonna paxta xom-ashyosi va unga mos vegetativ massani to'plash uchun g'o'za tuproqdan o'rta hisobida 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliyni o'zlashtiradi. Paxta yetishtiriladigan maydondan oziq moddalarning chiqib ketishi hosil miqdori 450-500 kg/ha bo'lganda, g'o'zaning hosil qicmlari o'suv organlariga nisbatan kuchliroq rivojlanadi va tabiiyki, bunda bir tonna xom-ashyo uchun nisbatan kamroq miqdorda oziqa moddalar sarflanadi. Nihollar unib chiqqandan shonalash davrigacha g'o'za juda sekin rivojlanib, organik qicmining atigi 4-5 % shakllanadi. Shonalashdan to gullashgacha o'simlik quruq massasining 25-30 %

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

QISQA XABARLAR

shakllanadi, vegetativ massaning jadal to'planish sur'ati ko'saklarning ochilish davrigacha davom etadi [2,4].

O'g'it qo'llash tizimida ishlatiladigan iboralardan to'g'ri foydalanish lozim: -asosiy o'g'itlash (ekishgacha, ekish bilan); qatorlab o'g'itlash (ekish bilan birga); qo'shimcha oziqlantirish (ekinlarning o'suv davrida).

O'g'itlapni tuproqqa quyidagi muddatlarda kiritish mumkin: -kuzning, bahorning, yozning belgilangan ma'lum oylarida. O'g'itlashning asosiy usullari jumlasiga quyidagilar kiradi:

-yoppasiga (sochma); joyiga (uyalab, o'chog'iga, qatorlab); lokal-tacmasimon; zaxiraviy; mexanizmlar yordamida; havodan va x.k.

G'o'zani oziq moddalarga bo'lgan talabi bevosita quruq massaning to'planish sur'ati bilan bog'liq, lekin bu jarayon bir me'yorda ketmaydi. Boshqa ekin turlari kabi g'o'za o'suv davrining boshlarida fosfor va azotga kuchli ehtiyoj sezadi. Chigit ungandan shonalash davrigacha hosil bilan chiqib ketadigan oziq modalarning 8-10 % gullashdan, pishish davrigacha esa asosiy qicmi o'zlashtiriladi. G'o'zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda fosforli o'g'itlarning ahamiyati katta. Ko'p sonli dala tajribalari ma'lumotlarining ko'rsatishicha, fosforli o'g'itlar hisobiga bo'z tuproqlarda 200-300 kg/ha, o'tloqi tuproqlarda 300-500 kg/ha, ayrim allyuvial tuproqlarda esa, 600-700 kg/ha qo'shimcha paxta hosili olish mumkin.

Fosforli o'g'it yillik me'yorining 3/4 qicmi g'o'zaga tuproqni asosiy ishlov berish davrida beriladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin:

-birinchidan, bo'z va o'tloqi tuproqlarda o'g'it tarkibidagi fosfor tezda qiyin eriydigan fosfatlarga aylanadi;

-ikkinchidan, nihollar unib chiqqanidan keyin qisqa muddatda (10-12 kun ichida) g'o'zaning asosiy ildizi tuproqning 40-50 cm chuqurligiga tushib boradi. Shuning uchun ham kuzgi shudgor paytida yerni 30-35 cm chuqurlikda haydash maqsadga muvofiq hisoblandi. Fosforli o'g'itlar me'yorini belgilashda, agrokimyoviy haritanomalarning ma'lumotlari rejalashtirilgan paxta hosili miqdorini hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. Bunda bir tsentner chigitli paxta uchun fosfor sarfi 1,5 kg deb qabul qilinadi. Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 15 mg/kg dan kam bo'lganda, g'o'zaga belgilangan yillik fosfor me'yori uchta muddatda beriladi: shudgor ostiga; ekish bilan va gullash davrida; qo'shimcha oziqlantirish sifatida beriladi [1,6].

Tajribalardan olingan natijalar ushbu tadbir asosida paxtadan o'rtacha 250-300 kg/ha qo'shimcha hosil olish imkoniyati mavjudligini ko'rsatgan. Harakatchan fosfor miqdori 16-30 m/s kg atrofida bo'lganda fosforning yillik me'yori ikki muddatda; ostiga va ekish bilan birga kiritilishi maqsadga muvofiq. Harakatchan fosfor bilan o'rtacha va undan yuqori darajada ta'minlangan tuproqlarda (bir kg tuproqda 31 mg dan ko'p) fosforning yillik me'yori to'laligicha kuzgi shudgor ostiga solinsa, yaxshi iqtisodiy samara beradi. Ma'lumki, azotli o'g'itlar ekishgacha, ekish bilan birga va qo'shimcha oziqlantirish sifatida qo'llaniladi. Ekishgacha (erta bahorda, chizellash paytida) yillik azot me'yorining 20-25 kg miqdori (8-10 %) berilishi mumkin. Bunda azotli o'g'it bahor faslidagi yog'in-sochin ta'sirida erib, tuproqning 30-50 cm qatlamiga yuviladi, nihollarning ildiz tizimi orqali osonlikcha o'zlashtiriladi. Ko'p hollarda azotli o'g'itlarning bir qicmi tuproqqa ekish bilan birga solinadi, lekin uning miqdori gektariga 20-25 kg dan oshib ketmasligi lozim, aks holda chigit atrofidagi azotning kontsentratsiyasi ortib ketishi hisobiga ularning unib chiqishi kechikadi.

G'o'za nihollarini qo'shimcha oziqlantirishlar soni azotning yillik me'yori va tuproq sharoitlariga bog'liqdir. Yillik azot me'yorining ekishgacha va ekish bilan birga berilgandan keyin qoladigan qicmini rivojlanishning 2-3 chin barg, shonalash va gullash davrlarida teng miqdorlarda taqsimlanishi maqsadga muvofiqdir. So'nggi qo'shimcha oziqlantirish iyul oyining birinchi o'n kunligidan kechiktirilmasligi lozim, chunki kech muddatlarda solingan azotli

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

QISQA XABARLAR

o'g'itlar g'o'zani «g'ovlab ketishi»ga, hosil miqdorining kamayishi va pis hishining kechikishiga sabab bo'ladi [1,2]. Kaliyli o'g'itlarning yillik me'yori kam bo'lgan hollarda, to'laligicha shonalash yoki gullash davrlarida yuqori me'yori bo'lsa, yarmi kuzgi shudgor ostiga, qolgan yarmi esa shonalash davrida tuproqqa solinadi. G'o'za qator oralariga ishlov berish vaqtida beriladigan kaliyni mumkin qadar tuproqning chuqur qatlamlariga tushishiga erishish lozim.

G'o'za - beda almashlab ekishda bedapoya xaydalgandan keyingi birinchi yili chigit ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlashlarda fosforli va kaliyli o'g'itlarning oshirilgan me'yori bilan o'g'itlash tavsiya etiladi. Beda tuproqda ko'p miqdorda azot to'playdi, lekin beda pichani bilan tuproqdan ko'p miqdorda fosfor va kaliy olib chiqib ketiladi. Kaliyli o'g'itlarni bahorda faqatgina qumli va qumoq tuproqlarga, shuningdek, sho'ri yuvilgan tuproqlarga qo'llash mumkin.

Paxta hosildorligini oshirishda ekilgan maydon tuproqlarini unumdorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu yo'nalishda ko'p tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, ularning natijalariga ko'ra hosildorlikni 55-60 % gacha oshirish mumkin ekan [3,6]. G'o'zaning o'g'itlash tizimini tuproq sharoitidan kelib chiqib ishlab chiqish, uni amalga oshirish, paxta hosildorligini ko'paytirish va harajatlarni kamaytirish esa ekilgan dalalarga o'g'itni belgilangan miqdorda soluvchi qurilmalarni takomillashtirish yoki yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqishga bog'liq. Tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproq sharoitini ularning tarkibidagi zaxira o'g'itlarni hisobga olmasdan o'g'itlash har doim ham ijobiy natija bermaydi. Shuning uchun har bir maydonni o'g'itlash uchun ularning o'g'itlash haritasiga asoslangan holda solish maqsadga muvofiq. Bu holat paxta hosilini ko'paytiribgina qolmay, ortiqcha o'g'itlarga sarflangan mablag'ni ham tejashga olib keladi. Lekin, paxta hosilini ko'paytirishda agrotexnik-tashkiliy ishlar mineral o'g'itlardek samara bermasligi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan.

Shunday ekan o'g'itlardan samara yuqori bo'lishi uchun o'g'itlarni ekin ildizidan qisqa masofaga va chuqurlikka solish kerakligini, ayniqsa, g'o'za tuplariga nisbatan yaqin bo'lishi yuqori hosil olishning asosi hisoblanadi [1,4]. Bir qator olimlar azotli o'g'itlarni tejamkorlik bilan ishlatish uchun ularni tuproqqa 15 cm chuqurlikda tacmali usulda solish kerak ekanligini xulosa qilganlar. Bu usulda nitrifitsirlangan mikroorganizmlarning yashash jarayonini og'irlashtiradi, nitrifikatsiya jarayonini kechiktiradi, vegetatsiya davrida azotdan tekis foydalaniladi. Fosforli o'g'itlarning masalasi qiyinroq. Chunki u tuproq tarkibida uning bir qicmi qiyin eriydigan holatga o'tadi. Shuning uchun amaliyotda g'o'za ekilgandan so'ng ildizlari joylashadigan, tuproqning namligi yetarli bo'lgan chuqurlikka solinadi. Agar tuproqda fosfor o'g'it yetishmasa, niholning o'sishi sekinlashadi, g'o'za shoxlarini o'stiradi, hosilning pishishini kechiktiradi va hosilini kamaytiradi. Agar niholning o'sish davrida fosfor yetarli bo'lmasa, o'sishning keyingi davrlarida miqdorini yetarli qilishning samarasi bo'lmaydi. Tadqiqotchilar tomonidan o'g'itni o'simlikning belgilangan joyiga tacmasimon usulda solish tavsiya qilingan. Lekin tacmaning kengligi, tacmalar orasidagi masofa (agar ular bir tekislikda joylashgan bo'lsa) va chuqurligi har bir o'simlik uchun tadqiqotlar asosida aniqlash kerak bo'ladi [2,6].

O'tkazilgan tadqiqotlardan o'g'itni tacmasimon shaklda o'simlikni ildizlari joylashgan yoki yaqin joyiga solish niholning unishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta'sir etishi aniqlangan. Bunday natija boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham aniqlangan. O'g'itni urug' ekilgan qatlamdan chuqurga yoki shudgorlash davrida uning ostiga, ustiga ekilgan urug'ning ikki tomoniga tacmasimon shaklda joylashtirilishi samara berishi aniqlangan. Olingan natijalarga asoslangan holda g'o'za ekinining ostiga o'g'itni joylashtirish parametrlari o'rganilgan, urug'lardan 5-10 cm masofada va 15 cm chuqurlikka solinganda samarali bo'lishi aniqlangan.

Shuningdek, fosforli o'g'itni ekish vaqtida urug'lardan 10 cm uzoqlikda va 18-20 cm chuqurlikka solinganda g'o'zaning hosildorligi ortgan. Yana boshqa fikrlardan biri shuki, fosforli o'g'itlarning asosiy miqdorini 25-30 cm chuqurlikka, ya'ni g'o'za ildizining aynan rivojlanadigan hududiga solish yuqori samara bergan. Demak, birinchi fikr-fosfor o'g'itini

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

QISQA XABARLAR

o'simlik ildizlari rivojlanish xududiga solish salbiy natija beradi deyilsa, ikkinchi fikr-aynan shu xududga solinsa ijobiy natija beradi deyiladi. Fikrlar qarama-qarshi bu esa qo'shimcha ravishda, bir xil sharoitda ekilgan urug'ning atrofiga fosforli o'g'itni har xil shaklda va chuqurlikda solib, tajriba o'tkazishni taqozo etadi. Har xil usullar bir vaqtning o'zida, bir sharoitda sinalsa, samarali usulni tanlash qulay bo'ladi [1,4]. Shunday bo'lsada, mineral o'g'itlarning samarasini orttirish uchun ularning asosiy miqdori 25-30 cm chuqurlikka, ekish oldi miqdori 10-12 cm chuqurlikka, 8-10 cm enlilikda ekiladigan urug'ning ikki yon tomoniga tacmasimon qilib, tacmalarning orasi 16-20 cm masofada solish kerakligi qabul qilingan. Bu keltirilgan texnologiya urug'ni joylashishini g'o'za hosildorligiga ta'sirini hisobga olgan holda pushta olish davrida amalga oshirilgan eng qulay usul ekanligi qabul qilingan [3,6]. Tadqiqotlar natijasida o'g'itlardan foydalanishning samarali usullaridan biri, ularni pushtaga solish ligi aniqlangan bo'lib, hozirda ekilishi kerak bo'lgan ekinlarning 15-20 % pushta olingan maydonlarga ekilmoqda.

ADABIYOTLAR

1. Razzaqov B.A. O'g'itlagich-pushta olgichning konstruktsiyasi va ishlash texnologiyasi // Andijon mashinasozlik instituti "Yangi turdagi muqobil energiya manbalaridan foydalanishning innovatsion yechimlari va ulardan foydalanishda energotejamkor qurilmalarni qo'llash": Respublika miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjuman. - Andijon, 2021. -B. 299302.

2. Худойбердиев Т.С., Раззаков Б.А., Абдуманнопов А.М., & ^одирова Г.М. Pushtaga o'g'itlarni yoyib tashlovchi o'q yoyli panjaning ochilish burchagini asoslash // Gospodarka i innowacje Volume: 24 | 2022 ISSN: 2545-0573 673-678.

3. Xudoyorov A.N., Abdimominov I.I., Razzaqov B.A. & Yuldasheva M. Kombinatsiyalashgan agregat o'g'itlagichining o'rnatilish balandligini asoslash // "Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish darajasini oshirish": Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. - Gulbahor, 2017. - B 145-148.

4. Mamadaliev, M. X. (2009). Tuproqqa minimal ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan agregat yumshatgichining parametrlarini asoslash. Diss. texn. fanl. nomzodi. Yangi Yo'l-130 bet.

5. Худоеров, А., & Мамадалиев, М. (2009). Теоретическое обоснование параметров рыхлителя комбинированного агрегата. Техника в сельском хозяйстве, 2, 9-11.

6. M.T.Mamarasulova, M.Kh. Mamadaliyev, R.A.Abdirkhmonov. Theory and experimental results of surveys to determine the diameter of teeth plank. International Journal of Mechanical Enjineering. Vol. 7 No. 3 March, 2022, 578-581.

7. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.

8. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.