Научная статья на тему 'SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI'

SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

255
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
irrigatsiya eroziyasi / shudgor / tipik bo„z tuproq / mineral o„g„it / tabaqalashtirib qo„llash / hosildorlik / hosil sifati.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — K. Sh. Bozorov, O‘ A. Hakimov

Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‟z tuproqlar sharoitida g‟o‟zadan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda mineral o‟g‟itlar samaradorligini va hosil sifatini oshirish tajribalar natijasida aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

As a result of the experiments, an increase in the efficiency of mineral fertilizers was found when growing a high and high-quality cotton crop in conditions of typical sierozem soils subject to irrigation erosion

Текст научной работы на тему «SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

SUG'ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA MINERAL O'G'ITLARNING G'O'ZA HOSILDORLIGI VA

SIFATIGA TA'SIRI

K. Sh. Bozorov

TDAU Samarqand filiali dotsenti

O'. A. Hakimov

TDAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida g'o'zadan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda mineral o'g'itlar samaradorligini va hosil sifatini oshirish tajribalar natijasida aniqlangan.

Kalit so'zlar: irrigatsiya eroziyasi, shudgor, tipik bo'z tuproq, mineral o'g'it, tabaqalashtirib qo'llash, hosildorlik, hosil sifati.

ABSTRACT

As a result of the experiments, an increase in the efficiency of mineral fertilizers was found when growing a high and high-quality cotton crop in conditions of typical sierozem soils subject to irrigation erosion.

Kirish. Samarqand viloyatining irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida g'o'za o'stirishda hamda undan mo'l va sifatli paxta hosili yetishtirishda mineral o'g'itlarni tuproqlarni yuvilish darajasini, unumdorligini inobatga olgan holda tabaqalashtirib qo'llash usullarini ishlab chiqish hamda zamonaviy innovasion agrotexnologiyalarni paxtachilikka joriy etish davr talabi bo'lib, hisoblanadi.

Respublikamiz dehqonchiligi tajribalarida suv, sug'orish va shamol eroziyasiga qarshi kurashishda tashkiliy-iqtisodiy, agrotexnik-meliorativ hamda agrokimyoviy tadbirlarning keng to'llanilishi ijobiy samara berishi aniqlangan. Ushbu sharoitda tuproqlar unumdorligini saqlash, ekinlar hosildorligi va sifatini oshirishda mahalliy va mineral o'g'itlardan oqilona foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki, keyingi yillarda respublikamizning ko'pchilik paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarining irrigasiya eroziyasiga uchragan bo'z tuproqlarida g'o'za hosili 17-20 s/ga ni tashkil

October 5-6

567

etmoqda. Bunday kam hosil yetishtirishning asosiy sabablari, g'o'za o'stiriladigan xududlarning turlicha tuproq-iqlim sharoitiga mos bo'lgan, mo'l hosil yetishtirishni ta'minlaydigan, eroziya jarayonlarini oldini oluvchi va uning salbiy oqibatlarini kamaytiruvchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi o'g'itlash tizimlarini ilmiy asoslangan tavsiyalarini ishlab chiqilmaganligidir.

Material va metodlar. Samarqand viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan tipik bo'z tuproqlari tuproqlari sharoitida yetishtiriladigan g'o'zaning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tola sifatiga mineral o'g'itlarning turli me'yor va nisbatlarini tabaqalashtirib qo'llash usulini ta'sirini aniqlashga qaratilgan bo'lib, ushbu maqsadga erishish uchun 2021-2022 yillar davomida dala tajribalari o'tkazildi.

Dala tajribalari Samarqand viloyati Payariq tumani "Suvanov O'ktam zamini" fermer xo'jaligining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida o'tkazildi. Tajriba dalasida sizot suvlari 12-15 metr chuqurlikda joylashgan bo'lib, mexanik tarkibiga ko'ra o'rtacha qumoq, o'tmishdosh ekin kuzgi bug'doy, tajriba dalasining nishabligi 0,004m. Dala tajribalari 4-takrorlashda o'tkazilib, variantlar ketma-ket bir yarusda sxematik ravishda joylashtirildi. Har bir paykalchaning (delyankani) umumiy maydoni (qator uzunligi-120 m, eni 8 qator 0,6 m=4,8 m) 576

9 9

m , shundan hisobga olingani 288 m ni tashkil etadi.

Ko'p yillik kuzatishlarning ko'rsatishicha, o'g'itlardan foydalanishning samarali me'yorlari, usullari va yerga solish muddatlarini belgilashda, albatta, tuproqning suv va sug'orish eroziyasiga uchraganlik darajasini hisobga olish kerak bo'ladi.

Tajriba variantlarida g'o'za nihollarining bosh poyasining balandligi tuprog'i yuvilgan va yuvilmagan nishabliklarda mineral o'g'itlarning turli, me'yori va nisbatiga qarab o'zgarganligi kuzatildi. Faqat azotli va fosforli o'g'itlar qo'llanilgan uchastkada g'o'zaning bo'yi 1 iyulda, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar nisbati turlicha bo'lgan uchastkalardagiga qaraganda ancha past bo'lganligi kuzatildi. Shu bilan birga variantlar o'rtasida o'simlikning bo'yi bo'yicha nishablikning turli darajada yuvilgan qismlarida, yuvilmagan maydonlardagi o'simliklarga qaraganda ancha tafovut bor ekanligi ham aniqlandi.

Natijalar va ularning tahlili. Qo'llanilgan mineral o'g'itlar me'yori va nisbatlariga bog'liq bo'lmagan holda tajriba maydonidagi g'o'zaning o'sishi va shoxlanishi dalaning adog'ida, ya'ni sug'orish suvlari ta'sirida oqova to'plangan qismida birmuncha yuqori bo'lganligi kuzatildi. Bu sharoitda g'o'zaning o'sishi, shoxlanishi va hosil elementlarini to'planishi

bo'yicha sezilarli farq o'g'itsiz nazorat variantda kuzatildi.

October 5-6

Irrigasiya eroziyasiga uchragan yerlarda qo'llanilgan mineral o'g'itlar me'yor va nisbatlarining yana bir fazilati-sug'orish ta'sirida kuchli yuvilgan va oqova to'plangan maydonlarda o'stirilgan g'o'za tuplarida hosil elementlarini, ya'ni ko'saklar miqdorining ko'payishini ta'minladi. Nishablikning kuchli yuvilgan hamda oqova to'plangan qismida faqat azotli va fosforli o'g'itlarni qo'llash hisobiga oziqlantirilgan yerlarda g'o'za tuplarida 1-avgustdagi kuzatishlarda o'g'it solinmagan-nazorat variantidagi g'o'zalarga qaraganda ko'saklar soni ko'p ekanligi hisobga olindi. Birinchi sentyabrda ham ana shunday ko'rsatgichlar takroran qayd etildi. Nishablikning har ikki qismida ham fosforga qaraganda, azotli o'g'itlar samarali ekanligi e'tirof etildi.

Tajriba dalasidagi g'o'zalarni oziqlantirishda azotli o'g'itlar me'yorlarining oshirilishi, dalaning kuchli yuvilgan va oqova to'plangan qismlarida teng miqdorda ko'saklar paydo bo'lishiga sharoit yaratib, har ikkala maydondagi g'o'za ko'saklari miqdori o'rtasidagi tafovutlarni tenglashtirdi. Bunda, dalaning kuchli yuvilgan qismida 250 kg azot va 175 kg fosfor, oqova natijasida tuproq to'plangan qismida esa 120 kg azot, 72 kg fosfor qo'llanilgan sharoit g'o'zada ko'plab ko'sak to'planishi uchun eng qulay ekanligi olingan natijalar asosida isbotlandi.

Uchastkaning tuprog'i kuchli yuvilgan qismida azotli va fosforli o'g'itlarni yuqori me'yorlarda qo'llash ta'sirida ushbu maydonlarda o'stirilgan g'o'zaning bo'yi birmuncha baland bo'lganligi kuzatildi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, ushbu farq o'g'it ishlatilmagan nazorat variantdagi o'simlik bo'yicha nisbatan 6-10 santimetrni tashkil etganligi kuzatuvlar asosida aniqlandi.

Paxtachilikda mineral o'g'itlarning samaradorligini oshirish yo'li bilan paxta hosildorligini ko'paytarish uchun mineral o'g'itlarning qo'llash me'yorlarini, ishlatish muddatlari, o'zaro nisbatlari, yerga solish usullari va texikasini puxta bilish, shuningdek, o'simliklarning turli xil rivojlanish fazalari va ildiz tizimining rivojlanishida mineral oziqlantirishga nisbatan bo'lgan talablarini to'g'ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Tajriba dalasida qo'llanilgan azot me'yorining oshirilishiga qarab, har xil darajada eroziyaga uchragan maydonlarda yetishtirilgan g'o'za hosili ham ortib borishi kuzatildi. Ammo, hosildorlikning ortishini miqdori, nafaqat o'g'itlar me'yoriga, balki, azot bilan fosforning nisbatiga ko'proq bog'liq. Gektariga 160 kg azot, 96 kg fosfor qo'llanilganda hosildorlik o'rtacha 31,9 s/ga ni tashkil etdi. Azot me'yori gektariga 200 kg/ga yetkazilib qo'llanilganda fosforning har qanday nisbatida ham paxta hosildorligini ko'payishiga ijobiy

ta'siri sezilarli bo'ldi. Biroq, azotning fosforga nisbati 1:0,7

October 5-6

bo'lganda samaradorligi ayniqsa yuqori ko'tarilib, hosildorlik gektariga 34,2 sentnerni tashkil etdi.

Sug'orish eroziyasi sodir bo'ladigan nishablikning yuvilgan qismidagi azotning fosforga nisbati 1:0,7 ni tashkil etganda g'o'za nihollarining normal o'sishi, rivojlanishi hamda hosil to'plashida o'simlik uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Nishablikning turli qismlarida hosildorlik miqdori tuproqning yuvilishi va mineral o'g'itlarning qo'llanilishiga bog'liq. Irrigasiya eroziyasi ta'sirida nishablikning kuchli yuvilgan qismida azot miqdori 160 kg dan 200 kg gacha solinsa, gektariga 16,7-19,4 sentnerdan, uchastkaning yuvilib tuproq to'plangan qismlarida 14,0-16,7 sentnerdan qo'shimcha hosil olishni ta'minladi

Mineral o'g'itlarning tola va urug'lik hamda chigitning sifatiga ta'sir etishi ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan. Masalan, azotli o'g'itlarning har xil me'yorlarini turli mudatlarda qo'llaganda tola chiqishining ortishi, chigit ekish oldidan yerlarni o'g'itlash hamda g'o'za nihollarini erta oziqlantirish tolaning uzunligi va mustahkamligini oshirishi muqarar ekanligi isbotlangan.

Xulosa qilib aytganda, sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda yetishtirilgan paxta tolasining texnologik xossalariga qo'llanilgan mineral o'g'itlar me'yori va nisbatlari sezilarli ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Eroziya ta'sirida kuchli yuvilgan yerlarda eng sifatli paxta tolasi (tola chiqish-34,2%; tola uzunligi -33 mm; uzilish kuchi -4,5 g/kuch va nisbiy uzilish kuchi -25,2 gk/teks) gektariga 250 kg azot, 175 kg fosfor va 125 kg kaliy yoki o'g'itlar nisbati 1:0,7:0,5 holida qo'llanilgan variantda yetishtirilgan bo'lsa, dalaning yuvilish ta'sirida oqova to'plangan qismida esa, gektariga 120 kg azot, 72 kg fosfor va 48 kg kaliy solinganda xuddi yuqoridagidek sifatli tola yetishtirishga erishildi. Demak, sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda mineral o'g'itlarning to'g'ri me'yori va nisbatlarini tanlab, ularni yuvilish darajasiga qarab tabaqalashgan usulda qo'llash natijasida xuddi tuprog'i yuvilmagan yerlardagi kabi yuqori paxta hosili yetishtirish bilan bir vaqtda uning tolasini sifatli bo'lishiga erishish mumkinligi o'tkazilgan tajribalar natijasi asosida o'z tasdig'ini topdi.

Xulosalar. Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida g'o'zadan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda mineral o'g'itlar samaradorligini oshirish va paxtadan yuqori hosil yetishtirish uchun nishablikning kuchli yuvilgan qismiga azotli o'g'itlarni 250 kg/ga me'yorda fosforga nisbatini 1:0,7 holida, o'rtacha yuvilgan qismida o'g'itlar me'yorini 20-25% ga qisqartirib yuqoridagi nisbatda, dalaning oqova to'plangan qismida 120 kg azotni 1:0,6 nisbatda qo'llash, sug'orish eroziyasiga uchragan

yerlarda fosforli va kaliyli o'g'itlarning yillik me'yorini 60-70%

October 5-6

ni kuzda shudgor ostiga tabaqalashtirib qo'llab, shudgorlashni dalaning nishabligiga ko'ndalang 30-32 sm chuqurlikda o'tkazish hisobiga g'o'zadan yuqori va sifatli hosil olish imkonini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услублари. - Т.,УзПИТИ, 2007.-135 б.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М., 1985.350 Б.

3. Maxsudov X.M. Sug'orish eroziyasini kamaytirish, ekinlar hosildorligini oshiradi // ToshDAU ilm.konf.to'p. ToshDAU. 2010-26-28 b.

4. Nurmatov Sh., Abdalov G. Irrigasiya eroziyasiga qarshi sug'orish texnologiyalarining ta'siri // UzFA TAITI ilm.konf.to'p. - Toshkent. 2005-100-106 b.

5. Mirzajanov Q.M., Paxtachilikda meliorativ tadbirlar // O'zbekiston qishloq xo'jaligi.-Toshkent, 2015.- N3.-B.18-19

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.